Научная статья на тему 'XALQ MUSIQA MEROSINI O’RGANISH VA TARG’IB QILISHDA MUSIQIY FOLKLOR-ETNOGRAFIK ANSAMBLLARINING TUTGAN O’RNI VA AHAMIYATI'

XALQ MUSIQA MEROSINI O’RGANISH VA TARG’IB QILISHDA MUSIQIY FOLKLOR-ETNOGRAFIK ANSAMBLLARINING TUTGAN O’RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
323
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xalq musiqasi / folklore-etnografik musiqa / ansambl / musiqa madaniyati / ta’lim tizimi. / folk music / folklore-ethnographic music / ensemble / music culture / education system.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Masharipova, Gulbahor Tairjanovna

Mazkur maqolada O’zbek xalq musiqa madaniyati merosini o’rganish va targ’ib qilishda musiqiy folklor-etnografik ansambllarning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar yurutilgan. Shuningdek, yurimizda faoliyat ko’rsatayotgan folklore ansambllar haqida ham ma’lumotlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF MUSICAL FOLKLORE AND ETHNOGRAPHIC ENSEMBLES IN THE STUDY AND PROMOTION OF FOLK MUSIC HERITAGE

This article discusses the role of musical folklore and ethnographic ensembles in the study and promotion of the heritage of Uzbek folk music culture. There is also information about folklore ensembles operating in our country.

Текст научной работы на тему «XALQ MUSIQA MEROSINI O’RGANISH VA TARG’IB QILISHDA MUSIQIY FOLKLOR-ETNOGRAFIK ANSAMBLLARINING TUTGAN O’RNI VA AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XALQ MUSIQA MEROSINI O'RGANISH VA TARG'IB QILISHDA MUSIQIY FOLKLOR-ETNOGRAFIK ANSAMBLLARINING TUTGAN

O'RNI VA AHAMIYATI

Mazkur maqolada O 'zbek xalq musiqa madaniyati merosini o'rganish va targ 'ib qilishda musiqiy folklor-etnografik ansambllarning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar yurutilgan. Shuningdek, yurimizda faoliyat ko'rsatayotgan folklore ansambllar haqida ham ma 'lumotlar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: xalq musiqasi, folklore-etnografik musiqa, ansambl, musiqa madaniyati, ta'lim tizimi.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF MUSICAL FOLKLORE AND ETHNOGRAPHIC ENSEMBLES IN THE STUDY AND PROMOTION OF

FOLK MUSIC HERITAGE

ABSTRACT

This article discusses the role of musical folklore and ethnographic ensembles in the study and promotion of the heritage of Uzbek folk music culture. There is also information about folklore ensembles operating in our country.

Keywords: folk music, folklore-ethnographic music, ensemble, music culture, education system.

РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ МУЗЫКАЛЬНОГО ФОЛЬКЛОРА И ЭТНОГРАФИЧЕСКИХ АНСАМБЛЕЙ В ИЗУЧЕНИИ И ПРОДВИЖЕНИИ

В данной статье рассматривается роль музыкальных фольклорно-этнографических ансамблей в изучении и популяризации наследия узбекской народной музыкальной культуры. Имеются также сведения о действующих в нашей стране фольклорных ансамблях.

Ключевые слова: народная музыка, фольклорно-этнографическая музыка, ансамбль, музыкальная культура, система образования.

Masharipova Gulbahor Tairjanovna

Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Musiqa ta'limi va san'at" yo'nalishi magistranti

ANNOTATSIYA

НАРОДНОГО МУЗЫКАЛЬНОГО НАСЛЕДИЯ

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

"Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon bo'ladi. SHuning uchun ham u qudratlidir. Tarixiy merosni asrab-avaylash, o 'rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo'nalishlaridan biridir". Sh.Mirziyoyev

