Научная статья на тему 'MUSIQA MEROSIMIZ XAZINABONI'

MUSIQA MEROSIMIZ XAZINABONI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
768
142
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maqom / namud / mumtoz / meros / ansambl / san’at. / status / type / classical / heritage / ensemble / art.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Saidov Feruz, Komila Bo‘riyeva

Ushbu maqolada akademik, Yunus Rajabiyning bastakorlik faoliyati, shuningdek mumtoz musiqa merosimiz xisoblanmish “Shashmaqom”ni notaga olish, va maqom ansambiliga o‘rgatish vaqtida ashula qismlariga kiritilgan namud va avjlar xususida yozilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE TREASURE OF OUR MUSIC HERITAGE

This article deals with the compositional work of academician Yunus Rajabi, as well as the types and climaxes that are included in the song parts during the recording of the Shashmaqom, which is our classical musical heritage, and the teaching of the maqom ensemble.

Текст научной работы на тему «MUSIQA MEROSIMIZ XAZINABONI»

Scientific Journal Impact Factor

О

MUSIQA MEROSIMIZ XAZINABONI Saidov Feruz

Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti "An'anaviy xoanadalik"yo'nalishi 4-kurs talabasi. Ilmiy rahbar: dotsent Komila Bo 'riyeva Yunus Rajabiy nomidagi o'zbek milliy musiqa san'ati instituti "An'anaviy xoanadalik" kaferasi katta o'qituvchisi, O'zbekistonda xizmat ko 'rsatgan artist

Annotatsiya: Ushbu maqolada akademik, Yunus Rajabiyning bastakorlik faoliyati, shuningdek mumtoz musiqa merosimiz xisoblanmish "Shashmaqom"ni notaga olish, va maqom ansambiliga o 'rgatish vaqtida ashula qismlariga kiritilgan namud va avjlar xususida yozilgan.

Kalit so'zlar: maqom, namud, mumtoz, meros, ansambl, san 'at.

Abstract: This article deals with the compositional work of academician Yunus Rajabi, as well as the types and climaxes that are included in the song parts during the recording of the Shashmaqom, which is our classical musical heritage, and the teaching of the maqom ensemble.

Keywords: status, type, classical, heritage, ensemble, art.

Аннотация: В статье рассматриваются композиционные работы академика Юнуса Раджаби, а также типы и кульминации, которые включены в части песни во время записи шашмакома, являющегося нашим классическим музыкальным наследием, и преподавания ансамбля макома.

Ключевые слова: статус, тип, классика, наследие, ансамбль, искусство.

Xalqimiz buyuk tarixi, ulkan merosi va uzoq o'tmishi bilan jahon zarvaraqasida ajralib turadi. Tarixga nazar solsak, faxr ila tilga oluvchi ajdodlarimiz va ular qoldirgan merosdan g'ururlanamiz. Asrlar osha sayqal topgan mumtoz musiqa san'atimiz esa, uzoq o'tmishimiz, yuksak madaniyatimizning, bugungi kundagi jonli namunasidir. Shuni ta'kidlash joizki, mumtoz musiqa san'atimiz sayqal topib bizgacha yetib kelishida, ustoz san'atkorlarning (bastakor, xofiz, sozanda) ahamiyati katta. Zero butun dunyo tan olgan g'arb Motsarti, Bethovenlari kabi siymolar, sharq musiqa san'atida ham talaygina. Biz bunday siymolarni uzoq o'tmishdan qidirmasdan, birgina Yunus Rajabiy nomi bilan qiyoslasak.

Yunus Rajabiy ulkan musiqa merosimiz sarhadini kengaytirgan ustoz san'atkordir. Yunus otaning nomi hamisha faxr ila tilga olinadi. Zero, mumtoz musiqa merosimizni asrab, sayqal topishida Yunus Rajabiyning fidokorona xizmatlari katta. Shu bois ham yurtimizda Rajabiy nomini eshitmagan, bilmagan insonni topish

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

mushkul. Nafaqat, O'zbekistonda, balki butun Osiyo va Yevropada ham Yunus Rajabiyning nomi ma'lum va mashhur.

