Научная статья на тему 'YOSHLAR MA’NAVIY DUNYOQARASHINI YUKSALISHIDA BESHIK, NIKOH, LAPARLAR VA YAKKA FOLKLOR QO‘SHIQLARINING AHAMIYATI'

YOSHLAR MA’NAVIY DUNYOQARASHINI YUKSALISHIDA BESHIK, NIKOH, LAPARLAR VA YAKKA FOLKLOR QO‘SHIQLARINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
53
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Folklor / alla / o‘lan / lapar / nikoh / kelin / kuyov / to‘y olqishlari / qizlar bazmi / termalar / vazn / qofiya / Folklore / alla / olan / lapar / marriage / bride / groom / wedding applause / girls' party / thermals / weight / rhyme

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sobirov, B.

Maqolada xalq milliy san’atining xalq folkloridan boshlanishi, insonning dunyoga kelib ilk eshitgan qo‘shig’i ona allasidan boshlanishi, onaning beshik yonida o’tirib kuylayotgan ohangdor, yoqimli, muloyim, orombaxsh qo‘shig‘i bolaning kamolotiga, sog‘lom, aqli raso bo‘lib o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatishi, beshik to’yi qo‘shiqlarining mazmuni asosida davr, sharoit, shaxs taqdiri yotganligi bois, o‘zgaruvchan bo‘lganligi, shu bilan birgalikda inson hayotidagi o‘zbek nikoh to‘ylarida yangraydigan o‘lan va laparlar, o‘lan ijrosida erkak va ayollarning yuzma-yuz turishi va so‘z vositasida mulohaza yuritishlari, ajdodlardan meros bo‘lib kelayotgan xalq ogzaki ijodidan yakka folklor ijrochiligi qo‘shiqlari turkumlaridan “kelin va kuyov” salomlari, o‘zbek milliy an’anaviy folklor san’ati namunalaridan unitilib ketgan “to‘y olqishlari” kabi qo‘shiqlar yoshlar ma’naviy dunyoqarashlariniini yanada kengaytirishga qaratilgan masalalar haqida ma’lumotlar batafsil yoritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SIGNIFICANCE OF CRADLES, MARRIAGE, LAPARS AND INDIVIDUAL FOLKLORE SONGS IN DEVELOPING THE SPIRITUAL VIEW OF THE YOUTH

In the article, the beginning of national folk art is from folk folklore, the first song a person hears from his mother, the melodious, pleasant, gentle, relaxing song of the mother singing while sitting next to the cradle is a sign of the child's maturity, healthy, It has a great influence on the growth of sanity, because the content of lullabies is based on the period, circumstances, and the fate of the person, it is changeable, and at the same time, Uzbek marriage in human life "Bride and groom" from the series of songs of folkloric performance, which are sung at weddings, olan and lapar, men and women standing face to face during olan performance and reasoning through the medium of words, folk oral works inherited from ancestors. greetings, songs such as "wedding cheers" forgotten from examples of Uzbek national traditional folk art, information on issues aimed at further expanding the spiritual outlook of young people will be covered in detail.

Текст научной работы на тему «YOSHLAR MA’NAVIY DUNYOQARASHINI YUKSALISHIDA BESHIK, NIKOH, LAPARLAR VA YAKKA FOLKLOR QO‘SHIQLARINING AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

