Научная статья на тему 'FOLKLOR-ETNOGRAFIK QO‘SHIQLARI VOSITASIDA O‘QUVCHILARNI MILLIY RUHDA TARBIYALASHNING NAZARIY ASOSLARI'

FOLKLOR-ETNOGRAFIK QO‘SHIQLARI VOSITASIDA O‘QUVCHILARNI MILLIY RUHDA TARBIYALASHNING NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
179
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
folklor / musiqa ta’limi / musiqa savodi / musiqa madaniyati / musiqiy qobiliyat / musiqiy bilim / tarix / adabiyot / san’at / siyosat / axloq / falsafa / tibbiyot / matematika / mineralogiya / kimyo / astronomiya / me’morlik / dehqonchilik

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ma’rufjon Ashurov Abdumutalibovich

Musiqa san’ati madaniy fenomen sifatida yangi avlodni tarbiyalash va kamolga yetkazish borasida cheksiz imkoniyatlarga egadir. San’at bilan oshno bo‘lgan yoshlarning hayotga munosabati, milliy urf-odat va umumbashariy qadriyatlarga hurmati baland bo‘ladi. Maqolada Folklor-etnografik qo‘shiqlari vositasi orqali o‘quvchilarni milliy ruhda tarbiyalashning nazariy asoslari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FOLKLOR-ETNOGRAFIK QO‘SHIQLARI VOSITASIDA O‘QUVCHILARNI MILLIY RUHDA TARBIYALASHNING NAZARIY ASOSLARI»

FOLKLOR-ETNOGRAFIK QO'SHIQLARI VOSITASIDA O'QUVCHILARNI MILLIY RUHDA TARBIYALASHNING NAZARIY

ASOSLARI

Ma'rufjon Ashurov Abdumutalibovich Andijon davlat universiteti

Annotatsiya: Musiqa san'ati madaniy fenomen sifatida yangi avlodni tarbiyalash va kamolga yetkazish borasida cheksiz imkoniyatlarga egadir. San'at bilan oshno bo'lgan yoshlarning hayotga munosabati, milliy urf-odat va umumbashariy qadriyatlarga hurmati baland bo'ladi. Maqolada Folklor-etnografik qo'shiqlari vositasi orqali o'quvchilarni milliy ruhda tarbiyalashning nazariy asoslari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: folklor, musiqa ta'limi, musiqa savodi, musiqa madaniyati, musiqiy qobiliyat, musiqiy bilim, tarix, adabiyot, san'at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, mineralogiya, kimyo, astronomiya, me'morlik, dehqonchilik

THEORETICAL FOUNDATIONS OF EDUCATING STUDENTS IN THE NATIONAL SPIRIT BY MEANS OF FOLKLORE-ETHNOGRAPHIC SONGS

Ma'rufjon Abdumutalibovich Ashurov Andijan State University

Abstract: The art of music as a cultural phenomenon has unlimited possibilities for educating and bringing to maturity a new generation. Young people who are familiar with art have a higher attitude towards life, respect for national traditions and universal values. The article describes the theoretical foundations of educating students in the national spirit through folklore-ethnographic songs.

Keywords: folklore, music education, music literacy, music culture, musical ability, musical knowledge, history, literature, art, politics, ethics, philosophy, medicine, mathematics, mineralogy, chemistry, astronomy, education farming, agriculture

Kirish

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Sharq taronalari" o'n ikkinchi xalqaro musiqa festivali ochilishiga bag'ishlangan tantanali marosimidagi nurqida: "Barchangiz guvohsiz, shu kunlarda generativ musiqa, sun'iy intellekt haqidagi bahslar qizg'in tus olmoqda. Kelajak musiqasini endi faqat texnika yaratadi, degan bashoratlar ilgari surilmoqda. Lekin hammamiz yaxshi bilamizki, har qanday mukammal texnika vositasi ham tirik inson nafasini, uning yurak nolalarini, jonli ovoz

jozibasini, chinakam san'at o'rnini hech qachon bosolmaydi. Haqiqiy san'atni, sof va boqiy musiqani faqat Parvardigori olamning marhamati bilan hazrati Inson yaratadi" deb aytib o'tdilar.

Asosiy qism

Sayyoramizda turli kelishmovchilik va qarama-qarshiliklar, urush va nizolar avj olgan tahlikali zamonda, odamzot tobora o'z dunyosiga o'ralib borayotgan bir sharoitda musiqa insonga insonligini eslatib, uning qalbida kelajakka umid va ishonch uyg'otadi. Musiqa san'ati madaniy fenomen sifatida yangi avlodni tarbiyalash va kamolga yetkazish borasida cheksiz imkoniyatlarga egadir. San'at bilan oshno bo'lgan yoshlarning hayotga munosabati, milliy urf-odat va umumbashariy qadriyatlarga hurmati baland bo'ladi. Va men ishonaman, ular dunyoni ma'naviy tanazzuldan qutqarishga qodir bo'lgan, o'zaro ahillik va birdamlikni ulug'lovchi avlod bo'lib maydonga chiqadi. Shu ma'noda, musiqa - hech narsa bilan o'lchab, solishtirib bo'lmaydigan beqiyos ilohiy ta'sir kuchiga ega desak, ayni haqiqatni aytgan bo'lamiz".