So'ngi yillarda O'zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish, yangi O'zbekistonning yangi tarixini yaratish, moddiy va nomoddiy madaniy meros durdonalarini saqlash va targ'ib etish, xalq og'zaki ijodiyoti va havaskorlik san'atini yanada ommalashtirish, yurtimizning jahon madaniy makoniga faol integratsiyalashuvini ta'minlash, madaniyat va san'at sohasini innovatsion rivojlantirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, mamlakatimizda muntazam ravishda o'tkaziladigan "Xalqaro maqom san'ati anjumani", Xalqaro baxshichilik san'ati festivali, "Sharq taronalari" xalqro musiqa festivali hamda "Raqs sehri" xalqaro festivali tashkil etilib, o'zbek mumtoz va folklor san'atining noyob namunalari va ananalarini hamda madaniy muloqotni yanada rivojlantirish bo'yicha samarali tizim yo'lga qo'yildi. Folklor san'atini saqlash va rivojlantirish hozirgi davrda yurtimizda davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Milliy qo'shiqchilik san'atining durdonasi bo'lgan folklor san'atini keng targ'ib etish, turli xalqlarning qo'shiq, raqs, musiqa va sahna ko'rinishlari kabi janrlarini o'zida mujassam etgan, ularning turmush tarzi, urf-odatlari va qadriyatlarini hamda maonaviy dunyosini boyitib kelayotgan folklor san'ati ijodkorlari o'rtasida ijodiy hamkorlikni yo'lga qo'yish, o'zbek folklor san'atini yanada taraqqiy ettirish, xalq ijodiyoti ananalarini jahonga tarannum qilish maqsadida vazirlar mahkamasi xalqaro folklor festivallarini tashkil etish bo'yicha qarorlar qabul qildi.

Madaniyat va san'at jamiyatning, inson taraqqiyotining muayyan bir darajasi, insonlar xayoti va faoliyatining turli ko'rinishlarida ular yaratadigan asarlarning yaxlit bir timsolini ifodalovchi tushunchadir. Madaniyat va san'atning paydo bo'lishi va rivojlanishi kishilik jamiyatining eng qadimiy bosqichlariga borib taqaladi, u insonning kelib chiqishi bilan uzviy bog'liqdir. Ajdodlarimiz tomonidan ko'p asrlar mobaynida yaratib kelingan, bebaho, ma'naviy va madaniy merosimiz, milliy qadryatlarimizni tiklash mustaqillikni dastlabki kunlaridanoq davlat siyosatining muhim masalasiga aylandi. Natijada xalqimiz o'z taqdirining chinakkam egasi, o'z tarixining ijodkori, o'ziga xos milliy qadiriyatlarining, madaniyatning, sohibi sifatida tan olindi.

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Xalqimizning eng qadimiy hayotbaxsh milliy qadriyatlaridan biri folklor san'atidir. Bu san'at badiiy an'analari tizimi sifatida xalqimizning ilg'or umuminsoniy g'oyalarini takomillashtirib, kelajakka umid, ezgulik, mehr-sahovat, insoniylik, vatanparvarlik bilan bogiliq milliy va ma'naviy qadriyatlami shakllantirishga xizmat qilmoqda. Inson dunyoga kelgan kunidan boshlab, to hayotining eng so'nggi lahzasigacha o'zi mansub xalqning qadriyatlari, an'analari ichida ulg'ayadi, kamol topadi. Hatto o'zini folklorga begona deb bilgan, bu atama ta'rifidan mutlaqo yiroq bolgan kishi shu an'analar ichida ulg'aygan, uning ongi, shuuri shu qadim an'analari ta'sirida shakllangan boladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Har bir xalq yoki elat avvalo tarixi, madaniy birligi bilan ajralib turadi. O'zbek xalqi ham uzoq tarixiy davr mobaynida shakllanib, juda ko'p ilmiy-madaniy xususiyatlarga ega bo'ldi. O'tmish ajdodlarimiz an'analari qadriyatlari asrdan-asrga, avloddan-avlodga saqlanib, taraqqiy topib keldi. Asrlar mobaynida xalqimizga juda katta ruhiy va ma'naviy quvvat berib kelayotgan milliy qadriyatlarimizni, folklor an'analarimizni yoshlar ongiga chuqur singdirish har tomonlama yetuk, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishda muhim ahamiyatga ega. Yurtimiz mustaqillikka erishgach bunga keng imkoniyatlar yaratildi. Chunki mamlakatimizda kechayotgan milliy o'zlikni anglash va ma'naviy hurlikni his etish ehtiyoji ajdodlarimiz qalb qo'ri, aql zakovati, turmush tajribasi asosida yaratilgan madaniy merosimizni bilishni va shu asosda turli bunyodkorlik va yaratuvchilik ishlarini amalga oshirishni taqazo etmoqda. Ijodkor xalqimiz tomonidan yaratilgan nodir ma'naviy boylik hisoblangan folklore asarlari asrlar oshaturli axloqiy tushunchalarnibetakror badiiy shaklda kishilar qalbiga singdirishda bebaho sarchashma sifatida xizmat qilib kelmoqda. O'zbek xalqi etnografiyasi va folklori o'rganish orqali ajdodlarimizning boy madaniy va marifiy o'tmishini yanada teran anglash mumkin.