YOSHLAR MA'NAVIY DUNYOQARASHINI YUKSALISHIDA BESHIK,

NIKOH, LAPARLAR VA YAKKA FOLKLOR QO'SHIQLARINING

AHAMIYATI

B.Sobirov

San'atshunoslik fakulteti Musiqiy ta'lim va madaniyat kafedrasi

katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada xalq milliy san'atining xalq folkloridan boshlanishi, insonning dunyoga kelib ilk eshitgan qo'shig'i ona allasidan boshlanishi, onaning beshik yonida o'tirib kuylayotgan ohangdor, yoqimli, muloyim, orombaxsh qo'shig'i bolaning kamolotiga, sog'lom, aqli raso bo'lib o'sishiga katta ta'sir ko'rsatishi, beshik to 'yi qo 'shiqlarining mazmuni asosida davr, sharoit, shaxs taqdiri yotganligi bois, o 'zgaruvchan bo 'lganligi, shu bilan birgalikda inson hayotidagi o 'zbek nikoh to'ylarida yangraydigan o'lan va laparlar, o'lan ijrosida erkak va ayollarning yuzma-yuz turishi va so 'z vositasida mulohaza yuritishlari, ajdodlardan meros bo 'lib kelayotgan xalq ogzaki ijodidan yakka folklor ijrochiligi qo 'shiqlari turkumlaridan "kelin va kuyov" salomlari, o'zbek milliy an'anaviy folklor san'ati namunalaridan unitilib ketgan "to'y olqishlari" kabi qo'shiqlar yoshlar ma'naviy dunyoqarashlariniini yanada kengaytirishga qaratilgan masalalar haqida ma 'lumotlar batafsil yoritiladi.

Kalit so'zlar: Folklor, alla, o'lan, lapar, nikoh, kelin, kuyov, to'y olqishlari, qizlar bazmi, termalar, vazn, qofiya

KIRISH

Eng qadimgi zamonlarda yaratilib, bizning kunlarimizgacha saqlanib kelingan an'anaviy folklor qo'shiqchilik san'atining namunalari jamiyatimizning yosh avlodlariga singdirilib borilishi yoshlarning o'zligini anglashi, milliy qadriyatlar rukni ostida Yangi O'zbekiston yoshlarini har tomonlama sog'lom barkamol inson bo'lib yetishishlarida muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalanib borishida katta ahamiyat kasb etadi. Tarixiy ma'lumotlar shundan dalolat beradiki, o'lanlar asosan o'tmishda ko'chmanchilik va yarim kamanchilik hayot tarzini kechirgan o'zbek urug'lari orasida keng tarqalgan bo'lib, u asosan qiz uzatar kechasidan bir yoki bir necha kun ilgari qiz uyida o'tkazilgan. Ayrim holla rda qiz uzatar kechasi kuyovning uyida o'tkaziladigan bazmlarda ham ijro etilgan. O'lan ijrosida erkak va ayollarning yuzma-yuz turishi va so'z vositasida mulohaza yuritishlari bilan boshlanadi. Odatda o'lanni professional o'lanchilar ijro etganlar.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLARI

Barcha xalqlarning milliy san'ati o'sha xalqlaming folkloridan boshlanadi deydi donishmandlar. Shundan kelib chiqilsa, folklor ijodiyoti allalardan boshlanadi deyish mumkin. Onaning beshik yonida aytayotgan, kuylayotgan ohangdor, yoqimli, muloyim, orombaxsh qo'shig'i bolaning, kamolotiga, sog'lom, aqli raso bo'lib o'sishga katta ta'sir ko'rsatadi.

Beshik qo'shiqlari deb nomlangan qo'shiqlarning ushbu janri lirik qo'shiqlar turkumiga taalluqli bo'lib, uni o'zbeklarda ko'pincha alla qo'shiqlari deb ham aytadi. Allalar avloddan-avlodga o'tib sayqallanib, saralanib boradi, asta-sekin turg'un qo'shiqlar holatiga keladi.

Qadimgi zamonlardan alla asosan ona tomonidan ijro etilib kelinsada, biroq maxsus alla aytuvchilar bo'lgan. Bunday kasb egalari asosan boy-badavlat kishilar uyida, shoxlar saroyida xizmat qilganlar.

Beshik qo'shiqlari mazmuni asosida davr, sharoit, shaxs taqdiri yotganligi bois, o'zgaruvchan bo'lgan. Alla qo'shiqlari asosan refren asosida ko'rilgan. Undagi cho'zik ohanglar, naqorat so'zlari refrenlar goh ikki, gohida to'rt yo'l bo'lib, matn bilan uyg'unlashib, olti yo'lni tashkil etadi. Onaning o'zi tomonidan aytiladigan so'zlari refren jumlalar ichida bo'ladi:

Alla bolam, alla

Jonim bolam, alla

Ikki ko'zim, alla

Shirin so'zim, alla.

