Научная статья на тему 'LOKAL SEYSMIK MONITORING "YANGI ANDIJON" SHAXRI HUDUDIDA'

LOKAL SEYSMIK MONITORING "YANGI ANDIJON" SHAXRI HUDUDIDA Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
9
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
seysmik kuzatuv / mikroseysmik / analiz / seysmogen zonasi / seismic observation / microseismic / analysis / seismogenic zone

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — E.Sh.Yuldashev

Maqolada Andijon viloyatida barpo etilayotgan Yangi Andijon shahri hududida olib borilgan seysmik kuzatuvlar, mikroseysmik oʻlchovlar xaqida. Seysmik kuzatuvda yangicha xalqaro standartlarga mos dala seysmik kuzatuv stansiyalarida olib borilgan. Xududda grunt tebranish hususiyatlarini oʻlchashga yangicha yondoshilganligi. Seysmik kuzatuvdan olingan maʼlumotlarni taxlil qilishda aniqlikni toʻgʻri baholovchi dasturlardan foydalanilgan. Janubiy Fargʻona seysmogen zonasida sodir boʻlgan kuchli tarixiy zilzilalar haqida maʼlumot keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LOCAL SEISMIC MONITORING IN THE AREA OF "YANGI ANDIJAN" CITY.

The article deals with seismic observations and microseismic measurements carried out in the area of the Yangi Andijan city under construction in the Andijan region. Seismic monitoring was carried out at stations located in the vicinity according to new international standards. A new approach has been applied to measuring the seismic properties of the soil at the site. When analyzing the data obtained by seismic observations, programs were used that correctly estimate the accuracy. Information about historical strong earthquakes that occurred in the South Fergana seismogenic zone is also given.

Текст научной работы на тему «LOKAL SEYSMIK MONITORING "YANGI ANDIJON" SHAXRI HUDUDIDA»

UDK 550.34

LOKAL SEYSMIK MONITORING "YANGI ANDIJON" SHAXRI HUDUDIDA

E.Sh.Yuldashev*

Kalit so'zlar: seysmik kuzatuv, mikroseysmik, analiz, seysmogen zonasi.

Tarixda kuchli zilzilalar sodir bo'lgan hududlarda baland inshootlar loyixasini tayyorlashda, seysmobardoshlik darajasini oshirish maqsadida grunt zichligi va tebranish xususiyatlarini o'rganish zarur.

Andijon seysmogen zonasida 1902-yil 16-dekabrida 8-9 balllik Andijon zilzilasi sodir bo'lib, oqibatda 4652 kishi nobud bo'lgan; 1903-yildagi Oim zilzilasi bo'lib o'tgan; Andijon viloyatiga yaqin bo'lgan hududlarda esa 1907-yilda 8 ballik Qirqko'l zilzilasi; 1924-yilardagi 8 va 9 ballik Qurshob 1 va Qurshob 2 zilzilalari; 1977-yildagi 8 ballik Isfara-Batken zilzilasi; 1977-yildagi 7 ballik Xaydarko'l zilzilasi; 1982-yildagi 8 ballik Chimyon zilzilasi; 2008-yildagi 8 ballik Gulchin va nisbatan kuchsizroq bo'lgan bir qancha zilzilalar sodir bo'lgan.

seysmik stansiya (Stansiya Ml)

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti tomonidan 2021-yilning 14-sentyabridagi Andijon viloyati xokimiyati tassarufidagi "Yangi Andijon" Direksiya DUK bilan tuzilgan 20/21-sonli shartnomasiga asosan, Andijon viloyati "Yangi Andijon" shahri hududida seysmotektonik, seysmologik va muhandis-seysmologik tadqiqotlarni o'tkazish va 1:10 000 miqyosdagi seysmik mikrorayonlashtirish xaritasini tuzish" bo'yicha xo'jalik shartnomasida ko'rsatilgan dala tadqiqot ishlari olib borildi. Tadqiqotlar "Eksperimental seysmologiya" laboratoriyasi tomonidan belgilangan 4000 gektar adirlikdan iborat bo'lgan maydonda mikroseysmik o'lchov tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Hududda, 9 ta tayanch punktlariga o'rnatilgan seysmik stansiyalar yordamida, uch oy mobaynida seysmik monitoring kuzatuv ishlari olib borildi. (1-rasm).

