QADIM MAROSIMNING BADIIY TALQINI
Isayev Kamoliddin Saidovich [email protected] O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
Annotatsiya: Maqolada turli millatlarning qadimiy marosim qo'shiqlari, folklor namunalari xususan xalq og'zaki ijodiyotining qimmatli merosi bo'lgan Alpomish dostonida ushbu marosimlarning namoyon bo'lishi haqida fikr va mulohazalar keltirilgan. Alpomish dostoni ham halqimizning qadimiy tasavvurlarini o'zida mujassam etgan epik sanatkorlar tomonidan asrlar davomida kuylanib kelingan bebaho durdonadir. Nafaqat o'zbek, balki dunyo dostonchiligida alohida mavqega ega, qadimiy, badiiy jihatdan yuksak epik ijod na'munasi hisoblangan ushbu asar-"alpomish" dostoni ilmiy maqolada ilmiy jihatdan tadqiq etilgan.
Kalit so'zlar: qadimiy marosimlar, o'lan, aytishuv, folklor, Alpomish, ma'naviyat, doston, tarbiya, epos, xalq, alpomish, o'zbek, yoshlar.
ARTISTIC INTERPRETATION OF THE ANCIENT RITE
Isayev Kamoliddin Saidovich [email protected] Uzbekistan State Institute of Art and Culture
Abstract: The article contains thoughts and opinions about the manifestation of these rituals in the Alpomish epic, which is a valuable heritage of folk art, especially ancient ritual songs of different nations, examples of folklore. The Alpomish saga is also a priceless masterpiece that has been sung for centuries by epic artists who embody the ancient imaginations of our people. This work - "alpomish" epic, which has a special position not only in Uzbek, but also in world epics, is considered an ancient, artistically high example of epic creation, has been scientifically researched in a scientific article.
Keywords: ancient rituals, olan, kishuvu, folklore, Alpomish, spirituality, epic, education, epos, folk, Alpomish, Uzbek, youth
O'zbek xalqi azal-azaldan boy madaniy merosi, irsiyat jamg'armasi xazinasidagi ma'naviy boyliklari, bugungi kunda qadr topgan qadriyatlariga egaligi bilan jahon miqyosida katta o'ringa ega. Ayniqsa, o'zbek xalqi yaratgan "Alpomish" singari ulug' asarda yaqqol namoyonbo'lgan odamiylik, adolatparvarlik, erksevarlik, mardlik, oilaga sadoqat, sevgi, mehr-muhabbat, murosa-yu madora silsilasidagi
fаlsаfiy tа'limоtlаr mustаqil О'zbеkistоnning mа'nаviyаtidа yаngi sifаt bоsqichigа kо'tаrilаyоtgаnligi ham tаbiiydir1.
О'zbеk xalqi bаdiiy оg'zаki ijоdi mеrоsini аsrаb-аvаylаsh vа аvlоdlаrgа yetkazish yо'lidаgi isЫаr tоbоrа kuchаytirilmоqdа. Muxtаrаm Yurtbоshimiz Sh.M.Mirziyоyеv tоmоnidаn bir qаtоr qоnun hujjаtlаri ishlab chiqilаyоtgаni sо'zimning isbоtidir. О'zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 2018-yil 1-nоyаbrdаgi PQ-3990-son "Xalqaro bаxshichilik sаn'аti festivalini o'tkazish to'g'risidаgi" qаrоri, O'zbekiston Respublikаsi Prezidentining 2019-yil 14-mаydаgi PQ-4320-son "Baxshichilik sаn'аtini yаnаdа rivоjlаntirish chоrаtаdbirlаri tо'g'risidаgi" qаrоri, O'zbekiston Respublikаsi Vazirlar Mаhkаmаsining 2018-yil 24-аpreldаgi VMQ-304-son "Baxshichilik va dostonchilik sаn'аtini yаnаdа rivojlаntirish hаmdа tаkomillаshtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi" qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-yanvardagi "Alpomish" dostonining ajdodlarimiz ijodiy dahosining bebaho badiiy yodgorliklari sifatida jahon xalqlari epik ijodiy oti namunalari ichida alohida o'rin tutishini, uning mustaqil rivojlanish davrida millat birligi va ma'naviy uyg'onishi, milliy g'urur va o'zligini anglashi ramziga aylanganligini ushbu qaror va farmonlarda yaqqol ko'rsak bo'ladi. "Xalqaro baxshichilik san'ati festivalini o'tkazish to'g'risidagi" qarori o'zbek milliy baxshichilik va dostonchilik san'atining noyob namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni keng targ'ib qilish, yosh avlod qalbida dostonlarimizga va ushbu san'at turiga mehr, hurmat tuyg'ularini kuchaytirishga xizmat qiladi albatta. Bunday keng ko'lamli ishlarning amalga oshirilishi natijasida nainki, "Alpomish" dostonining balki, butun o'zbek folklorining dunyoviy ahamiyati yanada teran, haqqoniy va har taraflama mukammal tarzda jahon afkor ommasiga yetkazildi.
