Научная статья на тему 'MUSTAQILLIK YILLARIDA MAQOM IJROCHILIGI TARAQQIYOTI JARAYONI'

MUSTAQILLIK YILLARIDA MAQOM IJROCHILIGI TARAQQIYOTI JARAYONI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
743
85
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Maqom / Shashmaqom / ashula / xalq / janr / jonli ijro / Sharq / anjuman / ansambil / musiqa / san’at / qo’shiq / Maqom / Shashmaqom / song / folk / genre / live performance / Sharq / conference / ensemble / music / art / song.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Nilufar Olimovna Ismoilova

Ushbu maqola maqom ijrochiligining shakillanishi va rivojlanish tarixi hamda musiqa merosi hamda an’analari haqida fikr yuritgan. Maqom va uni o’ziga hos xususiyatlari, xalqaro maqom anjumanlari, maqom markazi faoliyati haqida so’z boradi va shu bilan bir qatorda Yurtboshimizning maqom ichrochiligi to’g’risidagi qarori ham keng yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PROCESS OF DEVELOPMENT OF STATUS EXECUTION IN THE YEARS OF INDEPENDENCE

This article discusses the history of the formation and development of maqom performance, as well as the musical heritage and traditions. There is talk about the status and its peculiarities, international status conferences, the activities of the status center, as well as the decision of the President on the status of status.

Текст научной работы на тему «MUSTAQILLIK YILLARIDA MAQOM IJROCHILIGI TARAQQIYOTI JARAYONI»

MUSTAQILLIK YILLARIDA MAQOM IJROCHILIGI TARAQQIYOTI

JARAYONI

Nilufar Olimovna Ismoilova

Samarqand davlat universiteti 2-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola maqom ijrochiligining shakillanishi va rivojlanish tarixi hamda musiqa merosi hamda an'analari haqida fikr yuritgan. Maqom va uni o'ziga hos xususiyatlari,xalqaro maqom anjumanlari, maqom markazi faoliyati haqida so'z boradi va shu bilan bir qatorda Yurtboshimizning maqom ichrochiligi to'g'risidagi qarori ham keng yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Maqom, Shashmaqom, ashula, xalq, janr, jonli ijro, Sharq, anjuman, ansambil, musiqa, san'at, qo'shiq

THE PROCESS OF DEVELOPMENT OF STATUS EXECUTION IN THE

YEARS OF INDEPENDENCE

Nilufar Olimovna Ismoilova

2nd year student of Samarkand State University

ABSTRACT

This article discusses the history of the formation and development of maqom performance, as well as the musical heritage and traditions. There is talk about the status and its peculiarities, international status conferences, the activities of the status center, as well as the decision of the President on the status of status.

Keywords: Maqom, Shashmaqom, song, folk, genre, live performance, Sharq, conference, ensemble, music, art, song.

KIRISH

Maqom so'zi eshitilishi tanish ammo asl ma'no mohiyati uning kelib chiqish tarixi hozirgi kunda uning roli yoki qanday ahamiyat kasb etishi noma'lum bo'lgan tushuncha.Xalqimiz buni tub mohiyatini anglab yetayaptimi yoki aksincha milliyligimizdan uzoqlashib borayaptimi? Xar hil rok pop jazz turli xil tushinib tushinmay eshitadigan ashulalardan uzimizning necha yillik tarixga ega milliy maqom ashulalrini eshitishimiz kerak emasmi? Shunday ekan maqom haqida so'z yuritamiz.

Maqomlar Sharq musiqasiga xos bo'lgan turkumli san'at turidir. Ular asosan musulmon Sharqida keng tarqalgan bo'lib, turli mamlakatlarda har-xil nomlanadi. Jumladan, biz bilganimizdek o'zbek va tojiklarda maqom, uyg'urlarda muqom,

Ozarbayjonda mug'om, arablarda va turklarda maqam, E'ronda Dastgoh, hindlarda raga kabi. Maqomlar, ya'ni turkumli musiqa janrining ildizi VII asrlarda yashab o'tgan Borbad Marvaziyga borib taqaladi degan ilmiy farazlar mavjud.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Maqom (arab. — joy, makon, o'rin) — musulmon Sharqi musiqasida asosiy tushunchalardan biri. Dastlab mu-ayyan balandlikdagi tovushni hosil etish uchun torli cholg'uning dastasida barmoq bilan bosiladigan joy, parda ma'nosida ishlatilgan. Keyinchalik Sharq musiqa nazariyasi rivojlanishi jarayonida M.ning mazmun doirasi to-bora kengayib, bir-biriga nisbatan bog'liq boshqa ma'nolarni ham anglata boshladi Tahminan IX asrlardan shakl ola boshlagan maqomlar butun Sharq davlatlari bo'ylab Duvozdaxmaqom, ya'ni, o'n ikki maqom tizimi shaklida nomlandi va rivojlanadi. O'n ikki maqom tizimi haqida ilmiy-tarixiy risolalarda bir qancha ma'lumotlar bitilgan bo'lib, ularning ma'lum bir qismi bizgacha yetib keldi. Lekin, musiqasi yetib kelmadi. Zamonaviy maqomshunoslik fani asoschisi, san'atshunoslik fanlari doktori Is'hoq Rajabovning ilmiy tadqiqotlaridan bizga ma'lum bo'lishicha Shashmaqom Duvozdaxmaqomdan kelib chiqqan ekan. Maqomshunos alloma I.Rajabov ta'kidlaganidek Shashmaqom XVIII asr o'rtalariga kelib uzil-kesil shakllangan.1 Shashmaqom o'zbek va tojik xalqining bebaho xazinasi bo'lib, ikki xalqning beqiyos musiqiy durdonasidir. Uning vatani Buxoro bo'lib, asosan amir saroyida ijro etilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bundan tashqari O'zbekistonda Xorazm maqomlari turkumi ham bor. U o'z nomi bilan Xorazmda mashxur va keng tarqalgan. Xorazm maqomlari ham Shashmaqom kabi ikki bo'limdan iborat. Faqat ularning nomida farq bor. Demak, Cholg'u bo'limi -Manzum, Ashula bo'limi - Mansur deb ataladi. Vodiy tomonlarda Farg'ona-Toshkent maqom yo'llari keng tarqalgan bo'lib, ular o'ziga xosligi bilan, yengil xalqchilligi bilan ajralib turadi. Undagi yirik ashula turkumlari Bayot I-V, Chorgoh I-V, Gulyor-Shahnoz, Dugoh-Husayniy I-VII lar hisoblanadi. Maqom - ilohiy san'at. Uni ijro qilish uchun ilohiy qobilyat talab etiladi. Ota-bobolarimiz ushbu beqiyos san'atga chuqur hurmat ila qaraganlar.

