Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 9
educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
TERRORIZM VA FUQARO MUHOFAZASI
Bozorov Umidjon Negboyevich
Navoiy viloyati FVB Hayot faoliyati xavfsizligi o'quv markazi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada "terrorizm" atamasi va uning ma 'nosi, din va davlat munosabatlariga ta'siri, terrorchilik harakatlari tufayli kelib chiqishi mumkin bo 'lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish chora-tadbirlari haqida so 'z yuritiladi.
Kalit so zlar: Terrorizm, diniy ong, diniy-ekstremistik g^oyalar, diniy muassasalar, fuqaro muhofazasi, «Islom lashkarlari», siyosiy «o^yinlar».
ABSTRACT
This article discusses the term "terrorism" and its meaning, its impact on religion and state relations, and measures to prevent emergency situations that may arise due to terrorist activities.
Keywords: Terrorism, religious consciousness, religious-extremist ideas, religious institutions, civil protection, "Islamic armies", political "games".
АННОТАЦИЯ
В данной статье рассматривается термин «терроризм» и его значение, его влияние на религию и государственные отношения, а также меры по предупреждению чрезвычайных ситуаций, которые могут возникнуть в связи с террористической деятельностью.
Ключевые слова: Терроризм, религиозное сознание, религиозно-экстремистские идеи, религиозные институты, гражданская защита, «исламские армии», политические «игры».
KIRISH
O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev boshchiligida hukumatimiz tomonidan, bir qancha xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan aholini turli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asoslarini belgilovchi O'zbekiston Respublikasining 1999-yil 20 avgustdagi "Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to'g'risida"gi Qonuni aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish hamda favqulodda vaziyatlar ro'y berishi va rivojlanishining oldini olish, favqulodda vaziyatlar keltiradigan talofotlarni kamaytirish va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish maqsadida qabul qilingan.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Mamlakatimiz milliy davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan bin aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen favqulodda vaziyatlardan muxofaza qilish, xavfsizlikni ta'minlash, barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishishdan iboratdir. Bu esa favqulodda vaziyatlarni oldindan aniqlash va aholini bu xavfdan ogohlantirish borasida samarali tadbirlar o'tkazish, favqulodda vaziyat ro'y berganda tezkor harakat qilish, insonlarning qurbon bo'lishiga yo'l qo'ymaslik, iqtisodiy zarar kam bo'lishini, xavfsizlikni o'z vaqtida ta'minlashni taqozo etadi. Bugungi kunda favqulodda vaziyatlarda mamlakat va uning aholisi xavfsizligini har tomonlama ta'minlashga qaratilgan qaror, farmonlar va meyoriy hujjatlar qabul qilinib, amaliyotga samarali tadbiq etib kelinmoqda.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Favqulodda vaziyat - bu alohida hududda, hudud ob'ektida yoki suv havzasida odamlarning normal yashash sharoitlari va faoliyatining buzilishi. Favqulodda vaziyatning sababi halokat, falokat, tabiiy ofat yoki boshqa xavfli hodisa, shu jumladan epidemiya, epizootiya, yong'in bo'lishi mumkin. Shu kabi favqulodda holatlar sodir bo'lgan hududda yoki ob'ektda yashash, u yerda iqtisodiy faoliyat olib borish odamlarning o'limi yoki jiddiy moddiy yo'qotishlarga olib kelishi mumkin.
Xavf manbasining turi jihatdan favqulodda vaziyatlar:
- tabiiy;
- texnogen;
- ijtimoiy-siyosiy;
- harbiy xarakterga ega bo'lishi mumkin.
Dunyoda favqulodda vaziyatlarga qarshi kurash azaldan umumbashariy muammoga aylanib ulgurgan. Shunday qilib, sayyoramizdagi tabiiy va texnogen ofatlar natijasida har yili millionlab odamlar vafot etmoqda. Jahon miqyosida mamlakatlar milliardlab moddiy zarar ko'rmoqda. Joriy yilda tabiiy va epidemiologik holatlar ta'sirida, ushbu salbiy ko'rsatkichlar bir necha barobar o'sishda davom etmoqda.
