Научная статья на тему 'SHASHMAQOM MUSHKILOT BO’LIMINING NAZARIY ASOSLARI'

SHASHMAQOM MUSHKILOT BO’LIMINING NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1366
106
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Shashmaqom / tasnif / tarje‘ / gardun / muxammas / saqil / shakl / kuy / madaniyat / xona / bozgo’y. / Shashmaqom / classification / tarje / gardun / mukhamas / sakil / form / melody / culture / room / bozgoy

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Achildiyeva, Muyassarxon

Ushbu maqola o’zbek xalqining bebaho oltin xazinasi hisoblangan “Shashmaqom” saboqlari xususida so’z boradi. Shuningdek, Shashmaqomning cholg’u qismlari borasida ilmiy-nazariy fikr va mulohazalar atroflicha maqolada aks etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THEORETICAL FUNDAMENTALS OF SHASHMAQOM PROBLEM DEPARTMENT

This article is about the lessons of "Shashmaqom", which is considered a priceless golden treasure of the Uzbek people. Also, scientific-theoretical opinions and comments about Shashmaqom's musical instruments are reflected in the detailed article.

Текст научной работы на тему «SHASHMAQOM MUSHKILOT BO’LIMINING NAZARIY ASOSLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

SHASHMAQOM MUSHKILOT BO'LIMINING NAZARIY ASOSLARI

Muyassarxon Achildiyeva

Farg'ona davlat universiteti "San'atshunoslik" fakulteti "Musiqa ta'limi va madaniyat" kafedrasi o'qituvchisi [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola o'zbek xalqining bebaho oltin xazinasi hisoblangan "Shashmaqom" saboqlari xususida so'z boradi. Shuningdek, Shashmaqomning cholg'u qismlari borasida ilmiy-nazariy fikr va mulohazalar atroflicha maqolada aks etadi.

Kalit so'zlar: Shashmaqom, tasnif, tarje', gardun, muxammas, saqil, shakl, kuy, madaniyat, xona, bozgo'y.

АННОТАЦИЯ

Данная статья посвящена урокам «Шашмакома», который считается бесценным золотым сокровищем узбекского народа. Также в подробной статье отражены научно-теоретические мнения и комментарии о музыкальных инструментах Шашмакома.

Ключевые слова: Шашмаком, тасниф, таржеъ, гардун, мухаммас, сацил, форма, мелодия, культура, хона, бозгой.

ABSTRACT

This article is about the lessons of "Shashmaqom", which is considered a priceless golden treasure of the Uzbek people. Also, scientific-theoretical opinions and comments about Shashmaqom's musical instruments are reflected in the detailed article.

Key words: Shashmaqom, classification, tarje, gardun, mukhamas, sakil, form, melody, culture, room, bozgoy.

Shashmaqom1-jahon madaniyatining bebaho me'rosi.

Undan har bir inson, irqi va e'tiqodidan qat'iy nazar, o'z qalbiga yarasha go'zallik topishi mumkin. Markaziy Osiyo xalqlarining o'tmishi, hozirgi va kelajak musiqiy madaniyatini Shashmaqomsiz ko'zga keltirish mumkin emas.

Mutal Burhonov

«Shashmaqomga Buxoroda katta e'tibor beriladi va xalq uni sevadi. Bunga 1923-yilda o'zim guvoh bo'lganman, Sayil bayramida hofiz Ota Jalol Nosirov ijrosidagi qo'shiqlarni minglab odamlar sel bo'lib tingladilar... Musiqani qanday tinglash va sevishga juda ajoyib misol bu!», (Viktor Aleksandrovich Uspenskiy xotiralaridan).

