Научная статья на тему 'XORAZM TANBUR CHIZIG‘I'

XORAZM TANBUR CHIZIG‘I Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tabulatura / cholg‘u / nota / ud / zir / masna / hadd / maslas / bam / Tablature / instrument / note / ud / zir / masna / hadd / maslas / bam

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Xasanova, Kamola

Ushbu maqolada Xorazm tanbur chizig‘i xususida so‘z boradi. Shuningdek, Sharq mazkur nota yozuvining shakllanish debochalari, rivoji atroflicha tarixiy dalillar asosida tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Khorazm Tanbur Line

This article is about Khorezm tanbur line. Also, the preliminaries of the formation of this Eastern notation, its development are analyzed on the basis of historical evidence.

Текст научной работы на тему «XORAZM TANBUR CHIZIG‘I»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

XORAZM TANBUR CHIZIG'I

Kamola Xasanova

Farg'ona davlat universiteti "San'atshunoslik" fakulteti "Musiqa ta'limi" yo'nalishi 1-kurs talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Xorazm tanbur chizig'i xususida so'z boradi. Shuningdek, Sharq mazkur nota yozuvining shakllanish debochalari, rivoji atroflicha tarixiy dalillar asosida tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: Tabulatura, cholg'u, nota, ud, zir, masna, hadd, maslas, bam

ABSTRACT

This article is about Khorezm tanbur line. Also, the preliminaries of the formation of this Eastern notation, its development are analyzed on the basis of historical evidence.

Key words: Tablature, instrument, note, ud, zir, masna, hadd, maslas, bam

KIRISH

"Tabulatura" — biron-bir cholg'u soziga moslangan maxsus nota yozuvi demakdir. Masalan, oldinlari Sharqda ud asbobi negizidagi yozuv qo'llanilgan. U ud torlari (bam, maslas, masna, zir, hadd) va cholg'uning dastasida parda bosadigan barmoqlar (sabboba, vusto, binsir, xinsir)ning nomlari belgi qilib olinishiga asoslangan. Komil Xorazmiy tabulaturaning tanburga moslangan maxsus navini yaratdi. Unda tanbur pardalariga ko'ra 18 chiziq olinadi. Ba'zan 18 chiziqning hammasi yozib o'tirilmaydi va sharoitga qarab faqat tegishlilari yonboshida raqam bilan ko'rsatiladi. Chiziqlarning osti-ustita nuqtalar qo'yilib, ularning ustma-ust yoki yonma-yon joylanishi tanbur zarblari ("yakka zarb", "qo'sh zarb"lar)ga ishora deb bilinadi. Pauza (jimlik) alomati "sukun" sifr (nol) belgisi (o) bilan ifodalanadi. Doyra usullari uzun-qisqa zarblarni anglatuvchi bo'g'inlar harakatida ko'rsatiladi: "gul", "taq", "ta-qa", "taq-qa" vahokazo. Kuy bo'laklari "xona", "bozgo'y", "hang" iboralari; to'xtov (jumla ohiri) yoyli chiziq (strelka) ishorasi vositasida belgilanib boriladi. Tanbur chizig'ida she'riy matnlar ham beriladi. Ular to'liq yoki lavha tarzida kuy yo'lini anglatuvchi nuqtalardan alohida, bir chekkada yoziladi. Aksariyat hollarda she'rlar-ning faqat boshlang'ich misralari keltiriladi. Unga qarab ashulachilar g'azalning qolgan qismlarini esga solib oladilar. Tanbur notasi arab yozuviga o'xshab, o'ngdan chapga o'qiladi.

Tanbur chizig'idan ko'zlangan asosiy maqsad, Xorazm maqomlarining kuy, usul va ijro asoslarini qonunlashtirish bo'lgan. Zero, saroyda rasm etilgan mumtoz maqom yo'llari, el orasidaga kuy va ashulalardan farkli ravishda, qonun-qoidalarga

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

bo'ysungan holda mukammal ijro etilishi taqozo qilinadi. Feruz sozandani koyib "Bizni uyni (uy-xona, kuy bo'lagi ham "xona" deyiladi) buzishga qanday jur'at qildingiz" deganda, aynan shu tanbur chizig'ida rasmiylashtirilgan musiqiy nizomlar ko'zda tutilgan.

