Научная статья на тему 'FOLKLOR-ETNOGRAFIK ANSAMBLLARDA MUSIQA CHOLG‘ULARINING O‘RNI VA AHAMIYATI'

FOLKLOR-ETNOGRAFIK ANSAMBLLARDA MUSIQA CHOLG‘ULARINING O‘RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
298
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Musiqa cholg‘ulari / meros / folklor irochiligi / ansambl / terrakota / riton / miniatyura

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Bekzod Diyor O‘g‘li Davronov

Bizga ma’lum ota-bobolarimiz, xalqimiz asrlar davomida biz ajdodlarga boy madaniy meros qoldirgan. Asrlar davomida Respublikamizning turli vohalarida turmush tarzi, yashash sharoiti, iqlimidan kelib chiqib rang-barang folklor kuyqo‘shiqlari yaratilgan, musiqa cholg‘ulari vujudga kelgan. Ularni o‘rganish, hayotga tadbiq etish, kelajak avlodga yetkazish bizning oldimizga qo‘yilgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada barchasi ilmiy bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FOLKLOR-ETNOGRAFIK ANSAMBLLARDA MUSIQA CHOLG‘ULARINING O‘RNI VA AHAMIYATI»

FOLKLOR-ETNOGRAFIK ANSAMBLLARDA MUSIQA CHOLG'ULARINING O'RNI VA AHAMIYATI

Bekzod Diyor o'g'li Davronov bekzod.davr@mail .ru O'zbekiston davlat San'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Bizga ma'lum ota-bobolarimiz, xalqimiz asrlar davomida biz ajdodlarga boy madaniy meros qoldirgan. Asrlar davomida Respublikamizning turli vohalarida turmush tarzi, yashash sharoiti, iqlimidan kelib chiqib rang-barang folklor kuy- qo'shiqlari yaratilgan, musiqa cholg'ulari vujudga kelgan. Ularni o'rganish, hayotga tadbiq etish, kelajak avlodga yetkazish bizning oldimizga qo'yilgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada barchasi ilmiy bayon etilgan.

Kalit so'zlar: Musiqa cholg'ulari, meros, folklor irochiligi, ansambl, terrakota, riton, miniatyura.

THE ROLE AND SIGNIFICANCE OF FOLKLORE AND ETHNOGRAPHIC

MUSICAL INSTRUMENTS

Bekzod Diyor ogli Davronov bekzod.davr@mail. ru Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: We know that our ancestors, our people left us a rich cultural heritage for centuries. For centuries, in various oases of the Republic, depending on the way of life, living conditions, climate, colorful folk songs were created, musical instruments appeared. One of our most important tasks is to study them, apply them to the next generation. Everything is scientifically explained in this article.

Keywords: Musical instruments, heritage, folklore, ensemble, terracotta, rhyton, miniature.

Ma'lumki O'zbekiston 1993 yildan buyon YUNESKOga a'zo bo'lgan. Shu paytga qadar mamlakat sohaga taalluqli barcha asosiy xalqaro hujjatlariga qo'shilish choralarini ko'rib, ularning normalarini milliy qonunchilikka joriy qilib kelmoqda.

YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro'yxatiga esa Boysun madaniy makoni, Shashmaqom mumtoz musiqasi, Katta ashula, Askiya san'ati, Navro'z, Palov madaniyati va an'analari, Marg'ilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazi: adras va atlas tikish, Xorazm raqsi - Lazgi kabilardan iborat 8 ta ob'ekt kiritilgan.

