Научная статья на тему 'BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARIDA O’QUVCHILARNI MILLIY CHOLG’ULARGA O’QITISHNING ZAMONAVIY METODIKALARIGA OID'

BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARIDA O’QUVCHILARNI MILLIY CHOLG’ULARGA O’QITISHNING ZAMONAVIY METODIKALARIGA OID Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
379
44
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
metodika / milliy cholg’u / dutor / rubob / ud / nay / g’ijjak / chang / qonun / doira

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Odinaxon Shavkatjon Qizi Sharipova

Ushbu maqolada milliy cholg’ular haqida tegishli ma’lumotlarni toʻplab, ularni idrok etishga qaratilgan adabiyotlar haqida yaxlit ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi. Shuningdek maqolada milliy cholg’ularning ijroviy shakli tuzilish va koʻrinishi bilan bog’liq tomonlari, ijro uslublari va ularga tegishli janrlar hamda nufuzli ijrochilar haqida bolalar musiqa va san’at maktablarining o’quv talabiga mos holda umumlashgan ma’lumotlar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARIDA O’QUVCHILARNI MILLIY CHOLG’ULARGA O’QITISHNING ZAMONAVIY METODIKALARIGA OID»

BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABLARIDA O'QUVCHILARNI MILLIY CHOLG'ULARGA O'QITISHNING ZAMONAVIY METODIKALARIGA OID

Odinaxon Shavkatjon qizi Sharipova Farg'ona davlat universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada milliy cholg'ular haqida tegishli ma'lumotlarni to'plab, ularni idrok etishga qaratilgan adabiyotlar haqida yaxlit ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Shuningdek maqolada milliy cholg'ularning ijroviy shakli - tuzilish va ko'rinishi bilan bog'liq tomonlari, ijro uslublari va ularga tegishli janrlar hamda nufuzli ijrochilar haqida bolalar musiqa va san'at maktablarining o'quv talabiga mos holda umumlashgan ma'lumotlar yoritilgan.

Kalit so'zlar: metodika, milliy cholg'u, dutor, rubob, ud, nay, g'ijjak, chang, qonun, doira

ON MODERN METHODOLOGY OF TEACHING STUDENTS TO NATIONAL INSTRUMENTS IN CHILDREN'S MUSIC AND ART SCHOOLS

Odinahon Shavkatjon qizi Sharipova Fergana State University

Abstract: This article collects relevant information about national instruments and provides comprehensive information about the literature used to understand them. The article also provides general information about the performance form of national instruments - their structure and appearance, methods of performance and related genres, as well as influential performers in accordance with the requirements of children's music and art schools.

Keywords: methodology, national instrument, dutor, rubob, ud, nay, gijjak, chang, law, circle

Ma'lumki, musiqiy cholg'ular xalqlarning moddiy hamda ma'naviy boyligidir. Chunonchi, har bir xalq o'z milliy merosi, davrlar osha yuzaga kelgan an'analarini milliy ohanglar orqali tarannum etuvchi va xalqning milliy ma'naviyatiga xos yaratilgan amaliy san'at namunalari orqali ularga mos keluvchi cholg'u asboblariga egadirlar. Milliy musiqiy cholg'ular olami bu xususda ma'nan va moddiy nuqtai nazardan boy hamda rang - barang ekanligini e'tirof etib o'tish lozimdir. Qolaversa, qaysiki xalqning ma'naviyati yuksak bo'lsa, uning tarixi va unga mos merosi ham ulkandir. Tarixdan ma'lumki, o'zbek xalq cholg'ulari rang - barang tarzda, o'ziga xos

I icclT^^^^H 390 http://oac.dsmi-qf.uz

shakllangan va musiqaning barcha tarmoqlariga mos cholg'u asboblari shakllanib, asrlar osha rivojlanib kelgan. O'tmishning zabardast shoirlari o'z asarlarida musiqiy cholg'ular nomlarini zikr etishda sozlarga takror va takror murojaat etganlar.

