Muxitdinova Sh.S.
Buxoro viloyati, Buxoro shahar Turkiston yangi innovasiyalar universiteti 1-bosqich magistri
5-7 SINF MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA O'ZBEK XALQ MUSIQIY FOLKLOR NAMUNALARIDAN SAMARALI FOYDALANISHNING AHAMIYATI
Annotatsiya: Istiqlol tufayli-o'zbek xalqning qadriyatlarini, xalq og'zaki ijodini shu jumladan folklorni namunalarini, go'zal urf-odatlarimizni tiklash uchun uzoq asrlar davomida shakllangan boy xalq-og'zaki ijodiga, ezgulik, mehr-muhabbat bilan o'tkazilgan bayramlariga diqqat e 'tibor qaratish zarurligi xalqimiz tomonidan anglanmoqda. Shunday ekan, O'zbekiston Oliy ta'lim tizimida ma'naviy tarbiya masalalariga bugungi tamoyillar nuqtayi-nazaridan qaratilgan bo'lib»Komil inson tarbiyasida xalq donishmandligining manbai hisoblangan xalq og'zaki ijodi ya'ni folklor janri ham eng muhim ma'naviy boylik hisoblanadi.
Kalit so'zlari: madaniy me 'ros, qadriyat, xalq og'zaki ijodi, folklor, milliy urf-odatlar, marosimlar, o^quvchilar, tasavvur, jarayon, faoliyat, natija.
Mukhitdinova Sh.S.
1st stage master Turkestan New Innovation University Bukhara region, Bukhara city
THE SIGNIFICANCE OF EFFECTIVE USE OF SAMPLES OF UZBEK FOLK MUSIC FOLKLORE IN CLASS 5-7 MUSIC CULTURE LESSONS
Annotation: Because of independence, in order to restore the values of the Uzbek people, folklore, including examples of folklore, and our beautiful traditions, the rich folk-lore, formed over many centuries, was transferred with kindness and love. Our people understand the need to pay attention to the holidays. Therefore, the issues of spiritual education in the higher education system of Uzbekistan are addressed from the point of view of today's principles: "In the education of a perfect person, folk oral creativity, i.e. folklore genre, which is considered the source of folk wisdom, is the most important spiritual wealth.
Key words: cultural heritage, value, folklore, folklore, national traditions, rituals, students, imagination, process, activity, result.
O'zbek xalqining boy va rang barang folklor me'rosiga egaligi uning etnik jarayoni serqatllamligi, va tarixiy taraqqiyot yo'lini asossan Markaziy Osiyodagi ikki daryo oralig'ida kechganligi bilan chanbarchas bog'liq. Chunki
Amudaryo va Sirdaryo oralig'idagi hudud qadimdan -qadim xalqlarning boy buyuk ko'chishlari xamda madaniy, iqtisodiy munosabatlardagi yuksalish va tushishlarda bir chorraha vazifasini o"tgan. Bu boradabirgina Buyuk ipak yo'lining ushbu hududnind deyarli to'liq kesib o'tganliginieslashning o'zi kifoya.
O'rta Osiyo xalqlari folklorning negizida etakchi motivlariga han o'ziga xosligini ko'ramiz. bunda folklore asarlari ijtimoiy qimmatga egaligi bilan ajralib turadi. Kelajak avlodni folklore bilan tanishtirishda ham ma'rifiy, g'oyaviy- tarbiyaviy vz estetik jihatdan musiqa madaniyati fani tarbiyalashda asosiy ahamiyatga ega. Mustaqillkka erishganimizdan buyon o'tgan qisqa muddatda ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan barcha tarixiy, madaniy, adabiy, san'at yodgorliklari va shu navbatda xalq og'zaki ijodini chuqur o'rganish, o'zbekona, sharqona tafakkurni, g'ururni shakllantirish va kamolga etkazish doimiy e'tiborda bo'ldi.
O'zbek musiqiy- folklorshunoslik fan sifatida shakllanish tarixi. Badiiy so'z san'ati madaniyatining eng qadimgi va uzoq tarixga ega boylik hisoblanadi. Folklorshunoslikka»xalq ijodi" atamasining mohiyati va bu tushunchaning ma'nosi haqida turli fikrlar bildirgan bo'lsa-da, xalq ijodining o'ziga xos tabiati va yetakchi xossalari to'la ochib berilgan emas. Mehnat jarayonida insonning tajribasini ortishi, ongining rivojlanishi, tabiat va jamiyat haqidagi fikr tushunchalarni obrazli so'zlar orqali tasvirlarga intilishog'zaki ijodi shaklini paydo bo'lishiga turtki bo'ldi.
