Научная статья на тему 'VIKTOR ALEKSANDROVICH USPENSKIYNING IJODIY YO‘LI'

VIKTOR ALEKSANDROVICH USPENSKIYNING IJODIY YO‘LI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
249
44
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kompozitor / etnograf / shashmaqom / folklor / notalashtirish / katta ashula / kuy / drama / opera. / Composer / ethnographer / shashmakom / folklore / notation / big song / melody / drama / opera.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Xojimamatov, Azimjon, Muhammadjonova, Mohinur

Ushbu maqolada rus va sovet musiqashunosi va kompozitori, eng yirik rus folklorshunoslaridan bo‘lgan o‘zbek xalqining milliy musiqa madaniyatiga ulkan hissa qo‘shgan kompozitor Viktor Uspenskiyning hayoti va ijod yo‘li to‘g‘risida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CREATIVE PATH OF VIKTOR ALEXANDROVICH USPENSKY

This article talks about the life and work of Viktor Uspensky that Russian and Soviet musicologist and composer, one of the greatest Russian folklorists, who made a great contribution to the national music culture of the Uzbek people.

Текст научной работы на тему «VIKTOR ALEKSANDROVICH USPENSKIYNING IJODIY YO‘LI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

VIKTOR ALEKSANDROVICH USPENSKIYNING IJODIY YO'LI

Xojimamatov Azimjon

Farg'ona davlat universiteti "San'atshunoslik" fakulteti "Vokal va cholg'u ijrochiligi" kafedrasi o'qituvchisi

Muhammadjonova Mohinur

Farg'ona davlat universiteti "San'atshunoslik" fakulteti

"Musiqa ta'limi" yo'nalishi 1-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada rus va sovet musiqashunosi va kompozitori, eng yirik rus folklorshunoslaridan bo'lgan o'zbek xalqining milliy musiqa madaniyatiga ulkan hissa qo 'shgan kompozitor Viktor Uspenskiyning hayoti va ijod yo'li to 'g 'risida so 'z boradi.

Kalit so'zlar: Kompozitor, etnograf, shashmaqom, folklor, notalashtirish, katta ashula, kuy, drama, opera.

This article talks about the life and work of Viktor Uspensky that Russian and Soviet musicologist and composer, one of the greatest Russian folklorists, who made a great contribution to the national music culture of the Uzbek people.

Key words: Composer, ethnographer, shashmakom, folklore, notation, big song, melody, drama, opera.

O'zbekiston va Turkmaniston xalq artisti, musiqiy etnograf, dirijyor, kompozitor Viktor Aleksandrovich Uspenskiy o'zbek va turkman xalqlarining boyligi bo'lgan xalq qo'shiqlarini hozirgacha saqlanib kelishiga katta hissa qo'shgan insondir. U O'rta Osiyo xaqlarining etnografik konsertlarini uyushtirgan. Ota Jalol, Ota G'iyoslardan Shashmaqomning cholg'u va ashula bo'limlarini, Sh.Shoumarovdan Farg'ona - Toshkent maqom yo'llarini notaga olgan. Folklor etnografik ekspeditsiyalarini uyushtirib, yuzlab ashula, katta ashula, cholg'u kuy va xalq qo'shiqlarini, 350 dan ortiq turkman qo'shiq va cholg'u kuylarini yozib olib nashr ettirgan.

Viktor Uspenskiy 1879-yil 19(31)-avgustda Kaluga shahrida tug'ilgan. U tug'ilganidan ko'p o'tmay uning oilasi Qirg'izistonning O'sh shahriga ko'chib ketishadi. Uning bolalik chog'lari shu yerda o'tadi. Unga otasi skripkadan, onasi esa fortepianodan ilk saboqlarni berishadi. Gimnaziyani bitirgandan so'ng Orenburg harbiy korpusiga o'qishga kiradi, u yerda o'qigan paytlarida ham musiqa bilan shug'ullanishni davom ettiradi. Kadet korpusidagi harbiy simfonik orkestrida

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

kontrabas va arfa cholg'ularini chaladi. 1898-yilda esa Orenburg harbiy korpusini tamomlaydi. 1900-1904-yillarda Kavkazda xizmat qilgan. 1908-yilda Peterburg Konservatoriyasiga o'qishga kirdi. Kompozitsiya bo'yicha professor A.Lyadov sinfida saboq ola boshladi. Peterburg shahrining doimo salqin havosi uning sog'ligiga ta'sir qilib, oddiy shamollashdan o'pkaga ham o'tib boradi. Uzoq vaqt davolanib chiqganidan keyin Uspenskiy shifokorlarning maslahatiga ko'ra o'qishini vaqtincha to'xtatib, 1910-yilda Shvetsariyaning Davos va Germaniyaning Lepsig shaharlarida davolanib qaytadi va qaytgach o'qishini davom ettiradi.

