Научная статья на тему 'AHOLINI ZILZILAGA TAYYORLASH JARAJONLARINI O‘RGATISHGA MO‘LJALLANGAN MILLIY TA’LIM PLATFORMASINI O‘RNI VA AHAMIYATI'

AHOLINI ZILZILAGA TAYYORLASH JARAJONLARINI O‘RGATISHGA MO‘LJALLANGAN MILLIY TA’LIM PLATFORMASINI O‘RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
31
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
zilzila / o‘rgatuvchi dastur / mul’timedia / seysmologiya / seysmik kamar / seysmik xavfsizlik. / earthquake / educational program / multimedia / seismology / seismic belt / seismic safety.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Bekmirzayev Diyorbek Abdugapparovich, Qosimov Elbek Alisherovich, Ismoilov Axror Maxamadibragimovich

Ushbu maqolada aholini barcha qatlamlarini zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanishga o‘rgatuvchi milliy ta’lim platformasini strukturaviy tuzilishi va yaratish jarayonlari bayon etilgan. Ishlab chiqilgan platforma aholini barcha qatlamlarini zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan keyin to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish uchun mo‘ljallangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE AND SIGNIFICANCE OF THE NATIONAL EDUCATIONAL PLATFORM FOR TRAINING THE POPULATION ON EARTHQUAKE PREPAREDNESS PROCEDURES

This article describes the structural structure and processes of creating a national educational platform that teaches all levels of the population to move properly during an earthquake. The developed platform is designed to teach all levels of the population to act correctly before, during and after an earthquake.

Текст научной работы на тему «AHOLINI ZILZILAGA TAYYORLASH JARAJONLARINI O‘RGATISHGA MO‘LJALLANGAN MILLIY TA’LIM PLATFORMASINI O‘RNI VA AHAMIYATI»

UDK 550.34

AHOLINI ZILZILAGA TAYYORLASH JARAJONLARINI O'RGATISHGA MO'LJALLANGAN MILLIY TA'LIM PLATFORMASINI O'RNI VA AHAMIYATI

Bekmirzayev Diyorbek Abdugapparovich DSc., O'zRFA M.T. O'rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti

email: diyorbek [email protected]

Qosimov Elbek Alisherovich PhD., O'zRFA M.T. O'rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti email: [email protected]

Ismoilov Axror Maxamadibragimovich Mustaqil izlanuvchi, Namangan muhandislik-qurilish instituti

email: [email protected]

Annotatsiya. Ushbu maqolada aholini barcha qatlamlarini zilzila vaqtida to'g'ri harakatlanishga o'rgatuvchi milliy ta'lim platformasini strukturaviy tuzilishi va yaratish jarayonlari bayon etilgan. Ishlab chiqilgan platforma aholini barcha qatlamlarini zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan keyin to'g'ri harakat qilishga o'rgatish uchun mo'ljallangan.

Аннотация. В данной статье описаны структурная структура и процессы создания национальной образовательной платформы, обучающей все слои населения правильному передвижению во время землетрясения. Разработанная платформа призвана научить все слои населения правильно действовать до, во время и после землетрясения.

Abstract. This article describes the structural structure and processes of creating a national educational platform that teaches all levels of the population to move properly during an earthquake. The developed platform is designed to teach all levels of the population to act correctly before, during and after an earthquake.

Kalit so'zlar. zilzila, o'rgatuvchi dastur, multimedia, seysmologiya, seysmik kamar, seysmik xavfsizlik.

Ключевые слова. землетрясение, образовательная программа, мультимедиа, сейсмология, сейсмический пояс, сейсмическая безопасность.

Keywords. earthquake, educational program, multimedia, seismology, seismic belt, seismic safety.

Kirish. Bugungi kunda dunyoda ro'y berayotgan talofati eng ko'p hisoblangan zilzila barcha davlatlarning bu sohada alohida e'tibori va qonunchilik asoslarini mukammal tarzda yaratishni taqozo etmoqda. Zilzilaning avvalda aniqlab bo'lmasligi, kutilmaganda bo'lishi nuqtayi nazaridan doim shay holatda turishni talab etadi. Soniyalar ichida bino inoshootlari, aholi turar joylari va boshqa muhim obyektlariga katta zarar yetkazishi hamda fuqarolarni hayotiga xavf tug'dirishi barchani birdek xushyorlikka undaydi.

