Научная статья на тему 'YOR-YOR VA O‘LAN JANRLARINING O‘XSHASH VA FARQLI JIHATLARI'

YOR-YOR VA O‘LAN JANRLARINING O‘XSHASH VA FARQLI JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
1471
81
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘lanlar / marosim qo‘shiqlari / yor-yor / an’ana / qadriyatlar / milliy urf-odatlar / qofiya / turoq.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Boyliyeva Umida Mamurjonovna

Oʻzbek folklorida lirik janrlarning o‘ziga xos xususiyatlari ularni o‘rganish uchun asos bo‘la oladi. Qoʻshiqlar-oʻzbеk folklorining qadimiy va kеng tarqalgan janrlardan biri sanaladi. Ushbu ilmiy maqolada marosim qo‘shiqlariga kiruvchi “Yor-yor” va “O‘lan” larning janr va lingvopoetik xususiyatlari, badiiyati, lisoniy tahlili xususida qiyosiy fiklarimizni bayon qilmoqchimiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOR-YOR VA O‘LAN JANRLARINING O‘XSHASH VA FARQLI JIHATLARI»

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №10

YOR-YOR VA O'LAN JANRLARINING O'XSHASH VA FARQLI

lW

>

JIHATLARI

j § i>j*

Boyliyeva Umida Mamurjonovna

"TIKXMMT' MTU huzuridagi aniq fanlarga ixtisoslashgan maktab Ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7296287

Annotatsiya: O'zbek folklorida lirik janrlarning o'ziga xos xususiyatlari ularni o'rganish uchun asos bo'la oladi. Qo'shiqlar-o'zbek folklorining qadimiy va keng

o igamsn ucnun asos uo la oladi. qo smqlai-o zuek lolkloiimng qadmuy va keng

tarqalgan janrlardan biri sanaladi. Ushbu ilmiy maqolada marosim qo'shiqlariga kiruvchi "Yor-yor" va "O'lan" larning janr va lingvopoetik xususiyatlari, badiiyati, lisoniy tahlili xususida qiyosiy fiklarimizni bayon qilmoqchimiz.

Kalit so'zlar: o'lanlar, marosim qo'shiqlari, yor-yor, an'ana, qadriyatlar, milliy urf-odatlar, qofiya, turoq.

! :> *i "H >

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev xalqaro baxshichilik festivali ochilishiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqida shunday deydi: "...Tengsiz ma'naviy boyligimiz bo'lmish mumtoz san'atni, xalq ijodining nodir namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish jahondagi ilg'or fikrli olimlar va san'atkorlarning, davlat va jamiyat arboblari, barcha madaniyat ahlining ezgu burchidir".

Haqiqatdan ham, xalq og'zaki ijodi namunalari bo'lmish ulkan badiiy merosimizni asrab-avaylashimiz, yosh avlodga yetkazishga mas'ul bo'shimiz darkor. Milliy o'zligimizni anglashimizda , tarixiy ildizga ega an'ana va urf odatlarimizni tushunib, bilib, o'rganib ularni avlodlarimizga yetkazishimiz bizning burchimiz deb hisoblayman

O'zbek xalq lirikasi namunalari marosimlar tarkibida va mustaqil ijro etiladigan qo'shiqlardan iborat bo'lib, janriy jihatdan: to'y va motam qo'shiqlari, mehnat qo'shiqlari, allalar, termalar, ishqiy-maishiy lirik qo'shiqlar, bolalar folkloriga ajraladi. Lirik asarlarda inson hayoti uning turmush lahzalari ta'sirida ko'nglidan

J-jt

o'tgan kechinmalari qo'shiqlarda o'ziga xos tarzda ifodalanadi. Ana shu xususiyati bilan lirika eposdan farqlanadi.

O'zbek xalqining og'zaki ijodida oilaviy marosimlarning o'tkazilishi ham nazarda tutilgan. Ayniqsa, to'y marosimi, to'ylardagi o'lan aytishlar, yor-yorlar, kelin salomlar poetik ijodimizning mumtoz namunalari bo'lib qolgan.