Bu yozuv maqomlarni ommalashtirish yoki musiqaga endi kirib kelayotgan shogirdlarga kuy o'rgatish vazifasidan holi. Tanbur notasi maktab ko'rgan sozandalarga maqom matnlari va uning qat'iy nizomlarini esga solish uchun ishlangan. Unga qarab ustozlar maqom yo'llarining qonun-qoidalari va butun boshli yirik turkumlarining kuy hamda usullarini joy-joyiga qo'yib, muvofiqlashtirib borganlar.

Notaga olingan kuy yo'llari qat'iy nizom, erkin ijod etish uchun asos. Qulog'i qotmagan ijrochi undan natija chiqara olmaydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tanbur chizig'ining ixtirosi Komil Xorazmiy va o'g'li Muhammad Rasul nomlari bilan bog'liq bo'lsada, uning vositasida Xorazm maqomlarining mukammal matnlari yozib olinishida ko'plab sozandalar ishtirok etishgan. Ustozlarning gapiga qaraganda maqomlarning notaga olinish tartibi quyidagicha bo'lgan: turli maqomlarni notaga yozish har xil sozandalarga buyurilgan. Ular ishlagan variantlar Xon boshchiligida nufuzli hay'at tomonidan ko'rib chiqilgan. Yozuv ma'qullangandan keyin, kuy matnlarini oqqa ko'chirish tajribali xattotlarga buyurilgan. Ularning eng mukammallari jamlanib, kitob holiga keltirilgan.

Ana shunday puxta ishlangan nushalardan biri Muhammad Yusuf Bayoniy tomonidan tuzilgan. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, u eng to'liq va ishonchli variat deb topilgan. Mazkur to'plam 448 betdan iborat yagona kitob shaklida ishlangan. U uch xil xat bilan yozilgan har bir bo'lagining sanalari ham alohida qayd etilgan: (1299 (1881-82 y.), 1300 (1882-83y.), 1301 (1883-84 y.). To'plam oxiridagi tarixga ko'ra u 1920-yilda, yuqorida zikr etilgan nushalardan jamlangan).

Bugungi kunda tanbur chizig'ining yigirmaga yaqin nushalari ma'lum. Ularning aksariyati maqom ilmidan yaqindan xabardor bo'lgan ixtisosli xattotlar tomonidan bitilgan. Mavjud nota to'plamlarining ko'pchiligi bir-biriga o'xshab ketadi. Ba'zi holatlarda esa ular muayyan matnning ko'chirmalari sifatida namoyon bo'ladi. Ilyos Akbarov olib borgan dastlabki qiyosiy kuzatishlardan ma'lum bo'ladiki, tanbur chizig'i asosan mumtoz doiradagi Olti yarim maqom: Rost, Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq va Panjgoh turkumlarining matnlarini yozib olishga qaratilgan. Ammo tabulaturaning yangi nushalari topilishi, unda olti yarim maqom tizimidan tashqaridagi turkumlar ham qog'ozga tushirilganligi ma'lum bo'ladi. 2002-yilda hazorapslik Hofiz Ollanazarovda 168 betdan iborat tanbur chizig'ining noma'lum bir

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

nushasi borligi ma'lum bo'ldi. Afsuski, bu noyob manbaning qachon va kim tomonidan tuzilganligini hali aniqlay olmadik. Aytishlaricha, to'plam Muhammad Rahimxon Feruzning nazariga tushgan mashhur hazorasplik go'yanda Iskandar mahzum iste'molida bo'lgan (Hofiz Ollanazarov - Iskandar mahzumning chevarasi). Uning har bir betida tag'iz qilib ikki-uch qator ashula yo'llari xatga tushirilgan. Maqomlarning cholg'u kuylari esa to'plamga kiritilmagan. Nushaning musiqiy va she'riy matnlari juda puxta ishlangan. Barcha ashulalarning nomlari, doyra usullari, kuy unsurlari (xona, bozgo'y va ohanglar) boshdan oxirigacha maxsus ishora vositasida belgilab chiqilgan. She'riy matnlar ham kuy jumlalariga muvofiqlashtirilib to'la-to'kis keltirilgan.

