Научная статья на тему 'MUSIQA MADANIYATI VA UNING HAYOTDAGI O`RNI'

MUSIQA MADANIYATI VA UNING HAYOTDAGI O`RNI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
5624
229
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
milliy musiqa san’ati / ashula / musiqa / raqs / folklor ijrochiligi / jahon klassik musiqiy sozlari / fortepiano sozi / opera va balet / simfonik ijro.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Sarvinoz Baratkulova

Ushbu maqolada milliy musiqa madaniyati, o`zbek musiqa san`atining tarixi, tadrijiy takomili, uning inson hayotida tutgan muhim orni singarilarga e`tibor qaratilgan. Shuningdek, fortepiano sozi, opera va balet, simfonik ijro, jahon klassik musiqiy sozlarining musiqiy madaniyatimizga ko`rsatgan ta`siri xususida so`z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSIQA MADANIYATI VA UNING HAYOTDAGI O`RNI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

MUSIQA MADANIYATI VA UNING HAYOTDAGI ORNI

Sarvinoz Baratkulova

NavDPI magistri

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada milliy musiqa madaniyati, o'zbek musiqa san'atining tarixi, tadrijiy takomili, uning inson hayotida tutgan muhim orni singarilarga e'tibor qaratilgan. Shuningdek, fortepiano sozi, opera va balet, simfonik ijro, jahon klassik musiqiy sozlarining musiqiy madaniyatimizga ko'rsatgan ta'siri xususida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: milliy musiqa san'ati, ashula, musiqa, raqs, folklor ijrochiligi, jahon klassik musiqiy sozlari, fortepiano sozi, opera va balet, simfonik ijro.

O'zbek xalqining musiqa madaniyati juda uzoq tarixga ega. Taraqqiyot davomida xalq bastakorlik yo'llari, an'anaviy kasbiy musiqa, xalq mumtoz musiqasi, shuningdek, folklor - havaskorlik musiqiy merosi kabi shakli va uslubi bilan bir-biriga chambarchas bog'liq bo'lgan ijrochilik ko'rinishlari bir-birini to ldirib keldi. Ana shu musiqiy merosimiz bugungi kunda ham ma'naviyatimiz ham madaniyatimizning bir jabhasi sifatida namoyon bo'lmoqda.

Keyingi to'rt-besh yil ichida bilan milliy-ma'naviy qadriyatlarimizga, urf-odatlarimizga, unutilayozgan qadrli an'analarimizga bo'lgan e'tibor va ularni yangidan isloh etish jarayoni ustivor yo'nalish kasb etdi. Davlat miqyosida urf-odatlarimiz, milliy qadriyatlarimiz, ma'naviy boyligimizga bo'lgan hurmat va e'tibor ko'tarildi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, ajdodlarimizdan qolgan ma'naviy boyliklarni, xususan, musiqiy madaniyatni asrab avaylash, tiklash borasida, qolaversa, zamon bilan hamohang qadam tashlash borasida ko'pgina ishlar qilindi. Bu borada o'tgan ajdodlarimiz bizlarga meros qilib qoldirib ketgan ulkan ma'naviy boyligimiz asosiy omil bo'lib xizmat qilib kelmoqda.

Azaldan ma'lumki, ma'naviyatimizning asosiy bo'g'ini hisoblanib kelingan an'anaviy qo'shiqlarimiz, ashulalarimiz, musiqiy madaniyatimiz, maqom ijrolari har doim xalqimizning kundalik hayotida ma'naviy ozuqa sifatida e'tirof qilib kelingan. Xalq og'ir kunlarida musiqadan najot izlagan, xursandchilik kunlarida ham, to'y va marosimlarda qo'shiq va musiqa ularga hamroh bo'lgan. Zero, bugungi kunimizda ham o'zligimizni anglab borayotgan bir davrda ulkan ma'naviyatimizning bir bo'lagi bo'lgan, ajdodlarlarimizdan meros bo'lib kelgan milliy musiqiy madaniyatimizga suyanish, an'anaviy qo'shiqlarimizga murojaat qilish tabiiy bir holdir. Bularning