O'zbekiston Respublikasi 1-prezidenti va Davlat mustaqilligi asosichisi I.Karimovning 2008 yil e'lon qilingan "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" kitobida: "Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og'zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-minglab qo'lyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san'at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, mineralogiya, kimyo, astronomiya, me'morlik, dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma'naviy boyligimizdir" Xalq ijodi, xususan, og'zaki ijod namuna yurtboshimiz to'g'ri ta'kidlaganlaridek ajdodlarimiz tafakkuri va dahosini namoyon etuvchi ma'naviy xazina hisoblanadi. Bu xazina boyliklarini yosh avlodning ma'nan kamolot topishi yo'lida xizmat qildirish soha xodimlarining asosiy vazifasi hisoblanadi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev xalqaro baxshichilik festivali ochilishiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ta'kidlaganidek: "...Tengsiz ma'naviy boyligimiz bo'lmish mumtoz san'atni, xalq ijodining nodir namunalarini asrabavaylash va rivojlantirish, uni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish jahondagi ilg'or fikrli olimlar va san'atkorlarning, davlat va jamiyat arboblari, barcha madaniyat ahlining ezgu burchidir"1.

Dunyo xalqlari qatori mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan milliy qadriyatlarni tiklash, unutilgan an'analarni keng ommalashtirish va ularni chuqur o'rganish uchun zarur sharoitlar yaratildi. Zero, O'zbekiston xalqining qadimgi urf-odat, an'ana va marosimlarga alohida e'tibor berishi ma'naviy tiklanish jarayoni jadal kechayotgan hozirgi kunda muhim ahamiyatga ega. Chunki, kishilarni yangicha ruhda tarbiyalash, ularning ongiga milliy

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalqaro baxshichilik san'ati festivali ochilishiga bag'ishlangan marosimdagi nutqi // Xalq so'zi gazetasi, 2019-yil, 7-aprel. - №68(72-98) son. -B.1.

I îhSi^^Bl 280 http://oac.dsmi-qf.uz

mustaqillik g'oyalarini chuqurroq singdirish, ajdodlarimiz yaratgan qadriyatlar mohiyatini keng targ'ib qilishda, an'ana va marosimlar mohiyatini anglash, ularni ayniqsa, yoshlarga chuqurroq tushuntirish, miliy istiqlol mafkurasini keng omma orasiga yoyishning ta'sirchan vositalaridan biri hisoblanadi.

Jamiyat rivoji davomida kishilarning o'zaro munosabatlari va ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyot qonuniyatlari asosida muayyan urf-odat va marosimlar tizimi shakllanadi. Asrlar davomidagi rivojlanish jarayonida xaqona, milliy xususiyatlarni aks ettirgan marosim va an'analargina saqlanib, takomillashib kelaveradi. Xalqning milliy ruhiyati va mentaliteti ham uning marosimlari hamda og'zaki badiiy ijodiyotida o'z ifodasini topadi.

Urf-odatlar ijtimoiy madaniyatning o'ziga xos amaliy tomonidir. Ular turg'un va barqaror tavsifga ega bo'lib, ayrim yoki yakka saxslar tomonidan emas, balki ko'pchilik tomonidan ro'yobga chiqariladi. Masalan, ota-onalarga hurmat, keksalarga ehtirom, mehmondo'stlik kabilar xalqimizning eng asosiy urf-odatlaridan bo'lib, bularga xalq an'analarining bir ko'rinishi sifatida amal qilinadi.

Ma'lumki, an'ana va marosimlar xalqning ulug'vorligini, uning milliy qadr-qimmatini va mehnatsevarlik, erksevarlik, do'stlikka sadoqatni, boshqa xalqlarga hurmat, Vatanga muhabbati-yu, dushmanga nafrat kabi xususiyatlarini o'zida aks ettiradi. Xalqning eng yaxshi an'analari - insonparvarlikni, jamoa bo'lib ishlash va kamtarlikni, mehmondo'stlikni va kattalarga hurmatni, asrlar davomida mehnatkash xalq orasida rasm-rusumga aylangan boshqa ijobiy xislatlarni o'zida gavdalantiradi.

O'sib kelayotgan yosh avlodga ta'lim-tarbiya berish, xususan o'rta ta'lim maktablarida o'qitiladigan har bir fan, sinfdan tashqari olib boriladigan har bir tadbirdan o'quvchilarni ma'naviy-axloqiy shakllantirish vositasi sifatida foydalanish o'ta muhim va dolzarb masaladir. Chunki, mamlakat va xalqning taqdiri kelajagimiz vorisi bo'lgan ana shu yoshlarning hayotga qay darajada tayyor ekanligi va ularning ma'naviy-mafkuraviy barkamolligiga bog'liqdir. Ma'naviyat odamning ruxiy va aqliy olamining majmuidir. U jamiyat, millat yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlashtiruvchi tushunchadir. Ma'naviyat keng ma'noda maorifat, madaniyat tushunchalarini ham o'z ichiga oladi.