Eng muhimi, bunda avvalgi manbalardan bizga tanish bo'lgan Rost, Navo, Segoh, Dugoh va Buzruklardan tashqari yana yettita maqom - Zihiy Nazzora, Qaddim xamliqi (Urganjiy), Miskin, Rahoviy, Sadri Iroq, Oxyor, Choki giribon deb nomlanuvchi aytim yo'llardagi turkumlar yozib qoldirilgan. Bu yerda Olti yarim maqom tizimidagilardan tashqari yana alohida Dutor maqomlari (ya'ni dutor jo'rligida aytiladigan mumtoz yo'llar) xatga tushirilgandir.

Mazkur nushaning favqulodda ahamiyati shundaki, unda tanbur va dutor maqomlarining ashula yo'llari to'la she'riy matnlar bilan yozib olingan. Bizga ma'lum bo'lgan o'ndan ortiq oldingi ro'yxatlarning birontasida ham she'riy matnlar to'la berilmagan, Dutor maqomlari esa umuman uchramaydi. Bu noyob manbaning asl nushasi endilikda O'zbekiston davlat konservatoriyasida saqlanmoqda.

Tanbur chizig'i Xorazmdan tashqarida ham tarqalgan. Xususan, uning nushalari Buxoro sozandalarining qo'lida bo'lganligi ma'lum. 1923-yilda V.A.Uspenskiy Shashmaqomni notaga yozish paytida Buxoroda Dugoh maqomining Saqili Ashkullo qismini ustozlar eslay olmagan. Shunda tanbur chizig'iga qarab Saqili Ashkullo tiklanganligini V.Uspenskiyning o'zi yozib qoldirgan.

Tanbur chizig'iga rus va yevropa tadqiqotchilari ham murojaat etganlar. Birinchi bo'lib bu ishni V.M.Belyayev boshlagan. Bu noyob manba xususida u matbuotda axborot ham bergan. 40-yillarda V.Belyayev Xorazm tabulaturasining matnini 5 chiziqlik yevropa nota yozuviga ko'chirgan. Keyinchalik bu ishni Ilyos Akbarov davom ettirib, yettita qo'lyozma asosida matnning yig'ma variantini ishlab chiqdi. Bu tadqiqot hozirda O'zbekiston davlat konservatoriyasining kutubxonasida saqlanmokda.

So'nggi yillarda tanbur chizig'ini bevosita maqom amaliyoti bilan qiyoslab o'rganishga kirishgan xorazmlik sozanda Ozod Bobonazarov bo'ldi. Uzoq yillar davomidagi izlanishlar evaziga, u birmuncha muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritdi. Yangi topilgan "Hazorasp nushasi" ustida Urganch universitetida musiqashunos Botir

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Rahimov rahbarligida bir qancha malakali yosh maqomchilar Rustam Boltayev, Samandar Xudoyberganov, Matrasul Matyoqubovlar ilmiy-ijodiy izlanishlarni boshlagan. Ularning samarasi Xorazm maqom an'analari haqidagi taassurotlarni ancha kengaytirishga imkon beradi.