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

hammasi barkamol avlod tarbiyasida, yoshlarning ma'naviy dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ashula, musiqa, raqs, folklor ijrochiligi san'ati milliy musiqa san'atining xalq hayoti va ijodi bilan chambarchas bog'liq holda paydo bolgan va rivojlanib kelgan qadimiy san'at turlaridan hisoblanadi. Ayniqsa, xalqimizning an'anaviy ruhdagi qo'shiqlari o'lmas meros bolib, barcha davrlardagidek bugun ham «labbay» deb javob bermoqda. Lekin shu bilan bir qatorda faqat tarixga qarab qolmasdan, bugungi kunning ruhiga mos tarzda qo'shiqlar yaratish esa milliy mafkuramizni rivojlantirishda bosh omillardan bolmish musiqiy san'at bilan shug'ullanayotgan barcha mutaxassis va san'atkorlarga muhim vazifa qilib qo'yilishi tabiiydir. Mamlakatimiz tamomila yangi jamiyat, yangi turmush va yangi hayotni boshlab yubordi. Insonlar qalbi, tafakkuri va tasavvurida o'zgarishlar paydo bo'ldi. Yangi O'zbekistonda yangicha qarashlar, yangicha islohotlar va yangicha musiqa madaniyati kirib keldi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Shundan kelib chiqqan holda, ma'naviy jabhalarning barcha yo'nalishlari o'zlarining maqsad va vazifalarini belgilab olishlari zarur bo'ladi. Qolaversa, bu jabhada musiqiy madaniyatning ma'naviy hayotdagi o'ziga xos o'rnini baholash, uning ta'sirchanlik kuchini Mustaqillik mafkurasi tomon yo'naltirish, uning bosh mezoni ekanligini anglash muhimdir. Madaniy hayotimizda bugungi kunda shu tamoyilga ko'ra siljishlar kuzatilmoqda. Ijodkorlarning fikri-zikri ana shu tamoyillar yo'liga yo'naltirilgan desak, xato qilmagan bolamiz.

Musiqiy madaniyat o'zining serqirraligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, o'zining chuqur ildizlari qadimgi davrlarga yetib boradigan o'zbek xalqining boy musiqa merosi hozirgi kundalik hayotimizdan ham ketgani yo'q. U xalq ijodining yuksak namunalari, kuy tuzilishi, folklor ijrochiligi, mazmunan rivojlangan cholg'u va ashula asarlari, murakkab ijrochilik turkum atalmish maqom musiqasi hamda dostonlar ijrochiligini oz ichiga oladi. Bundan tashqari, xalq musiqiy madaniyatida ozlarining barcha davrlarda sezilarli hissalarini qo'shib kelayotgan xalq bastakorlarining ijodi ham salmoqli o'ringa ega.

XIX asr oxirlariga kelib o'zbek musiqiy madaniyatida o'zgarishlar davri boshlandi. Bu albatta, Turkiston o'lkasini Rossiya tomonidan istilo qilinishi bilan bog'liqdir. Bu borada ikki tomonlama qarash bilan o'rganmoq shartdir. Chunki ba'zi bir hollarda milliy musiqa madaniyatimizga salbiy ta'sirini kuzatsak, ikkinchi tomondan, o'ziga xos rivojlanish davri bo'lganligini ham e'tirof etish kerak. Chunki olkamizda milliy musiqa san'atimizni ilmiy ravishda o'rganish, nota yozuvining kirib kelishi, folklor va etnografiya sohasidagi rivojlanishga sezilarli ta'sir etdi. Bu borada V. A. Uspenskiy, N. N. Mironov, Ye.Ye. Romanovskaya singari musiqashunos va etnograf olimlarning mehnatlarini aytib o'tish zarur bo'ladi. Ilyos Akbarov, Mutal Burxonov,

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

Yunus Rajabiy, Tolibjon Sodikov, Muxtor Ashrafiy singari musiqamiz darg'alari ulardan saboq oldilar. Bundan tashqari, jahon musiqiy madaniyatining durdonalari sanalmish fortepiano sozi, opera va balet, simfonik ijro, jahon klassik musiqiy sozlarining kirib kelishi musiqiy madaniyatimizning har tomonlama serqirra rivojiga salmoqli hissa qo'shdi. Natijada, o'zbek xalq musiqalari, qo'shiqlari, maqomlari joy olgan 20 jilddan ortiq kitoblar dunyo yuzini ko'rdi.

An'anaviy musiqa va qo'shiqlarimiz odamlarni hamisha iymonga, odamiylikka, mehr-oqibatga, chorlab kelgan. Bugungi kunda ham shu dolzarbligini yo'qotmagan holda Yangi Ozbekiston farzandlarining musiqiy ongini shakllantirish yo'lida, barkamol avlod tarbiyasida vosita sifatida asosiy omillardan bo'lib qolaveradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Umumta'lim maktablarining 1-7-sif o'quvchilari uchun darsliklar

2. Oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun darslik va o'quv qo'llanmalar

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.