XXI asrda dunyoda seysmologiya fani qanchalik taraqqiy etmasin, zilzilaning oldini olish, ularni oldindan 100% aniqlikda prognozlash imkoni topilgani yo'q. Faqatgina, tegishli profilaktik tadbirlar orqaligina uning oqibatlarini imkon darajasida kamaytirish mumkin [1-2].

O'zbekiston geologik joylashuviga ko'ra, O'rta yer dengizi-Osiyo seysmik kamarida joylashgan. Shu boisdan, respublikamiz va unga chegaradosh hududlarda tez-tez zilzilalar sodir bo'lib turishi tabiiy hol sanaladi. Ta'kidlash kerakki, respublikamiz hududlarida 1900 yildan beri shu kunga qadar 30 dan ortiq kuchli va halokatli (magnitudasi 5 dan yuqori bo'lgan) zilzilalar

sodir bo'lgan. Masalan, 1966-yil 26-apreldagi "Toshkent" zilzilasi, 2011-yil 20-iyuldagi Farg'ona zilzilasi va x.k.z. O'zbekistonning 70% dan ortiq aholisi (taxminan 26 mln. fuqaro) 8 -9 balli seysmik faol hududlarda istiqomat qilayotganligi bois, favqulodda vaziyatlarda ularning hayoti va sog'lig'ini saqlash, talofatlarni kamaytirish maqsadida aholining zilzilaga tayyorgarlik darajasini oshirib borish, seysmik xavfsizlikni ta'minlash dolzarb vazifalardan biridir [3].

Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun aholining barcha qatlamini zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan keyin to'g'ri harakat qilishga o'rgatuvchi mul'timediali platforma ishlab chiqildi.

Platforma orqali aholining barcha qatlamini qamrab olinishi ko'zda tutilayotgani bois, dunyoning istalgan chetidan foydalanish imkoniyati bo'lishi uchun web-texnologiyalar asosida ishlab chiqish maqsadga muvofiq deb topildi.

Platformadan foydalanuvchilar soni yuqori bo'lishini tahmin qilgan holda, hozirgi kunda shu kabi yuklanish bilan ishlashga qodir texnologiyalardan foydalanildi. Platformaning FrontEnd qismi uchun Vue.js, Back-End qismi uchun Python - Django kutubhonasidan foydalanildi [4-6].

Vue.js kutubhonasi Google va Meteor Dev Group ning sobiq xodimi Evan You tomonidan yaratilgan. Vue.js Xitoy kompaniyalari orasida keng qo'llaniladi, xususan Alibaba, Baidu, Xiaomi, Sina Weibo web saytlari shular jumlasidan.

Platformaning Back-End qismi uchun Python - Django kutubxonasi ma'lumotlar bazasi bilan ishlash uchun eng qulay Back-End kutubxona hisoblangani uchun tanlab olindi. Hozirgi kunda Google, YouTube, Instagram, National Geographic, The Washington Post, Pinterest, Dropbox, The Onion, Spotify, Disqus, Sentry, Nasa kabi tashkilot web saytlari Django kutubxonasi yordamida yaratilgan[4-6].

Hozirda platforma https://zilzilaplatforma.fvvfmi.uz web-hostingida test rejimda ishga tushirilgan va sinov jarayonlaridan o'tmoqda.

Platformaning ishchi oynasi quyidagilardan iborat.

Aholini zilzilaga tayyorlash milliy ta'lim platformasining asosiy ishchi oynasi (1-rasm) va foydalanuvchilarni ro'yxatdan o'tkazish ishchi oynasi (2-rasm) da keltirilgan.

1-rasm 2-rasm

Natijada O'zbekiston Respublikasi aholisini barcha yosh qatlamlarini zilzila vaqtida to'g'ri harakat qilishlariga mustaqil o'rgatuvchi milliy ta'lim platformasi ishlab chiqildi.

