Научная статья на тему 'DOIRA IJROCHILIGINI O'RGATISHDA AN'ANAVIY VA ZAMONAVIY METODLAR'

DOIRA IJROCHILIGINI O'RGATISHDA AN'ANAVIY VA ZAMONAVIY METODLAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
695
96
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
узбекские народные инструменты / исполнительское искусство / кружок / традиционное исполнительство / учащиеся / исполнительский статус / пальцы / исполнительская техника. / Uzbek folk instruments / performing arts / circle / traditional performance / students / performance status / fingers / performance technique.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Yo'Ldashov Dilmurod Yusufjon O'G'Li

В данной статье речь идет о современном исполнительском искусстве на узбекских народных инструментах, круге, его основной части, единицах ритма, используемых при игре на круге, традиционном исполнительском искусстве, обучении учащихся исполнительскому кругу, исполнительском статусе, круге Расстановка пальцев, техника исполнения и положение рук обсуждаются.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article deals with modern performing arts in Uzbek folk instruments, circle, its main part, rhythm units used in playing the circle, traditional performing arts, teaching students to perform circle, performance status, circle The placement of the fingers, the technique of execution and the position of the hands are discussed.

Текст научной работы на тему «DOIRA IJROCHILIGINI O'RGATISHDA AN'ANAVIY VA ZAMONAVIY METODLAR»

DOIRA IJROCHILIGINI O'RGATISHDA AN'ANAVIY VA ZAMONAVIY

METODLAR

Yo'ldashov Dilmurod Yusufjon o'g'li

O'zbekiston Davlat san'at va madaniyat instituti 1-kurs cholg'u ijrochiligi magistranti Ilmiy rahbar: Professor Dilmurod Islomov

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o'zbek xalq cholg'ularida zamonaviy ijrochilik san'ati, doira, uning asosiy qismi, doirani chalishda qo'llaniladigan ritm birliklari, an'anaviy ijrochilik san'ati, o'quvchilarni doira ijrochiligiga o'rgatish, ijrochilik holati, doira chalishda barmoqlar joylashuvi, ijro texnikasi hamda qo'llarning ijro holati haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: o'zbek xalq cholg'ulari, ijrochilik san'ati, doira, an'anaviy ijrochilik, o'quvchilar, ijrochilik holati, barmoqlar, ijro texnikasi.

АННОТАЦИЯ

В данной статье речь идет о современном исполнительском искусстве на узбекских народных инструментах, круге, его основной части, единицах ритма, используемых при игре на круге, традиционном исполнительском искусстве, обучении учащихся исполнительскому кругу, исполнительском статусе, круге Расстановка пальцев, техника исполнения и положение рук обсуждаются.

Ключевые слова: узбекские народные инструменты, исполнительское искусство, кружок, традиционное исполнительство, учащиеся, исполнительский статус, пальцы, исполнительская техника.

ABSTRACT

This article deals with modern performing arts in Uzbek folk instruments, circle, its main part, rhythm units used in playing the circle, traditional performing arts, teaching students to perform circle, performance status, circle The placement of the fingers, the technique of execution and the position of the hands are discussed.

Keywords: Uzbek folk instruments, performing arts, circle, traditional performance, students, performance status, fingers, performance technique.

Doira (childirma, chirmanda, doyra, daff, dapp) — o'zbek, tojik, uyg'ur va boshqa sharq xalqlarining cholg'u asbobi. Doira zarb bilan urib chalinadi. Gardishi

o'rik, yong'oq yog'ochidan yasaladi. Gardishi ustidan tashqari tomondan teri bilan qoplanadi. Gardishning ich tomoniga tamburnikiga o'xshash halqachalar osiladi.

Doira qadimiy musiqa cholg'ularidan hisoblanadi. Markaziy Osiyo (Niso shahri, eramizdan avvalgi 2-asr)da topilgan Terrakota yodgorliklarida doirachi ayollar tasvirlangan. Doira va unga yaqin urma musiqa cholg'ulari tojik, arman, ozar, uyg'urlarda "dap", "dapp", "daff', "def ' deb nomlanadi.

