Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARINI TARBIYALASHDA MUSIQA TA’LIMINING MAQSAD VA VAZIFALARI'

YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARINI TARBIYALASHDA MUSIQA TA’LIMINING MAQSAD VA VAZIFALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1072
155
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Musiqa / Cholg‘u asboblari / ma’naviyat / “Besh tashabbus” / Prezident qarori / musiqa maktablari / madaniyat markazlari

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Asal Farhod Qizi Xayriddinova, Xolmo‘minov Zokir O‘g‘li Mo‘minmirzo

Maqolada musiqaning inson salomatligi, tarbiyasi va ruhiyatidagi o‘rni, ahamiyati, shuningdek Prezidentimizning musiqiy ta’limning rivojlantirish xususidagi qarorlari haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARINI TARBIYALASHDA MUSIQA TA’LIMINING MAQSAD VA VAZIFALARI»

YANGI O'ZBEKISTON YOSHLARINI TARBIYALASHDA MUSIQA TA'LIMINING MAQSAD VA VAZIFALARI

Asal Farhod qizi Xayriddinova Ilmiy rahbar: Xolmo'minov Zokir o'g'li Mo'minmirzo mominmirzoxolmominov@gmail.com O'zbekiston davlat san'at va ma'daniyat instituti

Annotatsiya: Maqolada musiqaning inson salomatligi, tarbiyasi va ruhiyatidagi o'rni, ahamiyati, shuningdek Prezidentimizning musiqiy ta'limning rivojlantirish xususidagi qarorlari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Musiqa, Cholg'u asboblari, ma'naviyat, "Besh tashabbus", Prezident qarori, musiqa maktablari, madaniyat markazlari.

GOALS AND TASKS OF MUSIC EDUCATION IN EDUCATING THE

YOUTH OF NEW UZBEKISTAN

Asal Farhod kizi Khayriddinova Research advisor: Muminmirzo Kholmumminov mominmirzoxolmominov@gmail.com Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: The article talks about the role and importance of music in human health, education and psyche, as well as the President's decisions regarding the development of musical education.

Keywords: Music, musical instruments, spirituality, "Five Initiatives", Presidential Decree, music schools, cultural centers.

Musiqa - hech narsa bilan o'lchab, solishtirib bo'lmaydigan beqiyos ilohiy ta 'sir kuchiga ega. Shavkat Mirziyoyev

Musiqa ellarni-ellargga, dillarni-dillarga bog'lovchi, kishi estetik didini tarbiyalovchi hamda madaniy saviyasini oshiruvchi mo'jizaviy vositadir. Musiqa bu tarbiyaning eng faol turi hisoblanadi Bola tug'ilgandan so'ng ilk bor ona allasini tinglab orom oladi. Ona allasiga Vatanga muhabbat, ona yurtiga sadoqat kabi insoniy tuyg'ular mujassamdir. Musiqa ta'limi va tarbiyasi o'quvchi yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda muhim o'rin tutadi. Shu o'rinda biz o'zbek xalqining musiqa madaniyati juda uzoq, boy tarixga ega ekanligini ta'kidlab o'tishimiz joizdir. Sababi, tarixiy taraqqiyot davomida xalq mumtoz musiqasi, an'anaviy kasbiy musiqa, xalq bastakorlik yo'llari, shuningdek, folklor- havaskorlik musiqiy merosi singari shaklan

