UDK 697.922.28
ISITISH, VENTILYATSIYA VA KONDITSIYALASH TIZIMLARINI LOYIHALASHDA BINO VA INSHOATLAR SEYSMIK MUSTAHKAMLIGI
TA'MINLASH.
Qahharov Abduraxim Abdubannayevich PhD,dotsent. Namangan muhandislik-qurilish instituti, email: [email protected],
Jaloldinov Ahror Abdusattor o'g'li, tayanch doktorant, Namangan muhandislik-qurilish instituti, email: [email protected],
Jaloldinov Nizomjon Abdusattor og'li, talaba, Namangan muhandislik-qurilish instituti, email: [email protected],
Annotatsiya. Maqolada hozirgi kunda qurilishi rejalashtirilayotgan bino inshootlarni loyihalashda kommunikatsiya tizimlarini seysmik mustahkamlikka ta'sir jarayonlari, loyihalash jarayonlarida "Qurilish meyoriy qoidalar" asosida kommunikatsiya tizimlarini loyihalash va seysmik mustahkamlikka ta'sir jarayonlarini kamaytirish borasida so'z boradi.
Аннатация. В статье рассмотрен процесс воздействия систем свяей на сейсмическую стойкость при проектировании строящихся зданий, проектирования систем связи на основе «СНиП» в процессе проектирования, а также снижение процесса воздействия на сейсмическую стойкость.
Abstract. The article discusses the process of the impact of communication systems on seismic resistance when designing buildings under construction, the design of communication systems based on "SNiP" in the design process, as well as reducing the process of impact on seismic resistance.
Kalit so'zlar: qurilish, seysmik, interfaol, muammo, kommunikatsiya.
Ключевые слова: строительство, сейсмика, интерактивность, проблема, связь.
Key words: construction, seismic, interactivity, problem, communication.
Kirish. So'nggi yillarda mamlakatimizda seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta'minlash sohalarini rivojlantirish hamda soha tashkilotlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish bo'yicha keng ko'lamli kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bugungi kunda bu sohalardagi islohotlarni izchil davom ettirish, aholining seysmik xavfsizligini ta'minlashning yangi usullarini joriy qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta'minlash sohalarida islohotlarning aniq manzilliligini ta'minlash, sohalarga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash maqsadida:
Quyidagilar:
O'zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta'minlash tizimini 2025-yilgacha takomillashtirish konsepsiyasi;
bino va inshootlarning zilzilabardoshligini ta'minlash yo'nalishi doirasida;
yakka tartibdagi uy-joylarning zilzilabardoshligini ta'minlash bo'yicha zarur choralarni ko'rish;
bino va inshootlar hamda suv omborlari to'g'onlarining zilzilabardoshlik darajasini doimiy kosmik monitoring qilish tizimini joriy etish;
seysmologik kuzatuvlar tarmog'ini takomillashtirish yo'nalishi doirasida: avtomatlashtirilgan kompleks-prognostik stansiyalarni ko'paytirish hisobiga respublika hududini to'liq monitoring qilish imkoniyatini kengaytirish;
seysmologiya sohasida ilm-fan va ta'limni rivojlantirish hamda aholi va davlat organlarini zilzilada harakat qilishga tayyorlash faoliyatini tartibga solish.
Yangi O'zbekistonda ta'lim sohasidagi tizimlar islohotlar mehnat bozorining talabalariga javob beradigan malakali kadrlarni yetkazib berish orqali davlatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga o'zining hissasini qo'shib, yurt ravnaqini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Bugungi kunda Respublikamizning barcha hududalarida qurilayotgan yangi turdagi uy-joylar, bino-inshoatlar va boshqalarning soni va salmog'i oshib bormoqda. Birinchi navbatda aholiga xizmat qilishi va eng asosiysi inson qadri tamoiliga xizmat qilishi ko'zlanganligi bilan ahamiyatlidir. Albatta bu ishlarni malakali kadrlar yordamida amalga oshiriladi. Bugungi kunda qurilishi ko'zda tutilgan loyihalarni xududning ijtimoyi-iqtisodiy rivojlantirishni ko'zlangan maqsadlar asosida amalga oshirilmoqda. Bu bir tomonlama to'g'ri yechim bo'lsada, ikkinchi tomondan loyihaning inson uchun foydaliligi va xafsizligi bilan baholanadi. Bundan tashqari loyihalanayotgan obyektning respublikaning qaysi hududida qurish uchun o'sha hududning tuzilishi, re'lefi, tuproqning xususiyatlari, texnik, atrof muhit, va boshqa shu kabi talablarini inobatga olish shart hisoblanadi. Ayniqsa oxirgi vaqtlarda tez-tez ro'y berayotgan zilzilalar inson hayotigaga xavfsiz bo'lgan qurilish loyihalarini amalga oshirish bo'yicha barcha talabalarni so'zsiz bajarish uchun asos bo'ladi.
