Научная статья на тему 'FARG‘ONA-TOSHKENT MILLIY XALQ CHOLG‘ULARIDA FOLKLOR IJROCHILIK SAN’ATI'

FARG‘ONA-TOSHKENT MILLIY XALQ CHOLG‘ULARIDA FOLKLOR IJROCHILIK SAN’ATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
588
49
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Toshkent-Farg‘ona / folklor / ijrochilik san’ati / xalq cholg‘ulari / maqom / festival / manba / musiqa / shashmaqom / qo‘shiq / ashula / kompozitor / bastakor / san’at / xonanda / cholg‘u

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Dilorom Muhammedova

O‘zbek mumtoz musiqasi usullar tizimi, milliy xalq cholg‘ularida turli uslublar ifodasining o‘rni va ahamiyati xususan Farg‘ona Toshkent yo‘nalishida folklor hamohangligi yo‘llari haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, maqolada berilgan ma’lumotlar, fikr-mulohzalar va tahliliy materiallarning asosiy yo‘nalishi va obyekti Farg‘ona-Toshkent milliy xalq cholg‘ularida folklor ijrochilik san'ati masalasi bo‘lib, milliy cholg‘u ijrochiligi san’ati rivoji va moddiy merosida tutgan ahamiyati yana bir bora ko‘rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FARG‘ONA-TOSHKENT MILLIY XALQ CHOLG‘ULARIDA FOLKLOR IJROCHILIK SAN’ATI»

FARG'ONA-TOSHKENT MILLIY XALQ CHOLG'ULARIDA FOLKLOR

IJROCHILIK SAN'ATI

Dilorom Muhammedova [email protected] O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: O'zbek mumtoz musiqasi usullar tizimi, milliy xalq cholg'ularida turli uslublar ifodasining o'rni va ahamiyati xususan Farg'ona Toshkent yo'nalishida folklor hamohangligi yo'llari haqida so'z yuritiladi. Shuningdek, maqolada berilgan ma'lumotlar, fikr-mulohzalar va tahliliy materiallarning asosiy yo'nalishi va obyekti Farg'ona-Toshkent milliy xalq cholg'ularida folklor ijrochilik san'ati masalasi bo'lib, milliy cholg'u ijrochiligi san'ati rivoji va moddiy merosida tutgan ahamiyati yana bir bora ko'rib chiqilgan.

Kalit so'zlar: Toshkent-Farg'ona, folklor, ijrochilik san'ati, xalq cholg'ulari, maqom, festival, manba, musiqa, shashmaqom, qo'shiq, ashula, kompozitor, bastakor, san'at, xonanda, cholg'u

ART OF FOLKLORE PERFORMANCE IN FERGANA-TASHKENT NATIONAL FOLK INSTRUMENTS

Dilorom Muhammedova [email protected] Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract:The method system of Uzbek classical music, the role and importance of the expression of different styles in national folk instruments, especially the ways of folklore harmony in the direction of Fergana-Tashkent are discussed. Also, the main direction and object of the information, opinions and analytical materials given in the article is the issue of folklore performance art in the national folk instruments of Ferghana-Tashkent, the development of the national instrument performance art and material its importance in the heritage has been reviewed once again.

Keywords: Tashkent-Fergana, folklore, performance art, folk instruments, status, festival, resource, music, shashmaqom, song, song, composer, composer, art, singer, musical instrument

KIRISH

O'zbek milliy musiqa merosi asrlar davomida xalq dardini, orzu va armonlarini aks ettirib, yurtning iste'dodlilarini kashf etib, noyob durdona asarlarni yer yuziga

I icclT^^^^H 262 http://oac.dsmi-qf.uz

tarannum etib kelmoqda. Mamlakatimizda uzluksiz musiqiy ta'limning to'liq shakllantirilganligi natijasida bugun o'zbekistonlik yosh musiqachilar o'z mahoratlarini jahon sahnalarida namoyish etib katta yutuqlarni qo'lga kiritib kelmoqdalar. Zamonaviy musiqiy ta'limda xalq cholg'ularida o'qitishning o'ziga xosliklaridan biri milliy cholg'ularda jahon xalqlari musiqalarini ijro etish imkoniyatining kengayganligi bo'lib, unda milliy musiqa merosimiz namunalari bilan birga jahon kompozitorlik ijodiyoti namunalari o'rgatib boriladi.1