I icclT^^^^H 601 http://oac.dsmi-qf.uz

Shuningdek, Surxondaryoda an'anaga aylangan "Boysun bahori" folklor-etnogtafik festivali, Buxoroda "Ipak va ziravorlar" festivalining muntazam o'tkazilishi, Respublikamizning barcha hududlarida folklor qo'shiqchiligi va ijrochiligiga oid madaniy-ma'rifiy tadbirlarning tashkil etilayotganligi hech kimga sir emas. Qolaversa, milliy o'zligimizni anglashga yo'naltirilgan, bolalar ongiga kichikligidan xalq musiqa merosini singdirishga qaratilgan davlat dasturlari orasida maktabgacha ta'lim muassasalari va maktablarda xalq musiqa merosini o'rgatishishlari boshlab yuborilganligi diqqatga sazovordir. Zero, o'zlikni anglash ajdodlarimizdan qolgan merosni o'rganishdan boshlanadi.

Folklor va an'anaviy cholg'u ijrochilari repertuarini boyitishini, yurtimizning chekka hududlarida xalq orasida keng tarqalgan musiqani ta'lim tizimiga olib kirish, milliy qadriyatlarimizni va merosimizni yosh avlodga ustoz-shogird an'analari asosida o'rgatish, shu tariqa ularning kasbiy mahoratlarini shakllantirish va rivojlantirish shu sohada faoliyat olib boruvchi Professor- o'qituvchilarning asosiy vazifasidir. (2.43)

Folklor cholg'usi deganda biz xalq orasida keng tarqalgan, tuzilishi, ijro qilinishi nuqtai nazaridan oddiy va sodda bo'lgan cholg'ularni tushunamiz. Respublikamizning turli hududlarida o'sha vohaga xos folklor etnografik musiqasi va cholg'ulari mavjud bo'lib, ular azaldan mazkur hududda istiqomat qiladigan aholining turmush tarzi, urf-odatlari bilan bevosita bog'liqdir. Bunga asosan Farg'ona-Toshkent, Buxoro-Samarqand, Surxondaryo-Qashqadaryo va Xorazm vohalari uslublari kiradi. Har bir hududdagi havaskor ijrochilar o'ziga xos va qulay bo'lgan cholg'uda ijro etib, o'z madaniyati va san'atini namoyish qiladi va targ'ib etadi. Shuningdek, turli viloyatlar aholisining turmush tarzi yaqinligi, ommaviy axborot vositalari, globallashuv jarayonlari natijasida bugungi jadal rivojlanish davrida bir voha madaniyati boshqasining urf-odatlari va udumlari bilan tanishish, ularni o'rganish va o'ziga yoqqan qirralarini o'z an'analariga kiritish imkoniyatiga ega. (3.47) Bu fikr folklor cholg'ulariga ham taaluqli. Lekin, cholg'ularning turli vohalar bo'yicha tarqalish jarayoni azaldan mavjud bo'lgan. Masalan, karnay, surnay, nog'ora cholg'ularini barcha viloyatlarda uchratish mumkin. Bu cholg'ular xalqning eng shodiyona kunlarida, to'yu-tantanalarida baralla yangraydi. (4.55)

Folklor cholg'ulari keng tarqalgan hududlardan biri bu Qashqadaryo-Surxondaryo vohasidir. U Respublikamizning nisbatan chekka hududini tashkil etganligi uchun, uning qishloqlarida qadimiy an'anaviy cholg'ular ko'p saqlanib qolingan.Bu yerda biz changqo'biz, sibizg'a, sopol nay, g'ajir nay, do'mbira, qoshiq cholg'ularining keng tarqalganligining guvohi bolamiz.

Qashqadaryo va Surxondaryoda folklor etnografik ijodiyoti, turli xil xalq sayllari, bayramlarini tez-tez o'tkazib turish, milliy udumlarni targ'ib qilish, ularni qadrlash va avloddan - avlodga yetkazishga katta e'tibor qaratiladi. Bu o'rinda folklor etnografik ansambllar tomonidan xalq cholg'ularining barcha madaniy-ma'rifiy tadbirlarda keng

I [ccñ^^BI 602 http://oac.dsmi-qf.uz

qo'llanilishini ham ta'kidlash joiz. Masalan, Surxondaryoda "Boysun", "Shalola","Qo'ng'irot", "Bulbuligo'yo"folklor etnografik ansambllari keng tanilgan.(3.65)

Bu ansambllarning asosiy cholg'u tarkibini nay, doyra, rubob cholg'ulari tashkil etadi. Xalq qo'shiq va kuylarini chalganda "Shalola" ansambli sibizg'a cholg'usidan ham keng foydalanadi.

