Научная статья на тему 'YOSHLAR MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISHDA FOLKLOR SAN’ATINING O’RNI'

YOSHLAR MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISHDA FOLKLOR SAN’ATINING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
188
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qurudum / doston / baxshi / qadriyat / an’ana / nafosat / go’zallik. / Kurudum / epic / bakhshi / value / tradition / sophistication / beauty

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sh. Ataboyeva

O’zbek xaqlining folklor namunalari inson ma’naviyatini yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini hozirgi davrda bir qancha misollar orqali ko’rishimiz mumkin. Yoshlar o’rtasida folklor asarlarini saqlab qolish, folklorni yoshlar o’rtasida keng tadbiq qilish orqali biz, folklor asarlarini saqlab qolamiz, balki yoshlarni ma’naviyatida ham ijobiy ta’sirlarni ko’rish mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF FOLKLORE ART IN RAISING THE SPIRITUALITY OF YOUNG PEOPLE

We can see that folklore examples of Uzbek people are important in raising human spirituality through several examples. By preserving the works of folklore among the youth, by widely applying folklore among the youth, we will preserve the works of folklore, and we can also see positive effects on the spirituality of the youth.

Текст научной работы на тему «YOSHLAR MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISHDA FOLKLOR SAN’ATINING O’RNI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

YOSHLAR MA'NAVIYATINI YUKSALTIRISHDA FOLKLOR SAN'ATINING

O'RNI

Ataboyeva Shohida Jurayevna

Farg'ona davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti «Vokal va cholg'u ijrochiligi»

kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7221772

Annotatsiya. O 'zbekxaqliningfolklor namunalari inson ma'naviyatiniyuksaltirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini hozirgi davrda bir qancha misollar orqali ko'rishimiz mumkin. Yoshlar o'rtasida folklor asarlarini saqlab qolish, folklorni yoshlar o'rtasida keng tadbiq qilish orqali biz, folklor asarlarini saqlab qolamiz, balki yoshlarni ma'naviyatida ham ijobiy ta'sirlarni ko'rish mumkin.

Kalit so'zlar: Qurudum, doston, baxshi, qadriyat, an'ana, nafosat, go'zallik.

РОЛЬ ФОЛЬКЛОРНОГО ТВОРЧЕСТВА В ВОСПИТАНИИ ДУХОВНОСТИ МОЛОДЕЖИ

Аннотация. На нескольких примерах видно, что фольклорные образцы узбекского народа имеют важное значение в повышении духовности человека. Сохраняя произведения фольклора среди молодежи, широко применяя фольклор среди молодежи, мы сохраним произведения фольклора, и мы также можем увидеть положительное влияние на духовность молодежи.

Ключевые слова: Курудум, эпос, бахши, ценность, традиция, изысканность, красота.

THE ROLE OF FOLKLORE ART IN RAISING THE SPIRITUALITY OF

YOUNG PEOPLE

Abstract. We can see that folklore examples of Uzbek people are important in raising human spirituality through several examples. By preserving the works of folklore among the youth, by widely applying folklore among the youth, we will preserve the works of folklore, and we can also see positive effects on the spirituality of the youth.

Key words: Kurudum, epic, bakhshi, value, tradition, sophistication, beauty.

KIRISH

Ma'naviyat kecha yoki bugun paydo bo'lib qolgan tushuncha emas, u asrlardan buyon xalqimiz bilan birga yashab, birga taraqqiy etib kelayotgan buyuk bir qadriyatdir.Inson dunyoga kelgan kunidan boshlab, to hayotining eng so'nggi lahzasigacha o'zi mansub xalqning qadriyatlari, an'analari ichida ul-g'ayadi, kamol topadi. Hatto o'zini folklorga begona deb bilgan, bu atama ta'rifidan mutlaqo yiroq bo'lgan kishi shu an'analar ichida ulg'aygan, uning ongi, shuri shu qadim an'analari ta'sirida shakllangan bo'ladi.

Har bir sohaning o'z tarixi bo'lgani kabi, folklorshunoslik borasidagi izlanishlarning ham o'z ildizlari mavjud.Bu izlanishlar ildizi olis o'tmishga borib taqaladi.Mahmud Koshg'ariy zamonidan to bugungi kungacha xalq og'-zaki ijodi haqida nimaiki aytilgan, yozilgan bo'lsa, bularning bari o'zbek xalq og'zaki ijodini o'rga-nishga o'zining munosib ulushini qo'shgan.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishish ostonasida birinchi Prezidentimiz tomonidan ko'plab hayotbash farmonlar bilan bir qatorda, o'zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va Navro'z bayramini qayta tiklanishi xalqimizning ma'naviy hayotida katta iz qoldirdi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Shubhasiz, aytish mumkinki, bugun mamlakatimiz iqtisodiy, madaniy sohada nimaiki yutuqlarga, yuksalishlarga erishgan bo'lsa, ana shu sa'y-harakatlarning alohida o'rni bor. Zero, til millat tafakkurini shakllantiruvchi bir mezondir. Til va tafakkur bir-biriga bog'liq jarayon. Millatning til ravnaqi, shubhasiz, uning badiiy asarlarida namoyon bo'ladi. Xalq og'zaki ijodi ana shunday tafakkurni shakllantiruvchi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi.

TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI

Folklor turli davrlarda turlicha o'rganilgan,turlicha yondoshuvlar bo'lgan, biroq mustaqillikdan keyin u tom ma'noda yangicha mazmun va mohiyat kashf etdi.«Alpomish» dostonining ming yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi, "O'zbekiston xalq baxshisi» degan unvon joriy etildi.Bu esa milliy ma'na-viyatimizning asoslaridan biri bo'lgan xalq ijodining yuksalishiga xizmat qildi. «Alpomish» dostoni millatimizning o'zligini namoyon etadigan, avlodlardan - avlodlarga o'tib kelayotgan qahramonlik qo'shig'idir,"— deb yozadi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o'zining «Yuksak ma'naviyat -yengilmas kuch» kitobida. —Agarki xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas doston bo'lsa,«Alpomish»ana shu dostonning shoh bayti, desak, to'g'ri bo'ladi». Bu nafaqat «Alpomish» dostoniga, balki butun folklor asariga, milliy ma'naviyatimizga berilgan yuksak bahodir.Shuning uchun ham mustaqillikka erishganimizdan keyin folklor milliy ma'anaviyatimizni shakllantiruvchi asosiy omillardan biri sifatida o'rganib kelinmoqda.

Folklorni tadqiq etish borasida mafkuraviy tazyiq va chegaralanishlar ta'siri yaqqol sezilib turadi.Shuning uchun ham mustaqillik davri folklor-shunosligi - tamomila yangi folklorshunoslikdir.Bugungi kunda ham faol ijod qilib kelayotgan T.Mirzayev, O.Safarov, O.Madayev, M.Jo'rayev,SH.Turdimov, J.Eshonqulov kabi folklorshunos olimlarning izlanishlarini alohida ta'kidlab o'tish joiz.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan « O'zbek xalq ijodi yodgorliklari»ning 100 jildligini nashr etish yo'lga qo'yildi. Bu loyihaning amalga oshishi,shubhasiz, mamlakatimiz ma'naviy hayotida ulkan voqea bo'ladi.

Bugungi kunda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev kitobxonlikka, umu-man ma'naviyat masalalariga alohida e'tibor qaratmoqdalar.Zero, ma'naviyat masalalari davrda ham eng dolzarb mavzulardan biri bo'lib kelgan. XX asr boshida ma'rifatparvar

jadidchilar til, adabiyot va tarbiya masalasi o'z davri uchun muhimligini ta'kidlashgan.Bu bejizga emas, millatning mavjudligi, erkinligi, ozodligi, taraqqiyoti uning tilidan, tafakkuri-ma'naviyatidan boshlanadi.

Biz bugun global jamiyatda yashayapmiz. Tilimizga, madaniyatimizga, o'zligimizga bo'layotgan ma'anaviy tahdid ko'lami ham globaldir.Biz ma'naviyat to'g'risida har qancha qayg'urmaylik, jon koyitmaylik, bizni qurshab turgan muhit ommaviy madaniyat ta'sirida hamda bolalarimiz tili va tafakkuri shu madaniyat ostida shakllanayotgan ekan, bizning qilayotgan barcha urinishlarimiz o'z samarasini bermaydi.Shu ma'noda bugungi folklorni o'rganish masalalari alohada ahamiyat kasb etadi.

TADQIQOT NATIJASI VA MUHOKAMA

Inson ma'naviyatini yuksaltirishda folklorning o'rni haqida gap ketar ekan, aslida, jarayon bolaning tug'ilishidan boshlanadi. Momolarimiz, onalarimiz aytgan allalar, erkalamalar, aytimlar, topishmoqlar, tez aytishlar, ertak va qo'shiqlar bolaning tili, dunyoqarashining, shakllanishiga xizmat qiladi. Xalq o'yinlari esa bolaning ham aqlan, ham

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

jismonan ulg'ayishi uchun muhim omillardan biridir. Bola ana shu qadim an'ana va qadriyatlar ichida voyaga yetadi, biroq bugungi global jamiyatda ulg'aygani sari go'yo bu muhitga begona bo'la boshlaydi. Bu begonalik eng avvalo har qadamda o'z ta'sir kuchini ko'rsatayotgan ommaviy madaniyat ta'siridan boshlanadi.

Bularning barchasi ma'naviyat ravnaqiga emas, aksiga xizmat qiladi.Bu muammolarni bartaraf etish uchun esa, ta'lim jarayonining barcha bo'g'inlarida, maktabgacha ta'limdan to oliy o'quv yurtlarida til o'qitishda, o'rganishda folklorga va yana folklorga qaytib ish ko'rish lozim bo'ladi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, bugungi yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda, ma'naviyatini yuksaltirishda ko'plab usullar, vositalar, metodlar mavjud. Biroq, bu usul va metodlar birinchi navbatda so'z san'atining ibtidosi sanalgan folk-lor namunalariga suyanilgan holda amalga oshirilsa, yanada samarali va ta'sirchan bo'ladi.

