Научная статья на тему 'MILLIY CHOLG’U SOZLAR VA ULARNING XUSUSIYATI'

MILLIY CHOLG’U SOZLAR VA ULARNING XUSUSIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
13710
416
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tanbur / dutor / sato / rubob / ud / nay / surnay / qo’shnay / karnay / g’ijjak / chang / qonun / doira / nogʻora / changqo’biz / sibizg’i / safoil. / tanbur / dutor / sato / rubob / oud / flute / trumpet / koshnai / karnai / gidjak / chang / law / circle / drum / changkobiz / sibizgi / safoil.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — O. Sharipova

Ushbu maqolada o’zbek milliy cholg’u sozlariga tegishli noyob ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, maqolada o’zbek milliy cholg’u sozlarining shakl – tuzilishi va koʻrinishi bilan bog’liq tomonlari, ijro uslublari borasida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NATIONAL MUSICAL INSTRUMENTS AND THEIR FEATURES

This article contains unique information about the words of the Uzbek national musical instrument. The article also discusses aspects related to the form, structure and appearance of Uzbek national musical instruments, as well as performance styles.

Текст научной работы на тему «MILLIY CHOLG’U SOZLAR VA ULARNING XUSUSIYATI»

UIF-2022: 8.2 ISSN: 2181-333

MILLIY CHOLG'U SOZLAR VA ULARNING XUSUSIYATI

Sharipova Odinaxon Shavkatjon qizi

Farg'ona davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6896087

Annotatsiya. Ushbu maqolada o'zbek milliy cholg'u sozlariga tegishli noyob ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Shuningdek, maqolada o'zbek milliy cholg'u sozlarining shakl -tuzilishi va ko'rinishi bilan bog'liq tomonlari, ijro uslublari borasida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: tanbur, dutor, sato, rubob, ud, nay, surnay, qo'shnay, karnay, g'ijjak, chang, qonun, doira, nog'ora, changqo'biz, sibizg'i, safoil.

НАЦИОНАЛЬНЫЕ МУЗЫКАЛЬНЫЕ ИНСТРУМЕНТЫ И ИХ ОСОБЕННОСТИ

Аннотация. В данной статье собрана уникальная информация о словах узбекского национального музыкального инструмента. Также в статье рассматриваются аспекты, связанные с формой, строением и внешним видом узбекских национальных музыкальных инструментов, а также стилями исполнения.

Ключевые слова: танбур, дутор, сато, рубоб, уд, флейта, труба, кошнай, карнай, гиджак, чанг, закон, круг, барабан, чангкобиз, сибизги, сафойл.

Abstract. This article contains unique information about the words of the Uzbek national musical instrument. The article also discusses aspects related to the form, structure and appearance of Uzbek national musical instruments, as well as performance styles.

Keywords: tanbur, dutor, sato, rubob, oud, flute, trumpet, koshnai, karnai, gidjak, chang, law, circle, drum, changkobiz, sibizgi, safoil.

Ma'lumki, musiqiy cholg'ular xalqlarning moddiy hamda ma'naviy boyligidir. Har bir xalq o'z milliy merosi, davrlar osha yuzaga kelgan tarixiy an'analarini milliy ohanglar orqali tarannum etuvchi va xalqning milliy ma'naviyatiga xos yaratilgan amaliy san'at namunalari orqali ularga mos keluvchi cholg'u asboblariga egadirlar. O'zbek musiqiy cholg'ular olami bu xususda ma'nan va moddiy nuqtai nazardan boy hamda rang - barang ekanligini e'tirof etib o'tish lozimdir. Qolaversa, qaysiki xalqning ma'naviyati yuksak bo'lsa, uning tarixi va unga mos merosi ham ulkandir. Tarixdan ma'lumki, o'zbek xalq cholg'ulari rang - barang tarzda, o'ziga xos shakllangan va musiqaning barcha tarmoqlariga mos cholg'u asboblari shakllanib, asrlar osha rivojlanib kelgan. O'tmishning zabardast shoirlari o'z asarlarida musiqiy cholg'ular nomlarini zikr etishda sozlarga takror va takror murojaat etganlar.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Davrlar o'tishi bilan, jamiyat taraqqiyoti mezoniga cholg'u sozlar ham hamnafas tarzda rivojlanib, zamonaga mos takomillashib, mukammallashib borgan. Tarixiy manbalarda , Qulmuhammad Udiyning ud cholg'usiga to'rtinchi sim taqqanligi yoki g'ijjak cholg'usining avval ikki torli, keyin uchinchi va to'rtinchi torlari taqilganligi kabi ma'lumotlar aynan cholg'ular takomillashishi bilan bog'liqdir. Takomillashish jarayonida cholg'ularning shakl va tarannum ( ovoz ) mezonlarini boyitish katta ahamiyat kasb etgan. Bu ikki mezon cholg'ularning ma'nan va moddiy qiymatini ham belgilashga asos bo'lib xizmat qilgan. Zero, chiroyli cholg'u go'zal ovozga ega ekan, u xalq ma'naviy boyligi hamda mulki ekanligini e'tirof etish lozimdir.

