Научная статья на тему '“SHASHMAQOM” MUSHKILOTI: “BUZRUK” VA “ROST” MAQOMLARI MISOLIDA'

“SHASHMAQOM” MUSHKILOTI: “BUZRUK” VA “ROST” MAQOMLARI MISOLIDA Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1525
609
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Shashmaqom / Tasnif / Tarje’ / Muhammas / Saqil / Gardun / Mushkilot / cholg‘u asar

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Zulxorbek Turapov

Shashmaqom san’at olamida eng mukammal turkum asarlardan sanaladi. Hech bir xalq Shashmaqomdek yirik turkumli asarlarga ega emas, deb ishonch bilan ayta olamiz. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Shashmaqomdagi har bir asar, hoh u cholg‘u asar bo‘lsin, hoh aytim yo‘li bo‘lsin, umumiy qonun qoidadan tashqarida yaratilgan emas. Ularning tuzilishini, yaratilishini o‘rganar ekanmiz, bunga yana bir bor amin bo‘lamiz. Ushbu maqolada Shashmaqomning cholg‘u yo‘li, ya’ni mushkilot haqida ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, uning har bir qismlari batafsil tushuntirilgan. Bundan tashqari Buzruk va Rost maqomlarining cholg‘u yo‘llari haqida ham batafsil ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“SHASHMAQOM” MUSHKILOTI: “BUZRUK” VA “ROST” MAQOMLARI MISOLIDA»

"SHASHMAQOM" MUSHKILOTI: "BUZRUK" VA "ROST" MAQOMLARI

MISOLIDA

Zulxorbek Turapov [email protected] O'zbekiston davlat konservatoriyasi

Annotatsiya: Shashmaqom san'at olamida eng mukammal turkum asarlardan sanaladi. Hech bir xalq Shashmaqomdek yirik turkumli asarlarga ega emas, deb ishonch bilan ayta olamiz. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, Shashmaqomdagi har bir asar, hoh u cholg'u asar bo'lsin, hoh aytim yo'li bo'lsin, umumiy qonun qoidadan tashqarida yaratilgan emas. Ularning tuzilishini, yaratilishini o'rganar ekanmiz, bunga yana bir bor amin bo'lamiz. Ushbu maqolada Shashmaqomning cholg'u yo'li, ya'ni mushkilot haqida ma'lumotlar keltirilgan bo'lib, uning har bir qismlari batafsil tushuntirilgan. Bundan tashqari Buzruk va Rost maqomlarining cholg'u yo'llari haqida ham batafsil ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: Shashmaqom, Tasnif, Tarje', Muhammas, Saqil, Gardun, Mushkilot, cholg'u asar.

MUSHKILOTS OF SHASHMAKOM: ON THE EXAMPLE OF THE MAKOMS BUZRUK AND ROST

Zulkhorbek Turapov [email protected] State Conservatory of Uzbekistan

Abstract: Shashmakom is considered one of the most perfect works in the art world. We can cjnfidently say that no nation has shashmakoms of a large category. It should also be noted that every piece in Shashmakom, whether it is a musical work, whether it is a way of expression, is not created outside the general rules. When we learn their structure, creation, we are once again convinced of this. This article provides information about the instrumental method of creating a Shashmakom, that is, a mushkilot, and explains in detail each of its parts. In addition, detailed information is provided on instrumental methods for determining Buzruk and Rost makomes.

Keywords: Shashmakom, Tasnif, Tarje' , Muhammas, Sakil, Gardun, Mushkilot, instrumental composition.

"Shashmaqom" o'zbek xalqining eng qimmatbaho va qadimiy boyliklaridandir. Tadqiq etib, o'rganib borar ekanmiz, "Shashmaqom"ning naqadar mukammal

I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz

tuzilganligining guvohi bo'lamiz. Ma'lumki, "Shashmaqom" - Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq kabi maqomlaridan iborat bo'lib, har bir maqom cholg'u ("mushkilot") va ashula ("nasr") bo'limlaridan tashkil topgan. Har bir maqomning cholg'u bo'limida Tasnif, Tarje', Gardun, Muhammas, Saqil va boshqa iboralar bilan nomlangan bir necha qismlar mavjud bo'lib, ular qaysi maqom tarkibida bo'lsalar, shu maqom nomi bilan qo'shilib "Tasnifi Buzruk", "Tarje'i Rost", "Garduni Navo", "Muhammas Chorgoh", "Saqili Iroq" kabi ataladi.