Bastakor sifatida o'zidan o'chmas iz qoldirgan, ustoz sifatida ko'plab shogirdlar yetishtirgan Yunus Rajabiy sozanda va xonandalik san'atida ham mashhurlikka erishgan. Shuningdek mumtoz musiqa merosimiz namunalarini nafaqat yodida saqlagan, ularni notaga ham olib kelajak avlod uchun meros qoldirgan. Xususan 1500 dan ortiq xalq kuy va ashulalari, yalla, lapar, terma va dostonlar, o'zbek maqomlari "Shashmaqom", "Farg'ona- Toshkent maqom yo'llari"ning nota na'munalarini "O'zbek xalq musiqasi" kitoblarida nashr ettirgan.

Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik, mantiqiylik, tarixiylik, analiz va sintez usullaridan keng foydalanildi. Mazkur tadqiqot jarayonida musiqa merosimiz xazinabonisi ekanligi obyektiv ochib berildi. Bugungi kundagi musiqa sahasining rivojlantirish bosqichlari mantiqiy izchillik jihatdan tadqiq qilindi. Bugungi kunda san'at sohasidagi qonunlar va S.Begmatovning "Bastakorlar ijodi" nomli asari metodologik manba sifatida olindi.

Bastakorlik faoliyati bilan Yunus Rajabiy, o'zidan mangu asarlar ijod qilib qoldirdi. Uning dastlabki mashhurlikka erishgan asarlari, "Bahor marshi", "Yoshlar marshi", "O'rtoqlar", "Komsamol marshi" kabi cholg'u asarlari "Xammamiz" (Jig'ay she'ri), "G'alaba" (Uyg'un she'ri), "Gulbog'lar" (Habibiy sh'eri), "Yor ila" (Muqumiy g'azali), keyingchalik "Yor mehri" (A.Navoiy g'azali), "Hajringda" (Furqat), "Muhabbat dashti" kabi asarlarni ijod qildi. Hamid Olimjon so'zi bilan aytiladigan asarlari orasida «Kuygay» ashullasi alohida e'tiborga sazovor. Ma'lumki Yunus Rajabiy musiqa teatrlarda ham, musiqa rahbari bo'lib faoliyat yuritgan. Ana shu faoliyati davomida "Muqanna" nomli spektaklga musiqa bastalaydi. Uning adabiy matni muallifi Hamid Olimjon hisoblanib, shoir 1942-yilda «Muqanna» she'riy tragediyasini tugatganidan keyin o'sha kezlarda Toshkent viloyatining Yangiyo'l tumanida tashkil etilgan musiqali drama teatri uchun mazkur asarning musiqiy matnini tayyorlab bergan va bu asarga aruz vaznida bitilgan bir qancha g'azallarni kiritgan. «Kuygay» g'azali ham «Muqanna» musiqali dramasi uchun yozilgan ashulla matni bo'lib, u spektaklda Guloyim va Muqannaning dueti tarzida ijro etilgan.

"Kuygay" ashullasi "Muqanna" musiqali dramasiga kuy bastalagan mashhur o'zbek bastakori va hofiz san'atkor Yunus Rajabiy hamda uning farzandi Hasan Rajabiy ijrosida xalqimiz o'rtasida mashhur bo'lgan. Hamid Olimjonning bu mashhur

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

g'azali hozir ham ko'plab xushovoz xonandalar ijrosida aytilib keladi. G'azal bunday misralar bilan boshlangan;

So'zingning sharpasi tekkanda olam bob, bob kuygay, Dengizlar, daryolar, hattoki ko'llarda xubob kuygay. Kamondek qoshlaring, kipriklaringdin o'q otar doim, Sening yoding bilan tinmay hama noz-u itob kuygay.

G'azal aruz she'riy tizimining "hazaji musammani solim" bahrida yozilgan bo'lib, bastakor Yunus rajabiy ushbu so'zlarni ansmabl jo'rligida farg'ona Toshkent mahalliy uslubiga hos ravishda mumtoz yo'nalishdagi ohanglarga solgan. "Kuygay" asari haqida musiqashunos T.G'ofurbekov "rajabiycha" mustaqil bastakorlik uslubiga xos boqiy bitiklar...1" deb ataydi.

