SOZANDALAR SAN'ATIDA MILLIY CHOLG'ULARNING O'RNI
Ulug'bek Karimovich Rahmonov Farg'ona davlat universiteti
Annotatsiya: Musiqa ijrochilik san'atida cholg'u asboblarining tutgan o'rni, musiqa cholg'u asboblarini kelib chiqish tarixi, uning hozirgi kunda ijrochilik san'atida yangidan yangi cholg'u asboblarni o'zbek musiqa san'atiga kirib kelayotganligi, har bir cholg'u asboblarning o'ziga xos ijro imkoniyatlari haqida fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar: Meros, tafakkur, mu'jiza, sozanda, ijrochilik, milliy, nomoddiy, nafosat, ishq. zamin, mezon, ishonch, kelajak, jonli, jamiyat.
THE PLACE OF NATIONAL INSTRUMENTS IN THE ART OF MUSICIANS
Ulugbek Karimovich Rakhmonov Fergana State University
Abstract: The role of musical instruments in the art of music performance, the history of the origin of musical instruments, the fact that today in the performing arts new musical instruments are entering the Uzbek musical art, everyone the specific performance capabilities of the instruments were discussed.
Keywords: Heritage, thinking, miracle, musician, performance, national, intangible, sophistication, love. ground, criterion, confidence, future, living, society.
Insoniyat hayotining mazmuni uning ijodiyoti mahsuli bilan o'lchanadi. Qaysi xalqning o'tmishi uzoq, ma'naviyati boy, merosi cheksiz bo'lsa, albatta bu xalqning istiqboli, buyuk kelajak avlodi esa barkamoldir. Ijod hayotni go'zallashtiruvchi, olam sir-u asrorlarini ochuvchi, insoniyat tafakkurini anglatuvchi ne'matdir. Lekin ularning hammasi bir mezonga, ya'ni tabiat va unga bo'lgan munosabatga asoslanadi. Uning zaminida esa ishq, nafosat, ishonch hamda tafakkur o'ziga xos erkinlikka erishib, jonli jarayonda o'z mo''jizasini kashf etadi. O'zbekistonda erkin fuqarolik jamiyati qurilayotgan bir paytda, milliy san'atimizning barcha turlarida bo'lgani kabi, sozandalik san'atining o'ziga xosliklarini saqlab qolish, uni rivojlantirish, yangicha tus berish borasida ustoz sozandalar bizlarga qoldirib ketgan nomoddiy meroslari asosiy manba bo'lib xizmat qilmoqda.1
O'zbek milliy sozandalik san'atida shakllangan yakka, ikki yoki undan ortiq cholg'u sozlar ishtirokidagi ijro uslublari, ularning turli milliy va umummilliy
1 K.Olimboyev, M.Ahmedova. O'zbek xalq sozandalari. Toshkent. 1959 y.
I ihSi^^Bl 380 http://oac.dsmi-qf.uz
ko'rinishlari takomillashib, yangi ijrochilik uslubiga ega bo'lgan turli oqimlarning shakllanmoqda.
