CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. FARG'ONA-TOSHKENT MAQOM YO'LLARI HAQIDA
NOROVA SHOIRA UMRZOQOVNA
Buxoro davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti Musiqa ta'limi kafedrasi katta o'qituvchisi E-mail: [email protected]
ANNOTATSIYA
Milliy musiqiy ijrochiligimiz uch asosiy yo'nalishda, ya'ni Xorazm - Buxoro -Farg'ona ijrochilik maktablari zamirida rivojlanganligi barchamizga ma'lum. Har bir voxa xalqining etnik joylanishi, urf-odatlari, mahalliy mentaliteti, yashash turmush tarzi zamirida o'ziga xos musiqiy ijrochilik uslublari ham mavjuddir. O'n ikki maqom asosida Shoshmaqom yaratilganligi, Shashmaqom zamirida bastakorlarimiz tomonidan bir-biridan go'zal cholg'u va ashula yo'llari yaratilganligi aniq manbalar asosida bizgacha yetib kelgan. Farg'ona-Toshkent maqom yo'llari ana shunday mashhur ijrolarning mahsulidir.
Kalit so'zlar: voxa, etnik, urf-odatlari, mahalliy, mentalitet, musiqiy, uslub, bastakor, go'zal, cholg'u, ashula.
"Dugoh Xusayniy", "Shaxnozi Gulyor", "Bayot", "Chorgoh" ijrolari turkum sifatida mashhur bo'lganligi sababli "Chormaqom" (to'rt maqom) deb ham yuritiladi. Farg'ona, Toshkent, Samarqand vohalarida, Qozog'istonning Chimkent viloyatida va boshqa shaharlarda Shashmaqom asosida turli shakllardagi cholg'u va ashula yo'llari yaratilganligi ma'lum. Shular jumlasidan mashhur cholg'u asarlar: besh qismli Nasrulloyi, Munojot turkumi, Cho'li Iroq, Navoning bir necha cholg'u namunalari, Navro'zi Ajam, Ajam va uning taronalari, Ilg'or, Miskin va Adoyining besh qismli turkumi, ikki qismli Mirzadavlat, Madalibek, Beksulton, Cho'li Qurd, Sayqal, Suvora yo'lari, Mushkuloti Dugoh va uning Ufari, Dutor Bayoti, O'yin Dugohi, Rost Panjgoh Qashqarchasi, Dilhiroj, Mushkuloti Segoh va uning Ufari, patnisaki uslubda chalinadigan Dugoh, Segoh va Ushshoq namunalari Qari Navo, Surnay yo'llaridan Buzruk, Navo, Iroq, Dugoh, Dugohi Xusayniy, Nasrulloyi, Chorgoh, Mustahzod, Dashti Navo kabi o'nlab kuylar mahalliy bastakorlar tomonidan maqomlar asosida yaratilgan bo'lib, musiqiy madaniyatimizning bebaho durdonalari sanaladi.
Yuqoridagi sanab o'tilgan cholg'u yo'llari turkumli va yakka-yakka ijro etiladigan kuylardan iboratdir. Farg'ona-Toshkent maqomlarining ashula variantlari ham turkum va yakka tarzda ijro etiladigan ashulalar bo'lib, juda katta ko'rinish hosil qiladi. Turkum sifatida keladigan mashhur ijrolar quyidagilardir:
"Bayot" I, II, (II), III (III), IV, V.
"Chorgoh" I, II, III (III), IV, V, VI.
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.
"Dugoh Xusayniy" I,II,(II), III (tarona), IV (IV), V, VI, VII.
"Shaxnozi Gulyor" I, II, III, IV, V.
(Qavs ichida ko'rsatilganlari qo'shimcha variant ijrolaridir).
Ushbu turkum ijrolarga qisqacha sharh berib o'tamiz. Bayot I-Navo maqomining Bayot sho'balari asosida yaratilgan va shu sho'bada uchraydigan avjlar va namudlar ma'lum darajada saqlanib qolgan. Bayot II-Navo maqomidagi Nasri Bayotning II-III taronalari kuy tuzilishi va harakati shakli bilan bir xillik kuzatiladi. Bayot III, IV, V kuy tuzilishi, shakli jihatdan oldingi qismlardan keskin farq qiladi. Ular Bayot I, II ijrolarining daromad boshlanish pardasidan besh parda, ya'ni Kvinta yuqoriga ko'tarib ijro etiladi. Lekin ijro tugashida yana daromad pardaga qaytiladi. Shu bilan Bayot turkumining to'liq ijrosi aniq boshlanish va tugallanish pardasiga ega bo'ladi. Yana bir mashhur ijro turkumi bo'lgan Chorgoh esa Dugoh maqomidagi Sarahbori Dugoh, Talqini Chorgoh, Nasri Chorgoh, Savti Chorgoh sho'hbalar asosida yaratilgan. Chorgoh 1 da Sarahbori Dugohning doira usuli, ashula ijrosi, she'r o'lchovi va tushirish qismlari Savti Chorgoh shahobchalarining ma'lum ko'rinishidir. Chorgoh III ning ashula ijro yo'li Savti Chorgohga hamohangdir. Chorgohning IV, V, VI shahobchalari har xil doira usuli bilan ijro etiladigan bir xil ko'rinishlardir.
