Научная статья на тему '“DUSHIMDA BIR BULBUL GO‘RDIM” YOKI SUYAV BAXSHI HAQIDA BA’ZI QAYDLAR'

“DUSHIMDA BIR BULBUL GO‘RDIM” YOKI SUYAV BAXSHI HAQIDA BA’ZI QAYDLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
393
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
baxshi / baxshichilik / doston / improvizatsiya / folklor / xalq dostonlari / baxshichilik san’ati / dostonchilik maktabi. / folklore / bakhshi / storytelling / dastan / improvisation / folk dastans / storytelling art / dastan school.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Imomnazarova Shahodatxon Xabitovna

Maqolada baxshi va baxshichilik an’analari hamda Xorazm vohasida o‘zbek, qoraqalpoq, turkmanlar orasida mashhur bo‘lgan Suyav baxshining ijodiy faoliyati va uning Xorazm dostonchilik an’analarida tutgan o‘rni haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

"I SAW A NIGHTINGALE IN MY DREAM" OR SOME NOTES ABOUT SUYAV BAKHSHI

The article examines the peculiar epic tradition of the bakhshi of the Khorezm storytelling school, as well as the creative activity of Suyav bakhshi, popular among the Uzbeks, Karakalpaks and Turkmen in the Khorezm oasis, and his role in the Khorezm epic traditions.

Текст научной работы на тему «“DUSHIMDA BIR BULBUL GO‘RDIM” YOKI SUYAV BAXSHI HAQIDA BA’ZI QAYDLAR»

Scientific Journal Impact Factor

"DUSHIMDA BIR BULBUL GO'RDIM" YOKI SUYAV BAXSHI HAQIDA BA'ZI QAYDLAR

Imomnazarova Shahodatxon Xabitovna O'zR FA O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti,

Folklor bo 'limi katta ilmiy xodimi filologiya fanlari bo 'yicha falsafa doktori (PhD), [email protected]

Annotatsiya: Maqolada baxshi va baxshichilik an'analari hamda Xorazm vohasida o 'zbek, qoraqalpoq, turkmanlar orasida mashhur bo 'lgan Suyav baxshining ijodiy faoliyati va uning Xorazm dostonchilik an 'analarida tutgan o 'rni haqida so 'z boradi.

Kalit so'zlar: baxshi, baxshichilik, doston, improvizatsiya, folklor, xalq dostonlari, baxshichilik san 'ati, dostonchilik maktabi.

Резюме: В статье рассматриваются своеобразная эпическая традиция бахши Хорезмской сказителъской школы, а также творческая деятельность Суява бахши, популярного среди узбеков, каракалпаков и туркмен в Хорезмском оазисе, и его роль в хорезмских эпических традициях.

Ключевые слова: фольклор, бахши, сказительство, дастан, импровизация, народные дастаны, сказительское искусство, дастанная школа.

Abstract: The article examines the peculiar epic tradition of the bakhshi of the Khorezm storytelling school, as well as the creative activity of Suyav bakhshi, popular among the Uzbeks, Karakalpaks and Turkmen in the Khorezm oasis, and his role in the Khorezm epic traditions.

Keywords: folklore, bakhshi, storytelling, dastan, improvisation, folk dastans, storytelling art, dastan school.

Epik an'analar uzoq o'tmishdan kelib chiqqan bo'lsa-da, turkiy xalqlar orasida shu kungacha yashab, rivojlanib kelmoqda. Mahoratli baxshilarning xizmati o'laroq, epik boyligimiz bizgacha etib keldi va yashamoqda. Soz va so'z ustasi, improvizatori, taqlid va plastika mahorati egasi bo'lgan baxshilar qadimdan elda ko'p qadr topgan. Baxshi o'z xalqining hayoti va xayolini, madaniyatini, o'z erining tarixini bilishi darkor. U so'zga boy bo'lishi, jonli xalq tilining barcha shakllaridan, so'z o'yinlari va ularning bezaklaridan mohirona foydalana bilishi kerak. Bularning barchasi uzoq yillik rivojlanish tarixiga ega bo'lgan baxshichilik san'ati bilan bog'liq hodisalardir.

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

Baxshi uchun tinglovchini kuylari bilan qiziqtirish, dostonni o'ziga xos mukammal tarzda ijro etish, badihago'ylik, aktyorlik mahorati bilan auditoriyani boshqarish muhim ahamiyatga ega. Bu esa o'z navbatida baxshi-shoirdan o'z mahoratini doimiy ravishda oshirib borishni talab qiladi. Bu tabiiy iste'dod va dunyoni idrok etish, fantastik ijodiy o'yin va ijrochining sub'ektiv fantaziyasi bilan bog'liq.