Bu fuqarolarga qanday yordam beradi. Albatta zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan keyin qayday harakatlanish eng muhim omil hisoblanadi. Shundan kelib chiqib aholini zilzilaga tayyorlashda bu kabi platformalarning o'rni beqiyosdir. Bundan ko'zlangan maqsad aholining zilzila bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarini rivojlantirishdir. Yetarlicha bilimga hamda ma'lumotga ega bo'lgan fuqaro o'zining va yaqinlarining xavfsizligi uchun eng to'g'ri yo'lni va to'g'ri qaror qabul qilishni o'rganadi. Bu orqali jamiyat manfaatlariga muhim hissa

qo'shishga erishiladi. Birgina misol Tayvan davlatida joriy yilning 3 - aprel kuni 7.4 ballik zilzila sodir bo'ldi. Tayvan davlatida 1999-yilda 7.6 ballik zilzila sodir bo'lgan. Bunda juda ko'plab ijtimoy ob'yektlar, turli bino inshoоtlar katta talofati va ko'plab insonlar hayotiga zomin bo'lgan edi. Tayvan davlatining zilzilabardoshlik va seysmika sohasi bo'yicha 25 yillik harakati natijasi 2024-yildagi zilzila vaqtida o'zining samarasini ko'satdi. Ya'ni bino inshootlar talofati va insonlarning hayotini asrab qolishda katta natija erishganini ko'rish mumkin. Tayvan davlatining asosiy e'tiborni zilzila vaqtida qanday harakatlanishdan tortib, zilzilaga oid barcha bilimlarni maktabgacha, maktab, o'quv yurtlari va barcha qatlamdagi aholiga tushunchalar berishga qaratilganligi o'zining samarasini ko'rsatgani tahsinga loyiqligi bilan e'tirof etilmoqda. O'zbekistonda ham bu borada ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yilning 17-apreldagi 161-sonli "Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" qarori dolzarb bo'lgan masalalarning qonuniy asosi va dasturul amal sifatida hizmat qiladi.

ADABIYOTLAR

1. Kurbanov B.Yu., Davurov B.A., Quvondiqov A.N. Kuchli zilzila va uning ikkilamchi oqibatlarini bartaraf etishda boshqaruvni tashkil etish bo'yicha ilg'or xorij tajribasining tahlili // Фан_мухофаза_хавфсизлик_журнали_№°2(9)_2022 й.

2. Abdiqodirov F.A. Kuchli zilzilalar bilan bog'liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish muammolari va ularni hal etish masalalari // Kuchli zilzila bilan bog'liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish muammolari va ularni hal etish yo'llari mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to'plami, Toshkent 2023

3. Kurbanov B.Y. O'zbekistonda kuchli zilzilalarning muddatli prognozlariga muvofiq seysmik xavfsizlikni ta'minlash muammolari // Kuchli zilzila bilan bog'liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish muammolari va ularni hal etish yo'llari mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to'plami, Toshkent 2023

4. William Stallings. Operating systems internals and design principles. Seventh edition, 2012. - 820 p. ISBN-13: 978-0-13-230998-1 (alk. paper).

5. Behrouz A. Forouzan. TCP/IP Protocol Suite. Fourth Edition, 2010. - 1029 p. ISBN 978-0-07-337604-2 — ISBN 0-07-337604-3 (hard copy : alk. paper).

6. Julia Elman and Mark Lavin. Lightweight Django. Published by O'Reilly Media, Inc., 2015. - 245 p.

6. Насирдинов Д.Э. —Ах,олини зилзилага тайёрлашда илгор хориж тажрибасидан фойдаланиш истикболлариИ Республика илмий-амалий анжумани материаллари туплами 2022 й. 20 апрель Т: 231-232 б.

7.Ирискулов, Фарход, Захид Кадиров, and Диана Студенкова. "Возможности мультимедиа и её воздействия на аудиторию." Nordic_Press 1.0001 (2024).

8. Кодиров, З. З., Ирискулов, Ф. С., Пулатов, А., & Умурзаков, Х. (2018). МОДУЛЬНОЕ ОБУЧЕНИЕ В СИСТЕМЕ ОБРАЗОВАНИЯ. Экономика и социум, (4 (47)), 381-386.

9. Жураев, Т., Гойипов, У., & Ирискулов, Ф. (2017). Методическая компетентность педагога. Role of the using innovative teaching methods to improve the efficiency of education/Moscow, 1, 104-107.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.