Farg'ona - Toshkent maqom yo'llaridan biri Dugoh Xusayniy turkumi, Shashmaqomdagi Xusayniy Dugoh asosida yaratilgan bo'lib, keyingi sho'balardan va taronalaridan foydalanilgan. Dugoh Husayniyning I-qismi Saraxbor, ikkinchi qismi Savti, keyingilari Qashqarcha usullarida ijro etiladi va Ufar, Suporish bilan tugallanadi. Dugoh Xusayniyning hamma shaxobchalari xalq orasida keng tarqalgan. Farg'ona-Toshkent ijrochilik yo'llarida "Shaxnozi-Gulyor" ashulalar turkumi ham juda mashhurdir. "Shaxnozi Gulyor" Rost maqomi ashula yo'llari asosida yaratilgan bo'lib, birinchisi Gulyor, ikkinchisi Shaxnoz, uchinchisi Chapandozi Gulyor, to'rtinchisi Ushshoq, beshinchisi Qashqarchai Ushshoq nomlari bilan mashhurdir. Birinchi Gulyor Saraxbor usulida, Shahnoz - tarona usulda, uchinchisi - Chapandoz, to'rtinchisi -Saraxbor, beshinchisi - Qashqarcha doyra usullarida ijro etiladi. "Shaxnozi Gulyor" o'z tuzilishi jihatdan Bayot, Chorgoh, Dugohi Xusayniy turkumlaridan tubdan farq qiladi. Farg'ona - Toshkent maqom yo'llarida yana bir mashhur ijrolardan biri Rost maqomi sho'balari asosida yaratilgan Ushshoq turkumlaridir. Ushshoqning besh xil yo'li bo'lib, har biri alohida yakka ashula sifatida ijro etiladi. Ularning kuy tuzilishi, ohangi bir xil bo'lsada, shaklan sal bir-biridan farqi bilan ajralib turadi. Ushshoq ijrolarida Uzzol sho'basining ohanglari daromadda, namudlari avjlarda ishlatilgan. Ushshoq ijrolarining birinchisi qolganlaridan besh parda yoki kvinta ko'tarilib ijro etilishi bilan farqlanadi. So'nggi qatordan daromadga tushiladi va daromad pardadan keyingi Ushshoqlar boshlanadi. Uvaysiy g'azali bilan aytiladigan Ushshoq Farg'ona vodiysi va Toshkentda mashhur bo'lgan. Farg'ona-Toshkent ijrochiligida quyidagi turkum ijrolar ham mashhurdir: buzruk maqomi sho'balari bilan hamohang
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. Abdurahmonbegi I - II va uning Ufari, marg'ilonlik Madali hofiz tomonidan 7 ta
ijrogacha to'ldirilgan bo'lib, Farg'ona vodiysida "Madalibegi" deb ham yuritilgan.
Farg'ona-Toshkent ijrochiligida o'ziga xos ijro maktabiga ega bo'lgan katta ashula ijrosidir. Katta ashula mashhur ijro yo'li bo'lib, Farg'ona vodiysida, qisman Toshkentda ijro etiladi. Katta ashula ikki, uch, ba'zan to'rt hofiz tomonidan aytiladi. Patnisaki katta ashula deb ham yurtiladi. Ashula so'zlari ijro yo'nalishiga qarab bo'lib olinadi va ma'lum joylarda birga kuylanadi va birga tamomlanadi. "Rabbano dodimga yet", "Aylansin quling", "Bir kelsun", "Shafoat", "Adashganman", "Ey dilbari jononim", "Yovvoyi Chorgoh" singari patnisaki ashulalar juda mashhurdir. Keyinchalik "Bog' aro", "Kirib bo'stonni kezdim", "Kanolim", "O'zbekistonim" kabi katta ashulalar ham shu qatorga qo'shiladi. Hamroqul qori To'raqulov, Xolqora hofiz, Erka qori Karimov, Haydarali Hikmatov, Sherqo'zi Boyqo'ziev, Boltaboy Rajabov, Mamadbobo Sattorov, Jo'raxon Sultonov singari mashhur hofizlar katta ashula bobida dong taratganlar.