U inson va jamiyat madaniyatining negizi, ma'lum yo'nalishining bosh omilidir. Ma'naviyat boyib borsa, jamiyat ravnaq topadi va ma'naviyat qashshoqlansa, jamiyat tanazzulga yuz tutadi. Kishi ma'naviyati darajasi shaxsning iste'dodi, qobiliyati, uquvi, qarashlarining etukligi, rivojlanganligi bilan o'lchanadi.

Axloq, xulq va atvor so'zlari ham ma'naviyatning tub mazmunidan kelib chiqqan arabcha so'z bo'lib, ular o'zbek tilida ham o'z ma'nosida ishlatiladi. Axloq bizning hayotimiz va ongimizga faol ta'sir etadi, kishilik jamiyati tomonidan yaxshilik-yomonlik, adolat- adolatsizlik, mehr bilan zulm o'rtasidagi insoniy munosabatlardagi maqbul va nomaqbul, man etilmaydigan va man etiladigan xatti-harakatlarni belgilab

beradi. Axloqiy tarbiya - bu shaxsning ona Vatani, xalqi, boshqa millat vakillari, mehnat, insonlar va o'z-o'ziga bo'lgan munosabatining majmuidir.

Ma'naviy-axloqiy tarbiya - bu millat va jamiyat tomonidan yaratilgan barcha ruhiy va aqliy neomatlarning shaxs tomonidan o'zlashtirilib, undan foydalangan holda o'z axloqini barkamollashtirishga erisha olganlik darajasini ko'rsatuvchi me'zondir. Xalq qo'shiqlari xalq va millatning ma'naviy musiqiy boyligi hisoblanadi. Har bir xalq asarining tarixi, uning an'anaviy ijrosi, xalq urf-odatlari va boshqa qadriyatlari bilan bog'lanishini va qaysi janrga (alla, yalla, yor-yor, va h.) mansubligini bilib ijro etish hamda undan axloqiy xulosalar chiqarib olish madaniyatini egallash.

Folklor umumiy tushuncha. "Folklor" termini inglizcha (folk) - xalq va (lore) -donolik so'zlaridan kelib chiqqan bo'lib, "xalq donoligi", "xalq donishmandligi" ma'nolarini anglatadi. U birinchi marta 1846 yilda Vilyam Toms tomonidan ilgari surilgan. Shundan boshlab bu termin xalqaro miqyosda ilmiy taomilda o'zlashilib ketdi. Shunga qaramay, Angliya va AQSHda bu mavhum keng ma'noda xalq ijodiyotining barcha sohalarini - xalq poeziyasi, nasri, musiqasi, raqs, rassomlik, o'ymakorlik, diniy e'tiqod va urf-odatlarni ifodalasa, o'zbek xalq ijodiyotida esa, asosan, so'z san'ati, xalq og'zaki poetik ijodi tushunchasini ifodalaydi. Xalq musiqasi tushunchasi "musiqa folklori", xalq san'atining boshsa turlari, chunonchi, o'ymakorlik (yog'och, ganch va mis o'ymakorligi), kulolchilik, zargarlik, zardo'zlik, kashta (pat) do'zlik singarilar xalq amaliy san'ati atamalari bilan ifodalanadi. Xalq raqsi san'ati xalq xoreografiyasi (grekcha choreuo - xor jo'rligida raqsga tushmoq va grapho—raqs harakatlarini maxsus belgilarda yozib olmoq) deb yuritiladi.

O'zbek folklorshunosligida "folklor" atamasi nisbatan keyinroq ilmiy iste'molga kirdi. U dastlab "el adabiyoti", "xalq adabiyoti", "og'zaki adabiyot", "og'zaki ijod" tarzida qo'llanildi. 1935 yilda H.Zarif va Sh.Rajabiylarning "O'zbek xalq folkloridan namunalar" kitobi bosilib chiqqandan keyin mazkur termin keng qo'llana boshlandi va asta-sekin o'zbek folklori tushunchasi zamirida o'zbek xalq og'zaki poetik ijodi tushuniladigan bo'ldi. H.Zarifning oliy o'quv yurtlari uchun tuzgan ikki jildlik "O'zbek folklori" (1939, 1941) xrestomatiyasi nashr qilingach, u yanada barqarorlashtirildi.