Ona qo'yidagi jumlalarni qo'shib qo'yadi. "Qani uxlay qol", "Ko'zingni yumaqol" Onalar iztiroblari, his-tuyg'ulari, orzu armonlarini o'z ichiga olgan allalar qadimiy an'anaviy folklor yakka qo'shiqchilik ijodi namunalaridan sanaladi. U axloqiy, tarbiyaviy, didaktik harakatga ega.

Eng qadimgi zamonlarda yaratilib bizning kunlarimizgacha saqlanib kelingan an'anaviy folklor yakka qo'shiqchilik san'atining namunalaridan yana biri o'zbek nikoh to'ylarida yangraydigan o'lan va laparlardir. Tarixiy ma'lumotlar shundan dalolat beradiki, o'lan asosan o'tmishda ko'chmanchilik va yarim kamanchilik hayot tarzini kechirgan o'zbek urug'lari orasida keng tarqalgan. U asosan qiz uzatar kechasidan bir yoki bir necha kun ilgari qiz uyida o'tkazilgan.

Ayrim xollarda qiz uzatar kechasi kuyovning uyida o'tkaziladigan bazmlarda ham ijro etilgan.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

O'lan ijrosida erkak va ayollarning yuzma-yuz turishi va so'z vositasida muloxaza yuritishlari bilan boshlanadi. Odatda o'lanni professional o'lanchilar ijro etganlar.

Yigit: Qarg'a deyman, ko'zingdan, qarg'a deyman, Qarg'a uya soladi jarga, deyman. Ko'rmaganga ko'p vaqt, oylar o'tdi, O'lan bilan so'rashay - "xorma" deyman.

Qiz: O'lanlarim, ko'zingdan, o'lanlarim, Sen bo'lding shu dunyoda gumondorim, Sen xalqning shu dunyoda gumondorim. Kuya-kuya kul bo'ldi suyaklarim.

O'lan poetik jihatdan o'ziga xos o'zgachaliklarga ega. Ulardan biri matnning izchil to'rtlik shaklidagi band tuzilishligidir. Har bir band tarzida qofiyalanadi. Ularning aksariyati ritmik jihatdan o'n bir hijoli vaznga ega. Qadimgi folklor ijrochiligi namunalaridan yana biri lapardir. U asosan kelinning xonadonida o'tkaziladigan "qizlar bazmi"da ijro etiladi. Ishtirokchilar tarkibi, ijro usuli jihatidan o'lanlarga yaqin turadi.

"Qizlar bazmi"da lapar kechasiga yigitlar ham taklif qilinadi. Bazmni keksaroq, tajribali, so'zamol ayollardan biri olib boradi. Qoida va tamoilga binoan katta gulxan yoqiladi. Dastlab biroz o'yinga tushuladi. Shundan so'ng bazmni boshqaruvchi ayol lapar aytishuvini boshlab beradi.

Laparlarning avval boshi marmar toshi, Chit ro'molni ho'l qilgan ko'zning yoshi, Chit ro'moli xosa-yo, ko'nglim chini kosa-yo, Qizlar lapar aytganda yigitlar quloq solsa-yo.

Ana shu boshlang'ich laparlardan so'ng yigitlar dastlab bir laparni aytadilar, qizlar javob to'g'risida ikkinchi laparni aytadilar. Odatda yigit tomonidan aytilgan lapar qay vaznda bo'lsa, qiz tomondan aytiladigan lapar ham shu vaznda bo'ladi.

Milliy an'anaviy folklor qo'shiqchiligi tarkibiga "yor-yor"lar ham kiradi. U qadimdan turkiy xalqlarning to'y marosimlarida ijro etib kelingan. Yor-yorning mavzulari talaygina. Ularda kelin va kuyovni ta'rif-tavsiflash, ularni shirin turmush

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

qurishga undash, turmushda sodir bo'ladigan achchiq-chuchuklarga sabr-qanoat qilish va shunga o'xshash ilg'or g'oyalarni o'z ichiga oladi.

