Научная статья на тему 'QURILISH TA’LIM YO‘NALISHDAGI TALABALARING KASBIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYADAN FOYDALANISH'

QURILISH TA’LIM YO‘NALISHDAGI TALABALARING KASBIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYADAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
19
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Zilzilabardoshlik / dasturiy ta’minot / bino-inshoot / uy-joy. / Earthquake resistance / software / buildings / housing construction.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Qahharov Abduraxim Abdubannayevich, Ismoilov Axror Muxammadibroximovich, Xamrayev Xurshid

Maqolada bugungi kunda rejalashtirilayotgan yakka tartibdagi uy-joylarni qurilishidagi talablar, qurilish me’yorlariga amal qilish orqali seysmik xududlarda xavfsiz uy joylarni qurish uchun raqamlashtirilgan dasturiy ta’minotdan texnik va qurilish talablarini olish hamda shu asosida qurilish ishlarini bajarishga o‘rgatish metodlari bo‘yicha tavsiya berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF DIGITAL TECHNOLOGY IN DEVELOPING THE PROFESSIONAL COMPETENCE OF STUDENTS IN THE FIELD OF CONSTRUCTION EDUCATION

The article provides recommendations on the requirements for individual housing construction planned today, methods of obtaining technical and construction requirements from digitized software for the construction of safe residential premises in seismic zones by complying with building codes, and methods of training to perform construction work on this basis.

Текст научной работы на тему «QURILISH TA’LIM YO‘NALISHDAGI TALABALARING KASBIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYADAN FOYDALANISH»

ТАЪЛИМ МУАММОЛАРИ

QURILISH TA'LIM YO'NALISHDAGI TALABALARING KASBIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYADAN

FOYDALANISH

Qahharov Abduraxim Abdubannayevich NamMQI, dotsent, +998972305090, e-mail:, [email protected]

Ismoilov Axror Muxammadibroximovich NamMQI, tayanch doktaranti, +998913515045, e-mail: [email protected]

Xamrayev Xurshid

NamMQI, o'qituvchi, Tel:+998913515045, e-mail: [email protected]

Annotatsiya. Maqolada bugungi kunda rejalashtirilayotgan yakka tartibdagi uy-joylarni qurilishidagi talablar, qurilish me'yorlariga amal qilish orqali seysmik xududlarda xavf siz uy joylarni qurish uchun raqamlashtirilgan dasturiy ta'minotdan texnik va qurilish talablarini olish hamda shu asosida qurilish ishlarini bajarishga o'rgatish metodlari bo'yicha tavsiya berilgan.

Аннотация. В статье даны рекомендации по требованиям, предъявляемым к планируемому сегодня индивидуальному жилищному строительству, методам получения технических и строительных требований из оцифрованного программного обеспечения для строительства безопасных жилых помещений в сейсмических зонах путем соблюдения строительных норм и методам обучения выполнению строительных работ на этой основе.

Annotation. The article provides recommendations on the requirements for individual housing construction planned today, methods of obtaining technical and construction requirements from digitized software for the construction of safe residential premises in seismic zones by complying with building codes, and methods of training to perform construction work on this basis.

Kalit so'zlar. Zilzilabardoshlik, dasturiy ta'minot, bino-inshoot, uy-joy.

Ключевые слова. Сейсмостойкость, программное обеспечение, здания, жилищное строительство.

Keywords. Earthquake resistance, software, buildings, housing construction.