Tasnif - yaratilgan asar ma'nosini, tarje' - qaytarma, gardun - falak gardishi, muhammas - beshlik, saqil - vazmin ma'nosini bildiradi. Bu qismlar maqomning har birida mustaqil kuy-mavzularga ega bo'lsa ham, tuzilish jihatidan bir-biridan deyarli farq etmaydi. Ayrim maqomlarning esa o'ziga hos, boshqa qismlari bilan otdosh bo'lmagan, cholg'u yo'llari ham mavjud.1 Masalan, bunday qismlar Navo maqomidagi Nag'mai Oraz Tarje'i Navoning ma'lum varianti bo'lib, u bilan bir xil doyra usulidadir. Dugoh maqomidagi Peshravi Dugoh (peshrav shaklining bizgacha yetib kelgan tipik namunasi, uning doira usuli tarje'lardagi kabi bo'ladi). Tasniflar keng diapazonga ega, ba'zan esa ikki oktavadan ham ortiqroqdir. Tasniflar Buzruk maqomida 212, Rost va Nanoda 114, Dugohda 150, Segohda 125, Iroqda esa 326 taktdan iboratdir. Bu ma'lumot Tasnif yo'llari hajmining ancha katta ekanini ko'rsatadi.

Maqom cholg'u qismlaridan Nasrulloi, Vazmin, Oraz, Husayniy, Islim, Hoji Xo'ja, Ashkullo, Mirzakarim, Kalon kabilar bastakor ustozlarning ham nomlari bo'lib, shu maqomchilar bastalagan qismlar ekanligidan dalolat beradi. Maqomlarning cholg'u qismlari, ayniqsa, Navo, Dugoh, Segoh, Iroqlardagi cholg'ular surnay yo'llari sifatida mashhur bo'lib kelganlar.

Maqomlar cholg'u bo'limi har bir qismining bo'laklari "xona" va "bozgo'y" iboralari bilan belgilangan. Xona va bozgo'ylar kuyning mavzular majmui rivojida va shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Xonalar muhammas va saqillardan boshqa cholg'u qismlarida dastlab kichikroq bo'lib, borgan sari kengayib boradi. Bozgo'ylar esa birdek, o'zgarmay qoladi.

Maqomlar to'la ijro etiladigan bo'lsa, avval ularning cholg'u yo'llari ketma ket ijro etiladi va ashula bo'limining sho'balariga o'tiladi. Maqomlarning cholg'u bo'limida bir xil nom bilan ataluvchi kuy yo'llari - Tasnif, Tarje', Gardun, Muhammas, Saqillardan tashqari, har bir maqomning o'ziga mansub qismlari ham uchraydi. Shashmaqomning bu cholg'u yo'llari kuy tuzilishi jixatidan juda murakkab va puxta yaratilganligi bilan ajralib turadi. Har bir maqomning kuy va ashula yo'llari faqatgina o'sha maqomlar lad asosi, badiiy eststik ta'siri bilangina cheklanmaydi, balki turli qismlarda ular o'z xususiyati bilan o'zgarib boyib boradi. Maqomlardagi asosiy kuy mavzusi ko'pincha ritmik va melodik variatsiyalar vositasi bilan turli shakllarga tushiriladi. Ularga yangi-yangi melodik tuzilmalar kiritish bilan kuy yo'li

1 O.Matyoqubov "Maqomot". Musiqa nashriyoti. Toshkent 2004 y.

I jbÄÜ^^Bl 314 http://oac.dsmi-qf.uz

takomillashtiriladi, ulaming ta'sir kuchi ortib boradi. Tasnif, Tarje', Gardun, Muhammas, Saqil yo'llari birin-kstin ijro etilar ekan, ulardagi lad asosi va kuy mavzusining yaqin bo'lgani, kuy jumlalarining rang-barang, ohangdorligi va yoqimliligi, doyra usullarining turli-tumanligi bilan butunlay sezilmay qoladi, bunda ijodkor bastakorlarning juda ham ustalik bilan yaratgan maqom yo'llarining originalligi yaqqol ko'zga tashlanadi.