Bugungi globallashuv jarayoni musiqiy ijrochilik san'ati sohasini ham chetlab o'tmagan. Shu sabab ijrochilik ko'lami tobora kengayib, ijro etilayotgan asarlarning janr va ijro yo'nalishlarini o'zlashtirish masalasi zamonaviy musiqiy ta'limda, ayniqsa, xalq cholg'ularida o'qitishda dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. «Agar o'zbek xalq cholg'ulari ijrochilarining hozirgi paytdagi repertuariga nazar tashlasak, unda turli davrga mansub bo'lgan avtorlarning har xil asarlari va xalq kuylarini ko'rishimiz mumkin. Bu esa o'z navbatida tarbiyalanayotgan yosh sozandalarning chuqur ilmiy-nazariy bilimga ega bo'lishlarini, ijro etish ko'nikmalarini kun sayin takomillashtirib borishlarini taqozo etadi»2.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Aytish mumkinki, A.F.Eyxgorn har bir musiqa cholg'usiga batafsil ta'rif bergan X-IX asrning ikkinchi yarmidagi ilk folklorshumoslardan biridir. U musiqa nazariy lmi va folkloriga katta hissa qo'shgan.

Ma'lumki, xalq cholg'ularida o'qitish uslubiyoti ma'lum darajada shakllangan bo'lib, bu jarayonda folklorning ijro jarayoni va genzisi borasida yetakchi mutaxassislar talay ishlarni amalga oshirganlar. Bunday ishlardan S.Taxalovning «Afg'on rubobida chalishga o'rgatish metodikasi», N.Sharipovning «Rubob primada ijro etishni o'rgatish metodikasi» kabi ko'plab qo'llanmalar, shuningdek, R.Qosimovning olib borgan ilmiy izlanishlarini aytib o'tish joiz. Yuqorida qayd etilgan hamda shunga o'xshash bir qancha ishlarda aynan bir turdagi cholg'u ijrochiligi masalalariga to'xtalib o'tilgan bo'lib, ularda o'ziga xos umumiy jihatlar ko'zga tashlanadi.3

A.Vambergning «Sharq hayoti va axloqi haqida ocherk» (SPb, 1877), V.Nalivkin va M.Nalivkinalarning «Farg'ona o'troq tubjoy aholisi xotin-qizlarining turmushi haqida ocherk» (Qozon, 1886 yil), N.S.Likoshinning «Yari.m umr Turkistonda» (SPb, 1917) kitoblarida va boshqa asarlarda xalqning boy badiiy merosiga, an'an-alariga, o'zbek xalq cholg'ularining ahvoliga muayyan o'rin ajratilgan. A.Vamberg xalq cholg'ularidan kolleksiya to'pladi. Tarkibiga I.I.Zarubin,

1 Nazarov Odiljon "Xalq cholg'ularida o'qitishda musiqiy asarlar ustida ishlash" zamonaviy ta'lim/ СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2018, 3 31-b

2 Sharipov N. Rubob primada ijro etishni o'rgatish metodikasi. - T.: G'.G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1990. -15-b.

3 Р. Ахмедов Миллий мусщий ижрочилик санъатига бир назар // Oriental Art and Culture. 2020. №I (2). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/milliy-musi-iy-izhrochilik-sanatiga-bir-nazar (дата обращения: 15.10.2022).

I ПяЗ^^^^В] 263 http://oac.dsmi-qf.uz

I.I.Rachinskiy, K.N.Roset, A.N.Samoylovichlar kirgan etnograflar guruhi Leningrad muzeyi uchun «Xalq musiqa asboblarining to'liq kolleksiyasi» ni tuzishdi4. TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL XIX asrning ikkinchi yarmida Qo'qon mashhur cholg'uchilar to'plangan markazga aylandi. Bu yerda Usta Xudoyberdi rahbarligida o'zbek xalq cholg'ularida ijrochilik maktabini o'rganish bo'yicha o'ziga xos maktab yaratiladi. Farg'ona cholg'uchilari buxorocha Shashmaqomni faol o'zlashtira boshlashdi.