O'zbek folklori xilma-xil janrlardan tarkib topgan og'zaki so'z san'ati bo'lib, o'zbek xalqining dunyoqarashi, badiiy zavqi, ijodiy salohiyati, simpatiya va antipatiyasi, orzu va intilishlarini aks ettiradi, binobarin, folklorni maxsus fan sifatida oliy o'quv yurtlarida o'qitish hayotiy zaruriyat taqozosi tufayli amalga oshdi. Folklorni fan sifatida o'rganish xarakati dastlab Angliya universitetlarida XVII asrning ikkinchi yarmidan boshlangan edi. Rossiyada esa F.N.Buslayev va uning shogirdlari A.N.Veselovskiy, N.I.Storojenkolar tashabbusi bilan 1863 yili Moskva va Peterburg universitetlarida "Umumiy adabiyot tarixi" nomi ostida rus folklorini o'qitish tashabbusi esa, asosan 30-yillarning o'rtalarida amalga oshdi.

Ibtidoiy kishilar hali yozuvni bilmagan zamonlarda o'z fikr-mulohazalarini og'zaki bayon etganlar. Shu asnoda ularning og'zaki badiiy ijodi paydo bo'lgan. Binobarin, og'zaki ijodiyoti o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan so'z san'ati bo'lib uning barcha namunalari jonli ijro jarayonidagina yashaydi, shu sababli ayrim janrlarda so'z va kuy omuxtaligi yetakchi bo'lsa, ayrimlarida sahna san'ati elementlari ustun turadi.

Folklor - sinkretik xususiyatlarni o'ziga mujassamlashtirgan. Uning talay namunalari so'z va kuy uyg'unligida ijro etiladi. Doston, termalarni do'mbira jo'rligida kuylash an'anaviy bo'lsa, qo'shiq dutor va childirma jo'rligida ko'ylanadi. Bir xil qo'shiqlar raqs bilan ijro etiladi. Aksariyat folklor asarlarida so'z yetakchi o'rinni egallaydi. Ertak, afsona, naql, rivoyat, lof, latifa, maqol va topishmoq janrlari shunday xarakterga ega. Xalq ertaklarida, xalq dramasida xarakat va mimika, kuy g'oyaviy-badiiy mazmunni ifodalashda bir qadar ahamiyat kasb etsa-da, baribir, so'z mazmunni ochuvchi asosiy vosita bo'lib qolaveradi. Bu folklorning so'z san'ati sifatidagi moliyatini to'la-tukis tasdiqlaydi.

Chindan ham folklorning paydo bo'lishida mehnat hal qiluvchi rol o'ynadi. M.Gorkiy o'qtirganidek: "Kishilar juda qadimgi davrdayoq uchishni orzu qilganlar. Faeton, Dedal va uning o'g'li Ikar hamda "uchar gilam" haqidagi afsonalar bundan dalolat beradi. Odamlar yerda tez xarakat qilishni orzu qilib ("Chopqir etik" ertagi), otga minishni o'rganganlar, daryoda uning oqimidan ham tez suzish istagi eshkak va yelkanni ixtiro qilishga olib keldi; uzoqdan turib dushman yoki maxluqni daf qilishga intilish esa palaxmon va kamonning yuzaga kelishiga sababchi bo'ldi. Insonlar bir kechada juda ko'p mato to'qishni, eng yaxshi turar joy, xattoki "qasr", ya'ni dushman hamlasiga chidash bera oladigan mustahkam qo'rg'on qurishni hayol qildilar. Bu yo'lda ular qadimiy mehnat qurollaridan biri bo'lgan charxni va mato to'qish uchun ibtidoiy dastgohni yaratdilar hamda dono Vasilisa haqidagi ertakni ijod etdilar"2. Shu zaylda mehnat jarayoni og'zaki so'z san'atining yuzaga kelishini, ijtimoiy taraqqiyot tufayli mehnatning turli tarmoqlarga bo'linishi esa, o'z navbatida so'z san'atining xilma-xil xarakter kasb etishini ta'minladi. Aytaylik, og'zaki so'z san'ati paydo bo'lish jarayonida ibtidoiy odam so'zning magik (ilohiy, sehli) qudratiga sig'inar, shu asosda o'z xatti-harakatlarini belgilar va o'z mehnatining samarasini baholar edi. Natijada, so'z marosim bilan bog'lana boshladi, u yoki bu marosim mohiyatini ifoda etdi.

Jamiyat taraqiyoti o'zgargan sari sinflarning paydo bo'lishi bilan xalq tushunchasining mohiyati ham o'zgardi: xalq hukmronlik mavqeidagi xo'jayinlar va ularga mutelikka mahkum qilingan qullardan iborat ikki toifaga bo'lindi, ezuvchilar va eziluvchilar tarzidagi antagonistik kuchlar yuzaga keldi. Ekspluatatorlar o'z manfaatlarini himoya qilib, mehnat ahlini tutqunlikda saqlash yo'llarini ifodalovchi