Shunday qilib, Feruz Xiva taxtida 47 yildan ziyod xonlik qildi. Uning hukmronlik davri rus istilosiga to'g'ri kelib, katta siyosiy qiyinchiliklar tug'ilganligiga qaramasdan, Xiva tarixida madaniy-ma'rifiy yuksalish davri sifatida belgilanadi. Xususan, musiqa sohasida o'ziga xos uyg'onish to'lqini bo'ldi. Feruz rahnamoligida Xorazm klassik musiqasining yangi tarixiy shakli - maqomotning mustaqil ko'rinishi "Olti yarim maqom" deyilgan tushuncha yuzaga keldi. Umuman olganda esa, XIX-XX asr boshlarida Buxoro Shashmaqomiga o'xshab, XIX asr o'rtalaridan sarhisob etish mumkin. Xorazm maqomlarining taraqqiyotida yangi burilish yasagan ustoz sozanda Niyozjon Xo'janing nomi ko'plab yozma hamda og'zaki manbalarda e'tirof etiladi. Aytishlaricha, XIX asrning boshlarida yetuk ustoz bo'lib shakllangan Niyozjon Xo'ja maqom o'rganish uchun Buxoroga kelgan. Bunda "maqom o'rganish" deganda mumtoz doiradagi kuy va ashulalar emas (ular oldindan Xorazmda mavjud bo'lganligi shubhasiz), balki Shashmaqom tamoyillari, ya'ni maqom yo'llarining "navbat" tarzida uyg'unlashgan tizimi nazarda tutiladi. Keyinchalik navbat majmualarini shakllantirishni Niyozjon Xo'jadan ta'lim olgan Muhammadjon sandiqchi, Abdusattor Mahram, so'ngra Usto Xudoybergan etikchi, Pahlavon Mirzaboshi (Komil Xorazmiy) va ularning shogirdlari davom ettirgan. Xullas, Xorazm maqomlarining muayyan barqaror turkumlarga uyg'unlashish jarayoni hamda unga xizmat etgan mashhur ustozlar shajarasi yozma manbalarda va sozandalar xotirasida aniq tasavvur etiladi.

Shu tariqa XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Xorazmda navbat shaklidagi "Rost", "Buzruk", "Navo", "Dugoh", "Segoh", "Iroq" va "Panjgoh"lardan iborat "Olti yarim maqom" tizimi hamda oddiyroq navba tarzidagi el sozandalari orasida "dutor maqomlari" deb nom olgan ma'muliy qatlamlar qaror topganligini e'tirof etish mumkin.

Feruz zamonida yuksalishga yuz tutgan musiqiy jarayon, keyinchalik asta-sekin tanazzulga uchray boshladi. 20-yillardan e'tiboran xos saroy uslubiga aloqador maqom ustozlarining ba'zilari: Xudoybergan Muhrkan, Rasul Mirzaboshi, Matyoqub Pozachi, Qalandar Do'nmaslar hayotdan ko'z yumdilar. Qolganlari yangi ijtimoiy sharoitda kun ko'rish choralarini axtara boshladilar. Eng achinarlisi, maqom san'atiga bo'lgan e'tibor keskin ravishda pasayib ketdi. Chunki o'tmish merosiga nisbatan ochiqdan-ochiq salbiy munosabatda bo'lgan sho'ro siyosati to'la-to'kis yangi sotsialistik madaniyatni shakllantirishga qaratilgan edi.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

1. I.Rajabov. "Maqomlar masalasiga doir" T. 1963 y.

2. O.Matyaqubov. "Og'zaki an'anadagi professional muzikaga kirish" T. 1983 y.

3. O.Matyaqubov. "Maqomot" T. 2004 y.

4. M.Xarratov. "Xorazm musiqa tarixchasi". T. 1998 y.

5. Хожимаматов А. ГЛОБАЛЛАШУВ ШАРОИТИДА МИЛЛИЙ МУСЩИЙ МЕРОСГА МУНОСАБАТНИ УЗГАРИБ БОРИШ ТЕНДЕНЦИЯСИНИНГ НАЗАРИЙ-МЕТОДОЛОГИК АСОСЛАРИ. "JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN". JURNALI VOLUME 1, ISSUE 2, 2023. JUNE.

6. Jalilova, R. (2022). TASVIRIY SAN'ATDA QALAMTASVIR TEXNOLOGIYASINI O'QITISHNING DIDAKTIK PRINSIPLARI. Scienceandinnovation, 1(C2),

7. Jalilova, R. (2022). THE DEVELOPMENT OF VISUAL ART IN PENCIL DRAWING, PAINTING, COMPOSITION AND INDEPENDENT PAINTING. Science and Innovation, 1(3),.

8. Jalilova, R. (2022). HEREDITARYDISEASES. Евразийский журнал академических исследований, 2(11),

9. Jalilova, R. Q. (2022). About identification of one model of nonstationary filtration. Математическое и компьютерное моделирование естест-венно-научных и социальных проблем: материалы XVIВсерос, 131.