Xona - uy, xona ma'nosida, ya'ni "kuyni tashkil etgan tovushlar va uning boshqa unsurlari joylashtirilgan xona" ma'nosini bildiradi. Bozgo'y (kuyning qaytarma bo'lagi) esa, kuyning takrorlanadigan qismi bo'lib, xonaning har bir aylanishidan so'ng qaytariladi. Ko'pincha, kuyda qancha xona bo'lsa, shuncha bozgo'y bo'ladn. Ba'zan bozgo'ylar har bir xonadan keyingina emas, balki ularning bir nechtasidan so'ng yoki birinchi xonadan oldin ham kelishi mumkin (masalan, Tasnifi Navo, Tasnifi Dugoh va boshqalar). Xona va bozgo'ylar maqom cholg'u yo'llarini tashkil etadigan kuy bo'laklaridir. Masalan, mashhur kuy yo'llaridan Tasnifi Dugohni olaylik. Tasnifi Dugoh bozgo'ydan boshlanadi va buni sozandalar turlicha ijro etib kelganlar.

Maqomlarning cholg'u bo'limidagi kuy yo'llarining doyra usullari ham turli-tuman va juda murakkabdir. Cholg'u bo'limidagi kuy yo'llari ko'pincha shu doyra usullari nomi bilan ham ataladi. Masalan, Gardun, Muhammas, Saqil, Samoiylar shular jumlasidandir. Musiqachi bastakorlar o'tmishda doyra usullarini ifodalashda ma'lum koidaga asoslangan ritmlar uslubini ixtiro etganlar.

Usullar maqomlarning tuzilish xarakterinn belgilovchi omillaridandir. Ularni ajrata olish maqomlar qisfasini to'g'ri tushunishga imkon beradi. O'tmishda mashur bo'lgan Saqil, Hafif, Ramal, Xazaj, Duyak, Ufar, Foxtiy, Turk, Muhammas, Avsat, Chorzarb, Zarbul-Futq, Durafshon, Samoiy, Chanbar, Miatayn kabi ritm o'lchov baqrlari va doyra-nog'ora usullari bizning kungacha yetib kelgan. Bu usullar musiqa asarlari, xususan maqom yo'llarida uchraydi. Ular qachon va kim tomonidan yaratilgani bizga bozga ma'lum emas. Ularni sodda yoki murakkabligiga qarab, avval yoki keyinchalik yaratilganini bilish mumkin. Manbalarda ko'rsatilishicha, dastlabki usul inson yuragining urishidan olingan. Tomirni barmoq bilan ushlab ko'rilsa, uning go'yo "tan-tan"ga o'xshash bir tekis urayotgani bilinadi. Olimlar buni "Usuli zarbi qadim" ("Qadimiy zarb usuli»), deb ataganlar. So'nggi davrlarda, shu usul asosida murakkabroq usullar yuzaga kelgan.2

Lekin ular zamon o'tishi bilan juda katta o'zgarishlarga uchragan. Shashmaqom qiyofasiga usul jihatidan nazar tashlansa, maqomlar turkumlarining yaratilishida ularning cholg'u qismlari va sho'balarida usullar dastlab sodda bo'lib, keyin ijro etiladigan qismlarda sekin-asta murakkablashib boradi. Masalan, Tasnif, Tarje'larda usul ancha sodda bo'lsa, Muhammas va Saqillarda juda murakkab bo'lib, 16, 24 taktni tashkil etadi.

2 Sh.Matyoqubov "An'anaviy ijrochilik tarixi". O'quv uslubiy qo'llanma. Toshkent. 2015 y.

I [ccñ^^BI 315 http://oac.dsmi-qf.uz

Saraxborlarda esa usul mazkur "Zarbul qadim"ning o'zi 2/4 takt-ritm o'lchovida bo'lsa, Talqinlarda 3/4, 3/8, Nasrlarda 6/4, Ufarlarda esa 6/8 yoki 3\4 takt-ritm o'lchovlarida murakkablashib boradi. Shunday qilib Shashmaqomning tuzilishida musiqa madaniyatining soddalikdan murakkablikka tomon tarixiy taraqqiyot yo'li aks ettirilgan. Usullargina emas, kuy yo'llari ham maqom qismlarida ma'lum bir qonuniyat asosida soddalikdan sekin-asta murakkablasha boradi. Shuning uchun ham, Shashmaqom xalq musiqasining klassik namunasi bo'lib, o'zining kuy mavzusi jihatidan turli-tuman, usullarning esa qariyb hammasini o'zida mujassamlashtirgan.

