Научная статья на тему 'HUDUDІY FOLKLOR QO‘SHІQLARІNІ NOTAGA OLІSH MASALALARІ'

HUDUDІY FOLKLOR QO‘SHІQLARІNІ NOTAGA OLІSH MASALALARІ Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
24
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
hududiy folklor / afsona / mif / poetik tafakkur / aytimlar / ertaklar / so‘z magiyasi

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Rafiq Ahmedov

Mazkur maqolada o‘zbek folklorshunoslіgі to‘g‘rіsіda fіkr yurіtіlgan bo‘lіb, hududіy folklor qo‘shіqlarіnі notaga olіsh masalalarі ko‘rіb chіqіlgan. Bundan tashqarі hududіy folklor yo‘nalіshі hamda tarmoqlarі maqolada ko‘rsatіb berіlgan. Turlі vіloyatlarda esa kuylash uchun bo‘lgan, xalq qo‘shіqlarіnі notaga yozіb olіsh va ularnі chop ettіrіsh bo‘yіcha ham dastlabkі qadamlar qo‘yіlgani bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HUDUDІY FOLKLOR QO‘SHІQLARІNІ NOTAGA OLІSH MASALALARІ»

HUDUDIY FOLKLOR QO'SHIQLARINI NOTAGA OLISH MASALALARI

Rafiq Ahmedov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Mazkur maqolada o'zbek folklorshunosligi to'g'risida fikr yuritilgan bo'lib, hududiy folklor qo'shiqlarini notaga olish masalalari ko'rib chiqilgan. Bundan tashqari hududiy folklor yo'nalishi hamda tarmoqlari maqolada ko'rsatib berilgan. Turli viloyatlarda esa kuylash uchun bo'lgan, xalq qo'shiqlarini notaga yozib olish va ularni chop ettirish bo'yicha ham dastlabki qadamlar qo'yilgani bayon qilingan.

Kalit so'zlar: hududiy folklor, afsona, mif, poetik tafakkur, aytimlar, ertaklar, so'z magiyasi

PROBLEMS OF RECORDING REGIONAL FOLKLORE SONGS

Rafik Ahmedov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article discusses Uzbek folkloristics and issues of notation of regional folk songs. In addition, regional folklore directions and branches are presented in the article. It was stated that the first steps were taken to record folk songs and publish them in different provinces.

Keywords: regional folklore, legend, myth, poetic thinking, sayings, fairy tales, word magic

KIRISH

Xalqimizning eng qadimiy hayotbaxsh milliy qadriyatlaridan biri folklor san'atidir. Bu san'at badiiy an'analari tizimi sifatida xalqimizning ilg'or insoniy g'oyalarini takomillashtirib, kelajakka umid, ezgulik, mehr-sahovat, insoniylik, vatanparvarlik bilan bog'liq milliy va ma'naviy qadriyatlarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.1

O'zbek folklorining so'z san'atiga asoslangan janrlar tizimi doston, ertak, qissa, rivoyat, naql, afsona, mif, lof, latifa, marosim folklori, bolalar folklori, og'zaki drama, maqol va hikmatli so'zlar, afsun, avrash, olqish va qarg'ishlardan iboratdir. Bu ulug'vor badiiy meros ajdodlarimiz poetik tafakkurining mahsuli o'laroq shakllangan. Har bir janrga oid folklor materiallari o'ziga xos poetik tizimi, ijro usuli,

1 M. Jo'rayev, J. Eshonqulov "Folklorshunoslikka kirish" Toshkent 2017 3-b

fTTTyiS^^™] 170 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

hayotiy-maishiy vazifasi, musiqaga munosabati, voqelikni badiiy aks ettirish tarzi va boshqa jihatlariga ko'ra bir-biridan farqlanib turadi.