Xalqimizning milliy taraqqiyotida, ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy yuksa-lishida folklor, umuman, badiiy so'z san'ati hamisha tayanch nuqta bo'lib kel-gan.Zero, folklor - bu millatning quvvati, tirikligi va buyukligidir.

Bugungi global jamiyatda davlat chegaralari qo'riqlangani, muhofaza etil -gani kabi, millat tili va tafakkuri, estetik didi ham xuddi shunday asrab-avay-lanishga, qattiq himoyaga muhtoj dir.

Lekin, bugungi kunda yoshlarning folklorga bo'lgan munosabati aksincha, salbiy tomonga o'zgarib bormoqda.Ularni xozirgi zamonga xamnafas bilan yur-timizga kirib kelayotgan ommaviy qo'shiq, turli janrlardagi qo'shiqlar yoshlar -ning qalbini, ularning ongini o'zgartirib yubormoqda.Turli mavzulardagi qo'-shiqlar yoshlarni tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatayotganini ko'rishimiz mum-kin.Mana shunday qo'shiqlar bizning qadimiy qo'shiqlarimiz ya'ni folklor qo'shiqlarimizni yoshlar qalbidan uzoqlashtirib yubormoqda.Biz bunday holat-larni, bunday vaziyatlarni bartaraf etish, yoshlarni o'zimizning milliy qo'shiq -larimiz bo'lgan folklor qo'shiqlarimizni ularning ongiga sindirish kabi ishlarni qilishimiz lozim. Buning uchun qanday ishlarni amalga oshirgan ma'qul:

1. Oila, bog'cha, maktablarda bolalarga folklore qo'shiqlaridan o'rgatib bo-rish, ularni mana shu ruhda tarbiyalash.

2. Yoshlar o'rtasida turli tadbirlar tashkil etish, ya'ni yoshlar o'rtasida folk-lor namunalari asosida ko'rik - tanlovlar tashkil etish.

3. Xalq sayllarida, xalqimizning milliy qadriyat bayramlari sanalgan ya'ni "Navro'z ayyomi", "Hosil bayrami" , "Mehrjon" va xalq sayli sanalgan "Uloq"larda va shu kabi bayramlarda, turli xildagi yig'inlarda mana shunday folklor qo'shiqlarimizdan foydalanib, ularni xalqimizning ongiga singdirish, ularni folklor qo'shiqlariga o'rgatish orqali ularni ongiga singdirib borish.

4. Ommaviy axborot vositalar orqali yoshlarga milliy qo'shiqlarimiz hamda folklor qo'shiqlarimiz haqida ma'lumot berib borish, folklor qo'shiqlarni ijro etib , ularni ham mana shu ma'lumotlar bilan birga efirga uzatib borish.

Biz mana shunday yo'llar orqali yoshlarni tarbiyalashimiz mumkin, balki bizning milliy qadriyatimiz sanalgan folklor qo'shiqlarimizni ham shu tariqa saqlab qolishimiz mumkin.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

REFERENCES

1. Islom Karimov "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" - Toshkent: Ma'naviyat-2008, 32-33b

2. M. Jo'rayev, J. Eshonqulov, "Folklorshunoslikka kirish" - Toshkent-2017.

3. T.E.Solomonova, M.Ashrafiy nomidagi Toshkent Davlat konservatoriyasi Xamza Xakimzoda Niyoziy nomidagi San'atshunoslik instituti "O'zbek musiqasi tarixi" -Toshkent "O'qituvchi" 1981.

4. O'zbekiston Respuplikasi Madaniyat Vazirligi O'zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti "Folklor ijrochilik san'ati tarixi" fanidan Ma'ruzalar matni. Tuzuvchi: fil.f.d.,prof.J.Eshonqulov - Toshkent-2018

5. Farg'ona Davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti o'qituvchi M.Najmeddinovaning "O'zbekiston san'ati tarixi" fanidan ma'ruza matni.

6. www.ziyouz.com kutubxonasi.

7. Mannopov S. et al. Development Of Symphonic Music in Uzbekistan //Journal of Pedagogical Inventions and Practices. - 2021. - T. 2. - №. 2. - C. 53-56.

8. Juraevna, A. S., Abdumalikovna, Y. D., & Xusanovna, D. N. (2021). MODERN SOCIAL AND PEDAGOGICAL FUNCTIONS OF MUSIC ART AND EDUCATION. Journal of Ethics and Diversity in International Communication, 1(1), 57-59.

9. Kirgizov, I., Kirgizov, I., Najmetdinova, M., & Atabayeva, S. (2022, February). THE GENESIS OF THE DEVELOPMENT OF MUSIC CULTURE. In Archive of Conferences (pp. 57-60).

10. Ergashev, A., Ataboyeva, S., Djalalova, N., & Usmonova, S. (2021). THE ROLE OF COMPOSERY IN THE ART OF NATIONAL SINGING. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 863-867.

11. Shohida S. The role of the older generation in the education of young people //Austrian Journal of Humanities and Social Sciences. - 2014. - №. 11-12. - C. 178-180.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.