"Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 3 Issue 4 / December 2022
"ALPOMISH" DOSTONI - O'ZBEK FOLKLORSHUNOSLIGINING
TARIXIY ILDIZI
Isayev Kamoliddin Saidovich [email protected] O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada "Alpomish" dostoni o'zbek folklori tarixining milliy va qadimiy ildizi, barjasta namunasi sifatida tahlil qilingan. Uning paydo bo'lish tarixi va adabiy tamoyillari o'rganilgan. Shuningdek, dostonning tarkibi, folklor san'ati va xalq dostonlarining xalqimiz ma'naviy hayotida tutgan o'rni qisqacha bayon etilgan.
Kalit so'zlar: "Alpomish", milliylik, tarbiya, Vatanparvarlik, folklorshunoslik, folklor, doston, ertak, baxshi, matal.
THE EPIC OF "ALPOMISH" IS THE HISTORICAL ROOT OF UZBEK
FOLKLORE
Isayev Kamoliddin Saidovich [email protected] Uzbekistan State Institute of Art and Culture
Abstract: In this article, the epic "Alpomish" is analyzed as a national and ancient root of the history of Uzbek folklore, a prominent example. The history of its emergence and literary principles have been studied. Also, the content of the epic, folklore art and the role of folk epics in the spiritual life of our people are briefly described.
Keywords: "Alpomish", nationality, education, Patriotism, folklore studies, folklore, epic, fairy tale, bakshi, matal.
Folklor barcha san'atning boshlanishi, sarchashmasi bo'lganligi sababli ham boshqa ko'pgina san'atlar bilan uyg'unlikka ega, shuning bilan birga hech biriga o'xshamagan o'ziga xosligi bilan ajralib turuvchi alohida san'at turidir. Bu soha o'z ichiga musiqa, raqs, hunarmandchilik, tasviriy, badiiy va boshqa san'atlar bilan bog'liq tasavvurlarni qamrab oladi. Boshqacha qilib aytganda, og'zaki ijod xalqning o'tmishi, buguni va kelajagini o'zida ifoda etuvchi, uning taqdiri bilan chambarchas bog'liq ijodiy jarayondir. Shuning uchun ham allomalarimiz uni el adabiyoti deb
atagan. Biror bir xalqning qanday xalq ekanligini bilish uchun dastavval uning milliy an'analariga, urf-odatlariga nazar solish lozim bo'ladi.1
O'zbek xalqining badiiy og'zaki ijodi merosini asrab-avaylash va avlodlarga yetkazish yo'lidagi ishlari tobora kuchaytirilmoqda. Muhtaram Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoev tomonidan bir qator qonun hujjatlari ishlab chiqilayotgani so'zimning isbotidir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-noyabrdagi PQ-3990-son "Xalqaro baxshichilik san'ati festivalini o'tkazish to'g'risidagi" qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14- maydagi PQ-4320-son "Baxshichilik san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi" qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-apreldagi VMQ-304-son "Baxshichilik va dostonchilik san'atini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi" qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-yanvardagi "Alpomish" dostonining ajdodlarimiz ijodiy dahosining bebaho badiiy yodgorliklari sifatida jahon xalqlari epik ijodiyoti namunalari ichida alohida o'rin tutishini, uning mustaqil rivojlanish davrida millat birligi va ma'naviy uyg'onishi, milliy g'urur va o'zligini anglashi ramziga aylanganligini ushbu qaror va farmonlarda yaqqol ko'rsak bo'ladi. "Xalqaro baxshichilik san'ati festivalini o'tkazish to'g'risidagi" qarori o'zbek milliy baxshichilik va dostonchilik san'atining noyob namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni keng targ'ib qilish, yosh avlod qalbida dostonlarimizga va ushbu san'at turiga mehr, hurmat tuyg'ularini kuchaytirishga xizmat qiladi albatta. Bunday keng ko'lamli ishlarning amalga oshirilishi natij asida nainki, "Alpomish" dostonining balki, butun o'zbek fol'klorining dunyoviy ahamiyati yanada teran, haqqoniy va har taraflama mukammal tarzda jahon afkor ommasiga yetkazildi.