Ish jarayonida, Yangi Andijon shahri hududi bo'ylab joylashgan nuqtalarda seysmik intensivlikning oshishiga oydinlik kiritish maqsadida, tayanch bo'lgan Stansiya№1 dan tashqari barcha stansiyalar boshqa joylarga o'tkazildi.

Seysmik monitoring tadqiqotlari zamonaviy keng qamrovli Guralp 6TD seysmometrlari yordamida amalga oshirildi (2-rasm).

*E.Sh.Yuldashev - O'zR FA G'.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti tayanch doktoranti.

«Yosh olimlar axborotnomasi» - «Вестник молодых ученых» - «The bulletin of young scientists»

Tadqiqotning uslubi. Xududlarda seysmik stansiyalarni joylashtirish va kuzatuvlarni o'tkazishdan avval quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

- Xaritada keltirilmagan seysmik o'lchov asboblari sezgirligiga ta'sir etuvchi mahalliy, texnogen va sun'iy shovqinlar manbaini aniqlash;

- Seysmik shovqinlar darajasini o'lchash;

- Mahalliy seysmo-geologik sharoitlarni o'rganish;

- Internet aloqa tizimiga ulanish imkoniyatlarini tekshirish;

Seysmik shovqinlar yil fasliga, ob-havo sharoitlari va nazarda tutilmagan omillarga qarab sezilarli darajada o'zgarib turadi. Seysmik shovqinlarning mavsumiy o'zgaruvchanligi asosan tabiiy sabablarga bog'liq. Seysmik shovqinlarni tanlangan xududning bir nechta joylarida o'lchovlar olib borish (3-rasm) va kichik magnitudali bo'lgan seysmik xodisalarning qayd etishi darajasini tekshirish muhimdir.

3-rasm. Guralp 6TD seysmometriyordamida shovqin darajasini o'rganish jarayoni

Yozib olingan seysmik ma'lumotlar tahlil qilinib, grunt tebranishlarining spektral zichlik miqdorlari aniqlanadi. 4 - rasmda shovqin darajasi kam (normal) bo'lgan xolat uchun spektral zichlik miqdori keltiriladi.

Tadqiqod hududiga o'rnatilgan seysmik stansiyalarning spektral zichlik miqdorlarini quyida 5-rasmda ko'rish mumkin:

Stansiya №1

Stansiya №2

Stansiya №9

5-rasm. Tadqiqod hududiga o'rnatilgan seysmik stansiyalarning spektral zichlik miqdorlari

Tadqiqotdan olingan natijalar.

2021-yilning dekabr oyidan 2022-yilning fevral oylarida Yangi Andijon hududida keng qamrovli (seysmik ta'sirlarga juda sezgir bo'lgan raqamli) seysmometrlar yordamida olib borilgan tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki: o'rnatilgan tayanch seysmik stansiyalar 300 km radiusda 100 ga yaqin (2<M<5) bo'lgan zilzilalarni qayd etdi; ulardan Andijon seysmogen zonasida chuqurligi 5-20 km, magnitudasi 2-3,4 gacha bo'lgan 15 ga yaqin zilzilalar sodir bo'lganligi aniqlandi. (6-rasm).

6-rasm. Tayanch seysmik stansiyalar tomonidan 300 km radiusda sodir bo 'Igan -iliila markazlari xaritasi

Seysmik ta'sirlar intensivligining o'zgarishi zilzila ma'lumotlari bo'yicha hisoblanadi. Ushbu seysmik ta'sirlar o'zgarishi quyidagi formula orqali hisoblanadi:

AI=3,3*Lg(Ai/An)

bu yerda, Ai - o'rganilayotgan nuqtadagi signalning amplituda miqdori, An- tayanch nuqtadagi signalning amplituda miqdori.

