Научная статья на тему 'SHASHMAQOMNING TALQIN SHO‘BALARI BORASIDA'

SHASHMAQOMNING TALQIN SHO‘BALARI BORASIDA Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
345
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shashmaqom / Saraxbor / maqom / Talqin / Chorgoh / g‘azallar / tarona / lad / o‘lchov / ritm / takt / bozgo‘y. / shashmaqom / Sarakhbor / poppy / Talkin / Chorgoh / gazelles / tarona / fret / measure / rhythm / beat / bozgoy.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — F. Ikromova

Ushbu maqolada Shashmaqom tarkibida Talqin sho‘balari mavjud bo‘lib, bu sho‘balar Iroqdan tashqari hamma maqomlarda bor. Buzrukda Talqini Uzzol, Rostda Talqini Ushshoq, Navoda Talqini Bayot, Dugohda Talqini Chorgoh, Segohda Talqini Segoh deb ataladi. Talqin “nasihat etish” degan ma’noni bildiradi. Shashmaqom shakllanishining boshida Talqin ashula yo‘llariga nasihatomuz she’r va g‘azallar aytilgan, shuning uchun Talqin nomi bilan berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ABOUT THE AREAS OF TALKIN IN SHASHMAQOM

In this article, "Shashmakom" includes the "Talkin" areas that exist in all maqoms except Iraq. In Buzruk it is called Uzzol, in Rost Ushshak, in Navod Bayot, in Dugokh Chorgoh, in Segokh Segokh. Talkin means "to advise". At the beginning of the formation of Shashmaqom, poems and gazelles were written, instructive on the ways of Talkin chants, so they were called Talkin.

Текст научной работы на тему «SHASHMAQOMNING TALQIN SHO‘BALARI BORASIDA»

UIF-2022: 8.2 ISSN: 2181-3337

SHASHMAQOMNING TALQIN SHO'BALARI BORASIDA Farangis Ikromova Yigitali qizi

Farg'ona davlat universiteti "San'atshunoslik" fakultet "Musiqa ta'limi va madaniyati" kafedrasi

Annotatsiya. Ushbu maqolada Shashmaqom tarkibida Talqin sho'balari mavjud bo'lib, bu sho'balar Iroqdan tashqari hamma maqomlarda bor. Buzrukda Talqini Uzzol, Rostda Talqini Ushshoq, Navoda Talqini Bayot, Dugohda Talqini Chorgoh, Segohda Talqini Segoh deb ataladi. Talqin "nasihat etish" degan ma'noni bildiradi. Shashmaqom shakllanishining boshida Talqin ashula yo'llariga nasihatomuz she 'r va g 'azallar aytilgan, shuning uchun Talqin nomi bilan berilgan.

Kalit so'zi: shashmaqom, Saraxbor, maqom, Talqin, Chorgoh, g'azallar, tarona, lad, o'lchov, ritm, takt, bozgo'y.

Аннотация. В этой статье «Шашмаком» включает области «Талкин», существующие во всех макомах, кроме Ирака. В Бузруке он называется Уззол, в Росте -Ушшак, в Наводе - Байот, в Дугохе - Чоргох, в Сегохе - Сегох. Талкин означает «советовать». В начале становления Шашмакома были написаны стихи и газели, поучительные к путям талкинских распевов, поэтому они получили название Талкин.

Ключевые слова: шашмаком, Сарахбор, маком, Талкин, Чоргох, газели, тарона, лад, мера, ритм, такт, бозгой.

Abstract. In this article, "Shashmakom" includes the "Talkin" areas that exist in all maqoms except Iraq. In Buzruk it is called Uzzol, in Rost - Ushshak, in Navod - Bayot, in Dugokh - Chorgoh, in Segokh - Segokh. Talkin means "to advise". At the beginning of the formation of Shashmaqom, poems and gazelles were written, instructive on the ways of Talkin chants, so they were called Talkin.

Keywords: shashmaqom, Sarakhbor, poppy, Talkin, Chorgoh, gazelles, tarona, fret, measure, rhythm, beat, bozgoy.

Shashmaqom tarkibida Talqin sho'balari mavjud bo'lib, bu sho'balar Iroqdan tashqari hamma maqomlarda bor. Buzrukda Talqini Uzzol, Rostda Talqini Ushshoq, Navoda Talqini Bayot, Dugohda Talqini Chorgoh, Segohda Talqini Segoh deb ataladi. Talqin "nasihat etish" degan ma'noni bildiradi. Shashmaqom shakllanishining boshida Talqin ashula yo'llariga nasihatomuz she'r va g'azallar aytilgan, shuning uchun Talqin nomi bilan berilgan. Bundan tashqari, Sharq xalqlari musiqasida Talqin nomi bilan yuritiluvchi doira usuli ham bor. Demak, bu sho'balarga Talqin doira usulida nasihatomuz g'azallar vositasida ijro etiladigan ashula yo'llari, deya ta'rif bersak bo'ladi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Talqinlarning "nasihatomuz" mazmuni XIX asrda tuzilgan va Shashmaqomda aytiladigan she'r to'plamlarida ham o'z aksini topgan. Talqinlarning takt-ritm o'lchovi va doira usuli nimchorak va uchchorak yoki aksincha joylashtirtilgan tartibdagi o'lchovda bo'ladi. Bu doira