Yor-yor ijrosi o'ta murakkab bo'lganligi tufayli yakka ijrodan katta mahorat talab etadi. Murakkabligi shundaki, yor-yor aytuvchi holis shaxs sifatida qizning o'zi yoki dugonasining tilidan aytadi.

Yig'lama qiz, yig'lama, To'y seniki, yor-yor, Ostonasi tillodan, Uy seniki yor-yor.

Ko'rpachasi shoxidan, To'r seniki, yor-yor, Mo'ylablari qilichdek, Yor seniki, yor-yor.

Bundan tashqari, xalq ijodiyotining ushbu turi aytuvchidan katta bilim, qo'shiq, musiqa mahoratlarni talab qiladi. Voqealar tasviri, nozik inson xarakterlari aniq va ravon kuylanayotgan yor-yorlar ayrim holatlarda ota-ona yoxud opa-singillar tilidan ham aytiladi.

Yor-yorlarning poetikasi nihoyatda boy, qamrov doirasi keng. U aksar hollarda aruz vaznida ijro etiladi. Goh o'ynoqi, goh g'amgin, nozik qochirimlarga to'laligi bilan ajralib turadi.

Ajdodlardan meros bo'lib kelayotgan xalq og'zaki ijodi yakka folklor ijrochiligi qo'shiqlari turkumiga "kelin va kuyov" salomlar ham kiradi. Kelin salom odatda qiz uzatar kechasi kuyovning hovlisida yoqilgan gulxan atrofida aytiladi. Hozirgi davrga kelib esa, nikoh ertasi o'tkaziladigan "bet ochar", "yuz ochar" kabi tantanalar paytida aytiladi.

Kelin salom ham yakka ijrochidan o'ta bilimdonlik, keng fikr doiralikni, tajribali bo'lishlikni taqozo etadi. Chunki, salomga ota-ona, opa-singil, (oila a'zolari), qarindosh urug'lar, qo'ni-qo'shnilar ham qo'shib aytiladi. Bu esa aytuvchidan maxsus mahorat talab etadi.

O'xo'- o'xo' yo'talgan, Obdastani ko'targan, Qaynotasiga salom, Yor-yor-chor yor

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Qaynotasiga salom Va xokazo.

Naqorat o'rnida kelayotgan "yor-yor" "chor yor" misrasi o'rniga ba'zi joylarda "salom-salom", "Yana salom" so'zlari qo'llaniladi. Kuyov salom mamlakatimizning ko'p joylarida unutilib borilayotgan xalq, o'tmishda u nikoh to'ylarining zaruriy artibut (bezaklari)dan sanalgan. U kuyov qaynotasining uyiga to'ydan so'ng o'n, o'n besh kun o'tgach qaynotasi uyida o'tkazilgan. Kuyov jo'ralari bilan qaynotasining uyiga kirgach, kuyovning so'zga chechan, sho'h jo'rasi "kuyov salom"ni boshlaydi.

Ko'yov keldi kiringiz, Ko'rgilinging beringiz. O'lay-bo'lay demayin, Otin aytib beringiz.

Poda bersang, ola ber, Yilqi bersang, qora ber. Mo'nda turgan yigitning Har biriga tovoq ber.

Misralar so'ngida kelin tomon kuyovga birorta sigir, qo'y yoki ot atalganini aytadi. Bordiyu kelin tomon ximmatsizlik qilsa, u tomondagilar qattiq hajv ostiga olinadi.

O'zbek milliy an'anaviy folklor san'ati namunalaridan galdagisi "to'y olqishlari"dir. Hozirgi kunlarimizga kelib, u ko'p joylarda o'zining qadimgi ko'rinishini yo'qotgan, u oddiy nasriy olqishlar bilan almashilmoqda. "To'y olqishlari" nikoh marosimining yakuniy qismida ijro etiladi. Aytuvchidan alohida badihago'ylik va so'zamollik talab etadi.

Olqish qoidaga ko'ra an'anaviy boshlanma bilan boshlanadi:

Oq bug'doyning patiri, O'rgimchakning cho'tiri. Bir-ikki og'iz aytayin, Qaro ko'zlar xotiri.