Tadqiqot metodi va metodologiyasi. Hozirgi kunda qurilish jarayonlarini boshlashda, albatta, uni birinchi navbatda loyihalash ishlari amalga oshiriladi. Loyihalash ishlarini boshlashdan avval birinchi navbatda bino qurilayotgan hudud seysmik faolligi o'rganiladi va "Qurilish me'yoriy qoiadalari"ga asosan loyihlash ishlari amalga oshiriladi.
Qurilish me'yorlari bo'yicha belgilangan talbalarni raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshirish bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. Bundan tashqari O'zbekiston hududi dunyoning seysmofaol hududlaridan biri hisoblanadi. Ayni paytda hududdagi qurilayotgan bino-inshootlarning seysmik mustahkamligi QMQ 2.01.03-19 "Seysmik hududlarda qurilish" me'yoriy qoidalari asosida belgilanadi. Hozirga qadar mavjud me'yoriy xujjatlar qog'oz ko'rinishidaligini inobatga olsak, sohada aniq maqsadga yo'naltirilgan ilmiy tadqiqotlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llagan holda doimiy amalga oshirib borish zarurati paydo bo'ladi. Ushbu vazifalarni yagona tizimga keltirish va muhandislik hisoblash ishlarini osonlashtirish maqsadida QMQ 2.01.03-19 "Seysmik hududlarda qurilish" me'yoriy hujjatida keltirilgan hududning qabul qilingan seysmikligi va seysmik ta'sirlarning takroriyligi ko'rsatilgan, shularni inobatga olgan holda qurilish jaroyonlarida har bir sohani etiborga olish dolzarb hisoblanadi.
Seysmik xavfsizlik, zilzilabardoshlik sohasida T.R.Rashidov, D.A.Bekmirzayev, R.X.Xaydarov, B.Yu.Kurbanov, K.J.Shirinov, A.P.Ernazarov, S.A.Saidiy va boshqa o'zbek olimlari, V.R. Mustakimov, I.I.Nikolayev, Yu.D.Cherepinskiy, A.M.Uzdin, T.A.Sandovich, Al-Naser-Moxomad Samix Amin, I. P. Korchinskiy, P. A. Borodin, A. B. Grossman, V. S. Preobrajenskiy, V. A. Rjevskiy, I, F. Sipenyuk, V. F. Shepelev, B.S. Ordobayev,W. Liu, Ch. Huang, Yu. Wang and P. Shi, L. Wei, Q. Sun, H. Miao and J. Li va boshqa xorijiy olimlar ilmiy tadqiqotlar olib borishgan.
Ayniqsa hozirgi kunda isitish, ventilyatsiya va havoni konditsiyalash tizimlarini loyihalashda seymik nuqtai nazardan deyarli e'tibor berilmaydi. Shuning uchun biz ushbu maqolada shu sohadagi muommolarni bartaraif etish yo'llari haqida tavsiyalar berilgan. Belgilangan tartib qoidalar, qurilish me'yorlariga amal qilish qanchalik muhimligi dunyodagi ro'y berayotgan zilzilalar va ularning talofatlari misolida ko'rish mumkin.
Tadqiqot natijasi. O'zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan loyiha tashkilotlari uchun QMQ 2.01.03-19 "Seysmik hududlarda qurilish" me'yoriy hujjati asosida Respublikamiz xududlarining qabul qilingan seysmikligi va seysmik ta'sirlarning takroriyligi ko'rsatilgan.
So'nggi yillarda yurtimiz aholisining ortib borishi, aholi o'rtasida yangi uy-joylarga bo'lgan extiyojlarni keltirib chiqarmoqda. Bu o'z navbatida respublika hududlarida yangi zamonaviy binolarni qurishni talab etadi. Respublikamiz seysmik hududlarda joylashganligini inobatga olsak, bunday hududlarda bino-inshootlarining seysmik mustahkamligini ta'minlash bo'yicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirishni taqazo etadi. Bu esa zilzila oqibatlarini oldindan bartaraf etishda juda muhim.
QMQ 2.04.05-97 "Isitish, ventilyatsiya va hovoni konditsiyalash" me'yoriy hujjati ushbu tizimni loyihalash boyicha qoidalar keltirib o'tilgan. Endi biz to'xtalib o'tmoqchi bo'lgan muommoga keladigan bo'lsak loyihalash jarayonlarini bazilarida ventilyatsiya tizimlari binoning asosiy yuk ko'taruvchi qismida havoni tortib chiqib ketuvchi havo kanallarini loyihalanayotganidadir.