XX asrda o'zbek doira ijrochilik an'analarini Usta Olim Komilov, T. Inog'omov, D. Sottixo'jayev, Rahim Isoxo'jayev, F. Azimov, Qahramon Dadayev, O. Kamolxo'jayev, aka-uka Islomovlar, M. Oripov, R. Otaboyev, T. Sayfiddinov, R. Samadov va boshqalar mukammallashtirgan.

Doiraning asosiy qismi (gardishi) tok zangi, so'nggi yillarda zarang, akatsiya, lo'lilarda tol daraxtlaridan ishlanadi. Gardishning tashqi tomoniga buzoq, toy yoki echkining oshlangan terisi qoplanadi. Ichki tomoniga esa tamburnikiga o'xshash ma'dandan ishlangan halqachalar osiladi. Doiraning halqasiz turlari ham mavjud.

Gardish diametri 400-510 mm ni tashkil etadi. Doirada tovush ikki qo'l barmoqlari yordamida hosil qilinadi. Undan yakka ijroda hamda turli xil milliy cholg'u ansambllarida jo'rnavoz cholg'u sifatida foydalaniladi.

Doirani chalishda qo'llaniladigan ritm birliklari (naqralar) haqida qadimiy manbalarda yozilgan. Doira usuli odatda ikki xil zarbdan iborat. Biri - bak (baka, bako, bakka, bakko). Bak doira gardishiga yaqin joyga urilganda chiqadigan tovushdir. Ikkinchi zarb - bum. Bumni chalish uchun barmoqlarni cho'zib doiraning o'rtaroq qismiga uriladi.(3)

O'zbek xalq cholg'ularida zamonaviy ijrochilik san'ati o'z taraqqiyotining ko'p asrlik an'analariga ega. Bu meros ildizlari qadim-qadim davrlarga borib taqaladi. Eramizning boshlarida turli-tuman xalq cholg'ularidan kundalik turmushda, saroy hayotida, madaniy bayram marosimlarida, xalq sayllarida foydalanilgan. Xalq cholg'u asboblari asrlar davomida insonlarning ma'naviy ehtiyojlarini qondirib, undagi ijro tadrijiy ravishda rivojlandi va takomillashdi. O'rta asrlarda musiqa ijrochiligi bir-biridan farqli o'laroq, uch xil mustaqil uslub kasb etadi. Ularning birinchisi Farg'ona-Toshkent ijrochilik yo'nalishi, ikkinchisi Xorazm ijrochilik yo'nalishi, uchinchisi Buxora-Samarqand ijrochiligi uslubidir.

An'anaviy ijrochilik san'ati bugungi kunda ham tinglovchilarning e'tiborini qozonmoqda. Shu bois musiqa madaniyatining ijtimoiy hayot bilan bevosita aloqadorligini nazarda tutgan holda, uni quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:

1. Musiqa ibtidoiy jamiyatda xalq turmushi va mehnat jarayoni bilan uzviy bog'langan: Bunda cholg'u asbobolari keng qo'llanilgan. Masalan, «Navro'z» tantanalarida cholg'uchilar tanbur, dutor, nay, chang, rubob, doira (daf, childirma) singari cholg'ularida ajoyib kuy va qo'shiqlar ijro etishgan.

2. Eng qadimgi xalq og'zaki musiqiy, she'riy ijodiyotning shakllanishi xalq cholg'ulari taraqqiyoti bilan uzviy bog'liq bo'lgan.

3. O'rta asrlarda xalq cholg'ulari, turlarining paydo bo'lishi va qo'llanilishi jamiyat taraqqiyoti yo'nalishining samarasi bo'lgan.

4. XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi xalq cholg'ularida ijrochilik san'atining rivojlanishi yangi ijtimoiy-siyosiy sharoit hamda Yevropa madaniyati ta'siri bilan bog'liqdir.

5. 1917-yilgi to'ntarishdan keyingi davrda ijrochilik san'atining rivojlanish

davri.