Eshik oldi majnuntol, Majnuntolga qo'ling sol. Men fotiha aytayin,

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Katta kichik quloq sol.

So'ngra kelin bilan kuyovga yaxshi istak-tilaklar yangraydi. "To'y olqishlari" odatda 7-8 bo'g'inli barmoq usulida bo'ladi. Unda yetakchilik qilgan epik xalq she'riyati vazniga e'tibor qilinsa, ushbu xalq ijodi namunasining qadimiyligi ko'zga tashlanadi.

Eng qadimgi davrlarda vujudga kelgan milliy an'anaviy xalq ijodiyoti yakka qo'shiqchilik ijrochiligidan biri "terma"lardir. U xalqimizning mashhur dostonchilari va termachilari tomonidan yaratilgan bo'lib, badiha tarzda ijro etilgan.

Termalar tarkibi, mavzularning rang-barangligi, ijro jihatidan folklorning boshqa janrlaridan farqlanadi. Ular xalq milliy va ma'naviy hayotining barcha sohalarini qamrab olgan bo'lib, kishilarning hayotiy tajribalari, axloq-odob haqidagi tushunchalari, estetik qarashlari, orzu umidlarini ifodalaydi.

Xalq og'zaki ijodiyoti yakka ijrochiligi turkumiga mansub termalar ijrochilarining jinslari, ijro usullari hamma yerda ham bir xil deb bo'lmaydi. Masalan, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida termalarni asosan baxshilar ijro etsalar, Xorazmda qadimgi an'anaga binoan xalifalar ijro etadilar. Xorazmlik xalifalar doston, qo'shiq, termalarni odatda so'zsiz qiroat usulida ijro etadilar.

Xalq og'zaki ijodining eng qadimiy va keng tarqalgan yakkaxon ijrochilik namunalari qatorida qo'shiqlarning o'z o'rni bor. Ular xalq orasida keng tarqalgan bo'lib, mazmun va shakl jihatidan xilma-xildir. Ularda insonning ruhiy olami, ichki kechinmalari, his tuyg'ulari yetakchilik qiladi.

Qo'shiq bo'ladigan she'rdagi latofat uning tabiiyligidan kelib chiqadi. Musiqaga mosligi bilan ajralib turadi. Qo'shiq uchun vazn, qofiya talabiga mos so'zlar ishlatiladi.

Mazmun bilan shakl mustahkam bog'langanligi bois kishiga zavq-shavq bag'ishlaydi. Qo'shiqchilikdagi sodda va ravon til, o'tkir iboralar, yorqin obraz hamda mantiqiylik kishi tabiatiga musiqiy ohang baxsh etadi.

Qo'shiqlarda ortiqcha pardoz bo'lmaydi. Turmushning barcha qirralarini qamrab olganligi, shakliy ixchamligi, ommaviyligi qo'shiqlarning jozibasini yanada oshiradi. Qo'shiq so'zlarining ta'sirchanligi uning ayrim hollarda qayta takrorlanishiga imkon yaratadi.

Lirik qo'shiqlarda sevgi bu chuqur kechinmalar olib keladigan, qiyinchiliklar tug'diradigan davosiz, biroq shirin va qutlug' dard sifatida ifodalanadi. Haqiqiy ishqda vafo bo'lishligi, qalb tozaligi, ishq o'tining shavqi va bunday muhabbatni

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

baxtsizlikka olib keluvchi omillardan norozilik, mushtoqlik kabi iztiroblar lirik qo'shiqlaming ta'sirchanligini oshiruvchi vositalardir.

Ishq onlarida hayratdan lol bo'lib qolish, visol chog'larida ayriliqdan, oshkoralikdan qo'rqish lirik qo'shiq qahramonlariga xosdir. Ikki sevishganning qovushishi baxt bo'lishi bilan birga bu yo'lda ko'p to'siqlar, qiyinchiliklar mavjud bo'ladi. Ya'ni tom boshida, devor orqasida, bog'-chorbog'larda, gullar ichida kutish va bunday hollarda ma'shuq yoki g'ayritabiiy harakatlari, qoshlar, ko'zlar, yuzlar ta'rifi lirik qo'shiqlarga xosdir.