2 Gorkiy M, Adabiyot haqida. Toshkent, O'z adabiy nashr, 1962, 264— 265- betlar.

283

asarlar yarata boshladilar, ularda diniy-mistik motivlami, mazlum ommani itoatkorlikka chorlovchi g'oyalarni targ'ib qildilar. Ekspluatatsiya qilinuvchilar esa zulm ahliga nafratlarini, har qanday yovuz kuch ustidan g'alaba qilishga qodirliklarini ifodalovchi asarlar ijod qildilar. Ular hayot haqidagi tushunchalarini, ijtimoiy-siyosiy, tarixiy-falsafiy, badiiy-estetik qarashlarini ifoda etish bilan folklor asarlarining g'oyaviy mazmundorlik jihatidan xalqchilligini ta'minladilar. Ilg'or g'oyaviy - folklor halqchilligining negizidir. Xalq og'zaki ijodi namunalarida aks etgan ijtimoiy-tarixiy voqealar hamisha oddiy mehnat kishilari nuqtai nazaridan baholanadi.

Foklorda tasviriy vositalar va badiiyat. Folklor qadimiy so'z san'ati sifatida nafaqat chuqur g'oyaviyligi balki yuksak badiiyligi bilan ham ajralib turadi. Unda voqeilikni ifodalashning doston, ertak, maqol, qo'shiq, topishmoq singari hilma-hil janrlari shakllangan. Xalq ijodiyotining voqelikni badiiy umumlashtirish prinsiplarida, shuningdek, bir qator kompozitsion priomlarda (chunonchi, syujet va uning komponentlari, obrazlilik, tasviriy vositalar) talay o'ziga xosliklar mavjud.

Folklorda tasvirlangan voqelik vaqt (zamon) e'tiboriga ko'ra o'tmishga daxldor, shu sababli u yoki bu janr tabiatida, shuningdek til xususiyatlarida o'sha qadimiylik izlari saqlanib qolingan. Buni badik, kinna, olqish va qarg'ishlarda ibtidoiy ajdodlarimizning so'z qudratiga sig'inganliklari, shuningdek, folklor namunalari tilida arxaik ifodalar va dialektizmlarning yashab kelganligi yaqqol tasdiqlaydi. Folklor asarlari tili, jonli so'zlashuv tili bo'lganligi uchun ham arxaik ifodalar va dialiktizmlar uning uchun norma sanaladi. SHu hususiyati bilan folklor tili adabiy jihatdan sayqallangan badiiy adabiyot tilidan farq qiladi. Folklor tili muttasil harakatda bo'lib hamma zamonlarda ham adabiy tilning boyish manbai bo'lib kelmoqda.

O'zbek xalq ijodiyotida tasviriy ifoda vositalarining badiiy adabiyotdan farq qiluvchi o'ziga xos butun bir sistemasi ishlangan. Bu xalq qo'shiqlaridagi ramziy obrazlar, doimiy sifatlashlar, an'anaviy formulalar turg'un iboralarning yashovchanligi folklore asarlari tilida erkalovchi, kichraytiruvchi qo'shimchalarning ko'pligida, parallelizm, sajoning aktiv va o'ziga xos qo'llanishida yorqin ko'rinadi.

Folklor kollektiv ijod. Xalq og'zaki badiiy ijodi asarlari uzoq muddatli ijodiy jarayonda, og'izdan-og'izga, avloddan-avlodga, ustozdan shogirtga o'tib yuzaga keladi va yashaydi. Badiiy adabiyot namunasining muallifi ham yozilgan vaqti ham aniq va ma'lum bo'ladi. Folklor asarlari muallifining noaniqligi - anonimligi (grek. anonymis - noma'lum) o'sha asarning qachonlardir individual ijodkor tomonidan yaratilganligini inkor etmaydi.) V.G.Belinskiy aytganidek, folklorda "mashho'r nomlar yo'q, chunki, uning muallifi hamisha xalqdir. Uning navqiron xalq yoki qabila ichki va tashqi hayotining jimjimalarsiz va aniq tasvirlangan oddiy va soddagina qo'shiqlarini kim to'qiganini hech kim bilmaydi... va bu qo'shiq urug'dan urug'ga, avloddan avlodga o'tadi va vaqtlar o'tishi bilan o'zgarib boradi: goh uni qiqartirishsa, goh uzaytirishadi, goh yangidan tuzishadi, goh unga boshqa qo'shiqlarni ulashsa, goh

unga qo'shimcha qilib boshqa bir qo'shiqni to'qishadi - shunda qo'shiqdan doston chiqadi, faqat xalq unga o'zini muallif sanay oladi... Adabiyot - boshqa ish: endi xalq emas, balki xalq hayotining turli tomonlarini o'z amaliy faoliyatlarida eks ettiruv alohida shaxslar uning arbobi. Adabiyotda shaxs tula bilan maydonga chiqadi va adabiy bosqichlar hamisha shaxslar nomi bilan ajralib turadi"3. Ko'ramizki, folklor asari "qachonlardir noma'lum shaxs (individ) tomonidan to'qilsada, og'izdan-og'izga, avloddan-avlodga o'tish jarayonida kollektiv ijodkorligi namunasiga aylanadi. Kollektiv ijodiy salohiyatidan bahramandlashgan holda, mukammallashib, g'oyaviy badiiy kamolot kasb eta boradi.