O'zbek xalq cholg'ularida zamonaviy ijrochilik san'ati o'z taraqqiyotining ko'p asrlik an'analar zaminida rivojlanmoqda. Xalq cholg'u ijrochiligida milliy cholg'u asboblarning o'rni beqiyosdir. Adabiy manbalarda e'tirof etilishga ko'ra, dastlabki musiqa cholg'u asboblari eramizdan avvalgi XIII ming yillikda dunyoga kelgan deb taxmin qilinadi. Musiqachilikda dastlab urma zarbli cholg'u asboblar paydo bo'lgan. Keyinchalik shovqinli cholg'u asboblar paydo bo'lgan. Ijrochilar qarsak chalib ritmni ta'kidladilar, shovqinli cholg'u asboblar ta'sirini kuchaytirdilar. Keyinroq xalq ustalari tomonidan qamish yoki bambuk poyasidan surnay, hushtak, yana biroz o'tgach nay (bo'ylama, ko'ngdalang, ko'p yo'lli), naysimon hushtaklar, shiqildiroqlar, chiltorlar (arfa, lira) va kifaralar yasaldi. Vaqtlar o'tib u cholg'u asboblar yanada takomillashib naylar yuzaga keldi. So'ngroq torli mizrobli va torli kamonchali musiqa cholg'u asboblari paydo bo'ldi. Ular saroy a'yonlarining marosimlarida, harbiy yurishlarida foydalanildi. Qadimgi Sharq madaniyati rivojlanishida o'zbek xalq cholg'ulari shakllandi. Ular ko'p asrlik taraqqiyot davomida o'ziga xos xususiyatlarini tovush tusini saqlab qoldi. O'ziga xos tuzilishi tufayli nay, surnay, tanbur, dutor, rubob, gijjak, qobuzlar an'anaviy shakllarda bizgacha etib keldi. IX asr oxirida O'rta Osiyoda yakkanavoz, ansambl musiqachiligi va raqsni o'z ichiga olgan vokal-cholg'u musiqa turkumi turlari shakllangan edi. O'sha paytda bu bir necha damli, ya'ni karnay, surnay va urma zarbli cholg'ular, ya'ni nog'ora, chindovul asboblarning birgalik chalinishidan hosil bo'lgan. Dutor ijrochiligi o'sha paytda faqat kamer xususiyat kasb etgan bo'lib, bu ijrochilik san'atini asosan ayollar egallagan edilar.2
O'rta asr musiqa ijrochiligi madaniyatining o'ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, cholg'u ijrochilar nafaqat bir necha turdagi musiqa asboblarini chala olgan, balki o'zlari ham musiqa bastalaganlar. Cholg'uchilar o'z davrining etuk musiqachilari va shoirlari ham bo'lishgan. O'rta asr sharoiti-da musiqiy ixtisoslashuv maxsus musiqiy ustaxonalarni paydo bo'lishiga olib keldi. Bu erda ustoz-shogird an'analari qaror topib rivojlandi. Ayni paytda ansambl ijrochiligi takomillashdi, musiqa san'atining asosiy ko'rinishlari shakllanib cholg'u asboblarining yangi namunalari kashf etilishi ham o'sha uzoq davrlarga borib taqaladi. Sharq olimlarining nazariy qarashlari mavjud ijrochilik san'ati tajribasi asosida shakllangan bo'lib, ular o'z risolalarida musiqaning jamiyatda tutgan o'rni va ahamiyati haqida atroflicha ma'lumotlar berilgan. Inson ovoziga azaldan eng mukammal cholg'u hisoblangan. Torli-mizrobli yoki torli kamonchali musiqa cholg'ulari ijrochilari hamisha o'zlari yaratgan kuylar ohangini inson ovoziga ta'sirliroq, samimiyroq, ravonroq chiqarishga intilishgan. Kuy ohangi inson ovoziga juda yaqin turgan cholg'ular ud va rubobni