1917 yil to'ntarishidan keyin o'zbek musiqa san'ati jadal va jo'shsin taraqqiy qila boshladi. Birinchi o'n yillikdayoq musiqa ta'limi, folklorshunoslyk, ijrochilik san'ati sohalarida muayyan yutuqlarga erishildi.

XIX asrning 60-70-yillarida Toshkent, Moskva, Peterburg cholg'uchilarning mahalliy ilrochilar musiqa ixlosmandlari ishtirokida konsert faoliyati faollashgan yirik madaniy markazga aylandi. 1877 yildan boshlab Toshkentga, keyinroq Samarqandga, Farg'onaga va boshqa shaharlarga yetuk musiqa jamoalari, gastrolyorlar ya dramatik guruhlar tashrif buyura boshlashdi. Rus cholg'uchilarining dyomokratik an'analari Turkistonda baynalmilal aloqalarning o'rnatilishiga ko'maklashdi va Oktyabr inqilobining g'alabasidan keyinroq tezda Toshkent, Buxoro, Samarqand va O'rta Osiyoning boshqa shaharlarida kasbiy musiqiy o'quv yurtlarining tashkil etilishida ma'lum darajada asos bo'lib xizmat qildi. Albatta ushbu tarixiy o'zgarishlarning yuqorida biz tilga olgan masala bilan bog'liqlik jihati faqatgina davriy hamohanglikda emas, balki ijrochilik san'atining folklor ijro va ifoda protsesiga tasiri bilan bevosita bog'liqdir.

O'tgan asrning 70-80-yillaridagi O'rta Osiyo tubjoy aholisining hayoti (oilaviy turmush tarzi, urf-odatlari, musiqachilik ahvoli, marosimlari) rus va xorijiy etnografik-folklorshunoslarining diqqatini o'ziga jalb etgan. Xalq madaniyatining tarkibiy qismiga kirgan xalq cholg'ularyga bo'lgan qiziqishning boisi ham shunda. XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida O'rta Osiyoga kelgan etnograf va sayyohlar Turkiston o'lkasining xalq musiqasini yozib olishda (notalashtirishda) muayyan ishlar qilishdi, bunda ular xalq cholg'ularini o'rganishga alohida e'tibor berishdi. Ular o'z ijodiy ishlarida musiqaning o'ta ommaviyligiga, uning xalq hayotida muhim rol o'ynashiga ahamiyat berishdi.5

Musiqa o'quv yurtlari Toshkentdagi Turkiston Xalq Konservatoriyasi (1918) va uning Samarqanddagi, Farg'onadagi (1919), Buxorodagi (1920) filiallarida katta ishlar amalga oshirildi. Ularda asosan o'zbek xalq cholg'ularini hamda ba'zi Ovro'pacha musiqa cholg'ulari (fortepyano, skripka va damli cholg'ulari) ni chalish o'rgatilar edi. Bu musiqa bilim yurtlari tom ma'nodagi Konservatoriya bo'lmasada, biroq, o'tgan davr musiqa madaniyati ilmini o'rganish imkonyga ega bo'lmaganlarga

4 Turkiston o'lkasi. SPB, 1983, 395-bet.

5 A. Odilov "O'zbek xalq cholg'ularida ijrochilik tarixi"

Toshqent «O'qituvchi» 1995

264

http://oac.dsmi-qf.uz

sodda musiqa nazariy ilmi hamda ijro san'atida saboq berilar edi. Shu tufayli yosh respublikaning ko'pgina shaharlarida musiqa havaskorligi keng quloch yoydi. Bu esa qadimiy va zamonaviy musiqa madaniyatining ijro integratsiyasiga sabab bo'ldi.6

