Научная статья на тему '“HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI” FANINI O‘QITISHNING DOLZARB MUAMMOLARI'

“HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI” FANINI O‘QITISHNING DOLZARB MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
talaba / ta’lim / faoliyat / hayot / xavfsizlik / favqulodda vaziyat / baxtsiz hodisa / falokat / tabiiy ofat.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — A.A.Xojiyev, N.J.Saidxanova, B.B.Utepov, T.A.Xaydarov

Maqolada inson va jamiyat hayotining xavfsiz sharoitlarini ta’minlash dolzarb muammo sifatida ko‘rilib, aholi xavfsizligini ta’minlashni yangi bosqichga ko‘tarishda ta’lim jarayoni har qanday faoliyatda inson xavfsizligiga erishishda, “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanining hozirgi holati uning tarixiy bosqichlari o‘rganilgan hamda o‘qitish bo‘yicha mavjud muammolar chuqur tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI” FANINI O‘QITISHNING DOLZARB MUAMMOLARI»

"HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI" FANINI O'QITISHNING

DOLZARB MUAMMOLARI

1A.A.Xojiyev, 2N.J.Saidxanova, 3B.B.Utepov, 4T.A.Xaydarov

1,2,3,4Toshkent irrigasiya va qishloq xo'jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11241724

Annotatsiya. Maqolada inson va jamiyat hayotining xavfsiz sharoitlarini ta'minlash dolzarb muammo sifatida ko'rilib, aholi xavfsizligini ta'minlashni yangi bosqichga ko'tarishda ta'lim jarayoni har qanday faoliyatda inson xavfsizligiga erishishda, "Hayot faoliyati xavfsizligi" fanining hozirgi holati uning tarixiy bosqichlari o'rganilgan hamda o'qitish bo'yicha mavjud muammolar chuqur tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: talaba, ta'lim, faoliyat, hayot, xavfsizlik, favqulodda vaziyat, baxtsiz hodisa, falokat, tabiiy ofat.

Аннотация. В статье обеспечение безопасных условий жизнедеятельности человека и общества рассматривается как актуальная проблема, воспитательный процесс по поднятию безопасности населения на новый уровень, достижение безопасности человека в любой деятельности, современное состояние наука "Безопасность жизнедеятельности", изучаются ее исторические этапы, углубленно анализируются существующие проблемы преподавания.

Ключевые слова: студент, образование, деятельность, жизнь, безопасность, чрезвычайная ситуация, авария, катастрофа, стихийное бедствие.

Abstract. In the article, the provision of safe conditions of human and community life is seen as an urgent problem, the educational process in raising the safety of the population to a new level, the achievement of human safety in any activity, the current state of the science of "Safety of life activities ", its historical stages are studied, and the existing problems of teaching are analyzed in depth.

Keywords: student, education, activity, life, safety, emergency, accident, disaster, natural disaster.

Kirirsh. Mamlakatimiz aholisini turli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishni yuqori darajalarga ko'tarish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Hayot xavfsizligi insoniyat hayotini, tabiiy boyliklarni, atrof muhitni muhofaza qilish muammosi mamlakatimizda alohida e'tiborga loyiq va dolzarb muammo hisoblanadi.

Tarixga nazar solsak, Respublikamizda XX asrning 60-yillaridan fuqaro mudofaasi tizimi faoliyat ko'rsatib kelgan. Uning asosiy vazifasi tinchlik davrida va urush sharoitida mamlakat aholisini yalpi qirg'in qurollari va boshqa hujum vositalaridan himoya qilish, urush sharoitida ob'yektlarning barqaror ishlashini ta'minlash hamda halokat o'choqlarida qutqarish va tiklash ishlarini o'z vaqtida samarali amalga oshirishdan iborat edi. Lekin aholi hayotiga faqatgina ommaviy qirg'in qurollari emas, balki boshqa xavf-xatarlar ham tahdid solib turardi, ularni nazardan chetga qochirish mumkin emas bo'lib, bular turli tabiiy ofatlar, avariya, halokatlar ekanligi barchamizga ayondir. Bo'lib o'tgan bir nechta tabiiy ofatlar (masalan; Chernobil atom elektr stansiyasidagi avariya, 25000 odamning yostig'ini quritgan Spitak zilzilasi va boshq.) fuqaro mudofaasining o'rni va vazifalariga boshqacha ko'z bilan qarash kerak ekanligini ko'rsatib berdi. Fuqaro mudofaasi qo'shinlari bunday yirik ko'lamdagi ofatlarga qarshi

kurashishga tayyor emas ekanligi, fuqaro mudofaasi vazifalari faqatgina harbiy davr chegarasida qolishligi mumkin emasligi, ular oldiga qo'yilgan vazifalar ko'lamini kengaytirish ehtiyoji yuzaga keldi.