"Alpomish" dostoni o'zbek xalq dostonlari orasida aloihda ajralib turadi. Fozil Yo'ldosh o'g'lidan tortib, bugungi kungacha baxshilarimiz bu dostonni sevib kuylab keladilar.2
Atoqli folklorshunos olim, akademik To'ra Mirzaev bu dostonni "Dostonlar shohi", "gultoji" deb ataydi.3 Dostoning qirqdan oshiq shakli bo'lsada, bular orasida Fozil Yo'ldosh o'g'li varianti o'zining yuksak badiiyati bilan ajralib turadi.
"Alopomish" dostoni Hodi Zarifov, To'ra Mirzaev, Bahodir Sarimsoqov, Malik Murodov, Mamatqul Jo'raev, Saodat Yuldashova, Shomirza Turdimov, Jabbor Eshonqulov kabi olimlar tomonidan tadqiq etilgan va bu jarayon hozir ham davom etmoqda.4
1 Zarnigor Miragzamovna Sodiqova ""Alpomish" dostoni va yoshlar tarbiyasi" SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2021 ISSN: 2181-1601
Alpomish.O'zbek xalq qahramonlik eposi. Aytuvchi Fozil Yo'ldosh o'g'li.Nashrga tayyorlovchi To'ra Mirzaev. Toshkent: Fan, 1999.- 827 b.
3 Mirzaev T. «Alpomish» qahramonlik eposi va o'zbek dostonlari // «Alpomish». -Toshkent: Fan,1999.-B. 7-49;
4 Qarang: Жирмунский В.М., Зaрифoв Х.Т. Узбекский нaрoдный гeрoичeский эпoс. - М.: Гoсиздaтeльствo, 1947. - 518 с;.
"Alpomish" dostonining syujeti, motivlar va obrazlar talqini ko'p tadqiq qilingan. Biroq, epos va marosim munosabati, "Alpomish" dostonida aks etgan xalq marosimlari masalasi yetarli darajada tadqiq etilgan emas.
Ma'lumki, o'zbek xalqining to'y marosimi o'zining betakror rasm-rusmlari bilan alohida ajralib turadi. Ayniqsa, nikoh marosimidagi har bir hududga xos teatrlashtirilgan an'anaviy urf-odatlar va ularda ijro etiluvchi qo'shiq, aytim, olqishlar bu marosimni yanada go'zallashtiradi5.
