Научная статья на тему 'MUSIQА SАNЪАTINING YOSH АVLOD KАMOLOTIDАGI OʼRNI'

MUSIQА SАNЪАTINING YOSH АVLOD KАMOLOTIDАGI OʼRNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

159
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
musiqa / san‟at / yosh avlod / kamolot

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ilyos Kuvаtov

Mazkur maqolada musiqa sanʼatining jamiyat va yoshlar kamolotidagi oʼrni oʼziga xos qirralari bilan bogʼlik masalalar koʼrib chiqilgan va ularning tasnifi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSIQА SАNЪАTINING YOSH АVLOD KАMOLOTIDАGI OʼRNI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-790-794

MUSIQA SANtATINING YOSH AVLOD KAMOLOTIDAGI O'RNI

Ilyos Kuvatov

O'zbekiston davlat konservatoriyasi "Orkestr dirijyorligi" kafedrasi dotsent v.b.

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada musiqa san'atining jamiyat va yoshlar kamolotidagi o'rni o'ziga xos qirralari bilan bog'lik masalalar ko'rib chiqilgan va ularning tasnifi yoritilgan.

Kalit so'zlar: musiqa, san'at, yosh avlod, kamolot.

Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og'ishmasdan, qatiyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko'taramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va manaviy salohiyatga ega bo'lib, dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz.

Shavkat Mirziyoyev

KIRISH

Musiqa san'atining jamiyat va yoshlar kamolotidagi o'rni beqiyos bo'lib, barcha jabhalardagi rivojlanishlarning bosqichma-bosqich o'sishida muhim ahamiyat kasb etadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev bugungi musiqiy madaniyatimiz rivoji va uning jamiyat hayotidagi o'rni masalasini ko'p bor tahlil qilib, bundan keyingi vazifalarni belgilab olish haqida o'z nutqlarida bir necha bor ta'kidlab o'tganlar. "Insonning ruhiy kamoloti haqida gapirar ekanmiz, albatta bu maqsadga musiqa san'atisiz erishib bo'lmaydi. Xalqimiz hayotida musiqa azaldan beqiyos o'rin tutib keladi. Samarqand yaqinidagi Mo'minobod qishlog'idan 3 ming 300 yil muqaddam suyakdan yasalgan nay cholg'usi topilgani ham shundan dalolat beradi." Bu haqiqatni haqiqatni inkor etib albatta bo'lmaydi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-790-794

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Musiqa insonning ongi, tuyg'ulari va e'tiqodini shakllantirishda muhim va ta'sirli kuchga ega. Zamonaviy insonning yakuniy maksadi - ong va qalb uyg'unligidir. Bu maqsadga erishishda musiqiy yo'nalishdagi o'quvchilarning musiqiy tarbiyasini to'g'ri yo'lga qo'yish asosiy vazifa deb qaralishi kerak. Zamonaviy pedagogika bolalarni estetik tarbiyalash va nafosat olamiga olib kirishga xizmat qiladi. Bu borada o'quvchi-yoshlarni va qiziqishi bo'lmaganlarni ham qiziqtirish uchun o'quv jarayoniga ijodiy yondoshish talab etiladi. Bu maqsadga erishmoq uchun musiqa maktablarida o'quvchilar bilan yakka va jamoaviy mashg'ulot shakli mavjud. Yakka darslarda o'qituvchi bitta o'quvchiga e'tiborni berib, uning shaxsiy hislatlarini chuqurrok o'rganish, qobiliyati va professional ko'nikmalarini rivojlantirish uchun ish olib borish imkoniyatga ega. Jamoaviy darslarda o'quvchilarni hamkorlikda ishlash, o'z shaxsiy faoliyatini umumiy maqsad yo'liga qaratish, do'stlik, hamkorlik, ijodiy muxit yaratish kabilar shakllantiriladi.

Mustaqilligimiz tufayli ko'p asrlik milliy qadriyatlarimizni o'rganish va ulardagi sara fikrlarni yoshlarning ma'naviy-ma'rifiy tarbiyasi yo'nalishiga singdirish imkoniyati tug'ildi.

Jamiyatimizda madaniyat va san'at rivoji o'ziga xos yo'nalishlarga asosan kechmoqda. Bu borada ayniqsa musiqiy madaniyat muhim bir rivojlanish bosqichiga kirib, u odamlarning ma'naviy va madaniy ongi o'sishiga xizmat qilmoqda. 2017 yil 8 avgustdagi "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev O'zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlapntirish va takomillashtirish chora-tadbirlari"to'g'risida hamda 2017 yil 17 noyabrdagi "O'zbek milliy Maqom san'atini yanada rivojlantirish chora tadbirlari" to'g'risida"gi bag'ishlangan qarorlarida Yurt boshimiz O'zbek me'rosi saqlanishi haqida va yoshlarga targ'ibot qilish va musiqaviy tarbiya berish uchun qanday ustuvor vazifalar bajarilishi mavjud. Shunidek, 2018 yil O'zbekistonning eng qadimgi shaharlaridan Shahrisabzda Birinchi Xalqaro Maqom festivali muvaffaqiyatli o'tkazildi. Uning doirasida ilmiy konferentsiya bo'lib o'tdi va 40 dan ortiq nufuzli olimlar ishtirok etdilar. Ular o'z ma'ruzalarida Maqom san'atini nafaqat nazariy va amaliy masalalarini ko'rib chiqishdi. Eng dolzarb masalalaridan biri bolalarni va yoshlarni ilk davrdaridan Maqom san'atiga qiziqtirish va Maqom san'ati bilan hayotini chambarchas bog'lash. Afsuski, hozirgi vaqtda farzandlarimiz zamonaviy yengil yelpi (popsa, yengil estrada musiqalarini) tinglab o'z dunyo qarashlariga zarar yetkazmoqdalar. O'zbek olimlari yaqinda tashkil etilgan "O'zbek Maqom markazi"da Maqom san'atini o'rgatish