Kirish. Ta'lim tizimiga qo'llanilayotgan metodlar, vositalar, yangi turdagi texnikalar albatta ijobiy samara bermoqda. O'zbekiston ta'lim tizimidagi islohotlar natijasini raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, ularning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida o'zining bilimi bilan jamiyatdagi o'zgarishlarni amalga oshirimoqda. Respublika bo'ylab qurilayotgan yangi turdagi uy-joylar, bino-inshoatlar, korxona va tashkilotlarning soni kundan kunga oshib bormoqda. Bu albatta aholining farovon turmush tarziga xizmat qiladi. Qurilish sohasidagi amalga oshirilayotgan ishlarning zaminida malakali kadrlarga extiyoj yaqqol sezilmoqda. Chunki sifatli kadrlar yangi turdagi loyihalarning yaratuvchisi va uning quruvchisi hisoblanadi. Bino inshoatlarni qurish yaxshi albatta, biroq ularning sifati, chidamliligi, qulayligi va turli xildagi tabiiy xodisalar ayniqsa zilzilabardoshliligi eng muhim omil hisoblanadi. Bugungi kunda quruvchi-muhandislarning soha bo'yicha kompetensiyalarini rivojlantirish, kasbiy ko'nikma va malakalarini talab darajasida bo'lishida nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llay olishini ta'minlash muhim hisoblanadi. Bino-inshoatlarning umrboqiyligini ta'minlash uchun quruvchi muhandislar loyihaning yaratilayotgan jarayondan boshlab uning qurish va foydalanishga topshirishgacha bo'lgan jarayonlarda faol bo'lishi, loyihalash jarayonlarini qurilish me'yorlariga qat'iy amal qilishiga o'rgatish asosiy masala hisoblanadi. Aksincha

КУРИЛИШ ВА ТАЪЛИМ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, 2023, №5-6

154

belgilangan tartib qoidalarga amal qilmaslik oqibatlarini tushunishi asosiy omil bo'lib hizmat qiladi. Birgina misol Turkiya davlatida bo'lgan zilzila oqibatlarida birinchi navb atda qurilishdagi kamchiliklar, qurilish me'yorlariga amal qilmaslik oqibati ekanligini atroflicha tushunib olish lozim.

Dolzarbligi. Adabiyotlar taxlili. Muammoning o'rganilganlik darajasi. Qurilish sohasini raqamlashtirish orqali Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan fuqarolarning yakka tartibdagi uy-joylarini zilzilabardoshligini ta'minlash bo'yicha seysmik hisoblarni amalga oshirishlari va zaruriy tavsiyalar olishlari uchun mo'ljallangan maxsus bino konstruktsiyasining asosiy elementlarini hisoblovchi dasturiy ta'minot ishlab chiqish, bu orqali mamlakatimiz aholisining uy-joylarini seysmik mustaxkamligini oshirish hamda talofatlarni kamaytirish masalalarini hal etish ko'zda tutilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 maydagi PF-144-sonli Farmoni "O'zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmonida "yakka tartibdagi uy-joylarning zilzilabardoshligini ta'minlash bo'yicha zarur choralarni ko'rish" vazifalarn i bajarishda sohani raqamlashtirish muhim hisoblanadi.

Yakka tartibdagi uy joylarni qurishda yaratishi ko'zda tutilgan dasturiy ta'minotni barcha qurilishga aloqador mutaxassislar va soha bo'yicha ish bajarayotgan muhandislar foydalanishi ko'zda tutilgan.

Seysmik xavfsizlik, zilzilabardoshlik yo'nalishi bo'yicha T.R.Rashidov, D.A.Bekmirzayev, R.X.Xaydarov, B.Yu.Kurbanov, K.J.Shirinov, A.P. Ernazarov, S.A.Saidiy va boshqa o'zbek olimlari, V.R. Mustakimov, 1.1. Nikolayev, Yu.D.Cherepinskiy, A.M.Uzdin, T.A.Sandovich, Al-Naser-Moxomad Samix Amin, I. P. Korchinskiy, P. A. Borodin, A. B. Grossman, V. S. Preobrajenskiy, V. A. Rjevskiy, I, F. Sipenyuk, V. F. Shepelev, B.S. Ordobayev va boshqa xorijiy olimlar tadqiqiotlar olib borishgan.

Biroq sohani raqamlashtirish, sohaga kompyuter texnologiyalarini va dasturiy ta'minot yaratish bo'yicha yetarlicha ishlar amalga oshirilmagan.