1913- yili Peterburg Konservatoriyasini tamomlab, "Erkin san'atkor" diplomoni oladi. So'ng bir yil davomida ijod bilan shug'ullandi. 1914-yili Birinchi jahon urushi boshlandi va uni armiya safiga chaqirishadi. U yerda 1917-yilgacha xizmat qildi. 1917- yil Fevral inqilobidan so'ng, Uspenskiy Petrograd konservatoriyasi qaroriga binoan konservatoriyaning direktori A.K.Glazunov tomonidan qo'l qo'yilgan buyrug'iga asosan Turkiston Respublikasiga xalq musiqasi va qo'shiqlarini o'rganish yig'ib to'plash uchun ishga jo'natiladi. O'sha davrlarda Turkiston o'lkasida xalq san'atini faol rivojlantirish uchun musiqali etnografik komissiya tuziladi.

1918-yildan Uspenskiy Toshkentda yashab, O'rta Osiyo xalqlarining musiqa madaniyatini o'rgandi. Og'ir, ba'zan esa hayot uchun xavfli sharoitlarda ham O'rta Osiyoda sakkizta etnografik ekspeditsiyalar o'tkazdi. Ularning natijalariga ko'ra an'anaviy xalq o'zbek, turkman va tojik musiqasining bir qancha musiqiy to'plamlari tuzildi. 1919-yili Uspenskiy tashabbusi bilan Toshkentdagi Baland masjid, Rohat bog'ida xalq konservatoriyasining bo'limi ochildi. O'sha yerda uning pedagoglik faoliyati boshlangan edi.1

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Uspenskiy ko'p vaqtini etnografiya ishlariga bag'ishladi. Bir necha yillar davomida O'rta Osiyoda yashovchi xalqlarning qo'shiqlarini notaga yozib oldi. O'rta Osiyo xalqlari musiqa folklorini o'rganish, targ'ibot qilish uchun ilmiy markaz tashkil etilib, unga Uspenskiy rahbar etib tayinlandi. U 1923-yili Buxoroga borib Shashmaqom bilimdonlari Ota Jalol Nosirov, Domla Halim Ibodovlar ijrosida shashmaqomni tanbur va usul qismini notaga yozib olishga muyassar bo'ladi.

1925-1929-yillarda Turkmanistonda uchta folklor ekspeditsiyasi o'tkazib, 350 dan ortiq xalq qo'shiqlari va cholg'u pyesalarini yozib oldi. Viktor Uspenskiy "Turkman musiqasi" (V. M. Belyaev bilan birgalikda), "Alisher Navoiy matnlariga musiqa", "O'zbek vokal musiqasi" va boshqa ko'plab ilmiy ishlar muallifidir. 1931-yilda Uspenskiy Farg'ona vodiysida musiqiy-etnografik ekspeditsiyaga rahbarlik qilib, o'zbek va tojik xalq musiqalarini yozib oldi. 1932-1949-yillarda Toshkentdagi

1 "Yaqin uzoq sharq musiqasi" F.M.Karomatov D.Rashidova. Toshkent 1981.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

San'atshunoslik institutida ilmiy xodim, musiqa kabineti mudiri bo'lib ishlagan, musiqiy etnografik tadqiqotlar bilan shug'ullangan. 1918-1922-yillarda Toshkentdagi xalq konservatoriyasida va 1928-1934-yillarda Toshkentdagi musiqa texnikumida garmoniya fanidan dars bergan. 1936-yildan boshlab Toshkent konservatoriyasida professor bo'lgan, u yerda musiqa nazariyasi fanidan dars bergan va musiqa nazariyasi fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritgan.2