Tarje' - arabcha so'z bo'lib, qaytarish, takrorlash ma'nosida keladi. Kuy ifodasi sifatida bir kichik motivning turli balandliklarda takrorlanishi, ularning transpozitsiya etilgan shaklda va ritmik hamda melodik variatsiyalar shaklida kelishi, demakdir. Maqomlarning cholg'u yo'llaridagi kuy bo'laklari bo'lgan shunday peshravlar Navo maqomidagi Tarje'ning uchinchi xonasida ham uchraydi. Tarje'i Dugoh esa Tasnifi Dugohning ruhiga yaqin bo'lsada, uning tarkibida boshqa maqom yo'llarida mavjud bo'lgan unsurlar juda ko'p uchraydi va yuqorida aytilgan peshrav motivlari III xonaning oxirida keladi.3 Tarje'i Dugohning bozgo'yi boshqa xonalar bilan birlikda Tasnifi Dugohni eslatadi. Tarjei Segoh doyra usuli, kuy xarakati, xonalar tarkibidagi kuy jumlalari nuqtai nazardan Tasnifi Buzrukning ma'lum melodik varitsiyasidir.

Shashmaqomning cholg'u bo'limidagi qismlaridan yana biri Gardun, deb ataladi. Gardun - osmon gardishi, aylana, taqdir ma'nolarida keladi Musiqa istilohida esa Gardun - ma'lum doyra usulining hamda shu usul jo'rligida muayyan lad (maqom)ga muvofiq ravishda ijro etiladigan kuy nomidir.4

Gardun cholg'u yo'llari Iroqdan boshqa hamma maqomlarda mavjud bo'lib, ular Garduni Buzruk, Garduni Rost, Garduni Navo, Garduni Dugoh, Garduni Segoh nomlari bilan mashhurdir. Gardun yo'llari unchalik katta hajmda bo'lmasada, kuy tuzilishi va xarakati nuqtai nazaridan Tasnif yoki Tarje'larga ko'ra ancha murakkabdir. Gardun yo'llarida bozgo'y hamma xonalardan keyin kelavermaydi, balki ko'pincha ikki-uch xonalardan so'ng takrorlanadi.

Muhammas - beshlangan, beshlik ma'nosida bo'lib, bu nom juda qadim zamonlardan ma'lumdir. Dastlab, bu ibora bilan doyra usulining bir turi, she'riyatda esa besh misradan tuziladigan she'r shakli ifodalangan. Muhammas cholg'u yo'llari uchun eng xarakterli narsa shuki, ularda xona va bozgo'ylar doyra usuli hajmidagi bir xil o'lchovda, 16 (yoki 8) taktdan iborat bo'ladi, ya'ni Muhammas doyra usuli har bir xona va bozgo'y hajmini belgilaydi. Ba'zan kuy o'z xarakatida avjga yetganda, bozgo'yga qaytib tushishi uchun bir xona kifoya etmay koladi. Shuning uchun ko'pincha avjda ikki-uch xona ketma-ket ijro etilib, so'ngra bozgo'yga yetib kelinadi.

3 I.Rajabov "Maqomlar". Toshkent 2006 y.

4 O.Matyoqubov "Maqomot". Musiqa nashriyoti. Toshkent 2004 y.

Muhammas yo'llarining tuzilishi, doyra usuli ham juda murakkab bo'lsada, ular maqomlarnnng boshqa cholg'u yo'llaridan ko'ra mashhurroqdir. Buning sababi, Muhammas yo'llarida kuyning jozibadorligi, emotsional jihatdan ta'sirchanligi, ularning murakkab qiyofasiga qaramay eshituvchiga oson yetib borishidadir.

