Научная статья на тему 'CHANG CHOLG‘USI TARIXIGA BIR NAZAR VA UNING ORNAMENTAL BEZAKLARI'

CHANG CHOLG‘USI TARIXIGA BIR NAZAR VA UNING ORNAMENTAL BEZAKLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
633
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘zbek mumtoz musiqasi / maqom yo‘llari / chang cholg‘usi / ornamental bezaklar / sayqal / rekonstruksiya. / узбекская классическая музыка / способы статусности / духовой инструмент / орнаментальные украшения / полировка / реконструкция.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Hojimamatov, Azimjon

Ushbu maqola o‘zbek milliy musiqa cholg‘ularidan biri chang cholg‘usining tarixiga bir nazar va uning ornamental bezaklariga bag‘ishlanadi. Changning tuzilishi haqida qadimgi buyuk olimlarni va hozirgi taniqli arboblarning fikrlarini batafsil bayon etiladi. Changni rеkonstruktsiyadan oldingi va rеkonstruktsiya qilingani haqida ma’lumot bеrib o‘tiladi. O‘zbеk mumtoz musiqa namunalari bo‘lmish maqomlar va maqom yo‘llarida yaratilgan xalq kuy va ashulalarini chang sozida ijro etish uchun eng zarur va xos bеzaklarni yoritib bеrishga harakat qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ВЗГЛЯД НА ИСТОРИИ ПЫЛИ И ЕГО ОРНАМЕНТАЛЬНЫХ УКРАШЕНИЙ

Данная статья посвящена истории одного из узбекских национальных музыкальных инструментов чанг чолгуз и его орнаментальным украшениям. О строении пыли подробно изложены мнения великих ученых древности и известных людей современности. Приведена информация о Чанни до реконструкции и реконструкции. Сделана попытка выделить наиболее необходимые и характерные украшения для исполнения народных наигрышей и песен, являющиеся образцами узбекской классической музыки, макамов и макамов роуд.

Текст научной работы на тему «CHANG CHOLG‘USI TARIXIGA BIR NAZAR VA UNING ORNAMENTAL BEZAKLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

CHANG CHOLG'USI TARIXIGA BIR NAZAR VA UNING ORNAMENTAL

BEZAKLARI

Ushbu maqola o'zbek milliy musiqa cholg'ularidan biri chang cholg'usining tarixiga bir nazar va uning ornamental bezaklariga bag'ishlanadi. Changning tuzilishi haqida qadimgi buyuk olimlarni va hozirgi taniqli arboblarning fikrlarini batafsil bayon etiladi. Changni rekonstruktsiyadan oldingi va rekonstruktsiya qilingani haqida ma'lumot berib o'tiladi. O'zbek mumtoz musiqa namunalari bo 'lmish maqomlar va maqom yo'llarida yaratilgan xalq kuy va ashulalarini chang sozida ijro etish uchun eng zarur va xos bezaklarni yoritib berishga harakat qilindi.

Kalit so'zlar: O'zbek mumtoz musiqasi, maqom yo'llari, chang cholg'usi, ornamental bezaklar, sayqal, rekonstruksiya.

Данная статья посвящена истории одного из узбекских национальных музыкальных инструментов чанг чолгуз и его орнаментальным украшениям. О строении пыли подробно изложены мнения великих ученых древности и известных людей современности. Приведена информация о Чанни до реконструкции и реконструкции. Сделана попытка выделить наиболее необходимые и характерные украшения для исполнения народных наигрышей и песен, являющиеся образцами узбекской классической музыки, макамов и макамов роуд.

Ключевые слова: узбекская классическая музыка, способы статусности, духовой инструмент, орнаментальные украшения, полировка, реконструкция.

O'zbek xalqining qadriyatlaridan hisoblangan milliy cholg'ular hamisha xalqning ma'naviyati va ma'rifatining ajralmas qismi bo'lib kelgan.

Milliy cholg'ular ijrochiligi ajdodlarimizning qadimiy turmush tarzi va ruhiyati, kayfiyatini aks ettirgan xalqimizning boyligidir. Milliy cholg'u ijrochiligining tarixi

Hojimamatov Azimjon

Farg'ona davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti Vokal va cholg'u kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

Soz bazmidin Navo Ushshoqg'a maxsub ulub, Changdekfaryodlar mahzunu dilozorimga xos.

