Научная статья на тему 'LAPAR VA O‘LAN QO‘SHIQLARI IJROCHILIGINING MILLIY MUSIQA MADANIYATIDA TUTGAN O‘RNI'

LAPAR VA O‘LAN QO‘SHIQLARI IJROCHILIGINING MILLIY MUSIQA MADANIYATIDA TUTGAN O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
5608
186
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
folklor / lapar / ijrochilik / Gulshoda Otabayeva / xalq milliy merosi / madaniyat

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Kursiya Esonova

Ushbu maqola orqali folklor musiqa ijrochiligi janrining mustaqil yo‘nalishlaridan bo‘lgan o‘zbek xalq laparlari va ularning ijrochiligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganilgan. Ushbu janrda samarali ijrochilik maqomiga erishgan ustoz san’atkorlar va tadqiqotchilarning ilmiy-ijodiy faoliyati ham ko‘zdan kechirilgan. Shular bilan birgalikda maqolada turli janr va xarakterdagi xalq qo‘shiqlarining she’r hamda nota matnlari, shuningdek, folklor musiqa (jamoa) ijrochiligi bo‘yicha bazi tushunchalar borasida ham so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «LAPAR VA O‘LAN QO‘SHIQLARI IJROCHILIGINING MILLIY MUSIQA MADANIYATIDA TUTGAN O‘RNI»

LAPAR VA O'LAN QO'SHIQLARI IJROCHILIGINING MILLIY MUSIQA

MADANIYATIDA TUTGAN O'RNI

Kursiya Esonova [email protected] O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Ushbu maqola orqali folklor musiqa ijrochiligi janrining mustaqil yo'nalishlaridan bo'lgan o'zbek xalq laparlari va ularning ijrochiligi bilan bog'liq masalalar o'rganilgan. Ushbu janrda samarali ijrochilik maqomiga erishgan ustoz san'atkorlar va tadqiqotchilarning ilmiy-ijodiy faoliyati ham ko'zdan kechirilgan. Shular bilan birgalikda maqolada turli janr va xarakterdagi xalq qo'shiqlarining she'r hamda nota matnlari, shuningdek, folklor musiqa (jamoa) ijrochiligi bo'yicha bazi tushunchalar borasida ham so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: folklor, lapar, ijrochilik, Gulshoda Otabayeva, xalq milliy merosi, madaniyat.

THE ROLE OF LAPAR AND OLAN SONGS IN PERFORMANCES IN THE

NATIONAL MUSIC CULTURE

Kursiya Esonova [email protected] Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: Through this article, Uzbek folk songs from the independent genres of folklore music performance and issues related to their performance are studied. The scientific and creative activities of master artists and researchers who have achieved the status of effective performers in this genre are also reviewed. Along with this, the article also talks about the lyrics and sheet music of folk songs of different genres and characters, as well as some concepts of folk music (community) performance.

Keywords: folklore, lapar, performance, Gulshoda Otabayeva, national heritage of the people, culture.

KIRISH

O'zbekiston mustaqillikka erishgandan buyon ijtimoiy, siyosiy va madaniy-ma'rifiy jabhalarda katta o'zgarishlar sodir bo'lmoqda. o'zligimizni anglashga, qadim tariximizni o'rganishga, ajdodlarimiz qoldirgan madaniy merosni asrab-avaylashga katta e'tibor berilmoqda.

I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz

Xalqimizning musiqa boyliklari juda ko'pqirrali, sermazmun va rang-barangdir. Ohangdor ajoyib kuylarimiz va folklor namunalari kishiga quvonch, xursandchilik bag'ishlaydi, og'ir damlami yengil qiladi. U insonni oliyjanob fazilatlari, his va tuyg'ularini ifodalab beruvchi kuchga egadir1.

