Научная статья на тему 'TURKMAN BAXSHISI “SEVGI VA ISHQ MULKINING SHOHI” MULLANAFASNING “ZUXRA VA TOXIR” DOSTONI TAHLILI'

TURKMAN BAXSHISI “SEVGI VA ISHQ MULKINING SHOHI” MULLANAFASNING “ZUXRA VA TOXIR” DOSTONI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
183
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
do‘mbira / baxshi / doston / ijrochi / urf-odat / xalfa

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Nafisa Mavlonbekova, Rasulbek Abduraxmonov

Maqolada dostonchilik tarixi haqida fikrlar bildirilgan. Turkman baxshisi “Sevgi va ishq mulkining shohi” Mullanafasning “Zuxra va Toxir” dostoni ilmiy tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TURKMAN BAXSHISI “SEVGI VA ISHQ MULKINING SHOHI” MULLANAFASNING “ZUXRA VA TOXIR” DOSTONI TAHLILI»

TURKMAN BAXSHISI "SEVGI VA ISHQ MULKINING SHOHI" MULLANAFASNING "ZUXRA VA TOXIR" DOSTONI TAHLILI

Nafisa Mavlonbekova Ilmiy rahbar: Rasulbek Abduraxmonov Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti

Annotatsiya: Maqolada dostonchilik tarixi haqida fikrlar bildirilgan. Turkman baxshisi "Sevgi va ishq mulkining shohi" Mullanafasning "Zuxra va Toxir" dostoni ilmiy tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: do'mbira, baxshi, doston, ijrochi, urf-odat, xalfa.

ANALYSIS OF THE EPIC "ZUKHRA AND TOKHIR" BY MULLANAFAS', TURKMAN BAKSHISHI "THE KING OF THE PROPERTY OF LOVE AND

LOVE"

Nafisa Mavlonbekova Scientific supervisor: Rasulbek Abdurakhmanov Uzbek National Music Art Institute named after Yunus Rajabi

Abstract: The article expresses thoughts about the history of the epic. Turkmen Bakhshi "The King of Love and Love" Mullanafas' epic "Zukhra and Takhir" is scientifically analyzed.

Keywords: dombira, bakhshi, dostan, performer, tradition, khalfa.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida"gi 2017-yil 31-maydagi Qarori, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi "Baxshichilik va dostonchilik san'atini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida"gi 304-son qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-noyabrdagi "Xalqaro baxshichilik san'ati festivalini o'tkazish to'g'risida" PQ-3990-son qarori ham ayni paytda folklor janrlarini har tomonlama zomonaviy tendensiyalarga tayangan holda tadqiq etishni belgilab bermoqda.

Muhtaram Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev 2019-yil, 5-aprel kuni "Xalqaro baxshichilik san'ati" festivalining ochilishiga bag'ishlangan yig'ilishda: "Insoniyat yaratgan bebaho madaniyat durdonalari, eng avvalo, har qaysi millatning folklor san'atida mujassam topgani hammamizga yaxshi ma'lum. Turli xalqlarning milliy o'zligini, ularning tili va hayot tarzini, an'ana va urf odatlari ifoda etadigan

I icclT^^^^H 408 http://oac.dsmi-qf.uz

baxshichilik san'ati umumbashariy madaniyatning uzviy qismi sifatida barchamiz uchun qadrlidir"-deganlarida xalq ijodiyoti donishmandligiga baho bergan edilar.1

O'zbek qadriyatlarini o'rganish, ularga bo'lgan qiziqishning bugungi kunda kuchayishi - bu tarixiy zarurat, ommaning o'z ota avlodlariga nisbatan farzandlik tuyg'ularini uyg'ota borishidan dalolatdir. Xalqning madaniy qadriyatlari, ma'naviy merosi ming yillar mobaynida Sharq xalqlari uchun qudratli ma'naviyat manbai bo'lib xizmat qilgan. Xalq og'zaki ijodida aks etgan asosiy muammolar qadriyatlar orqali inson farzandi tarbiyasiga munosabatni o'z ichiga oladi.

"Avesto"ning eng qadimgi qismlari "Gatlar" deb atalib, aytilishicha unda payg'ambar Zaratushtraning beshlik qo'shiqlari, oliy xudo Axuramazda haqidagi olqishli madhi batafsil keltirilgan. Xonandalik san'ati asarlar davomida yuksaklikka erishib kasbiylik darajasigacha chiqdi.