Shuni aytish o'rinliki, folklor qadim zamonlarda kollektivning ommaviy ijodi sifatida yuzaga kelib, uning ilk namunalari kollektiv ijrosiga mo'ljallangan. O'sha zamonlarda shaxsiy ijodkor kollektivdan hali to'la-to'kis ajralib chiqmagan edi. Ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning takomillasha borishi, xalq estetik tafakkurining o'sishi va mehnat taqsimotining chuqurlashuvi jarayonida davrlar o'tishi bilan alohida ijrochilar - qo'shiqchilar, ertakchilar, baxshilar, qiziqchilar, xalfalar o'z mahoratlari bilan yarqirab ko'rina boshladilar. Ammo bu talantlar ham xalq zakovati bilan yo'g'rilib, og'izdan-og'izga, avloddan-avlodga, ustozdan shogirdga o'tib kelgan asarlarni ijro etar va albatta, shu jarayonda o'zidan ham nimanidir qo'shib, shaxsiy mahoratlarini namoyon etar edi. Tilla kampir, Sulton kampir, Jolmon baxshi, Bo'ron shoir, Jumanbulbul, Jossoq, Xonimjon xalfa, Bibi shoira, Suyav baxshi, Amin baxshi, Yo'ldosh bulbul, Sultonmurod, Qurbonbek, Xidir shoir, Yo'ldosh shoir, Suyar shoir, Sherna yuzboshi, Mulla Xolnazar, Haybat soqi, Qunduz soqi, Fozil Yo'ldosh o'g'li, Ergash Jumanbulbul o'g'li, Po'lkan Jonmurod o'g'li, Islom Nazar o'g'li, Saidmurod Panoh o'g'li, Abdulla shoir, Umir shoir, Nurmon Abduvoy o'g'li, Xolyor Abdukarim o'gli, Bola baxshi, Qodir Rahim o'gli va boshqalar o'z shaxsiy ijrochiliklari tufayli kollektiv dahosi bilan yaratilgan asarlarni avloddan-avlodga yetkazib keldilar. Ularning ba'zilari esa shu kollektiv ijodkorligiga xos an'analarga mustahkam tayangan holda o'zlari ham ijod eta boshladilar, aniqrog'i, an'anaviy dostonlar kuychisi darajasida qolib ketmay, ijrochilikdan ijodkorlik darajasigacha ko'tarila oldilar.

Folklor - og'zaki ijod. Og'zaki xalq ijodiyotining yashash va yaratilish tarzi o'ziga xos ahamiyatga ega. CHunki, u hali yozuv kashf qilinmagan uzoq o'tmishdagi ajdodlarimiz turish-turmushining, dunyoqarashi va e'tiqodining, kurashi va mag'lubiyatlarining ifodachisi sifatida yuzaga kelgan. Folklorshunos olim A.A.Potebntya fikricha, folklor "xotira manbaidan", aniqrog'i, xotiraning og'izdan-og'izga o'tib yurishidan tug'iladi. Uning ta'kidlashicha, "xotira manbai" - bir yoki bir qancha kishilarning shunchaki tushunchasi bo'lmay, balki butun bir xalqning duv-duv gapi, mish-mishi, og'zaki fikridir. Bu mish-mish yoki og'zaki fikr ustozdan-shogirdga

3 Belinskiy V. G. Poln. sobr. soch. v 13- ti tomax, t. 5, M., 1954, s. 625.

285

(otadan bolaga), urug'dan-urug'ga, avloddan-avlodga o'tib, yangi davr ruhidan, yangi ijrochi va ijodkor salohiyatidan sayqal topib yashaydi. Bunday sayqallanish u yoki bu folklor asarining shakli va mazmuniga qandaydir o'zgarish kiritilishi - nimaningdir ko'rilishi, nimaningdir tushirib qoldirilishida zuhur etadi.

Aytaylik, biror tarixiy faktning unutilishi tufayli asardan tushirilib qoldirilishi mumkin. Yoki dostondagi qo'shiq qismining unutilishi oqibatida u ertak shaklida yashashi mumkin yoxud aksincha ertak dostonga o'sib chiqishi ham mumkin. Bular og'zak ijodning jonli harakatdagi jarayoni sifatida folklorning yashash tarziga xos belgilari sanaladi. Zotan, folklor og'izdan-og'izga o'tib yashasa, badiiy adabiyot yozuv vositasida yashaydi. Folklor asari og'zaki aytiladi (ertak, maqol, topishmoq, rivoyat, afsona, latifa, lof va boshqalar ijro etiladi (doston, og'zaki drama va boshqalar), kuylanadi (qo'shiq). Badiiy adabiyot esa faqat o'qiladi.