Folklor barcha san'atning boshlanishi, sarchashmasi, shu sababli ham boshqa ko'pgina san'atlar bilan uyg'unlikka ega, shuning bilan birga hech biriga o'xshamagan o'ziga xosligi bilan ajralib turuvchi alohida san'at turidir. Bu soha o'z ichiga musiqa, raqs, hunarmandchilik, tasviriy, badiiy va boshqa san'atlar bilan bog'liq tasavvurlarni qamrab oladi. Boshqacha qilib aytganda, og'zaki ijod xalqning o'tmishi, buguni va kelajagini o'zida ifoda etuvchi, uning taqdiri bilan chambarchas bog'liq ijodiy jarayondir. Shuning uchun ham allomalarimiz uni el adabiyoti deb atagan. Biror bir xalqning qanday xalq ekanligini bilish uchun dastavval uning milliy an'analariga, urf-odatlariga nazar solish lozim bo'ladi2.

ADABIYOTLAR SHARHI

O'zbek xalqi uchta katta etnosdan tashkil topganligi va qarluq, qipchoq va o'g'iz qabilalarning o'zaro birlashuvi natijasida bugungi o'zbek xalqining yadrosi paydo bo'ldi. Ma'lumki, bu uch qabila birlashmalari boshqa hududlarda ham turkiy xalqlarning shakllanib, tarkib topishida muhim rol o'ynagan. Bu jarayonlar xalk og'zaki poetik ijodida ham yaqqol ko'zga tashlanib turadi. O'rta Osiyo xalqlari folklorining genizisida, syujet qurilishida, yetakchi motivlarida ham o'ziga xoslikni ko'ramiz. Bundan tashqari folklor asarlari ijtimoiy qiymatga egaligi bilan ham ajralib turadi. Kelajak avlodni ham ma'rifiy, g'oyaviy-tarbiyaviy va estetik jihatdan tarbiyalashda asosiy ahamiyatga ega.3

San'atkor repertuariga o'tib o'zlashgan xalq laparlari asosan ikki ijrochi tomonidan ijro etilishga mo'ljallanganligi sababli ularni ba'zan bir erkak va bir ayol, ba'zan esa bir shaxsning o'zi tomonidan ikki kishi tilidan ijro etila boshlandi. O'zbekiston xalq artisti Rahima Mazohidova, marhuma Tursunoy Mamedova, Gulshod Otaboyeva kabi san'atkorlar xalq laparlari asosida o'zlariga xos repertuarlar yaratdilarki, ular ijro etgan laparlar sof xalqona laparlarga mustaqil variant sifatida baholanishi lozim. Darhaqiqat, variantlilikning yuzaga kelishi haqida professor T.Mirzayev quyidagilarni yozganida to'la haqlidir: «Variantlaming yuzaga kelishining obyektiv sababi, birinchidan, xalq og'zaki poetik ijodining tabiati bilan belgilansa, ikkinchidan tarixiy voqelik bilan izohlanadi. Folklorda variantlaming yuzaga kelishidagi obyektiv sababi birinchi planda turadi, chunki variantlilikning mohiyati ham ana shu orqali tushuntiriladi».

1 Nozim Qosimov "Folklor musiqa ijrochiligi" o'quv qo'llanma Toshkent "Talqin" 2008 3-b

2 Sh.Rahmatullaeva "Folklor san'ati va xalq dostonlari: kecha va bugun" "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (1) IV/2019 ISSN 2181-063X 46-b