Yor-yorlar va o'lanlar bir-biriga yaqin janr hisoblanadi. Ya'ni ikkalasi ham, asosan, to'y marosimlarida aytiladi. Xalq og'zaki ijodining og'zakilik, an'anaviylik,

•_______ • _ , , • , • „ „ - • , u :____,___< „u^u „

improvizatorlik kabi o'ziga xos xususiyatlari jihatidan ushbu janrlar o'xshash va

31><}>

-^OTIœr^- 151l > I

WiW к/

>q )> q )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №10

hamohang desak yanglishmaymiz. Farqli xususiyatlari ham borki, bu yor-yorning

#

aynan гadif sifatida ishlatilishida hamda o'lanlaгda esa aynan Ыг xil гadif so'zlaг ishlatilmasligida yaqqol ko'zga tashlanadi.

Yor-yor matni bilan tanishar ekanmiz, ularda yosh oilaning kelajak-da baxtli bo'lishi, oila qurayotgan yoshlaming biг-birigasadoqatliligi xususida umidlar bildirilganligiga amin bo'lamiz. Yor-yorlarda yosh yigit va qizning yangi hayot bo'sag'asiga qadam qo'yayotgani alohida ta'kidlanadi.

! Ш-

Hayot tajribasi oilaviy turmush totuvlikdan boshlansa, inoqlik yetakchi bo'lsa, keyingi hayot ham yomon o'tmasligini ko^satgan. Shuning uchun kuyov-kelinning inoq tomush boshlashi bu to qo'shiqlaгda qayta-qayta tilga olinadi: Shoyi ko'ylak yengiga Tut qoqaylik yor-yor, Kelin-kuyov ko'ngliga O't yoqaylik yor-yor.

ы

Xalq qo'shiqlaгini yozib olish tajribasi shuni ko'reatadi-ki, yor-yorlar xalq

oгasida boshqa mazmundagi qo'shiqlaгdan kengraq ommalashgan. Ma'lumki, xalq og'zaki ijodidagi hamma janгlaгdan ko'гa qo'shiq o'zining tez yaratilishi bilan ajгalib turadi. Bu fikr yor-yoгlaгga ham taalluqlidir Bu o'гinda shuni ta'kidlash joizki,

»

m?

shoiгlik iste'dodiga ega bo'lgan yo^yo! ijrochisi to'yning o'tkazilish sharaitiga qarab, yangi-yangi to'гtliklarni to'qib ketave^an, yani impгovizatoгlikqilgan. Natijada, aynan to'y o'tkazilayotgan paytdagi vaziyatto ham qo'shiq matnida o'z ifodasini topgan:

Qish kunida sovuq yeb, Horib keldik yor-yor, Achchiq-tirsiq kerakmas, Koyib keldik yor-yor.

Ammo yor-yorlarning ayrim-ayгim namunalaгi qanday mazmunda bo'lishidan

qat'i nazaг oxiï-pirovardida yosh oilaga baxt tilangan. Taxta-taxta ko'pгik

Taxting bo'lsin yoг-yor, Payg'ambaming qizidek

J-jt

Baxting bo'lsin yoг-yor.

To'g'гi, liгik jarnga xos bo'lgan his-tuyg'ulami ifodalash jaгayonida qo'shiq ijrochilari o'zlaгining hayotlaгidan o'гin olgan ayгim noxush holatlami ham ifodalashdan tortinmaganlar Bunday qo'shiq namunalaгida qizning yoshi katta

! И*

odamga turmushga chiqayotgani, yashash jihatidan juda uzoq manzilga uzatilayotgani kabi lavhalaг ham o'z aksini topgan: To'yda aiz^ o'ynashib,

т. Г .1

Ko'ngli to'lsa, yo^yor,

>q ] q ]>;>

a i

WiW к/

>q )> q )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №10

Yosh boshiga er qildi,

Chol ham bo'lsa, yor-yor.