O'zbek dostonchiligi tarixida juda ko'p iste'dodli baxshilar yorqin iz qoldirishgan. Ularning tarix zarvaraqlariga muhrlanib qolishlarida muhim rol o'ynagan sharqshunos, etnograf olimlarning xizmatlari alohida e'tirofga loyiq. 18801938 yillarda yashab o'tgan etuk sharqshunos olim Aleksandr Nikolaevich Samoylovich shular jumlasidandir. U turkiy xalqlar folklori, etnografiyasiga oid tadqiqotlar olib borgan. O'zbek xalq og'zaki ijodiga oid bir qancha asarlarni nashr qilishga salmoqli hissa qo'shgan turkiyshunos olimdir.

Sankt-Peterburg universiteti hamda O'rta va SHarqiy Osiyoni tarixiy, arxeologik, lingvistik va etnografik jihatdan o'rganish bo'yicha rus komitetining yo'llanmasi bilan 1908 yilda Xorazm vohasi bo'ylab ilmiy ekspeditsiyada bo'lgan A.N.Samoylovich 18-26 may kunlari bir necha marta baxshilar bilan uchrashib, ularning o'ziga xos ijrochilik mahoratiga doir kuzatishlar olib borgan. U Xiva xonining Tozabog'yobdagi arkida mehmonda bo'lganida xivalik baxshilar ijrosida doston qo'shiqlarini tinglagan, baxshi va uning yonidagi sozandalarning ijrochilik mahorati va musiqa asboblariga alohida e'tibor qaratgan. O'sha paytda turkiy tillarni yaxshigina o'zlashtirgan olim baxshi kitobiy dostonlardan birini aytayotganligini bilib, o'zining kundalik daftarida "Xivalik baxshining o'zi dutor chalib kitobiy dostonni ijro etayotganida uning yonidagi ikki sozanda bulamon chalishib, unga jo'r bo'lib turishdi"[1], deb qayd qilib qo'ygan.

Taxtada bo'lganida shu erlik taniqli xalq baxshilari - turkmanlarning yovmid urug'idan bo'lgan yirik dostonchi-shoir SHammar baxshini ko'rishga muvaffaq bo'lgan. U hozirgi Toshovuz viloyatining Bo'ldimsoz tumanidagi Porsu qishlog'ida bo'lganida turkmanlarning chovdir urug'iga mansub bo'lgan, Xiva xonligining barcha tumanlarida nomi mashhur bo'lgan 58 yashar Suyav baxshining turkman va o'zbek tillarida dostonlar kuylagani, Otajon baxshi kabi o'zbek baxshilaridan shogirdlar etishtirganligi, keyinchalik Suyav baxshi maktabidan chiqqan o'zbek baxshilarning ayrim qoraqalpoq baxshilariga ustozlik qilganliklari bu xalqlarning bir-biriga shogird, bir-biriga ustoz bo'lganliklari haqida qiziqarli ma'lumotlarni yozib qoldirgan [2].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Scientific Journal Impact Factor

Ana shu safar chog'ida u toshovuzlik Otash baxshi, Nurjon baxshi va Eshvoy baxshi kabi o'zbek baxshilarining dostonlarini ham tinglab, Xorazm dostonchilik an'analariga doir materiallarni to'plagan [3].

A.N.Samoylovichning ilmiy faoliyatini o'rgangan folklorshunos olim J.YUsupovning yozishicha, olim "Suyav baxshi bilan suhbatlashish jarayonida Xorazm xalq dostonchiligi tarixi, baxshilarning ijodiy mahorati, ijro usuli, repertuari, xalq dostonlarining syujeti va obrazlar silsilasiga doir qiziqarli ma'lumotlarni yozib olgan... Olim Suyav baxshi bilan qilgan suhbati davomida yozib olgan bir necha rivoyat va afsonalardan turkiy dostonchilik, mifologiya va epos tarixiga doir ilmiy ishlarida ham foydalangan" [4].

Darhaqiqat, Suyav baxshi XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Xorazm vohasida dong qozongan baxshilardan biri bo'lgan. Tinglovchilar auditoriyasining etnik tarkibiga qarab turkman va o'zbek tillarida birday doston aytgan bu baxshi voha epik an'anasida muhim rol o'ynaganligini akademik T.Mirzaev ham o'z tadqiqotida e'tirof etib, "Xorazmda XIX asrning mashhur kuychisi, xalq dostonlarini o'zbek va turkman tillarida mohirlik bilan kuylovchi, turkmanlarning chovdir urug'idan bo'lgan Suyav baxshini baxshilar ustozi sifatida ulug'laydilar" [5], - deb yozgan edi.