3 Matluba Murodova "Folklor va etnografiya" (O'quv qo'llanma) Toshkent - 2006, 2-b

I icOE^^^^HI 335 http://oac.dsmi-qf.uz

O'zbek xalq qo'shiqlarini yozib olish, sistemalashtirish, nashr qilish va ilmiy o'rganish borasida esa H.Zarifov, M.Alaviya, H.Razzoqov, O.Sobirov, J.Qobilniyozov, S.Ro'zimboev, F.Karomatov, K.Ochilov, O.Safarov, A.Musaqulov, Sh.Turdimov va D.O'rayeva kabi olimlar samarali faoliyat ko'rsatishgan. Natijada O'zRFA O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Folklor arxivida mamlakatimizning barcha hududlari bo'ylab o'tkazilgan ekspeditsiyalar chog'ida yozib olingan g'oyat boy qo'shiqlar xazinasi jamlandi. «O'zbek xalq ijodi» ko'pjildligi silsilasida xalq qo'shiqlaridan tuzilgan «Oq olma, qizil olma», «Gulyor», «Xalq qo'shiqlari» kabi to'plamlar, shuningdek, ko'plab alohida majmualar chop etildi. Ayniqsa, istiqlol yillarida xalq qo'shiqlarining o'ziga xos xususiyatlari va janrlar tarkibini o'rganish ishlari yangi bosqichga ko'tarildi. Xususan, mehnat qo'shiqlari badiiyati, tarixiy qo'shiqlarda ijtimoiy hayotning aks etishi, xalq qo'shiqlari poetikasi4, xalq lirikasining tarixiy asoslari, qo'shiqlarning tuzilishi va kompozitsiyasi, laparlar spesifikasi va badiiyati, xalq qo'shiqlari tasnifi, qo'shiqchilik an'analarining hududiylokal xossalari, qo'shiq va marosim munosabati kabi folklorshunoslikning dolzarb masalalari hal qilindi.5

TADQIQOT METODOLOGYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Xalq qo'shiqlarining kelib chiqish tarixi va genetik asoslarini aniqlash dunyo folklorshunosligining eng dolzarb muammolaridan biri bo'lib, hozirgi kunda bu masalada asosan, ikki xil nazariy konsepsiya ilgari surilmoqda: jumladan, folklor janrlari tipologiyasi va nazariy poetika asoslarini ishlab chiqqan ritual-mifologik maktab ta'limotiga ko'ra qo'shiqlar genezisi qadimgi oilaviy-maishiy, mavsumiy va ritualramziy marosimlarda ijro etilgan aytimlarga bog'liq deb qaralsa, antropologik nazariya tarafdorlari xalq lirikasining tadrijiy rivojiga folklor ijrochilarining badihago'ylik iqtidorini asos qilib ko'rsatadilar. Bu esa ijro usuli aytishuv asosiga qurilgan o'lan, lapar kabi janrlarning badiiy evolyusiyasini izchil tadqiq etish lozimligini ko'rsatadi.

1920 yillardan boshlab Respublikamizda raqs va xor jamoalari maktablarda, o'quv yurtlarida tuzilib keng tarqaldi. Har bir to'garaklarda kichik xor ansambli bo'lib, yallalar, laparlar, revolyusion qo'shiqlar va marsiyalar ijro etilar edi. Shu yillarda Xamza Xakimzoda Niyoziyning faoliyati muhim ahamiyatga ega.

O'rta Osiyo xalqlari jumladan o'zbek xalqi professional xor san'atiga ega bo'lmasada qadim zamonlardan beri jamoa bo'lib qo'shiq aytish an'analariga ega bo'lgan. o'zini mehnat faoliyati, turmush tarzi bilan bog'liq bo'lgan, musiqiy durdonalarni yaratgan, og'zaki usulda avloddan-avlodga qoldirgan. Bolalar, ayollar, erkaklar alohida qo'shiq aytish an'analari bo'lgan. Masalan: Diniy marosimda

4 Turdimov Sh. Qo'shiq ma'nosining kaliti (birinchi maqola) // Ma'rifat. - Toshkent, 2013

5 Imomnazarova Shahodatxon Xabitovna "O'zbek folklorida o'lan janri (o'ziga xos xususiyatlari, genezisi va badiiyati)" diss avtorefereati Toshkent 2018.7-b

I jbÄÜ^^Bl 336 http://oac.dsmi-qf.uz

kattalarni zikr tushishi, marsiya qo'shiqlarni kuylash, bolalarni ramazon oylarida ko'pchilik bo'lib qo'shiq kuylashi, Navro'z bayramlarida, mavsumiy sayllar, qiz bolalar va yigitlarni qo'shiq kuylashi, to'y marosimida ayollarni yor-yor, lapar, yalla, chertmak, besh qarsak jamoa (xor) va yakkaxon bo'lib ijro etilgan. Asrlar davomida to'plangan Shoshmaqomning vokal qismidagi taronalar ham uch-to'rt va undan ko'p xonandalar tomonidan aytilgan6.