1-rasm. Ventilyatsiya tizimini loyihalanishi
1-ramda ventilyatsiya sistemasini binoning asosiy devoriga loyihalanganini ko'rish mumkin. Bu esa o'z navbatida binoning seysmik mustahkamligiga juda katta ta'sir o'tkazishi mumkin. Bunday muommoning oldini olish maqsada muqobil yechim ishlab chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
2-rasm. Ventilyatsiya tizimini loyihalanishining eng havfsiz va QMQ talablari mos yechimi.
2-rasmda esa ushbu muommoni yechimini ko'rishimiz mumkin. Bunda ventilyatsiya tizimi binoning asosiy devoriga ta'sir o'tkazmagan holatda qoshimcha shaxta orqali loyihalangan va buning natijasida binoning seysmik xavfsizligiga hech qanday ta'sir o'tkazmasiligi aniqlangan. Bundan holatda loyihalash ham har doim shu tarzda loyihalanavermaydi sababi ko'p bino inshootlarni qurayotgan tashkilotlar honaning hajmini kichraytirmaslik maqsadida bunday seysmik mustahkamlikni e'tiborsiz qoldirishadi. Bu esa o'z navbatida kelajakda fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun qurilish jarayonlarini loyihalashda barcha me'yoriy qoidalarga e'tiborga olish lozim. Shunda biz qurayotgan binolar seysmik mustahkamlik talablariga javob berishi mumkin bo'ladi.
QMQ 2.01.03-19 "Seysmik hududlarda qurilish" me'yoriy hujjati asosida inshootlarni qurishda ilg'or xorijiy tajribalarni taxlil qilish va ularning metodlaridan foydalanish hamda takomillashtirish rejalashtirilgan.
Xulosa. Xulosa qilib aytish mumkinki, jadallik bilan amalga oshirilayotgan qurilish loyihalarini xavfsiz, inson qadri va manfaatlari uchun xizmat qiladigan barcha qulayliklar bilan bir qatorda hududlarning seysmik faolligini hamda shu parametrlarni inobatga olib, qurishdagi barcha uy-joy, bino-inshootlarni qurilish me'yorlariga to'liq rioya etgan holda yaratishda maqsadga muvofiq, qulayligi bilan ahamiyatga egadir.
Shuning uchun loyihalash jaroyonlarida har bir sohaning o'rni e'tiborga molik hisoblanadi.
ADABIYOTLAR
1. O'zbekiston respublikasi Prezidentining farmoni, O'zbekiston respublikasining seysmik xavfsizligini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 11.09.2023-yildagi PF-158-son "O'ZBEKISTON — 2030" STRATEGIYASI TO'G'RISIDA
3. Ордобаев Б.С. Инженерные методы по снижению сейсмического риска зданий и сооружений. https://cyberleninka.ru/article/n/inzhenernye-metody-po-snizheniyu-seysmi cheskogo-riska-zdaniy -i - sooruzheniy
Ордобаев Б.С. Инженерные методы по снижению сейсмического риска зданий и сооружений. https://cyberleninka.ru/article/n/inzhenernye-metody-po-snizheniyu-seysmi cheskogo-riska-zdaniy -i - sooruzheniy
4. Ibrakhim Mirzaeva, Elbek Kosimov. Automation of Seismodynamics Study of Spatial Systems of Underground Pipelines by Real Earthquake Records.
5. Рашидов Т.Р., Сибукаев Ш.М. Сравнительный анализ моделей взаимодействия подземных сооружений с окружающим грунтом при сейсмических воздействиях. Ин-т механики и сейсмостойкости сооружений АН Руз. -Ташкент, 2011.- С.1-3.
6. QMQ 2.01.03-19. Zilzilaviy hududlarda qurilish / O'zR Qurilish vazirligi.- Toshkent, 2019. - 223 b. (o'zb.t.-3...123 b.; rus t.-124...228 b.).
7. A.A.Qahharov, A.M.Ismoilov, X.Xamrayev Qurilish talim yo'nalishdagi talabalarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishda raqamli texnologiyadan foydalanish. "Qurilish va ta'lim jurnali" 2023 №5-6.
8. A.A.Qahharov, S.R.Komilov, A.M.Ismoilov, X.Xamrayev Seysmik hududlarda joylashgan aholi punktlarida qurilish loyihalarini amalga oshirishda raqamlashtirilgan onlayn elektron xaritadan foydalanish. "Qurilish va ta'lim jurnali" 2023 №5-6.