Viktor Uspenskiy xalq va qo'shiq kuylarini yozib olish bilan birga ularni qayta ishladi, musiqa san'atining turli shakli va janrlarida rang-barang asarlar ham yaratdi. Xalq ohanglarini notaga yozib olish yoki notalashtirish bir qancha mehnatni talab etardi. Bu ishlarda unga Buxoro xalq hofizlari, musiqachilar Ota Jalol Nosirov, Ota G'iyos G'aniev, Domla Halim Ibodov, Levi Boboxonovlar, Samarqandlik Xoji Abdulaziz Abdurasulov, Toshkentlik Mulla To'ychi Toshmuhammedov, Shorahim Shoumarovlar, Farg'ona vodiysidan Usta Olim Komilov, Yusufjon qiziq Shakarjonovlar, Xorazmlik Matyoqub Xarratov, Madpano Xudoyberganov, Madrayim Yoqubovlar o'zbek xalqining qimmatli musiqiy merosini yozib qoldirishda katta hissa qo'shganlar. V.A.Uspenskiy Farg'ona vodiysida keng tarqalgan katta ashulalarni ham birinchi bo'lib notaga olgan. Katta ashulalar musiqa jo'rligisiz ijro etilib, ashulachidan katta mahorat talab etardi. Bu ashulalarni o'zbek xalqi juda sevib tinglashardi. Katta ashulalarni ijrochilari Akbar Xaydarov, Muhammadjon Do'stmuhammedov va Yunus Rajabiylar bo'lgan.

Keyinchalik yangi ishga qo'l urgan Uspenskiy, shashmaqomning ashula qismi ni Shonazar Soxibovdan yozib olgan. Shonazar Sohibov Domla Halim Ibodovning o'g'li bo'lgan. "Rost", "Talqini Ushshoq", "Nasri Ushshoq", "Sabo" shular jumlasidan. Bu ishlarni u oxirigacha yetkaza olmadi. U faqat o'zining ijodida maqomlardan katta foydalana oldi. O'zbek milliy orkestriga moslashtirib yozib berdi. Keyinchalik u fortepiano uchun bir qancha qo'shiqlar bilan rang-barang asarlar ham yaratdi. «O'rta osiyo xalqlaridan to'rtta kuy» Uspenskiyning ilk simfonik asaridir. Ikkinchi Jahon urushi yillarida u samarali ijod qildi. Xor uchun «O'zbekiston», «Pahlavonlar jangga otlaning», «Yur botirlar» kabi qo'shiqlari, G.mushel bilan hamkorlikda «Muqanna» musiqali dramasi, «O'zbekcha rapsodiya», Alisher Navoiy xotirasiga bag'ishlab, «Lirik poema» asarlarini yaratdi. Fortepiano uchun prelyudiya, sonata, variatsiya, etyudlar, o'zbek xalq musiqasi «Miskin-2», «Muhammasi iroq», «Savti ajam», «Samoi dugoh va asariy» asosidagi pyesalarning birinchi to'plami, «Ufor», «Soqiynoma», «Usmoniya», «Rajabiy» pyesalarining ikkinchi to'plami, ovoz va fortepiano uchun «Rusalka», «Sag'ana», «Oy nuri», «Beshik allasi», «Ayt nima uchun», «Oydek to'libdir» kabi qo'shiq va romanslar, qayta ishlagan «Voy dodey»,

2 "O'zbek musiqa adabiyoti" N.Yuldasheva N. Rahmatov. (Iqtisod-moliya) Toshkent 2010.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

«Chamanda gul ochildi» qo'shiqlarini yaratdi. 1928-yili «Ravot qashqirlari» nomli ovozsiz kinoga musiqa bastaladi. Viktor Uspenskiy quyidagi to'plam va maqolalar muallifi hamdir: «Shashmaqom» (1924), «Maktab bolalari qo'shig'i» (1924), «Turkman musiqasi» birinchi daftar 1928-yilda, ikkinchi daftar 1929-yilda nashr etigan, «Farg'ona qo'shiqlari» (1931), «Buxoro qo'shiqlari va maqom parchalari» (1934-1947), «Zikr kuylari» (1940), «Uyg'ur qo'shiqlari» (1945), «Gulyor-Shaxnoz» (1931 va 1956-yilda chop etilgan), «Katta ashula» (1940), «O'zbek klassik musiqasi»(1927) va boshqalar.

Viktor Uspenskiy ijodida G.mushel bilan hamkorlikda yaratgan «Farhod va shirin» musiqali dramasi alohida o'rin tutadi. mazkur asar musiqali dramalarni yaratishda ko'p ovozli musiqaning kasbiy shakllaridan foydalanishga asos soldi, bu esa o'zbek milliy operasini yaratish yo'lida qo'yilgan muhim qadam bo'ldi. Asarning premyerasi 1936-yil 26-fevralda bo'lib o'tdi. Mazkur musiqali drama qayta ishlanib , Moskvada 1937-yili o'zbek san'ati dekadasida namoyish etildi. 1940-yili esa "Farhod va shirin" musiqali dramasi operaga aylantirildi.3

Musiqa etnografi, kompozitor Viktor Uspenskiyga 1929-yili Turkmaniston xalq artisti, 1937-yili "O'zbekiston xalq artisti" faxriy unvoni, 1943-yil san'atshunoslik fanlari doktori ilmiy darajasi berilgan. Toshkent shahridagi "Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi"ga Viktor Aleksandrovich Uspenskiy nomi berilgan.