Shunday qilib, o'zbek xalq cholg'ularining paydo bo'lishi va takomillashishining boy tarixi bilan bog'liq bilimlar yosh ijrochilarga yakkanavoz, 8 ansambl ijrochiligi yo'llari va ijrochilik texnikasi imkoniyati taraqqiyoti qonuniyatlarini ochishga yordam beradi. Bu bilimlar bo'lajak mutaxassisni mashhur xalq cholg'uchilari, ijrochilik san'ati ustalarining pedagogik va ijrochilik prinsiplari bilan, shuningdek, Respublika bastakorlarining o'zbek xalq cholg'uchilari uchun yaratgan musiqiy asarlari bilan yaqindan tanishishlariga ko'maklashadi.

Doira ijrochiligiga o'rgatish Respublikaning oliy o'quv yurtlarining talabalari va o'rta maxsus musiqa bilim yurtlari o'quvchilariga o'zbek cholg'u ijrochiligi tarixi va nazariyasini o'rgatish, ijodiy yoshlarning badiiy-estetik dunyoqarashini hamda tanlagan sohasining turli yo'nalishlarini tushunishlari, o'z yo'lini topa olishlari uchun xizmat qiladi.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, boshlang'ich ta'limda bolaga turli kuy-qo'shiqlarni o'rgatish bilan bir qatorda, ilk darslardanoq uni cholg'u bilan tanishtirishni boshlash kerak. Bunda doiraning tuzilishi haqida gapirib berilsa, bola uchun juda qiziqarli bo'ladi. Doirani ko'rsatish, o'rta, yuqori va pastki registrlarning yangrash xarakterini chalib namoyish etish, turli balandlikdagi tovushlarni tinglab ko'rish zarur. Tovushning «past» va «baland» tushunchalarini aniqlab berish kerak bo'ladi. Ilk darslarda o'quvchi tovushlarning nomlarini o'rganadi. Mo'ljal sifatida doiraning "bak" zarbli tovushi xizmat qiladi (ikkita va uchtadan guruhlangan holda). Aynan ushbu "bak" zarbli tovushi yordamida o'quvchi "bum" zarbli tovushni tezda topa olishiga erishish lozim. Bilimlarni mustahkamlash maqsadida uy vazifasi sifatida tovushlarni har xil ohanglarda aniqlash bo'yicha qator vazifalar berish mumkin. O'quvchini chalishga o'rgatishdan avval uni cholg'u oldida to'g'ri, qulay va erkin o'tqazish kerak. Bunda bolaning bukchaymasligi yoki zo'riqib o'tirmasligiga, ijro vaqtida yelkalarini va qo'llarini biroz ko'tarishiga e'tibor berish muhimdir. Tirsaklarni tanaga juda yaqin tutish ham, tashqariga qaratib burish ham ma'qul emas. Balandligi bo'yicha tirsaklar tahminan doira tutib turish darajasida bo'lishi kerak. Ijro erkinligiga erishishda oyoqlarining yaxshi tayanch bo'lishi katta ahamiyatga ega.(4)

Bundan tashqari, ijrochilik holati deganimizda, cholg'u sozini qanday ushlash, uni hozirlash va chalish uchun, butun tana, bosh, qo'llar, oyoqlar, doira chalishga tayyor bo'lishi tushuniladi. Ijrochilik holati o'z ichiga butun tana, bosh, qo'llar, oyoqlar, cholg'uni ushlash, qo'llarning doirada joylashishi vaziyatini mujassam etadi. Ijrochilik holatini boshidan to'g'ri qo'yilishi o'ta jiddiy vazifalardan bo'lib, yuksak cholg'uchilik natijalariga erishishning eng muhim garovidir.

Doira cholg'usi cholg'uchini o'ng va chap qo'llari, teriga urilishi orqali ovoz chiqariladi. Nog'ora cholg'usi cho'pni teriga urush orqali ovoz chiqaradi. Safoyil cholg'usi urma asboblar turkimiga kiradi. Silkitib asosiy zarb, ijrochining egniga tekkizish orqali chiqariladi. qayroq cholg'usi toshni temirga urish orqali ovoz chiqariladi. Olimlarning fikricha, eng muhimi ijro jarayonida cholg'uchi tana a'zolarining hech qanday zo'riqishisiz, kuchanishisiz tabiiy vaziyatni ijrochi holatining asosi qilib olinishi zarurligi uqtiriladi.