Muhokama. Seysmologiya-zilzilalar haqidagi fan, taxminan 100 yil oldin paydo bo'lgan. Zilzilalarning halokatli oqibatlari qadimgi adabiyotlarda tasvirlangan. Zilzila ro'y berishi haqidagi birinchi farazni rus olimi M.V.Lomonosov tomonida ilgari surilgan bo'lib: "...yerning dunyoviy tebranishlari, dengizlarning oldinga siljishi va chekinishi, qirg'oq chizig'ining doimiy harakatlanishi" "yer" bilan izohlanadi. Armaniston va unga qo'shni mamlakatlarda V asrdan boshlab sodir bo'lgan zilzilalar haqida juda ko'p ma'lumotlar mavjud. Miloddan avvalgi, Armaniston Respublikasining Matenadaran boy qo'lyozma adabiyotida (Matenadaran — qadimiy qo'lyozmalarning davlat ombori) mavjud. V asrdagi arman tarixchisi Ararat mintaqasida sodir bo'lgan halokatli zilzila haqida xabar beradi, Arman tarixchilaridan tashqari, Armaniston, Gruziya, Turkiya va boshqa qo'shni mamlakatlarda sodir bo'lgan zilzilalar 12—13-asrlarda xorijiy sayohatchilar tomonidan ham qayd etilgan.

Zilzila qachon va qayerda bo'lishini avvaldan aytib bo'lmaydi, biroq soha olimlari seysmik xududlarning xaritasi va yerning tiktonik plitalarining joylashuvchiga qarab bashorat qilishlari mumkin. Lekin aniq vaqti ayta olmaydi. Zilzila oqibatlari xaqida tarixdan ma'lumki xalokatli darajada insoniyat jabr ko'rib kelgan. Zilzilabardoshlik bo'yicha bugungi kunda ko'plab olimlar ilmiy tadqiqiot olib borishmoqda. Jumladan Yaponiya, Turkiya, AQSH, Xitoy va boshqa ko'plab rivojlangan davlatlar sohaga oid turli xildagi ilmiy natijalari asosida texnikalar yaratilganini ko'rish mumkin.

Bugungi kunga kelib, seysmik xududlarni xaritasi va ularni raqmlashtirish zaruriyati kun tartibiga chiqdi. Chunki, uy-joylar va bino-inshoatlarni qurishdan avval xududga qarab, loyihalash(yer sirt va yer ostidagi etajlar soni), ishlatilishi mumkin bo'lgan qurilish materiallari, tuproqning xususiyatlari, zilzila necha ball bo'lishi extimoli va unga bardosh berishini hisoblash,

KYPHHHffl BA TA'MHM HHMHH ^YPHAHH, 2023, №5-6

155

texnik va qurilish me'yorlaridan kelib chiqib loyihaning afzalliklari xaqida raqalashtirilgan dasturiy ta'minotni yaratish muhim hisoblanadi.

Dasturiy ta'minotni yaratishda quyidagi zamonaviy metodlar va foydalanuvchilarga qulaylik yaratish mezonlarini inobatga olish muhim hisoblanadi(1-rasm).

UX/UI dizayn - Dastur Google Material design andozalari asosida yaratiladi

Dasturiy ta'minot - Dastur hozirgi davrda eng keng qo'llanilayotgan Python dasturlash tili yordamida yaratiladi.

Kross-platformalilik - Yaratilgan dastur Android, iOS, Windows va Linux OS larida ishlay olishini ta'minlash uchun Python/Kivy kutubxonasidan foydalaniladi.

Ommaga taqdim etish - Yaratilgan dastur PlayMarket, AppStore, Microsoft Store, Snap kabi dastur do'konlariga joylashtiriladi.

Yuqorida sanab o'tilgan raqamli dasturiy mahsulotlar yordamida yaratilishi orqali barcha turlagi foydalanuvchilar qulaylik, avfzallik, xavfsizlik, yuqori dizayn(jozibadorlik) tamoyillariga amal qilish maqsad qilingan.

Natija. Loyihani amalga oshirish natijasida yakuniy natija sifatida zilzilaviy hududlarda yakka tartibdagi uy-joylarni qurish bo'yicha ilmiy-uslubiy tavsiya, eslatmalaridan iborat maxsus dasturiy ta'minot yaratilib, amaliyotga tadbiq etiladi. Umuman olganda, aholining barcha qatlamlarini seysmik xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan bir qator ilmiy ishlanmalar yaratilishi bois, bevosita sohada ilmiy zahirani shakllantirilishiga xizmat qiladi.

