Научная статья на тему 'MAQOM SAN’ATI. MAQOM SAN’ATINI O’RGANISHDA VA UNI YOSH IJROCHILARGA O’RGATISHDA ETIBOR QARATILISHI LOZIM BO’LGAN JIHATLAR'

MAQOM SAN’ATI. MAQOM SAN’ATINI O’RGANISHDA VA UNI YOSH IJROCHILARGA O’RGATISHDA ETIBOR QARATILISHI LOZIM BO’LGAN JIHATLAR Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
3368
279
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Maqom / milliy san’at / musiqa / Shashmaqom / usullar / nasr / vazn / ohang

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Azizjon Nabijonovich Talaboyev

Ushbu maqolada maqom san’ati va uning bugungi kundagi ravnaqi, uni o’rganish va yosh ijrochilarga o’rgatishga doir bo’lgan masalalar va bu borada foydali maslahatlar berilgan. Ushbu maqola maqom san’atiga qiziquvchi yoshlar uchun umumiy ma’lumotlar beradi hamda ularning maqom haqidagi tasavvurlarini boyitadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAQOM SAN’ATI. MAQOM SAN’ATINI O’RGANISHDA VA UNI YOSH IJROCHILARGA O’RGATISHDA ETIBOR QARATILISHI LOZIM BO’LGAN JIHATLAR»

MAQOM SAN'ATI. MAQOM SAN'ATINI O'RGANISHDA VA UNI YOSH IJROCHILARGA O'RGATISHDA ETIBOR QARATILISHI LOZIM

BO'LGAN JIHATLAR

Azizjon Nabijonovich Talaboyev O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada maqom san'ati va uning bugungi kundagi ravnaqi, uni o'rganish va yosh ijrochilarga o'rgatishga doir bo'lgan masalalar va bu borada foydali maslahatlar berilgan. Ushbu maqola maqom san'atiga qiziquvchi yoshlar uchun umumiy ma'lumotlar beradi hamda ularning maqom haqidagi tasavvurlarini boyitadi

Kalit so'zlar: Maqom, milliy san'at, musiqa, Shashmaqom, usullar, nasr, vazn, ohang

THE ART OF STATUS. ASSIGNMENTS TO BE CONSIDERED IN STUDYING THE ART OF MAKOM AND TEACHING IT TO YOUNG

PERFORMERS

Azizjon Nabijonovich Talaboyev Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article provides useful advice on the art of makom and its current development, issues related to its study and training of young performers. This article provides general information for young people interested in the art of maqom and enriches their understanding of maqom

Keywords: Status, national art, music, Shashmaqom, methods, prose, weight, melody

Maqom san'ati ko'pchilik sharq xalqlari musiqa merosida mavjud bolib, milliy musiqaning asosini tashkil etadi. Maqomlar ma'lum tartibda yaratilgan turkumli musiqiy majmua bolib, bastakorlik ijodiyotining o'ziga xos sayqal berilgan turidir. Maqomlar kengma'noda xalq musiqasi qomusidir. Chunki ularda, xususan Shashmaqomda o'zbek va tojik xalqlari musiqasiga xos vazn xususiyatlari, sado-ohanglar, doira usullari, she'riyat bilan xalq ashula yollarining boglanish qoidalariga asoslangan qator jabhalar oz to'laqonli ifodasini topgan. "G'iyosul-lug'at" qomusining muallifi G'iyosuddin quyidagicha ta'riflaydi: "Maqom - pardai surudro go^yand" - «Maqom deb kuy va ashulalar pardasiga aytiladi Musiqaga doir eski manbalardan ma'lumki, maqomlarning tarixiy - nazariy va amaliy tamonlari bor.

Ularning nazariy masalalari IX-XV asrlarda yashab ijod etgan Kindiy, Farobiy, Xorazmiy, Ibn Sino, Urmaviy; Sheroziy, Marog'iy, Jomiy va Husayniy kabi buyuk olimlarning risolalarida chuqur ilmiy asosda sharhlab berilgan.