va usluban bir-biriga yaqin ijrochilk ko'rinishlari bir-birini to'ldirib kelmoqda va ushbu musiqiy merosimiz bugungi kunimizda ham ma'naviy madaniyatimizning bir bo'lagi sifatida namoyon bo'lmoqda. Tarixdan ma'lum ma'naviyatimizning asosiy bo'g'ini bo'lgan musiqiy madaniyatimiz, an'anaviy qo'shiqlarimiz, maqom ijrolari hamisha xalqimizning kundalik hayotida ma'naviy ozuqa sifatida e'tirof etib kelingan. Xalq og'ir kunlarida musiqadan najot izlagan, xursandchilik kunlarida ham musiqa ularga hamroh bo'lgan. Zero, bugungi muborak mustaqillikka erishgan kunimizda, o'zligimizni anglab borayotgan bir davrda ulkan ma'naviyatimizning bir bo'lagi bo'lgan, ota-bobolarimizdan meros bo'lib kelgan milliy musiqiy madaniyatimizga suyanish, an'anaviy qo'shiqlarimizga murojaat qilish tabiiy bir holdir. Bularning barchasi barkamol avlod tarbiyasida, yoshlarning ma'naviy dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. An'anaviy musiqa va qo'shiqlarimiz odamlarni hamisha iymonga, mehr-oqibatga, odamiylikka chorlab kelgan. Bugungi kunda ham shu dolzarbligini yo'qotmagan holda mustaqillikka, mehnatkashlar ongini shakllantirish yo'lida, barkamol avlod tarbiyasida vosita sifatida asosiy omillardan bo'lib qolaveradi. Ashula, musiqa, raqs, folklor ijrochiligi san'ati milliy musiqa san'atining xalq hayoti va ijodi bilan chambarchas bog'liq holda paydo bo'lgan va rivojlanib kelgan qadimiy san'at turlaridan hisoblanadi. Ayniqsa, xalqimizning an'anaviy ruhdagi qo'shiqlari o'lmas meros bo'lib, barcha davrlardagidek bugun ham "labbay" deb javob bermoqda. Lekin, shu bilan bir qatorda faqat tarixga sajda qilmay, bugungi kunning ruhiga mos tarzda qo'shiqlar yaratish esa milliy mafkuramizni rivojlanishida bosh omillardan bo'lmish musiqiy san'at bilan shug'ullanayotgan barcha mutaxassis va san'atkorlarga muhim vazifa qilib qo'yilishi tabiiydir. Mamlakatimiz tamomila yangi jamiyat, yangi turmush va yangi hayotni boshlab yuubordi. Odamlarimiz qalbi, tafakkuri va tasavvurida o'zgarishlar paydo bo'ldi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganlaridek, "Ma'naviyat masalasi millat tarixi, axloqiy va diniy qadriyatlar, madaniy meros, an'ana va rasm-rusumlar, milliy mafkura, vatanparvarlik va insonparvarlik, milliy o'zlikni anglash singari ko'p omillarni o'z ichiga oladi va pirovardida, inson shaxsini belgilashda asosiy mezon vazifasini bajaradi"

Biz yangi jamiyat qurar ekanmiz, Vatanimizning kelajagi bo'lmish barkamol avlodning tarbiyasi biz uchun juda muhimdir. Uning dunyoqarashini rivolantirish, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash bizning asosiy vazifalarimizdandir. Shuningdek XXI asrni "Intellektual yoshlar asri" deb nomlanishi ham bejiz emas. Ertangi kun egalari bo'lgan yoshlarni har tomonlama bilimli va salohiyatli, tanlagan kasbining ustasi bo'lishi uchun yurtimizda barcha sharoitlar yaratilgan. Shunday ekan, yoshlarning to'g'ri tarbiya topishida, millatimiz va Vatanimizga sadoqat ruhida ulg'ayishida musiqa va san'atning o'rni beqiyosdir.[1:168] Yuqorida aytganimizdek, bola tarbiyasida eng faol yo'l bu - musiqa. Ma'lumki, yaxshi oilaviy muhitda

tarbiyalangan bolaning hayot haqidagi turli voqea-hodisalar, urf-odat, madaniyat va san'atga oid taassurotlari ko'pincha ijobiy kechadi. Oiladagi birlikda televizor ko'rish, konsert tomosha qilish, teatr tomosha qilish va o'z taassurotlarini o'rtoqlashish kabi muloqotlar bolalar dunyoqarashini o'stirib, hayotiy voqealarni aks ettiruvchi adabiyot, san'at, musiqani mohiyatini tushunish va badiiy idrok etishga olib keladi. O'ylashimcha, musiqa tarbiyasini avvalo oiladan boshlash eng ma'qul yo'l sanaladi. Chunki, musiqaga qiziqish oiladagi muhitga bog'liq. Agar oilada o'zaro san'atga bo'lgan munosabat yuqori ruhda, baland ishtiyoq hamda hurmatda bo'lsa bolada o'z-o'zidan qiziqish, ijtimoiy-psixologik muhit paydo bo'ladi.