Ogahiy

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ajdodlar ruhini ma'nan his qilishga hamda o'zligimizni anglashdagi xizmati katta. Zamondosh olimlar va amaliyotchi mutaxassislar milliy cholg'ularning tuzilishidan tortib, ularda ijro etish masalalariga doim katta e'tibor berib kelmoqdalar.1

Tarixdan ma'lumki, o'zbek xalq cholg'ulari musiqaning barcha tarmoqlariga mos shakllanib, asrlar osha rivojlanib kelgan. Milliy cholg'ular tarixi va hozirgi kungacha bosqichma-bosqich rivojlanib kelayotganligini ajdodlarimizning musiqa madaniyatiga oid eng qadimiy ma'lumotlarda, xususan, hududimizdagi qoyatoshlarda chizilgan tasvirlarda, arxeologik qazilmalar paytida topilgan ashyolarda qolaversa, turli bosma nashrlarga ishlangan rasm va miniatyura shaklida berilgan tasvirlarda ko'rishimiz mumkin.

O'zbek milliy cholg'ularida ijrochilik tarixini o'rganishda o'rta asrlar musiqa ilmiga oid asarlar asosiy manbalardan hisoblanadi. Milliy cholg'ularimizning tarixiy jarayonini bilish aynan o'sha davrda yashab ijod qilgan olimlarning asarlarida keltirilgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLARI

Abu Nasr al-Farobiyning (873-950) "Katta musiqa kitobi" ("Kitabul - musiqiy al-kabir"), Abu Ali ibn Sinoning (980-1037) "Davolash kitobi" ("Kitobi ush-shifo") qomusidagi "Musiqa haqidagi risola", al-Xorazmiyning (X asr) "Bilimlar kaliti", Safiuddin Urmaviyning (1216-1294) "Olijanoblik haqida kitob" yoki "Sharofiya kitobi", Abdurahmon Jomiyning (1414-1492) "Musiqa haqidagi risola" kitoblarida musiqa ijrochiligi va xalq cholg'ulari haqida muhim ma'lumotlar bayon etilgan.

Shunday benazir cholg'ulardan biri, o'zbek cholg'ulari orasida o'ziga xos nafis va jozibali sadosi hamda murakkab tuzilishiga ega bo'lgan sozlardan biri - chang cholg'usidir.

"Yozma manbalarga ko'ra XV, XVI asrlardan boshlab "chang" sozi musiqa hayotimizda ma'lum o'rin egallay boshlagan."2 Ungacha esa "chang" iborasi o'zbek musiqa madaniyatida butunlay o'zga soz - tirnab chalinadigan zamonaviy yevropacha arfaning bizda keng ishlatilgan qadimiy kichik hajmdagi namunasini anglatgan. Jumladan, Alisher Navoiyning buyuk asari "Xamsa"ning "Sabbai Sayyor" dostonidagi "chang" iborasi ham arfa tusidagi cholg'u sozini aniqrogi, qo'l arfasini anglatgan bo'lib, uning mohir ijrochilari sifatida Dilorom kabi ayol obrazlari tasvirlangani ham bejiz bo'lmagan. O'sha davrlarga xos arfasimon chang deyarli xotin-qizlarga mansub cholg'ulardan biri sifatida hatto, eramizdan oldingi asrlardayoq ishlatilgan. Ammo XVII asrlardan keyin bu qo'l arfasi ijrochilikdan

Yo'ldosh Norbo'tayev. O'zbek Milliy Cholg'ulari tarixidan. http://sharqyulduzi.uz/?p=960

2 Rifatilla Qosimov "An'anaviy ijrochilik". Toshkent. 2007 yil. 12-bet.

266

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

chiqa boshlagan va o'rnini o'zga soz maxsus tayoqchalar bilan urib chalinadigan trapetsiya shaklida chang cholg'u asbobi egalladi.

NATIJALAR

XVII asrda yashab ijod etgan Darvish Ali Changiyning risolasida musiqa nazariyasi haqidagina to'xtalib o'tmasdan, balki, turli davr ijrochilari va saroy qoshida keng tarqalgan musiqa sozlaridan bo'lgan tanbur, chang, nay va qonun haqida ham to'xtalib o'tadi. U sozlarni bir-biriga taqqoslab changni "sozlarning kelinchagi" deb ataydi.