2 Yu.Rajabiy, I.Akbarov. O'zbek xalq musiqasi. I-II-III tomlar. Toshkent. O'zdavnashr. 1955y.
I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz
batafsil ta'riflagan. Bunda rubob tushunchasi ostida g'ijjakka o'xshagan, torlari kamoncha bilan chalingan musiqalari nazarda tutilgan. XIX asr oxiri - XX asr boshida o'zbek xalq cholg'ularining ijrochilik imkoniyatlari doimo kengaydi va takomillashdi. Turli xil xalq cholg'u ansambllarining tashkil etilishi, yakkanavoz cholg'u-chilikning rivojlanishi musiqa ustalaridan cholg'ularni yanada mukammallashtirishni talab etdi. XIX asrda ijrochilik amaliyotida nay, qo'shnay, surnay, karnay, bo'laman, chang, qashqar rubob, afg'on rubob, tanbur, dutor, do'mbira, g'ijjak, sato, doira. qayroq, safoyil kabi cholg'ular mustahkam o'rin oldi. YAngi musiqa cholg'u asboblari sekin asta turmushga kirib kelishi ansambllarda mustaxkam o'rin oldi. Musiqa cholg'ular tomonidan qo'shiq va raqslarga jo'r holda ham keng foydalanildi, ohanglarning ta'sirchanligi turli musiqiy qochirimlar bilan to'ldirildi.3 Bu davr Turkiston o'lkasi musiqiy hayotida boshqa ijobiy voqealar ham yuz berdi. O'rta Osiyoga Evropa cholg'u asboblari kirib kela boshladi. Bularga simfonik orkestr, damli va urma zarbli cholg'ular orkestrining musiqa cholg'u asboblari, fortepyano, do'mbira cholg'u asboblarni misol ko'rsatish mumkin. Xorazmda Rossiyadan keltirilgan garmon cholg'u asbobi paydo bo'ldi. Farg'onada va Toshkentda g'ijjakni skripka bilan almashtirila boshladilar. Ayni paytda o'zbek xalq musiqa cholg'u asboblari ikoniyatlaridan kelib chiqib, rus ohanglariga ba'zan o'zgartirishlar kiritilgan yangi ko'rinishlari kirib keldi. XIX asrning ikkinchi yarmida o'zbek xalq cholg'ulari ijrochiligi sohasida jiddiy o'zgarishlar yuz berdi, yangidan -yangi shakllari paydo bo'ldi. Xalq ijrochiligi an'analari asosida yangi, nisbatan murakkab va mukammal, xalq hayotining turli tomonlarini yorituvchi kuy va qo'shiqlar yaratila boshladi. Taniqli dutorchi, tanburchi, doirachi, naychi, surnaychi, bo'lamonchi, g'ijjakchi, qashqar va afg'on rubobchilar paydo bo'ldi. Musiqa ijrochiligi san'atida maqom janrini tiklash va rivojlantirish davom etdi. Maqom o'zining ohang va ritm qonuniyatlariga ko'ra xalq qo'shiqlari bilan uzviy bog'liq bo'lib, faqat qam-rovining kengligi bilan farqlanar edi. Odatda har bir maqom ikki katta qismga bo'linadi. Birinchisi - faqat cholg'ularda ijro etilgan qism bo'lib, mushkilot deb, ikkinchisi - cholg'ular jo'rligida aytiladigan ashula qismi bo'lib, u nasr deb atalgan. Nasr o'z ichiga raqs kuyi uforni ham o'z ichiga olgan. Maqomlar ijrosida xonandalar bir qatordi tarkibi turlicha bo'lgan o'zbek cholg'ulari ansambllari ham ishtirok etdi. Cholg'ular ansambliga Buxoroda tanbur va doira, Xorazmda esa dutor, g'ijjak, bo'lamon, doira yoki tanbur, garmon, rubob, doira kirgan. Farg'ona va Toshkent viloyatlarida ansmbl 8-10 ijrochidan iborat bo'lib, bularga nay, qo'shnay, chang, rubob, dutor, tanbur, doira va g'ijjak cholg'ulari o'rin olgan4. Bundan tashqari 3-4 kishidan tashkil topgan kichik ansmbllar ya'ni, nay, chang, rubob, dutor, tanbur, doira va g'ij-jak, ba'zan ikkita cholg'ular bo'lib, bular ikki tanbur, ikki dutor yoki
3 A.Odilov. O'zbek xalq cholg'ularida ijrochilik tarixi. Toshkent. O'qituvchi. 1995 y.
4 U.Rahmonov. D.Suleymanova. Musiqa to'garaklarini tashkil etish. Farg'ona. 2021 y.
ikki g'ijjak, ikki rubob kabilardan iborat bo'lgan. Zero, mustaqillik davrida milliy musiqaga bo'lgan e'tibor, xususan cholg'u janrining mahalliy ko'rin-ishlari, kuylarning shakl, faktura hamda ohang jihatilari, soz ijro-chiligining maxalliy va badiiy mezonlari va nihoyat, uning autentik ko'rinishdagi ijrosiga imkon yaratmoqda.