Cholg'u asbobida barmoqlar joylashuvi ularning tabiiy holatidan kelib chiqmog'i darkor. Ayniqsa doirada o'quvchi barmoqlari yarim egilgan tabiiy holatda bo'lishi, yuqoriga ortiqcha ko'tarilmasligi, yon tomonga surilib ketmasligi zarur. Sozandaning sahnadagi ko'rinishi va o'zini tutishiga ijrochilik holati salbiy ta'sir qilmasligi kerak. Ya'ni har xil bachkana qiliqlar, ortiqcha chayqalish yoki cholg'uni har tomonga yo'naltirish, qimirlatish, tinglovchiga yoki jo'rnavozga orqasi bilan turish kabi kishining g'ashiga tegadigan harakatlarni oldi olinishi zarur. Chunki noto'g'ri ijrochilik holatiga ko'nikish oson, ammo uni to'g'rilash ancha mushkul. Bunga misol qilib abiturientlarning konservatoriyaga kirish davrini keltirish mumkin. Bu paytda turli muammolar uchraydi. Bular mezrobli, urma, kamonli, damli cholg'ularda yuqori registr 26 pardalarini ushlab tura olmaslik, labni tez charchab qolishi, tovushlarning toza emasligi, attaka paytida aniqlikning yo'qligi va boshqalar. Ushbu yetishmovchiliklarni bartaraf qilish uchun konservatoriya professor-o'qituvchisi talabaning cholg'u asbobini ushlash holati, joylashuvi va boshqa masalalarni ko'rib chiqishi kerak bo'ladi. Ammo konservatoriya ijrochilik holatini to'g'rilaydigan joy emas. Lekin konservatoriya professori talabaning rivojlanishiga uning ijrochilik holati iskanja bo'lib xalaqit berib turishiga ham qarab tura olmaydi. Shu sababdan professor talabaning oldingi o'qituvchisi qilgan xatosini to'g'rilashga majbur bo'ladi. Bunday o'zgarish qilish uchun o'qituvchi talabada quyidagi omillarning mavjudligiga amin bo'lishi kerak:

1. Yuqori darajadagi jismoniy yetuklik (birinchi navbatda tishlari, lablari va nafas organlarining sog'lomligi);

2. Yuksak musiqiy qobiliyat egasi ekanligi;

3. Mehnatsevarlik va maqsad sari intilish kabi xislatlar mavjud bo'lsa abiturient ijro holatidagi barcha yetishmovchilik va muammolar ketkaziladigan katta mehnat asab va vaqt evaziga to'g'rilanishi mumkin.(1,56)

Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, doira - bu o'zbek, tojik va uyg'ur xalqlari orasida keng tarqalgan, tovush balandligi noaniq urma cholg'u asbob. Doira gardishiga buzoq yoki baliq terisi qoplanadi, qirqdan ortiq halqachalari taqilib, bular doirani chalganda qo'shimcha sado beradi. Doirada ikkita asosiy tovush bor. Biri past "Bum" ikkinchisi baland "bak" deb yuritiladi. Ketma-ket kelgan ikkita qisqa tovush «bakko" yoki "bakka" yoki "baxa" deb yuritiladi. Doira keng tarqalgan cholg'u asboblardan. Doira ijrochiligidagi raqslar o'zbek va tojik xalqlari orasida juda keng tarqalgan. Shoshmaqom doira usulisiz ijro qilinmaydi. Buxoroda har bir maqom aytuvchi hofiz maqom usullarini doirada ustalik bilan o'zlashtirgan va o'z ashulalariga jo'r bo'lgan. Doira tovushlari notada puflama va simfonik orkestrdagi urma cholg'u asboblarinikidek bir chiziqqa yoziladi. Zarbli cholg'ular eng qadimgi cholg'u asboblar turiga kiradi. Ularning kelib chiqishi insonning qadam bosishi, qo'llarini bir-biriga urishi, mehnat jarayoni, raqs harakatlari, ov va harbiy yurishlar bilan bog'liq. Uzoq tarixiy rivojlanish davomida turli xalqlar musiqa amaliyotida o'zining tuzilishi, tovush hosil qilinishi, ijro va ifoda imkoniyati hamda chalinishi jihatidan xilma-xil zarbli cholg'ularning turlari shakllangan.

