Научная статья на тему 'UMUMTA’LIM MUASSALARIDA HFX MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH'

UMUMTA’LIM MUASSALARIDA HFX MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
272
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
hayot faoliyati / yashash darajasi / xavfsizlik / sivilizatsiya / jamiyat. / Life activities / Living Level / Society / civilizations / Society.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ro‘ziyev, Akmal Nosirdjonovich, To’ymurodov, Jur’at Djurayevich

Hozirgi paytda davlatimiz oldidagi eng asosiy muammolardan biri xavfsizlikni ta’minlashdir. Shuning uchun barcha o‘quv yurtlaridagi birinchi dars mustaqillik va tinchlik darsidir. Muammoning dolzarbligini tushunish millat va davlat miqyosida shakllanadi. Ushbu maqolada hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini hozirgi paytdagi holati haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF HFX CULTURE IN SECONDARY EDUCATIONAL INSTITUTIONS

One of the most important problems in front of our country is currently ensuring security. Therefore, the first lesson in all educational institutions is the Independence and Peace lesson. Understanding the urgency of the problem is formed on the national and state levels. This article discusses the current state of life safety culture.

Текст научной работы на тему «UMUMTA’LIM MUASSALARIDA HFX MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

UMUMTA'LIM MUASSALARIDA HFX MADANIYATINI

SHAKLLANTIRISH

Ro'ziyev Akmal Nosirdjonovich

Magistrant, FVV Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti, Toshkent,

O'zbekiston To'ymurodov Jur'at Djurayevich Magistrant, FVV Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti, Toshkent,

O'zbekiston

ANNOTATSIYA

Hozirgi paytda davlatimiz oldidagi eng asosiy muammolardan biri xavfsizlikni ta 'minlashdir. Shuning uchun barcha o 'quv yurtlaridagi birinchi dars mustaqillik va tinchlik darsidir. Muammoning dolzarbligini tushunish millat va davlat miqyosida shakllanadi. Ushbu maqolada hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini hozirgi paytdagi holati haqida so Z yuritiladi.

Kalit so'zlar: hayot faoliyati, yashash darajasi, xavfsizlik, sivilizatsiya, jamiyat.

АННОТАЦИЯ

Одной из самых важных проблем перед нашей стране в настоящее время является обеспечение безопасности. Поэтому первый урок во всех учебных заведениях - это урок независимости и мира. Понимание срочности проблемы формируется на национальном и государственном уровнях. В этой статье обсуждается текущее состояние культуры безопасности жизни.

Ключевые слова: жизненная деятельность, уровень жизни, общество, цивилизации, общество.

ABSTRACT

One of the most important problems in front of our country is currently ensuring security. Therefore, the first lesson in all educational institutions is the Independence and Peace lesson. Understanding the urgency of the problem is formed on the national and state levels. This article discusses the current state of life safety culture.

Keywords: Life activities, Living Level, Society, civilizations, Society.

KIRISH

Zamonaviy O'zbekistonimiz yashash darajasining yuqoriligini ko'rsatkichlaridan biri aholini xavfsizligini ta'minlashdir. Mavjud amaliyotga yondashilsa, ko'pgina insonlarning o'z hayoti natijalaridan qoniqmaslik va ixlosi qaytishi kuzatilmoqda. Ularning asabiylashuvini asosiy faktorlaridan biri zaiflik va

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

xavfsizlikni yo'qligill, zaruriy moddiy va madaniy talablarini qondirish, o'z qobiliyatlarini namoyish qilishni imkoni yo'qligidir.

Odamlar tabiiyki, bu holatni o'zgartirishni davlatdan kutishmoqda. Xavfsizlik fenomenini paydo bo'lishini insonlarga, ularning oilasiga, jamiyatga, davlatga, butun sivilizatsiyaga xavflarni, tazyiq va tavakkalni anglash va yuzaga kelish faktlarini tushunib yetishi bilan bog'lash mumkin.Insonlarni atrof-muhit bilan o'zaro munosabatlaridagi xavflarga reaksiyasi hayvonlarning instinktiv harakatlaridan farqli o'laroq, o'zining fahm-farosati natijasida voqealarni avvaldan rivojlanishini baholay olishi bilan farqlanadi.