Yoki quyidagi to'rtlikka e'tibor bering:

Uzoqqa borgan qizning

Rangi ^ri^ yor-yor,

Ko'zidan oqqan yoshi

Misli ariq, yor-yor.

Ammo bevosita to'yning o'tkazilish sharoitini ko'z oldimizga keltirsak, chor-atrofda o'yin-kulgilarga e'tiborning kuchliligini nazarda tutsak, yuqoridagi qo'shiqlarda aks ettirilgan qayg'u-alamlar to'y ishtirokchilariga u qadar katta ta'sir ko'rsatmasligi ham o'z-o'zidan ravshan bo'ladi. Marosim qo'shiqlaridan yor-yorlar bir qator badiiy jihatdan mukammalligi bilan ajralib turadi. Xususan, bu qo'shiqlar da parallelizm tasvir san'atining namoyon bo'lishi ko'proq uchraydi. Parallelizm deganda, tasvirlanayotgan bir voqea-hodisani ikkinchi bir voqea-hodisaga qiyoslash nazarda tutiladi. Masalan:

Tokchadagi qaychini Zang bosibdi yor-yor,

m?

Yangi tushgan kelinni G'am bosibdi yor-yor.

Yoki-ok

Tog'da toychoq kishnaydi, Ot bo'ldim deb, yor-yor Uyda kelin y^'tey^ Yot bo'ldim deb, yor-yor.

Yuqoridagi misollarda tokchadagi qaychining zang bosishi bilan kelinning g'am bosishi, toychoqning ot bo'lib kishnashi bilan qizning o'z oilasidan yot bo'lib ketishi qiyoslangandir.Bunday tasvir san'ati parallelizm hisoblanadi.Yor-yor qo'shiqlarining qofiyalanish tarzi ko'pincha (a-b-a-b), tarzda va ba'zan (a-b-v-b) tarzda bo'ladi.

Yor-yorlar matnini o'rganish shuni ko'rsatadiki, bu qo'shiq turlari mehnat va mavsum-marosim qo'shiqlaridan qofiyalanishdagi mukammallik bilan ham ajralib J-jt

К» л1т-л-»л I 1 I m I n /~l n n T trAf ПГЛП // Кг»Л74\\ + //П/Л-МЛЛ-|Л\\ //Atv> А1Л\\ //A IT Г/Л1Л\\

turar ekan. Jumladan, yor-yorlarda «baxt», «taxt», «somon», «omon», «alvon»,

ш

«polvon» kabi chiroyli qofiya misollarini uchratamiz. Bu qo'shiq turlari misralararo olti-etti bo'g'indan iborat bo'lib, turoq tizimi 4+3, 5+2 tarzida belgilangan, Masalan: Qat-qat ko'rpa ustida, Piyolaman, yor-yor. Yorga salom bergani, Uyalaman, yor-yor.

v> ¡>

>q ] i )> >

а j

>q )> q )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №10

O'lanlarning matni bilan tanishamiz. Bu janrning o'ziga xosligi shundaki,

o'lanchilar bir-biri bilan aytishuv shaklida ijro etishadi. Insonlar orasida hamma ham ijodkor bo'lavermaydi, demakki, o'lanchilar to'ylarga maxsus taklif etiladi. Bu

an'ana hozirgi kunda ham hayotimizda uchrab turadi. San'atning bu turi bugungacha

•m-4 j

saqlangan viloyatlar bor. O'lanchilar bir-biridan kuch olishadi va tayyor o'lanlar bilan birgalikda yangilarini ham vaziyat va ham aytuvchilardan ilhomlanib ijodiy yangi-yangiasar namunalarini yaratadilar.

--O'lanlarning avval boshi-tamal toshi, To'y oldidan tortganim so'qim oshi. -Hadding bo'lsa, qani, kelib o'lan boshla,

Bu elatning manman degan keksa-yoshi.

