Научная статья на тему 'O’QUVCHI YOSHLARNING MUSIQIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH – DAVR TALABI'

O’QUVCHI YOSHLARNING MUSIQIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH – DAVR TALABI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
147
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
musiqiy tafakkur / idrok / yuksalish / ma’naviyat / ijod / go’zallik / mantiq / did / ohang. / musical thinking / cognition / ascension / spirituality / creativity / beauty / logic / taste / melody.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Sharipova Odinaxon

Mazkur maqolada o’quvchi yoshlarda musiqiy tafakkur tushunchasi va ularning hayotidagi o’rni hamda yuksak ma’naviyatli jamiyat taraqqiyotidagi benihoya zarurati borasida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

O’QUVCHI YOSHLARNING MUSIQIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH – DAVR TALABI

This article discusses the concept of musical thinking among young people and their place in life, as well as the immense need for the development of a highly spiritual society.

Текст научной работы на тему «O’QUVCHI YOSHLARNING MUSIQIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH – DAVR TALABI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ISSN: 2181-3337

O'QUVCHI YOSHLARNING MUSIQIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH - DAVR TALABI Sharipova Odinaxon

Farg'ona davlat universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6527047 Annotatsiya. Mazkur maqolada o 'quvchi yoshlarda musiqiy tafakkur tushunchasi va ularning hayotidagi o 'rni hamda yuksak ma 'naviyatli jamiyat taraqqiyotidagi benihoya zarurati borasidafikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: musiqiy tafakkur, idrok, yuksalish, ma'naviyat, ijod, go'zallik, mantiq, did, ohang.

РАЗВИТИЕ МУЗЫКАЛЬНОГО МЫШЛЕНИЯ СТУДЕНТОВ -ТРЕБОВАНИЕ ВРЕМЕНИ Аннотация. В данной статье рассматривается понятие музыкального мышления у молодых людей и их место в жизни, а также безмерная потребность в развитии высокодуховного общества.

Ключевые слова: музыкальное мышление, познание, восхождение, духовность, творчество, красота, логика, вкус, мелодия.

DEVELOPMENT OF STUDENTS' MUSICAL THINKING - THE REQUIREMENT OF TIME Abstract. This article discusses the concept of musical thinking among young people and their place in life, as well as the immense need for the development of a highly spiritual society.

Keywords: musical thinking, cognition, ascension, spirituality, creativity, beauty, logic, taste, melody.

Kirish. Musiqiy tafakkur olamni bilish, his qilish, idrok etish va uning go'zalHklaridan lazzatlanishning alohida bir shaklidir. U ham go'zallik va mukammallik qonunlari asosida yashydi va rivojlanadi. U shu ma'noda din, fan va

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ISSN: 2181-3337

falsafa bilan bir qatorda turadi, insondagi insoniylikni kamol toptiradi, olam sirlarini kashf etadi.

Tafakkur insonning voqelikni bilishining eng yuqori darajasidir. Sezgi organlari orqali - tana va tashqi dunyo o'rtasidagi aloqaning yagona kanallari bo'lmish - miyaga ma'lumot yetkazib beriladi. Axborotning mazmuni miya tomonidan qayta ishlanadi. Axborotni qayta ishlashning eng murakkab (mantiqiy) shakli fikrlash faoliyatidir. Insonning fikrlash faoliyati hayotning inson oldiga qo'ygan aqliy vazifalarini hal qilib, aks ettiradi, xulosalar chiqaradi va shu orqali narsa va hodisalarning mohiyatini anglaydi, ularning boglanish qonuniyatlarini ochadi, so'ngra shu asosda dunyoni o'zgartiradi.

Tafakkur nafaqat hislar bilan chambarchas bog'liq, balki ular asosida shakllanadi. Xis qilishdan fikrga o'tish jarayonida miyada fikrlash operatsiyalari xilma-xil bo'lib, bular tahlil va sintez, taqqoslash, abstraksiya, konkretlashtirish, umumlashtirish, tasniflashdir. Inson qaysi mantiqiy operatsiyalardan foydalanishi vazifaga sifatida miyaga qayta ishlash uchun uzatilayotgan ma'lumotlarning xususiyatiga bog'liq bo'ladi. Fikrlash faoliyati har doim qandaydir natijaga erishishga qaratilgan bo'ladi. Ushbu sohada ilk izlanishlar musiqiy tafakkur bilan bog'liq tushunchalarni asoslanishiga tegishli. Ushbu ta'limotining mohiyati quyidagicha: musiqiy fikr intonatsiya orqali namoyon bo'ladi va o'zini namoyon qiladi. Intonatsiya musiqiy nutqning asosiy elementi sifatida fikrni bir joyga jamlash, musiqaning semantik asosiy printsipidir. Intonatsiyaga hissiy munosabat, uning ekspressiv mohiyatiga kirib borish musiqiy fikrlash jarayonlarining boshlang'ich nuqtasidir.

