Научная статья на тему 'O’ZBEK XALQ CHOLG’ULARINING SHAKLLANISH TARIXI VA SHARQ MUSIQASHUNOS OLIMLARINING CHOLG’U IJROCHILIGI SAN’ATIGA OID ILMIY MEROSI'

O’ZBEK XALQ CHOLG’ULARINING SHAKLLANISH TARIXI VA SHARQ MUSIQASHUNOS OLIMLARINING CHOLG’U IJROCHILIGI SAN’ATIGA OID ILMIY MEROSI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
6575
575
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Milliy cholg’ular / tarixiy qо’lyozmalar / musiqiy risolalar / etnograf / tarix / kopelmeyster / jadidchilik. / National instruments / historical manuscripts / musical brochures / ethnography / history / copelmaster / jadidism.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ulug’bek Muzafarovich Mirshayev

Ushbu maqolada o’zbek xalq cholg’ularning shakllanish tarixi va musiqiy merosimizda tutgan o’rni haqida fikr yuritilgan. O’rta asrlarda mavjud bo’lgan torli, damli hamda urma-zarbli cholg’ularning nomlari va ular xususida ma’lumotlar keltirib o’tilgan. Sharq musiqashunos olimlarining cholg’u musiqasiga oid qarashlari, musiqiy-ilmiy merosi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORY OF FORMATION OF UZBEK FOLK INSTRUMENTS AND SCIENTIFIC HERITAGE OF EASTERN MUSICAL SCIENTISTS IN THE ART OF PERFORMANCE

This article discusses the history of the formation of Uzbek folk instruments and their role in our musical heritage. Here are the names and details of stringed, tambourine, and percussion instruments that existed in the Middle Ages. The views of oriental musicologists on instrumental music, the musical and scientific heritage are covered.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK XALQ CHOLG’ULARINING SHAKLLANISH TARIXI VA SHARQ MUSIQASHUNOS OLIMLARINING CHOLG’U IJROCHILIGI SAN’ATIGA OID ILMIY MEROSI»

O'ZBEK XALQ CHOLG'ULARINING SHAKLLANISH TARIXI VA SHARQ MUSIQASHUNOS OLIMLARINING CHOLG'U IJROCHILIGI SAN'ATIGA

OID ILMIY MEROSI

Ulug'bek Muzafarovich Mirshayev

Buxoro davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti Musiqa ta'limi kafedrasi mudiri

u.m. mirshayev@buxdu. uz

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o'zbek xalq cholg'ularning shakllanish tarixi va musiqiy merosimizda tutgan o'rni haqida fikr yuritilgan. O'rta asrlarda mavjud bo'lgan torli, damli hamda urma-zarbli cholg'ularning nomlari va ular xususida ma'lumotlar keltirib o'tilgan. Sharq musiqashunos olimlarining cholg'u musiqasiga oid qarashlari, musiqiy-ilmiy merosi yoritilgan.

Kalit so'zlar: Milliy cholg'ular, tarixiy qо'lyozmalar, musiqiy risolalar, etnograf, tarix, kopelmeyster, jadidchilik.

HISTORY OF FORMATION OF UZBEK FOLK INSTRUMENTS AND SCIENTIFIC HERITAGE OF EASTERN MUSICAL SCIENTISTS IN THE ART

OF PERFORMANCE

Ulugbek Muzafarovich Mirshaev

Bukhara State University, Faculty of Art History Head of the Department of Music

Education u.m. mirshayev@buxdu. uz

ABSTRACT

This article discusses the history of the formation of Uzbek folk instruments and their role in our musical heritage. Here are the names and details of stringed, tambourine, and percussion instruments that existed in the Middle Ages. The views of oriental musicologists on instrumental music, the musical and scientific heritage are covered.

Keywords: National instruments, historical manuscripts, musical brochures, ethnography, history, copelmaster, jadidism.