Xususan, eng avvalo musiqaga oilaviy muhiti yiroq bo'lgan bolalarni qiziqtirish uchun ham va qiziqqan bolalarni yanada dunyoqarashini oshirish uchun ham o'rta ta'lim maktablarida, maktabgacha ta'lim muassasalarida san'at ustalari bilan ijodiy uchrashuvlar, ko'ngilochar tadbirlarni tashkillashtirish, ularning musiqa haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, o'quvchi yoshlarning qiziqishini o'stirib, bo'sh vaqtlarini behuda sarflamasliklarini oldini olishimiz mumkin. Bejizga davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan "Besh muhim tashabbusni" joriy qilmadi. Aynan shu besh tashabbusning birinchi yo'nalishi musiqa va san'atga bag'ishlangan. Mana shundan ham ko'rinib turibdiki, musiqaning yosh avlod tarbiyasidagi o'rni kattaligi.

Biz insonning ruhiy komoloti haqida gapirar ekanmiz, albatta bu maqsadga musiqa san'atisiz erishib bo'lmaydi.

Musiqa - o'z tabiatiga ko'ra hissiy va ruhiy kechinmalar uyg'otuvchi.

Musiqa - kishilarda nozik didni tarbiyalovchi.

Musiqa - tinglovchini ham ijrochini ham nafosatga, ma'naviy barkamollikka undovchi kuchli vosita.

Shu o'rinda yana bir fikrni aytib o'tish joiz. Muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o'zining "Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch" asarida :"Eng muhimi bugungi kunda musiqa san'ati navqiron avlodlarimizning ma'naviyat ruhida kamol topishida boshqa san'at turlariga qaraganda ko'proq va kuchliroq ta'sir ko'rsatmoqda", - deb musiqa san'atining yosh avlodning ma'naviy barkamol bo'lib yetishishidagi muhim ahamiyatini ta'kidlab o'tganlar.

Mustaqillikning 31 yillik davri mobaynida mamlakatimizda ko'p sohalar qatori musiqa san'atida ham e'tiborga molik ishlar amalga oshirildi. Ushbu islohotlar so'nggi olti yillikda ham davom etib kelmoqda. Buning samarasi o'laroq, musiqa san'atini keng ko'lamda rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Yosh avlodga milliy va jahon musiqalari asosida ta'lim-tarbiya berish yo'lida muhim ishlar amalga oshirildi. Xususan, Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-taddbirlar to'g'risidagi" qarori imzolandi.[2:1] Mazkur qarorga ko'ra, umumiy o'rta

ta'lim muassasalarida o'quvchilarga milliy musiqa cholg'ularidan kamida bittasini chala olish mahorati o'rgatiladi hamda bu haqda ularning ta'lim to'g'risidagi hujjatlari (shahodatnoma)ga tegishli qayd kiritiladi. Musiqa fanining o'qituvchilari esa milliy cholg'ulardan kamida bittasini, 2023-2024-o'quv yilidan boshlab esa kamida uchtasini chala olish mahoratiga ega bo'lish majburiy hisoblanadi. Ularga asosiy ish joyida ish haqini saqlab qolgan holda, musiqa fanidan dars o'tish va to'garak mashg'ulotlarini olib borishga ruxsat beriladi. Musiqa darslarida "Hayotimga hamrohdir cholg'u" shiori ostida "cholg'u ijrochiligi" mashg'ulotlari yo'lga qo'yiladi. Maktablarni notalar to'plamlari va maxsus musiqiy adabiyotlar bilan ta'minlashga alohida e'tibor qaratiladi.