Lirik qo'shiqlarda qahramonning lirik kechinmalari turmush, tabiat va tabiat manzaralari, hodisalari bir-birlari bilan birlashadi. Shu sabab qo'shiq ta'sirli, hayajonli bo'ladi. Lirik qo'shiqlarda qahramon holatlarning ramziy tasvirlari ham alohida diqqatga sazovor. Tutqunlik, g'ariblik, yolg'izlik kabi holatlar, kishan, zindon, qafas, qanoti singan qush, qorong'u vayron kabi ramzlarda ifodalansa, ko'tarinki ruhiy, ko'rinish tasviri, qo'yosh, oy, bahor, gul yuz, nargis ko'z, binafsha hollar kabilarga bezaladi.

Qo'shiqlarning boshlanish qismi va o'rtasida bir qator so'z va iboralar bo'ladiki, ular takrorlanib turadi: Qizil gul, ro'mol, dunyo, olma, tog', osmon va xokazo so'zlar. Bu odatiy oddiy so'zlar ajoyib ijrolarning paydo bo'lishiga xizmat qiladi.

"Gullar ochilgan chog'da", "Gul qistirib chiqmaysan", "Daryolarning ul yuzida", "Bu ko'ringan tog'lar" va ko'p purmano so'zlar ana shular jumlasidandir. Mazkur misralar qo'shiqdagi tabiat va hayot manzaralarini yanada teranlashtiradi, jonlantiradi.

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, folklor qo'shiq ijrochiligidagi alla, beshik, nikoh, laparlar va yakka folklor qo'shiqlari yoshlarni ma'naviy dunyoqarashini yuksalishida muhim omillardan biri bo'lib xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. M.Jo'raev. Folklorshunoslikka kirish. Toshkent. Barkamol avlod. 2017y.

2. X.Lutfullaev. Folklor yakka qoshiqchilik ijrosi. Toshkent. 2008y.

3. Achildieva, M., Ikromova, F., Abutolipova, M., & Khaydarova, O. (2021). The third renaissance towards ascending. European Scholar Journal, 2(9), 17-20.

4. Achildiyeva, M., Axmedova, N., Ikromova, F., Haydarova, O., Ibrahimova, G., & Abdurahmonov, A. (2021). TANBUR: ONE OF ANCIENT INSTRUMENTS. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(6), 302-308.

5. Achildieva, M., & Ikromova, F. (2020, December). THE PLACE OF UZBEK

XULOSA

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

MUSIC IN THE ART. In Archive of Conferences (Vol. 10, No. 1, pp. 90-93).

6. Achildiyeva, M. (2022). SHASHMAQOM MUSHKILOT BO'LIMINING NAZARIY ASOSLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 344-352.

7. Achildiyeva M. Ikromova F. THE BALLET "TOMARIS" IN THE CULTURE OF UZBEK BALLET PLASE AND SIGNIFICANCE SPECTRUM Journal of Innovation, Reforms and Development (2022) ISSN (E):2751-1731 15-19

8. Achildieva M, Butabayeva N, Nosirova M. A GLANCE AT THE SCIENTIFIC AND CREATIVE HERITAGE OF BORBAD MARVAZI European Journal of Agricultural and Rural Education (EJARE) Vol. 4 No. 05, May 2023 ISSN: 26605643 1-6

9. Achildiyeva M. The Role of Music in Forming the Artistic-Aesthetic Taste of Youth BEST JOURNAL OF INNOVATION IN SCIENCE, RESEARCH AND DEVELOPMENT ISSN: 2835-3579 Volume:2 Issue:7|2023 173-179

10. Xojimamatov A Evolution of Philosophical Views on Music and National Musical Heritage BEST JOURNAL OF INNOVATION IN SCIENCE, RESEARCH AND DEVELOPMENT ISSN: 2835-3579 Volume:2 Issue:7|2023 162-166

11. Achildiyeva M. Atkiyoeva R. O'ZBEK VA JAHON SAHNALARIDA KATTA ASHULANING O'RNI VA AHAMIYATI Journal of Engineering, Mechanics and Modern Architecture Vol. 2, No. 7, 2023 ISSN:2181-4384 11-14