KIRISH

О'zbek xalqi qadimiy boy musiqiy merosga ega bo'lib, bunda musiqiy cholg'ularning о'rni alohida ahamiyat kasb etadi. Musiqiy cholg'ular xalqimizning moddiy hamda beqiyos ma'naviy boyligi hisoblanadi. Chunki, har bir xalq о'z milliy

merosi, davrlar osha yuzaga kelgan an'analari va qadriyatlarini milliy ohanglar orqali tarannum milliy cholg'ulariga egadir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Tarixdan ma'lumki, o'zbek xalq cholg'ulari rang-barang tarzda, oziga xos shakllardan va musiqaning barcha tarmoqlariga mos ravishda shakllanib, asrlar osha rivoj topib kelgan. Buyuk allomalarimiz Abu Nasr Farobiy (IX asr) o'zining "Katta musiqa kitobi"da, Safiuddin Urmaviy (XII asr) Musiqiy risolasida, Abdulqodir Marog'iy (XIV asr) "Jami al-alhon fi-ilm al-musiqiy" risolasida, Ahmadiy (XIV asr) "Sozlar munozarasi" asarida, Zaynullobiddin Husayniy (XV asr) "Risola dar bayoni qonuni va amali musiqiy" risolasida, Abdurahmon Jomiy (XV asr), Amuliy (XVI), Darvesh Ali Changiy (XVII) musiqiy risolalarida musiqiy cholg'ularni o'rganib, tadqiq etish masalalarini turli tomonlariga to'xtalib, o'z davrining musiqiy cholg'ulari tasnifotini bayon etganlar. O'tmishning zabardast shoirlari o'z asarlarida musiqiy cholg'ular nomlari va ularning mohir ijrochilarini qayd etishda cholg'ularga murojaat etganlar.

Ayniqsa, o'z ijodi bilan ma'rifat darajasiga erishgan buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy hazratlari musiqa ilmining eng nafosatli va mumtoz tarmoqlariga urg 'u berib o'tganlarini ul zotning asarlaridan bilib olish mumkin. XX asrga kelib Eyxgorn, Abdurauf Fitrat, Viktor Belyayev kabi olimlar musiqiy cholg'ular va ularda ijrochilik masalalarini o'rganish xususida samarali harakatlarni amalga oshirganlar.

Tarixiy qo'lyozmalar, adabiy asarlar va musiqiy risolalarda O'rta Osiyo xalqlari cholgu ijrochiligi amaliyotida vujudga kelgan cholg'ularning nomlari o'z ifodasini topgan. Musiqiy risolalarda esa cholg'ularga tegishli (shakl, tuzilish, torlar nisbati, sozgarlik mezonlari, cholg'ular tayyorlashda ishlatiladigan daraxtlar va materiallar haqida malumotlar keltirilgan.

Ularda torli cholg'ulardan: Borbad, Ud, Rud, Qo'biz, G'ijjak, Navha, Nuzxa, Qonun, Chang, Rubob, Tanbur, Dutor;

Damli cholg'ulardan: Ruhafzo, Shammoma, Organun, Sibizg'i, Nayi anbon, Chag'ona, Bulamon, Surnay, Nay, Qoshnay, Karnay;

Urma zarbli cholg'ulardan: Daf, Doira, Nog'ora, Safoil kabilar to'g'risida turli darajadagi ma'lumotlar keltirilgan.

MUHOKAMA

Al Farobiy, Abdurahmon Jomiy, Amuliy, Darvesh Ali Changiy, Abdurauf Fitrat, Viktor Belyayevlar o'z risolalarida cholg'ular va ularda ijrochilik masalalariga katta e'tibor bilan yondoshib, cholg'ularni amaliyotdagi tutgan o'rni, ayrim falsafiy xususiyatlari hamda ma'lum darajada tasnifoti bilan yoritganlar.