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-790-794

maqsadida bir qator maktabgacha ta'lim muassasalari, boshlang'ich O'rta maktab va maxsus musiqa maktablari uchun yaratilgan o'quv qo'llanmalar, video va audio disklar yaratildi. Shu bilan hozirgi yoshlarimizga Maqom san'atini o'rganish va uni rivojlantirish hamda musiqa tarbiyasi bilan alohida

Mustaqillik yillari milliy musiqa san'atimiz o'zining azaliy manbalaridan kuch olib, milliy ruhiyatni, ma'naviy kamolotni shakllantirishga xizmat qila boshladi, zamonaviy janrlar bilan boyigan holda xalqimizni yangi jamiyat qurishga ruhlantirmoqda.

Farzandalarimizga to'g'ri musiqaviy tarbiya beradigan bo'lsak, bu borada klassik musiqa haqida ham chuqurroq ma'lumot berishimiz lozim. O'zbekiston davlat konservatoriyasida yosh avlodlarga musiqiy tarbiya Yevropa klassik namoyondalarini tanishtirish maqsadida abonement tizimida "Musiqali lektoriyalar", har xil kontsert dasturlari olib borish kerak va zarur. Bu ham bolalarni musiqa ga bo'lgan muhabbatini uyg'otadi. Oxirgi besh yil mobaynida xususiy maktabgacha ta'lim muassasalari tashkil etilayapti. Shu maskanlarda musiqa mashg'ulotlariga ko'rgazmali cholg'u asboblari va o'quv qo'llanmalarni AKTlardan foydalanilsa samarali bo'lar edi. Bu borada A.Leviev boshchiligida Milliy-cholg'u" eksperimental laboratoriya bolalar musiqa asboblari tashkil qilgan. Bu musiqa asboblari bolalalarni yoshlari to'g'ri keladigan razmerda va shaklda ishlab chiqarilgan.

Musiqa asrlar davomida insonlarning yaxshi-yomon kunlarida hamrox bo'lib kelgan. Har bir xalqning o'ziga xos musiqa cholg'ulari va ohanglari bo'lgani singari, o'zbek millati ham o'ziga xos musiqa cholg'ulariga ega.

"Yosh avlodni ma'naviy tarbiyalashda milliy madaniy-tarixiy an'analar, urf-odatlar hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali pedagogik shakl va vositalar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi, - deyiladi "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da, - "Umumiy hamda pedagogik madaniyatni oshirish maqsadida mamlakat aholisi orasidagi ma'rifiy ishlar takomillashtirilib boriladi"

O'zbek milliy musiqasi xalqimizning ma'naviy madaniy an'analaridan bo'lib, u el-yurt orasidagi urf-odatlar va boshqa qadriyatlarimiz bilan chambarchas, hamjihat holda rivoj topib kelmoqda. Istiqlol munosabati bilan milliy musiqiy san'atimizda katta o'zgarishlar yuz berdi. Xususan, xalqimizning barcha bayramlari uning asrlar osha qon-qoniga singib ketgan an'analarini targ'ib qiluvchi asarlarni joriy qilishga keng yo'l ochib berildi, har bir hudud va har bir millat o'z urf-odatlariga mos va shu hududgagina mansub bo'lgan musiqa asarlarini ijro etishlariga e'tibor qaratildi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-790-794

Musiqa shunday vositaki, u yangi avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi, inson ruhiy olamiga bevosita ta'sir ko'rsatadi, tinglovchi dunyoqarashini shakllantiradi. Ayni chog'da u insonning ma'naviy ehtiyojlarini qondiradi, his -tuyg'ularini boyitadi.