NATIONAL MUSICAL INSTRUMENTS AND THEIR FEATURES

KIRISH

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

XIX asr oxiri va XX asrning o'zida o'zbekona chang, qashqar ruboblari shakllanib iste'molga kirdi. Ud va qonun sozlari qayta tiklanib, ijrochilik amaliyotini sezilarli darajada boyitdi. Afg'on rubobi hamda kurd sozlari ham o'ziga xos jozibasi bilan amaliy jarayondan munosib o'rin oldi. Zamonaviy kompozitorlik ijodiyoti bilan bog'liq holda bir qator chang, rubob, dutor, g'ijjak kabi xalq cholg'ularining oilaviy namunalari yaratildi. Pirovardida, zamonaviy jarayonga kelib musiqiy cholg'ularning turli yo'nalishlarga mos, xilma - xil tarkiblari yuzaga keldi.

Amaliyotda an'anaviy, qayta ishlangan, takomillashgan, qayta tiklangan, yangi zamonaviy (hamda elektron) xillari keng qo'llanilmoqda. Qayd etish joizki, cholg'ular, cholg'u musiqasi hamda ijrochiligi azal - azaldan bir - birini to'ldirib, rivojlanishiga va takomillashishiga zamin yaralib kelgan. Ijrochilik mezonining rivoji cholg'ular ko'lamini kengaytirish, imkoniyatlarini oshirish uchun xizmat qilgan. O'zbek an'anaviy cholg'ularinig tarixiy shakllanishi ham bir qator xalq milliy an'analari negizida qaror topgan.

Kasbiy musiqaning ijodiyoti va uning rivoji aynan cholg'ular bilan chambarchas bog'liqligini qayd etib o'tish lozimdir. Chunonchi, mumtoz ijodiyot cholg'ularning mukammallik xususiyatlarini namoyish etibgina qolmay, ularning rivojiga ham o'z ta'sirini ko'rsatib kelgan. Shu bois, cholg'ular va cholg'u musiqasi an'analari o'zining shakllanish davri, ya'ni qadim zamonlardan xalq musiqa madaniyatining asosiy omillaridan biri sifatida muhim ahamiyat kasb etib kelgan.

XX asrga kelib xalq ijrochilik amaliyotida ommalashgan cholg'ularni o'rganib tadqiq etishga e'tibor kuchaydi. Buni Abdurauf Fitrat o'zining ijodida boshlab berib, qimmatli ma'lumotlarni bayon etadi. Shundan so'ng musiqashunos olimlar cholg'ushunoslik ilmining rivojida bir qator samarali tadqiqotlar olib boradilar. V.Belyayev, F.Karomatov, T.S.Vizgo, A.Malkeevalar shular jumlasidan bo'lib, ular O'rta Osiyo musiqa cholg'ushunosligi sohasining rivojiga samarali hissa qo'shdilar. Ularning tadqiqotlarida an'anaviy cholg'ular musiqiy madaniyatning asoslaridan biri ekanligi va xalq ma'naviyatining go'zal an'analarini o'zida mujassam etib kelayotganligi yoritilgan.