Davrlar о'^Ы, jamiyat taraqqiyoti mezoniga cholg'ular ham hamnafas tarzda rivojlanib, zamonaga mos takomillashib, mukammallashib borgan. Tarixiy manbaalarda Qulmuhammad Udiyning Ud cholg'usiga tоrtinchi sim taqqanligi yoki g'ijjak cholg'usining avval ikki torli, keyin uchinchi va tоrtinchi torlari taqilganligi kabi ma'lumotlar aynan cholg'ular takomillashishi bilan bog'liqdir. Takomillashish jarayonida cholg'ularning shakl va ovoz mezonlarini boyitish katta ahamiyat kasb etgan. Bu ikki mezon cholg'ularning ma'naviy va moddiy qiymatini ham belgilashga asos ЬоНЬ xizmat qilgan. Zero, chiroyli cholg'u gо'zal ovozga ega ekan, u xalq ma'naviy boyligi hamda mulki ekanligini e'tirof etish lozimdir.

XIX asr oxiri va XX asrning о'zida Chang va Qashqar rubobi shakllandi hamda cholg'u ijrochiligidan keng о'rin egalladi. Ud va Qonun cholg'ulari qayta tiklanib, ijrochilik amaliyotini sezilarli darajada boyitdi. Afg'on rubobi hamda Kurd sozi ham оziga xos jozibasi bilan cholg'u ijrochiligidan munosib опп oldi.

Musiqiy cholgularning ta'rifi, shakllari, tuzilishlari, tarkibiy jihatlari, ijrochilari bilan bog'liq ma'lumotlar, asosan о^ asrlardan boshlab badiiy adabiyotlar hamda musiqiy risolalarda yoritila boshlandi. Demak, о'rta asrlarga kelib, qadimdan shakllanib, takomillashib kelgan xalq musiqiy cholg'ulari ijrochilik amaliyotida о^ о'тт topgan.

Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Muhammad Al Xorazmiy, Zaynulobiddin Husayniy, Sayfiuddin Urmaviy, Abdulqodir Marog'iy, о^ risolalarida cholg'ular va ularning bir qator sifat va xususiyatlari haqida оz risolalarida mufassal bayon etganlar. О'Гд asrda yozilgan musiqiy risolalarda cholg'ularning takomillashishi hamda rivoji yо'lida qilingan о'zgarishlar, yaratilgan yangi cholg'ular va istemoldan chiqqan cholg'ular tasnifotini to'rish mumkin.

NATIJA

XIX asrning II yarmiga kelib о'zbek an'anaviy cholg'ularini о'rganishga alohida ahamiyat berila boshlandi. О'1-ta Osiyo xalqlari madaniyatiga qiziqish G'arb mamlakatlarida ortib bordi va uni о'rganish maqsadida mutaxassislar kela boshladi. Marko Polo, Vamberi, Ankomin, Leysek, Eyxgorn kabi sayohatchi etnograflar, tarixchilar, kopelmeysterlarning kundaliklarida qayd etilgan ma'lumotlar keyinchalik yirik-yirik maqolalar va kitoblar tarzida nashr etildi.

XULOSA

XX asrga kelib cholg'u ijrochiligi san'atida keng ommalashgan cholg'ularni о'rganish va tadqiq etish ishlariga e'tibor kuchaydi. Bu ishni atoqli jadidchilik harakati namoyandalaridan Abdurauf Fitrat boshlab berdi. Undan sо'ng musiqashunos olimlar

V. Belyayev, F. Karomatov, T. Vizgo, A. Malkeyevalar bu ishni muvaffaqiyatli davom ettirdilar.

REFERENCES

1. Karimov I.A. Yuksak manaviyat-yengilmas kuch .- T.: Manaviyat, 2008

2. Semenov A. Sredneaziatskiy traktat po muzike Dervisha Ali (XVII veka) .- 1946

3. Karomatov F. Uzbekskaya instrumentalnaya muzika.- T., 1972

4. Vizgo T.S. Muzikalniye instrumenti Sredney Azii.- Moskva, 1980

5. Petrosyans A.I. Instrumentovedeniye.- T., 1980

6. Akbarov I.A. Muzika lugati.- T., 1987

7. Azimov K.T. Metodika raboti s samodeytelnim orkestrom uzbekskix narodnix instrumentov.- T., 1988

8. Abdurauf Fitrat. Ozbek klassik musiqasi va uning tarixi.- T., 1993

9. Ruziev, D. Y. (2021). Ways Of Working On Musical Compositions. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01), 436-440.