Akademik ko'p yillar mobaynida maqom san'atini keng ommaga yetkazuvchi, hamda targ'ib qiluvchi O'zbekiston radiosi qoshidagi tuzilgan "Maqomchilar ansambili"ga rahbarlik qildi. Ushbu maqom ansambli ijrosida "Shashmaqom"ning ashula bo'limiga kirgan barcha sho'balar va ko'plab cholg'u yo'llari magnit lentalari va grammafon plastinkalarga yozib olingan va hozirgi kungacha mumtoz musiqamizning merosi sifatida qadrlanib saqlanib kelmoqda. Ushbu ansambl bilan ishlash, rahbarlik qilish, Yunus Rajabiy uchun katta musiqiy labaratoriya vazifasini bajargan edi. Dastavval ushbu maqom ansambili jami 13 ijrochidan tashkil topgan bo'lib, keyingchalik ijrochilar tarkibi kengaytirilgan va hozirgi kunga qadar "ustoz shogirt" an'analari davom ettirilib maqom ansambili o'z faoliyatini olib bormoqda.

Yunus Rajabiyga ansambl bilan ba'zi maqom sho'balarini ijro etish jarayonida ayrim qismlar yetishmayotganday tuyulardi va ularni to'ldirishni taqzo etardi. Bunday paytlarda esa o'ylangan kamchilik joylarga mos keladigan kuy jumlalar, namud avjlari yoki savt va taronalarga o'xshash ayrim qismlar bilan to'ldirishga xarakat qilingani tog'risida ma'lumot berib, ular haqida ikki og'iz to'xtalib o'tgan masalan, "Navo" maqomidagi "Savt I", "Mustazodi Navo", "Qashqarchayi Mustazodi Navo", "Soqiynomayi Mustazodi Navo" , yoki "Bayot" ning "Sheroziy" variantining faqat uchtasi o'sha davrgacha aytilib kelingan bo'lsa, Yunus Rajabiy unga Talqincha "Bayot Sheroziy IV" va soqiynoma usulida "Bayot Sheroziy V" Soqiynoma qismlarini bastalagani xususida, "Мусикд меросимизга бир назар" kitobida zikr etgan.

Shuni ta'kidlash joizki akademik, Yunus Rajabiyning o'zbek musiqa san'ati rivojida olib borgan faoliyati serqirralidir. Birinchidan, ijrochilik, ikkinchi yo'nalish bastakorlik, uchinchi yo'nalish an'anaviy musiqa namunalarini notaga olish bilan bog'liq etnograf-musiqashunoslik, to'rtinchisi maqom ansambliga rahbarlik,

1 To'xtasin G'ofurbekov "Bastakorlik ijodiyoti; tarixi, tahlili, taqdiri" Toshkent 2019 yil 153 bet.

298

Scientific Journal Impact Factor

O

beshinchisi o'zbek xalq va mumtoz musiqalarini maqomchilar ansambliga o'rgatib, magnit tasmalariga yozdirgan va meros qilib qoldirgan xazinabon, oltinchi betakror shogirtlarni yetishtirishda rahnamolik qilgan ustoz, yettinchi musiqa ijodiyotida ibrat sifatida faoliyat yuritgan yagona akademik.

Shuningdek kitobda maqomlarga kiritilgan avj va namudlar haqida juda ko'p to'xtalib o'tiladi masalan, "Ushshoqi Xo'qand" da ilgari "Avji Zebo pari" kichik shaklda aytilgan,Yunus Rajabiy esa avjni to'la qilib ishlab, "Namudi Ushshoq" va "Namudi Uzzol" larni kiritganliklari haqida bayon etadilar, yoki "Chapandozi gulyor" ilgarigi variantlarida kuplet xolida ijro etib kelingan, hamda ashullaning oxirgi misrasining avji usulsiz bo'lib, katta ashulalarga xos avj qo'llanilardi, uni Yunus Rajabiy usulga solib "Namudi Ushshoq"ni bastalaganlar. Shuningdek "Qo'qon Ushshog'i" asariga maqomchilar ansambliga o'rgatish jarayonida "Zebo pari", "Namudi Ushshoq"lar qo'shilgan va ushbu asar qayta ishlangan va mukammallashtirilgan. Rajabiy Ota "Dilxiroj" kuyiga katta avjdan oldin keladigan avjiga "Namudi Segoh" ni qo'shib ishlagan, "Navro'zi Sabo" ga esa "Namudi Oraz" ni kiritganlar hamda "Kurd" va "Cho'li Kurd" kuylarining avjidan keying turk avjini kiritgan.