3-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6902860

ОБ ОБЛАСТЯХ ТАЛКИН В ШАШМАКОМЕ

ABOUT THE AREAS OF TALKIN IN SHASHMAQOM

KIRISH

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

usuli Sharq xalqlaridan ko'proq o'zbek xalq musiqasiga xos o'lchov. Talqinlarga asosan, "Ramali musammani mahzuf' vaznidagi she'rlar aytiladi. Talqin sho'balari maqomlarning sanoqli, ulug'vor va murakkab usuldagi ashula yo'llaridan. Ular o'zining kuy qiyofasi, tarkibiy qismlari va kuy yo'nalishidagi harakati jihatidan Nasrlar va Ufarlar bilan hamohang.

TADQIQOT NATIJALARI

Doira usullarining har-xilligi sababli Talqin, Nasr va Ufarlar bir-birlaridan farq qiladi va bu hol ularda ohang o'zgarishlariga ham olib keladi. Shuning uchun ham Segohdan tashqari hamma maqomlarda Talqinlar o'sha sho'balar nomi bilan qo'shib aytiladi.

Talqini Uzool - Nasri Uzzol - Ufari Uzzol;

Talqini Ushshoq - Nasri Ushshoq - Ufari Ushshoq;

Talqini Bayot - Nasri Bayot - Ufari Bayot;

Talqini Chorgoh - Nasri Chorgoh - Ufari Chorgoh;

Talqini Segoh - Nasri Segoh - Ufari Segoh.

Talqin, Nasr, Ufarlar bir-birining ma'lum doira usuliga tushirilgan ritmik variantlari bo'lib, ular kuy mavzui va harakati nuqtai nazaridan doim bir-birlariga hamohang. Talqinlarning qiyofasi, doira usuli murakkab bo'lishiga qaramay, ular xalqchil, yoqimli, jozibali ashula yo'li, ayniqsa Shashmaqom ashula bo'limining ikkinchi qismiga kiruvchi sho'balardagi talqincha shakllari xalq orasida keng tarqalgan.

Talqinlarning taronalari uchun ko'pincha Saraxbor taronalarining ma'lum variantlaridan ham foydalaniladi. Har bir maqomda Talqin yo'llarining bittadan Taronasi bo'lib, ular Nasrlarga o'tishda suporishlar vazifasini o'taydi.

Odatda, Saraxbor va Talqinlar Taronalari bilan ijro etilgandan so'ng Nasrlarga o'tiladi. Nasrlar Shashmaqom ashula bo'limiga eng ko'p sonni tashkil etuvchi sho'balar hisoblanadi. Ular har bir maqomda uchraydi va 14 ta.

Buzruk - Nasrulloyi, Nasri Uzzol;

Rost - Nasri Ushshoq, Navro'zi Sabo;

Navo - Nasri Bayot. Orazi Navo, Husayniy Navo;

Dugoh - Nasri Chorgoh, Orazi Dugoh, Husayniy Dugoh;

Segoh - Nasri Segoh, Navro'zi Xoro, Navro'zi Ajam;

Iroq - Muhayyari Iroq.

MUHOKAMA

Nasr so'zi "ko'mak" yoki "zafar" ma'nolarida ishlatiladi. Nasrlarning asl mohiyatiga qarab o'tmishda zafar ashulasi sifatida qo'llanilgan, degan fikrga kelish mumkin. Nasrlarning o'lchovi olti-chorak. Nasrlar ijrosi uchun maqomdon ustozlar turli vazndagi she'rlar tanlaganlar. Bunda ko'proq "Hazaji musammani solim" she'r vazni mashhur, o'lchovi: mafoilun-mafoilun-mafoilun-mafoilun shaklida Nasr yo'llarining ba'zilari Talqinlar, Ufarlar bilan hamohang va ular bir-biriga ma'lum ritmik variatsiya ekani haqida yuqorida aytib o'tgan edik. Lekin ba'zan Nasrlar tarkibida mavjud bo'lgan namudlar Talqin yoki Ufarlarda tushib qolishi mumkin. Demak, Nasrlar hajm jihatidan ham yirik shakldagi ashula yo'llaridir. Masalan, Rost maqomidagi Nasr yo'llaridan Navro'zi Sabo sho'basi o'zining tarkibiy unsurlarining ko'pligi va murakkabligi bilan tavsiflanadi. Bu murakkab sho'ba uch xat ashula jumlalari bilan boshlanib, miyonparda jumlasiga, dunasr orqali Namudi Segoh, Namudi Navo, Namudi Orzaga o'tadi,