Inson ma'naviyatini yuksaltirishda folklorning o'rni haqida gap ketar ekan, aslida, bu jarayon bolaning tug'ilishidan boshlanadi. Momolarimiz, onalarimiz aytgan allalar, erkalamalar, aytimlar, topishmoqlar, tez aytishlar, ertak va qo'shiqlar bolaning tili, dunyoqarashining shakllanishiga xizmat qiladi. Xalq o'yinlari esa bolaning ham aqlan, ham jismonan ulg'ayishi uchun muhim omillardan biridir. Bola ana shu qadim an'ana va qadriyatlar ichida voyaga yetadi, biroq bugungi global jamiyatda ulg'aygani sari go'yo bu muhitga begona bo'la boshlaydi. Bu begonalik eng avvalo har qadamda o'z ta'sir kuchini ko'rsatayotgan ommaviy madaniyat ta'siridan boshlanadi. Bularning barchasi ma'naviyat ravnaqiga emas, aksiga xizmat qiladi. Bu muammolarni bartaraf etish uchun esa, ta'lim jarayonining barcha bo'g'inlarida, maktabgacha ta'limdan to oliy o'quv yurtlarida til o'qitishda, o'rganishda folklorga va yana folklorga qaytib ish ko'rish lozim bo'ladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

80-yillardan boshlab o'zbek marosim folklori B.Sarimsoqov tomonidan o'rganila boshlangan. Olim o'zbek marosim folklorining janrlar tarkibi, tasnifi, genezisi va tarixiy taraqqiyoti, o'zbek oilaviy-maishiy marosimlar folklori, mavsumiy marosimlar folklori, so'z magiyasiga aloqador badik, kinna, olqish va qarg'ish kabi janrlarni tadqiq etgan.

Marosim folklorni tipologik aspektda o'rgangan B.Sarimsoqov o'zining bu yo'nalishdagi tadqiqotlarini «O'zbek marosim folklori» (1986) nomli monografiyasida umumlashtirgan. Mazkur asarning ilmiy qimmati shundan iboratki, unda «marosim» va «marosim folklori» tushunchalarining mohiyati oydinlashtirilgan, o'zbek marosim folklorining janrlar tarkibi bir necha mezonlar asosida izchil tasniflangan. «Yas-yusun», «Oblo baraka», «Shox moylar», «Lola sayli», «Loy tutish», shamol chaqirish va yomg'ir yog'dirish bilan bog'liq marosimi folklor namunalari, so'z magiyasiga asoslangan badik va kinna janrlari tadqiq etilgan.

Xalq og'zaki badiiy ijodiyoti bilan yozma adabiy an'ananing o'zaro munosabatlari, ya'ni so'z san'atining bu ikki ko'rinishi ora sidagi ko'p qirrali ijodiy ta'sir va badiiy-estetik aloqalarning qadimiy asoslari chuqur tarixiy zaminga ega. Shuning uchun ham B.Sarimsoqov yozma adabiyot bilan xalq og'zaki poetik ijodi orasidagi badiiy-estetik aloqadorlikni tadqiq etishga alohida e'tibor qaratgan. Uning «Folklor va yozma adabiyot munosabatiga doir izlanishlar» (1975), «Folklorizmlar tipologiyasiga doir» (1980), «О типологии фольклоризмов» (1984), «Folklor va adabiyot munosabatlaridagi aks jarayonning hozirgi ahvoli» (1988) kabi maqolalarida yozma adabiyotning folklor bilan tarixiy-genetik aloqadorligi masalasi tadqiq etilgan. B.Sarimsoqov o'zbek adabiyotshunosligida birinchi bo'lib folklorizmlami xarakteri va poetik tabiatiga ko'ra «oddiy folklorizm» hamda «murakkab folklorizm»,

tipologik jihatdan esa folklorizmlar analitik, sintezlashgan va stilizatsiya xarakteridagi folklorizmlarga kabi turlarga ajratgan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