XX asrning 30-40 - yillariga kelib cholg'ularni takomillashtirish jarayonining yangi bosqichi boshlanadi. Bu jarayon O'zbekistonda kompozitorlik ijodiyotining jahon andozalariga mos rivoji bilan bog'liq edi. Ijrochilik amaliyoti ham shunga moslashib, simfonik orkestr rusumi doirasida o'zbek xalq cholg'ulari orkestrining iste'molga kirib kelishi bilan xarakterlanadi. Amaliyotda mavjud cholg'ularni orkestr tarkibiga moslash ishlari negizida bir qator cholg'ularning oilaviy namunalari yaratildi. Natijada, simfonik orkestrga muqobil xalq cholg'ulari orkestri yaratildi. Orkestrning rang - barang ovozi tarannumini ta'minlash uchun rubobning prima, alt, tenor; dutorning prima, bas, kontrabas; g'ijjakning alt, qo'biz bas, qo'biz kontrabas; changning - bas, tenor, alt namunalari yaratildi.

TADQIQOT NATIJALARI

Abu Ali ibn Sino (980-1037) o'z davri musiqa cholg'ularini ikki guruhga bo'ladi: Mizrobli, noxunli, (Borbad, tanbur, rubob) va butun rezanator qapqog'i bo'ylab tortilgan ochiq cholg'u asboblari (shohrux, chiltor, lira), chang (arfa). Olim, ohangi inson ovoziga yaqin turadigan cholg'u asboblari ud, rubobni batafsil ta'riflagan.

O'sha davrda yashab ijod etgan Safiuddin Urmaviy musiqa ilmini tizimini (sistemasi) ni rivojlantiradi. U "Taqvadorlik kitobi" da ud cholg'usini ta'riflaydi: "Bilginki, cholg'u asboblari ichida ud asbobi eng mashhur va zamonaviydir". Udning dastasining to'la chizmasi, uni sozlash

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

haqida tasavvur beradi. A. Navoiyning tasdiqlashicha, mavjud 12 maqom qadimiy musiqaning asosidir.

Marog'iy (XIV asr) g'ijjakning ipak yoki pay torlari jez torlariga nisbatan ancha yaxshi va mayin ohang beradi deydi, o'zining g'ijjak yasash usuli haqida bergan ma'lumotlarida.

Qo'sh torli cholg'u asbobi dutor haqida ilk ma'lumotlar Al-Husayniy (XV asr) ning musiqa kononlarida uchraydi. "Dutor" atamasining paydo bo'lishiga, uning shaklan o'xshash, ko'p torli boshqa cholg'u asboblaridan (Ozarbayjoncha soz, ud, tanbur kabi) farqlash asosiy sabab bo'lgan.

XVII asrning mashhur ud va chang cholg'usi ijrochisi Darvish Ali o'zining risolasida o'sha davrda qo'llanilgan cholg'u asboblari haqida batafsil ma'lumot bergan. U udni cholg'ular "Shohi" deb ataydi. Udning juft sozlagan o'n ikki tori bo'lgan. Farobiy davridagi dastlabki uddan bir muncha farq qilgan. Risolada yozilishicha chang cholg'ular homiysi Zuhroga bag'ishlangan.

Ta'riflangan changning yetti maqom ijrosi uchun yigirma olti tori va yetti pardasi bo'lgan. Nay ham qadimiy cholg'u sifatida tilga olinadi. Yana risolada qonun, rubob, qobiz, musiqor, enbon nayi (xitoyda tarqalgan) ruhavza (olti tordan iborat noxunli) kabi cholg'ulari to'g'risida yozilgan. Darvish Ali ta'rif bergan cholg'u asboblaridan yettisasi: tanbur, chang, ud, qonun, rubob, qobiz, g'ijjak, nay o'sha davrda juda keng tarqalgan edi. Risolada changchi Dilorom, naychilar Abduqodir va Xo'ja Abdul-lohi-lori, Mavlono Merik changi Buxoriy, Mavlono Qosim-Rabboniy, Sulton-Ahmadiy "Devona", rubobchilar aka-uka Shayx Shamsi-Rabboniy va ko'pgina boshqa mashhur ustozlarning nomlari tilga olinadi. G'ijjak cholg'uchisi Shoh Quliy-G'ijjakiy shu musiqa asbobida ajoyib kuylar ijro etgan va uning yaratgan muhammas ritmidagi peshravi "Husayniy" alohida ajralib turadi.