Xorazm folklorida surnay, bulaman, qayroq, qo'shnay, garmon, tor, doyra cholg'ulari keng qo'llaniladi. Bu hududda surnayning keng qo'llanilishini biz Xorazmning mashhur "Surnay lazgisi" misolida ko'rishimiz mumkin. "Lazgi"ning ansambl ijrosida esa surnay, garmon, qayroq,tor, doyra cholg'ulari qo'llaniladi.

Xorazmda azaldan ayollar davrasida xalfachilik san'ati mavjud bo'lgan. Xalfalar mahalliy og'zaki ijod namunalarini ijro etuvchi ayollar bo'lib, o'tgan asrlarda ular faqat "ichkari"da ayollarga xizmat qilgan. Xalfalarning faoliyat ko'rsatish turi bo'yicha ikki yo'nalishga bo'linadi. Bular: to'y va bazmlarda qo'shiqlar ijro etuvchi "sozi xalfa" va ta'ziya va marosimlarda kitob o'quvchi "kitobiy xalfa"lar - otin (otinoyi). (2.76)

"Sozi xalfalar" san'atida jo'rnavozlik va yakka ijrochilik mavjud. Xalfalar ansambli asosan uch kishidan tashkil topadi. Bular: xalfa - garmon chaladi va qo'shiq kuylaydi, doyrachi - qo'shiqqa jo'r bo'ladi, ba'zan esa raqsga tushadi va o'yinchi -raqsga tushadi va lapar aytadi. Xalfachilik san'atining yetakchi namoyondalaridan bo'lgan Ojiza (Onabibi Otajonova), Nazira, Sora va Ullibibi xalfalar bu janrning bizgacha yetib kelishi va keng rivojiga o'z hissalarini qo'shganlar. Bugungi kunda Karomat Ibragimova, Shirin Jumaniyozova kabi xalfachilik san'ati targ'ibotchilari faoliyat olib borishmoqda.

Xorazmda bir qator folklor jamoalar qatorida "Xiva", "Doston", "Orazibon", ansambllari ham faoliyat yuritadi. Ularning asosiy cholg'u guruhini doyra, tor, garmon va qayroq tashkil etadi. Aytish joizki, qayroq raqqos va raqqosalar tomonidan keng qo'llaniladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasida bulaman, qo'biz, g'ijjak,cholg'ulari keng tarqalgan bo'lib, baxshilar ijodida muhim o'rin tutadi. Bu cholg'ularning tembri, sodda ijro texnikasi jirovlar va baxshilar ovoziga jo'r bo'lishga juda mos keladi. E'tiborli tomoni shundaki, Qoraqalpog'istonda baxshichilik san'ati nafaqat erkaklar, balki ayollar orasida ham keng tarqalgan.

Bugungi kunda yosh baxshilar orasida Salamat Ayapov, Jenisbek Piyazov, Bakbergen Sirimbetov, Kamalbay Elimbayev, qizlar orasida Gulshinar Qudaybergenova, G'unshagul Bekturganova, Ziyada Sharipova nomlarini qayd etish joiz. Changqo'biz cholg'usi asosan yakkayoki changqo'bizlar ansamblida ijro etiladi. Bu cholg'uning mohir ijrochilaridan biri yosh san'atkor Hurliman Allabay evadir.

Buxoro - Samarqand folklor ijrochiligida doyra, qayroq, zang, rubob, tor, g'ijjak cholg'ulari keng tarqalgan. Buxorcha, Mavrigixonlik janrlarini ijro etishda, folklor

I [ccñ^^BI 603 http://oac.dsmi-qf.uz

jamoalarning ashula aytib, raqs tushib usul berishlarida bu zarbli cholg'ular muhim o'rin tutadi.