Milliy-madaniy xususiyatlarimizni saqlab qolishda xalq og'zaki badiiy ijodining roli beqiyos bo'ldi. Jumladan, xalqimizni o'ziga xos urf-odat va marosimlari bola tarbiyasi, mehmonnavozlik tabiati, axloq-odob qoidalari, pazandachilik malakasi, mehnat va turmush tarzi tartiblari folklore asarlari orqali bizgacha yetib keldi. Ana shu folklore asarlarini toplash, o'rganish va ularni xalqqa yetqazishda folklor-etnografik ansambllarining o'rni muhimdir. Folklor-etnografik ansambli — havaskor ijodiy jamoa. Xalq ijodining qo'shiq, raqs, o'yin, og'zaki drama kabi shakllarini mahalliy milliy urf-odat va marosimlarga bog'lab sahnaviy talqinini namoyish qiladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Uzoq o'tmishda guruh-guruh bo'lib xalq sayillarida, ommaviy bayramlarida turli-tuman tomoshalar ko'rsatgan xalq qiziqchilari, qo'g'irchoqbozlar, dorbozlar, raqqos va xonandalarni ijodiy uyushmalarini folklor ansamblini o'ziga xos namunalari deyish mumkin. Chunki folklore asarlarini ommaviy ravishda ijro etuvchilarning aksariyati professional bo'lmay, balki havaskor ijrochilar bo'lib, ularni repertuari ham sof xalq ijodidandir.

O'zbekistonda 1970-yillarda madaniyat uylari qoshida Ayollar (ananaviy) ansambli, masxarabozlik, baxshishoprlar, xalq sozandalari va boshqalar ijodi negizida tashkil topgan. Qo'qon shahrida tashkil etilgan "Yor-yor",Bbo'stonliqda tashkil etilgan "Gulyor" ayollar ansambllari ilk tashkil etilgan folklor ansambllardir. Mustaqillik yillarida folklore-etnografik ansambllarning ijodiy faoliyati yangi bosqichga ko'tarildi. Mustaqillik va Navro'z bayramlarida foklor-etnografik ansambllarning katta sahnalarga chiqishi an'ana tusini oldi. Jumladan bugunga kelib folklor-etnografik ansambllarning umumiy soni 300dan ortib ketganligi qayd qilinmoqda. "Boysun", "Shalola", "Besh qarsak", "Gulyor", "Omonyor", "Gulchehralar", "Doston", "Besperde", "Orzu", "Yor-yor", "Chavgi", "Mohi sitora" va boshqa ko'plab ansambllar milliy-badiiy merosni, an'analarni o'rganib, yangidan xalqimizga yetkazmoqdalar.