Maqomlarning cholg'u bo'limidagi qismlaridan eng ko'p uchraydigan yana bir turi Saqillardir. Saqil - arabcha so'z bo'lib, "og'ir, vazmin, cho'zilgan" degan ma'noni anglatadi. Musiqa istilohida esa vazmin sur'atda ijro etilib kelingan murakkab doyra usulinnng nomidir Saqillarga xos kuy xususiyati, ijro etish uslubi Shashmaqomda tasodifiy qabul qilinmagan bo'lsa kerak. Chunki, Buxoro maqomlarida Saqillardan so'ng, ularning ashula bo'limiga o'tiladi. Ashula bo'limi esa vazminroq ijro etilib kelingan Saraxborlar bilan boshlanadi. Saqil o'zining doyra usuli xususiyati bilan Saraxborlarga oson ulanib ketadi va o'rtada usul sur'ati jihatidan ham kuchli burilish sodir bo'lmaydi.

Quyida Buzruk va Rost maqomlarining cholg'u yo'llariga to'xtalib o'tamiz. Bu maqom juda ko'p kuy va ashula yo'llarini o'z ichiga olgani uchun "katta", "ulug' maqom" - deb nomlangan bo'lishi ehtimol.5 Buzruk maqomining hamma cholg'u qismlari kuy tuzilishi jihatadan mukammal va betakror asarlar bo'lib, ohangdorligi bilan kishini maftun etadi. Buzruk maqomining cholg'u va ashula yo'llari yuksak badiiy qiymatga ega.

Buzrukning asosiy qismlari "re" - miksolidiy va doriy ladlariga mos keladi. Maqomlar ijrosida yetakchi soz sanalgan tanbur cholg'usi Buzruk maqomining ijro etilishida kvartaga sozlanadi. Buzrukning, cholg'u va ashula yo'llarini tinglar ekanmiz, I, II, IV, V, VII lad pag'onalari tayanch nuqtalari sifatida alohida ajralib turadi.

Buzruk maqomi boshqa maqomlar kabi cholg'u (mushkulot) va ashula (nasr) bo'limlaridan tashkil topgan. Uning cholg'u bo'limi Tasnifi Buzruk, Tarjei Buzruk, Garduni Buzruk, Muhammas Buzruk, Muhammas Nasrulloyi, Saqili Islimiy, Saqili Sulton, - deb nomlangan asarlaridan iborat. Uning Tasnif va Tarje' yo'llarida bir xil doyra usuli qo'llaniladi:

Tasnifi Buzruk ohanglari mazkur maqomning bosh mavzusi sifatida uning boshqa qismlarida ham namoyon bo'lib turadi va uning ruhiy holati yaqqol sezilib turadi. Ayniqsa Tasnifi Buzrukdagi unsurlar va bozgo'yga o'xshash ohanglar boshqa maqomlarning qismlarida ham uchraydi. Tasnifi Buzrukning hissiy ta'sir kuchi yuksak bo'lib, kishiga umid, ulug'vorlik ko'tarinki ruh baxsh etadi, Tarjei Buzruk esa tantanavor yangraydi. Tarjei Buzrukning peshrav elementlari Nasrulloiy, Ajam taronalari, Cho'li Iroq kabi ko'plab kuy va ashulalarda ham foydalanilgan.

Buzruk maqomining Gardun yo'li murakkab 8/4-2/4-3/4-3/4 taktli doyra usulida ijro etilib, yuksak professional musiqa asari sifatida puxta yaratilgan.

1 I.Rajabov "Maqomlar". Toshkent 2006 y.

Buzruk maqomining Muhammas va Saqil qismlari uchun xarakterli narsa shuki, ularda xona va bozgo'ylar hajmi bir xildir. Muhammaslarning xona va bozgo'ylari 16 taktli, Saqillarniki esa 24 taktli murakkab doyra usuli jo'rligida ijro etiladi. Muhammas va Saqillarda uchraydigan Nasrulloyi, Islimxon iboralari bu kuylarni yaratgan bastakorlarning taxallusidir.6 Bular orasida Islimxon XVI asrda yashab ijod etgan shoir va yirik bastakor bo'lib, turli maqomlar mavzusida kuy va ashulalar yaratgan.

Maqomlar ijrosida yetakchi sozlardan hisoblangan Tanbur torlari "Rost" maqomida katta oktavaning "do-sol" notalariga sozlanib, uning I-II-IV-VI pog'onalari kuyning tayanch pardalaridir.