344

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10/2

educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

KIRISH

"Maqomlar sharq xalqlarida juda qadim zamonlardan mavjud bo'lgan musiqa janridir. Ular bu xalqlarning o'ziga xos musiqa boyliklari asosida kasbiy sozanda va xonandalar tomonidan yaratilgan va uzoq madaniy-tarixiy taraqqiyot jarayonida mustaqil musiqa janri sifatida yuzaga kelgan."2

"Maqomlar nazariy va amaliy asoslarga ega bo'lib, mazkur xalqlar musiqa san'atining ustazona uslubidagi namunasidir. Maqomlar, xususan o'zbek va tojik xalqlarining ma'naviy mulki bo'lmish Shashmaqom ko'p asrlar davomida bu sohada olib borilgan ijodiy izlanishlarning samarasidir. Ustoz sozanda va xonandalar keyingi avlodlarga ko'z qorachig'idek asrab-avaylab bizgacha yetkazib kelgan maqom namunalari hozirgi kunda nafosat dunyosidagi eng zo'r, beqiyos qiymatga ega bo'lgan musiqa san'atimiz boyliklari sifatida chinakam xalq mulkiga aylandi."3

Maqomlar Sharq xalqlari musiqasining asosini tashkil etadi. Shu sababli maqomlarni atroflicha o'rganilishi musiqa madaniyatimiz tarixida muhim ahamiyatga ega. Maqomlar ma'lum tartibda yaratilgan turkumli musiqiy majmua bo'lib, o'tmish bastakorlik ijodiyotining o'ziga xos sayqal berilgan turidir. Keng ma'noda esa maqomlar xalq musiqasi qomusidir. Chunki ularda, xususan Shashmaqomda, o'zbek xalqi musiqasiga xos ohanglar, ritmik xususiyatlar, doira usullari, she'riyat bilan xalq ashula yo'llarining bog'lanish qoidalariga asoslangan qator jabhalar o'z ifodasini topgan.

O'rta asr Yaqin va O'rta Sharq xalqlari musiqa ilmida maqom, asosan, "parda" tuzilmalari tushunchasini hamda ularga mos holda yaratilgan kuy va ashulalarni ifodalaydi. Maqomlar dastlabki davrda tarqoq shaklda rivojlandi, XIII asrda esa Safiuddin al-Urmaviy ularni o'n ikki asosiy maqomdan iborat nazariy tizim shakliga keltirdi. XVII asrdan so'ng O'n ikki maqom tizimi inqirozga uchrab, uning negizida Sharq xalqlari orasida maqomlarning yangicha milliy va mahalliy shakllari vujudga kela boshladi. Xususan, XVIII asrning o'rtalarida O'rta Osiyoning yirik madaniy markazlaridan biri Buxoro shahrida saroy sozanda, xonanda va bastakorlari ijodiy-ijrochilik faoliyatida Shashmaqom uzil-kesil shakllanib, Buxoro maqomlari, Buxoro Shashmaqomi nomlarida ham yuritildi. O'zbek maqom turlaridan Xorazm maqomlari, Farg'ona-Toshkent maqom yo'llari, shuningdek, yovvoyi (erkin ko'rinishdagi) maqomlar, sunray, dutor yo'llari va boshqalar Shashmaqom ta'sirida rivojlandi. O'tgan zamon bastakorligida keng qo'llanilgan amal, kor, naqsh, peshrav, savt,

2HC^OK; Pa^a6oB. "Ma^OM^ap", T. 2006 H. 11-6eT.

3HC^OK; Pa^a6oB. "Ma^OM acoc^apn", T. 1992 H. 6-6eT.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10/2

educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

tarona, qavl kabi janrlarning noyob namunalari Shashmaqom tarkibida bizgacha yetib keldi.