Odatda, musiqiy cholg'ular ijrochilik amaliyotining turli yo'nalishlarida qo'llanilib kelingan. Bunday cholg'ular har bir xalqning cholg'ular dunyosida mavjud, ayni paytda ham iste'molda bo'lib keladi. O'zbek xalq ijrochilik amaliyotida saqlanib, qo'llanib kelinayotgan cholg'ulardan chang, qo'biz, sibizg'i shular jumlasidandir. Bu cholg'ularni tayyorlash va ijro etish ham oddiyligi bilan ajralib turadi.

Davrlar o'tishi bilan, jamiyat taraqqiyoti mezoniga cholg'u sozlar ham hamnafas tarzda rivojlanib, zamonaga mos takomillashib, mukammallashib borgan. Tarixiy manbalarda, Qulmuhammad Udiyning ud cholg'usiga to'rtinchi sim taqqanligi yoki g'ijjak cholg'usining avval ikki torli, keyin uchinchi va to'rtinchi torlari taqilganligi kabi ma'lumotlar aynan cholg'ular takomillashishi bilan bog'liqdir. Takomillashish jarayonida cholg'ularning shakl va tarannum (ovoz) mezonlarini boyitish katta ahamiyat kasb etgan. Bu ikki mezon cholg'ularning ma'nan va moddiy qiymatini ham belgilashga asos bo'lib xizmat qilgan. Zero, chiroyli cholg'u go'zal ovozga ega ekan, u xalq ma'naviy boyligi hamda mulki ekanligini e'tirof etish lozimdir. O'zbek an'anaviy cholg'ularinig tarixiy shakllanishi ham bir qator xalq milliy an'analari negizida qaror topgan1.

Kasbiy musiqaning ijodiyoti va uning rivoji aynan cholg'ular bilan chambarchas bog'liqligini qayd etib o'tish lozimdir. Chunonchi, mumtoz ijodiyot cholg'ularning mukammallik xususiyatlarini namoyish etibgina qolmay, ularning rivojiga ham o'z ta'sirini ko'rsatib kelgan. Shu bois, cholg'ular va cholg'u musiqasi an'analari o'zining shakllanish davri, ya'ni qadim zamonlardan xalq musiqa madaniyatining asosiy omillaridan biri sifatida muhim ahamiyat kasb etib kelgan

XX asrga kelib xalq ijrochilik amaliyotida ommalashgan cholg'ularni o'rganib tadqiq etishga e'tibor kuchaydi. Buni Abdurauf Fitrat o'zining ijodida boshlab berib, qimmatli ma'lumotlarni bayon etadi. Shundan so'ng musiqashunos olimlar cholg'ushunoslik ilmining rivojida bir qator samarali tadqiqotlar olib boradilar. V.Belyayev, F.Karomatov, T.S.Vizgo, A.Malkeevalar shular jumlasidan bo'lib, ular O'rta Osiyo musiqa cholg'ushunosligi sohasining rivojiga samarali hissa qo'shdilar. Ularning tadqiqotlarida an'anaviy cholg'ular musiqiy madaniyatning asoslaridan biri ekanligi va xalq ma'naviyatining go'zal an'analarini o'zida mujassam etib kelayotganligi yoritilgan.