Folklor asari og'izdan-og'izga o'tishi tufayli shaklan va mazmunan qanaqa o'zgarishga uchramasin, bu hol uning g'oyaviy-badiiy va ijtimoiy-estetik qimmatini tushirmaydi, Chunki, unda ijodkor xalqning voqelikka munosabati aks etgan. Folklor asarlarining og'izdan-og'izga o'tib uzoq asrlar davomida yashab kelayotganining asosiy sababi shunda,folklorda an'anaviylik o'ziga xos xususiyatlardan bo'lib, uning g'oyaviy-estetik mohiyatini begilaydi. An'anaviylik xalq ijodida u yoki bu asar matnining og'izdan-og'izga o'tish jarayonida nisbatan barqarorliginigina anglatib qolmaydi balki o'sha asarning avloddan-avlodga o'tish jarayonida dastlabki ijrosiga xos xususiyatlarni, quyi va shaklini, ifodaviy vositalari va qahramonlarini nisbatan o'zgarmagan holda saqlab qolganini ham anglatadi. An'ana kollektiv ijodkorligining mahsuli, shu bilan birga, folklor asarlarini kollektiv xolda saqlab qolishning ham o'ziga xos shakli hisoblanadi.

Og'zaki ijod folklorning o'zgarmas shakli bo'lib, o'z navbatida, xotirada saqlamoqni yoddan aytishni, eslamoqni taqazo etadi. O'zbek baxshi- shoirlari orasida 40 ziyod an'anaviy dostonlarni qanchadan qancha termalarni bilgan, kuylagan, yana o'zi to'quvchi improvizatorlarning borligi - shu an'anaviy ehtiyojning hosilasidir. Gapning sirasini aytganda, an'anaviylik folklorninggina emas, balki xalq muziqasi, raqsi va amaliy san'atining ham o'ziga xos belgisi sanaladi.

An'anaviylik o'zining ijtimoiy-tarixiy manbalariga ega chunonchi, folklorning ilk namunalari ibtidoiy jamiyatda yaratilgan, ularda o'sha zamon kishilarining nisbatan qaror topgan urf-odatlari va hayotga oid qarashlari aks etgan. Bu hol folklor asarlari shakli, syujeti, obrazlari va motivlarining muayyan barqarorlik kasb etishini ta'minlagan.

Xalqning asrlar davomida shakllangan badiiy zavqi - estetik didi bor, folklor hamisha shu xalqona estetik printsipga amal qilib yashaydi. Bu folklor uchun ob'ektiv qonuniyat. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning xalq estetikasiga ko'rsatadigan ta'siri folklordagi an'anaviylikni harakatga soladi. Masalan, ijtimoiy tafakkur taraqqiyoti

xalq e'tiqodida yasagan tub burilishlar oqibatida badik, kinna, burey-burey janrlari, shuningdek, "Sust xotin", "Choy momo", "Barot keldi" marosimlari aholi ijtiomiy hayotidan keng joy olgan. Shu davrga kelib doston yaratish an'anasi ham sunish sari yuz tutdi, qo'shiq, maqol, askiya, og'zaki hikoya kabi janrlar esa davom etmoqda, ayrim yangi janrlar, jumladan tarixiy qo'shiq yuzaga keldi. Shuningdek, an'anviy qo'shiqda motivlar o'zgardi, yangi voqealik mazmuniga mos obrazlar va qarashlar evaziga to'lishdi.

Ayrim janrlar poetik tizimida jiddiy o'zgarishlar sodir bo'ldi. Jumladan, o'sha davrda tug'ilgan yangi doston larda, garchi an'anaviy dostonchilikka xos epiklikka, tayyor qoliplarga, motivlarga suyanilsada, biroq, bular endi an'anaviy dostonlardagidek g'ayri tabiiylik asosida emas, balki hayotiy reallikka, ob'ektivlikka asoslangan holda ifodalanadngan bo'ldi. An'anaviy dostonlarning ideal qahramonlari g'ayri-tabiiy kuchlar madadkorligida harakat qilib g'alaba qozonsa, yangi dostonlarning qahramonlari real tarixiy shaxslar bo'lib, ular o'sha davr voqeligiga suyanib harakat qiladi va o'z maqsadiga erishadi. Bunday farqni an'anaviy dostonlar bilan yangi dostonlar konflikti misolida ko'rish mumkin. An'anaviy dostonlarda konflikt yakka shaxs manfaati taqozosi, yangi dostonlarda esa omma manfaatlari zarurati asosida yuzaga keladi. Binobarin, yangi dostonlar konflikti xayotiy zaminga ega va uning yechimi ham realdir.