Favqulodda holatlar, ayniqsa bolalar uchun xavf tug'diradi. Favqulodda holatlarda bolalar va axolini barcha qatlamiga:
1. Favqulodda vaziyatlarda xotirjam bo'lishga harakat qilish va ommaviy axborot vositalari va boshqa manbalardagi himoyalanish bo'yicha tavsiyalarga amal qilishlarini tushuntirish;
2. agar hayot va sog'liqqa zudlik bilan tahdid tug'ilsa, xavfli joydan barcha mumkin bo'lgan usullar bilan chiqib ketishga harakat qilish kerakligini uqtirish;
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
3. favqulodda vaziyatlarda bolalarning yonlarida ota-onalari yoki boshqa yaqinlari bo'lishlari muhimligi sababli, yaqinlari yonida bo'lishlarini imkon qadar ta'minlash;
4 tabiiy ofat, baxtsiz hodisa yoki falokat yuz berganda birinchi o'rinda bolalarga zarur tibbiy yordam ko'rsatilishini, sanitariya-gigiena sharoitlari va yaxshi ovqatlanishlarini tashkil etish;
5. terrorizm, qurolli to'qnashuvlar va insonga nisbatan zo'ravonlikning boshqa holatlari bolalarda zo'riqish holatlarni keltirib chiqaradi.
Terrorizm muammosi XX asrning oxiri, ayniqsa uning so'nggi 10 yilida xalqaro jamoatchilikni qattiq tashvishga solib qo'ydi.
Terrorizm bu - ma'lum siyosiy maqsadlarga erishishga yo'naltirilgan, tinchlikka, fuqarolar xavfsiligiga va hayotiga zo'ravonlik ishlatish, yoki, uni qo'llash xavf xatarini tug'diradi. Terrorizm umuminsoniy va davlat ahamiyatiga molik masalalarni hal etish yo'lida asosiy to'siqlardan biri bo'lish uchun harakat qilayotgan zamonamizning o'ta xavfli jamiyatlaridan biridir. Bu jarayonga nisbatan samarali qarshi turish uchun, avvalo, terrorizmning mohiyatini, uning sabablari, yuzaga kelish shartlari va omillarini tushunib olish zarur.
Millionlab odamlarning nobud bo'lishiga olib keluvchi infratuzilma ob'ektlarida va turar joy binolarida terrorchilik harakatlarining dunyo amaliyotida tez-tez sodir bo'layotgan O'zbekiston Respublikasining «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to'g'risida», «Fuqaro muhofazasi to'g'risida»gi qonunlariga muvofiq muhofaza tadbirini shoshilinch ravishda ko'rilishini, terroristik xurujlarni oldini olish ishlariga aholining barcha tabaqalarini jalb etishni talab etmoqda. Iqtisodiy ob'ektlarda terrorchilik harakatlari tufayli kelib chiqishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish bo'yicha ishchi, xizmatchi va muhandis - texnik xodimlarni fuqaro muhofazasiga oid amaliy tadbirlar ko'rish lozim. Hayotiy faoliyat xavfsizligi asoslari bo'yicha tegishli ma'ruzalar o'quv dasturlarini kiritilgan, aholining xavfsizlik sohasidagi savodxonligini oshirishga qaratilgan o'quv - taktik mashqlarni o'tkazish, terrorchilik harakatini amalga oshirishga to'sqinlik qiluvchi sharoitlar vujudga keltirgan.