12. Xojimamatov A. Atkiyoeva R"VODIY BULBULI" TAVAKKAL QODIROVNING IJODIY MEROSI BUGUNGI KUN NIGOHIDA Journal of Innovation, Creativity and Art Vol. 2, No. 7, 2023ISSN:2181-4287 4-7

13. Achildiyeva M. Ikromova F. THE BALLET "TOMARIS" IN THE CULTURE OF UZBEK BALLET PLASE AND SIGNIFICANCE Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development ISSN (E):2751-1731 15-19 bet (Berlin Germany 2022)

14. Maxfuzakhon Karimova, Muyassarkhon Achildiyeva, Farangiz Ikromova (2021) USE FROM REDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MUSIC LESSONS EUROPEAN SCHOLAR JOURNAL "An open accyess, peyer reviyewyed multidisciplinary journal" 2 (4) 460-463 bet.Achildiyeva M, Ikromova F Choir Art in Uzbekistan Botir Umidjonov Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences (Brussel, Belgium 2022) ISSN 2795-7683 54-56 bet

15. Achildiyeva M,Ikromova F (2021) ABOUT MAHMUDJON TOJIBOYEVS PEDAGOGICAL ACTIVITY GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ) 9(5) 240-244

16. Achildiyeva, M., & Atkiyoyeva, R. XX-ACHHHf «XAMHAOAC»

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

XOOH3.TAPH " ENGLAND" MODERN PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY: PROBLEMS AND SOLUTION Vol. 10 No. 1 (2023)

17. Jalilova, R. (2023). HISTORY OF LANDSCAPE IN MIDDLE ASIAN WORKS OF ART, PHILOSOPHICAL AND AESTHETIC METHODOLOGY OF EDUCATIONAL PROBLEMS AND SOLUTIONS. Science and innovation, 2(C7), 71-75.

18. 10.Jalilova, R. (2023). User experience and user interface design. Scientific Collection «InterConf», (158), 237-242.

19. 11.Djalilova, R. (2023). THE DIFFERENCE OF CREATIVE AND EDUCATIONAL TEACHING OF STILL LIFE IN PAINTING, PROBLEMS IN THE EDUCATION OF YOUNG EDUCATORS. Science and Innovation, 2(6), 2933.

20. Djalilova, R. Q. (2023). Methodology, History, Pedagogical Methodology of Fine Arts. Texas Journal of Philology, Culture and History, 18, 72-76.

21. Xo^HMaMaroB A. r^OBA^^AmYB mAPOHTH^A MHT-THH MYCH^HH MEPOCrA MYHOCABATHH WAPHE EOPHm TЕНAЕНЦH£CHНHНГ HA3APHH-METO^O^OrHK ACOCTAPH. "JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN". JURNALI VOLUME 1, ISSUE 2, 2023. JUNE 249-253 bet.

22. Achildiyeva, M. (2023). PATNISAKI ASHULANING IJTIMOIY JARAYONDA FALSAFIY TARAQQIYOTI XUSUSIDA. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan, 1(2), 254-266.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

23. Achildiyeva, M. (2023). QADIMGI DAVR CHOLG 'U SOZLARI VA ULARNING KELIB CHIQISHI. DENMARK" THEORETICAL AND PRACTICAL FOUNDATIONS OF SCIENTIFIC PROGRESS IN MODERN SOCIETY", 14(1).

24. Achildiyeva, M., & Mohinur, M. (2023). O 'ZBEK SAN'ATINING ZABARDAST HOFIZI JO 'RAXON SULTONOV. DENMARK" THEORETICAL AND PRACTICAL FOUNDATIONS OF SCIENTIFIC PROGRESS IN MODERN SOCIETY", 14(1).

25. Achildiyeva, M., & Sabina, B. (2023). ALISHER NAVOIY ASARLARIDA MUSIQIY ATAMALAR. Gospodarka i Innowacje., 34, 494-498.