Bu fazilati xavfsizlikni oldini olish chora-tadbirlarini va samarali qo'llash variantlarini topishga imkon beradi. Insonlar tomonidan xavfsizlikni oldini olish chora-tadbirlari nafaqat mavjud xolatda muxofazalanishni va tazyiqning ma'lum qismini bartaraf etishni, balki ularni yuzaga kelish sabablarini yo'qotish orqali potensial xavfni yuzaga kelishini oldini olishga imkon beradi. Yangi ustuvor dunyoqarash insonlarning hayot faoliyatini maqsadi va ma'naviy, moddiy boyliklar tizimiga, moddiy extiyojlarining cheksiz o'sishidan qoniqish hosil qilishi va ma'naviy talablarga o'zgartirish kirishini taqozo etmoqda.

Shuning uchun insoniyat oldida biosferaning rivojlanish qonuniyatlari natijasida yuzaga keladigan turli cheklanish va taqiqlashlarni o'z xoxishi bilan qabul qilishi va ifodalash kabi qiyin masala turibdi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Odamlarning atrof-muhitga bog'liq bo'lmay yashash davri tugadi. Hozir shu narsa aniq bo'ldiki, insoniyat biosferaning qonunlarini e'tiborga olgan holda rivojlanishi mumkin. Buning uchun nafaqat ma'naviy, moddiy boyliklarni, balki madaniyatimizni ham o'zgartirish kerak. Xavfsizlik madaniyati - madaniyatning tarkibiy qismi bo'lib, u mehnat mahsulotlarining tarkibida, vositalarida aks etadi, insonlarning o'zaro munosabatlarining rivojlanishi va moddiy dunyoni o'zgarishiga yo'naltirilgan bo'ladi. Talabalarni mehnat subektiga aylanishi atrofdagi dunyoni o'zgartirishga tayyor bo'lishga, shu bilan birga tashqi xavflarni bartaraf etishga, inson va jamiyat ning hayot faoliyati xavfsiz sharoitini ta'minlashga, xavfsizlik vositalarini yaratish va foydalanishga da'vat etadi. Madaniyat inson faoliyatining natijasi bo'lgan mahsulotlarnigina emas, balki muloqot shakli va uslubi bo'lgan ilm, tajriba va bilimining maxsulini, intellektual, ma'naviy va estetik dunyoqarashini ham o'z ichiga oladi. Xavfsizlik madaniyati ilm, tajriba va bilimdan tashqari dunyoqarash fikrlarni, ma'naviy va estetik boyliklarni, xavfsizlik muammolarini xal etishning intellektual

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tajribasini, birgalikda yashash jarayonidagi o'zaro muloqot va aloqa xavfsizligini ham tushuntiradi. Madaniyat avlodlar o'zgarishi jarayonida insonlarning hayot faoliyatini tashkil etishi va rivojlanishi, ta'minlanishini usulidir. Madaniyat xavfsizligining mavjudligini shakllari turli xizmatlarning faoliyatida mujassamlanadi, bular yong'in xavfsizligi, FVV ning qutqaruv xizmati, sanepidnazorat, DAN, tez yordam xizmati va b. Madaniyat odamlarning hayoti va faoliyatini turi va shaklida, ularning o'zaro munosabatlarida ifodalanadi.