G'urur bilan aytishimiz mumkinki, bizda dunyo folklori namunalari bilan bemalol bellasha oladigan doston, ertak, maqol, matal, qo'shiq, afsona va rivoyatlarimiz bor. Yurtimizda bugungi kungacha yozib olingan dostonlar sonining o'zi 400 tadan oshib ketadi. Boshqa janr namunalari variantlari esa ko'plab jildlarni tashkil etadi. Bu rostakamiga chinakam ulkan xazinadir. Bunday bebaho meros hamma xalqqa ham nasib etgan emas. Shunday ulkan og'zaki merosga ega xalqning yozma adabiyotining ham rang-baranglikka boy ekanligi, shak-shubhasizdir
Har qanday san'at folklordan boshlanadi, degan gap bugun paydo bo'lgan emas. U uzoq yillik hayotiy kuzatish, ilmiy tajribaning hosilasidir. Haqiqatdan ham tasviriy san'at, hunarmandchilik, musiqa, raqs, badiiy va hokazo san'atlarning avvali-boshi, yuzaga kelishi bevosita xalq og'zaki ijodiga, xalqning ilk tasavvur va ishonchlariga borib taqaladi. Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan ham bugun madaniyat va san'atning barcha tur va yo'nalishlarini keng rivojlantirishga alohida e'tibor
1 Sh.Rahmatullaeva "Folklor san'ati va xalq dostonlari: kecha va bugun" Methodical Journal - (1) IV/2019 46-b
"Oriental Art and Culture" Scientific -
qaratilayotgani nafaqat mamlakatimiz fuqarolari balki, xorijliklarning ham e'tirofiga sazovor bo'layotganligini ko'rishimiz mumkin.
Har bir sohaning o'z tarixi bo'lganidan, folklorshunoslik borasidagi izlanishlarning ham o'z ildizlari mavjud. Bu izlanishlar ildizi olis o'tmishga borib taqaladi. Mahmud Koshg'ariy zamonidan to bugungi kungacha xalq og'zaki ijodi haqida nimaiki aytilgan, yozilgan bo'lsa bularning bari o'zbek xalq og'zaki ijodini o'rganishga o'zining munosib ulushini qo'shgan.
Turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan "Alpomish"2 turkum dostonlari tarixiy ahamiyati va badiiy qimmati hamisha ko'plab folklorshunos, adabiyotshunos, faylasuf, tarixchi, etnograflarning e'tiborini o'ziga jalb qilgan. Jumladan, turkiy xalqlar eposini tadqiq etishda A.K.Borovkov, V.M.Jirmunskiy, B.N.Putilov, H.V. Paksoy, K.Rayxl, Ingyong O singari jahon olimlarining xizmatlari beqiyosdir3. Prof. A.K.Borovkov turkiy xalqlar o'rtasida keng tarqalgan "Alpomish" dostonini o'rganish va to'plash tarixini, har bir versiyada o'sha xalqning milliy an'analari o'z ifodasini topganini o'zbek, qoraqalpoq va qozoq versiyalari asosida ishonchli dalillar asosida tahlil qilgan.4 U bosh qahramon "Alpomish"ning do'stlari (Qultoy, Qorajon) va raqibi (Ulton) obrazlaridagi qarama-qarshiliklarni tahlil qilib, ikki bo'limdan iborat bu asarning har bir qismi turli davrlarda yaratilgan va bo'limlarning har biri o'zicha mustaqil ravishda aytib kelingan, degan xulosaga keladi5.
O'zbekiston Respublikasining o'z mustaqilligini qo'lga kiritishi milliy ma'naviy merosimiz va azaliy qadriyatlarimizni har tomonlama chuqur o'rganish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-yanvardagi "Alpomish" dostoni yaratilganligining 1000 yilligi to'g'risida"gi qarorida mazkur doston ajdodlarimiz dahosining bebaho badiiy yodgorligi sifatida jahon xalqlari epik ijodiyoti namunalari orasida alohida o'rin tutishi ta'kidlanadi. Shuning uchun YuNESKOning tadbirlar rejasiga binoan 1999-yilning noyabr oyida yurtimizda "Alpomish" dostonining 1000 yilligi keng nishonlandi. O'sha tarixiy qaror asosida Termiz shahrida xalqaro ilmiy konferensiya o'tkazildi. "Alpomish" nomidagi bog' barpo etilib, xalq qahramoniga muhtasham monument o'rnatildi, xalqning milliy g'ururi tiklandi. Darhaqiqat, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
2 "Alpomish"ning qoraqalpoq ("Alpambis"), qozoq ("Alpamыs batbir"), oltoy ("lp Manash") versiyalari doston shaklida, tatar (qozon tatarlarida "Alpamsha") va boshqird ("Alpamsha va Barsin Hillu") versiyalari esa ertak va rivoyat shaklida bizgacha yetib kelgan. Eposning o'zbek dostonchiligi ta'sirida yuzaga kelgan ertak va rivoyatlar shaklidagi tojik variantlari ham mavjud. Ta'kidlash o'rinliki, O'rta asr o'g'uz eposining muhim yodgorligi hisoblangan "Kitobi Dadam Qo'rqut" tarkibidagi "Bamsi Bayrak" asari ham o'zining syujet va kompozitsion qurilishi jihatidan "Alpomish" dostoniga yaqin turadi.