Xalq og'zaki ijodi- mehnatkash xalq ijodi. Xalq badiiy faoliyatining tarkibiy qismi, xalq san'atining boshqa turlaridan musiqa, teatr, raqs, tasviriy va amaliy san'at hamda boshqalaridan o'ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadigan og'zaki so'z san'atdir. U og'izdan-og'izga avloddan- avlodga, davrdan- davrga o'tib, xalqning iste'dodli vakillari ijodi ijrosida sayqal topib, o'zbek xalq poetik ijodini tashkil etdi. Biroq u dastlab qanday yaratilgan bo'lsa, o'sha holicha saqlanib qolmay, ijodiy qayta ishlanib, turli o'zgarishlarga uchrab, yangi-yangi ma'lumotlar bilan boyib, tarixiy sharoitga moslashib, shu bilan birga yozma adabiyotga ijobiy ta'sir etdi.Xalq og'zaki poetik ijodi og'zaki so'z san'ati»folklor" yoki»folkloristika" deb yuritiladi.Folkloristika turli davrlarda turli mamlakatlarda goh etnografiya, goh musiqashunoslikning bir qismi deb qaralib kelindi."Folklor" termini birinchi marta XIX asr tadqiqotchisi Vilyam Toms tomonidan 1846 yilda qo'llandi. »Folk"-»xalq"«lor"-bilim,»donolik"«donishmandlik", ya'ni»xalq bilimi",»xalq donoligi",»xalq donishmandligi" degan ma'noni bildiradi.»Folklor" termini xalqaro terming aylanib, turli mamlakatlarda qo'llanila boshlandi. O'zbek folklorshunosligida»Folklor" termini 1932-yilda Hoji Zaif kiritdi, va oliy o'quv yurti talabalari uchun mo'ljallangan birinchi kitoblarini»O'zbek folklori" deb ataladi. Ungacha»folklor" termini o'rniga»El adabiyoti", »Og'zaki adabiyot"«o'zbeklarda og'zaki adabiyot" termini o'rnashib qoldi.
O'zbek xalq og'zaki ijodi esa»folklor" deganda asosan xalq poetik ijodi tushuniladi. Xalq san'atining boshqa turlari masalan: musiqa uchun»musiqa folklori" termini qo'llaniladi. Folklor asarlarida - musiqa raqs, teatr san'ati elementlari qo'shilib ketganligi sababli sinkretik san'at deyishimiz mumkin. Ayni paytda folklor asarlari san'atining boshqa turlaridan o'ziga xos tomonlari bilan farqlanadi. Folklorda so'z, kuy ijro birligi doimo saqlanadi. Shuning uchun xalq ijodini o'rganuvchi tekshiruvchi fan folklorshunoslik deb yuritiladi. Folklorshunoslik asoslari qadimgi dunyo estetik tafakkuri borib taqaladi.
Qadimgi dunyo sayyohlari va tarixchilarning afsona va rivoyatlar, turli urf-odat marosimlar haqidagi yozma og'zaki yodgorliklari yozma folklorshunosliklari uchun muhimdir. Folklor asarlarini yozib olishdagi birinchi tajribalar XI asrdan boshlab ko'zga tashlandi. Folklor asarlarida mehnatkash xalqning hayotini aks ettiradi. Xalqning olam haqidagi tushunchalarini ijtimoiy tarixiy, siyosiy, falsafiy badiiy- estetik qarashlarini o'zida mujassamlashtiradi. Bu narsalarni folklor asarlari mazmuni va g'oyasining chuqur xalqchiligini ko'rsatadi.
Folklordagi xalqchilikning asosini uning progressiv mohiyati tashkil qiladi. Tarixiy-ijtimoiy voqealar folklor asarlarida xalqning munosabatlari nuqtai nazaridir. Folklor o'ziga xos xususiyatlariga ega bo'lib: og'zaki-og'zakilik, xalqchilik, an'anaviylik jamoa bo'lib ijro etish, o'zgaruvchanlik, variantlilik kabi xususiyatlarni o'z ichiga oladi.
O'zbek xalq badiiy ijodi asrlar davomida yaratilib, og'izdan- og'izga avloddan - avlodga, ustozdan - shogirdga, o'tib kelgan jamoa ijodi mahsulidir. Chunki folklor asarlari bir kishi tomonidan emas, balki butun bir jamoaning ijodiy tajribasi asosida vujudga keladi va jamoa tomonidan ijro etiladi. Ba'zi asarlari esa iste'dodli kishilar tomonidan yaratilib, o'z qabilasi va urug'lari odatlari, e'tiqodi, orzu - istaklari, tabiat bilan bo'lgan munosabatlari hikoya qilingan. Qabila va urug' a'zolarga maqul tushgan bu asarlar og'izdan - og'izga o'tib, jamoa ijodiga aylangan. Asarlar shu tariqa jamoa orasida takomillashib, xalq mulkiga aylangan.