NATIJALAR VA MUHOKAMALAR

O'zbek folklorshunosligida xalq lirikasi janrlarining tarixiy asoslari va tadrijiy takomili bosqichlari, shu jumladan, o'lan janrining paydo bo'lishi haqida uch xil ilmiy qarash mavjud. Jumladan, M.Alaviyaning fikricha, «o'lan, lapar, yor-yor qadimda bir bo'lgan. Keyingi vaqtlarda turli to'y marosimlari, har joydagi kishilarning yashash sharoitlari bilan bog'liq ravishda ular orasidagi tafovutlar kuchaygan. Ularning har biri to'y marosimining ma'lum bosqichi bilan bog'lanib kelgan va mustaqil qo'shiq turiga aylangan». B.Sarimsoqov esa «lapar va o'lan janrlarining genetik jihatdan aloqadorligi u qadar shubha uyg'otmasa ham, lekin yor-yor va o'lan janrlarini tarixan bir hodisa sifatida olib qarash ishonarli emas», - deb qayd etgan bo'lsa, N.Qosimov esa «yor-yor, o'lan va laparlar tarixan mustaqil janr sifatida yuzaga kelgan», deb hisoblaydi.

O'lan - xalq og'zaki ijodidagi omaviy janri; qo'shiq turi. O'lanlar to'y-yig'in, sayl, bayramlarda kishilarning tarafma-taraf bo'lib aytuvchi qo'shiq turi hisoblanadi. Nikoh to'yida kelin tamon kuyov taraf bilan bahslashsa, sayl-bayramlarda mahalla, ovul yoki qishloq ahli boshqa mahalla, ovul, qishloq vakillari bilan musobaqalashgan. O'lanlar yakkama-yakka yoki guruh bo'lib aytilgan. Aytuvchilar raqiblarini "harf", deb atashi urfga kirgan. Qadimda o'lan nikoh to'yi marosimlari tarkibida yor-yor" bilan bir umumiy ohangda paydo bo'lgan. Fikrimizni "yor-yor"dagi "hay-hay o'lan" an'anaviy boshlama va "Alpomish" dostoni tarkibida kelgan o'lan shakli va har ikki janr ohangini ta'min etuvchi o'n bir bo'g'inli yetakchi vazn o'lchami tasdiq etadi. Daryoga tosh otmanglar, Botar ketar yor-yor. Uzoqqa qiz bermanglar, Olar ketar yor-yor.

Ammo yor-yorlarning ayrim namunalari qanday mazmunda bo'lishidan qat'i nazar oxir-pirovardida yosh oilaga baxt tilangan. Taxta-taxta ko'prik Taxting bo'lsin yor-yor, Payg' ambarning qizidek Baxting bo'lsin yor-yor.

6 Qulmatova Xurshidaxon "Xor san'atining shakllanish va rivojlanish tarixi." IJODKOR O'QITUVCHI JURNALI 5 IYUN / 2022 YIL / 19 - SON 85-bet

337

http://oac.dsmi-qf.uz

To'g'ri, lirik janrga xos bo'lgan his-tuyg'ularni ifodalash jarayonida qo'shiq ijrochilari o'zlarining hayotlaridan o'rin olgan ayrim noxush holatlarni ham ifodalashdan tortinmaganlar. Bunday qo'shiq namunalarida qizning yoshi katta odamga turmushga chiqayotgani, yashash jihatidan juda uzoq manzilga uzatilayotgani kabi lavhalar ham o'z aksini topgan: To'yda qizlar o'ynashib, Ko'ngli to'lsa, yor-yor, Yosh boshiga er qildi, Chol ham bo'lsa, yor-yor. Yoki quyidagi to'rtlikka e'tibor bering: Uzoqqa borgan qizning Rangi sariq, yor-yor, Ko'zidan oqqan yoshi Misli ariq, yor-yor

Albatta yor-yor, o'lan ham milliylik xususiyati bilan maarosimlarga o'zgacha ko'rk berishini yaxshi bilamiz. Ushbu toifaga kiruvchi laparlarda nisbatan marosimlarning turli kayfiyati farqlanadi. Asosan to'y-hashamlarda emas, milliy bayramlar va yig'inlarda aytilishi bilan faqrlanadi. Uning auditoriyasining hajmi ham qisman farqlanadi.