2022-2024-yillar davomida 10130 ta maktab, 323 ta bolalar musiqa maktabi, 826 ta madaniyat markazi 7 turdagi milliy cholg'ular bilan 3 to'plamda ta'minlanadi. Buning uchun respublika va mahalliy budjetlardan teng ulushlarda jami 205 mlrd so'm ajratiladi. Bundan tashqari, o'quvchilar uchun milliy musiqa cholg'ulari, tasviriy va amaliy san'at, hunarmandchilik yo'nalishlarida amaliy to'garaklar tashkil etish uchun 2022-yilning o'zida 92 mlrd so'm mablag' ajratiladi. O'zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan cholg'u asboblari, ovoz kuchaytirgich moslamalari, texnik jihozlar, chiroqlar, maxsus liboslar O'zbekistonga olib kiritilishiga 2025-yilning 25-yanvarigacha bojxona bojidan ozod etiladi. Bulardan ko'zlangan maqsad ta'lim muassasalarida o'quvchi va talabalarning musiqiy bilim va ko'nikmalarini oshirish, qalbida milliy madaniyatga bo'lgan muhabbatini kuchaytirish, yosh iste'dodlarni aniqlashdir.

Bundan tashqari, musiqa nafaqat insoning tarbiyasiga, balki, uning salomatligiga ham ulkan ta'sir qiladi. Hatto qadimgi odamlar ham san'atning shifobaxsh ta'siri borligini bilishgan! Masalan, Qadimgi Yunonistonda Pifagor o'zining Krotone universitetida kunni qo'shiq kuylash bilan boshlar ekan. Sababi, musiqa ertalab -ongni uyqudan tozalash va faollikka rag'batlantirishga, kechqurun - tinchlanish va dam olishishiga xizmat qilar ekan. Qadimgi zamonlarda musiqa va tibbiyot markazlari odamlarni melankolik, asab kasalliklari va yurak-qon tomir tizimi kasalliklaridan davolagan ekan. Musiqa aqliy rivojlanishga ta'sir ko'rsatadi, inson aql-zakovatini uchun ma'sul bo'lgan hujayralar o'sishini tezlashtiradi. Pifagor maktabida matematika darslari musiqa sadolari bilan birga olib borilishi bejiz emas, bu esa miyyaning samaradorligi va aqliy faoligini oshiradi. Nafaqat qadimda, biz yashab turgan jamiyat taraqqiyotida musiqa va san'atning o'rni beqiyosdir. Har bir millat va ellatlarni birlashtiradigan, an'analarimizni mustahkamlaydigan ham mana shu hisoblanadi. Har qanday ko'ngilni o'ziga rom eta oladigan, insonlarning qalbiga ezgulik urug'ini ekib, boshqa yomon illatlarga qarshi kurashadigan ham musiqa desak mubolag'a emas. "Komil musiqa qalbni shunday larzaga keltiradiki, bu hissiyotni sevimli mavjudotlardan bahra olayotgan kabi holatda bo'lgandek his etasiz,

ya'ni musiqa so'zsiz, dunyoda bor bo'lgan eng yorqin baxtni ato etadi", - degan edi Stendal.[3:7] Musiqa insonni yashashga va harakatlanishga undaydi va aniqki, so'zsiz uni bizga bo'lgan ta'siri beqiyosdir.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, musiqa tarbiyasi shaxs sifatida shakllanayotgan bolalarning qalbida milliy ruhni kamol toptirish, ma'naviy va axloqiy madaniyatni, musiqiy didni shakllantirish, musiqiy tasavvurlarini yanada boyitish hamda ularda vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg'ularini, tashabbuskorlik qobiliyatlarini kamol toptirishdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mas'ul maharirlar: A.Haydarov, I.Yuldashev. "Yangilanayotgan O'zbekiston taraqqiyotida madaniyat va san'atning o'rni" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy onlayn konferensiya maqolalar to'plami. "Oltin meros Press" nashriyoti. 2020.447 bet

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida gi PQ- 112-sonli qarori. www.lex.uz

3. "O'zbekistonda ilmiy-amaliy tadqiqotlar" mavzusidagi Respublika 18-KO'P tarmoqli ilmiy masofaviy onlayn konferensiya materiallari. 2020. Toshkent. Musiqa va Hayot. 15-qism.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.