10. Jalilova, R. Z. (2023). Representation of Human Face, Hands, Clothes in Painting and Pencil Drawing. Texas Journal of Philology, Culture and History, 18,

11. Jalilova, R. (2023). EDUCATIONAL METHODOLOGY OF AESTHETIC EDUCATION OF LANDSCAPE PAINTING. Science and innovation, 2(C7),

12. Jalilova, R. (2023). HISTORY OF LANDSCAPE IN MIDDLE ASIAN WORKS OF ART, PHILOSOPHICAL AND AESTHETIC METHODOLOGY OF EDUCATIONAL PROBLEMS AND SOLUTIONS. Science and innovation, 2(C7),

13. Achildiyeva, M. (2023). PATNISAKI ASHULANING IJTIMOIY JARAYONDA FALSAFIY TARAQQIYOTI XUSUSIDA. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan, 1(2), 254-266.

14. Achildiyeva, M. (2023). QADIMGI DAVR CHOLG 'U SOZLARI VA ULARNING KELIB CHIQISHI. DENMARK" THEORETICAL AND PRACTICAL FOUNDATIONS OF SCIENTIFIC PROGRESS IN MODERN SOCIETY", 14(1).

15. Achildiyeva, M., &Mohinur, M. (2023). O 'ZBEK SAN'ATINING ZABARDAST HOFIZI JO 'RAXON SULTONOV. DENMARK" THEORETICAL

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

AND PRACTICAL FOUNDATIONS OF SCIENTIFIC PROGRESS IN MODERN SOCIETY", 14(1).

16. Achildiyeva, M., & Sabina, B. (2023). ALISHER NAVOIY ASARLARIDA MUSIQIY ATAMALAR. GospodarkaiInnowacje., 34,

17. Achildiyeva, M., & Atkiyoyeva, R. (2023). O 'ZBEK MILLIY BALETLARINING PSIXO-ESTETIK AHAMIYATI. Gospodarka i Innowacje., 34,

18. Ikromova, F. Y. Q., & Achildiyeva, M. (2023). XOR SAN'ATINING KELIB CHIQISH TARIXI, UNING JAMIYAT HAYOTIDAGI O 'RNI VA AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(5),

19. Achildieva, M., &Ikromova, F. (2022). THE USE OF MAQOM METHODS IN THE OPERA" LEYLI AND MAJNUN" BY REINGOLD GLIER AND TOLIBJON SODIKOV. Science and Innovation, 1(4),

20. Xojimamatov, A., &Ikromova, F. (2022). PROBLEMS OF PERFORMING MUSICAL STAGE WORKS (ON THE EXAMPLE OF THE OEUVRE OF UZBEK COMPOSERS). Science and Innovation, 1(4),

21. Khojimamatov, A., &Ikromova, F. (2022). Look at the Polyphony and Theoretical Heritage of SI Taneev. Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences, 8,

22. Hojimamatov, A. (2022). CHANG CHOLG 'USI TARIXIGA BIR NAZAR VA UNING ORNAMENTAL BEZAKLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2),

23. Achildiyeva, M., Khojimamatov, A., Dilafruz, Y., & Ikromova, F. (2021). Uyghur Folk Singing Genre. Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry, 12(10).

24. Achildiyeva, M. (2022). SHASHMAQOM MUSHKILOT BO'LIMINING NAZARIY ASOSLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2),

25. Achildiyeva, M.,& Ikromova, FTHE SCIENCE OF MUSIC IN THE FORMATION OF HUMAN VALUES IN YOUNG PEOPLE'S LIFE.

INTERNATIONAL JOURNAL FOR ENGINEERING AND MANAGEMENT RESEARCH, Vol 10 Issue02, Feb 2021ISSN 2456-5083

26. Achildiyeva, M., Xojimamatov, A., &Ikromova, F. (2022). Shashmaqomsaboqlari:" Navo" maqomixususida. INTERNATIONAL JOURNAL FOR ENGINEERING AND MANAGEMENT RESEARCH, 11(01),

27. Achildiyeva M 2021 Academic YunusRajabi and His Scientific HeristageAnnals of Romanian Society for Cyell Biology 25(4)

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

28. Achildieva, M., Ikromova, F., Abutolipova, M., &Khaydarova, O. (2021). The third renaissance towards ascending. European Scholar Journal, 2(9),

29. Achildiyeva, M., Axmedova, N., Ikromova, F., Haydarova, O., Ibrahimova, G., &Abdurahmonov, A. (2021). TANBUR: ONE OF ANCIENT INSTRUMENTS. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(6),

30. Achildieva, M., &Ikromova, F. (2020, December). THE PLACE OF UZBEK MUSIC IN THE ART. In Archive of Conferences (Vol. 10, No. 1, pp. 90-93).