Darvish Ali Changiy changning qadimiy o'tmishi haqida ma'lumot beradi. Uning aytishicha changda 26 ta tor va 7 ta lad bo'lgan. Bu changning 7 ladida 7 maqomni ijro etishgan:

1-laddan "Rost" maqomi boshlangan

2-laddan "Navo" maqomi boshlangan

3-laddan "Xijoz" maqomi boshlangan

4-laddan "Zangula" maqomi boshlangan

5-laddan "Husayniy" maqomi boshlangan

6-laddan "Kuchek" maqomi boshlangan

7-laddan "Iroq" maqomi boshlangan

Lekin usta changchilar ushbu changda 12 maqomni chalishga muvaffaq bo'lganlar.

Chang - o'zbek xalq sozlari orasida o'zining jarangdorligi va tembrining boyligi bilan ajralib turadi. Bu soz takrorlanmas sifatida juda ko'p ko'zga ko'ringan musiqachilarini, olimlarini va nazariyotchilarini o'ziga jalb etgan.

O'tgan asrning boshlarida chang nomukammal asbob hisoblangan. Uning tuzilishi nozik va kuchsiz bir xil diametrdagi metall simlarni tortishga mo'ljallangan. Uning tovushqatori diatonik temperatsiyalanmagan. Bunday changda oyoq bo'lmagan, shuning uchun u yerda o'tirgan holatda ijro etilgan. Shu turdagi ya'ni, rekonstruktsiya qilinmagan maqom changini usta Ayxaev Z. 1935 yil hamda Zuffarov U. 1946 yil yasashgan.

1938 yil S.Didenko, A.Kevxayantsa, A.Petrosyants va V. Romanchenko brigadasi Xamza nomidagi Toshkent Davlat bilim yurti ustaxonasida chang asbobini to'liq xromatik tovushqatori "do" birinchi oktavadan to "re" diez uchinchi oktavagacha takomillashtirilgan. Shu tariqa birinchi xromatik chang paydo bo'ladi.

Tuzuvchi A.Petrosyants bilan mohir zamonaviy va an'naviy ustoz ijrochilar Usta Olim Komilov, Fozil Xarratov, Faxriddin Sodiqovlar birgalikda hamkorlik qilishadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MUHOKAMA

Chang asbobini mukammal takomillashtirishdagi izlanishlar davom etadi. 1943 yil TDK qoshidagi o'zbek musiqa asboblarini takomillashtirish uchun tajriba laboratoriyasi ochiladi.

Chang - trapetsiya shaklidagi korpus va unga o'rnatilgan yog'och dekadan iborat. Uning temir simlari dekadagi xarraklar ustidan tortilgan bo'lib, chap tomoni temir ilmoqlarga, o'ng tomoni esa temir quloqlarga birlashtirilib, sozlash uchun maxsus kalitdan foydalaniladi. Ijrochining o'tirib chalishiga qulay bo'lishi uchun changda qulay o'rnatilgan oyoqlar bor. Chang bambuk daraxtidan yasalgan va unga rezina yoki katrik paxta (filts) o'rnatilgan maxsus cho'p bilan chalinadi. U yetarli, baland va uzoq cho'zilib turadigan ovoz beradi. Uning dinamik qulayliklari va texnik jixatdan imkoniyatlari juda keng.

Rekonstruktsiya qilingan changni tovush ko'lami kengaytirilib tovushqatori "sol" kichkina oktavadan to "sol" diez uchinchi oktavagacha bo'ldi. Unga maxsus ovoz o'chiradigan moslama o'rnatildi.

Ustoz Faxriddin Sodiqov changni xromatik tuzilishiga keltirdi. Shu asosida A.I.Petrosyants changni rekonstruktsiya qildi.

An'anaviy ijrochilik uslubidagi mohir usta F.Sodiqov chang tovushqatoriga o'zgartirishlar kiritgan.

1 - qator: bas kichik oktavada ikkita tara bor. Biri kichik oktava, ikkinchisi katta oktava. Ular "sol" kichik oktavadan, "fa" diez birinchi oktavagacha joylashgan.

2 - qator: "Sol" birinchi oktavadan to "mi" ikkinchi oktavagacha joylashgan.

3 - qator: "re" ikkinchi oktavadan to "do" uchinchi oktavagacha, keyingi tomoni "re"dan "mi" uchinchi oktavagacha joylashgan.