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

miyonparda orqali o'zining boshlagan pardasiga qaytib tushadi. Nasrlarning Taronalari ham Saraxbor va Talqin Taronalari tartibida ishlangan va ulardagi kabi vazifani bajaradi. XULOSA

Shashmaqom ashula bo'limining birinchi qismi tamomlanishida aytiladigan Ufarlar ma'lum narsalardan ritmik musiqiy tuzilma sifatida ishlangan. Shu bois ham Ufar har bir maqomda bor: Buzrukda Ufari Uzzol, Rostda Ufari Ushshoq, Navoda Ufari Bayot, Dugoh maqomida Ufari Chorgoh, Segohda Ufari Segoh, Iroqda Ufari Muhayyari Iroq. Ufarlarning doira usuliga tushirilgan ashula yo'llari doimo ritmik variatsiya bo'lib qolmaydi, balki, boshqa doira usuliga tushganidan keyin harakatidagi o'ziga xos qonuniyatlariga bo'ysundirilib, juda katta o'zgarishlarga uchraydi. Ayniqsa, bu Ufari Iroqda juda sezilarli.

Ufarning lug'aviy manosi shuki, "ifor" - "is hidi" ma'nosini bildiradi. Majozan Ufarlar -maqomlar yakunlangandan keyin ularning hushbo'y hidi, ifori, degani. Musiqa nazariyasiga bag'ishlangan manbalarda Ufar doira usulining nomi, deb ko'rsatilgan. Xalq orasida bu nom Ufar doira usulidagi sho'x, yengil kuylarga nisbat berilgan, xalq kuy va ashula yo'llaridan ularning doira usuli maqomlardagiga nisbatan yengilroq ijro etiladi. Shashmaqomdagi Ufarlarning kuy qiyofasi Nasr yoki Talqin sho'balaridagi kabi murakkab, Nasr yoki Talqinlarda mavjud bo'lgan kuy bo'laklari va namudlari ularning Ufarlarida ham uchraydi. Nasr, Talqinlarning kuy tuzilishi, harakati, tarkibiy unsuri Ufarlarda variatsiyalar shaklida olingan. Doira usuli Ufar usuliga olinishi bilan kuy murakkabligiga qaramay, raqs kuylari sifatida yengillashadi. Ular maqom turkumlarining eng so'nggi qismi bo'lsa-da, ulardan keyin har bir maqomning suporishlari ijro etiladi. Ufarlardan keyin keluvchi suporishlar Sraxborlarning ma'lum qismidir. Demak, quyidagi tizimga asosan: Saraxbor-Taronalar-Suporish-Talqin-Suporish-Nasr-Taronalar-Ufarlar.

REFERENCES

1. I.Rajabov. "Maqom asoslari". T. 1992 y.

2. R.Yunusov. "O'zbek xalq musiqa ijodi". II qism. T. 2000 y.

3. O.Matyoqubov. "Maqomot". Musiqa. T. 2004 y.

4. Ф.Кароматов. Эльснер Ю.Макамы. М. 1984 г.

5. R.S.Abdullayev. O'zbek mumtoz musiqasi. O'quv qo'llanma. Toshkent: «YANGI NASHR» nashriyoti, 2008-y.

6. M.Achildiyeva 2021 Academic Yunus Rajabi and His Scientific Heristage Annals of Romanian Society for Cell Biology 25(4) 9092-9100

7. Achildiyeva M, Xojimamatov A, Ikromova F (2022) Shashmaqom saboqlari: "Navo" maqomi xususida. INTERNATIONAL JOURNAL FOR ENGINEERING AND MANAGEMENT RESEARCH 11(01) 55-58

8. Achildiyeva M, Ikromova F (2021) ABOUT MAHMUDJON TOJIBOYEVS PEDAGOGICAL ACTIVITY GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ) 9(5) 240-244

9. Achildiyeva M, Ikromova F (2021) TANBUR ONE OF ANCIENT INSTRUMENTS GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ) 9(6) 302-308

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

10. Achildiyeva M, Ikromova F(2022) CHOIR ART IN UZBEKISTAN BOTIR UMIDJONOV (EURASIAN JOURNAL OF HUMANITIES AND SOCIAL SCIENCES 7 54-56

11. Achildiyeva M, Ikromova F (2021) "The third renaissance towards ascending" EUROPEAN SCHOLAR JOURNAL "An open access, peer reviewed multidisciplinary journal" 2 (9) 17-20

12. Maxfuzakhon Karimova, Muyassarkhon Achildiyeva, Farangiz Ikromova (2021) USE FROM REDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MUSIC LESSONS EUROPEAN SCHOLAR JOURNAL "An open access, peer reviewed multidisciplinary journal" 2 (4) 460-463

13. Achildiyeva M, Xojimamatov A,Yuldasheva D, Ikromova F (2021) Uyghur Folk Singing Genre Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry 12 (10) 3510-3515

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.