Buxoro folklorida xonandalar ijrosiga doyra ansamblining jo'r bo'lishi keng kuzatiladi. Bu Mavrigiylarning ijro etilishida ham, "Yor-yor"lar, laparlar va ko'plab sho'x qo'shiqlarni kuylashda ham ko'zga tashlanadi. Taniqli san'atkorlar Oliyaxon va To'faxonlar, Nishonjon Otamurodov, Ilhom Ismoilov, Orif Atoyev va boshqa bir qator buxorolik san'atkorlar Buxoro folklor musiqa madaniyatini rivojlantirishga va keng targ'ib etishga katta hissa qo'shganlar.

Farg'ona-Toshkent folklor ijrochiligida ham doyra, dutor, g'ijjak cholg'ularidan keng foydalaniladi.Ayniqsa saqs san'atining rivojlanganligi, erkaklar raqsi, ayollar raqsi turli folklor ansambllar jo'rligida katta mahorat bilan ijro etiladi.

Folklor ijodiyotida cholg'ular asosan ikkinchi darajali vazifani bajaradi. Ko'p hollarda ular qo'shiq yoki ashulaga, yoki raqslarga jo'rnavozlik qiladilar. Ijro etiladigan asarning xarakteri, usuli va uslubidan kelib chiqqan holda cholg'ular yakka yoki ansambl ko'rinishida ashula yoxud raqsga qo'shiladi.(5.67)

Yuqorida folklor cholg'ularini hududlarga ajratish, ularning ijro etilish paytlarini aytib o'tish shuni tasdiqlaydiki, folklor jamoasi rahbari faqatgina xalq cholg'ularida chalishni bilish bilan cheklanmasdan, milliy raqslarni bilishi, xalq ashulalarini o'rganishi, u yoki bu vohaga xos bo'lgan ijro uslubini yaxshi bilishi lozim.

Ta'kidlash joizki, folklor bu sintez san'atdir. Folklor ijrochilarini tayyorlash uchun uchta mutaxassislik fanlarini o'tish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bular:

1. Cholg'u ijrochiligi;

2. Qo'shiq ijrochiligi;

3. Folklor jamoa ijrochiligi.

Mazkur ijro yo'nalishlari o'z navbatida an'anaviy, akademik va folklor etnografik turlariga bo'linadi.

An'anaviy ijro yo'nalishida milliy kasbiy musiqa san'ati ijrochiligi mahorati o'rganiladi. Unga maqomlarimiz, suvoralar, mavrigi va Buxorchalar, Farg'ona-Toshkent an'anaviy ijro uslublari kiradi. Bunday ijro uslubi ustoz-shogird an'analari asosida olingan bilimni, katta ijrochilik repertuarini o'zlashtirishni talab etadi. An'anaviy ijrochilikda xonanda ijrosiga cholg'u ansambli jo'r bo'ladi. Cholg'u kuylari ham asosan ansambl tomonidan ijro etiladi. Unda kamida ikkita cholg'u qatnashib, ikkinchi cholg'u sifatida ko'p hollarda doyra qo'llaniladi. Chunki, an'anaviy ijrochilikda usul yetakchi ahamiyat kasb etadi.(2.63)

Akademik ijroda kompozitorlik ijodiyotiga mansub kuylar va qo'shiqlar, musiqiy asarlar ijro etiladi. Bunda xonandadan ovozi akademik ijroga mos uslubda tayyorlangan bo'lishi, cholg'u ijrochisidan esa katta texnik mahoratga ega bo'lishi

604

http://oac.dsmi-qf.uz

talab etiladi. Bu ijro turida ovoz va solo cholg'usiga ko'p hollarda fortepiano jo'r boladi. Yirik janrdagi asarlar esa orkestrlar jo'rligida ijro etiladi.