Xorazmlik mashhur xalq san'atkori Rayimboy masxarabozdan yozib olingan qo'shiqlardan birida Suyav baxshi va unga jo'r bo'lgan cholg'uchilardan biri Pirak ismli sozanda haqida ma'lumot keltirilgan:

Munozara. Manbalarda keltirilishicha, dong qozongan dostonchi Suyav baxshi 1850 yilda Porsuda istiqomat qilgan Seytnazar go'mmachi degan kishining oilasida dunyoga kelgan. O'sha paytda Porsu qishlog'i o'ziga xos dostonchilik markaziga aylangan bo'lib, o'z davrining chechan epik kuychilari Eshvoy baxshi, Nurjon baxshi, Otash baxshi, Niyozmat baxshi, G'aribniyoz-Matniyoz baxshi, Muso baxshi kabi yirik so'z ustalarini o'zida jamlagan edi [7]. Dostonchilikka ishtiyoqi baland bo'lgan Suyav yoshlik chog'idanoq Eshvoy baxshiga shogirdlikka tushadi. Eshvoy baxshi asli SHovotning Dorichi qishlog'ida tug'ilgan o'zbek baxshisi bo'lib, "Go'ro'g'li" turkumiga kiruvchi 18 shoxa dostonni yoddan bilgan. Suyav baxshi o'z ustozidan vohada qadimdan ommalashib kelgan doston kuylari va doston matnlarini puxta o'rganib, yirik baxshi bo'lib etishgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Suyav baxshi, bolomonchi Pirakjon, Dostonlar aytganda hammalar hayron, G'ijjak chalib qirq yil o'tdi Pirakjon, Baxshilar ustozi bo'lib o'tdilar [6].

Scientific Journal Impact Factor

Xorazm dostonlarining musiqiy tabiatini o'rgangan B.Matyoqubov tomonidan tuzilgan xorazmlik baxshilar shajarasida Suyav baxshi bilan Buva baxshi XIX asrda yashab o'tgan Matniyoz baxshining shogirdi bo'lib, u esa o'z navbatida XVIII asrning oxiri - XIX asrning birinchi yarmida istiqomat qilgan Eshvoy baxshidan dostonchilik sirlarini o'rgangan, deb ko'rsatilgan [8].

Suyav baxshi to'g'risidagi ancha mufassal ma'lumotlar mulla Bekjon Rahmon bilan Muhammad YUsuf Devonzodaning "Xorazm musiqiy tarixchasi" kitobida uchraydi. Unda yozishilishicha, "Suyav baxshi asli turkmanning chovdur urug'idan bo'lib, Bo'ldimsoz degan mavze'dandir. Suyav baxshi inqilobdan bir yil avval, ya'ni, bundan besh yil burun vafot etgandir. Suyav baxshi o'zbek, turkman, qoraqalpoq xalqlari orasida g'oyat mashhur baxshi bo'lgandek har tomonlama tanilgan bir zot edi. Xorazmda uni tanimagan kishi yo'qdir deb aytsak mubolag'a qilmaymiz. Suyav baxshining o'zi yaratgan 7-8 turli nag'masi bor bo'lub, ular xalq orasida sevilib ijro qilinib kelinadi. Suyav baxshining uslubini aksar kishilar qo'llay olmaydilar. U o'zi yaratgan nag'malarini go'zal bir suratda chala olganidek, kuylashga ham usta edi"

"Xorazm musiqiy tarixchasi"da keltirilishicha, Suyav baxshining nag'malari "Ilg'or", "Ilg'or sarpardasi", "Ko'r qiz", "Eshvoy", "SHoh ko'chdi", "Muxammas", "SHohsanam" bo'lib, baxshi ularni g'oyat yuksak mahorat bilan chalgan. Aynan Suyav baxshining ijrochilik mahorati tufayli "o'zbek va turkman cho'vdir (turkman urug'i)lar orasida dutor sozi ancha o'rnashib qolgan. Jumladan, cho'vdirlar orasidan etishib chiqqan Suyav baxshining yangi nag'malari dutorni xalq orasida yoyilishiga turtki bo'lgan" [10]. Suyav baxshi ijrosida yozib olingan "Eshvoy" kuyi bilan aytiilgan qo'shiqning qoraqalpoq va o'zbek tillaridagi matnlari "Qoraqalpoq xalq qo'shiqlari" majmuasiga kiritilgan [11].