3 Жирмунский В.М., Зарифов Х.Т. Узбекский народный-героический эпос. - Москва, 1947; Жирмунский В.М. Сказание об Алпамыше и богатьфская сказка. - Москва, 1960;
4 Allambergenova Nodira Gulmurzaevna "Alpomish" Dostonining o'zbek va Qoraqalpoq versiyalari qiyosiy tipologiyasi" dissertatsiyasi avtoreferati Toshkent - 2019, 7-b
5 Боровков А.К. Героическая поэма об Алпамыше // Об эпосе «Алпамыш». Материалы по обсуждению эпоса «Алпамыш». Ответственные редакторы В. И. Чичеров и X. Т. Зарифов. - Ташкент: АН УзССР, 1959. - С. 61-86
Sh.M.Mírzíyoev ta'kidlaganlaridek: "Dostonchilik va baxshichilik - milliy g'ururimiz. Uning zamiridagi ezgu qadriyatlarni xalqimizga yetkazish lozim"6.
Mazkur masala yuzasidan alohida tahlillar va tadqiqotlar olib borilgan bo'lib, ushbu ishlarni amalga oshirishda hukumat meyoriy huquqiy qarorlari va qonun hujjatlari dastur bo'lib xizmat qiladi. Jumladan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi "O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5850-son, 2017-yil 17-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son Farmonlari, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-oktyabrdagi "2010-2020-yillarda nomoddiy madaniy meros ob'ektlarini muhofaza qilish, asrash, targ'ib qilish va ulardan foydalanish davlat dasturini tasdiqlash to'g'risida"gi 222-son, 2018-yil 26-apreldagi "Baxshichilik va dostonchilik san'atini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 304-son qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarishda ushbu masalada olib borilayotgan kichik izlanishlarimiz vosita bo'lib xizmat qiladi.
Alloma Hodi Zarifov "Folklor asarlarining ilmiy va badiiy qiymati ularning lug'at boyligi bilan belgilanadi" degan edi. Xalq dostonlari xususan biz yuqorida fikr yuritgan "Alpomish" dostoni ham o'zbek tili tarixining serqatlamliligini va bo'yoqdorligini o'zida to'la mujassam etadi. Shuning uchun ushbu dostonning folklor tilini tadqiq etish bir tomondan til tarixining qadimiy ildizlari haqida kengroq ma'lumot bersa, ikkinchi tomondan hozirgi zamon o'zbek adabiy tilini to'laqonli o'rganishda, uni boyitishda asosiy omillardan biri bo'lib xizmat qiladi.
"Alpomish" dostonining 30 ga yakin variantlari yozib olingan, lekin xalq orasida esa bundan ham ko'p variantlari tarqalgan. Variantlar asosan hayotiy shart-sharoitlar natijasida yuzaga keladi.
"Alpomish" dostonidagi sevgi, muhabbat, ona Vatanga muhabbat tuyg'usi bilan uyg'unlashib ketgan. Bu asardan yoshlarimiz juda tarbiyaviy ahamiyat kasb etadigan hislatlarni olishlari mumkin. Misol uchun:
Barchinoy "Alpomish" bilan unashtirilgan bo'lsa-da, o'zining oriyati, g'ururini g'animlar ko'z o'ngida ko'rsatishni, isbotlashni istaydi. "Alpomish"ning yengib chiqishiga ishonadi va bu g'alabani hamma ko'rishini istaydi. Albatta, bunday xarakter hozirgi zamondagi yosh qizlarimiz uchun namuna desak, mubolag'a bo'lmaydi. Bundan tashqari "Alpomish" yetti yil tutqunlikda qolganida Barchinoyning sabr bilan yoriga vafo qilishi, Surhayil kampirning o'g'illariga rad javobini berishligi, aql-farosat bilan to'rt shartni o'ylab topib bajara olmasliklariga
6 Mirziyoev Sh.M. Istiqbolli loyihalar xalqimiz farovonligiga xizmat qilmoqda / Xalq so'zi. - Toshkent, 2018 yil 23 yanvar soni.
I [ccñ^^BI 764 http://oac.dsmi-qf.uz
ko'zi yetib albatta, og'ir vaziyatdan chiqishga urinishini alohida ta'kidlab o'tish lozim7.
