FOLKLOR ASARLARINI SAHNALASHTIRISHDA REKVEZIT VA LIBOSLARDAN FOYDALANISH
Kamoliddin Saidovich Isayev
O'zDSMI
Annotatsiya: Folklor-sinkritik xususiyatga ega bo'lib, barcha san'at turlariga xos elementlarni o'zida mujassamlashtirgan, so'z, kuy va ma'lum turlarida raqs uyg'unlikda ijro etiladi. Folklorda xalq hayoti, tarixi, taqdiri badiiy aks etadi. Folklor asarlari mag'zida xalqning dunyoqarashlari, ibtidoiy mifologik tushunchalardan mukammal diniy e'tiqodiga bo'lgan tushunchalar tadrijiy ravishda bo'y ko'rsatadi. Ushbu maqolada folklor milliy liboslari va uning bugungi kundagi o'rni xususida so'z yuritildi.
Kalit so'zlar: folklor, milliy liboslar, xalq o'yinlari, folklorshunoslik
USE OF PROPS AND COSTUMES IN THE STAGEMENT OF FOLKLORE
WORKS
Kamoliddin Saidovich Isayev
UzSIAC
Abstract: Folklore has a syncretic feature, embodies the elements typical of all art forms, is performed harmoniously in words, tunes and certain types of dance. People's life, history, destiny are artistically reflected in folklore. In the core of folklore works, people's worldviews, concepts from primitive mythological concepts to perfect religious beliefs are gradually developed. This article talks about folkloric national costumes and their place today.
Keywords: folklore, national costumes, folk games, folklorist
"Ma'naviyat kecha yoki bugun paydo bo'lib qolgan tushuncha emas, u asrlardan buyon xalqimiz bilan birga yashab, birga taraqqiy etib kelayotgan buyuk bir qadriyatdir" degan edi muhtaram yurtboshimiz o'z nutqlarida. Inson dunyoga kelgan kunidan boshlab, to hayotining eng so'nggi lahzasigacha o'zi mansub xalqning qadriyatlari, an'analari ichida ulg'ayadi, kamol topadi. Hatto o'zini folklorga begona deb bilgan, bu atama ta'rifidan mutloqa yiroq bo'lgan kishi shu an'analar ichida ulg'aygan, uning ongi, shuuri shu qadim an'analari ta'sirida shakllangan bo'ladi. Har bir sohaning o'z tarixi bo'lganidan, folklorshunoslik borasidagi izlanishlarning ham o'z ildizlari mavjud. Bu izlanishlar ildizi olis o'tmishga borib taqaladi. Mahmud Koshg'ariy zamonidan to bugungi kungacha xalq og'zaki ijodi haqida nimaiki
aytilgan, yozilgan bo'lsa bularning bari o'zbek xalq og'zaki ijodini o'rganishga o'zining munosib ulushini qo'shgan. Folklor turli davrlarda turlicha o'rganilgan, turlicha yondashuvlar bo'lgan, biroq mustaqillikdan keyin u tom ma'noda yangicha mazmun va mohiyat kasb etdi. Inson ma'naviyatini yuksaltirishda folklorning o'rni haqida gap ketar ekan, aslida bu jarayon bolaning tug'ilishidan boshlanadi. Momolarimiz, onalarimiz aytgan allalar, erkalamalar, aytimlar, topishmoqlar, tez aytishlar, ertak va qo'shiqlar bolaning tili, dunyoqarashining shakllanishiga xizmat qiladi. Xalq o'yinlari esa bolaning ham aqlan, ham jismonan ulg'ayishi uchun muhim omillardan biridir. Bola ana shu qadim an'ana va qadriyatlar ichida voyaga yetadi, biroq bugungi global jamiyatda ulg'aygani sari go'yo bu muhitga begona bo'la boshlaydi. Bu begonalik, eng avvalo, har qadamda o'z ta'sir kuchini ko'rsatayotgan ommaviy madaniyat ta'siridan boshlanadi. Bularning barchasi ma'anaviyat ravnaqiga emas, aksiga xizmat qiladi. Bu muammolarni bartarf etish uchun esa, ta'lim jarayonining barcha bo'g'inlarida, maktabgacha ta'limdan to oliy o'quv yurtlarida til o'qitish va o'rganishda folklorga ilmiy-nazariy yondashish maqsadga muvofiq bo'ladi.