Toshkent-Farg'ona mahalliy-musiqiy uslubi qadimiy va boy tarixga egadir. Ma'lumki, ushbu katta hududning aksariyat yirik shahar va qishloqlarida aholi zich joylashgan. Vohaning an'anaviy musiqa ijodiyoti umummilliy o'ziga xos mahalliy, boshqa uzoq-yaqin qo'shni mintaqalardagidan ayrim farqli xususiyatlari bilan ham tavsiflanadi. Tuzulishi jihatdan oddiy, ixcham hajmli mavzu va mazmun doyrasi bo'yicha xilma-xil kuy, qo'shiq hamda ashulalar bu hududda juda keng tarqalgan. Jumladan, bu o'lkada bir qancha folklore namunalari, xalqchil maishiy, marosim, shuningdek, erkin tarzdagi cholg'u va ayrim janrlar qatorida ayollar qo'shiqlari ham nihoyatda mashhurdir. Mazkur mintaqaga xos bo'lgan yana ko'plab terma, bolalar qo'shiqlari, lapar, yalla, ashula, cholg'u kuy, bir qismli va turkumli maqom yo'llari, ko'proq chorvachilikka ixtisoslashgan qishloq joylarda esa dostonlar va yana katta yoki patnis (yovvoyi) ashulalar asosiy o'rin egallaydi.

Farg'ona vohasi-Toshkentning bastakorlar ijodkorligiga molik misollari esa hajman kattaligi, tuzulishi nisbatan murakkabligi, ba'zida usluban mutloq noyobligi bilan ajralib turadi. Tabiiyki, musiqa ijrochiligining kasbiy mezonlari ham yuqori darajada. Bu o'rinda ayniqsa katta ashula "milliy - mahalliy" jarayonga yorqin namuna bo'la oladi. O'zbek milliy cholg'ularidan esa dutor, tanbur, sato, g'ijjak, qashqar rubobi, chang, nay, qo'shnay, surnay, karnay, nog'ora, doyra, (childirma), chirmanda kabilar juda ko'p qo'llanib kelingan va folklore namunalari ham ushbu ijro tarkibining ajralmas konstruktiv namunasidir.

Manbalardan shu narsa malumki, O'zbek dostonchiligida doston kuylash an'anasi qadimda uch yo'nalishda rivojlangan.

- Birinchidan, Bulung'ur, Qo'rg'on, Shahrisabz, Qamay, Narpay, Sherobod, Janubiy Tojikistonda yashovchi o'zbek-laqay dostonchilik maktablarida do'mbira chertib yakka holda, bo'g'iz ovoz bilan ijro etilgan.

- Ikkinchidan, Xorazmda tor, dutor, g'ijjak, garmon, bulamon, qo'shnay, doira jo'rligida ba'zan yakka, ba'zan juft holda, ochiq ovoz bilan ijro etilgan.

- Uchinchidan, Farg'ona vodiysida dutor jo'rligida ochiq ovozda aytilgan.7

Farg'ona va Toshkent viloyatlarida ansambl 8-10 ijrochidan (nay, qo'shnay,

chang, rubob, dutor, tanbur, doira, g'ijjak) iborat bo'lgan. Bundan tashqari 3-4 kishidan tashkil topgan kichik ansambllar (nay, g'ijjak, rubob, doira yoki tanbur, g'ijjak, nay va doira, ba'zan ikkitadan cholg'ular: ikki tanbur, ikki dutor yoki ikki

6 Одина Вахобова УЗБЕК МУСИКД САНЪАТИ ВА МАДАНИЯТИНИНГ МУ^ИМ ЖИДАТЛАРИ // Academic research in educational sciences. 2021. №4. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/zbek-musi-a-sanati-va-madaniyatining-mu-im-zhi-atlari (дата обращения: 15.10.2022).

Р. Ахмедов Миллий мусщий ижрочилик санъатига бир назар // Oriental Art and Culture. 2020. №I (2). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/milliy-musi-iy-izhrochilik-sanatiga-bir-nazar (дата обращения: 15.10.2022).