Mazkur adabiyotda o'rganilayotgan folklor etnografik ijrochiligida esa asrlar davomida shakllangan va bizgacha yetib kelgan xalqchil, oddiy asarlar ijro etiladi. Unda nafaqat o'z kasbining ustasi, balki havaskor musiqachilar ham o'z iste'dodlarini namoyish eta oladilar.(6.32)

Yuqorida ta'kidlanganidek, folklor ijrochisi nafaqat ma'lum bir cholg'uda ijro etishni, balki ashula aytishni, raqs harakatlarini ham yaxshi o'zlashtirishi lozim. Qolaversa, o'zbek xalqi azaldan san'atsevar va san'atkor xalq bo'lib, asrlar davomida milliy urf-odatlar, madaniy-musiqiy an'analarimizni davom ettirib kelmoqda.

Folklor va etnografiya yo'nalishida o'tiladigan "Cholg'u ijrochiligi" fanining rejasi aniq mezonlar asosida tuzilishi lozim. Unda ijro masalalari, dasturni tanlash, uni bosqichma-bosqich rivojlantirib borish va boyitish muhim o'rin tutadi. Bu borada biz quyidagi takliflarni kiritishni lozim topdik:

1. Folklor ijodiyotini vohalarga bo'lib o'rgatish;

2. Cholg'u ijrochiligi mutaxassisligi fanidan asosiy cholg'u bilan bir qatorda qo'shimcha ravishda qashqar rubobi, dutor yoki doyrani ham o'rganish;

3. O'quv rejasiga an'anaviy cholg'u ijrochiligi bilan bir qatorda folklor cholg'ularida ijro etish soatlarini kiritish;

4. Fakultet talabalaridan tashkil topgan folklor ansambli tuzib, muntazam har bir voha folkloriga bag'ishlangan madaniy-ma'rifiy tadbirlar va konsertlar o'tkazish. (6.42)

Yuqorida ta'kidlanganidek, yurtimizda to'rtta asosiy mahalliy uslub keng tarqalgan. Bular Farg'ona - Toshkent, Buxoro-Samarqand, Surxondaryo-Qashqadaryo va Xorazm hududlari uslubi. Ularning har biri yashash sharoiti, turmush tarziga xos bo'lgan madaniyatni targ'ib etadi. Qolaversa, har bir voha xalqi avloddan avlodga og'zaki an'analar asosida ulargacha yetib kelgan merosni saqlab qolish va kelajak avlodga asl ko'rinishida qoldirish uchun harakat qiladi. Xalqimizning mana shunday sa'y-harakatlarini ta'lim tizimida ham keng qo'llash, har bir hududga xos bo'lgan musiqiy madaniyatni saqlab qola olish, ularni talabalarga o'rgatish ustozlar oldiga qo'yilgan muhim vazifadir.(6.39)

Vohalar madaniyati va san'atini turkum tarzida o'tish talabalarning u yoki bu hududda chalinadigan cholg'ular turlari, ularning qo'llanilish jarayonlari bilan chuqur tanishishlarini ta'minlaydi. Ko'rib chiqilayotgan vohaning folklor kuy va qo'shiqlari tez va samarali o'rganishlariga yaqindan yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Akbarov Il. Musiqa lug'ati T., San'at 1990

2. Begmatov S., Matyoqubov M. "O'zbek an'anaviy cholg'ulari". 2006

I ícclT^^^^H ^05 http://oac.dsmi-qf.uz

3. Toshmatov O'., Turatov S. Ko'hna cholg'ular ijrochiligi. T., 2016.

4. Jumayev S. Milliy cholg'ular tarixi va evolyutsiyasi. T., 2017

5. Toshmatov O'., Beknazarov X. Cholg'ushunoslik (darslik). T., 2018

6. Davronov B. Cholg'u ijrochiligi T., 2019

606

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.