O'rta Osiyoda yashab kelgan maqom turkumlarining eng so'ngi shakli bo'lgan Shashmaqom (forsiy - olti maqom) - o'zbek va tojik xalqlari musiqiy merosida markaziy o'rin tutgan maqomlar turkumi; parda, ohang, usul, shakl, uslub kabi vositalar bilan o'zaro uzviy bog'langan ikki yuz ellikka yaqin mumtoz kuy va ashulalar majmuidir. U bundan taxminan ikki asr ilgari (XVIII asr) shakllangan, muayyan shart-sharoitlarda musiqiy folklor hamda kasbiy musiqa yo'nalishlarida orttirilgan ko'p asrlik ilmiy ijodiy tajriba hamda izlanishlar natijasida yuzaga kelgan. Shashmaqom milliy hamda mintaqaviy mumtoz musiqa an'analarining tarixan uzun taraqqiyot jarayoni natijasida bir qator bastakorlar avlodi san'atining qomusiy mahsulidir4

Maqom arabcha "joy", "o'rin", musiqa istilohida esa cholg'ularda tovush hosil etiladigan joy, ya'ni "parda" ma'nosini bildiradi. Maqom muayyan pardadan boshlanadigan lad tonallikni hamda ularga mos keladigan kuy va ashulalar majmuasini ifodalaydi. Bu tushunchalar turli davrlarda yashab kelgan maqomlarning hamma shakllarida ham o'z mazmunini birdek saqlab keldi.5

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Shashmaqom ilmining buyuk tadqiqotchisi Abdurauf Fitrat "O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi" kitobida hujjat va ma'lumotlarning dalili sifatida ikkita ulug' ustoz Ota Jalol va Ota G'iyoslarni jonli guvoh sifatida keltirib, Shashmaqom tarixi taxminan 150 yillik davrini ko'rsatadi. Demak, kitob yozilgan vaqtdan shu muddatni hisoblasak, XVIII asrning so'ngi choragi haqida so'z borayotganligidan ogoh bo'lamiz. Fitratdek o'ta talabchan tadqiqotchi mulohazalarida tasodifiylikka o'rin yo'q, albatta. XVIII asrning so'ngi choragi Buxoro xonlarining mang'itiylar sulolasining taxtga o'tirish vaqtiga to'g'ri keladi va xurofiy ma'lumotlarga ko'ra, ushbu davrga kelib Shashmaqom bizga ma'lum bo'lgan hozirgi qiyofani olgan. Ammo Shashmaqom atamasining hujjatli dalili ilk bor Buxoroda XIX asrning birinchi yarmida yozilgan Muso Xo'ja Turkistoniy qalamiga mansub bayoz shaklidagi musiqiy risolada namoyon bo'ladi.Mazkur risola "Mutaqaddam va azizu mukarram ustozlardan meros qolgan musiqiy Shashmaqom ushbudir" degan so'zlar bilan boshlanadi.6

4Y36eKHCTOH MHOTHH Энцнкflопедннсн V-^H^g. "M" xap$H., 341-6eT.

5HC^OK Pa^a6oB. "Ma^OM acoc^apu", T. 1992 H. 6-6eT.

6fflamMa^OM ca6oK^apu / O. MaTe^y6oB Ma^o^acH. T. 2005 H.16-6eT.

346

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10/2

educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Shashmaqom olti turli ladlarga moslab olingan va ularga asoslangan kuy va ashulalar yig'indisidan iborat. Shashmaqomning lad asosi olti turli bo'lsada, unga yaqin keladigan boshqa ladlarga mos kuylar ham kiritila bergan. Ayniqsa, bu narsa maqom sho'balarining taronalarida yaqqol ko'rinadi. Ularda tonallikkina emas, balki lad tuzilmasi ham o'zlari mansub bo'lgan asosiy maqom yo'liga nisbatan o'zgarib turadi.

Shashmaqomga: Buzruk - (katta, ulug'), Rost - (to'g'ri, haqqoniy), Navo -(ohang, kuy), Dugoh - (ikki parda yoki ikkinchi parda), Segoh - (uch parda yoki uchinchi parda), va Iroq - (arab mamlakatlaridan birining nomi)maqomlari kiradi.