XX asrning 30-40 - yillariga kelib cholg'ularni takomillashtirish jarayonining yangi bosqichi boshlanadi. Bu jarayon O'zbekistonda kompozitorlik ijodiyotining jahon andozalariga mos rivoji bilan bog'liq edi. Ijrochilik amaliyoti ham shunga moslashib, simfonik orkestr rusumi doirasida o'zbek xalq cholg'ulari orkestrining

1 Ikromov I. « Doyra darsligi » , T. 1997 . Kap0MaT0B & . « узбекская инструментальная музыка» T. , 1972 . ПсГГЙ^^^И http://oac.dsmi-qf.uz

iste'molga kirib kelishi bilan xarakterlanadi. Amaliyotda mavjud cholg'ularni orkestr tarkibiga moslash ishlari negizida bir qator cholg'ularning oilaviy namunalari yaratildi. Natijada, simfonik orkestrga muqobil xalq cholg'ulari orkestri yaratildi. Orkestrning rang - barang ovozi tarannumini ta'minlash uchun rubobning prima, alt, tenor; dutorning prima, bas, kontrabas; g'ijjakning alt, qo'biz bas, qo'biz kontrabas; changning - bas, tenor, alt namunalari yaratildi.

Abu Ali ibn Sino (980-1037) o'z davri musiqa cholg'ularini ikki guruhga bo'ladi: Mizrobli, noxunli, (Borbad, tanbur, rubob) va butun rezanator qapqog'i bo'ylab tortilgan ochiq cholg'u asboblari (shohrux, chiltor, lira), chang (arfa). Olim, ohangi inson ovoziga yaqin turadigan cholg'u asboblari ud, rubobni batafsil ta'riflagan

XVII asrning mashhur ud va chang cholg'usi ijrochisi Darvish Ali o'zining risolasida o'sha davrda qo'llanilgan cholg'u asboblari haqida batafsil ma'lumot bergan. U udni cholg'ular "Shohi" deb ataydi. Udning juft sozlagan o'n ikki tori bo'lgan. Farobiy davridagi dastlabki uddan bir muncha farq qilgan. Risolada yozilishicha chang cholg'ular homiysi Zuhroga bag'ishlangan.

Ta'riflangan changning yetti maqom ijrosi uchun yigirma olti tori va yetti pardasi bo'lgan. Nay ham qadimiy cholg'u sifatida tilga olinadi. Yana risolada qonun, rubob, qobiz, musiqor, enbon nayi (xitoyda tarqalgan) ruhavza (olti tordan iborat noxunli) kabi cholg'ulari to'g'risida yozilgan. Darvish Ali ta'rif bergan cholg'u asboblaridan yettisasi: tanbur, chang, ud, qonun, rubob, qobiz, g'ijjak, nay o'sha davrda juda keng tarqalgan edi. Risolada changchi Dilorom, naychilar Abduqodir va Xo'ja Abdul-lohi-lori, Mavlono Merik changi Buxoriy, Mavlono Qosim-Rabboniy, Sulton-Ahmadiy "Devona", rubobchilar aka-uka Shayx Shamsi-Rabboniy va ko'pgina boshqa mashhur ustozlarning nomlari tilga olinadi. G'ijjak cholg'uchisi Shoh Quliy-G'ijjakiy shu musiqa asbobida ajoyib kuylar ijro etgan va uning yaratgan muhammas ritmidagi peshravi "Husayniy" alohida ajralib turadi2.

Cholg'ushunoslik ilmi fanda « organologiya » deb yuritiladi va cholg'u sozlarning shakllanishi, amaliyotda qo'llanilishi hamda rivojlanish mezonlarini ilmiy asoslab beradi. Ushbu fanning rivojida bir qator Sharq va G'arb olimlari qatorida o'zbek musiqashunos olimlari ham munosib tadqiqotlar olib borganlar. Qadimiy cholg'ular ko'proq tarixiy obidalar orqali kashf etilib, keyinchalik tarix, adabiyot va musiqiy risolalarda bayon etilgan. Cholg'ularning ilk tasvirlari qadimgi odamlarning istiqomat joylari g'orlarda, qoya toshlarda o'yib chizilgan, imoratlarning peshtoqlari, saroylarning devoriy suratlari, sopol idishlarga chizilgan suratlarda va terrakota haykalchalarida aksini topgan.