Musiqiy tafakkur musiqa tili asosida amalga oshiriladi. U musiqiy tilning elementlarini tuza oladi, tuzilmani shakllantiradi: intonatsiya, ritm, tembr, tematik va boshqalar. Musiqiy tafakkurning xususiyatlaridan biri musiqiy mantiqdir. Musiqiy tafakkur musiqiy faoliyat jarayonida rivojlanadi. Musiqiy axborot musiqiy til orqali qabul qilinadi va uzatiladi, uni bevosita musiqiy faoliyat bilan shug'ullanish orqali o'zlashtirish mumkin. Musiqiy til ulardan foydalanish

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ISSN: 2181-3337

qoidalariga (me'yorlariga) bo'ysunadigan barqaror turdagi tovush birikmalarining (intonatsiyalarining) ma'lum bir "to'plami" bilan tavsiflanadi. Shuningdek, u musiqiy xabarlarning matnlarini yaratadi[1].

Milliy musiqiy tafakkur muayyan bir millatning his-tuyg'u va kechinmalarini ifoda etadi, shuning uchun ham unga milliylik xosdir. Unda millatning butun kechmishi, tarixi, fantaziyasi, milliy ruhi, estetik didi, orzu va armonlari, quvonch va tashvishlari, dard va alamlari mujassamlashgan bo'ladi. SHuning uchun ham milliy musiqa san'atisiz Vatan mustaqilligi uchun fidoiy insonlarning voyaga yetishini xatto tasavvuf ham qilib bo'lmaydi. Milliy musiqani tushunmaydigan va qadrlamaydigan kishilarning milliy qiyofa, milliy ruh va milliy madaniyatdan begonalashishi bejiz emasdir.

Milliy musiqa boshqa xalqlar san'ati bilan uzviy bog'liqlikda rivojlanadi, biroq hech qachon u milliy zamindan ajrab, uzilib qolmaydi. O'zbek milliy musiqa san'ati mahalliy xalqlarning milliy ohanglari zaminida shakllanib kelgan. Har bir milliy madaniyat uchun ayni vaqtda umuminsoniylikka xosdir, umuminsoniylik milliylik orqali namoyon bo'ladi. Musiqaning milliyligi mazkur xalqning uzoq tarixiy kechmishi, turmush va hayot tarzi, mehnat madaniyati va milliy an'analar bilan uzviy bog'langandir. O'zbek milliy musiqa san'ati xalqimiz hayotining badiiy aks-sadosi sifatida vujudga kelar ekan, unda kishilarning kayfiyati va mehnat faoliyatiga, shuningdek, ularning milliy tafakkuriga juda kuchli ta'sir ko'rsatadi[2].

O'zbek milliy musiqa san'atida kishilarning tabiat bilan muloqoti, ularning ijtimoiy bilim va tajribalari o'z aksini topgan. Xalqlarining milliy musiqa san'atidagi yaqinlik va mushtaraklik ham mazkur xalqlarning turmush tarzi, hayot falsafasi va hissiy kechinmalaridagi yaqinlik bilan shartlangandir. Lekin shunga qaramay, mamlakatimiz xalqlarining har biri, jumladan, o'zbek xalqi ko'p asrlik tarixi mobaynida o'ziga xos takrorlanmas badiiy madaniyat yaratdilar.

Xalqimizning milliy musiqa san'ati inson madaniyati va jamoaviy hayotda o'ziga xos o'ringa egadir. U dam olish va ko'ngil ochish paytlari, turli marosim,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ISSN: 2181-3337

bayram, bazm va sayillar, diniy va rasmiy tadbirlar, ommaviy va harbiy yurishlar, sport mashqlari va mehnat jarayonlarida muayyan vazifani bajardi. SHuning uchun musiqa o'z mazmuniga muvofiq holda bir necha uslub, tur va janr guruhlariga bo'linadi. Alla, zikr, marsiya, sarbazcha, valts, marsh, messa kabi janrlar hayotdagi maishiy va boshqa sharoitlar bilan bog'liq bo'ladi. Ashula, cholg'u, kuy, maqom yo'llari, kontsert, miniatyura, ramans va boshqalarda estetik ta'sir o'tkazish vazifalari asosiy o'rin tutadi. Janrlar o'z navbatida, diniy qo'shiq, yoshlar qo'shig'i, maishiy, ommaviy, harbiy qo'shiq kabi turlariga bo'linadi.