Olti maqomning har biri tarkibida taxminan 20 tadan 44 tagacha katta va kichik maqom yo'llari bor.7

NATIJALAR

Shashmaqom lad asosi haqida fikr yuritilar ekan, har bir maqomni tashkil etgan tovushqatorlarda tayanch tovush (parda) lari mavjud.Kuy yuqoriga tomon harakat qilib borganida tayanch nuqtalar alohida sezilib turadi. Ular quyidagicha:

Maqomlar Mos keluvchi ladlar Tayanch pardalar

Buzruk "re" doriy va miksolidiy qo'shilmasi I, II, IV, V, VI

Rost "do" miksolidiy va ioniy qo'shilmasi I, II, VI

Navo "re" eoliy - "fa" ioniy qo'shilmasi I, III, IV, V, VI

Dugoh "re" miksolidiy I, III, IV

Segoh "re" doriy va eoliy qo'shilmasi I, II, IV, V

Iroq "lya" eoliy I, II, IV, VII,

Buxoro olti maqomining har biri ikkita katta hajmli ichki tuzilmasi murakkab bo'limlardan iborat. Bulardan birinchisi Mushkilot - (lug'aviy ma'nosi qiyinchilik, og'irliklar) deb ataluvchi sof cholg'u bo'limi hisoblansa, ikkinchisi Nasr - (lug'aviy ma'nosi ko'mak, yordam, zafar, g'alaba, sochma asar) deyiluvchi ashula bo'limidir.

Cholg'u bo'limlaridagi kuy yo'llarining har biri mustaqil cholg'u qismlar hisoblanadi. Bular: Tasnif, Tarji, Gardun, Muxammas, va Saqil nomlari bilan yuritiladi. Bu kuylar o'zlari mansub bo'lgan maqomlar nomi bilan qo'shib aytiladi. Masalan, Tasnifi Buzruk, Tarjei Buzruk, Saqili Navo, Samoyi Dugoh, Muhammasi Iroq, Garduni Segoh va hokazo. Shashmaqomning bu cholg'u yo'llari kuy tuzilishi jihatidan juda murakkab va puxta yaratilganligi bilan ajralib turadi.

Shashmaqom turkumida jami 46 ta shaklan tugal kuy namunalari mavjuddir. Jumladan, Buzruk va Rostda - 7 tadan, Navo va Segohda - 8 tadan, Dugohda - 10 ta,

7HC^OK; Pa^aöoB. "Ma^OM^ap", T. 2006 H. 150-6eT.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10/2

educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Iroqda - 6 ta cholg'u asarlar o'zaro taqsimlangan bo'lib quyidagi jadvalda nomlari ko'rsatilgan:

BUZRUKDA ROSTDA NAVODA

1. Tasnifi Buzruk 1. Tasnifi Rost 1. Tasnifi Navo

2. Tarjei Buzruk 2. Garduni Rost 2. Tarjei Navo

3. Garduni Buzruk 3. Muxammasi 3. Garduni Navo

4. Muxammasi Rost 4. Nag'mai Orazi

Buzruk 4. Muxammasi Navo

5. Muxammasi Ushshoq 5. Muxammasi Navo

Nasrulloyi 5. Muxammasi 6. Muxammasi Bayot

6. Saqili Islimiy Panjgoh 7. Muxammasi

7. Saqili Sulton 6. Saqili Vazmin Husayniy

7. Saqili Rag-Rag 8. Saqili Navo

DUGOHDA SEGOHDA IROQDA

1. Tasnifi Dugoh 1. Tasnifi Segoh 1. Tasnifi Iroq

2. Tarjei Dugoh 2. Tarjei Segoh 2. Tarjei Iroq

3. Garduni Dugoh 3. Hafifi Segoh 3. Muxammasi Iroq

4. Peshravi Dugoh 4. Garduni Segoh 4. Saqili Iroq I

5. Samoiy Dugoh 5. Muxammasi 5. Saqili Iroq II

6. Muxammasi Segoh 6. Saqili Kalon

Dugoh 6. Muxammasi

7. Muxammasi Ajam

Chorgoh 7. Muxammasi

8. Muxammasi Hoji Mirzahakim

Xo'ja 8. Saqili

9. Muxammasi Chor Bastanigor

Sarxona

10. Saqili Ashkullo

MUHOKAMA

Cholg'u qismlarning to'liq nomlanishidan shu narsa ayon bo'ladiki, ularning bir qanchasi barqaror bo'lib, deyarli hamma maqomlarda uchraydi. Bulardan ayrimlari bir necha har xil namunalardan iborat. Ba'zi qismlar esa nodir bo'lib, faqat birgina maqomga xos holda uchraydi.8