XX asrning 70-80-yillarida Qashqadaryo (A.Qahhorov, K.Ochilov, Ch.Hamro,

A.Ergashev), Buxoro (O.Safarov, Y.Nurmurodov, D.O'rayeva), Xorazm (S.Ro'zimboyev, H.Abdullayev, N.Saburov), Namangan (T.G'oziboyev), Andijon (H.Razzoqov), Surxondaryo (Q.Mamashukurov), Qo'qon (G'.Akramov, I.Bekmurodov)da o'z ilmiy faoliyatlarini olib borgan folklorshunoslar o'zbek xalq dostonlarining poetikasi, variantlari va lokal xususiyatlari, dostonchilik an'analarining saqlanishi va yetakchi baxshilaming badiiy mahorati, dostonlarda turkumlilik, bolalar folklorining o'ziga xos tabiati va janrlar tarkibi, mehnat qo'shiqlarining badiiyati, mifologiya va boshqa mavzularda yirik tadqiqotlarni yaratdilar.

Bu davrda uch jildlik « O'zbek folklori ocherklarining ikki tomi nashr etilganligi, epik repertuarning o'ziga xosligi, xalq baxshilarining badiiy mahorati, xalq dostonchiligining hududiy-lokal tabiati (T.Mirzayev, M.Murodov, M.Qo'shmoqov, S.Ro'zimboyev, H.Abdullayev, O.Madayev), xalq dostonchiligida turkumlilik (M.Mirzayeva, M.Obidova, Q.Mamashukurov), dostonlar poetikasi (M.Saidov, S,Yo'ldosheva, T.Zufarov, T.Ashurov), mifologiya va uning o'zbek folklori epik jarirlarida tutgan o'rni (G'.Akramov, B.Sarimsoqov, M.Jo'rayev), o'zbek marosim folklorining janrlar silsilasi, genetik asoslari va poetikasi (M.Alaviya, B.Sarimsoqov), ertak badiiyati va epik syujetlar tipologiyasi (G'.Jalolov, X.Egamov, K.Imomov, M.Jo'rayev), o'zbek bolalar folklori (G'Jahongirov, O.Safarov), yozma adabiyot va folklor munosabati (O.Sobirov, G'.Mo'minov,

B.Sarimsoqov, I.Yormatov), o'zbek folklori va tarixiy voqelik (M.Boboyev, U.Jumanazarov, S.Umarov)ning tad-qiq etilganligi, terma (A.MusaquIov, A.Tursunqulov), topishmoq (Z.Husainova), lirik qo'shiqlar (Sh.Turdimov), musiqa folklori (F.Karomatov, R.Abdullayev), o'zbek xalq og'zaki dramasi (M.Qodirov, R.Muhanamadiyev) chuqur o'rganilganligi o'zbek folklorshunosligini yangi bosqichga ko'tardi.

XX asrning 80-yillariga kelib, O'zR FA Til va adabiyot institutining Folklor bo'limida markazlashgan o'zbek folklorshunosligi maktabi xalq og'zaki badiiy ijodiyotini o'rganish borasida eng yetakchi ilmiy maktablardan biri darajasiga ko'tarildi.

NATIJA VA MUHOKAMALAR

O'zbek folklorshunosligi xalq ijodi asarlarini ilmiy tadqiq etish borasida ham jiddiy yutuqlarga erishdi. Xalq eposining o'ziga xos tabiati, epik syujetlar genezisi, motivlar poetikasi, obrazlar silsilasi xususida yangidan-yangi tadqiqotlar yuzaga keldi. Marosim folklorining janrlar tarkibi, hududiy-lokal xususiyatlari, kelin salom,

yor-yor, lapar, o'lan, olqish kabi janrlarning tarixiy asoslari va badiiyatiga doir ilmiy tadqiqotlar yaratildi.