Inson hayotida qo'shiq-kuyning hamisha o'z o'rni, o'z vazifasi mavjud - u ermak uchun to'qilmagan, havasga aytilmagan, bekorchilikdan eshitilmagan: qo'shiq kishilarni yashashga, kurashga chorlagan, mehnatga, muhabbatga ruhlantirgan, dardu qayg'usiga malham, baxtu quvonchiga sherik bo'lgan. Qo'shiq xalq orzu-armonlarining ifodasi, xalq ruhiyatining ko'zgusi hisoblanishi shundan. Insonning go'zallik tuyg'usini taraqqiy ettirmay turib, ma'naviy barkamol inson haqida gapirib bo'lmaydi. Odamzod o'zini qurshab turgan tashqi olamda, o'zi yashayotgan jamiyatda, o'zi bilan muloqotda bo'layotgan kishilarda tarixan shakllangan va muayyan davrda amal qilinayotgan badiiy ijod namunalarida mujassamlashgan go'zallikni his qila olmas ekan, hech qachon ma'naviy barkamol inson darajasiga ko'tarila olmaydi.

Musiqa ana shu nozik tuyg'ularni shakllantirish, tarbiyalashning qudratli vositalaridan biridir. Shaxsni kamol toptirishda musiqa madaniyatining o'rni va ahamiyatini ochib berish: birinchidan, inson va uning mohiyati masalasini, ikkinchidan, ma'rifatlilik ko'lamini, uchinchidan, ma'naviy kamolotda musiqa san'atining imkoniyatlarini aniqlash demakdir.

Ma'naviy barkamol insonni shakllantirishda musiqaning ahamiyati haqida shuni ta'kidlash joizki, musiqa asarlarining insonda go'zallik, ulug'vorlik, ko'tarinkilik, tushkunlik, g'amginlik, hazinlik, ma'yuslik singari tuyg'ularni uyg'otuvchi xususiyatlari mavjud va xuddi mana shu jihatlari orqali inson ma'naviyatga ta'sir ko'rsatadi. Bundan tashqari, musiqa insonning umuman hayotga bo'lgan estetik munosabatlarini kuchaytiradi va noziklashtiradi, ayniqsa, yoshlarning iste'dodini ro'yobga chiqarish, axloqan poklanish, hayotga moslashish, biror kasb-hunar egasi sifatida ijtimoiy faollashishiga yordam beradi. Musiqa bilan chinakam oshno bo'lgan shaxsning hatto tashqi qiyofasi, hatti-harakati va muomala madaniyatida ham o'zgarish ro'y beradi.

XULOSA

Hozirgi madaniyatimizning muhim omillaridan biri musiqa merosini o'zlashtirish, bastakorlarning xalq cholg'ulari uchun yaratgan zamonaviy asarlarini va ularning rivojlanish istiqbolini chuqur tushunishdan iboratdir. Bugungi zamonaviy

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-790-794

ijrochidan musiqani nozik tushunish, ijro etilayotgan asarning mazmuni, shakli, harakterini bilish hamda ijroda yuqori badiiy saviyaga yetkazish, bastakor niyatiga chuqur kirib borish singarilar talab etiladi. Bularning barchasi muayyan darajada ijrochilik uslublarining o'ziga xosligini o'zlashtirish va ijrochilik mahorati, ko'nikmalarini texnik jihatdan doimo takomillashtirib borish bilan bog'liqdir. Har bir sozanda zamonaviy ijrochilik madaniyatini egallash, uni yangi darajaga ko'tarish uchun xalq musiqasi, mustaqil hamdo'stlik davlatlar va jahon kompozitorlarining ijodidagi nodir asarlar namunalarini o'zlashtirish hisobiga o'z ijrochilik dasturlarini doimo kengaytirib borishlari lozim.

Musiqa har davrning ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy-mafkuraviy hayotining muhim va ta'sirchan vositasi bo'lib kelgan. Musiqa asarlari xalqning ma'naviy ehtiyojlarinigina qondirib qolmay, balki kishilarning mavjud ijtimoiy tuzumga, jamiyatga, hayotning salbiy hodisalariga nisbatan bo'lgan qarashlarini ham aks ettirgan.

Shuni ta'kidlab o'tish joizki hozirgi davrda jamiyat taraqqiyoti va yoshlar tarbiyasida musiqa san'ati juda katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham uning psixologik xususiyatlarini ham hisobga olish ayni muddaodir.

REFERENCES

1. Qodirov R.G., Musiqa psixologiyasi: O'quv qo'llanma. M., 2014.

2. Ilin Ye. N., Masterstvo uchitelya: idei, soveti, predlojeniya. P., 1988.

3. Sodiqova T. "Ma'naviyat - millat beshigi" T., "O'qituvchi" nashriyoti,2007 yil.

4. Ortiqov. T. "Musiqa o'qitish metodikasi" T., "Muharrir" nashriyoti, 2010 yil.

5. Dmitreva L. Metodika muzqkalbnogo vospitaniya v shkole

6. Gudkova Ye, N.V.Vasilyeva.Musiqa o'qitish metodikasi.

7. Sh. Abdullaeva, Q. Ibragimova "Pedagogika nazariyasi" T.," Talqin" 2008.

8. D. Karimova "Musiqiy pedagogik mahorat asoslari" T.," Iqtisod-moliya" 2008.

9. M. Jumaniyozova. "Ilg'or pedagogik texnologiyalar va ularni amalda qo'llash" ma'ruza matnlari. T., 2010.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.