8"O'zbek xalq musiqa ijodi" 2-qism. T. 2000 y. 28-bet

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10/2

educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Shashmaqom cholg'u yo'llarining hammasi uchun yana bir xos narsa shuki, ularning ichki shakli asosan "xona" va "bozgo'y" deb ataladigan kuy tuzilmalarining tartibli almashinuvi natijasida barpo etiladi.Ular bir yoki bir necha kuy jumlasidan tashkil topishi mumkin.

Xona - uy, xona ma'nosida, ya'ni "kuyni tashkil etgan tovushlar va uning boshqa unsurlari joylashtirilgan xona" ma'nosini bildiradi.

Doimiy yangilanish maqsadida rivojlanuvchi xonalar, tertsiya, kvarta, kvinta, oktava va undan ham balandroq joylashgan pardalarga sakrama harakat orqali ko'tariladi. Keyinchalik peshrav vositasi yordamida asarning bosh pardasiga silliq qaytadi.Buning mantiqiy natijasida takroriy bozgo'yning kuy mavzui kelishi tayyorlanadi.9

Bozgo'y (kuyning qaytarma bo'lagi) esa, kuyning takrorlanadigan qismi (refren) bo'lib, xonaning har bir aylanishidan so'ng qaytariladi. Ko'pincha, kuyda qancha xona bo'lsa, shuncha bozgo'y bo'ladi. Ba'zan bozgo'ylar har bir xonadan keyingina emas, balki ularning bir nechtasidan so'ng yoki birinchi xonadan oldin ham kelishi mumkin.10

Maqomlarning cholg'u yo'llarini tashkil etgan xona va bozgo'ylar kuy xarakatida va ularning rivojlanishida muhim o'rin tutadi. Kuy xonalar vositasi bilan takomillashadi va mazmunan boyiydi. Bozgo'ylar esa, she'riyatdagi aruz shakllarida uchraydigan takroriy misralar - tajribandlar kabi musiqiy fikrni yakunlab, umumlashtirib beradi.

Shashmaqomning cholg'u bo'limidagi asosiylardan birinchisi, balki har bir maqomning bosh cholg'u qismi bo'lmish tasnifdir. Tasnif - arabcha so'z bo'lib, "sinflashgan", "tabaqalashgan", "yaratilgan", kabi ma'nolarni bildiradi.

Shashmaqom majmuasida jami 6 ta tasnif mavjud (7-betga qarang). Barcha tasniflarning parda tuzilmalari hamda kuy mavzulari boshqa-boshqa bo'lsa-da, doira usuli zarblari deyarli bir qolipda. Shu bois uning shakli musiqachilar orasida ko'proq "tasnif usuli" deb yuritiladi. Tasnifning takt-ritm o'lchovi 2 , bo'lib, ular

maqomlardan kuy harakati jarayonida o'zgarmaydi. Tasniflarning doira usullari, asosan, bir xil bo'lsada, ba'zan kuy xarakteriga qarab qisqaroq shaklda ham kelishi mumkin.