Xavfsizlik madaniyatining shakli ma'naviy qadriyatlar (inson hayotining bahosi, shaxsni iqtisodiy qiziqishi, sog'lig'ini qadrlashi va yo'lovchilar xavfsiligini tan olish) bo'lib, inson faoliyati, aloxida odamlarning, jamoa va butun jamiyat ning yashashini tashkil etish (aloxida odam, jamoaning ish tartibi, avariya-qutqaruv, qurolli kuchlar, iqtisodiy va boshqa strukturalarning o'zaro munosabati shaxs va jamiyat qonuniyatlarini singdirgan xolda) har kungi faoliyatida va ekstremal xolatdagi o'zaro munosabatlari e'tiborni qamrab oladi.

Madaniyat - turli xil namoyon qilinishi bo'yicha - ko'pgina konkret fanlarning obyektiva predmeti bo'lib, har biri o'z tasavvuriga qarab alohida talqin qiladi.

Madaniyatni mazmuniy elementlari jamiyat ning ma'naviy hayoti hisoblanadigan odatlar, meyorlar, boyliklar, ma'no va mazmunlardir. Shuning uchun xavfsizlik madaniyatida nafaqat bilim va ko'nikmalar, balki odatlar, meyorlar, boyliklar, ma'no va mazmunlar ham bo'lishi kerak. Madaniyatning o'zagini umuminsoniy maqsad va qadriyatlar, hamda tarixan mavjud usullar orqali ularni zehn va yutuqlari tashkil etadi.

Xavfsizlik madaniyatida bunday maqsad va qadriyatlarga hayotiy (sog'liq, xavfsizlik, farovonlik, to'qlik, komfort va b), ijtimoiy (tavakkalga moillik, xususiy mustaqillik, hayotiy muvaffaqiyatlar va b), siyosiy (ozodlik, qonunchilik va b), ma'naviy (ezgulik, xaqqoniylik, o'zaro yordam va b), diniy (xudoiy qonunlar, najot, farovonlik va b), estetik (ideal, uyg'unlik, mukammallik, ya'ni xavfsiz odam yuksak qadriyatga, uyg'unlik, mukammallikka nisbatan xashaki odamga ko'ra yaqin) xossalar kiradi.

Madaniyat - insonning ma'lum ijodiy kuch va qobiliyatning rivojlanish darajasidir. Demak, xavfsizlik madaniyati - insonning ma'lum ijodiy kuch va qobiliyatning rivojlanish darajasida, zararni oldini olish va kamaytirish (hayot faoliyatidagi ta'sir etuvchi xavfli va zararli faktorlar) insonni shaxsan o'ziga, boshqa odamlarga, umuman jamiyat ga zarar kelishining tavakkal profilaktikasiga qaratilgan.

Xavfsizlik madaniyativa hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati tushunchalari hodisa va jarayonlarni o'zaro bog'liqligini namoyon qiladi. Xavfsizlik madaniyati

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ilmda ijtimoiy voqea bo'lib, (inson va jamiyat xavfsizligi haqidagi ilmiy bilimlarni), madaniyatni, mifologiya, ideologiya, din, sportni aks ettiradi. Hayot faoliyati xavfsizligi ilmiy fan sifatida turli fanlardagi 15 ma'lumotlarni tizimlashtiradi va umumlashtiradi, inson va jamiyat qonunlarini tushunarli tarzda aks ettiradi.

Hayot faoliyati xavfsizligini shaxsiyat darajasi - insonning tavsifini va hayot faoliyatini, uning xavfsizlik madaniyatini ijodiy o'zlashtirishining asosiy shart-sharoitidir. Lekin, xavfsizlik madaniyatini shaxsiyat darajasida gavdalanishi va hayot faoliyatini xavfsizligi inson va uning faoliyatining tavsifi sifatida namoyon bo'lishi bir narsa emas.

Hayot faoliyatining xavfsizligi - bu hayot faoliyatini xavfsizlik qonunlari (profilaktika, minimizatsiya, xavfli va zararli faktorlarni yengib o'tish va bartaraf etish) orqali olib borishdir.