1980-yillardan boshlab Folklor-etnografik ansambllarining tuman, viloyat va respublika ko'rik-tanlovlari o'tkazila boshlandi, xususan, 1987, 1991, 1994-yillarda Toshkent shahrida, 1989-yilda Namangan viloyatida va boshqa viloyat va shaharlarda o'tkazildi. 2002-yildan Boysunda YUNESKO dasturi asosida "Boysun bahori" ochiq folklor festivali o'tkaziladi. "Chodir jamol" ("Marg'ilon"), "Beshqarsak" (Ur-gut), "Chiroqchi chiroqlari" (Chiroqchi), "Momogul" (Qarshi), "Gavhar" (Bek-temir), "Gap-gashtak" (Forish tuma-ni), "Boysun", "Shalola" (Boysun), "Orazibon" (Xiva), "Anor" (Sariosiyo), "Jildi xalak" (Kegeyli), "Dil-kushod navolari" (Xo'jaobod), "Chavqi" (Bulungur), "Mardona" (Vobkent) va boshqa Folklor-etnografik ansambllari mashhur. Ular xalq sayillari, milliy bayram va boshqa tadbirlarda faol qatnashadi. Ko'plariAmerika, Yevropa, Osiyo mamlakatlarida o'tkazilgan tanlov va festivallarda laureat unvoniga sazovor bo'lgan. 1980—90 yillardan boshlab bolalar folklore-etnografik ansambllari ham faoliyat ko'rsatmoqda. Surxondaryo viloyatida "Quralay", "Gul-guncha" folklore-etnografik ansambllari , Sirdaryo viloyatida "Dilrabo" folklore-etnografik ansambllari va boshqalar shular jumlasidandir.

Hozirgi kunda respublikamizda faoliyat ko'rsatayotgan eng ilg'or folklore-etnografik ansambllarining tashkil etilishi, ularning shakllanishi, rivojlanishi hamda

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ravnaqi bilan bog'liq jarayonlami bilish, ushbu ma'lumotlarga ega bo'lish soha mutaxassisini yetuk kadr bo'lib yetishishida alohida ahamiyatga egadir. XX asrning 20-yillarida Muhiddin Qoriyoqubov hamda Tamaraxonimlarning tashabbusi va boshchiligida ilk etnografik ansambl yani "Ko'k ko'ylak" ansambli tuziladi. Bu esa folklore-etnografik ansabmlining ilk ko'rinishi edi. Ansamblning "Ko'k ko'ylak" deb nomlanishi esa jamoa a'zolari liboslari ko'k rangda bo'lganligi sabab etib ko'rsatilgan edi. 50-yillarga kelib esa Urgut shahrida erkaklardan tashkil topgan "Beshqarsak" folklore jamoasio'zining ishtirokchilari hamda repertuarida jamlangan qo'shiqlariga ko'ra rosmana hozirgi folklore-etnografik ansambllar ko'rinishini olgandi. Turg'unlik davri deya e'tirof etiladigan 60-70-yillarda esa folklore-etnografik ansambllarining rivojlanishi sust bo'ldi. 80- yillaridan boshlab respublikamizning barcha viloyatlarida folklore-etnografik ansambllar gurkirab o'sa boshladi. Joylardagi faoliyat yuritayotgan ilg'or madaniyat xodimlari bo'lgan xonandalar, sozandalar, raqqosalarga uslubiy va amaliyyordam berish uchun poytaxtdan malakali mutaxassislar, bastakorlar, baletmeysterlar taklif qilindi. Ular yangi jamoalarni tashkil etishda va repertuarlarini boyitishda o'z xissalarini qo'shdilar. Ular orasida Tamara Toshboyeva, Saodat Yo'ldoshevalarni alohida takidlash lozim. Ushbu fidoyi insonlar say-harakati bilan joylarda bir nechta folklore-etnografik ansambllar tashkil etildi. Bu o'rinda folklore san'atining eng yaxshi an'analarini ko'z qorachig'iday asrashdek sharafli, ezguva o'ta ma'suliyatli sohada uzoq yillar mehnat qilgan iqtidorli olimalarimizda biri Saodat Nazirovna Yo'ldoshevaning xizmatlarini alohida takidlash lozim bo'ladi. Olima har bir jamoa o'zi tashkil topgan hudud aholisining maishiy va folklore hayoti, estetik didi, urf-odatlari bilan mahkam bobg'liqligini, ularning repertuari anashu hayot tarzini ifodasi yanglig' shakllanganligini tahlillar asosida isbotladi. Olimaning folklore-etnografik jamoalarni tashkil etish, boshqrish va shakllantirish bo'yicha bir qator o'quv qo'llanma, uslubit tavsiyanomalari, maolalari chop etildi.