O'zbek maqom san'ati ming yillik tarixga ega. O'zbek maqomi so'zlaridagi boy ma'no barcha zamonlarda e'tirof etilgan. Yurtimizdagi "Shashmaqom", "Xorazm", "Farg'ona - Toshkent" maqomlari kuyning o'ziga xos mavqei va ijrochilik yo'li bilan ajralib turadi. Uning rivojlanishi va asrlar osha sayqal topishida davr, zamon, ijtimoiy voqelik muhim unsur sifatida o'z ta'sirini ko'rsatgan.

Har bir ilmning o'z tarixi, shakllanish varivojlanish bosqichi bo'lgani kabi maqom san'ati ham bir necha asrlik boy tarixga ega. Maqom - yetuk va o'ziga xos og'zaki professional musiqa turkum janri bo'lib, o'rta asrlarda bastakorlar tomonidan y aratilgan.

Maqom - xalqimiz vujudidan sizib chiqqan ohang. Shu bois, u asrlar osha yashab kelmoqda. Afsuski, keyingi yillarda bu qutlug' va sohir san'at turiga e'tibor susaygandek edi. Lekin, Prezidentimizning milliy maqom san'atini rivojlantirish to'g'risidagi qarori ayni muddao bo'ldiki, Davlatimiz rahbari O'zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvida ta'kidlaganidek, biz xalqimizning noyob merosi bo'lgan maqom san'atini nafaqat yurtimizda, balki butun dunyo bo'ylab keng targ'ib qilish, kerak bo'lsa, xalqaro miqyosda maqom tanlovlarini tashkil etish ustida ishlashimiz kerak. Deya takidlashlari va aynan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan milliy merosimizni ko'z qorachig'idek asrab-avaylash, uni yoshlarga bezavol yetkazish borasidagi ezgu sa'y-harakatlar milliy maqom san'ati rivojiga ko'rsatilayotgan g'oyat ulkan e'tibor va g'amxo'rlikdan yorqin ifodasini topmoqda. 2017-yil 17-noyabrdagi "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarorlari esa san'atimiz tarixidagi unutilmas voqea bo'ldi. Mazkur hujjat o'zbek maqom san'atini chuqur o'rganib, o'ziga xos ijro maktablari va an'analarini yangi bosqichda ravnaq toptirish, uning "oltin fondi "ni yaratish va boyitish, xalqaro nufuzini oshirish va keng targ'ib qilishda g'oyat muhim ahamiyat kasb etdi. Milliy maqom san'at irivoji yo'lida ko'rsatilayotgan cheksiz e'tibor barcha ijodkorlarga ilhom, ijod zavqini bag'ishlamoqda. O'zbek xalqi ulkan va betakror musiqiy merosga ega. O'zbek milliy musiqa san'atining gultoji sanalgan "Shashmaqom" va uning turkumlari mumtoz she'riyatimiz bilan uyg'un holda g'oyat go'zal san'at namunasini hosil etganki, bu yuksak musiqaga jahon ahli hayrat bilan qaraydi.

Mamlakatimizda har ikki yilda «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali, mazkur noyob musiqa merosimiz targ'ibotiga oid ko'rik-tanlovlar, ijodiy loyihalarning o'tkazilishi yaxshi an'anaga aylangan. 2003 yilda "Shashmaqom" YUNYESKO tomonidan "Insoniyatning og'zaki va nomoddiy madaniy merosi durdonasi", deb tan olinishi maqom san'atiga bo'lgan e'tibor va e'tirofning amaliy

ifodasidir. Poytaxtimizda O'zbek milliy maqom san'ati markazi tashkil etilib, hozirda samarali faoliyatini boshlashi ham ulkan voqealarning davomidur.

Biz uchun bebaho badiiy qomus bo'lgan maqom san'ati asrlar, necha yuz yillar davomida inson ruhini, uning dardu armonlarini, ezgu intilishlarini yuksak pardalarda ifoda etib kelmoqda.

Maqom qalblarga sokinlik, orom, ruhiyatga poklik, mo'tadillik bag'ishlaydi. Uning mo'jizakorligi bu qadimiy merosimizni o'zbek tilini mutlaqo tushunmaydigan xorijliklar ham sehrlanib, sel bo'lib tinglashida yaqqol namoyon bo'ladi.

