UIF-2022: 8.2 ISSN: 2181-333
SHASHMAQOMDA TURKUM ASAR TARONALARI Farangis Ikromova Yigitali qizi
Farg'ona davlat universiteti "San'atshunoslik" fakulteti "Musiqa ta'limi va madaniyati"
kafedrasi 3-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6895684 Annotatsiya. Ushbu maqolada maqom taronalari xususida avval ijod etgan musiqashunoslar o'z asarlarida fikr-mulohazalar bildirganlar, biroq ular hali-hanuz to'la yoritilmagan. Taronalar hajman yirik sho'balarga nisbatan oddiy ko'rinsa-da, ularsiz maqomlar to'la turkum tarzida ijro etila olinmaydi. "Tarona" so'zining asl ma'nosi "qo'shiq, ashula" degani.
Kalit so'zlar: shashmaqom, saraxbor, maqom, tarona, lad, o'lchov, ritm, takt, bozgo'y.
Аннотация. В данной статье музыковеды, ранее создававшие макам таронас, высказали в своих произведениях свое мнение, но они еще не были полностью освещены. Хотя тароны кажутся простыми по сравнению с крупными ответвлениями, без них макамы не могут исполняться в стиле полноценного ряда. Первоначальное значение слова «Тарона» — «песня, песня».
Ключевые слова: шашмаком, сарахбор, статус, тарона, лад, мера, ритм, такт,
бозгой.
Abstract. In this article, musicologists who previously created maqam taronas expressed their opinion in their works, but they have not yet been fully covered. Although the tarons seem simple compared to the large branches, maqams cannot be performed in the style of a full row without them. The original meaning of the word "Tarona" is "song, song".
Keywords: shashmaqom, sarahbor, status, tarona, mode, measure, rhythm, beat, bozgoy.
Shashmaqom-jahon madaniyatining bebaho me 'rosi. Undan har bir inson, irqi va e 'tiqodidan qat'iy nazar, o'z qalbiga yarasha go'zallik topishi mumkin. Markaziy osiyo xalqlarining o'tmishi, hozirgi va kelajak musiqiy madaniyatini Shashmaqomsiz ko'zga keltirish mumkin emas.
Maqom taronalari xususida avval ijod etgan musiqashunoslar o'z asarlarida fikr-mulohazalar bildirganlar, biroq ular hali-hanuz to'la yoritilmagan. Taronalar hajman yirik sho'balarga nisbatan oddiy ko'rinsa-da, ularsiz maqomlar to'la turkum tarzida ijro etila olinmaydi. "Tarona" so'zining asl ma'nosi "qo'shiq, ashula" degani. Maqomlarda u turli shakl, xarakterdagi asardir. Taronaning birinchi vazifasi - asosiy qismlarni bir-biriga bog'lab beradi, ikkinchi vazifasi asosiy lad tuzilmaga olib keladi va uchinchi vazifasi hofiz dam olish uchun qo'llanishdan iborat. Taronalarning tuzilishi vaqt o'tishi bilan o'zgarib borgan. Taronalar borasida ko'pgina allomalar - S.Urmaviy, Sheroziy, Marog'iy, Kavkabiy, Darvish ali Changiy, keyinroq Fitrat, Is'hoq Rajabovlar o'z risolalarida Taronalar davr o'tishi bilan sezilarli o'zgarganini aytib o'tganlar. Xorazm maqomi Taronalari Shashmaqom Taronalaridan ancha yirik ekanini maqomdon ustoz O.Matyoqubov ta'kidlab o'tadi.
МЕЛОДИИ СЕРИИ ПРОИЗВЕДЕНИИ В ШАШМАКОМЕ
MELODIES OF A SERIES OF WORKS IN SHASHMAQOM
KIRISH
Mutal Burxonov
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022
ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4
F.Karomatov va Y.Elsner kabi yirik musiqashunoslar o'z ilmiy asarlarida Taronalarda Saraxbor sho'basi ta'siri juda muhim ekanligi, aniqrog'i, muayyan Taronaning lo'nda kuy jumlalarida Saraxborning alohida xarakterli xususiyatlarini kuzatish mumkinligini aytib o'tadilar. Boshqa olimlar ham Taronalar haqida o'z qarashlarini asarlarida aytib o'tganlar. Umuman olganda bir mavzuga turlicha nuqtai nazar bilan yondashgan har bir muallif xulosalarini qiziqarli ilmiy farazlar, deya qabul qilish ma'qul tuyuladi.
TADQIQOT NATIJALARI
Tarona, Qavl, Savt, Amal kabi kuy shakllari mavjudligini XV asrda Marog'iy ta'kidlab o'tgan. Shundan Tarona Navba nomli to'rt qismli turkumning uchinchi qismi sanalgan. Unda muqaddima hamda "bozgo'y" qo'llanilishi majburiy, nola va qochirimlar ixtiyoriy sanalgan. XVII asrda yashab ijod etgan Darvish Alining risolasida ham mazkur ma'lumotlar bor, biroq Tarona toifasiga kiruvchi musiqiy shakllar xususida bir qator tafovutlar mavjud. Taronasifat kuy tuzilishiga o'xshash kuy tuzilmalari: Qavl, Kor, Amal, Savt, Naqsh, Sat', Zarbayn, Rexta kabilardir. Afsuski, ular haqida to'liq ma'lumotlar bizgacha yetib kelmagan.