O'zbek madaniy merosi musiqiy cholg'ularga boy va ularning har biri uzoq o'tmish, tarkibiy rivojlanish va texnikaviy takomillashish jarayonidan o'tganligi bilan

2 http://elib.buxdu.uz/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi/item/13222-o-rta-osyoda-musiqa-cholg-u-asboblarining-paydo-bo-lgan-davri

I ihSi^^Bl 392 http://oac.dsmi-qf.uz

alohida ahamiyat kasb etadi. Ijro mezonlariga ko'ra o'zbek xalq cholg'ulari ikki guruhga bo'linadi. Birinchi guruhga barcha an'anaviy xalq cholg'ulari kiradi. Ikkinchi guruhga XX asr madaniy rivoji bilan bog'liq bo'lib takomillashgan, ya'ni qayta ishlangan (rekonstruksiya qilingan) cholg'ular kiradi. An'anaviy xalq cholg'ulari tarkibidan joy olgan cholg'u sozlar: tanbur, dutor, sato, rubob, ud, nay, surnay, qo'shnay, karnay, g'ijjak, chang, qonun, doyra, nog'ora. Xalq ijodiyotida qo'llani ladigan sozlarga changqo'biz, sibizg'i, safoil kiradi. Qayta ishlangan cholg'u asboblariga -rubob, g'ijjak, dutor va chang sozlarining musiqaning saprano, alt, tenor, bas ovozlar mezonlariga ko'ra qayta ishlangan namunalari kiradi.

Mashhur musiqachilar qatoriga Mavlono Miraki Changiy, Darvesh Ahmadi Qonuni, Shoh Quli G'ijjakiy, Alijon G'ijjaki, Ustod Zaytuni G'ijjaki, Ustod Amir Qulixon Tanburi, Yusuf Mavdudi dutori, Hofiz Tanish, Hofizi Poyandan Qobuzi, Mavlono Qosim Qonuni, Ustod Sulton Muhammad Tanburi, Ustod Huseyn Udi kabi o'z kasbining ustalari hamda ijroda mohirlikka erishgan allomalar haqida tegishli ma'lumotlar bayon etadi. Zamonaviy jarayonda xonanda va sozandalikda mohirlikka erishgan namoyandalarning ijodi alohida o'rganilib nashr etilishi ahamiyatlidir. Zero, sozanda va xonandalar ijodini yoritishga bag'ishlangan monografiyalarda ularning hayoti, ijodiy faoliyati, ustoz - shogirdlik sabog'i, ijrochilik uslubi va maktabi, bastakorlik ijodi hamda ulardan namunalar keltirish an'ana bo'lgan.

Ayni paytda benazir ustozlar, ijrochilik san'atining zabardast namoyandalari Hojixon Boltayev, Madrahim Yoqubov (Sheroziy), Hoji Abdulaziz Abdurasulov (Mahmud Ahmedov), To'xtasin Jalilov (Ikrom Akbarov), Yunus Rajabiy, Faxriddin Sodiqov (Ravshan Yunusov), Orifxon Xotamov (S.Begmatov) Turg'un Alimatov (R.Qosimov), Muxtorjon Murtazoyev (S.Begmatov, A.Zokirov) lar ijodiga bag'ishlangan monografiyalar nashr etilgan.

Musiqiy cholg'ulaming ta'rifi ya'ni shakl - tuzilishlari tarkibiy jihatlari, nomlari, ijrochilari bilan bog'liq ma'lumotlar, asosan O'rta asrlardan boshlab badiiy adabiyot asarlari hamda musiqiy risolalarida yoritila boshlanadi. Demak, O'rta asrlarga kelib qadimdan shakllanib takomillashib kelgan xalq musiqiy cholg'ulari ijrochilik amaliyotida o'z o'mini topgan. Shu bilan birga nafaqat xalq, balki olimlarning e'tiborini ham qozongan. Bu jarayonni O.Matyoqubov «Maqomot» kitobida quyidagicha bayon etadi: «Cholg'ularga bunday atroflicha qiziqishlar zamirida musiqiy asboblar ijrochilik faoliyatini ob'ektiv aks ettirishdir, degan ilmiy tushuncha yotadi.