So'ngi yillarda Toshkent shahri folklor-etnografik ansambllari faoliyati sezilarli o'zgardi. Bir qator folklore-etnografik ansambllari tashkil etildi, ular orasida faol ijodiy faoliyat olib borayotgan oflklor-etnografik ansambllari esa O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan "Xalq havaskorlik jamoasi" unvoniga sazovor bo'lishdi. "Gavhar", "Nodirabegim", "O'zbekoyim", "Hilola", "Buvijonlar", "Durdona" kabi folklore-etnografik ansambllai shular jumlasidandir. Saodat Yo'ldosheva san'atda katta mahorat va tajriba orttirgan sana'tkor, folklore xalq qo'shiqlarining faol targ'ibotchisi, "shuhrat" medali sovrindori Oyxon Yoqubova bilan birgalikda 1988-yilToshkent shahrida "Gavhar" nomli folklore-etnografik

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

jamoa tashkil etadi. Bu esa Toshkent shahridagi ilk folklore-etnografik jamoa edi. Badiiy jamoaga 8yoshdan 80 yoshgacha bo'lgan xotin-qizlar jalb etiladi. Jamoa katta izlanishlar, tinimsiz mehnat evaziga 100dan ortiq xalq termalari, yallalari, marosim va urf-odatlarini sahnalashtirib tomoshabinlar hukmiga havola etadi.respublika miqyosida tashkil etilgan bayram sayllarida, ko'rik-tanlov va festivallarda ishtirok etib sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritadi. O'z yurtida shuxrat topgan "Gavhar" folklore-etnografik jamoasi qiziqarli, xalqchil ijodi chet ellarda ham o'z san'atsevarlariga ega bo'lgan. Badiiy jamoa Amerika, Italiya, Turkiya, Hindiston kabi xorijiy davlatlarda bo'lib qaytgan. Erishilgan muvaffaqqiyatlar, ko'rsatilgan xizmatlari evazig a jamoaga O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan 2000-yilda "Xalq havaskorlik jamoasi" unvoni berilgan. "Gavhar" folklore-etnografik xalq havaskorlik ansambli repertuarida "Kelin salom", "Beshik to'yi", "Nikoh to'yi, "Navro'z sayli" kabi marosim qo'shiqlari, "Aka chekmang", "Sochpopuk", "Abdullajon" kabi lapar va aytishuvlar keng o'rin olgan. Xalq og'zaki ijodining chinakam jonkuyari Oyxon Yoqubova boshqalarning hayoliga kelmaydigan ajoyib mavzularni topgan. Ammo achinarli tomoni jamoa muntazam faoliyat olib bormaganligi uchun 2017-yilda ijodiy sinovdan o'ta olmagan va jamoa unvoni va shartlari bekor etilgan.

Toshkent shahridagi yana bir fidoiy insonlar tashabbusi va boshchiligida tashkil etilgan ansambllardan biri "Nodirabegim" folklore-etnografik ansambli edi. Ansamblni tashkil etib, shakllantirishda jonbozlik ko'rsatgan fidoyi san'atkorlardan biri O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Rayxon To'rayeva hisoblanadi. 1995-yil Toshkent shahar Tolibjon Sodiqov nomidagi markaziy madaniyat markazi (Hozirgi Toshkent markaziy madaniyat markazi) qoshida "Nodirabegim" folklore etnografik ansamblini tashkil etadi va jamoaga rahbarlik qiladi. "Nodirabegim folklore-etnografik ansambli zamon ruhiga mos udum, marosimlarida Navro'zni, ona yurtni madh etuvchi qo'shiqlar bamisoli daryoday jo'shib kuylanadi. Bu esa chechan ijrochilarning ona yurtga uning qadriyatlariga bo'lgan cheksiz hurmat va ehtiromning namunasidir. Jamoaning fidoyi hizmatlari O'bekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan munosib baholanib, "Nodirabegim" folklor-etnografik ansambliga "Xalq havaskorlik jamoasi" unvoni berilgan. Bugungi kunda "Nodirabegim" folklore-etnografik ansambli Toshkent shahridagi eng yetakchi jamoalardan biri xisoblanadi. Hozirda ansamblga ustoz san'atkor Rayxon To'rayevaning sevimli shogirtlaridan biri Ma'mura Avazova rahbarlik qilib kelmoqda.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XULOSA