REFERENCES

1. "O'zbek musiqa adabiyoti" N.Yuldasheva N.Rahmatov. (Iqtisod-moliya) Toshkent 2010.

2. Ikrom Akbarovning "Yodga olish". G'ofur G'ulom nomidagi nashriyot. Toshkent 1980.

3. "Yaqin uzoq sharq musiqasi" F.M.Karomatov D.Rashidova. Toshkent 1981.

4. A. Jabborov. "O'zbekiston bastakorlari va musiqashunoslari". Toshkent. 2004.

5. Y.Rajabiy, I.Akbarov. "O'zbek xalq musiqasi tarixi" (O'qtivchi) 1981.

6. A. Jabborov, S.Begmatov, M.Azamova. "O'zbek musiqasi tarixi". Toshkent

7. Adiljanovna, A. M., Nurullaevna, N. M., Abdumalikovna, Y. D., Sharobidinovich, M. J., Abdujalil Abduvalio'g'li, A., & Behzod Asqaralio'g'li, T. (2021). Academic Yunus Rajabi and His Scientific Heritage. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 9092-9100.

3 A.Jabborov, S.Begmatov, M.Azamova. "O'zbek musiqasi tarixi". Toshkent 2018.

XULOSA

2018.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(3), March, 2023

8. Achildiyeva, M., Xojimamatov, A., & Ikromova, F. (2022). Shashmaqom saboqlari:" Navo" maqomi xususida. INTERNATIONAL JOURNAL FOR ENGINEERING AND MANAGEMENT RESEARCH, 77(01), 55-58.

9. Achildiyeva M, Ikromova F (2021) ABOUT MAHMUDJON TOJIBOYEVS PEDAGOGICAL ACTIVITY GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ) 9(5) 240-244

10. Achildiyeva M, Ikromova F(2022) CHOIR ART IN UZBEKISTAN BOTIR UMIDJONOV (EURASIAN JOURNAL OF HUMANITIES AND SOCIAL SCIENCES 7 54-56

11. Achildiyeva, M., & Ikromova, F. (2021). The third renaissance towards ascending. EUROPEAN SCHOLAR JOURNAL "An open access, peer reviewed multidisciplinary journal, 2(9), 17-20.

12. Achildiyeva M, Xojimamatov A,Yuldasheva D, Ikromova F (2021) Uyghur Folk Singing Genre Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry 12 (10) 3510-3515

13. Achildieva, M., & Ikromova, F. (2022). РЕЙНГОЛЬД ГЛИЭР ВА ТОЛИБЖОН СОДЩОВНИНГ «ЛАЙЛИ ВА МАЖНУН» ОПЕРАСИДА МАКОМ ЙУЛЛАРИНИНГ КУЛЛАНИЛИШИ. Science and innovation, 1(C4), 23-28.

14. Xojimamatov, A., & Ikromova, F. (2022). МУСЩИЙ СА^НАВИЙ АСАРЛАРНИНГ ИЖРОЧИЛИК МУАММОЛАРИ (УЗБЕКИСТОН КОМПОЗИТОРЛАРИ ИЖОДИ МИСОЛИДА). Science and innovation, 1(C4), 2933.

15. Ikromova, F. (2022). SHASHMAQOMDA TURKUM ASAR TARONALARI. Science and innovation, 1(C4), 34-37.

16. Hojimamatov, A. (2022). CHANG CHOLG 'USI TARIXIGA BIR NAZAR VA UNING ORNAMENTAL BEZAKLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 265-275.

17. Achildiyeva, M. (2022). SHASHMAQOM MUSHKILOT BO'LIMINING NAZARIY ASOSLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 344-352.

18. Achildieva, M., & Ikromova, F. (2020, December). THE PLACE OF UZBEK MUSIC IN THE ART. In Archive of Conferences (Vol. 10, No. 1, pp. 90-93).

19. Achildiyeva, M. (2022). SHASHMAQOM MUSHKILOT BO'LIMINING NAZARIY ASOSLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 344-352.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.