Hozirgi davrga kelib o'zbek musiqa ijrochiligini uchta yirik yo'nalishga ajratish mumkin. Xalq folklor musiqa yo'nalishi, xalq mumtoz musiqa yo'nalishi va kompozitorlik musiqa ijodiyoti yo'nalishi. Xalq folklor yo'nalishida ommaviylik xususiyatiga ega bo'lgan, ovoz va texnik jihatlari mos bo'lgan cholg'ulardan ko'proq foydalaniladi.Masalan : rubob, nay, g'ijjak, chang va doyra cholg'u asboblari.

I icclT^^^^H 393 http://oac.dsmi-qf.uz

Qayd etish joizki, xalq folklor musiqa ijrochiligida ijro sharoiti, joyi ham o'ziga xos bo'ladi. Shuning uchun cholg'ular ham tez moslasha oladigan va har qanday sharoitda ijro eta olish xususiyati taqozo etiladi. Xalq mumtoz musiqa yo'nalishiga xos bo'lgan cholg'ular guruhlari ko'proq kamer xususiyat kasb etishlarini nazarda tutib, joy, sharoit va muhitga asoslanadi.

To'liq ansambl tarkibi esa barcha cholg'ularni qamrab oladi, hattoki, g'ijjak, dutor, tanbur cholg'ularidan qo'sh holatda foydalanish katta imkoniyatlarni hosil qiladi. Bunda ansambl zabardast ovoz imkoniyatiga ega bo'ladi. Kompozitorlik ijodiyoti ijrochiligi yo'nalishi ham zamonaviy uslublar asosida bir qator cholg'ular guruhini o'z ichiga oladi.

Musiqa ijodiyotidan o'rin olgan janrlar negizida cholg'ularning tarkibiy guruhlari tashkil etilib, ijro etiladi. Unga ko'ra cholg'u duetidan toki xalq cholg'u asboblari orkestrigacha bo'lgan cholg'u asboblar tarkibi tuzilgan va ijrochilik amaliyotida keng qo'llanilib kelinadi. Qayd etish lozimki, orkestrning to'laqonli ovoz imkoniyatlariga ega bo'lish yo'lida Yevropa cholg'ularidan ham keng foydalaniladi. Ijrochilik amaliyotida shakllangan barcha cholg'u asboblari o'z xususiyatlari doirasida uch turga bo'linadi.

Taraqqiyot jarayoni esa har bir xalqning o'z cholg'u asboblarini yuzaga kelishiga sabab bo'lgan. Cholg'ularning kosaxonasi qaysi jihozdan va uning katta - kichiklik hajmi, dastasining uzun - qisqaligi hamda torlar soni va nisbati davrlar o'tishi bilan rivojlanib takomillashib borgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. В.Беляев «Музыкальные инструменты Узбекистана», М., 1933

2. Begmatov S. « Maqom surnay уо'Пап » Т. 2004 .

3. Т.С.Вызго «Музыкальные инструменты Средней Азии», Т., 1980

4. Ikromov I. « Doyra darsligi », Т. 1997 . Кароматов & . « узбекская инструментальная музыка» Т., 1972 .

5. Qosimov R. « An'anaviy гиЬоЬ угосЫ^ » Т. 1999 .

6. Qosimov R. « Ud », Т. 2002 .

7. Qosimov R. « An'anaviy tanbur ijrochiligi » Т. 2002 .

8. Лутуллаев А., Соломонова Т. « узбекские наролные инструмеНТы» Т. 2005 .

9. Matyoqubov О. « Maqomot» Т. 2004, « Surnay », Т. 2003 . Nazarov А. « Musiqa », // Buxoro sharq durdonasi, Parij, 1997 .

394

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.