Shunday qilib, ustozning changida "re" va "mi" ikkinchi oktava simlari ikkitadan iborat. Bu esa an'anaviy changda ba'zi ornamental bezaklarni chalishni osonlashtiradi. Ko'rinib turibdiki, chang sozini an'naviy ijrochilikka moslashda F.Sodiqovning xizmatlari juda katta bo'ldi.

Chang sozi hozirgi kunda ham yetakchi cholg'u hisoblanib, sozandalar ansambllarida keng foydalaniladi. Ijrochilik jamoalarida ushbu cholg'u o'ziga xos fundament, ya'ni poydevor vazifasini o'taydi. Qadimda afsonaviy Dilorom Changiy, Darvish Ali Changiylar mazkur cholg'uning piri hisoblansa, o'tgan asrning boshlaridagi ustozlardan Matyusuf Xarratov uni takomillashtirish uchun ko'p ishlarni qilgan. Keyinchalik esa uning ishini o'g'illari Komil va Fozil Xarratovlar davom ettirgan. Shuningdek, Usta Olim Komilov, Namanganlik Usta Ro'zimat Isaboyev, Faxriddin Sodiqov, Mamasiddiq Madaliev, Tilash Xo'jamberdiyev, Ahmad

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Odilov va ularning shogirdlari Rustam Ne'matov, Temur Mahmudov, Tohir Sobirov, Abdusalom Mutalov va Fazilat Shukurovalar hozirgi yosh avlodni ustozlari hisoblanishadi.

Hozirgi davrning mohir ijrochilari Abdurahmon Xoltojiyev, Komil Shermatov, Rozaxon Xaydarova va boshqalar zamonamizning yetuk ijrochilari hisoblanadi. Ular ham ustoz darajasiga yetib, o'z shogirdlarini yetkazib chiqarmoqdalar.

Hozirgi qo'llaniladigan chang cholg'usi Yevropa va barcha Sharq davlatlari xalqlari orasida keng uchraydi. Jumladan, chang va changsimon cholg'ulardan Sharqda O'zbekistonda, Ozarbayjonda, Tojikistonda, Eronda, Afg'onistonda, Xitoyda, Hindistonda, Koreyada, Yaponiya davlatlarida ham keng foydalanadilar. Yevropa davlatlarida uni "Simbal" deb atashadi. U tut, yong'oq, o'rik va boshqa yog'ochlardan yasalib, changning quloqlari 76 ta va u chang korpusining o'ng tomoniga o'rnatiladi, sozlari xromatik yarim tonlikdan iborat.

Musiqiy cholg'ularimiz orasida "chang" o'ziga xos ijro uslubiga ega bo'lgan sozdir. Chang torli - urma asboblar guruhiga kiradi. U torlarga maxsus cho'pning urilishi natijasida tovushlar hosil qiladi.

Chang ijrochiligimizning an'anaviy uslubini mukammal egallash uchun quyidagi musiqiy bezaklar, texnikaviy xarakatlar va ijroviy uslublarni o'zlashtirish muhimdir.

Bezaklar:

1.Yakka zarb 3. Qochirim 5. Mordent 7. Pirrang

2. Qo'shzarb

4. Forshlag 6. RRang 8. Rez

Pirrang shtrixida 4ta zarb bo'ladi. To'rtinchisi chapda tugaydi. Forshlaglar chap qo'ldan boshlanadi. Chap qo'l kuchli xissaga to'g'ri keladi. Chap qo'l yetakchi hisoblanadi. Qochirimlar, forshlaglarning barchasi chap qo'l orqali (ijro) amalga oshiriladi. An'anaviy chang ijrochiligida chap qo'l bezaklarni ifoda etishda asosiy bo'lib, o'ng qo'lda esa kuyning negizi, ya'ni matnining ijrosi amalga oshiriladi. O'zbek xalq cholg'u bo'limidagi chang ijrochilari maktabidan "An'anaviy ijrochilik" maktabining farq qilish jihatlaridan biri ham aynan shudir.3

3 Rozaxon Xaydarova. "An'anaviy cholg'u ijrochiligi" (Chang cholg'usi). Toshkent 2020. 50-bet.

269

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10/2

educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Qochirim - ijroda bir qator texnikaviy bezaklar bilan ifodalanib forshlag, mordent, trel kabi sayqallar namunasida harakterlanadi. Odatda, bu bezaklar oddiy va murakkab turlarga bo'linadi.