Quyidagi 1-jadvalda amplitudasi yuqori bo'lgan seysmik xodisalar keltiriladi:

1-jadval

Sana Vaqt Kenglik Uzoqlik Magnituda H, km

06.12.2021 13:47:54 39.721 73.612 3.0 20

06.12.2021 19:30:57 40.573 72.478 2.9 10

07.12.2021 07:24:44 37.124 71.225 3.4 33

07.12.2021 15:22:31 38.414 72.483 3.9 10

09.12.2021 14:31:37 38.216 72.772 4.0 10

11.12.2021 13:29:08 39.207 71.669 4.0 25

01.01.2022 13:44:35 36.724 70.514 4.0 180

05.01.2022 09:57:21 38.427 72.237 4.5 30

06.01.2022 04:52:19 40.237 76.897 4.0 15

08.01.2022 19:56:18 39.321 73.614 4.5 30

09.01.2022 21:41:29 38.073 67.584 5.0 15

12.01.2022 05:26:44 36.886 70.495 4.5 180

03.02.2022 01:08:46 38.981 70.143 4.3 33

03.02.2022 19:31:23 37.117 70.593 4.9 180

05.02.2022 04:16:02 36.795 70.894 5.8 180

Quyida, MSK-64 shkalasi bo'yicha seysmik intensivlik o'zgarishini hisoblashlar 2-jadvalda keltirilgan. Bu yerda seysmik ma'lumotlarga ko'ra yuqori tezlik bilan ajralib turuvchi mos yozuvlar

stansiyasi sifatida qabul qilingan "Stansiya№1" tayanch punkti hisoblanadi. ______2-jadval

Punkt Stansiya№1 Stansiya№2 Stansiya№3 Stansiya№4 Stansiya№5

6Y94 6Y92 6Y97 6Y96 6Y93 (H-677)

Sana, vaqt Amax dI Amax dI Amax dI Amax dI Amax dI

10.12.2021 03:24 23261 24286 0,06 24339 0,06 16699 -0,47 27883 0,26

10.12.2021 03:40 30611 38104 0,31 41605 0,44 28512 -0,10 25361 -0,27

12.12.2021 12:22 31898 42022 0,40 40606 0,35 47143 0,56 22007 -0,53

18.12.2021 05:42 270749 467087 0,78 564264 368947 0,44 267018 -0,02

19.12.2021 12:36 165912 246934 0,57 491066 139546 -0,25 219334 0,40

19.12.2021 12:39 15225 23836 0,64 24232 0,67 13922 -0,13 20 344 0,42

20.12.2021 09:01 70905 75117 0,08 88781 0,32 62848 -0,17 48678 -0,54

22.12.2021 05:46 19017 25006 0,39 34397 0,85 21758 0,19 18691 -0,02

23.12.2021 07:21 18195 32218 0,82 49549 35684 0,97 27690 0,60

24.12.2021 07:00 80446 111123 0,46 95095 0,24 64644 -0,31 89767 0,16

24.12.2021 08:11 11822 21083 0,83 21256 0,84 14404 0,28 11948 0,02

Olingan ma'lumotlar taxliliga ko'ra tayanch stansiya Stansiya №1 ga nisbatan dI (ball miqdorining o'zgarishi) ning o'rtacha qiymatlari quyidagi 3-jadvalda ko'rishimiz mumkin:

3- adval

№ Nomi: dI (ball miqdorining o'zgarishi)

1. Stansiya№1

2. Stansiya№2 -0,62

3. Stansiya№3 +0,65

4. Stansiya№4 +0,33

5. Stansiya№5 +0,31

6. Stansiya№6 +0,07

7. Stansiya№7 -0,24

8. Stansiya№8 +0,09

9. Stansiya№9 +0,49

Xulosa. Seysmik monitoring tadqiqotlari natijasida 4 ming gektar maydonga ega bo'lgan Yangi Andijon hududida o'rnatilgan seysmik stansiyalar tomonidan 100 ga yaqin seysmik hodisalar tahlil qilinishi natijasida quyidagilar aniqlandi. Ball miqdorining o'zgarishi shuni ko'rsatadiki, eng kichik ko'rsatkich dI = -0.62 stansiya№2da, eng katta ko'rsatkich dI =+0.65 stansiya№3da qayd etilgan.

O'rganilayotgan hudud nisbatan ikki qismlarga bo'lindi. Natijada, ballning o'sishi janubiy va shimoliy segmentlarda barqaror salbiy qiymatlarga ega bo'lmoqda. Hudud markaziga yaqinroq bo'lgan joylarda esa qiymatlari nolga teng bo'ldi. G'arbiy va sharqiy segmentlar barqaror ijobiy qiymatlar bilan tavsiflandi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkinki, tadqiqot natijalaridan olingan ball miqdorining intensivligi darajasi Yangi Andijon hududining barcha joylarida sezilarli o'zgarishga ega emas. Umumiy seysmik rayonlashtirish xaritasida ushbu natijalarni inobatga olish tavsiya qilinadi.