31. Achildiyeva, M. (2022). SHASHMAQOM MUSHKILOT BO'LIMINING NAZARIY ASOSLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 344-352.

32. Achildiyeva M. Ikromova F. THE BALLET "TOMARIS" IN THE CULTURE OF UZBEK BALLET PLASE AND SIGNIFICANCE SPECTRUM Journal of Innovation, Reforms and Development (2022) ISSN (E):2751-1731

33. Achildieva M, Butabayeva N, Nosirova M. A GLANCE AT THE SCIENTIFIC AND CREATIVE HERITAGE OF BORBAD MARVAZI European Journal of Agricultural and Rural Education (EJARE) Vol. 4 No. 05, May 2023 ISSN: 26605643

34. Achildiyeva M. The Role of Music in Forming the Artistic-Aesthetic Taste of Youth BEST JOURNAL OF INNOVATION IN SCIENCE, RESEARCH AND DEVELOPMENT ISSN: 2835-3579 Volume:2 Issue:7|2023

35. Xojimamatov A Evolution of Philosophical Views on Music and National Musical Heritage BEST JOURNAL OF INNOVATION IN SCIENCE, RESEARCH AND DEVELOPMENT ISSN: 2835-3579 Volume:2 Issue:7|2023

36. Achildiyeva M. Atkiyoeva R. O'ZBEK VA JAHON SAHNALARIDA KATTA ASHULANING O'RNI VA AHAMIYATI Journal of Engineering, Mechanics and Modern Architecture Vol. 2, No. 7, 2023 ISSN:2181-4384

37. Xojimamatov A. Atkiyoeva R"VODIY BULBULI" TAVAKKAL QODIROVNING IJODIY MEROSI BUGUNGI KUN NIGOHIDAJournal of Innovation, Creativity and Art Vol. 2, No. 7, 2023ISSN:2181-4287

38. Achildiyeva M. Ikromova F. THE BALLET "TOMARIS" IN THE CULTURE OF UZBEK BALLET PLASE AND SIGNIFICANCE Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development ISSN (E):2751-1731 15-19 bet (Berlin Germany 2022)

39. Maxfuzakhon Karimova, Muyassarkhon Achildiyeva, Farangiz Ikromova (2021) USE FROM REDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MUSIC LESSONS EUROPEAN SCHOLAR JOURNAL "An open accyess, peyer reviyewyed multidisciplinary journal" 2 (4)

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

40. Achildiyeva M, Ikromova F Choir Art in Uzbekistan BotirUmidjono"vEurasian Journal of Humanities and Social Sciences (Brussel, Belgium 2022) ISSN 2795-

41. Achildiyeva M,Ikromova F (2021) ABOUT MAHMUDJON TOJIBOYEVS PEDAGOGICAL ACTIVITY GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ) 9(5)

42. Achildiyeva, M., & Atkiyoyeva, R. XX-ACHHHT «XAMHAOAC» XOOH3.APH" ENGLAND" MODERN PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY: PROBLEMS AND SOLUTION Vol. 10 No. 1 (2023)

43. Xojimamatov AThe Process of Changes and Depreciation of the Aesthetic Effectiveness of Musical Values under Globalization Journal of Creativity inArt and Design Volume: 2 Issue: 1 Year: 2024 11 http://journals.proindex.uz

44. Achildiyeva, MHistorical Development of Uzbek Musical Art Stages and Ways of Improvement Journal of Creativity in Art and Design Volume: 2 Issue: 1 Year: 2024 20 http: //j ournals .proindex.uz

7683

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.