Maqom ohanglari, maqom ruhi va falsafasi har bir inson qalbidan, avvalo, unib-o'sib kelayotgan yosh avlodimizn ing ongi va yuragidan chuqur joy olishi uchun bor imkoniyatlarimizni safarbar etishimiz zarur.

Maqom xalqimizning bebaho ma'naviy merosi. Ushbu san'at rivojlanishning uzoq davrini bosib o'tgan, ko'plab san'atkorlar, bastakorlar uning tadrijiy taraqqiyotiga o'z hissasini qo'shgan. Ularda inson kechinmalarining eng nozik ohanglari jamlangan. Shu sabab maqomni his qilish, tushunish uchun ma'lum tayyorgarlik zarur. Buning uchun kishi yoshlikdan musiqaga mehr qo'yishi, ruhiy kamolotini ayni shu jihat bilan bog'lamog'I kerak. Maqomni eshitish uni tugal tushunishni anglatmaydi. Ijro yo'liga kelsak, u alohida san'at, alohida madaniyat.

Turkiy xalqlar maqomida umumiy jihat kuy avji va tugallanishiga alohida ahamiyat qaratilishidir. Avj pardalari balandroq, yakuniy qism dilga xush yoquvchi nafis ijro etiladi. Maqom juda yirik turkum. U boshqa musiqa asarlaridan mukammalligi, kuy va shakl tizimlariga ega ekani bilan farqlanadi. Shuning uchun maqomni ijro etayotganda, avvalo, mumtoz adabiyotdan xabardor bo'lishi zarur. Ijrochi maqom ustida ishlayotganda bir so'zning ma'nosini tushunmadimi, shu g'azalni maromiga yetkazib kuylay olmaydi, ya'ni shoir bilan hofiz o'rtasida devor paydo bo'ladi. Maqom juda katta ilm. Maqomchilik havaskor xonandalarning oldi-qochdi so'zlari, xatti-harakatidan xoli bo'lmog'i kerak.

Maqom ajdodlardan biz avlodlarga o'tib kelayotgan boy xazina. Uni asrab avaylash va bugungi kun yosh ijodkorlari uchun o'z aslicha hech bir ziyonlarsiz yetkazib bera olishimiz shart. Buning uchun esa avvalo o'zimiz bu oltin san'atning tub mazmunini anglashimiz, undagi sehrli jilolaru, qalblarni titratguchi pardalarini aynan asl holicha tushunmog'imiz va ijro etmog'imiz kerak. Aks holda o'zimiz to'laqonli anglab yetmagan tushunchani yosh avlodga yetkazgudek bo'lsak bu durdona san'atga bo'lgan bizning o'quvsizligimiz va hurmatsizligimiz bo'lib qolishi mumkin. Maqom san'atini o'rganishda quyidagi maslahatlarga amal qilish maqsadga muofiqdur.

- Musiqiy asar ijrochisining malakasini aniqlash. Bu nima degani? Masalan: asar o'rganayotgan talaba uchun bu asar nechinchisi. Agar ilk asar bo'lsa u holda

onson va qisqaroq hajmdagi asarni tanlash joiz. Oshirilayotgan malakaga qarab asarlarni murakkablashtirib borish maqsadga muofiq bo'ladi.

- Musiqiy asar ijrochisining ovoz imkoniyatini aniqlash. Bu holatda malumki tanlangan asarning avj pardalariga ijrochi ovozining mutanosligi mos kelishi kerak. Yaniki agar ijrochi ovozidagi avj imkoniyati doimiy holatda "Fa" notada bo'lsayu tanlangan asar avji "Lya" pardada bo'lsa ijrochiga qiyinchilik va noqulaylik tug'diradi.

- Musiqiy asarni kelib chiqishini aniqlash. Masalan: "Adolat tanovori"ni olsak. Bu musiqiy asar Adolat ismli qiz uchun uning akasi tomonidan ijro etilgan degan rivoyatlar mavjud. "Munojot" kabi asarlarning kelib chiqishi musiqiy asarning ijrosidagi holatni o'z o'zidan namoyon etadi. Demakki musiqiy asarning kelib chiqishini bilish uni ijro etishdagi holatlarni asliga hoslabberadi.