Zarb arabcha - urmoq, urish ma'nosini bildiradi va mazkur cholg'ularda asosan qo'l, cho'p va tayoqchalar yordamida zarb bilan urish, barmoq bilan chertish, silkitish va boshqa harakatlar orqali tovush hosil qilinadi. Ularda tovush hosil qiluvchi unsur sifatida maxsus qoplama (membrana) yoki cholg'u asbobining tanasi (korpus) xizmat qilishi mumkin va bular ikki turga bo'linadi:

• Membranafon - qoplamali cholg'ular, ularga maxsus teri qoplangan nag'ora, doiralarning turli xillari kiradi;

• Avtofon - o'zi tovush beruvchi cholg'ular bo'lib, ularning vujudiga mexanik ta'sir qilish natijasida o'z tanasidan tovush hosil bo'ladi. Bular: turli qayroq, safoyil, va boshqalar.

Ijro texnikasi jihatidan zarbli cholg'ularning bolg'achalar yordamida, qo'l barmoqlari bilan, bir-biriga tekkazib (urib) va silkitgan holda chalinadigan har-xil turlari mavjud. Bundan tashqari, zarbli cholg'ular aniq balandlikka ega bo'lmaganlar (nag'ora, doira, qayroq, safoyil, va h.k.) turiga hamda past, o'rta va yuqori registrlilarga ajratiladi. Ko'pchilik zarbli cholg'ular cho'p-tayoqchalar yordamida chalinadi. Ularni mohirona ishlata bilish zarbli cholg'ular ijrochisi mahoratining asosi hisoblanadi. Shuning uchun ham o'quvchilarga birinchi navbatda tayoqchalar bilan chalish mahoratini egallash eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Shu sababli deyarli barcha darslik va qo'llanmalar doirada ijro texnikasi o'rgatilishi bilan boshlanadi.

Shuni ham e'tibordan chetta qoldirmaslik kerakki, doira zarbli cholg'ular guruhining yetakchi asbobi bo'lib, uning va boshqa zarbli cholg'ularning ansambldagi roli tobora ortib bormoqda. Bu holat ularning bajaradigan vazifasi bilan bog'liqdir. Ilgarilari doira va boshqa cholg'ular ko'pincha namoyishkorona -ko'rgazmali maqsadlarda ishlatilgan bo'lsa, hozirgi kun ansambl ijrochiligida ular fundament - asos hisoblangan ritmik yo'nalishni boshqarish, shuningdek, nafaqat dinamik balki, mazmunni belgilaydigan kulminatsiya va avjlarga urg'u berish, ansambl tovush bo'yoqlari jilosini o'zgartirish, o'ziga xos kuy yo'nalishini belgilash kabi murakkab vazifalarni bajaradi. Shu munosabat bilan ijrochilik vositalari yanada boyib bormoqda. Turli registrdagi har-xil urma-zarbli cholg'ular turlari ko'paymoqda. Ularning ichida rang-barang tovush tuslarini beruvchi, kuy izchilligini ta'minlovchi tovushqatorli majmualar qo'llanilmoqda.