Shaxsning xavfsizligi madaniyati eng kamida bir qator qo'shimcha komponentalarni o'z ichiga oladi - hayot faoliyatini xavfsizligina bo'lib qolmay, balki shaxsiy sabablar, o'z-o'zining tajribasini takomillashtirish orqali hayot faoliyatini xavfsizligiga tayyorligini ko'rsatishdir. Bundan shu narsa ko'rinadiki, (shaxsni) xavfsizlik madaniyati tushunchasi (insonning) hayot faoliyatini xavfsizligi tushunchasidan kengroqdir. Demak, insonning hayot faoliyatini xavfsizligi -xavfsizlik madaniyatining shaxsda gavdalanishini asosiy tarkibi hisoblanadi. Yevropa hamjamiyatida mehnatni muxofaza qilishga katta e'tibor bilan qaralyapti. Texnik modernizatsiyasini yangilanishiga qarab, faoliyat bilimini yangilash va rivojlantirish, jarohatlanishning oldini olish madaniyatini tarbiyalash bo'yicha ishlar to'xtovsiz olib borilmoqda.

«Yevropa Hamjamiyatining mehnatni muxofaza qilish bo'yicha 2002-2006 yilda mo'ljallangan Strategiyasi» hujjatida mehnat jarayonida ishtirok etuvchilar tavakkalning oldini olish asl madaniyatni barpo etish uchun kerakli darajada bilimga ega bo'lishlari kerak deb qayd etilgan. Bunday qarashni amalga oshirish uch elementni: mehnatni muhofaza qilish bo'yicha bilim olish, har qanday holatda tavakkalni yuzaga kelishi mumkinligini anglab yetish, texnikaning yangilanishi yoki ijtimoiy o'zgarishlar oqibatida yangi tavakkalni paydo bo'lishini avvaldan ko'ra bilishni uddalash birgalikda olib borish ko'zda tutiladi.

Respublikamiz Prezidenti SH.M. Mirziyoyevning 2016-yil dekabr oyida olimlar bilan bo'lgan uchrashuvida ta'lim tizimi raqobatbardosh bo'lishi, aks holda ta'lim sifati zamonaviy talablardan uzilib qolishi kuzatilishi mumkinligini aytdi. Bu tizimning asosiy funksiyalardan biri keltirilgan muammolarni yechishda madaniy intellektual ta'minot bo'lishi, tazyiq va xavflarga qarshi tura olishi kerak.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XULOSA

Bu masalani hal qilishda O'zbekiston Respublikasi FVV o'z faoliyatini boshlaganidan buyon jamiyatda hayot faoliyati xavfsizligining madaniyatini shakllantirishga yo'naltirgan bo'lib, jamiyatda hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish jarayonida aholini barcha guruhlarida fuqaro muxofazasi, FV lardan muxofazalanish, yong'in xavfsizligi va suv obyektlarida xavfsizlik soxasida bilimlarni berishga adolatli urg'u berilishi zarurdir. Bu tizimning faoliyat ko'rsatishidan asosiy maqsad Respublika aholisini tabiiy, texnogen vaekologik favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda xavflardanmuxofazalanish usullarini o'rgatishdan iborat.

REFERENCES

1. Qudratov O.Q., Ganiyev T.A. Hayot faoliyati xavfsizligi. Toshkent - "Mehnat". 2004-yil.

2. Tojiyev M., Nig'matov H.. Hayot faoliyati xavfsizligi. Toshkent. Tafakkur bo'stoni. 2012-yil.

3. Abaskalova N.P., Akimova L.A., Petrov S.V. Maktabda hayot xavfsizligi asoslarini o'qitish metodikasi: O'quv qo'llanma. Novosibirsk - M.: ARTA nashriyoti, 2011. 303 p.

4. Zahro Fotih qizi. "Tosh oqimlari". " Fuqaro muhofazasi" jurnali, 2001, №4.

5. Qozoqboyev T. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asoslari. Toshkent, 2003.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.