Har bir millatning o'ziga xos ma'naviy qiyofasi, tarixi va qadriyatlari mavjuddir. Xalqlarning urf-odatlari, milliy o'ziga xosligi uning folklorida yaqqol ko'zga tashlanib turadi2

Bu holat, ayniqsa, xalq dostonlarida har tomonlama namoyon bo'ladi. Dostonchilik xalq og'zaki ijodida keng tarqalgan qadimiy epik an'ana hisoblanadi. Dostonlar, asosan, do'mbira jo'rligida kuylanadi va ijroda juda katta mahorat talab qiladi. Doston janrining yana bir xususiyati, og'izdan og'izga o'tib, ajdodlardan avlodlarga turli o'zgarishlarga uchrab, sayqallanib, ishlov berilgan holda yetib kelishidir.

Dostonlarda xalqimiz badiiy tafakkurining juda boy va qadimiy an'analari mujassam. Baxshi - qo'shiq va dostonlarni yoddan kuylovchi, aytuvchi, avloddan-avlodga yetkazuvchi san'atkor, xalq dostonchisi. Baxshi xalq turmushi va madaniyatini, o'zi yashab turgan yurt tarixini va biror soz chalishni bilishi, hofizlik san'atini puxta egallagan bo'lishi kerak. U jonli xalq tilining turli shakllaridan, so'z o'yinlari va qochirimlaridan, xalq maqollari va iboralaridan unumli foydalana olishi lozim. Tinglovchilarni rom etuvchi ohang topa bilish, dostonni jozibali va qiziqarli qilib aytish doston aytishning asosiy talablaridan. Bu esa o'z navbatida tabiiy iste'dod, kuchli idrok, muntazam ravishda qunt va chidam bilan mashq qilishni talab etadi. Ona yurtga sadoqat, muhabbat, do'stlik, birodarlik, mard va jasur bo'lishlik, qahramonlikni tarannum etuvchi xilma-xil mazmundagi dostonlarni baxshilar sevib kuylaydilar.

Folklorshunos olim professor To'ra Mirzayevning ma'lumotlariga ko'ra, yurtimizda XV-XX asrlarda bir nechta yirik dostonchilik maktablari paydo bo'lgan. XIX-XX asrlar esa dostonchilik taraqqiyotida juda katta rivojlangan davri bo'lgan. XX asr boshlariga kelib baxshilarimiz ijodiy bisotida 150 dan ortiq xalq dostonlari

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14- maydagi PQ -4320 son qaroridan

2 T.Mirzaev. Xalq baxshilarining epik repertuari. "Fan", Toshkent -1979

mavjud bo'lganligi ma'lum. Bu dostonlarni Fozil Yo'ldosh o'g'li, Ergash Jumanbulbul o'g'li, Po'lkan shoir, Islom shoir Nazar o'g'li, Jo'lmon baxshi kabi baxshilar bilan bir qatorda Tilla kampir, Sulton kampir kabi mashhur ayol ijrochilar ham kuylaganlar. Keyinchalik ularning an'analarini Berdi baxshi, Umir baxshi, Berdi va Bola baxshi kabi mashhur baxshilar davom ettirganlar. Baxshidan u yoki bu dostonni ijro etishda shunchaki voqea bayonini so'zlab berish emas, balki do'mbira jo'rligida tinglovchilarni rom etadigan darajada ijro etish talab qilingan. Doston kuylish ko'p hollarda musobaqa tarzida ham kechgan. Xalq og'zaki ijodining qadimiy tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, "Alpomish", "Kuntug'mish", "Rustanxon", "Qironxon", "Go'ro'g'lining tug'ilishi", "Go'ro'g'lining bolaligi", "Ravshan", "Avazning arazi", "Yozi bilan Zebo", "Oshiq G'arib va Shohsanam" , "Toxir va Zuxra" kabi ko'hna va qadimiy dostonlar baxshichilik san'atining chinakam namunasidir.3

O'rta Osiyo xalqlari orasida baxshichilik san'ati o'zining o'ta boy tarixiga egadir. Misol uchun qozoq baxshilari, qirg'iz manasi, turkman baxshichilk san'at maktabi ham alohida ahamiyat kasb etadi.

Misol uchun Turkman baxshisi "Sevgi va ishq mulkining shohi" Mullanafasning "Zuxra va Toxir" haqidagi dostonda quydagi satrlarga ko'zimiz tushadi: Sen tufayli yorug' jahon munavvar, Faxri jahon sensan, olamga sarvar Haqning do 'sti sensan Rasul payg 'ambar, Ikki dunyo menga shafoat ayla4

Dostondagi nolalar xalqning diniy dunyoqarashlarini, duolarini, ezgu niyatlarini aks ettiradi.

Dargohingga yuzim tutdim, Yaratgan Sen mening dardimga dalolat ayla. Sensan avval meni yo "qdan bor etgan, Buzilgan shahrimni imorat ayla.5

Ko'rinib turibdiki, har bir doston baxshilar tomonidan kuylanar ekan uning nolalarida xalqining uzoq o'tmishi, diniy qarashlari, boshidan kechirganlari, orzu umidlari, ajdodlari kimlardan ekanligini bayon etganlar.