Forshlag - (oldindan urish) asosiy tovushni oldindan yarim yoki bir ton oralig'idagi tovush yordamida yengil urib chalish.

Forshlagni oddiy ko'rinishi:

Forshlagni murakkab ko'rinishi:

Mordent - o'tkir ifodada va uch nota (tovush) talqini yordamida erishiladi:

WW w

Jf o 9 —

fL. ~ m m w - V _ m m

(&S Ft Y r r

9J 1

Kashish - yarim va chorak ton oralig'idagi yuqoridan pastga qarab jaranglaydigan glissando ko'rinishidagi bezak. Changda har ikki qo'lni yengil va tez harakati bilan erishiladi:

Yakka zarb - tovush chiqarish vositasining eng oddiy usuli bo'lib, har ikki qo'lning oddiy harakati bilan erishiladi. Ya'ni chang cho'pi bilan urib chalinadigan bittalik zarb. Shu bilan birga yakka zarb chang ijrochiligining asosiy mohiyatini harakterlovchi usuldir. Ijroda kuyning harakatini ifodalashda tovush kuchi, harakteri va harakati muhim omildir. Shuning uchun, yakka zarbni ma'noli ifodasiga erishishda cholg'u torlariga cho'pning to'g'ri aniq va ongli tarzda urulishi muhim ahamiyat kasb etadi:

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10/2

educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Qo'sh zarb - changda cho'p bilan har ikki qo'lning bir vaqtdagi harakati asosida bir notani chalish natijasida erishiladigan zarb. Chang ijrochiligi amaliyotida qo'sh zarb asosan ikki ko'rinishda talqin etiladi:

A) Bir simni ikki cho'p bilan bir paytda urib chalish:

B) Har xil balandlikdagi ikki tovush simlarini bir paytda urib chalish oktava, kvinta, kvarta. Amaliyotda ko'proq oktava oralig'idagi qo'sh zarb ishlatiladi.

Rrang - changda chap qo'lni yumshoq - mo'tadil holatda, o'z holicha kerakli simga yo'naltirib, o'ng qo'l bilan esa qattiqroq asosiy simga zarb urish natijasida erishiladigan o'ziga hos bezak. Shu bilan birga kuchli tovush ifoda etilishini oldindan tayyorlash va o'ziga hos bezash desa ham bo'ladi.

Ch o'ng ch o'ng

Pirrang - chap va o'ng qo'l bilan birin ketin chalinadigan tortta zarbning birikmasi. Bu chang cholg'usiga xos amaliyotda keng qo'llaniladigan bezakdir. Odatda, mazkur bezak an'anaviy ijrochilikdagi mavjud barcha sozlarda ham keng qo'llaniladi. Changda esa, o'ziga xos xususiyatli tomonini to'laroq namoyon etadi. Ya'ni, bezak sifatidagi harakterni chang sozida ochib berish, boshqa sozlarga nisbatan qulayroq va mosdir.

O', ch, o', ch, o', ch, o', ch, o', ch, o', ch o', ch, o', ch

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Rez - zarblarning ketma ket harakatda tez va ko'p marotaba takrorlanishiga aytiladi. Chang ijrochiligi jarayonida ko'proq tovush tarovatini nafis va muloyim tarannum etish, ularga rang berishda latif ohanglarga erishish yo'lida ko'proq oktava oralig'idagi tovushlarning bir vaqtda rez usuli orqali, bir me'yorda qo'shib ketma-ket chalinishi joriy etilgan.

Mayda rez - yuqorida ko'rsatilgan pirrangning rez uslubida ketma ket va uzluksiz ya'ni, ligata qilib qo'shib chalishdir. Chang ijrochiligi amaliyotida keng qo'llaniladi. Odatda, milliy soz ijrochiligida har bir omil bir qator ko'rinishlarga egadir. Shu nuqtai nazardan "Rez" uslubi ham turli ko'rinish usullariga ega. Bu o'rinda "Mayda rez" uslubi uning bir ko'rinishidir.

Nota ifodasi: ijro etilishi:

O', ch, o', ch, o', ch, o', ch, o', ch,

o', ch o', ch, o', ch

r

V ^—^-V ^

ViV 1

m)

Chang ijrochiligida o'ziga xos va harakterli bezakni ifoda etadigan yana bir sayqal mavjud. Bu bezak ham kuyga rang va joziba kiritish maqsadida ustoz Faxriddin Sodiqov ijro uslubida shakllangan va ijrochilikda an'anaga aylangan. Bu sayqalning boshqa bezaklardan farqi u turg'un tovushlar va kuy bo'laklarining tasdiqlovchi tovushlarida qo'llaniladi. Asosiy ko'rinish - ma'lum tovushning sayqal harakterida asosiy turg'un tovushga yordamchi ohang sifatida tarannum etish bilan harakterlanadi.