MUHOKAMA

O'zbek madaniy merosi musiqiy cholg'ularga boy va ularning har biri uzoq o'tmish, tarkibiy rivojlanish va texnikaviy takomillashish jarayonidan o'tganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Ijro mezonlariga ko'ra o'zbek xalq cholg'ulari ikki guruhga bo'linadi. Birinchi guruhga barcha an'anaviy xalq cholg'ulari kiradi. Ikkinchi guruhga XX asr madaniy rivoji bilan bog'liq bo'lib takomillashgan, ya'ni qayta ishlangan ( rekonstruksiya qilingan ) cholg'ular kiradi. An'anaviy xalq cholg'ulari tarkibidan joy olgan cholg'u sozlar : tanbur, dutor, sato, rubob, ud, nay, surnay, qo'shnay, karnay, g'ijjak, chang, qonun, doyra , nog'ora. Xalq ijodiyotida qo'llani ladigan sozlarga changqo'biz , sibizg'i, safoil kiradi. Qayta ishlangan cholg'u asboblariga -rubob, g'ijjak, dutor va chang sozlarining musiqaning saprano , alt , tenor , bas ovozlar mezonlariga ko'ra qayta ishlangan namunalari kiradi.

Milliy cholg'u ijrochiligi azaldan xalq ijro amaliyotida shakllanib, ulardan turli ko'rinish va tarkiblar asosida foydalanish an'ana bo'lib kelgan. Avvalo an'anaviy cholg'ularning har biri yuqori professional darajadagi individuallik xususiyatiga ega. Xalq ijrochilik amaliyotida shunga mos ijro imkoniyatlari, sharoitlar va ijro uslublari yuzaga kelgan. Ko'p asrlik ijrochilik amaliyoti esa ( xalq va an'anaviy ) cholg'ularni guruh bo'lib ijro etilishini ham taqozo etgan. Shunga binoan cholg'ular sozandalar tomonidan bir - birlariga mos o'z turlari va ovoz imkoniyatlari doirasida guruhiy tarkiblar tuzilib amaliyotda qo'llanilib kelingan. Karnay, surnay, nog'ora va doyra tarkibidagi damli va urma cholg'ular guruhi qadimdan ijro amaliyotida shakllanib, xalqimizning barcha ommaviy tadbirlarining faol ishtirokchisiga aylangan. An'anaviy cholg'u sozlar ansambllari esa o'z xususiyatlaridan kelib chiqib qo'llanilgan.

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

Musiqiy cholg'ularning rivoji avvalo ijro amaliyoti bilan bog'liq. Cholg'ularning takomillashishi yoki aksi ularni ijrochilik mezonidagi o'rni bilan xarakterlanadi. Shu bois , O'rta asrlarda yaratilgan risolalarda yoki badiiy adabiyot namunalarida o'tmish sozanda va xonandalarining nomlari va amaliy ishlari ham o'z ifodasini topgan. Jumladan : Darvesh Ali Changiy ushbu an'anaga rioya qilib risolaning to'rt bobini ( VII , VIII , IX , X ) o'z zamonasining buyuk kishilari , musiqachilari , musiqa bilimdonlari va musiqani asrovchi , bastakorlari hamda mohir xonandalarining ijodiy faoliyatiga bag'ishlaydi. Har bir namoyanda haqida eng kerakli ma'lumotlarni keltiradi.

Mashhur musiqachilar qatoriga Mavlono Miraki Changiy, Darvesh Ahmadi Qonuni, Shoh Quli G'ijjakiy, Alijon G'ijjaki, Ustod Zaytuni G'ijjaki, Ustod Amir Qulixon Tanburi, Yusuf Mavdudi dutori, Hofiz Tanish, Hofizi Poyandan Qobuzi, Mavlono Qosim Qonuni, Ustod Sulton Muhammad Tanburi, Ustoz Huseyn Udi kabi o'z kasbining ustalari hamda ijroda mohirlikka erishgan allomalar haqida tegishli ma'lumotlar bayon etadi. Zamonaviy jarayonda xonanda va sozandalikda mohirlikka erishgan namoyandalarning ijodi alohida o'rganilib nashr etilishi ahamiyatlidir. Zero, sozanda va xonandalar ijodini yoritishga bag'ishlangan monografiyalarda ularning hayoti , ijodiy faoliyati , ustoz - shogirdlik sabog'i, ijrochilik uslubi va maktabi , bastakorlik ijodi hamda ulardan namunalar keltirish an'ana bo'lgan.