7 Q.B.Panjiev "Musiqa ta'limi fanlarining taraqqiyot tendensiyalari va innovatsiyalari" O'UM Toshkent - 2018 110-b

ПсГГЙ^^^И ^65 http://oac.dsmi-qf.uz

g'ijjak, ikki rubob va boshqa) lardan iborat bo'lgan. Utgan yuz yillikning 80-90-yillar bo'sag'asida ansambllarning asosiy turlari shakllangan, ular tarkibiga yangi cholg'ular kiritilgan, cholg'ularni tembr imkoniyatlarini kengaytirishga, repertuarni folklor asosida yaratilgan kuylar hisobiga boyitishga urinishlar bo'lgan. Ijrochilikni takomillashtirish maqsadida Buxoro, Xorazm, Qo'qon shaharlarida ustozlarning maktablari saqlab qolindi. Ular o'tgan asrning o'rtalarida tuzilgan bo'lib, saylab qo'yiluvchi oqsoqollar ularga rahbarlik qilganlar. Shirkatlarda ustoz-shogirdlik an'anasi hukm surardi. Har bir ustoz biror-bir cholg'uni chalishni o'rgatish uchun iqtidorli o'quvchilarni shogirdlikka olish huquqiga ega edi, vaqt-vaqti bilan ular sinovdan o'tkazib turilar edi. Ijobiy baho olgan shogirdlar (o'quvchilar) shirkatning teng huquqli a'zolariga aylanib, mustaqil ijrochilik huquqini olganlar».8

O'zbek dostonchilik an'anasining yana bir turi Farg'ona vodiysida shakllangan. Namangan viloyatining shimoli Uychi, Yangiqo'rg'on, Chortoq atroflarida Dehqonboy Bahromov, Ikrom Rizaev, Omon baxshi Razzoqovlar ijod qilishgan. Mahalliy xalq og'zaki ijodini o'rgangan olim Abdushukur Sobirov taniqli folklorshunos olim Tojiboy G'oziboev bilan hamkorlikda mazkur dostonchilik an'anasini o'rganib, Qo'lbuqon, Sayram, Ariqbo'yi (Ariqmo'yin) maktablari mavjudligini qayd etadi. Ahmadjon Meliboev "Safed Bulon hikoyalari" kitobida Peshqo'rg'on qishlog'ida istiqomat qilgan Olim baxshidan "Yozi bilan Zebo" dostonini o'n ikki varaqli o'quv daftaridan o'ntasiga yozib olib, Muzayyana Alaviyaga yuborganini ma'lum qilgan. Ammo bugungi kunda Farg'ona vodiysidagi dostonchilik an'anasida doston ijro etadigan baxshilar ijod faoliyatlarini to'xtatganlar.Hamma o'zbek dostonchiligi an'analarida hajman cheklanish kuzatilmaydi.Madaniy merosimiz xazinasida "Bozirgon", "Sohibqironning tug'ilishi" kabi kichik asarlar va ayni paytda, "Alpomish", "Malika Ayyor"dek yirik dostonlar bor. Dostonlar hajmidagi nisbiy o'lchov inobatga olinsa, do'mbira chertib ijro etiladigan Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryoda aytiladigan dostonlar hajmi Xorazm dostonlaridan ham, Farg'ona vodiysi dostonlaridan ham kengligi bilan ajralib turadi. Hajman Farg'ona vodiysidagilar ancha kichik hisoblanadi.

Mazkur manbalar tufayli biz Farg'ona-Toshkent ijro yo'nalishi va unda folklore ifodasini ilmiy jihatdan tahlili qilish imkoniga ega bo'ldik va musiqa san'ati mundarijasi, ijrochilik turlari, musiqa an'analari, cholg'ularining. ta'riflari, o'zbek xalq kuylarining nota yozuvlari haqida ma'lumotlarga ega bo'ldik.

NATIJALAR VA MUHOKAMALAR

Bir so'z bilan aytganda Farg'ona va Toshkent viloyatlarida ansambl 8-10 ijrochidan (nay, qo'shnay, chang, rubob, dutor, tanbur, doira, g'ijjak) iborat bo'lgan. Bundan tashqari 3-4 kishidan tashkil topgan kichik ansambllar (nay, g'ijjak, rubob, doira yoki tanbur, g'ijjak, nay va doira, ba'zan ikkitadan cholg'ular: ikki tanbur, ikki

8 Визго Т. Музикальнне инструментн Средней Азии, 159-бет.