Folklorshunoslar o'zbek nikoh to'ylarini uch bosqichga bo'lib ko'rsatishgan. Bunda qiz tanlash, sovchilik, eshik ochdi va unashtirish, fotiha to'yini birinchi bosqich sifatida ajratishsa, ikkinchi bosqichga kelinni olib kelish va nikohlash bilan bog'liq tantanalarni kiritishgan. Kelin olib kelingandan so'ng o'tuvchi yuz ochdi, kelin salom, charlar va kuyov chaqirdi kabi uzvlar uchinchi bosqich tarikibida tadqiq etilgan. Yaxlit holda umum o'zbek nikoh to'yi tizimini tashkil etuvchi bosqichlar uzoq davrlar davomida shakllanib, xalqning oila, turmush bilan bog'liq dunyoqarashi, tasavvurlar olami falsafasini o'zida mujassam etadi. Nikoh to'yi tizimining ushbu bosqichlarining har birida ijro etiluvchi qo'shiq, aytim, olqishlarda ham ana shu dunyoqarashlar aks etadi. Nikoh to'yining birinchi va ikkinchi bosqichida barqaror qo'llanuvchi o'lanlarda ham bu holat kuzatiladi.
O'lan janrini tadqiq etgan M.Alaviya va B.Sarimsoqovlar o'lanlar o'tmishda asosan ko'chmanchi va yarim ko'chmanchilik tarzda hayot kechirgan o'zbek urug'lari o'rtasida keng tarqalgan bo'lib, «qiz oqshomi», «qiz majlisi» kabi tantanlarda ko'proq ijro etilganligini yozishgan.6 Ayni chog'da keyingichalik to'ydan boshqa turli sayl va bayramlarda ham o'lanlar ko'ylanishligini M.Alaviya o'zining «O'zbek xalq marosim qo'shiqlari» kitobida o'tgan asr boshlarida Toshkent viloyatidagi sayl-tantanalari misolida keltirib o'tgan. Demak, o'lan asosan nikoh to'yi tantanlarida ijro etiluvchi qo'shiq turi bo'lsada, keyinchalik uning ijro o'rni bir muncha kengayib, boshqa tantalar qamroviga ham kirgan.
O'lanlar boshqa qo'shiq turlaridan ikki kishi yoki ikki taraf (guruh) tomonidan bastma-bastiga savol-javob, bahslashish tarzida aytilishi bilan ham ajralib turadi. Bu o'rinda ko'pincha qiz tomon va kuyov taraf bir-biri bilan o'lan aytishgan. O'lan aytilish jarayonida o'z harfiga she'riy javob qaytara olmagan tomon yengilgan hisoblanadi. O'landa badihaga katta e'tibor qaratilgan. Lekin har qanday badiha ham o'lan janriga xos ohang va vazn doirasida amlga oshgan. Ya'ni o'langa xos she'riy o'lcham asosan o'n bir hijoli vazn bo'lib, she'riy qurilishi izchil to'rtlik bandlardan iborat. Har qanday band esa a,a, b,a tarzida qofiyalanib keladi.7 Masalan:
Yigit: Baland tog'lar boshida tuman tog'i,
5 Xudoyberdiyeva, Xulkar Zoxid Qizi. "O'ZBEKISTONDA NAQQOSHLIK SAN'ATI VA YETAKCHI NAQQOSHLAR TARIXI VA RIVOJLANISHI." Academic research in educational sciences 2.7 (2021): 52-60.
6 Alaviya M. O'zbek xalq marosim qo'shiqlari. - T.: Fan, 1974. - 222 b.
7 Sarimsoqov B. O'zbek marosim folklori-Toshkent: Fan, 1986. 216-b
I icclT^^^^H 769 http://oac.dsmi-qf.uz
To'y oldidan tortganim so'qim oshi, Hadding bo'lsa, qani -kay, o'lan boshla, Bu elatning men degan keksa-yoshi. Qiz:
Olti qizning ichida otim Anor, Anor suvin ichganda mehrim qonar, Meni bilan shu kecha, aytsaz o'lan, Ikki betiz anorday gul-gul yonar.
Bevosita "o'lan" atamasining ma'nosiga to'xtalinadigan bo'lsa bu xususida ikki fikr mavjudaligini qayd etish kerak bo'ladi.