XVIII-XIX asrlarda bugungi O'zbekiston hududida joylashgan amirlik va xonliklarda maqomlarni buzib ijro etish mumkin bo'lmagan. Aks holda ijrochi qattiq jazolangan. Shuning o'zginasi maqomlarning qadr-qimmatiga ko'rsatilgan cheksiz hurmatdir balki. Maqomlar ustozdan-shogirdga og'zaki tarzda o'tib bizning davrimizgacha yetib kelgan. Ularni nota yozuviga tushirish ishlari ham XIX asr oxirlarida Komil Xorazmiy tomonidan ixtiro etilgan "Xorazm tanbur chizig'i" yordamida Xorazm maqomlarini notaga olishdan boshlandi. Tojikistonda Boboqul Fayzullayev, Shohnazar Sohibov va Fazliddin Shahobovlar yozuvida, Viktor

Mixaylovich Belyayev tahririda 1950-yildan boshlab Moskvada nashrdan chiqarildi. Notalashtirishdagi navbatdagi ishlarda buyuk bastakor, sozanda, hofiz, akademik Yunus Rajabiy hayratomus natijalarga erishdi. Yunus Rajabiy notalashtirgan ishlari "O'zbek xalq muzikasi"ning 5-jildi "Buxoro maqomlari" nomi ostida, Ilyos Akbarov tahririda 1959-yilda chop etildi. 1966-yilda Toshkentda Shashmaqom 6 ta tomlik kitobi Fayzulla Karomatov tahririda Yunus Rajabiy yozuvida chop etiladi. Ushbu kitoblarning nashrdan chiqishi uchun ancha mehnat va mashaqqat talab etilgani tabiiy. Shu kungacha amalga oshirilgan ishlarni davom ettirish bizning bugungi burch va vazifamiz. Yangi nota kitoblarini qayta ishlab chiqarish kerak. Ushbu muammoni hal qilish ham oldindagi vazifalardan. Mustaqillik yillarida O'zbekistonda juda ko'p sohalarda o'zgarishlar va yangiliklar bo'ldi. Milliy mumtoz musiqamiz qayta tiklandi. Musiqaga qaratilayotgan e'tiborlar oshgandan oshmoqda. Musiqa maktablarining moddiy ba'zasini modernizatsiyalashtirish va musiqa asboblari bilan ta'minlash ishlari amalga oshirildi. Shashmaqom YUNESKOning "Insoniyatning og'zaki va nomoddiy madaniy merosi" deb tan olinishi Shashmaqom rivojlanishiga turtki bo'ldi. 2017-yilda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning "O'zbek milliy maqom san'atini rivojlantirishga oid chora tadbirlar to'g'risida"gi qarori qabul qilinib, unga ko'ra "O'zbek milliy maqom san'ati markazi" tashkil qilindi. Har bir viloyatda maqom ansambllari tashkil etildi. Dastlab, O'zbekiston davlat konservatoriyasida "O'zbek maqomi san'ati" nomli fakultet tashkil etildi. Uning ijrochiligi bilan bir qatorda tarixi va nazariyasi ham e'tibordan qolmadi. Buning isboti sifatida "O'zbek maqomi tarixi va nazariyasi" kafedrasi tashkil etilganligini keltirish mumkin.

XULOSA

Har ikki yilda Shahrisabz shahrida Xalqaro Maqom anjumani bo'lib o'tadigan bo'ldi va uning tarkibida ijrochilik tanlovlaridan tashqari ilmiy-amaliy konferensiya ish yurita boshladi. 2021 yil sentabr oyidan boshlab Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti o'z faoliyatini boshladi. So'ngi yillardagi o'zgarish va yangilanishlar musiqada xususan, maqomlarda ham o'z aksini topmoqda. O'ylaymizku bizning o'zbek milliy maqomlarimiz jahon miqyosida shahdam qadamlar bilan o'zni butun dunyoga tanitadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston milliy ensklopediyasi Toshkent 2000-2005

2. Musiqa lug'ati I.Akbarov Toshkent 1987

3. Lex.uz

4. Ziyo.net

5. Maqom asoslari Sh.Abdugapporova Toshkent 2015

6. Musiqa tarixi I.Rajabov 2014

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.