Suyav baxshi ko'plab shogirdlar tayyorlash orqali Xorazm dostonchiligi taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan. U Jumamurod baxshi, Bolta baxshi, Aqchagul, Tojiboy, Xadicha kabi shogirdlar etishtirganligi ma'lum. Qoraqalpoq san'atshunosi G.Tulovmurodov ham Suyav baxshi maktabidan chiqqan Japaq baxshidan 25 ta kuyni o'rganganligini qayd etgan. Mang'itlik taniqli o'zbek dostonchisi Ahmad baxshi Matnazar o'g'lining ustozi Otajon baxshi bo'lib, u esa o'z navbatida Xorazm vohasidagi o'zbek, qoraqalpoq, turkmanlar orasida mashhur bo'lgan Suyav baxshining talantli shogirdi bo'lgan. Otajon baxshi o'zining ustozi Suyav baxshidan "SHohsanam va G'arib", "Hurliqo-Hamro", "Qirq ming", "Avaz uylantirgan", "Avaz arazlagan", "Arab Rayhon", "Xirmondali" singari dostonlarning kuylarini, matnini va aytish usullarini mukammal o'rganib olgan. U ana shu dostonlarni o'zining iqtidorli shogirdli Ahmad baxshi Matnazar o'g'liga yoshligidan yod oldirganligi sababli,

[9].

Scientific Journal Impact Factor

ustozidan faqat doston kuylash mahoratini emas, balki ijro qilish uslubini ham puxta o'zlashtirgan [12].

Mulla Bekjon Rahmon bilan Muhammad YUsuf Devonzodaning "Xorazm musiqiy tarixchasi" kitobidagi "Suyav baxshi inqilobdan bir yil avval, ya'ni, bundan besh yil burun vafot etgandir" degan qaydnomasi voha dostonchiligi taraqqiyotiga benazir hissa qo'shgan ulkan dostonchining vafoti sanasini aniqlashga asos bo'la oladi. Bu ma'lumotga ko'ra, Suyav baxshi 1916 yilda vafot etgan.

Xulosa qilib aytganda, XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asrning boshidagi Xorazm baxshichilik san'ati va dostonchiligi an'analari rivojida munosib o'rin tutgan Suyav baxshi an'anaviy dostonlarni badiiy jihatdan sayqal berib ijro etishi bilan bir qatorda ko'plab doston kuylarini yaratib Xorazm folklor musiqasi taraqqiyotiga ham katta hissa qo'shgan ulkan san'atkor hisoblanadi.

1.Samoylovich A.N. Kratkiy otchet o poezdke v Buxaru i Xivinskoe xanstvo komandirovannogo SPb universitetom i Russkim komitetom privat dotsenta A.N.Samoylovicha 1908 godu // Izvestiya russkogo komiteta dlya izucheniya Sredney i Vostochnoy Azii v istoricheskom, arxeologicheskom, lingvisticheskom i etnograficheskom otnoshenii. - SPb., 1908. - №9. - S.17.

2. O'sha manba. - B.25.

3. Ruzimbaev X. Suyav baxshi i Xorezmskaya shkola skaziteley // Xorazm folklori. T.1. - Urganch, 1999. - S.11.

4. YUsupov J. A.N.Samoylovich va Xorazm folklori / J.YUsupov. Qaynoq qalb sururi. - Toshkent, 2006. - B.65.

5. Mirzaev T. Xalq baxshilarining epik repertuari. - Toshkent: Fan, 1979. -

6. O'zR FA O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Folklor arxivi. Inv.№1730/11.

7. Samoylovich A.N. Kratkiy otchet o poezdke v Buxaru i Xivinskoe xanstvo komandirovannogo SPb universitetom i Russkim komitetom privat dotsenta A.N.Samoylovicha 1908 godu // Izvestiya russkogo komiteta dlya izucheniya Sredney i Vostochnoy Azii v istoricheskom, arxeologicheskom, lingvisticheskom i etnograficheskom otnoshenii. - SPb., 1908. - №9. - S.27.

8. Matyoqubov B. Doston navolari. - Toshkent, 2009. - B.17

XULOSA VA TAKLIFLAR

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

B.56-57.

Scientific Journal Impact Factor

9. Mulla Bekjon Rahmon, Muhammad YUsuf Devonzoda. Xorazm musiqiy tarixchasi. - Toshkent: Mumtoz so'z, 2014. - B.30.

10. YUqoridagi manba. - B.21.

11. Qaraqalpaq xalq qostiqlari. - Nokis, 1965. - B.362.

12. O'zR FA O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Folklor arxivi. Inv.№1730/12.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.