Bu usulning nota yozuvidagi ko'rinishi:

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Yuqorida keltirilgan sayqallar, o'zbek mumtoz musiqa namunalari bo'lmish maqomlar va maqom yo'llarida yaratilgan xalq kuy va ashulalarini chang sozida ijro etish uchun eng zarur va xos bezaklardir. Bu bezaklarni har bir ijrochi o'quv jarayonida nafaqat texnik jihatdan o'zlashtirishni, balki, kuy harakterida kelib chiqqan holda mos va idrokli ifodasiga erishishni oldiga maqsad qilib olishi zarur. Shu bois, ijro uslubini o'zlashtirish jarayonini quyidagi tartibda olib borilishi tavsiya etiladi.

Chang ijrochiligida o'ziga xosligi va ruhiyati bezakni ifoda etadigan yana bir sayqal mavjud. Bu bezak ham kuyga rang va joziba kiritish maqsadida ustoz Faxriddin Sodiqov ijro uslubida shakllangan va ijrochilikda an'anaga aylangan. Bu sayqalning boshqa bezaklardan farqi u turg'un tovushlar va kuy bo'laklarning tasdiqlovchi tovushlardan qo'llaniladi, ya'ni arpedjio ko'rinishida. Asosiy ko'rinish -ma'lum tovushning sayqallangan asosiy turg'un tovushga yordamchi ohang sifatida tarannum etish bilan baholanadi.

Ushbu maqolada changning tuzilishi haqida qadimgi buyuk olimlarni va hozirgi taniqli arboblarning fikrlarini batafsil bayon etildi. Changni rekonstruktsiyadan oldingi va rekonstruktsiya qilingani haqida ma'lumot berib o'tildi.

Yuqorida keltirilgan sayqallar o'zbek mumtoz musiqa namunalari bo'lmish maqomlar va maqom yo'llarida yaratilgan xalq kuy va ashulalarini chang sozida ijro etish uchun eng zarur va xos bezaklarni yoritib berishga harakat qilindi.

O'ylaymizki, ushbu maqola bilan tanishib chiqqan har bir kishida oz bo'lsada, an'anaviy chang ijrochiligi haqida tushuncha hosil bo'ladi.

REFERENCES

1. Rozaxon Xaydarova AN'ANAVIY CHOLG'U IJROCHILIGI «Musiqa» nashriyoti Toshkent 2020 y

2. И. Ражабов. «Макомлар масаласига доир». Тошнот. 1963 й.

3. «Шашмаком» I жилд., Нотага олувчи: Ю.Ражабий., 1966й.

4. И.Ражабов. «Маком асослари» Тош^т1., 1992 y.

5. И.Ражабов. «Макомлар». Тош^т1., 2006 й.

6. А.Фитрат. «Y36eK классик мусикаси ва унинг тарихи».,Tошкeнт.1993 й.

7. ОЖатёкубов. «Mакомот». Тошкeнт., 2004 й.

8. ОЖатёкубов. «Шашмаком сабоклари». Тошнит., 2005 й.

9. И.Ражабов. «Макомлар». Тош^т1., 2006 й.

10. ОЖатёкубов. «Шашмаком сабоклари» 3-туплам., Тошкeнт., 2007 й.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

11. Узбекистан миллий энсиклопедияси. XI жилд., "Ч" хдрфи.

12. «Узбек халк музикаси V том» Тупловчи ва нотага олувчи Ю.Ражабий.

13. Arzimatova, I. M. (2020). Spiritual Culture Of Personality And Artistic And Aesthetic Changes. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(11), 160-165.

14. Arzimatova, I. M. (2022). Relationship Of Aesthetic Culture And Spirituality Of Personality. The American Journal of Applied sciences, 3(02), 100-104.

15. Arzimatova, I. M. (2021). Women's Rights in Government of a Democratic Society. Eurasian Scientific Herald, 2, 23-27.