Adabiyotlar:

1. Borman P., Baumbach M., Bock G., Grosser H., Choy G.L. Seismic sources and source parameters. // NMSOP. Potsdam 2009, pp 1-98.

2. Ibragimov A.X., Xamidov X.L., Yuldashev E.Sh., Majidov J.R. Osenka kinematicheskix elementov seysmicheskix voln pri dinamicheskix vozdeystviyax prombishlennbimi vzrbivami.-Seysmologiya muammolari №2, 2019

3. Borman P (1994) Concept for a new "Manual o Seismological Observatory Pactice" European Seismological Commission Proceedings and Activity Report 1992-1994 published by University of Athens faculty of Science

4. Nakamura, Y.: A Method for Dynamic Characteristics Estimation of Subsurface using Microtremor on the Ground Surface, Quarterly Report of RTRI, Vol.30, No.1, pp.25-33, 1989.

5. Nakamura Y. (2000), Clear identification of fundamental idea of Nakamura's technique and its applications, Proc. of the 12th World Congress on Earthquake Engineering, Auckland, New Zealand

6. Gorshkov G.A. Normativnbiy xaos v Rossiyskom mikrorayonirovanii Geoinfo.ru 2017.

7. Turdukulov A.T., Kamchbibekov M.P., Yegemberdiyeva K.A., Kamchbibekov bl.P. Teoreticheskiye osnovbi seysmicheskogo mikrorayonirovaniya na primere provedyonnbix rabot v kbirgbizstane.№2(2),2013.

8. Yuldashev.E.Sh. Suv omborlarida uzluksiz seysmik kuzatuv olib borishning zamonaviy usullari. 2021.

9. Shebalin N.V., 1971. O predelnoy magnitude i predelnoy ballnosti zemletryaseniy. Fizika Zemli, № 6, s. 12-20.

10. Rautian T.G., 1974. Problema opredeleniya energii zemletryaseniy. V kn. Magnituda i energeticheskaya klassifikatsiya zemletryaseniy. IFZ AN SSSR, Moskva, s. 107-112.

LOKAL SEYSMIKMONITORING ""YANGIANDIJON" SHAHRIXUDUDIDA

Maqolada Andijon viloyatida barpo etilayotgan Yangi Andijon shahri hududida olib borilgan seysmik kuzatuvlar, mikroseysmik o'lchovlar xaqida. Seysmik kuzatuvda yangicha xalqaro standartlarga mos dala seysmik kuzatuv stansiyalarida olib borilgan. Xududda grunt tebranish hususiyatlarini o'lchashga yangicha yondoshilganligi. Seysmik kuzatuvdan olingan ma'lumotlarni taxlil qilishda aniqlikni to'g'ri baholovchi dasturlardan foydalanilgan. Janubiy Farg'ona seysmogen zonasida sodir bo'lgan kuchli tarixiy zilzilalar haqida ma'lumot keltirilgan.

СЕЙСМИЧЕСКИЙ МОНИТОРИНГ В РАЙОНЕ ГОРОДА «ЯНГИ АНДИЖАН.»

В статье речь идет о сейсмических наблюдениях и микросейсмических измерениях, проведенных в районе строящегося в Андижанской области города «Янги Андижан». Сейсмический мониторинг проводился на размещенных в окрестностях станциях по новым международным стандартам. Применен новый подход к измерению сейсмических свойств грунта на участке. При анализе данных, полученных сейсмическими наблюдениями, использовались программы, корректно оценивающие точность. Также приведены сведения об исторических сильных землетрясениях, произошедших в Южно-Ферганской сейсмогенной зоне.

LOCAL SEISMIC MONITORING IN THE AREA OF "YANGI ANDIJAN" CITY.

The article deals with seismic observations and microseismic measurements carried out in the area of the Yangi Andijan city under construction in the Andijan region. Seismic monitoring was carried out at stations located in the vicinity according to new international standards. A new approach has been applied to measuring the seismic properties of the soil at the site. When analyzing the data obtained by seismic observations, programs were used that correctly estimate the accuracy. Information about historical strong earthquakes that occurred in the South Fergana seismogenic zone is also given.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.