Zarbli cholg'ular majmuasining tuzilishi, konstruksiyasining o'zgarishi va ansambl fakturasidagi ahamiyatiga qarab o'qitishning yangi uslublarini izlash talab qilinmoqda. Bunda qo'lning ijro holati, turli ritmik ko'rinishlar va zarb tuslarini rang-barangligiga erishishga katta e'tibor qaratilmoqda. Barcha cholg'ularda bo'lgani kabi zarbli cholg'ularda ham qo'l harakatining erkin va tabiiy holati, kam kuch sarflagan holda yuksak mahoratga erishish asosiy maqsad hisoblanadi. Bunda qo'llarning ijro holati asosiy unsurlardandir. Agar qo'l skletini ko'rib chiqadigan bo'lsak u uch qismdan tashkil topadi:

a) yelka qismi (yelka suyaklaridan tirsakkacha);

b) tirsak (tirsakdan bilak bo'g'inlarigacha) qismi;

v) kist-bilak bo'g'inidir.

Bilak ham o'z navbatida uch bo'lakka ajratiladi:

❖ panjagacha bo'lgan qismi;

❖ panja;

❖ barmoqlardan tashkil topadi.

Barmoqlarning bosh barmoqdan boshqa barchasi uch bo'g'inli bo'lib, bosh barmoq ikki bo'g'indan tashkil topgan. Zarbli cholg'ular ijro holatida qo'lning barcha qismlari bir-biriga bog'liq holda harakat qiladi. Ammo har bo'lagining o'ziga yarasha bajaradigan vazifasi bor. Agar yelka qismini olib ko'radigan bo'lsak, qo'lni yelkadan boshlanadigan harakatining zarbi juda kuchli bo'lib, katta kuchlanishli sadolanish uchun ishlatiladi. Tirsaklar bo'lsa, yelka bilan bilaklarni bog'lovchi bo'g'in vazifasini bajaradi va «bilak zarb»ni kuchlantirish va chuqurlashtirishda faol ishtirok etadi. Tirsak mushaklarining faolligi va to'laqonliligi natijasida tovush kuchi va bidratma (rez)ning zichligi ortadi. Lekin, tirsak mushaklarini erkin-bo'sh tutish, zo'riqtirmaslik ustoz va shogirdning doimo diqqat markazida bo'lmog'i lozim. Zarbli cholg'ularda bilak murakkab vazifani bajaradi. U doimo egiluvchan, harakatchan va chidamli

Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance

bo'lmog'i kerak. Tovush hosil qilish bilak harakatiga bog'liq bo'lib, ayniqsa panja bo'g'inlarining erkinligi katta ahamiyat kasb etadi. Bunda urilgan zarb qancha kuchli bo'lmasin bilak o'zining egiluvchan holatini saqlagan holda cho'plarni teri qoplamasidan orqaga qayta sakrashini ta'minlashi lozim. Bilakning bunday «prujina» vazifasini bajaruvchanligi teri qoplamani kuchli zarb natijasida yorilishdan asraydi. Chu sababli ijrochi qo'l mushaklariga kuchni qanday taqsimlashni xayolida -tasavvurida muvofiqlashtirmog'i kerak. Faqat oqilona tutilgan yo'l ortiqcha zo'riqishdan saqlaydi.(2,72)

Asta-sekin o'quvchi kuy tizimiga nisbatan murakkab va jo'rligi rivojlangan asarlargao'tadi. Har bir yosh avlodga ta'lim berish jarayonida avvalo uning qiziqishlarini aniqlab olish zarurdir.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, har qanday sohada bo'lmasin musiqa ijrochiligi amaliyotini o'tagan o'quvchi boshqalariga qaraganda aqli teran, fikri keng va tafakkuri yuksak darajaga yetadi. Musiqa cholg'usini xususan doira ijrochiligi aqliy faoliyatning maksimal darajada ishlatilishiga turtki bo'ladi.(5) Kuzatishlardan malumki, doira cholg'usi ijrochiligini egallagan shaxslarda dunyoqarash va tafakkurning yetuklik darajasi hamda ijodiy qobiliyatining mukammal shakllanishini ko'rishimiz mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Nazarov A., "Farobiy va Ibn Sino musiqiy ritmika hususida" Toshkent, 1995 yil 56-bet

2. Olimboeva K., Ahmedov M., "O'zbekiston xalq sozandalari" Toshkent, 1959 yil 72-bet

3. https://uz.wikipedia.org/

4. https://arm.tdpushf.uz/

5. http://hozir.org/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.