80-yillardan boshlab o'zbek marosim folklori B.Sarimsoqov tomonidan o'rganila boshlangan. Olim o'zbek marosim folklorining janrlar tarkibi, tasnifi, genezisi va tarixiy taraqqiyoti, o'zbek oilaviymaishiy marosimlar folklori, mavsumiy marosimlar folklori, so'z magiyasiga aloqador badik, kinna, olqish va qarg'ish kabi janrlarni tadqiq etgan.
Marosim folklorni tipologik aspektda o'rgangan B.Sarimsoqov o'zining bu yo'nalishdagi tadqiqotlarini «O'zbek marosim folklori» (1986) nomli monografiyasida umumlashtirgan. Mazkur asarning ilmiy qimmati shundan iboratki, unda «marosim» va «marosim folklori» tushunchalarining mohiyati oydinlashtirilgan, o'zbek marosim folklorining janrlar tarkibi bir necha mezonlar asosida izchil tasniflangan. «Yas-yusun», «Oblo baraka», «Shox moylar», «Lola sayli», «Loy tutish», shamol chaqirish va yomg'ir yog'dirish bilan bog'liq marosimi folklor namunalari, so'z magiyasiga asoslangan badik va kinna janrlari tadqiq etilgan.
Xalqning til boyligi birinchi galda uning folkorida namoyon bo'ladi. Biror bir xalqning qanday xalqligini bilish uchun uning folklorini o'rganish zarur deb o'ylayman. Folklorda xalqning til imkoniyatlari, mushohada tarzi, ijodiy quvvati aks etgan bo'ladi. Og'zakilik, variantlilik, jamoaviylik folklorning o'ziga xos xususiyati bo'lib, u xalq ijodi namunalari bevosita jonli ijro jarayoni bilan bog'liq ekanligini urg'ulaydi, ya'ni folklor asarlariga turg'unlik xos emas, u har galgi ijroda o'zgaradi, yangilanadi, bu esa badiiy til imkoniyatlarining yuksak namoyishi demakdir. Shuning uchun aytish mumkinki, folklor bu shunchaki so'z san'ati namunasigina emas, balki, xalqining til zahirasi, tushuncha va tafakkur tarzini bor bo'y basti bilan o'zida aks ettirgan, olis o'tmishdan to bugungi kungacha jonli holatda xalqning o'zi bilan birga
yashab kelayotgan doimiy harakatdagi tarixi va madaniyati hamdir. Bugungi yoshlami komil inson qilib tarbiyalashda, ma'naviyatini yuksaltirishda ko'plab usullar, vositalar, metodlar mavjud. Biroq bu usul va metodlar birinchi navbatda so'z san'atining ibtidosi sanalgan folklor namunalariga suyanilgan holda amalga oshirilsa, yanada samarali va ta'sirchan bo'ladi1.
Xalqimizning milliy taraqqiyotida, ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy yuksalishida folklor, umuman badiiy so'z san'ati hamisha tayanch nuqta bo'lib kelgan. Zero, folklor bu millatning quvvati, tirikligi va buyukligidir. Bugungi global jamiyatda davlat chegaralari qo'riqlangani, muhofaza etilgani kabi millat tili va tafakkuri, estetik didi ham huddi shunday asrab avaylanishga, qattiq himoyaga muhtojdir. Folklor deganda, xalq tomonidan yaratilgan hamma san'at namunalari me'morchilik, naqqoshlik, ganchkorlik, zardo'zlik, musiqa, raqs, og'zaki adabiyot namunalari tushuniladi. Har bir san'at sohasida ish olib borayotgan mutaxassis o'zi tanlagan turni "folklor" deb ataydi. Masalan, musiqachi xalq kuylarini, xoreograf xalq raqslarini, arxitektor xalq me'morchiligini, folklorshunos olimlar esa, xalq og'zaki ijodiga ta'luqli bo'lgan barcha janrlarni folklor asari deb hisoblaydi2.