16. 4. Arzimatova, I. (2022). THE MAIN ASPECTS OF THE MORAL AND AESTHETIC CULTURE OF THE LEADING CADRES IN THE NEW STAGE OF DEVELOPMENT OF SOCIETY. Oriental Journal of Social Sciences, 2(1), 63-72.

17. Arzimatova, I. M. (2021). The Role of the Family Environment in Personal Education. International Journal of Culture and Modernity, 10, 13-17.

18. Arzimatova, I. M., & Muminov, J. (2021). Information Of The Educational Process And Education Of A Developed Generation. The American Journal of Interdisciplinary Innovations Research, 3(04), 36-41.

19. Madimarovna, A. I., & Madaminovich, M. J. (2020, December). The place of aesthetic and artistic culture in the spiritual life of society and the individual.

In Archive of Conferences (Vol. 10, No. 1, pp. 177-178).

20. Madimarovna, A. I. (2020). The Role of Art in Youth's Aesthetic Education. Cross-Cultural Communication, 16(1), 121-123.

21. Madimarovna, A. I., & Madaminovich, M. J. (2020, December). THE ISSUE OF FORMATION OF SPIRITUAL AND MORAL VIRTUES IN YOUNG PEOPLE. In Archive of Conferences (Vol. 10, No. 1, pp. 175-176).

22. Madimarovna, A. I. (2022). The Role of Managers with Modern Knowledge in Improving Management Efficiency. International Journal of Culture and Modernity, 14, 78-81.

23. Arzimatova, I. (2019). Art industry development of society and society culture. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(1), 129-134.

24. .M.Achildiyeva 2021 Academic Yunus Rajabi and His Scientific Heristage Annals of Romanian Society for Cell Biology 25(4) 9092-9100

25. Achildiyeva M, Xojimamatov A, Ikromova F (2022) Shashmaqom saboqlari: "Navo" maqomi xususida. INTERNATIONAL JOURNAL FOR ENGINEERING AND MANAGEMENT RESEARCH 11(01) 55-58

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

26. Achildiyeva M, Ikromova F (2021) ABOUT MAHMUDJON TOJIBOYEVS

INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ) 9(5) 240-244

27. Achildiyeva M, Ikromova F (2021) TANBUR ONE OF ANCIENT INSTRUMENTS GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ) 9(6) 302-308

28. Achildiyeva M, Ikromova F(2022) CHOIR ART IN UZBEKISTAN BOTIR UMIDJONOV (EURASIAN JOURNAL OF HUMANITIES AND SOCIAL SCIENCES 7 54-56

29. Achildiyeva M, Ikromova F (2021) "The third renaissance towards ascending" EUROPEAN SCHOLAR JOURNAL "An open access, peer reviewed multidisciplinary journal" 2 (9) 17-20

30. Maxfuzakhon Karimova, Muyassarkhon Achildiyeva, Farangiz Ikromova (2021) USE FROM REDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MUSIC LESSONS EUROPEAN SCHOLAR JOURNAL "An open access, peer reviewed multidisciplinary journal" 2 (4) 460-463

31. Achildiyeva, M., & Madalieva, D. (2020). Uyghur folk singing genre. International Journal on Integrated Education, 3(11), 222-226.

32. Ikromova F O'ZBEKISTON XALQ HOFIZI OCHILXON OTAXONOVNING HAYOT YO'LI CHIZGILARI. INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE Vol. 1 No. 3 (2022): 151-156

33. Achildieva, M., & Ikromova, F. (2022). РЕЙНГОЛЬД ГЛИЭР ВА ТОЛИБЖОН СОДЩОВНИНГ «ЛАЙЛИ ВА МАЖНУН» ОПЕРАСИДА МАКОМ ЙУЛЛАРИНИНГ КУЛЛАНИЛИШИ. Science and innovation, 1(C4), 23-28.

34. Xojimamatov, A., & Ikromova, F. (2022). МУСИКДЙ СА^НАВИЙ АСАРЛАРНИНГ ИЖРОЧИЛИК МУАММОЛАРИ (УЗБЕКИСТОН КОМПОЗИТОРЛАРИ ИЖОДИ МИСОЛИДА). Science and innovation, 1(C4), 2933.

35. Ikromova, F. (2022). SHASHMAQOMDA TURKUM ASAR TARONALARI. Science and innovation, 1(C4), 34-37.

PEDAGOGICAL

ACTIVITY

GALAXY

INTERNATIONAL

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.