10. Ruziev, D. Y. (2021). THE ROLE OF THE CONDUCTOR IN ORCHESTRAL PERFORMANCE. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 1(01), 66-71.

11. Ruziev, D. Y. (2021). DESIGNING THE LEARNING PROCESS FOR MUSICAL WORKS. International Engineering Journal For Research & Development, 6(ICDSIIL), 6-6.

12. Norova, S. U. (2021). Imam Abu Hamid Al-Ghazali. Teacher-Student Coaching Relations. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01), 441-445.

13. Норова, Ш. У. (2020). Повышение профессиональной компетентности путем подготовки молодежи к хоровой деятельности. Наука, техника и образование, (10 (74)).

14. Umirzakovna, N. S. (2021). WAYS TO IMPROVE LEARNING EFFICIENCY USING INNOVATIVE TECHNOLOGIES. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 1(01), 41-47.

15. Yoshiyevna, U. M. R., & O'G'Li, R. A. R. (2021). MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA "VENA KLASSIK MAKTABI" NAMOYONDALARI HAYOTI VA IJODIYIY FAOLIYATI BILAN TANISHTIRISH USLUBLARI. Scientific progress, 1(3).

16. Yoshiyena, U. M. (2020). THE IMPORTANCE OF USING PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN SPECIAL EDUCATIONAL SCHOOLS. Вестник науки и образования, (22-2 (100)).

17. Yorievna, U. M. R., & Karimovna, N. N. (2020). Innovative approach to the development of musical abilities in children with disabilities health opportunities. Проблемы педагогики, (2 (47)).

18. Жураев, Б. Т. (2019). Сомонийлар даврида педагогик фикрлар тараккиёти. Pedagogik mahorat (Ilmiy-nazariy va metodikjurnal), 67-70.

19. Жураев, Б. Т. (2020). ВОПРОСЫ НРАВСТВЕННОГО И КУЛЬТУРНОГО ВОСПИТАНИЯ В ЭПОХУ САМАНИДОВ (НА ПРИМЕРЕ ТВОРЧЕСТВА АЛ-БУХАРИ И АЛ-ФАРАБИ). In Современное общество: актуальные проблемы и перспективы развития в социокультурном пространстве (pp. 66-71).

20. Жураев, Б. Т. (2019). Социально-духовное развитие студентов. In Россия-Узбекистан. Международные образовательные и социально-культурные технологии: векторы развития (pp. 22-23).

21. Миршаев, У. М., & Миршаева, Д. А. (2020). Роль народных песен в нравственном воспитании учащихся. Проблемы педагогики, (3 (48)).

22. Миршаев, У. М. (2020). Музыкально-эстетическое воспитание и современные требования к учителю музыки. Вестник науки и образования, (21-2 (99)).

23. Mirshayev, U., Sh, S., Cherniavskyi, V., Asadova, S., & Aslanova, N. (2019). The important tendencies in the development of creative and creative potentials in youth. International Journal of Recent Technology and Engineering, 8(3-3), 497-500.

24. Madrimov, B. K. (2021). Professional Training Is An Incentive For Moral And Aesthetic Education. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(02), 109-113.

25. Khudoinazarovich, M. B. (2021). AESTHETIC EDUCATION OF SCHOOLCHILDREN OF UZBEK MUSIC AND FOLK SONGS. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 1(01), 62-65.

26. Khudoynazarovich, M. B. (2020). HISTORICAL STAGES IN THE DEVELOPMENT OF UZBEK FOLK ART. World Bulletin of Social Sciences, 1(1), 32-33.

27. Yarashev, J. Т. (2013). "Bukhorcha" and "Mavrigi" song classes-as a national and noetic spiritual values of the Uzbek nation. ТРАДИЦИОННАЯ И СОВРЕМЕННАЯ КУЛЬТУРА: ИСТОРИЯ, АКТУАЛЬНОЕ ПОЛОЖЕНИЕ, ПЕРСПЕКТИВЫ, 114.

28. Yarashev, J. T. (2019). Research on Bukhara music heritage through axiologic features. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.