Shashmaqom cholg'u yo'llaridan o'rin olgan jamiki cholg'u kuylar xalqimiz ko'nglidan joy olib xalq orasida keng ko'lamda mashhurdir"Shashmaqom cholg'u kuylari xalqimizning turli badiiy-estetik ehtiyojlari uchun xizmat qilib, hatto xalq

9O' sha adabiyot. 31-bet

10HC^OK; Pa^a6oB. "MaKOM^ap", T. 2006 H, 166-6eT.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10/2

educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

shodiyonalarida, to'ylarida, bayramlarida ularning madaniy talablarini qondirib keldi. Shu o'rinda surnaylarda ijro etib kelingan Navo, Dugoh, Segoh va Iroq maqom yo'llarini eslatishning o'zi kifoyadir".11 Shu kabi kuylar inson ruhiyatigaijobiy ta'sir etib, yurakdagi dardlardan forig' etadi. Xissiyotni junbushga keltirib, ko'ngilga malham bo'lishga, chuqur o'y hayollarga toldirish kuchiga egadir. Bunga sabab maqom yo'llarining xalq musiqa boyliklari asosida yaratilganidir.

XULOSA

Shashmaqom cholg'u bo'limidagi kuy yo'llarining eshituvchilarga to'g'ri yetib borishi, ularga zavq va lazzat bag'ishlay olishi uchun cholg'uchi yuksak malakaga ega bo'lishi lozim. Agar maqom yo'llari har tomonlama yuksak-badiiy saviyada ijro etilmasa, shinavandalarga yetib bormasligi ham mumkin.

Ushbu Shashmaqom cholg'u kuylari ham asrlar davomida avloddan-avlodga, ustozdan-shogirdga va nihoyat bus-butun holda bizgacha yetib keldi. Uni ko'z qorachig'imizdek avaylab asrash, ezozlashimiz kerak. Negaki milliy mumtoz musiqa me'rosimizni unutmoqlik bu o'zlikni unutmoqlik bilan barobardir. O'ylaymizki, biz kabi yosh mumtoz musiqa ixlosmandlari bu maqom san'atini puxta o'rganib, kelajak avlodlarga to'laligicha yetkazib beramiz degan, umiddamiz.

REFERENCES

1. И. Ражабов. «Макомлар масаласига доир». Тошкент. 1963 й.

2. «Шашмаком» I жилд., Нотага олувчи: Ю.Ражабий., 1966й.

3. И.Ражабов. «Маком асослари» Тошкент., 1992 у.

4. И.Ражабов. «Макомлар». Тошкент., 2006 й.

5. А.Фитрат. «Узбек классик мусикаси ва унинг тарихи».,Tошкент.1993 й.

6. ОЖатёкубов. «Mакомот». Тошкент., 2004 й.

7. ОЖатёкубов. «Шашмаком сабоклари». Тошкент., 2005 й.

8. И.Ражабов. «Макомлар». Тошкент., 2006 й.

9. ОЖатёкубов. «Шашмаком сабоклари» 3-туплам., Тошкент., 2007 й.

10. Узбекистон миллий энсиклопедияси. V жилд., "М" хдрфи.

11. «Узбек халк музикаси V том» Тупловчи ва нотага олувчи Ю.Ражабий.

12. Arzimatova, I. M. (2020). Spiritual Culture Of Personality And Artistic And Aesthetic Changes. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(11), 160-165.

13. Arzimatova, I. M. (2022). Relationship Of Aesthetic Culture And Spirituality Of Personality. The American Journal of Applied sciences, 3(02), 100-104.

11Ис^ок Ражабов. "Макомлар", Т., 2006 y.,319-бет.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

14. Arzimatova, I. M. (2021). Women's Rights in Government of a Democratic Society. Eurasian Scientific Herald, 2, 23-27.

15. 4. Arzimatova, I. (2022). THE MAIN ASPECTS OF THE MORAL AND AESTHETIC CULTURE OF THE LEADING CADRES IN THE NEW STAGE OF DEVELOPMENT OF SOCIETY. Oriental Journal of Social Sciences, 2(1), 63-72.

16. Arzimatova, I. M. (2021). The Role of the Family Environment in Personal Education. International Journal of Culture and Modernity, 10, 13-17.

17. Arzimatova, I. M., & Muminov, J. (2021). Information Of The Educational Process And Education Of A Developed Generation. The American Journal of Interdisciplinary Innovations Research, 3(04), 36-41.