Qozoq folklorshunosi B.U.Axatov «O'lan» qadimgi turkiy tildagi «bog'lash, qo'shish» ma'nosini anglatuvchi «ula» (ulamoq) so'zidan olingan deb yozadi. B.Sarimsoqov ham ushbu fikrga qo'shilgan8. «O'lan» atamasi haqidagi ikkinchi fikr ozarbayjonlik folklorshunos M.Seyidovga tegishli. M.Seyidov ko'pgina turkiy til va mifologik qarashlarni o'zaro muqoyasa qilish asosida o'lan qadim turkiy xalqlarning yashillik, yoshlik, oila bilan bog'liq ilohaning nomi degan xulosaga keladi va «o'lan» qo'shiqlari ana shu ilohni, oilani (endi qurilgan yosh oilani) ulug'lash, alqash asosida paydo bo'lgan, deb qaraydi.
O'lan aytish jarayonida raqiblar bir-biridan ustun kelish uchun ba'zan past-baland gaplar qilishi mumkin. Xususan qiz va yigit aytishuvida yigit qizga tegajoqlik qilsa, qiz uni tartibga chaqirgan:
Yigit: O'lan-o'lan deganda, o'lan ko'pdir, O'lan aytgan tilingdan tengi ko'pdir. O'lan aytgan tilingdan o'ptirmasang, Sen o'nga-yu, men chapga yo'llar, ko'pdir. Qiz:
Uyal-uyal deganda uyalsangchi, Aytolmagan og'zingni tiyolsangchi, O'lan aytgan vaqtida kim aynisa, Yuzlariga qorakuya bo'lsachi.
Yoki harfdosh haddidan oshsa, uni mana bu tarzda yo'lga solishgan:
Oting o'zsin, og'ajonim, oting o'zsin.
Qora qaychi tilingning uchin kessin.
Yana qaytib shundayin o'lan aytsang,
It yaloqda osh ichib kuning o'tsin.
O'lanlar orasida ham g'amgin na'munalar uchraydi. G'am bilan quvonch inson tabiati uchun egiz holat. Albatta qayg'u, motivi ustivor to'rtliklar kam, lekin shunday
8 Turdimov Sh. Etnos va epos. -Toshkent: O'zbekiston, 2012. -120-b. UTTTtX^^m 770
bo'lsada ularda kuylovchining dil izhori nihoyatda tabiiy va o'ta obrazli tarzda namoyon bo'ladi:
Qora tog'ning boshida ko'ch keladi,
Qora yo'rg'a selkillab bo'sh keladi.
Qarindoshdan ayrilgan yomon bo'lar,
Qora ko'zdan mo'ltillab yosh keladi.
Ushbu to'rtlikdagi «qora tog'», «qora yo'rg'a», «qora ko'z» obrazlari nafaqat ohangdoshlik kasb etmoqda balki, motam bilan bog'liq mazmunni yanada teranroq ifodalamoqda.
Qadimiy marosimlar va unda ijro etiluvchi qo'shiqlar va musiqa merosimizda muhim o'rin tutib kelgan. Faqat to'yda va azadagina emas, balki hayotning har sohasida qo'shiq insonga ruhiy madad, hamdard va hamroh bo'lib kelgan. Qo'shiqlar xalq an'analari, urf-odatlari bilan chambarchas bog'lanib ketadi va ularga fayz kiritadi ("Yop-yor", "O'lan", "Lapar", "Lirik terma", "Alla", "Kelin salom", "Bayt-g'azal", "Xush kelibsiz", "Yig'i"). Qadimiy adabiy manbalardan bo'lib hisoblanadigan Mahmud Qoshg'ariyning "Devonu lug'atit turk" asarida adabiy termin sifatida "Qoshug'" shaklida izoh beriladi va u mazmunan she'r, qasida deb ta'riflanadi.