Ulug' san'atkorlar tomonidan yaratilgan mumtoz musiqa madaniyatimizning boy tarixi, ijrochilik uslubi va ularning mahorat sirlarini har tomonlama ilmiy tadqiq etmay turib, musiqa madaniyatimizning bundan keyingi rivojlanish istiqbollarini belgilab bo'lmaydi.

Abadiylikka dahldor bo'lgan buyuk san'at asarlari butun bir tarixiy davrning ma'naviy-estetik saviyasini o'zida yaqqol aks ettiradi. SHu ma'noda o'lmas musiqa asarlarining dunyoga kelishi tasodif emas, balki badiiy-estetik taraqqiyotning qonuniyatli mahsulidir. Ulug' ajdodlarimizning ana shunday an'analarini davom ettirgan holda, mamlakatimizda milliy musiqa san'atining keng rivojlantirish bizning burchimizdir. Uni ijtimoiy buyurtma bilan yaratish ham, xalqqa majburan targ'ib etish ham mumkin emas. U ijodkordan ham, tinglovchidan ham yuksak darajadagi samimiyat, ezgulik va nozik didni talab etadi.

Milliy musiqa san'atida ruhning o'lmasligi, uzoq ajdodlar bilan bugungi avlodlar ma'naviyatidagi vorislik, ruhiy yaqinlik ko'zga yaqqol tashlanadi. Bugungi yosh avlodga ajdodlorimiz ruhi va kechmishini singdirmoq, ularning qonida ajdodlarimix shijoati va jasoratini jo'sh urdirmoq uchun, shoira Saida Zunnunova ta'biri bilan aytganda, tarixdan so'zlash emas, balki bitta "CHo'li Iroq"ni chalib berish kifoyadir[3;48].

Tadqiqot usullari. O'zbek milliy musiqa san'atida ajdodlarimizning ming yillar osha ohanglariga tizilgan mangu barhayot ruhi naqshlangan bo'lib, qaratilgan dastur va rejalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O'rta asr mumtoz musiqiy

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ISSN: 2181-3337

merosini asrb-avaylab va o'rganib, uni yosh avlodlarga bezavol yetkazish, ularning musiqiy tafakkurini shakllantirish maqsadida ko'plab ko'rik-tanlovlar, nufuzli xalqaro musiqa anjumanlari muntazam ravishda o'tkazilib kelinmoqda.

Milliy qo'shiq barcha san'atlar ichida o'zining mutloq erkinligi, nihoyatda nafis bo'lib, ularni o'rganmay va ularga tayanmay turib, milliy istiqlolimizning ma'naviy-ruhiy poydevorini yaratish ham, shuningdek, o'quvchi yoshlarning musiqiy tafakkurini shakllantirish, ajdodlarimizning an'analariga sodiq vatanparvar avlodning voyaga yetkazish ham mumkin emasdir.

O'tgan davrlar mobaynida mamlakatimizda an'anaviy ijrochilikda musiqiy folklor yangi bosqichga ko'tarildi. Musiqiy folbklorni xalqimizning etnik joylanishi sharoitidan, barcha vohalarning urf-odatlari nuqtai nazardan kelib chiqqan holda tabiiy ijroviy ko'rinishi, kiyimlari va o'ziga xos musiqa sozlaridagi musiqiy ko'rinishi saqlanib qolgan. Yangilik sifatida xalq foltklar ijrochiligining milliy estrada yo'nalishiga uyg'unlashgan holda yangi ijroviy namunalari ham namoyon bo'lmoqda. Bu ko'rinishlar xalq musiqiy fol'klar ijodiyotini yangilanish bosqichiga ko'tarilganidan dalolatdir.

Respublikamizda ushbu janrda ijod qilayotgan "Besh qarsak", "Boysun", "Gulyor", "Omonyor", "Gulchehralar", "Doston", "Besperde", "Orzu", "Yor-yor!", "CHavgi", "Mohi Sitora" singari ko'plab ansambllar o'zlarining yorqin ijodlari bilan namuna bo'lmoqdalar.