I ВДП^^В! http://oac.dsmi-qf.uz

dutor yoki ikki g'ijjak, ikki rubob va boshqa) lardan iborat bo'lgan. Utgan yuz yillikning 80-90-yillar bo'sag'asida ansambllarning asosiy turlari shakllangan, ular tarkibiga yangi cholg'ular kiritilgan, cholg'ularni tembr imkoniyatlarini kengaytirishga, repertuarni folklor asosida yaratilgan kuylar hisobiga boyitishga urinishlar bo'lgan.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda milliy ijrochilik o'tmishdan musiqa merosimizning turli janrlaridan, ularni xususiyatlaridan kelib chiqib o'ziga xos shakllarda vujudga kelgan. Turlanish mezonlarida esa ularning ruhiy ta'siri, musiqaviy jonli ifodasi, tarkibiy va ijroviy tartiblari o'z ta'sirini ko'rsatgan. Shunga ko'ra ular folklor va mumtozlik xususiyatlar kasb etuvchi turlarga bo'linganlar. Xalq musiqa ijrochiligining bu xususiyatlari amaliyotda ovoz va soz talqini bilan bog'liq turli uslublar va yo'nalishlarning vujudga kelishiga sabab bo'ladi. Albatta Farg'ona-Toshkent xalq folklor yo'nalishi bundan mustasno (asosan mumtoz ijro yo'nalishi nazarda tutiladi). Ovoz talqinida ashula ijro etuvchilarning o'ziga xos ichki xususiyatlari mavjud. Aynan ana shu shaxsiy va shu o'rinda ichki sifat va xususiyatlar, xonandalarning har birini alohida-alohida qaror topishiga sababdir. Shu nuqtai nazarda ushbu yo'nalishda folklor ijrochiligi xalq cholg'ulari yordamida amalga oshiriladi va ijro soddaligi, tushunarliligi va milliylik kayfiyati bilan boshqa musiqiy yo'nalishlaradan farq qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Sh.Mirziyoev, Xalqaro baxshichilik san'ati festivalini o'tkazish tartibini to'g'risidagi Nizomi, Toshkent, 2018

2. Sh.Mirziyoev, O'zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risidagi Qarori, Toshkent, 2017

3. Odilov "O'zbek xalq cholg'ularida ijrochilik tarixi" Toshqent «O'qituvchi»

1995

4. Sharipov N. Rubob primada ijro etishni o'rgatish metodikasi.-T.: G'.G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1990.

5. Доржиева Э.Н. Методика обуchениya игре на yarare. - Улан-Уде: «Нова принт», 2006.

6. Turkiston o'lkasi. SPB, 1983, 395-bet.

7. Nazarov O. Qashqar rubobida o'qitish uslubiyoti.-T.: «Ofset Print», 2008.

8. Isaqulova N., Bohovuddinova Z., Mahmudova S. O'quv jarayonida ta'lim texnologiyalaridan foydalanish uslubiyati.-T.: «Fan», 2013.

9. Круглов В. игры Ha домрe.-М.: «Издaтeлство РАМ имХ^синых, 2003.

10. Одина Вахобова УЗБЕК МУСЩА САНЪАТИ ВА МАДАНИЯТИНИНГ МУ^ИМ ЖИ^АТЛАРИ // Academic research in

I (г.:)Т^^^^^И 267 http://oac.dsmi-qf.uz

educational sciences. 2021. №4. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/zbek-musi-a-sanati-va-madaniyatining-mu-im-zhi-atlari (дата обращения: 15.10.2022).

11. Р. Ахмедов Миллий мусикий ижрочилик санъатига бир назар // Oriental Art and Culture. 2020. №I (2). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/milliy-musi-iy-izhrochilik-sanatiga-bir-nazar (дата обращения: 15.10.2022).

268

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.