Xulosa qilib aytganda, o'zbek musiqiy sanhatida Farg'ona-Toshkent ijrochilik maktabi alohida o'rin tutadi. Bu maktabning musiqiy va ashula ijrochiligi aniq uslubga, doyra usuliga, musiqiy tuzilmasiga egadir. Bu an'ana davom etmoqda va hozirda ham xalq bastakorlari ijodlarining samarasi bilan Farg'ona-Toshkent ijrochilik yo'llari boyib bormoqda. Ushbu ijroni amalga oshiradigan sozanda va hofizlar ham yetishib chiqmoqda.
BOOKS
1. Норова Шоира Умрзаковна ОБУЧЕНИЕ СТУДЕНТОВ В ДУХЕ УВАЖЕНИЯ К НАЦИОНАЛЬНЫМ ЦЕННОСТЯМ ПОСРЕДСТВОМ МУЗЫКАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ // Наука, техника и образование. 2021. №22 (77).
2. Shoira Umrzoqovna Norova MUSIQA MADANIYATI DARSLARINING XUSUSIYATI VA TUZILISHI // Scientific progress. 2021. №5.
3. Norova Shoira Umurzoqovna. (2021). METHODS OF PERFORMANCE BY MUSICAL INSTRUMENTS. European Scholar Journal, 2(9), 55-56.
4. Норова Шоира Умрзаковна, Хазратова Камола Нусратиллаевна РОЛЬ ОБРАЗОВАНИЯ В ПОДГОТОВКЕ КВАЛИФИЦИРОВАННЫХ СПЕЦИАЛИСТОВ // Academy. 2021. №2 (65).
5. Норова Шойра Умрзаковна ВЗАИМОЗАВИСИМОСТЬ СОЦИАЛЬНОЙ СРЕДЫ И ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО ПРОЦЕССА И ИХ ВЛИЯНИЕ НА ЛИЧНОСТЬ СТУДЕНТА // Вестник науки и образования. 2020. №21-2 (99).
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.
6. Norova, S. U. "Imam Abu Hamid Al-Ghazali. Teacher-Student Coaching Relations." The American Journal of Social Science and Education Innovations 3.01 (2021): 441-445.
7. Рахматова Маляхат Обидовна, Холикова Мохичехра Бахриллоевна МЕХАНИЗМ РАЗВИТИЯ МУЗЫКАЛЬНЫХ СПОСОБНОСТЕЙ УЧАЩИХСЯ МУЗЫКАЛЬНЫХ И ХУДОЖЕСТВЕННЫХ ШКОЛ // Academy. 2021. №3 (66).
8. THE IMPORTANCE OF USING PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN SPECIAL EDUCATIONAL SCHOOLS М.Ё . Умурова - Вестник науки и образования, 2020
9. Норова Шойра Умрзаковна ПОВЫШЕНИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ ПУТЕМ ПОДГОТОВКИ МОЛОДЕЖИ К ХОРОВОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ // Наука, техника и образование. 2020. №10 (74)
10. Рахматова Малохат Обидовна, Шодиева Гулхаё Абдурашит Кизы МУЗЫКАЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ ПО МЕТОДИКЕ УОРДА (WARD) // Проблемы науки. 2021. №1 (60).
11. Mumtoz Musiqalarni Yaratishda Bastakorlik Ijodiyoti Educational Process Legislation and Principles and their Use in Student Practice SU Norova, T Mukhamedov - International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 2020
12. Рамазонова Угилой Холмуродовна, Эсанова Махлиё Жамиловна ПОДГОТОВКА МОЛОДЫХ ПЕВЦОВ К АНСАМБЛЕВОМУ ВЫСТУПЛЕНИЮ // Наука, техника и образование. 2021. №2-1 (77).
13. Norova Shaira Umirzakovna Ways To Improve Learning Efficiency Using Innovative Technologies Web of Scientist: International Scientific Research Journal. - 2021. - Т. 1. - №. 01. - С. 41-47.
14. Рамазонова Угилой Холмуродовна, Сайфуллаева Окила Мукимовна РАЗВИТИЕ ЧУВСТВА РИТМА У ДЕТЕЙ // Проблемы науки. 2021. №1 (60)
15. THE ROLE OF DUTOR'S INSTRUMENT IN PEOPLE'S PERFORMANCE SU Norova - Web of Scientist: International Scientific Research ..., 2022/1/9
16. Норова Шойра Умрзаковна, Наимов Темур Джахонгир Оглы Воспитательное значение классических музыкальных произведений в образовании студентов // Academy. 2020. №5 (56)
17. Норова, Ш., and Ф. Нуруллаев. "Психология музыкальных дидактических игр на интегрированных занятиях." Вестник интегративной психологии 17 (2018): 295-299.