Ayni paytda benazir ustozlar, ijrochilik san'atining zabardast namoyandalari Hojixon Boltayev, Madrahim Yoqubov (Sheroziy), Hoji Abdulaziz Abdurasulov (Mahmud Ahmedov), To'xtasin Jalilov (Ikrom Akbarov), Yunus Rajabiy, Faxriddin Sodiqov (Ravshan Yunusov), Orifxon Xotamov (S. Begmatov) Turg'un Alimatov (R.Qosimov), Muxtorjon Murtazoyev (S. Begmatov, A.Zokirov)lar ijodiga bag'ishlangan monografiyalar nashr etilgan.

Musiqiy cholg'ularning ta'rifi ya'ni shakl - tuzilishlari tarkibiy jihatlari , nomlari , ijrochilari bilan bog'liq ma'lumotlar , asosan O'rta asrlardan boshlab badiiy adabiyot asarlari hamda musiqiy risolalarida yoritila boshlanadi. Demak , O'rta asrlarga kelib qadimdan shakllanib takomillashib kelgan xalq musiqiy cholg'ulari ijrochilik amaliyotida o'z o'mini topgan. Shu bilan birga nafaqat xalq , balki olimlarning e'tiborini ham qozongan. Bu jarayonni O.Matyoqubov « Maqomot » kitobida quyidagicha bayon etadi : « Cholg'ularga bunday atroflicha qiziqishlar zamirida musiqiy asboblar ijrochilik faoliyatini ob'ektiv aks ettirishdir , degan ilmiy tushuncha yotadi.

Forobiy ta'biri bilan aytganda, cholg'u asboblarining shakllanishi, avvalo, amaliyotda yuzaga tembr - akustik xususiyatlari parda va tovushqatorlari bevosita ijro jarayonida shakllanadi va takomillashadi. Shundan so'nggina cholg'ular olimlar kuzatuvi va umumlashmalariga zamin bo'lishi mumkin. Abu Nasr Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abdulloh al -Xorazmiy, Zaynullobiddin Husayniy, Safiuddin Urmaviy, Abdulqodir Marog'iylar o'z risolalarida cholg'ular va ularning bir qator sifat va xususiyatlari xususida mufassal so'z yuritganlar. O'rta asr risolalarida cholg'ular takomillashishi hamda rivoji yo'lida qilingan o'zgarishlar, ijrochilik amaliyotida yaratilgan yangi sozlar va iste'moldan chiqqan cholg'ular tasnifotini ko'rish mumkin.

Hozirgi davrga kelib, o'zbek musiqa ijrochiligini uchta yirik yo'nalishga ajratish mumkin. Xalq folklor musiqa yo'nalishi, xalq mumtoz musiqa yo'nalishi va kompozitorlik musiqa ijodiyoti yo'nalishi. Xalq folklor yo'nalishida ommaviylik xususiyatiga ega bo'lgan, ovoz va texnik jihatlari mos bo'lgan cholg'ulardan ko'proq foydalaniladi. Masalan: rubob, nay, g'ijjak, chang va doyra cholg'u asboblari.

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

Qayd etish joizki, xalq folklor musiqa ijrochiligida ijro sharoiti, joyi ham o'ziga xos bo'ladi. Shuning uchun cholg'ular ham tez moslasha oladigan va har qanday sharoitda ijro eta olish xususiyati taqozo etiladi. Xalq mumtoz musiqa yo'nalishiga xos bo'lgan cholg'ular guruhlari ko'proq kamer xususiyat kasb etishlarini nazarda tutib , joy , sharoit va muhitga asoslanadi.