Ko'chmanchi qo'ng'irot qabilasida urug'chilik munosabatlari yemirila boshlagan zamonlarda yaratilgan bu monumental asar o'zbeklar o'rtasida ikki versiya va ko'plab variantlarda juda keng tarqalgan. Bu paytgacha dostonning yigirma sakkiz varianti o'ttiz uch marta (to'la teksti, parcha, mazmuni) yozib olindi8. Epos turkiy xalqlar o'rtasida juda keng tarqalgan. Uning o'zbek9, qozoq, qoraqalpoq versiyalari epik poema holida, tojik, uyrot, tatar, boshqird, O'rta Osiyo arablari versiyalari ertak va rivoyatlar tarzida mashhurdir. O'rta asr o'g'iz eposining muhim yodgorligi "Kitobi Dada Qo'rqut" tarkibidagi "Bomsi Bayrak" asari o'zining syujeti va kompozitsion qurilishi jihatidan "Alpomish" dostoniga juda ham yaqin turadi10. Turkiy xalqlarning "o'rtoq bir dostoni" (Hamid Olimjon) bo'lgan "Alpomish"ning bunchalik keng tarqalishi shu xalqlarning bir xil ijtimoiy-tarixiy sharoitda hayot kechirganliklari, o'zaro yaqin madaniy munosabatda bo'lganliklari, yaratish va ijodda hamkor, hamfikr ekanliklarini ko'rsatadi. Ammo "Alpomish"ning yaratuvchisi bo'lgan har bir xalq unda o'z tarixini, etnik va an'anaviy xususiyatlarini, ozodlik va tenglik haqidagi o'z ideallarini aks ettiradi. Qahramonlik dostonlarining boshqa guruh dostonlardan alohida ajralib turadigan jihati unda xalqning alp haqidagi turg'un tasavvurlarini namoyon etuvchi alplik tizimining badiiy aks etishida ham ko'rinadi11.
Xulosa o'rnida shuni ta'kidlashim mumkinki, "Alpomish" dostoni o'zbek folklorining tarixiy ildizi bo'lib, barcha davrlarda tildan tilga o'tib kelgan va milliylikning namunasi sifatida qadrlangan. Shuning uchun ham biz xalqimiz folkloric merosi va og'zaki ijodini xalq pedagogikasining asosiy omillaridan biri sifatida o'rganamiz va yosh avlodga yetkazamiz. Umuman olganda ushbu doston o'ziga xos tarixiy etika va qahramonlikning yuksak namunasini o'ziga jamlagan folklore namunasi desak mubolaga bo'lmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Mirziyoev Sh.M. Istiqbolli loyihalar xalqimiz farovonligiga xizmat qilmoqda / Xalq so'zi. - Toshkent, 2018-yil 23-yanvar soni.
2. J.Eshonqul, Folklor - millatning boqiy tarixi, Toshkent, Yoshlik jurnali, 2014, 8-son
3. K.Imomov, T.Mirzaev, B.Sarimsoqov, O.Safarov, O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi, Toshkent, O'qituvchi, 1990
7 Zarnigor Miragzamovna Sodiqova "Alpomish" dostoni va yoshlar tarbiyasi" Scientific progress volume 2 issue 6 2021 ISSN: 2181-1601 668-669-betlar
8 Mirzayev T. "Alpomish" dostonining o'zbek variantlari. Toshkent, 1968
9 Uch variant nashr etilgan: Alpomish. Aytuvchi Fozil Yo'ldosh o'g'li. Toshkent, 1958; Alpomish. Berdi baxshi variant. Toshkent, 1969; Saidmurod Panoh o'g'li varianti. "Odilxon" kitobida. Toshkent, 1972, 48-115-betlar
10 KHHra Moero ^ege KopKyTa. M .-.H., 1962
11 T.Mirzayev "O'ZBEK FOLKLORI (Darslik)" Toshkent - 2020 96-b
I icclT^^^^H ^65 http://oac.dsmi-qf.uz
4. M.Saidov, O'zbek dostonchiligida badiiy rnahorat, Toshkent, Fan, 1969
5. M.Jo'raev, Folklorshunoslik asoslari, Toshkent, Fan, 2009
6. T.Mirzayev "O'ZBEK FOLKLORI (Darslik)" Toshkent - 2020 96-b
7. Zarnigor Miragzamovna Sodiqova "Alpomish" dostoni va yoshlar tarbiyasi" Scientific progress volume 2 issue 6 2021 ISSN: 2181-1601 668-669-betlar
8. Mirzayev T. "Alpomish dostonining o'zbek variantlari. Toshkent, 1968
9. Uch variant nashr etilgan: "Alpomish". Aytuvchi Fozil Yo'ldosh o'g'li. Toshkent, 1958; "Alpomish". Berdi baxshi variant. Toshkent, 1969; Saidmurod Panoh o'g'li varianti. "Odilxon" kitobida. Toshkent, 1972, 48-115-betlar
10. KHHra Moero ^ege KopKyTa. M.-.H., 1962