Endilikda fuqaro mudofaasi uchun avariya, halokat va tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish, avariya-qutqaruv ishlarini olib borish bilan birga sodir bo'lishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, bunday vaziyatlarni bashoratlash vazifasi yetakchi rol o'ynashi lozim edi. 90-yillarga kelib yadro urushi xavfi kamaydi, biologik qurollardan foydalanish cheklab qo'yildi, yangi-yangi zamonaviy qurol turlari kashf qilindi, ular odamlar uchun xavfli bo'lmay, balki iqtisodiyot ob'yektlarini ishdan chiqarishga qaratilgan edi. Bularning hammasi fuqaro mudofaasi tizimi o'rnida yangi bir tizim tashkil etilishi lozimligini isbotlab berdi. Tinchlik sharoitida davlatlarda sodir bo'layotgan avariya, halokatlar va tabiiy ofatlar oqibatida yuzaga keladigan zararlar miqdori yildan-yilga oshib bordi. Tahlillar shuni ko'rsatdiki, avariya va favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni tugatish bilan bog'liq tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish yaxshi samara bermagan. Eng muhimi, tinchlik davrida favqulodda vaziyatlarga (FV) javob berishga mo'ljallangan maxsus tizimning yo'qligi edi. Mavjud tizim, urush davridagi favqulodda vaziyatlarga yo'naltirilgan va u baxtsiz hodisalar, falokatlar va tabiiy ofatlarning oqibatlarini bartaraf etishda faol ishtirok etgan bo'lsada, u o'ziga xos xususiyatlar tufayli ushbu ish bilan to'liq kurasha olmadi.

Fuqaro mudofaasi tizimining samarasizligi bir qator muammolar tufayli yuzaga keldi, ularning eng asosiylari quyidagilar:

- davlat miqyosida favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etishni boshqarish va faoliyatini muvofiqlashtirish uchun yetarli vakolat va tajribaga ega, doimiy davlat organining yo'qligi;

- favqulodda vaziyatlarda shoshilinch ta'sir kuchlarining yo'qligi; Fuqaro mudofaasining qisqartirilgan tarkibdagi qism va birlashmalarni jamlash va favqulodda vaziyat zonasiga yuborish uzoq vaqt talab qilishi;

- favqulodda vaziyatlar hududiga qutqaruvchilarni tezkor yetkazib berishni ta'minlaydigan maxsus mobil transport vositalarining yo'qligi;

- Fuqaro mudofaasi tizimida odamlarni har qanday vaziyatda qutqarish uchun maxsus universal tayyorgarlikka ega bo'lgan professional qutqaruvchilarning yo'qligi;

- Fuqaro mudofaasining 2 yillik xizmatga chaqirilgan qo'shin askarlari va harbiylashtirilmagan tuzilmalar tarkibida qutqaruvchilar emas turli soha mutaxassislari bo'lganligi;

- Fuqaro mudofaasi kuchlarining qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlarni bajarish uchun zamonaviy texnikasining yo'qligi; eskirgan, kam quvvatli muhandislik texnologiyalaridan foydalanilgan, qidiruv uskunalari va qutqaruv vositalari mavjud bo'lmaganligi;

- Favqulodda vaziyatlarning (FV) oldini olish va tugatish sohasidagi faoliyatni tartibga soluvchi qonunchilik bazasining yo'qligi.

1987 yil iyul' oyida mamlakat rahbariyati Fuqaro mudofaa tizimini tubdan qayta tashkil etishga oid hujjatni ishlab chiqdi. Ushbu hujjatda tizim ehtimoli mavjud avariya, halokatlar va tabiiy ofatlarning oqibatlarini bartaraf etish, qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlarni bajarishga tayyor bo'lishi kerakligi ta'kidlandi. Shunday qilib, Fuqaro mudofaa tizimining favqulodda vaziyatlarning nafaqat harbiy, balki tinchlik davriga ham mo'ljallanishi birinchi marta rasmiy ravishda e'lon qilindi. Fuqaro mudofaasi tizimini tubdan qayta tashkil etish kompleks chora-

tadbirlarni amalga oshirish orqali ta'minlandi. O'zbekiston Respublikasi aholini tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlardan himoya qilish uchun muammolarni hal qilishda o'z yo'lini tanladi.

Shu bilan birga bugungi kundalik hayotimizda tabiiy yoki texnogen xavflarning hajmi va xilma-xilligi juda kengayib ketdi. Jamiyatimizda texnosferaning roli oshib, yashash tarzimiz ham texnikalar bilan chambarchas bog'liq bo'lib qoldi. Bu jarayon mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish bilan qatorda aholining muayyan darajada salomatligi va har tomonlama hayot faoliyati xavfsizligini ta'minlashning muhimligini ko'rsatib berdi.