18. Норова Шоира Умрзаковна ОБУЧЕНИЕ СТУДЕНТОВ В ДУХЕ УВАЖЕНИЯ К НАЦИОНАЛЬНЫМ ЦЕННОСТЯМ ПОСРЕДСТВОМ МУЗЫКАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ // Наука, техника и образование. 2021. №22 (77).
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.
19. Shoira Umrzoqovna Norova MUSIQA MADANIYATI DARSLARINING XUSUSIYATI VA TUZILISHI // Scientific progress. 2021. №5.
20. Norova Shoira Umurzoqovna. (2021). METHODS OF PERFORMANCE BY MUSICAL INSTRUMENTS. European Scholar Journal, 2(9), 55-56.
21. Норова Шоира Умрзаковна, Хазратова Камола Нусратиллаевна РОЛЬ ОБРАЗОВАНИЯ В ПОДГОТОВКЕ КВАЛИФИЦИРОВАННЫХ СПЕЦИАЛИСТОВ // Academy. 2021. №2 (65).
22. Норова Шойра Умрзаковна ВЗАИМОЗАВИСИМОСТЬ СОЦИАЛЬНОЙ СРЕДЫ И ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО ПРОЦЕССА И ИХ ВЛИЯНИЕ НА ЛИЧНОСТЬ СТУДЕНТА // Вестник науки и образования. 2020. №21-2 (99).
23. Norova, S. U. "Imam Abu Hamid Al-Ghazali. Teacher-Student Coaching Relations." The American Journal of Social Science and Education Innovations 3.01 (2021): 441-445.
24. Рахматова Малaхат Обидовна, Холикова Мохичехра Бахриллоевна МЕХАНИЗМ РАЗВИТИЯ МУЗЫКАЛЬНЫХ СПОСОБНОСТЕЙ УЧАЩИХСЯ МУЗЫКАЛЬНЫХ И ХУДОЖЕСТВЕННЫХ ШКОЛ // Academy. 2021. №3 (66).
25. THE IMPORTANCE OF USING PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN SPECIAL EDUCATIONAL SCHOOLS М.Ё . Умурова - Вестник науки и образования, 2020
26. Норова Шойра Умрзаковна ПОВЫШЕНИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ ПУТЕМ ПОДГОТОВКИ МОЛОДЕЖИ К ХОРОВОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ // Наука, техника и образование. 2020. №10 (74)
27. Рахматова Малохат Обидовна, Шодиева Гулхаё Абдурашит Кизы МУЗЫКАЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ ПО МЕТОДИКЕ УОРДА (WARD) // Проблемы науки. 2021. №1 (60).
28. Mumtoz Musiqalarni Yaratishda Bastakorlik Ijodiyoti Educational Process Legislation and Principles and their Use in Student Practice SU Norova, T Mukhamedov - International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 2020
29. Рамазонова Угилой Холмуродовна, Эсанова Махлиё Жамиловна ПОДГОТОВКА МОЛОДЫХ ПЕВЦОВ К АНСАМБЛЕВОМУ ВЫСТУПЛЕНИЮ // Наука, техника и образование. 2021. №2-1 (77).
30. Norova Shaira Umirzakovna Ways To Improve Learning Efficiency Using Innovative Technologies Web of Scientist: International Scientific Research Journal. - 2021. - Т. 1. - №. 01. - С. 41-47.
31. Рамазонова Угилой Холмуродовна, Сайфуллаева Окила Мукимовна РАЗВИТИЕ ЧУВСТВА РИТМА У ДЕТЕЙ // Проблемы науки. 2021. №1 (60)
32. THE ROLE OF DUTOR'S INSTRUMENT IN PEOPLE'S PERFORMANCE SU Norova - Web of Scientist: International Scientific Research ..., 2022/1/9
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.
33. Норова Шойра Умрзаковна, Наимов Темур Джахонгир Оглы Воспитательное значение классических музыкальных произведений в образовании студентов // Academy. 2020. №5 (56)
34. Норова, Ш., and Ф. Нуруллаев. "Психология музыкальных дидактических игр на интегрированных занятиях." Вестник интегративной психологии 17 (2018): 295-299.
35. SU Norova, S Xamdamova - EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN Formation of Music Listening Skills for Students in Secondary Schools. 2022/2/5
- С. 327-330
36. SU Norova - Web of Scientist: International Scientific Research. THE ROLE OF DUTOR'S INSTRUMENT IN PEOPLE'S PERFORMANCE. 2022/1/9
37. Шоира Умрзаковна Норова Роль народной музыки в духовно-нравственном образовании студентов // Science and Education. 2022. №1.
38. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889
39. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.
40. Caлойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и социум", 12(91), 470-472.
41. Caлойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.