26. Achildiyeva, M., & Atkiyoyeva, R. (2023). O 'ZBEK MILLIY BALETLARINING PSIXO-ESTETIK AHAMIYATI. Gospodarka i Innowacje., 34, 485-489.

27. Ikromova, F. Y. Q., & Achildiyeva, M. (2023). XOR SAN'ATINING KELIB CHIQISH TARIXI, UNING JAMIYAT HAYOTIDAGI O 'RNI VA AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

sciences, 3(5), 320-325.

28. Achildieva, M., & Ikromova, F. (2022). THE USE OF MAQOM METHODS IN THE OPERA" LEYLI AND MAJNUN" BY REINGOLD GLIER AND TOLIBJON SODIKOV. Science and Innovation, 1(4), 23-28.

29. Xojimamatov, A., & Ikromova, F. (2022). PROBLEMS OF PERFORMING MUSICAL STAGE WORKS (ON THE EXAMPLE OF THE OEUVRE OF UZBEK COMPOSERS). Science and Innovation, 1(4), 29-33 24.

30. Khojimamatov, A., & Ikromova, F. (2022). Look at the Polyphony and Theoretical Heritage of SI Taneev. Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences, 8, 87-89.

31. Hojimamatov, A. (2022). CHANG CHOLG 'USI TARIXIGA BIR NAZAR VA UNING ORNAMENTAL BEZAKLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 265-275.

32. Xojimamatov, A., & Ikromova, F. (2022). МУСЩИЙ СА^НАВИЙ АСАРЛАРНИНГ ИЖРОЧИЛИК МУАММОЛАРИ (УЗБЕКИСТОН КОМПОЗИТОРЛАРИ ИЖОДИ МИСОЛИДА). Science and innovation, 1(C4), 2933.

33. Abdusattorov, A. (2023). MUSIQA DARSLARI JARAYONIDA KOMPYUTER TEXNALOGIYALARIDAN FOYDALANISH AFZALLIKLARI. Наука и инновация, 1(9), 8-12.

34. Abdusattorov, A. (2023). TORLI KVARTET UCHUN ASARLAR YARATISHNING METODOLOGIK BOSQICHLARI. Наука и инновация, 1(9), 47.

35. Абдисатторов, А. А. У. (2022). БАСТАКОРЛИК ИЖОДИДА МУСИНА ФОЛЬКЛОРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 602-605.

36. Abdusattorov, A. (2020). About Makom Melodies Adapted for Orchestra of Uzbek Folk Instruments. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 2(11), 28-30.

37. Abduvali o'g'li, A. A. (2023). XX ASR MUSIQA SAN'ATI RIVOJINING BA'ZI XUSUSIYATLARI. Gospodarka i Innowacje., 35, 729-734.

38. Abdumalikovna, Y. D. (2021). The Role and Importance of Culture and Art in The Development of Society. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 3, 1-3.

39. Yuldasheva, D. (2022). YANGI O 'ZBEKISTON RIVOJIDA MADANIYAT VA SAN'AT SOHASIGA KREATIV YONDASHUV. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 293-297.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

40. Adiljanovna, A. M., Nurullaevna, N. M., Abdumalikovna, Y. D., Sharobidinovich, M. J., Abdujalil Abduvalio'g'li, A., & Behzod Asqaralio'g'li, T. (2021). Academic Yunus Rajabi and His Scientific Heritage. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 9092-9100.

41. Juraevna, A. S., Abdumalikovna, Y. D., & Xusanovna, D. N. (2021). MODERN SOCIAL AND PEDAGOGICAL FUNCTIONS OF MUSIC ART AND EDUCATION. Journal of Ethics and Diversity in International Communication, 1(1), 57-59.

42. Тешабаева, О. Н., & Юлдашева, Д. А. (2022). Узбекистонда банк хизматлари бозори бошкдруви ва ривожланишининг хусусиятлари. Results of National Scientific Research International Journal, 1(3), 91-97.

43. Sobirov, B., Yuldasheva, D., Iroda, N., & Laylo, T. (2022, February). MUSICAL WORKS AND THEIR PLACE IN HUMAN LIFE. In Archive of Conferences (pp. 53-56).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.