Mullanafasning "Zuxra va Toxir " dostonini yaratish jarayonida bevosita o'zbek g'azal mulkining sultoni Navoiydan ta'sirlanganligi, buyuk shoirning ijodiga ergashganligini ko'rish mumkin.

Hazrat Navoiyning "Gul" radifli g'azali: Orazingni bog ' aro chun ko 'rdi, hayron bo 'ldi gul,

3 T.Mirzaev. Xalq baxshilarining epik repertuari. "Fan", Toshkent -1979 .

4 Mullanafas "Zuhra va Tohir" dostoni Toshkent 2010

5 Mullanafas "Zuhra va Tohir" dostoni Toshkent 2010

I fctlT^^^^H 410 http://oac.dsmi-qf.uz

Bargsiz qoldi, nedinkim, bas parishon bo 'ldi gul.

Mullanafasning ham "Gul" radifli g'azali "Zuxra va Toxir" dostonidan o'rin olgan:

Gul bilan bulbul kelib, gul ichra sayron qildi gul,

Gul tomoshasin ko 'rib, o 'z bargini qon qildi gul.

Ikki shoir ijodida uchraydigan g'azallar shakl va mazmun jihatdan ohangdosh. Ishq - muhabbat, vafo - sadoqat, xaqida bitilgan dostonlar samiymiyati bilan ajralib turadi.

Xorazm baxshilarining aytishiga qaraganda Mullanafasning she'rlari uning hayotligidayoq o'zbek baxshilari va sozandalari orasida mashxur bo'lgan. Mullanafasning o'zi ham xonanda va sozanda bo'lgan. Shu sababli uning g'azallari kuyga tushadi. Ko'plab sanatkorlar, jumladan Ozbekiston va Turkmaniston va Qoraqalpog'iston xalq artisti Komiljon Otaniyozov, Otajon Xudoyshukurov, Kenja Matnazarov, Jumanazar Bekchonov, Bobomurod Hamdamov va boshqalar Mullanafas she'rlarini zavq- shavq bilan kuylashgan.

Xorazm dostonchiligi repertuar tarkibi jihatidan o'ziga xos xususiyatga ega. Epik asarlarni elga yetkazishda O'zbekistonning deyarli barcha yerlarida yakka ijrochilik hukmron bo'lsa, Xorazmda asosan, jamoaviy ijrochilik yetakchilik qiladi. Xorazm dostonchiligi o'zining qadimiy ildizlari, betakror uslub hamda shevasi, yorqin va jozibali kuy-qo'shiqlari bilan ajralib turadi. Doston aytuvchilarni qadim Xorazmda oshiq, baxshi, go'yanda, ayollarni xalfa deb yuritishgan. Baxshi so'zi fors tilidagi "baxshidan" so'ziga yaqin bo'lishi kerak. "Baxshidan" so'zini o'zbekchaga tarjima qilganda "bag'ishlamoq", "kechirmoq" ma'nolarini bildiradi. Haqiqatan ham, baxshilar bir voqeaga bag'ishlangan dostonlarni o'z boshidan kechirganday qilib, san'atkorlik bilan ijro qilib kelganlar.

Xorazm dostonchiligining boshqa uslublardan farqi uning musiqiyligi, qo'shiq matnlarining keng rivojlanganligi, ko'pchilik turkiy xalqlarda bo'lgani kabi Xorazm dostonlari ravon avjlari, serjilo cholg'u muqaddimalari, parda va tovushqator o'zgarishlari bilan ajralib turadi. Eng nodir jihatlaridan biri shundaki, betakror uslub hamda shevasi, boy murakkab va ayni chog'da mushtarak adabiy-musiqiy voqelikdir.6

1810 - yilda Turkmanistonda dunyoga kelgan baxshi "Sevgi va ishq mulkining shohi" Qodirberdi o'g'li Mullanafas nafaqat turkman xalqining , balki o'zbek xalqining ham sevimli shoiri va baxshisidir. Uning sodda va o'ynoqi she'rlari "Zuxra va Toxir" dostoni bugungi kunimiz uchun ham dolzarb hisoblanib, har ikkala xalqning ma'naviy merosi bo'lib qoladi.

6 Matyoqubov B. Xorazm doston ijrochiliginig zarxat sahifalari. - Xorazm. Urganch nashriyoti.1999

411

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14- maydagi PQ -4320 son qarori

2. Xolmirzayev, O. Ko'lbuqon dostonchilik maktabi. - Namangan, 2015.

3. Matyoqubov B. Xorazm doston ijrochiliginig zarxat sahifalari. - Xorazm. Urganch nashriyoti.1999.

4. T.Mirzaev. Xalq baxshilarining epik repertuari. "Fan", Toshkent -1979.

5. Zuxra va Toxir dostoni. Cho'lpon, Toshkent-2010 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.