Taronalar turli shakl, harakterdagi asarlar ekani aytib o'tildi. Uning murakkab sho'balardan farqi nafaqat kuyining sodda tuzilishi, kichikroq diapazonga ega ekanligida, balki, she'r matni fors-tojik tilida barmoq vaznidagi xalq so'zlariga bog'liq tarzda ijro etilishida. Ayrim Taronalardagina mumtoz shoirlarning aruz vaznidagi she'rlaridan foydalanilgan. She'riyatda ruboiy shaklida yozilgan to'rtlik Tarona deyiladi va barcha misralar bir-biriga qiyofadosh bo'ladi.
MUHOKAMA
Shashmaqom Taronalari usul jihatidan XIX asrning oxirlariga qadar bir jarayonni namoyon etgan bo'lsa, XX asrning oxirlariga kelib ijrochi-ijodkorlar sa'y-harakati bois birmuncha boshqa ko'rinishga ega bo'ldi.
Maqomlarning Saraxborlari ijro etilgandan so'ng, ularning Taronalariga o'tiladi. Saraxborlar boshqa sho'balarga qaraganda ko'pgina Taronalarga ega. Taronalar Buzruk, Dugoh va Iroq maqomlari Saraxborlarida 6 tadan, Saraxbori Rostda 4 ta, Saraxbori Navoda 2 ta, Saraxbori Segohda 7 ta.
Saraxborlarning Taronalarida xalq kuylari unsurlari ko'p uchraydi. Taronalar maqom ashula bo'limining birinchi qismidagi sho'balardan so'ng ijro etiladigan kichik shakldagi ashula bo'lib, raqamlar bilan ajratiladi. Taronalarda % takt-ritm o'lchovi juda ko'p ishlatiladi. Shu o'lchovdagi doyra usuli quyidagicha:
UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022
ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4
Saraxborlarning Taronalarida Talqin, Chapandoz doyra usuli ko'p ishlatilgan. Saraxborlardagi oxirgi Taronalar Talqinlarga o'tish vazifasini o'taydi.
Murakkab 3/4, 4/4 Uikt-rilin olchovidagi doira usuli Saraxbori Rogfcfag lu
XULOSA
Taronalarning xususiyatlarida yan biri ularning ko'pchiligi yakka holda ma'lum bir ashula qiyofasini to'laligicha qoplay olmaydi. Ular ketma-ket ijro qilinib, bir-birini to'ldiradi. Bu nafaqat Saraxbor Taronalarida, balki, Talqin, Nasr taronalariga ham xos. Talqin Taronalarida Saraxbor Taronalari variantlari ko'p. Har bir maqomda Talqin yo'llarining bittadan Taronasi bor, ular ba'zan Nasrlarga o'tishda suporishlar vazifasini o'taydi. Talqini Uzzol va Talqini Bayot Taronasidan keyin suporishlar keladi. Talqini Ushshoq, Talqini Chorgoh, Talqini Segohlarda Taronalarning o'zi suporish vazifasini o'taydi. Suporishlar va so'nggi Taronalarning takt-ritm o'lchovi, doyra usuli bir xil, ulardan keyin ijro etiladigan Nasr sho'balari doyra usulidadir. Nasrlarning Taronalari ham Saraxbor, Talqin taronalari tartibida ishlangan, shu funksiyani bajaradi. Nasr sho'balarining ko'pida Taronalar mavjud bo'lsada, ayrim Nasr sho'balarida, jumladan, Navro'zi Sabo, Husayniylar, Nasri Segoh va Nasri Uzzolda Taronalar uchramaydi.
REFERENCES
1. O.Matyoqubov. "Maqomot". Musiqa. -T,: 2004 yil.
2. Ф.Кароматов. Ю.Эльснер. Макам и маком. М. 1984.
3. Ш.Ойхужаева "Маком тароналари"// УзДК тах,рир-нашр. Т. 2011.
4. I.Rajabov. "Maqomlar". San'at. -T,: 2006 yil.
5. R.S.Abdullayev. O'zbek mumtoz musiqasi. O'quv qo'llanma. Toshkent: «YANGI NASHR» nashriyoti, 2008-y.
6. M.Achildiyeva 2021 Academic Yunus Rajabi and His Scientific Heristage Annals of Romanian Society for Cell Biology 25(4) 9092-9100
7. Achildiyeva M, Xojimamatov A, Ikromova F (2022) Shashmaqom saboqlari: "Navo" maqomi xususida. INTERNATIONAL JOURNAL FOR ENGINEERING AND MANAGEMENT RESEARCH 11(01) 55-58
8. Achildiyeva M, Ikromova F (2021) ABOUT MAHMUDJON TOJIBOYEVS PEDAGOGICAL ACTIVITY GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ) 9(5) 240-244
9. Achildiyeva M, Ikromova F (2021) TANBUR ONE OF ANCIENT INSTRUMENTS GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ) 9(6) 302-308
10. Achildiyeva M, Ikromova F(2022) CHOIR ART IN UZBEKISTAN BOTIR UMIDJONOV (EURASIAN JOURNAL OF HUMANITIES AND SOCIAL SCIENCES 7 54-56
UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022
ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4
11. Achildiyeva M, Ikromova F (2021) "The third renaissance towards ascending" EUROPEAN SCHOLAR JOURNAL "An open access, peer reviewed multidisciplinary journal" 2 (9) 17-20
12. Maxfuzakhon Karimova, Muyassarkhon Achildiyeva, Farangiz Ikromova (2021) USE FROM REDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MUSIC LESSONS EUROPEAN SCHOLAR JOURNAL "An open access, peer reviewed multidisciplinary journal" 2 (4) 460-463
13. Achildiyeva M, Xojimamatov A,Yuldasheva D, Ikromova F (2021) Uyghur Folk Singing Genre Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry 12 (10) 3510-3515