Laparlarga xos muhim xususiyatlardan biri janrning musiqa vositasida ijro etilishi hisoblanadi. So'z va soz, xoreografik va dramatik elementlarning birgalikda mavjudligi, boshqacha aytganda, foklorga xos sinkretizmning mavjudligi lapar janrining qadimiyligidan dalolat beradi.

Laparning janr xususiyatlari yuzasidan yuqorida aytilgan fikrlar bizga quyidagicha xulosalarga kelishga asos boiadi.

1. Xalq laparlari o'zbek folklorining eng qadimiy janrlaridan biri bo'lib, u o'ziga xos qator janriy xususiyatlar kasb etgan. Bu xususiyatlar janrning ijro o'rni, ijro tarzi va ijrochilar tarkibidagi o'ziga xosliklar bilan belgilanadi.

2. Lapar aytishuvlari tarixan qadimgi dual jamiyatga xos ikki tomon o'rtasidagi bahs-munozara, sinov shartlari bilan bog'liqlikda kechishi bilan aloqadordir.

3. Janr tarkibida so'z va musiqa uyg'unligi, xoreografik va dramatik turga oid unsurlarning mavjudligi, aniqrog'i, folklor asarlariga xos sinkretizmning faol ishtirok etishi xalq laparlarining tarixiy ildizlari ancha qadimiy ekanligidan dalolat beradi.

Lapar janrining musiqaga munosabati masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur masala janrning o'ziga xos hususiyatlarini ma'lum darajada belgilab beradi. Shu nuqtayi nazardan, xalq laparlariga murojaat etilsa, ikki holat ko'zga tashlanadi.

Birinchisi, xalq laparlari kuy vositasida ijro qilinishini e'tirof etish. Darhaqiqat, barcha laparlar ma'lum kuyda ijro etiladi. Lapar kuylari, ohang va usullari izchil an'anaviylik asosida avloddan avlodga o'tib keladi.

I ihSi^^Bl 338 http://oac.dsmi-qf.uz

Ikkinchisi, ayrim laparlar professional san'atkorlar repertuariga o'tib, professional musiqa asboblari jo'rligida raqs orqali ijro etiladi. Rahima Mazohidova, Gulshod Otaboyeva kabi san'antkorlar juda ko'p xalq laparlarini ijodiy o'zlashtirish orqali o'z variantlarini vujudga keltirganlar.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda o'lan, yor-yor va laparlar ham millliy merosimizning namunasi bo'lib, uning ijrosi va bunga bog'liq bo'lgan masallar ko'plab olimlar tomon idan o'rganilagan. Shuni ishonch bilan ayta olamizki folklorning ushbu namunasi ijro jarayoning sodda va tushunarliligi, madaniy-ma'rifiy ozuqaviy manbayi, yoqimli ohangi va eng muhumiy milliylik, tarixiylik kabi muhim komponentlarni o'zida jamlay olishi bilan ajralib turadai. Har bir millatning o'ziga xos mintaliteti va boy tarixiy namunalarini bildirib turuvchi merosi bo'lgani kabi, ushbu janrdagi namunalar ham bizga o'zbek xalqining boy o'tmishidan hikoya qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. J. Qobulniyozov. o'zbeksovet folkloriningrivojlanish yoilari. -T .: Fan. 1969.3 6 4 b.

2. N. Hotamov, B. Sarimsoqov. Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o'zbekcha izohli lug'ati. - T.: o'qituvchi, 1979. - 365 b.

3. M.Jo'rayev. Navro'z qo'shiqlari. - T: Alisher Navoiy nomidagi o'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. - T.:2oo7.

339

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.