Hozirgi ayni davrida o'zbek guruhli cholg'u ijrochiligi san'ati badiha (improvizatsiya) uslubidagi yo'nalish paydo bo'ldi. Mazkur oqim mil-liy musiqamiz tabiatidan yaxshi xabardor, nazariy va amaliy mushohadali, ijroviy imkoniyatlari yuqori darajadagi sozandalar - O'zbekiston xalq artistlar Abduhoshim Ismoilov gijjakda, Abdulaxad Abdurashidov nayda, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Abdurahmon Xoltojiev qonunda, Umarali Bulturov udda va Qo'chqor Saidov doira cholg'ularida hamkorliklari vujudga keldi. Ular ijrosidagi asarlarning shakliy qurilmasi, intonatsion xususiyatlari, usullar majmui o'zbek musiqiy ijrochilik an'analariga xos va mos tarzda, tovushqatori temperatsiyalanmagan sozlar ishtirokida yaratildi. Ijrochi jarayonida sozandalar tomonidan sof cholg'u asarlaridan tortib aytim yo'llariga qilinadigan jo'rnavozlik asnosida to'satdan, erkin, (ekspromt) tarzda ishlatiladigan turli "qochirimlar" mazkur guruh amali-yotida odat tusiga kirib bordi. Aynan ushbu hodisa g'ijjak, nay, qonun cholg'ularining texnik imkoniyatlarini to'la ochib berilishi natijasida badiha uslubining shakllanishiga asos bo'ldi5. Ijrodagi ijroga qochirimlar bilan birgalikda kichik musiqiy lavhalardan foydalanila boshlandi. Nati-jada guruh tomonidan aks ettiriladigan milliy musiqiy-estetik me'yor badiha jarayonini tomosha darajasiga ko'tarilishida muhim omil vazifasini o'taydi. Guruh faoliyatida Ayniqsa O'zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov tomonidan yaratilgan "To'yyona", "Dil bayrami", "Buyuk chinor", "Axmad Farg'oniy" va yana qator asarlarni keltirishimiz mumkin.
Shuni aytib o'tish joizki, hozirgi davrda sozandalik san'ati oddiy musiqiy ijrochilik g'oyasi asosida shakllandi va milliy-madaniy yuksalishini ta'minlashda muhim omil sifatida faoliyat ko'rsatib kelmoqda. SHuning uchun san'atning bu turi yurtimizdagi ijtimoiy-ma'naviy barqarorlik negizida shaklan va mazmunan boyigan o'zbek milliy sozandaligining barcha ko'rinishlarini o'zida uyg'unlashtirgan badiiy faoliyat natijasining ijobiy namunasidir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. YU.Rajabiy, I.Akbarov. O'zbek xalq musiqasi. I-II-III tomlar. Toshkent. O'zdavnashr.1955 yil.
2. K.Olimboeva, M.Ahmedova.O'zbek xalq sozandalari.Toshkent. 1959 yil.
3. A.Odilov.O'zbek xalq cholg'ularida ijrochilik tarixi. Toshkent. O'qituvchi. 1995 yil.
4. I.Akborov. Musiqa lug'ati. Toshkent. O'qituvchi. 1997 yil.
5 U.Rahmonov. D.Suleymanova. Musiqa to'garaklarini tashkil etish. Farg'ona. 2021 y.
5. S.Mannopov. So'nmas navolar. Farg'ona. 2003 yil.
6. U.Rahmonov. A.Ergashev. Maktabgacha ta'lim muassasalarida musiqa. Toshkent. O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi. 2021 yil.
7. U.Rahmonov. D.Suleymonova. Musiqa to'garaklarini tashkil etish. Farg'ona. 2021 yil.