Yana bir xalqona musiqiy yo'nalish mumtoz an'anaviy musiqiy ijrochiligi sohasida ham e'tiborli ishlar amalga oshirildi. Asrlar qa'ridan ajdodlarimizdan bizga meros bo'lib kelgan xalq an'anaviy musiqamiz o'ziga xos tarzda davom etmoqda. Ayniqsa, keyingi yillarida xalq mumtoz qo'shiqchiligi, xalq baxshichilik san'atini rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Bu borada o'z davrida Prezident farmoni bilan "O'zbekiston Respublikasi xalq xofizi", O'zbekiston Respublikasi xalq baxshisi"[4] faxriy unvonlarining ta'sis etilishi ushbu sohaga bo'lgan e'tibordan dalolatdir.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ISSN: 2181-3337

Natijalar. Xalq musiqa ijodiyotini ilmiy tahlil qilish, musiqa ilmini amaliyot bilan bog'lash borasida o'zbek musiqashunos olimlarining xizmatlari ham beqiyos bo'lmoqda. Natijada qator o'quv-uslubiy qo'llanmalar, monografiyalar, ilmiy maqolalar chop etilomoqda. Ilmiy izlanish natijasida yangi-yangi ilmiy-tadqiqot ishlari yuzaga kelmoqda.

Bugungi kunda turk, eron, arab estrada musiqasidan foydalanib, o'zbekcha so'z qo'yib aytilayotgan qo'shiqlar ko'payib borayotganligi achinarli holdir. Yana bir tomoni, yengil-yelpi musiqadagi ohanglar usuliga o'lchab, sayoz so'zlardan tashkil topgan, muallifi noma'lum shoirlarning she'rlardan foydalanilayotganligini ham ta'kidlab o'tishimiz kerak. Bu esa o'quvchi yoshlarning musiqiy tafakkurning shakllanishida salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Natijada yuzlab esda qolmaydigan bir martalik yoki mavsumiy qo'shiqlar ko'payib bormoqda. Yana shuni aytib o'tish kerakki, miliy estrada ruhidagi qo'shiqlar ijrosiga qo'l urishda an'anaviy qo'shiqlarni va xalqimizning sevimli qo'shiqlarini, xalq bastakorligining, mashhur qo'shiqlarni estrada yo'liga solib, buzilgan holda ijro etishlari ham uchramoqda.

Ulug' ajdodlarimiz o'z milliy musiqa san'atining inson shaxsini kamol toptirish, olijanob insoniy fazilatlarni tarbiyalashdagi ahamiyatiga yuksak baho berganlar. Jumladan, musiqa san'atining barcha turlari kishilarga badiiy-estetik zavq beribgina qolmay, ilmiy tushunchalar bilan ifodalash g'oyat mushkul bo'lgan olam sirlari haqida bilimlar berilishi, hayot haqiqatini badiiy-estetik vositalari orqali idrok etishga yaqindan yordam ko'rsatishini o'zlarining asarlarida bayon etganlar.

O'zbek miliy musiqa san'atida xalqimizning uzoq tarixi, orzu-armonlari, hayot haqidagi bilim va tasavvurlari mujassamlashgandir. Har bir halqning ma'naviy salohiyati, jahon madaniyati rivojiga qo'shgan hissasi uning musiqiy madaniyati bilan belgilanadi.

Mustaqillik yillarida ma'naviy qadriyatlarimizning tiklanishi, o'zbek milliy musiqa san'atini yangi bosqichga olib chiqishda, o'tgan ulug' ustozlarimizning ijodi va faoliyatini, ularning o'ziga xos va betakror ijrochilik mahoratini har

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ISSN: 2181-3337

tomonlama chuqur o'rganish va targ'ib etish uchun katta imkoniyatlar yaratdi. Xalqimizning badiiy-estetik madaniyati, jumladan, milliy musiqa san'ati tarixida o'chmas iz qoldirgan har bir san'atkor hech shubhasiz, o'zi yashagan davr ruhini, muxlislarning estetik didi, ma'naviy ehtiyojlari va salohiyatini o'zida to'la mujassamlashtirgan, o'z asarlari bilan zamondoshlarining ma'naviy ehtiyojlarini qondirishga harakat qilgan. SHuningdek, yoshlar o'rtasida targ'ib etishda milliy musiqa san'ati durdonalarini va uning rivojiga salmoqli hissa qo'shgan buyuk san'atkorlar hayoti va ijodini chuqur o'rganish katta tarbiyaviy va ma'rifiy ahamiyatga egadir.