Folklorda variantlilik. Xalq ijodiyoti namunalari jonli ijro jarayonida xilma-xil variantlardagina yashaydi. Variantlilik folklorning yashash tarzi. Variantlilik folklor tabiati, uning yaratilishi va jonli og'zaki ijodda yashash qonuniyatlaridan kelib chiqqan xususiyat bo'lib, u folk lor asarlarining syujeti, obrazliligi, poetikasi, janr xususiyatlarini to'la qamrab oladi. Binobarin, variant - ma'lum bir asarning jonli og'zaki epik an'ana zaminida vujudga kelgan, bir-birini inkor etmasdan yonma-yon yashay oladigan va o'zaro faruqlanuvchi turli-tuman nusxalaridir. Chunonchi, "Alpomish" dostonining yigirma sakkiz dostonchidan yozib olingan o'ttiz uchta to'liq va parchalardan iborat variantlari ma'lum. Xalq orasida uning yana talay variantlari mavjud.

Variantlilikning muhim bir xususiyati shakl ichida mavjud bo'lishidir. Binobarin, ko'rinish mohiyatan birmuncha keng xodisa bo'lib, u asarda olg'a surilgan g'oyaviy konsepsiya, shuningdek, asarning kompozitsiyasi va badiiy tasvir vositalari jihatidan bir-biridan keskin farq qiluvchi xalq og'zaki poetik ijodining bir syujet va bir janrdagi namunalaridan iborat. Darvoqe, "Alpomish" dostonining o'zbek, qoraqalpoq, qozoq va boshqa xalqlarga mansub shakllari mavjud. Ma'lum bir dostonning bir xalqning o'zida ham bir necha shakli bo'lishi mumkin. Masalan, "Alpomish", "Shirin bilan Shakar" va "Sohibqiron" dostonlari o'zbek xalqi orasida ikkitadan ko'rinishdada tarqalgan.

Xulosa

Shunday qilib, variantlilik folklor asarlarining xalqchilligini, ommaviyligini hamda tarqalish chegaralarini belgilaydi, folklorda kechayotgan o'zgarishlarning sabablarini aniqlashga, xalq og'zaki ijodiyotida kechgan va kechayotgan jarayonlar asosida yotuvchi qonuniyatlarni ochish uchun boy material beradi.

Shunday qilib, folklor asarlar o'ziga xos realistik metod asosida yaratiladiki, bu realistik metod yozma adabiyotdagi metoddan voqelikni haddan ziyod umumlashtirishi, qahramonni behad yiriklashtirishi, uning shaxsiy turmushini detallashtirmay, psixologik murakkablikda ko'rsatmay, fantastik tasvir uyg'unligida tipiklashtirishi kabi xususiyatlari bilan farq qiladi.

Foydalangan adabiyotlar

1. Marufjon, R. (2022). A Matter of Rhythm in Oriental Classical Music. Pioneer: Journal of Advanced Research and Scientific Progress, 1(6), 80-84.

2. Маъруфжон Мамиржон Угли Расулов, & С.М.Бегматов (2022). МАКРМЛАРДА УСУЛЛАР УРНИ ВА АДАМИЯТИ (ФАРГОНА ТОШКЕНТ МАВДМ ЙУЛЛАРИ УСУЛЛАРИ МИСОЛИДА). Oriental Art and Culture, 3 (2), 810-821.

3. Marufjon, R., & Begmatov, S. M. (2023). Music by Uzbek Mumtaz Shashmaqom. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ARTS AND DESIGN, 4(1), 33-36.

4. Belinskiy V. G. Poln. sobr. soch. v 13- ti tomax, t. 5, M., 1954, s. 625.

5. Gorkiy M, Adabiyot haqida. Toshkent, O'z adabiy nashr, 1962, 264 - 265-betlar.

6. Nurmatov H. Musiqa va estetik tarbiya. - Toshkent: TDPI, 1992. - B. 47.

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalqaro baxshichilik san'ati festivali ochilishiga bag'ishlangan marosimdagi nutqi // Xalq so'zi gazetasi, 2019-yil, 7-aprel. - №68(72-98) son.

8. Ochilova M. Yangi pedagogik texnologiyalar: O'quv qo'llanma. - Qarshi: Nasaf, 1995. 80-b.

9. Petrushin V.I. Muzbikalkaya psixologiya. - Moskva, 1994. - s. 304.

10. Ro'zieva D.N. Oliy ta'lim muassasalari talabalarida milliy iftixor tuyg'usini shakllantirishning ilmiy pedagogik asoslari: Ped. fan. d-ra ... dis. - Toshkent, 2007. -254-b.

11. Saipova D. Musiqa madaniyati darslari o'qituvchisiga qo'yiladigan asosiy talablar // Yosh istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarning kasbiy mahoratini oshirish muammolari: Respublika ilmiy-seminar materiallari. Toshkent: Asr, 2004. - 233-238-betlar.

12. Saipova D. Musiqiy va musiqiy-nazariy bilimlarni o'zlashtirish jarayonini takomillashtirish. - Toshkent: O'zPFITI, 2005. - 84-b.

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 2 / April 2023

13. Sattor Maxmud. O'zbek udumlari. - Toshkent: Fan, 1993. - 222-b

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.