- Musiqiy asardagi so'zlar va ularning ma'nosi tushunib yetish. Bunda ijro etilayotgan musiqiy asardagi so'zlarning tub ma'nosini aniqlash ijro mobaynida so'zlarga o'zgacha sehr va tabiiylik bahsh etadi. Agar ijrochi kuylayotgan ashulasidagi so'zlar ma'nosiga tushunmas ekan u holda ashula unga bo'yun sinmaydi.

- Musiqiy asarning asl holicha va sof ijrosiga e'tibor qaratish. "Maqomni tuzatsang - tuzat, also buzma" Maqomni buzishga hech kimning haqqi yo'q. So'zni xato talaffuz qilish, ohangni, avjni noto'g'ri talqin qilish xalqning boy ma'naviy merosiga xiyonat qilgan bilan barobar. "Kecha kelgum" deb boshlanuvchi g'azal "Kecha keldim" shaklida ijro etilmasligi kerak. Bunda so'z bilan ishlashga alohida ahamiyat bermoq lozim. Maqomda chiroyliroq ijro yarata olinsagina o'zgartirish kiritish mumkin.

Yuqoridagi maslahatlar asosida olingan bilimlar maqom san'atini onsonroq o'rganib olishga ko'mak vazifasini bajaradi.

Maqom san'atini o'rganar ekansiz undagi manbaalar va uni kelib chiqishi haqida chuqurlashsangiz har bir qirrasi inson siyratidan olinganini anglab yetasiz. Masalan maqomdagi usullarni olaylik, Usullar maqomlarning tuzilish xarakterini belgilovchi omillardandir. Ularni ajrata olish, maqomlarni qiyofasini to'g'ri tushunishga imkon beradi. Ular muayyan tartib asosida tarkib topgan. Har bir usul o'z nomiga egadir. Masalan: Saraxbor, nasr, talqin, savt, gardun, talqin, qashqarcha, soqiynoma, ufar va h.k. Manbalarda ko'rsatilishicha, ilk usul insonning tomir urishidan olingan. Tomirni barmoq bilan ushlab ko'rilsa, uning go'yo "tan-tan"ga o'xshash bir tekis urayotgani bilinadi. Olimlar buni "Usuli zarbi qadim" (Qadimiy zarb usuli) deb ataganlar.bu ham bo'lsa bir sehrdek gap. Mana shunday sehrga ega "Maqom" san'atini o'rganishda va uni o'rgatishda eng avvalo uni kelib chiqishi, shakllanishi, bugungi kunimizdagi ahamiyatini chuqur o'rganishimiz va ana shu tushunchalarni o'z aslicha yosh o'rganuvchilarga yetkazishimiz, maqom san'atini hali yana ming yillar yashashi va

yashnashiga asos bo'la oladi degan umiddamiz. Milliy ma'naviyat va ma'rifat yangidan ko'z ochayotgan bir davrda mafkuramizning rivojlantirishda xalqimizning umrboqiy san'at tarixini keng yoritish, musiqa merosimizni o'rganish va sanoatsevar xalqimizga etkazish muhim o'rin tutadi. Ayniqsa bu borada ustozdan - shogirdga o'tib kelgan xalq anoanaviy ijrochilik maktabi asosiy manba sanaladi. Biz o'tmishda yashab ijod etgan buyuk allomalarimizning tarixiy asarlarida murojaat qilish bilan birga bobokalon sanoatkorlarimiz meros qilib qoldirib ketgan durdonalarni chuqur o'rganib bormog'imiz lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora - tadbirlari " to'grisidagi qarori Toshkent 17.11.2017 yil

2. O'zME . Toshkent 2000-yil

3. Yunus Rajabiy. "Maqom asoslari" G'.G'ulom nomli badiiy adabiyot va san'at nashryoti . Toshkent 1992-yil.

4. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

5. Yunusov, G., Juraev, I., & Ahmedov, R. (2020). A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART. European Journal of Arts, (1), 121-124.