Bastakor Yunus Rajabiyning xalq kuyi asosida qayta ishlangan "Rajabiy" kuyi haqida ma'lumot berilar ekan, kitobni 53- betini o'qib quyidagicha ma'lumotga ega bo'lamiz. Ushbu kuy XIX- asrning ikkinchi yarmida "Rajabiy" taxallusi bilan ijod etgan bastakor tomonidan yaratilgan va uni ilik marta kapelmeyster E.Leysek notaga olgan hamda puflama orkestrga moslab qayta ishlagan. Asar 1891- yili Toshkentda ochilgan xalq qishloq xo'jaligi vstavkasida namoyish qilingan. Rajabiy ota ushbu kuyga maqom qismlariga xos ravishda namudlar bog'laganlar. Ushbu asarni "O'zbek xalq musiqasi" II- jildida 334-336 betlarida nota na'munasi keltirilgan.

Yunus Rajabiy bastakorlik ijodi rang barangdir. Uning ijodida qo'shiqdan tortib musiqali drama, hammualliflikdagi opera asarlarini ko'rishimiz mumkun. Uning kuy va ashulalarida maqom an'analari, vohaviy xususiyatlar, mavzuli, shahliy va usul jihatlari mumtozona uyg'unlashgan.

Xalq musiqa merosidagi unutilib borayotgan namunalarni tiklash va ularni an'anaga xos zamonga mos tariblashtirish ishlari XX-asr o'zbek mumtoz musiqa san'atida jadal sur'atlarda rivojlandi. Dastavval bu savobli ishga Xamza Xakimzoda Niyoziy qo'l urgan bo'lsa, Yunus Rajabiy ijodida ham bu an'anani kuzatamiz. Hazrat Navoiy asarlarida ushbu amal "Nag'mapardoz", "Lahnpardoz" kabi iboralar bilan keltirilgan bo'lib, "Nag'mapardoz" amali Yunus Rajabiy ijodida yuksak ahamiyat kasb etadi. U bir qancha qadimiy o'zbek xalq kuy va ashulalarini qayta ishlagan. Xususan "Subhidam", "Yolg'iz", "Sayqal", "Fig'on", "Oraz", "Begi Sulton" asarlari shular jumlasidandir.

Scientific Journal Impact Factor

О

XULOSA

Yunus Rajabiy katta va buyuk ijodi davomida fidokorona xizmatlari bilan, o'zbek musiqa tarixida o'zidan o'chmas iz qoldirdi. Zamondoshlari xotirasida ustoz, san'atkor, bastakor sifatida qolgan Yunus Rajabiy, bugungi kunda xalqimiz nazdida musiqa merosimizning xazinaboni sifatida ham tilga olinadi. Zero Rajabiyning musiqa merosimizni targ'ib qilishda asrab avaylashga qilgan xizmatlari beqiyosdir. Shu bois ham Yunus Rajabiy ijodiga bag'ishlangan, konferensiyalar o'tkazilishi, yurtimizning ayrim ko'cha va metro bekatlariga Yunus Rajabiy nomi berilishi ham bejiz emas. Asosiysi 2020-yilda Yunus Rajabiy nomidagi milliy musiqa san'ati instituti tashkil etilishi, uning siymosiga bo'lgan hurmat va ehtiromning yuksak natijasidir. Joriy yilda esa Yunus Rajabiy nomidagi "Yosh maqom ijrochilari" I Respublika tanlovini o'tkazilishi ham, Rajabiy nomi o'zbek mumtoz musiqa san'atida mangu qolishidan dalolat beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" II-jild Toshkent 2002-yil

2. Rajabiy Yunus "Мусика меросимизга бир назар" Toshkent 1978-yil

3. G'ofurbekov To'xtasin. "Bastakorlik ijodiyoti; tarixi, tahlili, taqdiri" Toshkent 2019-yil

4. Begmatov S. "Bastakorlar ijodi" Toshkent 2017-yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.