Zilzilaviy xududlarda bino va inshootlar qurish sohasida dunyo tajribasini o'rganish va ilg'or xorijiy tajribalarni tahlil qilinadi;

O'zbekistonda gruntli muhit reologiyasi va geologik hususiyatlarini hisobga olgan holda uy-joy va xo'jalik inshootlarini loyihalash hamda qurish ishlari taxlili amalga oshiriladi;

Zilzilaviy xududlarda bino va inshootlarni qurish sohasida dunyo tajribasini mahalliy sharoitda amaliyotga tadbiq etish bo'yicha asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish amalga oshiriladi.

Bu orqali davlat xususiy sherikchiligi yoki qurilish bo'yicha tadbirkorlar loyihalanayotgan ob'yektlarni joylashish xududidan kelib chiqib, barcha qurilish me'yorlari bo'yicha belgilangan tartib tamoyillarga amal qilishlari va xavfsiz uy-joylarni qurishga zamin yaratilishi rejalashtiriladi.

KYPHHHffl BA TAL^HM HHMHH ^YPHAHH, 2023, №5-6

156

ТАЪЛИМ МУАММОЛАРИ

1-rasm. Dasturiy ta'minotning strukturasi.

Xulosa o'rnida bugungi shiddatli taraqqiyot zamonida qurilish sohasidagi ishlarni yanada jadallashtirish, xavfsiz uy, zilzilabardosh bino-inshoatlarni qurishda soha vakillarining raqamli platformalar va dastruiy ta'minotlar yordamida avvaldan bo'lishi mumkin bo'lgan xavf-xataprlarni bashorat qilish va ularni ilmiy asoslangan talablar va qurilish me'yorlari asosida loyihalarni amalga oshirishlariga xam iqtisodiy ham ijtimoiy samara berishiga olib keladi.

ADABIYOTLAR

1. Ордобаев Б.С. Инженерные методы по снижению сейсмического риска зданий и сооружений. https://cyberleninka.ru/article/n/inzhenemve-metodv-po-snizheniyu-seysmicheskogo-riska-zdaniy-i-sooruzheniy.

2. Ibrakhim Mirzaeva, Elbek Kosimov. Automation of Seismodynamics Study of Spatial Systems of Underground Pipelines by Real Earthquake Records.

3. D. Bekmirzaev and I. Mirzaev, "Earthquake resistance assessment of buried pipelines of complex configuration based on records of real earthquakes," Soil Mechanics and Foundation Engineering 57, pp. 26-31 (2021).

4. E.A. Kosimov, I. Mirzaev and D.A. Bekmirzaev, "Comparison of the impacts of harmonic and seismic waves on an underground pipeline during the gazli earthquake," IOP Conf. Series: Materials Science and Engineering , 1030, 012082 (2020).

5. W. Liu, Ch. Huang, Yu. Wang and P. Shi, "Seismic analysis of connections of buried continuous pipelines," Hindawi Advances in Civil

6. Engineering , pp.20 (2020), http://doi.org/10.1155/2020/8839380.

7. L. Wei, Q. Sun, H. Miao and J. Li., "Nonlinear stochastic seismic analysis of buried pipeline systems," Soil Dynamics and Earthquake Engineering. 74, pp. 69-78 (2015).

8. Рашидов Т.Р., Сибукаев Ш.М. Сравнительный анализ моделей взаимодействия подземных сооружений с окружающим грунтом при сейсмических воздействиях. Ин-т механики и сейсмостойкости сооружений АН Руз. -Ташкент, 2011.- С.1-3.

9. Джинчвелашвили Г.А., Колесников А.В. Расчёт каркасных зданий на сейсмические воздействия с учетом развития неупругих деформаций// исследования по теории сооружений. Вестник ЦНИИСК им Кучеренко, №1 (XXVI). М., 2009.- С. 194-200.

10. Конструктивная сейсмобезопасность зданий и сооружений в сложных грунтовых условиях : препринт / под ред. Н.П. Абовского - Красноярск: Сибирский федеральный ун-т, 2009. -. 186 с.

11. Шабданов М.Д., Турганбаев О.М. Актуальные проблемы современного сейсмостойкого строительства высотных зданий в Кыргызской республике. Вестник КГУСТА, №3. -Бишкек, 2014.- С 50-55.

12. Хусомиддинов С.С. Актуальные проблемы современной сейсмологии.-Ташкент, 2016. -209 с.

КУРИЛИШ ВА ТАЪЛИМ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, 2023, №5-6

157

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.