Folklor milliy liboslari- o'zbek xalqining milliy o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi qadimgi davrlarda yaratilgan va hozirgi kunlarda foydalaniladigan, madaniyati va tarixi bilan uzviy bog'liq bo'lgan kiyimlar hisoblanadi. Har bir mintaqa uchun o'ziga xos farq va xususiyatlar mavjud. Folklor milliy libosiga ayollar uchun-zar chopon, doppi va atlas, erkaklar uchun-do'ppi, chopon, belbog' va yaxtak kiradi(1-rasm).
1-rasm. Ayollar folklor milliy libosi
1 Imomov K., Mirzayev T., Sarimsoqov B., Safarov O. O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi. - T.: O'qituvch, 1990.
2 Jo'rayev M. O'zbek mavsum marosim folklori. - Toshkent: Fan, 2009.
O'zbek folklori milliy libosi jahonda o'z o'rniga egadir. Masalan dunyoning turli joylaridan kelgan mehmonlar O'zbekistonda folklor milliy liboslari o'z o'rniga doimiy ravishda ega bo'lib kelganligi barchamizga sir emas. O'zbek folklor milliy liboslari o'zgacha jozibadorligi, hushbichimligi va naqshinkorligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, mustaqillikdan so'ng milliy liboslarimizga bo'lgan e'tibor yanada kuchaydi. Hozirda o'zbek qo'li gul chevarlari tomonida yaratilgan milliy liboslar O'zbekistonning turli go'shalari namoyish etilib qolmasdan balki, turli davlatlarda turlicha namoyish etib kelinmoqda. O'zbekistonga mehmon bo'lib kelgan har bir sayyoh vatanimizning tarixiy obidalarini, memorchilik san'atini, milliy urf-odatlarimizga katta qiziqish bilan e'tibor qaratib kelmoqdalar. Mustaqillik va navro'z shodyonalari, hosil bayramini va o'zbekona to'ylarni guvohi bo'ladilar. Estalik sifatida atlas, do'ppi, belbog', chopon va boshqa memorchilik uslubida yasalgan estalik sovg'alar bilan qaytishadilar.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Hozirda o'zbek qo'li gul chevarlari tomonida yaratilgan milliy liboslar O'zbekistonning turli go'shalari namoyish etilib qolmasdan balki, turli davlatlarda turlicha namoyish etib kelinmoqda. O'zbekistonga mehmon bo'lib kelgan har bir sayyoh vatanimizning tarixiy obidalarini, memorchilik san'atini, milliy urf-odatlarimizga katta qiziqish bilan e'tibor qaratib kelmoqdalar. Mustaqillik va navro'z shodyonalari, hosil bayramini va o'zbekona to'ylarni guvohi bo'ladilar.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Imomov K., Mirzayev Т., Sarimsoqov B., Safarov O. O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi. - Т.: O'qituvch, 1990.
2. Madayev O., Sobitova T. O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi- Т., 2005.
3. Jo'rayev M. O'zbek mavsum marosim folklori. - Toshkent: Fan, 2009.
4. Safarov O. O zbek xalq og'zaki ijodi. -T . "Musiqa", 2010.
5. Jabborov. O'zbek xalq etnografiyasi.-T."O'qituvchi" 1994.
6. Аникин В. Теория фолклора. - М.: Наука, 2012.
7. O'zbek folklorshunosligi masalalari. 3-kitob. Т., 2010.