Bunday sharoitda "Hayot faoliyati xavfsizligi" yo'nalishi bo'yicha o'rganish va uni o'qitish orqali sog'lom va tinch turmush tarzi muammosini ma'lum darajada hal qilishga, shaxsni har tomonlama rivojlantirishga, hayot faoliyati xavfsizligini ta'minlash sohasida insonlarning ijtimoiy faolligini kuchaytirishga ilmiy jihatdan oqilona bo'lgan turmush tarzini shakllantirish bugungi kunning dolzarb muammolariga aylandi.

Hozirgi davrdagi yuz berishi ehtimoli bo'lgan favqulodda vaziyatlar ta'siri, ko'lami, oqibati, o'zining murakkab sharoitlarga olib kelishi bilan farqlanadi. Olib borilgan monitoring va tahlillarga nazar soladigan bo'lsak dunyoda oxirgi o'n yil davomida sodir bo'lgan favqulodda vaziyatlarning 70% bu - texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardir.

Oxirgi yillik statistik ma'lumotlar bo'yicha sodir bo'lgan tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlarni tahlil qiladigan bo'lsak, halqaro mehnat muhofazasi birlashmasi ma'lumoti bo'yicha dunyoda har yili ishlab chiqarishda - 2,2 mln. o'lim, 160 mln. kasb kasallik holatlari, 270 mln. oqibati og'ir baxtsiz hodisalar ro'yhatga olinadi. Baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklar natijasida yetkazilgan zarar uchun bir yilda to'langan pul miqdori - 1,25 trln. AQSH dollarini, ya'ni dunyo yalpi ichki maxsulotini 4 % ini tashkil etadi.

XX asrning 90-yillarida turli vaziyatlar bilan bog'liq ravishda yuz bergan baxtsiz hodisalarning ortib borishi, favqulodda vaziyatlarning ko'plab yuz berishi 1991 yilda "Hayot xavfsizlikda" shiori ostida Butun jahon kongressining o'tkazilishi va unda ko'rilgan masalalar yechimida alohida e'tibor berilishi zarurati ko'rsatib o'tildi va ta'kidlandi.

Yuqoridagi tahlillar natijasini ko'radigan bo'lsak, respublikamizda aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida talabalarni "Hayot faoliyati xavfsizligi" yo'nalishi bo'yicha o'qitish naqadar dolzarbligini ko'rishimiz mumkin.

Favqulodda vaziyatlardan jabrlanganlar sonini kamaytirishning asosiy yo'llaridan biri aholining barcha toifalarini shu jumladan talabalarni favqulodda vaziyatlar sharoitida to'g'ri harakatlanishga o'rgatishdan iboratdir. Bunday tayyorgarlik doimiy, muntazam, uzluksiz tarzda oilada, mahallada, maktabgacha ta'lim muassasalari hamda umumiy o'rta ta'lim maktablarida va oliy ta'lim muassasalarida amalga oshirilmog'i lozim.

Oliy ta'lim tizimida talabalarni xavfsizligini ta'minlash borasidagi mustaqil fikrlash ko'nikmasi bilan bilimlarini egallashga erishishida "Hayot faoliyati xavfsizligi"ning roli kattadir. Chunki talabalarni mustaqil fikrlash orqali yakka surat hamda mustaqil izlanishga o'rganadilar. Talaba har qanday sharoitda xavfsizligini ta'minlash borasida bilimlarga ega bo'lishi, zaruriy hollarda xavfsizlik choralari bo'yicha to'g'ri harakatlarni amalga oshira olishi lozim.

Soha yo'nalishi bo'yicha talabalarini malakaviy darajasi mehnat bozorining zamonaviy talablariga yetarlicha javob berishi uchun bugungi kunda kasbiy tayyorlash nazariyasi va

amaliyotini takomillashtirishning yangi imkoniyatlari va yo'llarini qidirish, ilmiy asoslangan yechimlarini topishimiz kerak bo'ladi.

Shuningdek, BMT Bosh Assambleyasining 2015 yilning 25 sentyabrida Barqaror rivojlanish bo'yicha o'tkazilgan sammitida qabul qilingan "2030 yilgacha bo'lgan davrga mo'ljallangan Barqaror rivojlanish dasturi"da fuqarolarning hayotiy faoliyati xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar, xususan ilm - fan va ta'limni rivojlantirish, kelgusi yosh avlod uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar qoldirish bilan bog'liq ustivor vazifalar belgilab olindi.