--Qo'shiq aytsang mendek aytgin, shunday qilib, Tegirmonda soz tortilgan unday qilib. Barakalla qizni boqqan onasiga, Yonbag'irda ochilgan gulday qilib,

»

w-

--Shom bo'lsa, men yiroqni ko'zlayin,

îwi

m:

Bo'tasi o'lgan tuyaday bo'zlayin. Bo'tasi o'lgan tuyalar bo'z bo'lur, Dil bilan suygan yoringiz soz bo'lur.

--Oq olma, qizil olma pishmaydi-kan, Ikki yaxshi bir yerga tushmaydi-kan.

¿: 1,

Ikki yaxshi bir yerga tushib qolsa, Bu dunyodan o tganin bilmaydi-kan.

O'lanlarning matnini o'rganish shuni ko'rsatadiki, qofiyalanishi a-a-b-a yoki a-a-b-b shaklida bo'ladi. Barcha o'lanlarda qofiyadosh so'zlarning borligini ko'ramiz. O'lanlar bandi 10, 11,12 bo'g'inli bolishi mumkin. Turoqlanish tartibi esa har bir bandda alohida o'ziga xos tarzda bo'lishi bilan yor-yordan farqli: --O'lanlarning avval boshi //-tamal toshi 8+4

J-jt

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

To'y oldidan tortganim //so'qim oshi. - 8+4

Hadding bo'lsa, qani, kelib // o'lan boshla, 8+4

Bu elatning manman degan // keksa-yoshi. 8+4

> j

--Oq olma, qizil olma // pishmaydi-kan, 7+4

Ikki yaxshi bir yerga // tushmaydi-kan. 7+4

Ikki yaxshi bir yerga // tushib qolsa, 7+4

Bu dunyodan o'tganin // bilmaydi-kan. 7+4

ы> >>

* : >

PV

>>

#<b>

Ы J> 1

я>

>3»

ы >

ЩУ

i >s#

>

>j* ы>

! >5>

Ы)>

+И >

Щ

Ш>

< >p-

>j> >

ы >

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №10

Yor-yor va o'lanlarning bo'g'inlari ham bir-biriga o'xshamagan tarzda yaratilgan, ya'ni o'lanlar yor-yorlardan murakkabroq shaklda.

Badiiy so'z sifatidan tahlil qilganimizda o'lan va yor-yorlarda ham tasvir vositalariga boy ekanligining guvohi bo'ldik. Masalan yuqorida keltirilgan o'landa xalq orasida ishlatiladigan "Bir yaxshiga bir yomon " iborasini eslashimiz yoki ikki yaxshi inson birga yashasa, qanday umr kechirganini bilmay qolishini juda baxtli yashashidan dalolat ekanligini his qilishimiz mumkin.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, milliy madaniy merosimiz bo'lgan xalq og'zaki ijodi namunalarini o'rganishimiz va kelajak avlodga sof milliy qadriyatlarimiz bilan birga taqdim etishimiz joizdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Safarov O. O'zbek xalq og'zaki ijodi. - T.: «Musiqa», 2010

2. Madayev O. O'zbek xalq og'zaki ijodi. - T.: «Mumtoz so'z», 2010

3. Alaviya M. O'zbek xalq qo'shiqlari. - T., 1959.

4. Alaviya M. O'zbek xalq marosim qo'shiqlari. - T.: Fan, 1974.

5. Musaqulov A. O'zbek xalq lirikasi. - T.: Fan, 2010.

6. Sarimsoqov B. Qo'shiqlar / O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi. - T.: O'qituvchi, 1990.

7. Mirzayev T. O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi. - T.: O'qituvchi, 1990. - B.

8.O'z. R FA Alisher Navoiy nomidagi Til va dabiyot instituti Folklor arxivi.

Inv.№1101.

9. O'z. R FA Alisher Navoiy nomidagi Til va dabiyot instituti Folklor arxivi. Inv.№1698/10. Д.

q

1

1*4 >

Щ >

Шщ

j >

Щ >

i й*

>

Qj^f^S). .—

155

1>5*: ¡Й**

q

Ш >

3 ж**

Ш >

Ig >j

щ >

m >

i> * )й*=

q

Ц >p

q > >

q ж** q

*4>

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.