Mavzu yuzasida olib borilgan tahliliy tadqiqotlar natij asida ushbu dostonda milliy marosimlarning o'zgacha talqiniga ishora qiluvchi ko'plab dalillar kuzatildi. Xususan "Alpomish" dostonida ham yuqorida so'z yuritilgan bu kabi marosimlar o'zining yuksak ifodasini topganligini ko'ramiz. Dostonda Qo'ltoy qiyofasidagi Alpomishning avval Bodam bekach bilan, so'ngra Barchin bilan o'lan aytishuvi qadimiy marosimlarning epik asarlardagi badiiy talqinining yaqqol namunasidir.
Umuman olganda so'z san'ati, qo'shiq bilan bahs-munozaraga asoslangan o'langa o'xshash qadimiy janri bir tomondan bizda bahs-munozora madaniyatining naqadar yuksak, oliy-maqomda bo'lganligini ham ko'rsatsa, ikkinchi tomondan ushbu san'atni jonli, og'zaki ijroda bugungi kungacha saqlanib kelayotganligi esa xalqimizning o'zining ko'hna man'naviy ildizlaridan uzoqlashmaganligini, balki undan bahra olib yangi pog'onalar sari yuksalayotganligidan dalolat beradi. Bu kabi marosimlarning o'rganishda esa "Alpomish" dostonim alohida ahamiyatga ega.
Xulosa o'rnida shuni ta'kidlashim mumkinki, xalq og'zaki ijodida har bir janr, hususan dostonlar bevosita yoki bilvosita yosh avlodni tarbiyalash maqsadini amalga oshiradi va azal azaldan ushbu jarayonlarda turli milliy marosimlar milliylik namunasi sifatida xizmat qilib kelgan. Xalq og'zaki ijodining ushbu namunasida yuksak madaniy va axloqiy sifatlar tarbiyalangan shaxs odamlar bilan munosabatda bo'lishni, himmatli, oliyjanob, sharqona odob-axloq normalariga javob beradigan bo'lib kamol topadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miziyoyevning xalqaro baxshichilik san'ati festivali ochilishiga bag'ishlangan tantanali marosimidagi nutqi. O'tmishning aks sadosi, bugungi kunning jarangdor ovozi. Xalq so'zi. 2019 yil. 7-aprel. №-68 soni.
2. Alaviya M. O'zbek xalq marosim qo'shiqlari. - T.: Fan, 1974. - 222 b.
3. Alpomish.O'zbek xalq qahramonlik eposi. Aytuvchi Fozil Yo'ldosh o'g'li.Nashrga tayyorlovchi To'ra Mirzaev. -Toshkent: Fan, 1999.- 827 b.
4. Jo'raev M., Narziqulova M. Mif, folklor, adabiyot. - T.: Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti, Fan, 2006. - 184 b.
5. Jo'raev M., Xudoyqulova L. Marosimnoma. O'zbek xalqining urf-odat va marosimlari haqida qisqacha ma'lumotnoma. - T.: O'zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti, Fan, 2008. - 48 b.
6. Mirzaev T.Xalq baxshilarining epik repurtuari.-Toshkent: Fan, 1979.-152 bet.
7. Mirzaev T. «Alpomish» dostonining o'zbek variantlari. - Toshkent: Fan, 1968. 168 b.
8. Musaqulov A. O'zbek xalq lirikasi. - T.: Fan, 2010. - 220 b.
9. Sarimsoqov B. O'zbek marosim folklori.-Toshkent: Fan, 1986. 216-b.
10. Turdimov Sh. Etnos va epos. -Toshkent: O'zbekiston, 2012. -120-b.
11. Turdimov Sh. Hikmat xazinasi. -Toshkent: O'zbekiston, 2016. 278-b.
12. Eshonqul J. Folklor: obraz va talqin. -Qarshi: Nasaf, 1999. - 170-b.
13. Eshonqul J. Epik tafakkur tadriji. -Toshkent: Fan, 2006. - 120-b.