Ma'lumki, mamlakatimiz fuqarolik jamiyatini mustahkamlash yolidan bormoqda. «Fuqarolik jamiyati» degani esa, birinchi navbatda, jamiyat boshqaruvining muayyan sohalarini davlat organlari va tashkilotlaridan bosqichma-bosqich noxukumat tuzilmalarga otib borishini anglatadi. Demokratik mamlakatlar tajribasi shundan dalolat bermoqdaki, fuqarolik institutlari ma'naviyat va ma'rifat,
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
ilm-fan va madaniyat bilan boglik soxalarda o'zini ko'proq namoyon etib boradi. Oxirgi yillarda Ozbekistonda bu sohada katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Milliy g'urur, ozlikni anglash, milliy-diniy qadriyatlarni to'g'ri va soglom idrok etishga xizmat qilishga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishdagi qator jamg'armalar, uyushmalar va markazlar tuzilmoqda. Ular davlat tashkilotlaridan qabul qilib olinayotgan tegishli boshkaruv va tarbiyaviy-ma'rifiy funksiyalarni bajarishga xarakat qilmokda. Davlat organlari, oz navbatida, ularning mustahkamlanib borishi uchun zarur moddiy-ma'naviy va qonuniy asoslarni yaratishga faol komaklashmoqda.
XULOSA
Mustahkamlanib borayotgan milliy ozlikni anglashga bevosita aloqador diniy qadriyatlarning to'gri va sog'lom idrok etilishiga qaratilgan ma'rifiy-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishi kerak. Boshqacha aytganda, ularning asosiy vazifalaridan biri - diniy qadriyatlar, eng avvalo, insonning ma'naviy kamolotiga xizmat qilishi lozimligi xaqidagi azaliy xaqiqatni, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod ongiga singdirib borishdir. Bundan ham muhimi, — diniy e'tiqod siyosiy «o'yinlar» maydoni emasligi, bu kabi «o'yinlar»ning jamiyat xavfsizligi va barkarorligi uchun xatarli ekanini ilmiy-tarixiy va hayotiy dalillar bilan asoslagan holda keng ommaga muntazam tushuntirib borishdan iboratdir. Ushbu ishdan kozlangan pirovard natija xalqimiz uchun qadimdan an'anaviy bo'lib kelayotgan diniy-ma'naviy merosga sadoqatni mustahkamlash, shu orqali, diniy qadriyatlarning xaqiqiy o'rnini to'g'ri idrok etish, diniy vaziyatning sog'lom va tabiiy rivojlanishiga amaliy hissa qo'shishdan iborat bolgani uchun ham u quruq tashviqot bolib qolmasligi kerak. Diniy qadriyatlarning sogqlom va to'g'ri idrok etilishiga qaratilgan faoliyat kohna va serqirra tariximiz, hamda, ajdodlarimiz qoldirgan ibratli ma'naviy merosga asoslanishi lozim. Fuqarolik jamiyati institutlari mustahkamlanib borgani sari, buyuk bobokalonlarimiz qoldirgan boy ilmiy-ma'naviy meros, jumladan, ma'naviyatimizning uzviy qismi bo'lgan milliy-diniy qadriyatlarni chuqur va yangicha yondashuv asosida o'rganish imkoniyatlari kengayib bormoqda.
REFERENCES
1. Z.Islamov. Diniy ekstremizm va terrorizm ga qarshi kurashning ma'naviy-ma'rifiy asoslari.
2. BMT Bosh Assambleyaning 2000 yil 8 sentabrdagi 55/2-rezolyutsiyasi bilan ta'sis etilgan BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING MING YILLIK DEKLARATSIYASI.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
3. Alexander, Y., & Pluchinsky, D. A. (Eds.). (1992). European Terrorism- Today & Tomorrow. New York: Brassey's.
4. Ravshanov, F. R., & Azimov, H. Y. (2021). Xavf va xavfsizlik: tarix va Hozir.
5. Cranston, A. (1986). The Nuclear Terrorist State. Netanyahu, B. (Ed.), Terrorism, How The West Can Win (1st ed.) in (177-181). Toronto: Collins Publishers.