18. Madimarovna, A. I., & Madaminovich, M. J. (2020, December). The place of aesthetic and artistic culture in the spiritual life of society and the individual.

In Archive of Conferences (Vol. 10, No. 1, pp. 177-178).

19. Madimarovna, A. I. (2020). The Role of Art in Youth's Aesthetic Education. Cross-Cultural Communication, 16(1), 121-123.

20. Madimarovna, A. I., & Madaminovich, M. J. (2020, December). THE ISSUE OF FORMATION OF SPIRITUAL AND MORAL VIRTUES IN YOUNG PEOPLE. In Archive of Conferences (Vol. 10, No. 1, pp. 175-176).

21. Madimarovna, A. I. (2022). The Role of Managers with Modern Knowledge in Improving Management Efficiency. International Journal of Culture and Modernity, 14, 78-81.

22. Arzimatova, I. (2019). Art industry development of society and society culture. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(1), 129-134.

23. Adiljanovna, A. M., Nurullaevna, N. M., Abdumalikovna, Y. D., Sharobidinovich, M. J., Abdujalil Abduvalio'g'li, A., & Behzod Asqaralio'g'li, T. (2021). Academic Yunus Rajabi and His Scientific Heritage. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 9092-9100.

24. Achildiyeva M, Xojimamatov A, Ikromova F (2022) Shashmaqom saboqlari: "Navo" maqomi xususida. INTERNATIONAL JOURNAL FOR ENGINEERING AND MANAGEMENT RESEARCH 11(01) 55-58

25. Achildiyeva M, Ikromova F (2021) ABOUT MAHMUDJON TOJIBOYEVS PEDAGOGICAL ACTIVITY GALAXY INTERNATIONAL

INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ) 9(5) 240-244 26. Achildiyeva M, Ikromova F (2021) TANBUR ONE OF ANCIENT INSTRUMENTS GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ) 9(6) 302-308

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

27. Achildiyeva M, Ikromova F(2022) CHOIR ART IN UZBEKISTAN BOTIR UMIDJONOV (EURASIAN JOURNAL OF HUMANITIES AND SOCIAL SCIENCES 7 54-56

28. Achildieva, M., Ikromova, F., Abutolipova, M., & Khaydarova, O. (2021). THE THIRD RENAISSANCE TOWARDS ASCENDING.

29. Maxfuzakhon Karimova, Muyassarkhon Achildiyeva, Farangiz Ikromova (2021) USE FROM REDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MUSIC LESSONS EUROPEAN SCHOLAR JOURNAL "An open access, peer reviewed multidisciplinary journal" 2 (4) 460-463

30. Achildiyeva, M., & Madalieva, D. (2020). Uyghur folk singing genre. International Journal on Integrated Education, 3(11), 222-226.

31. Ikromova F O'ZBEKISTON XALQ HOFIZI OCHILXON OTAXONOVNING HAYOT YO'LI CHIZGILARI. INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE Vol. 1 No. 3 (2022): 151-156

32. Achildieva, M., & Ikromova, F. (2022). РЕЙНГОЛЬД ГЛИЭР ВА ТОЛИБЖОН СОДЩОВНИНГ «ЛАЙЛИ ВА МАЖНУН» ОПЕРАСИДА МАКОМ ЙУЛЛАРИНИНГ КУЛЛАНИЛИШИ. Science and innovation, 1(C4), 23-28.

33. Xojimamatov, A., & Ikromova, F. (2022). МУСИКДЙ СА^НАВИЙ АСАРЛАРНИНГ ИЖРОЧИЛИК МУАММОЛАРИ (УЗБЕКИСТОН КОМПОЗИТОРЛАРИ ИЖОДИ МИСОЛИДА). Science and innovation, 1(C4), 2933.

34. Ikromova, F. (2022). SHASHMAQOMDA TURKUM ASAR TARONALARI. Science and innovation, 1(C4), 34-37.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.