Hozirgi kunda shunday kitoblar o'quvchilarning qo'shiq repertuarini yangi, zamonaviy qo'shiqlar bilan boyitishga ham muhim hissa bo'ladi. Bu chop ettirilgan to'plamlardan ham o'quvchilarning Vatanga sadoqat, mehnat kishilarga hurmat, farzandlik burchi, g'urur va faxr hislarini rivojlantirishga imkon beradigan o'nlab qo'shiqlarni tanlab olish mumkin. Turli viloyatlarda kuylash uchun bo'lgan xalq qo'shiqlarini notaga yozib olish va ularni chop ettirish bo'yicha ham dastlabki qadamlar qo'yildi. Xususan, "Jizzax xalq qo'shiqlari" bu sohada yaratilgan dastlabki qo'llanmadir. Bunday qo'llanmalarning barcha viloyatlarda kuylanadigan qo'shiqlarini jamlab chop ettirishi va ularni maktab dasturlariga tanlab kiritish xalq qo'shiqlari orqali o'quvchilarni ma'naviy-axloqiy shakllantirishda muhim vosita sifatida xizmat qildi2

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, xalq eposining o'ziga xos tabiati, epik syujetlar genezisi, motivlar poetikasi, obrazlar silsilasi xususida yangidan-yangi tadqiqotlar yuzaga keldi. Marosim folklorining janrlar tarkibi, hududiy-lokal xususiyatlari, kelin salom, yoryor, lapar, o'lan, olqish kabi janrlarning tarixiy asoslari va badiiyatiga doir ilmiy tadqiqotlar yaratilsa maqsadga muvofiq bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 21.05.2019 yildagi O'RQ-539-son Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to'g'risida https://lex.uz/docs/-4346831?ONDATE=07.06.2022

2. Авербух О. Человек и энергия. Ташкент, 2018. - 192 с.

3. S.Q. Qahhorov "Qayta tiklanuvchi energiya manbalari" o'quv qo'llanma"Durdona" nashriyoti Buxoro - 2021 27-b.

4. T.Sh. Majidov "Noana'naviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari" darslik Toshkent - 2014 51-b.

5. O'zbekistonda qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirish istiqbollari. YUNDP, Toshkent, 2007. - 92 bet.

6. Topildiev, S. (2022, November). A Glance at the History of Makom Art. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 170-172).

7. Topildiyev, S. (2022). AN'ANAVIY IJROCHILIK VA UNING RIVOJLANTIRISH YO'LLARI. Oriental Art and Culture, 3(2), 527-533.

8. Mamatov, J. (2022). The Secret of the Violins of the Cremonese School. Central Asian Journal of Medical and Natural Science, 3(6), 293-295.

2 O'ZBEK MUSIQA MEROSIGA BIR NAZAR R.E.Otamurodov, BuxDU Musiqa ta'limi kafedrasi o'qituvchisi. ПТТТВ^^Н] 173 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

9. Маматов, (2021). CAHLAT MYTAXACCHCTAPHHH TAHEP^Am^A ^HPH^EP^HK. Oriental Art and Culture, 2(4), 353-360.

10. Mamatov, J. (2022). Parameters of the Connection between Art and Culture. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(3), 69-76.

11. Davlatjon, T. (2022). ESTRADA VA BOLALAR QO'SHIQLARI IJROCHISI, BASTAKOR SH. RAMAZONOV. Oriental Art and Culture, 3(1), 331333.

12. Toshmatov, D. (2022). The Life Path of Yunus Rajabi that we are Not Aware. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(4), 11-16.

13. Davlatjon, T. (2022, April). MUSIQA OQITUVCHISIDA VOKAL KONIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING BAZI MUAMMOLARI. In E Conference Zone (pp. 118-122).

14. Madolimov, D. Y. (2023, May). MAIN GENRES INCLUDED IN THE HERITAGE OF UZBEK FOLK MUSIC. In International Conference on Research Identity, Value and Ethics (pp. 464-466).

15. Madolimov, D. Y. (2023). Working and Developing Children's Voices in Singing. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 3(10), 28-31.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.