6. Yunusov, G. Y., Parpiev, A., & Ernazarov, Z. (2021). A look at samples of uzbek folklore. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 9-14.

7. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.

8. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.

9. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.

10. Talaboyev, A. (2021). Skill Improving Ways in Traditional Song Performing. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 12-17.

11. Tana6oeB, А. Н. (2019). Y36eK миллий анъанавий ижрочилик санъатида махдллий услублар. Пeрeкрёсток культуры, 1(4).

12. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.

13. Талабоев, А. (2019). Маком санъатида сузнинг урни. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 25-28.

14. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. (2020). SONG PERFORMING IN TRADITIONAL PERFORMING ARTS: PAST AND PRESENT TIM. European Journal of Arts, (1), 85-88.

15. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.

16. Ахмедов, Р. (2020). Миллий мусикий ижрочилик санъатига бир назар. Oriental Art and Culture, (I (2)), 5-9.

17. Shermatova, X. (2021). A LOOK AT THE MUSIC EDUCATION IN SCHOOLS: FORMS AND METHODS OF MUSIC EDUCATION. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 253-258.

18. Shermatova, X. (2020). MUSIQA NAZARIYASINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Oriental Art and Culture, (V).

19. Шерматова, Х. К. (2020). ФОРМИРОВАНИЕ МУЗЫКАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЫ МОЛОДЁЖИ. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (157)), 117-119.

20. ШЕРМАТОВА, Х. К. (2015). Народная музыка как средство музыкально-эстетического воспитания школьников. In Юность и Знания-Гарантия Успеха-2015 (pp. 318-316).

21. Мад, Д. (2021). УЗБЕКИСТОН ХАЛК АРТИСТИ ТАМАРА ХОНИМНИНГ СОБИК ИТТИФОК ДАВРИДА САНЪАТДАГИ ИЖОДИЙ ФАОЛИЯТИ. Oriental Art and Culture, (7), 160-170.

22. Мадолимов, Д. (2021). УЗБЕКИСТОН САНЪАТКОРЛАРИНИНГ УЛУЕ ВАТАН УРУШИДА ФРОНТ ВА ФРОНТ ОРТИДА ЕАЛАБАГА КУШГАН Х,ИССАСИ (19411945 ЙИЛЛАР). Oriental Art and Culture, (7), 144151.

23. Kurbonova, M. (2021). The importance of folklore in the upbringing of a harmoniously developed generation. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 1750-1758.

24. Курбонова, М. (2021). Аёллар санъати: кеча ва бугун. Oriental art and culture, 2(3), 62-75.

25. Qurbonova, M. (2020). СНЕТ EL MUSIQASI TARIXIGA BIR NAZAR. Oriental Art and Culture, (V).

26. Tursunov, B. (2021). Doira as a National Musical Instrument. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 50-54.

27. Турсунов, Б. (2020). ЧОЛЕУ ИЖРОЧИЛИГИ ТАРИХИГА БИР НАЗАР. Oriental Art and Culture, (V).

28. Исмаилова, М. М. (2020). ОДИН ИЗ ВАЖНЫХ ИНСТРУМЕНТОВ В УЗБЕКСКОМ МУЗЫКЕ: ДУТОР. Проблeмы соврeмeнной науки и образования, (12-1 (157)), 113-115.

29. Ismoilova, M. (2020). CHOLG'U IJROCHILIGIDA NOTAGA QARAB IJRO QILISH. Oriental Art and Culture, (V).

30. Mamatov, J. (2020). BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA ERTAKLARNING AHAMIVATI. Oriental Art and Culture, (V).

31. Mamatov, J. (2021). Directing in the Training of Art Professionals. International Journal of Culture and Modernity, 11, 90-96.

32. Madaminov, S., Mamatov, J., & Siddikov, S. (2020). A look at the history of uzbek maqom art. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 1144-1151.

33. Jurayev, I. (2021). A LOOK AT THE LIFE PATH OF FATTOKHON MAMADALIEV. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 54-59.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.