Eng muhimi, bugungi kunda o'zbek milliy musiqa san'ati navqiron avlodimizning yuksak ma'naviyat ruhida kamol topishida, shuningdek, musiqiy tafakkurini shakllantirishda, dunyoqarashini kengayib borishida boshqa san'at turlariga qaraganda ko'proq va kuchliroq ta'sir ko'rsatadi.

Vatan tarixi voqea va hodisalar tarixidan iborat emas, balki ma'naviy yuksalish tarixidir. Hozirgi xalqimiz tamonidan asrab avaylab kelinayotgan va abadiylikka daxldor maqom musiqalari, xalq an'anaviy qo'shiqlari donishmand va ijodkor ajdodlarimizning buyuk kashfiyoti, ma'naviy kamoloti sari tashlangan salmoqli qadamidir.

Xulosa. Shu o'rinda mamnuniyat bilan ta'kidlash o'rinliki, o'zbek xalqining necha asrlardan buyon bizgacha yetib kelgan o'zbek milliy musiqa san'ati durdonalari bugunga kelib to'liq tiklangan va notalashtirilgan. Bunda marhum ulug' ustozlarimizning xizmatlari beqiyosdir. Yuz yillar o'tgandan so'ng ham bu meros yangi-yangi to'ldirilgan ijrolar bilan sayqallanib boraveradi. Insoniyat ma'naviy taraqqiyotining muhim qonuniyatlaridan yaratuvchan qudratini tobora chuqurroq his eta boshlaydi. San'atkorning jamiyatda tutgan o'rni, ahvoli va san'atga bo'lgan munosabati jamiyat ma'naviy salohiyatining o'ziga xos mezoni sifatida baholanishi bejiz emasdir.

Mustaqillik yillarida ma'naviy qadriyatlarimizning tiklanishi, o'zbek milliy musiqa san'atini yangi bosqichga olib chiqishda, o'tgan ulug' ustozlarimizning

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ISSN: 2181-3337

ijodi va faoliyatini, ularning o'ziga xos va betakror ijrochilik mahoratini har tomonlama chuqur o'rganish va targ'ib etish uchun katta imkoniyatlar yaratdi. Xalqimizning badiiy-estetik madaniyati, jumladan, milliy musiqa san'ati tarixida o'chmas iz qoldirgan har bir san'atkor hech shubhasiz, o'zi yashagan davr ruhini, muxlislarning estetik didi, ma'naviy ehtiyojlari va salohiyatini o'zida to'la mujassamlashtirgan, o'z asarlari bilan zamondoshlarining ma'naviy ehtiyojlarini qondirishga harakat qilgan. SHuningdek, yoshlar o'rtasida targ'ib etishda milliy musiqa san'ati durdonalarini va uning rivojiga salmoqli hissa qo'shgan buyuk san'atkorlar hayoti va ijodini chuqur o'rganish katta tarbiyaviy va ma'rifiy ahamiyatga egadir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. «Музыкальное мышление» преподаватель отделения фортепиано МБОУДОД «ДШИ» 2012 г. https://pandia.ru/text/78/093/7728.php

2. Murodova, D. (2021). Scientific And Theoretical Aspects of Musical Thinking. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 1(1), 196-199.

3. Муродова Дурдона Раимжон кизи Мусика таълимида талабаларнинг анъанавий ижрочилик махрратини юксалтириш оркали мусикий тафаккурини ривожлантириш технологияси (услубий кулланма) Фаргона 2022 й., 48 б.

4. Узбекистон Республикаси Халк таълими тизимини 2030 йилгача ривожлантириш контсепциясини тасдиклаш тугрисида Президент Фармониhttps: //lex.uz/docs/4312785

5. Durdona, M. (2021, May). ABOUT DUTOR AND HIS PERFORMANCE. In Archive of Conferences (Vol. 25, No. 1, pp. 29-31).

6. Mannopov, S. (2004). Uzbek folk music culture.(Study guide) Tashkent. New Age Generation.

7. Nurmuhammadovich, R. O., & Nurullaevna, N. M. (2021). Social And Spiritual Importance of Lessons of Musical Culture. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 2(2), 50-52.

ISSN: 2181-3337

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 № 1

8. Nurullayevna, N. M., & Muhlisa, T. (2021, December). SOME PROBLEMS AND SHORTCOMINGS IN THE HIGHER EDUCATION SYSTEM. In Archive of Conferences (pp. 61-62).

9. Tokhtasinovich, I. U., & Abdumutalibovich, O. R. (2022). The Influence of Music Culture on The Peoples of Central Asia in The Development of Uzbek Music Culture. Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences, 5, 70-73.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.