"Rost" maqomi ham cholg'u va ashula bo'limlaridan iborat. Dastlab uning cholg'u g'ismlari yaxlit holda birin-ketin ijro etiladi. Bu cholg'u qismlari "Tasnifi Rost", "Garduni Rost", "Muhammas Rost", "Muhammas Ushshoq", "Muhammas Panjgoh", "Saqili Vazmin", "Saqili Rag-Rag" deb nomlanadi.

Tasnifi Rostda bu maqomning bosh mavzusi bayon etilib, kuy ohanglari jihatidan xalq kuylariga o'xshaydi. Uning xonalari peshrav vositasi bilan harakat qiladi va kichikroq hajmdagi bozgo'ylar bilan yakunlanib boradi. Tasnifi Rost o'z tuzilishi bilan "Usmoniya" kuyiga juda yaqin. Uning peshrav ohanglari esa juda ko'pgina xalq cholg'u kuylarida uchraydi.

Tasnifi Rostning xonalari borgan sari yuqori pardalarga ko'tarila borib, keyingi 6-7- xonalar hajmi juda ham kengayib ketadi. Masalan, birinchi xona 16 takt bo'lgani holda, yettinchi xona 94 taktga yetadi. Xonalar kengayib borishi balan kuyning mazmuni ham chuqurlasha boradi.

Rost maqomining boshqa cholg'u yo'llaridan Garduni Rost ohang e'tibori bilan Tasnifi Rostga yaqin. Lekin, Muhammas va Saqillar ohadnglari tubdan farq etadi. Muhammas Rost bilan Muhammas Ushshoq yo'llari bir-biriga ohangdosh. Ular ikki turli ladga moslab olingan bitta kuyning variantlaridir.

Muhammas Ushshoq esa, musiqa ixlosmandlariga juda ham yaqin kuy bo'lib, kishida chuqur ham nozik his-tuyg'ular uyg'otadi. Ayniqsa Xorazm namunasi yengilroq, sho'xroq uslubda ijro etilib, shodu-xurramlik, xursandchilik kayfiyatini ham qo'zg'atadi.7

Rost maqomida uchta Muhammas yo'llari orasida Muhammas Panjgoh ajralib turadi. Uning kuy tuzilishi ham o'ziga xos, boshqa muxammaslardan tubdan farq qiladi. Panjgoh iborasi O'n ikki maqom majmuasida ma'lum sho'baning ifodasi bo'lgan va besh pog'onali tovushqatorni anglatgan. Shuning uchun uning lad asosi ham asl maqomdan farq etadi.

Rost maqomida ikkita "Saqil" asari mavjud. Ular Saqili Vazmin va Saqili RagRag deyilib, vazmin iborasi arabcha "Saqil" so'zining o'zi, Rag-Rag esa hindcha

6 Yu.Rajabiy "Shashmaqom". YUNESKO. Toshkent 2007 y.

7 Sh.Matyoqubov "An'anaviy ijrochilik tarixi". O'quv uslubiy qo'llanma. Toshkent. 2015 y.

maqom ma'nosini bildiradi. Gardun, Muhammas, Saqil iboralari doyra usullari ifodasi ekani aytib o'tilgan edi. Bu erda shuni aytish kerakki, noma'lum sabablarga ko'ra Rost maqomida Tarje' deyilgan cholg'u qism uchramaydi. Rostning cholg'u yo'llari, kuy mavzui o'ziga xos bo'lib, doyra usullari boshqa maqomlardagi kabidir. Ularning hammasi jozibali. yoqimli ohanglarga boy. Rost maqomining cholg'u yo'llari ijro etilib, ashula bo'limi yo'llariga o'tiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O.Matyoqubov "Maqomot" Musiqa nashriyoti. T. 2004 y.

2. I.Rajabov "Maqomlar" T. 2006 y.

3. Yu.Rajabiy "Shashmaqom" YUNESKO. T. 2007 y.

4. O'zbek xalq musiqasi 5-jild. T. 1959 y.

5. Yu.Rajabiy. I. Akbarov "O'zbek xalq musiqasi tarixi". O'qituvchi. T. 1981 yil.

6. Sh.Matyoqubov "An'anaviy ijrochilik tarixi". O'quv uslubiy qo'llanma T. 2015y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.