Xulosa sifatida shuni bayon etishimiz mumkin bo'ladiki, o'zbek folklorshunosligi o'zining yangi taraqqiyot bosqichiga qadam tashlab, odimlab bormoqda. Dastlabki qadamlarini xalq ijodini aniqlash va ularning repertuarini yozib olish, turli janrlarni tadqiq etishdan boshlagan folklorshunosligimiz filologik yo'nalishdagi mustaqil fan tarmog'i sifatida shakllanish barobarida xalqimizning betakror ijodini dunyo miqyosida tanitishga ham erishdi. Mana shu davrda xalq dostonlari, ertak va maqollari, topishmoq va latifalari, afsona va naqllari, qo'shiq va og'zaki drama janrlari, marosim folkloriga aloqador ko'plab janrlar tadqiq etildi. An'analar xalqimizning o'zi kabi umrboqiy, qalbi misol mehrdaryo va jonbaxshdir. Yurtimizning har bir go'shasidagi o'ziga xos marosimlar, oilaviymaishiy va mehnat bilan bog'liq an'analari, momolarning mehr bulog'idan qaynab chiqqan orombaxsh alla-yu, olqishlar mavjud.

O'zbekiston xalqlarining tarix sinovidan o'tgan bayram marosimlari kishilarning o'zaro munosabatlaridagi yaxshi fazilatlarni, chinakam xalqchil, umuminsoniy qadriyatlarni aks yettiradi. Bugungi kunda folklor san'atining serjilo chamanlari gurkirab rivojlanib, xalqimizning milliy ongi, milliy g'ururi, milliy iftixori, ma'naviy dunyosi kundan-kunga boyib bormoqda. Milliy ruh, milliy g'ururning tiklanishi bu rivojlanish bilan bog'liq bo'lgan tabiiy jarayondir. Milliy folklor san'ati an'analarini rivojlantirib, ularni yosh avlod turmush tarziga singdirib borish shu jarayonning muhim qirrasidir. Hozirda mavjud folklor-etnografik ansambllari xalq qalbining oynasi sanalmish xalq ijodiyoti namunalari, turfa xil marosim, an'analari orqali mi lliy qadriyatimiz, qadimiy an'ana va marosimlarimizni tiklab, rasm-rusm va udumlarimizni o'z dasturlarida namoyish yetish, kelajak avlodga qoldirish uchun harakat qilmoqdalar.

REFERENCES

1. Masharipova Gulbahor Tairjanovna and Panjiyev Qurbonniyoz Berdiyevich. Methodology Of Using The Activities Of Folklore-Ethnographic Ensembles. nternational Journal of Academic and Applied Research (IJAAR);

2. T.Ismailov; "CHARACTERISTICS OF KHOREZM DOSTON ART" "Экономика и социум" №3(82) 2021;

3. Tohir Xushnudbek o'g'li Ismailov "USE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN THE EDUCATIONAL PROCESS" Science and Education ISSUE 3, March 2022;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

4. T.Kh.Ismailov; "Musical currents and the formation of Russian classical music" "Вестник магистратуры" 2021. №5 (116);

5. Masharipova, G. T. (2021). THE IMPORTANCE OF FOLKLORE MUSIC IN MUSIC CULTURE LESSONS. Экономика и социум, (2-1), 214-216.

6. Ibragimov, B. M. (2022). MUSIQA MADANIYATI FANINI O'QITISHDA KOMPYUTER DASTURLARINI QO'LLASH USULLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 151-157.

7. Panjiyev Qurbonniyoz Berdiyevich. Uzbek Family Ceremony Music and Its Description of Genre. International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.