Oliy ta'lim muassasalarida - "Hayotiy faoliyat xavfsizligi" mutaxassisligi bo'yicha bakalavr darajasiga ega oliy ma'lumotli mutaxassislarni tayyorlashda, talabalarda xavfsizlik madaniyatini rivojlantirishning quyidagi maqsad va vazifalarini alohida e'tibor qaratish lozim bo'ladi:

- ta'lim muassasalarida baxtsiz hodisalar sonini kamaytirish;

- xavfsizlik va mehnatni muhofaza qilishga bo'lgan qiziqishni muntazam ta'minlash;

- xavfsizlikka ongli ravishda munosabat bildirish;

- yangi xavfsizlik vositalarini ommalashtirish;

- o'quv jarayoniga zamonaviy mehnat muhiti va xavfsizlik vositalarini joriy etish;

- har bir ish joyida sog'lom va xavfsiz mehnat va o'quv sharoitlarini yaratish.

Har qanday sohadagi faoliyat muvaffaqiyatli bo'lishi insonning fazilatlari va

qobiliyatlariga, uning xatti-harakatlarining sabablariga, o'zi o'tkazgan voqealarning zaruriyati va samaradorligiga ishonch bag'ishlaydi. Insonlarning, umuman, jamiyatning barcha fazilatlari va xususiyatlarini kompleks rivojlantirish faqat hayot faoliyati xavfsizlik madaniyatini shakllantirish orqali amalga oshirilishi mumkin.

Xulosa o'rnida "Hayot faoliyati xavfsizligi" ta'lim sohasidagi yuqori darajadagi kasbiy tayyorlik, talabalarni shaxsiy xavfsizlikga va umuman jamiyat xavfsizligiga tayyorlashga qodir mutaxassislarni shakllantirishda ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalarning so'ngi yutuqlari, shu jumladan kengaytirilgan reallik texnologiyalariga asoslangan o'zaro hamkor bo'lgan universitetlar va tashkilotlar ijtimoiy sherikligining innovatsion ta'lim muhitini yaratish va ulardan foydalanishni nazarda tutadi.

Hayot faoliyati xavfsizligini ta'minlash bilan biz shaxsni har tomonlama rivojlantirishga, hayot faoliyati xavfsizligini ta'minlash sohasida insonlarning ijtimoiy faolligini oshirishga yordam beradigan ilmiy jihatdan oqilona bo'lgan turmush tarzini shakllantirishga imkon yarata olamiz.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining 2022 yil 17 avgustdagi 0'RQ-790-son "Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to'g'risida"gi Qonuni 25-modda.

2. O'zbekiston Respublikasi 2000 yil 26 mayda qabul qilingan "Fuqaro muhofazasi to'grisida"gi Qonuni 16-modda.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 4 mart kunidagi "O'zbekiston Respublikasida Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etish to'g'risida"gi PF-1378-son Farmoni.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son Farmoni.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 iyundagi "Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3030-son Qarori.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 apreldagi "Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4276-son Qarori.

7. Sh.Mirziyoyev. BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida so'zlagan nutqi // Xalq so'zi, 20 sentabr, 2017 y.

8. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 sentabrdagi "Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini takomillashtirish to'g'risida"gi 754-son Qarori.

9. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 29 apreldagi "O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 171-sonli Qarori.

10. Abaskalova N. P., Akimova L. A., Petrov S. V. Metodika obucheniya osnovam bezopasnosti jiznedeyatel'nosti: Uchebnoye posobiye. Novosibirsk. M.: Izd-vo ARTA, 2011. 46 s.

11. Абрамова С. В. Теория и методика обучения и воспитания безопасности жизнедеятельности: учебно-методическое пособие. Южно -Сахалинск: изд. Сах - ГУ, 2012. 234 с.

12. Газизулин Т.Г., Максиняева М.Р. О методическом подходе к формированию практических занятий для студентов направления подготовки 050100.62 «Педагогическое образование» (профиль «Безопасность жизнедеятельности») // Молодой ученый. 2014. № 18.1. С.27-29.

13. Сопко Г.И., Пазыркина М.В. Педагогические подходы к обеспечению безопасности здоровья // Молодой ученый. 2014. № 18.1 С. 88-92.

14. Yormatov G'., Yo'ldashev O.R., Hamrayev A.L. Hayot faoliyati xavfsizligi./ darslik. - T.: Aloqachi, 2009. -348 b.

15. Raximov O.D. Hayot faoliyati xavfsizligi /Ma'ruza matnlari to'plami. Qarshi: «QarMII», 2005y.

16. Risk management [electronic resource] byHopkin, Paul. ISBN: 9780749468385; Publication Date: 2013. 6-7b.

17. Xusanova S.I. Ta'lim jarayonida hayot faoliyati xavfsizligini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish/ Hayot faoliyat xavfsizligini ta'minlashning dolzarb muammolari va sohada innovatsion texnologiyalarning o'rni.O'R FVV FMI respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to'plami.T., 29 aprel, 2021. 33b.

18. Xusanova S.I., Saidxanova N. "Zilzilalarni monitoring qilishning istiqbollari va rivojlantirish asoslari" ilmiy-amaliy seminar materiallari. T.: FMI. 2018. 65-67b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.