XULOSA

Musiqa ijodiyotidan o'rin olgan janrlar negizida cholg'ularning tarkibiy guruhlari tashkil etilib, ijro etiladi. Unga ko'ra cholg'u duetidan toki xalq cholg'u asboblari orkestrigacha bo'lgan cholg'u asboblar tarkibi tuzilgan va ijrochilik amaliyotida keng qo'llanilib kelinadi. Qayd etish lozimki , orkestrning to'laqonli ovoz imkoniyatlariga ega bo'lish yo'lida Yevropa cholg'ularidan ham keng foydalaniladi. Ijrochilik amaliyotida shakllangan barcha cholg'u asboblari o'z xususiyatlari doirasida uch turga bo'linadi.

Taraqqiyot jarayoni esa har bir xalqning o'z cholg'u asboblarini yuzaga kelishiga sabab bo'lgan. Cholg'ularning kosaxonasi qaysi jihozdan va uning katta - kichiklik hajmi , dastasining uzun - qisqaligi hamda torlar soni va nisbati davrlar o'tishi bilan rivojlanib takomillashib borgan.

O'rta Osiyo xalqlarida bir qator tanbursimon, dutorsimon va qo'biz g'ijjak kabi cholg'ular yaratilib amaliyotda keng qo'llanila boshlangan. O'rta asrlarga kelib musiqiy cholg'ularning har biri shaklu shamoyiliga, ovoz tarannum nufuziga va xalq orasida katta e'tiboriga ega bo'lgan. Cholg'u sozlarning xalq orasidagi ommalashuvi o'z zamonasining faylasuflari , allomalari tadqiqotlarining manbaiga aylanishiga ham asos bo'lgan. Bu sohadagi tadqiqotlarning boshida IX asrda yashab ijod etgan qomusiy olim Abu Nasr al - Forobiy turadi.« Musiqada cholg'u asboblar , tajribadagi amaliy izlanishlar natijasi va umumlashmasi degan qarashlardan kelib chiqqan holda Forobiy musulmon olamining mumtoz sozlari bo'lmish ud, tanbur, rubob, qonun, arganun (organ), nay, surnay va boshqalarning ilmiy tavsifini bergan ... olimlar Kurd Zaks va Erix Xoribostellarning fikricha, asbobshunoslik (organologiya) faniga Forobiy asos solgan.

Musiqa haqidagi katta kitobida musiqashunoslik tarixida birinchi bor cholg'u sozlarining ilmiy tasnifoti bayon etilgan. Forobiydan keyin musiqiy cholg'ular va cholg'u ijrochiligiga turli ma'lumotlar Ibn Sino «Javomi ilm al - musiqa » (X asr), Abu Abdulloh Xorazmiy (X asr), Abduqodir Marog'iy «Kitob ul - nag'am» (XIV asr) , Zaynullobiddin Husayniy «Risola dar bayoni qonuni va amaliy musiqiy» (XV asr) , Abdurahmon Jomiy «Risolai musiqiy» (XV asr) , Amuliy (XIV asr) «Risolai musiqiy «Darvesh Ali Changiy «Risolai musiqiy » (XVIII asr) kabi olimlarning musiqiy risolalarida o'z ifodasini topdi.

REFERENCES

1. В.беляев « Mузыкальные инструменты узбекиста^ », M. , 1933

2. Begmatov S. « Maqom surnay yo'llari » T. 2004 .

3. Т.СВызго «Myзыкальные инструменты Средней Азии», T. , 1980

4. Ikromov I. « Doyra darsligi » , T. 1997 . Ароматов ^ . « узбекская инструментальная музыка» T. , 1972 .

5. Qosimov R. « An'anaviy rubob ijrochiligi » T. 1999 .

6. Qosimov R. « Ud » , T. 2002 .

7. Qosimov R. « An'anaviy tanbur ijrochiligi » T. 2002 .

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

8. Лутуллаев А. , Соломонова T. « узбекские наролные инструменты» T. 2005 .

9. Matyoqubov O. « Maqomot» T. 2004, « Surnay » , T. 2003 .

10. Nazarov A. « Musiqa » , // Buxoro sharq durdonasi , Parij , 1997 .

11. http://elib.buxdu.uz/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi/item/13222-o-rta-osyoda-musiqa-cholg-u-asboblarining-paydo-bo-lgan-davri

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.