Xalq kuychisi (dostonchi, ertakchi, qo'shiqchi, latifago'y, askiyachilar) jamoa tomonidan yaratilgan asarlarni aynan so'zma - so'z ijro etmay unga ijodiy yondashadi. Shuning uchun ham u ijro etadigan asarlarni hamisha»Xalqniki" deb tan olinadi. Yakka ijodkor qanchalik iste'dodli bo'lmasin jamoa ijodining an'analariga bo'ysungan, xalq hayoti, xalq didi, va talabiga moslashishiga harakat qilgan. Folklor - og'zaki ijod xalq poetik ijod yozuv paydo bo'lmasdan ilgari yuzaga kelgan. Uning yaratilishi va kishila o'rtasida tarqalishi jonli og'zaki an'ana bilan bog'liqdir.
Og'zakilik xususiyati uning xalq san'atining boshqa turlaridan masalan; musiqa, raqs, ganch - o'ymakorliklardan ajralib turadi. Folklor asarlarining uzoq asrlar davomida og'zaki yaratilishi va og'zaki ijodi ijrosi uning shakl mazmuniga ta'sir etmasdan qolmaydi. Ma'lumki, ayrim folklor tarixiy folklorning esda qolmasligi, zamon taqozosi bilan unitilishi natijasida ularni
asarlarda tushib qolishi o'zgarishi talqin etilishi uchrab turadi. Shuning uchun ham tarixiy voqea va hodisalar ham folklorda aynan aks etmaydi. Folklor asarlariga an'anaviylik bilan birga bir qatorda ijodiy o'zgaruvchanlik ham xosdir. Asarlar har gal kuylanganda va ijro etilganda nimalardir o'zgaradi, nimalardir qo'shiladi. Biroq bu o'zgarishlarning barchasi puxta va mustahkam an'analar doirasida bo'ladi. An'anaviylik folklorning so'z san'atining sifatida jonli og'zaki ijroda yashash va tarqalishining bosh mezonlaridan biridir.
Folklor musidasi va dostonchilik san'ati: folklor musiqasini milliy urf-odatlarimiz, marosimlarimizning ohanglardagi ko'rinishi demak bo'ladi. Bu namunalar xalqimizning kundalik hayoti mashg'uloti va milliy qadriyatlari bilan chanbarchas bog'liqdir. Ularni aralash va kelajak avlodga to'laqonli yetkazish maqsadida maxsus folklore ansambllari tashkil etish joriy etildi. 1978-yilda ilk bor Toshkent viloyatining Bo'stonlik tumanida»Gulyor «folklore ansambllari tashkil topdi. Ayni paytda esa barcha viloyatlarda bunday ansambllar tashkil etilib, faoliyat ko'rsatib kelmoqda ...
Musiqa merosi tarkibidan joy olgan folklore namunalari orasida o'zbek xalqininng urf-odatlariga asoslangan marosim qo'shiqlari alohida ahamiyat kasb etadi. Odatda ular o'z xususiyati doirasida quyidagi turlarga bo'linadi:
a) bolalar folklori: «Boychechak», «Oq terakmi ko'k terak» «Chamanda
gul»
b) mehnat qo'shiqlari: «Mayda - mayda», «Yozi». «Xo'sh -xo'sh»,
«Charxim»;
d) to'y marosim qo'shiqlari: «Yor - yor», «Kelinsalom», «To'ylar muborak»;
e) diniy qo'shiqlar: «Sadr»,»Zekr», «Marsiya»;
f) afsuniy qo'shiqlar: Yomg'ir chaqirish maqsadida ijro etilgan «Sust xotin «va oy- quyosh tutilganda aytiladigan qo'shiqlar;
Shu bilan birga alla, lapar, terma qo'shiqlari musiqi namunalar ham o'zbek folklor musiqasining asosiy janrlaridan hisoblanadi.
Xalqimiz badiiy salohiyatining asrlar davomidagi izchil taraqqiyoti hatijasida xilma -xil janrlaridan iborat og'zaki badiiy ijod durdonalari yaratilgan. Binobarin o'zbek xalq ijodiyoti ajdodlarimizning ko'p asrlik tafakkur durdonalarining o'ziga mujassamlashtirilgan bebaho milliy qadriyatlarimizdan biridir. Folklorshunoslik esa asrlar davomida yaratilib, rivojlanib kelgan xalq ijodi og'zaki badiiy ijodi asarlarini arxxivlantirish, uning eng yaxshi namunalarini nashr qilish, ilmiy o'rganish va ommaboplashtirishbilan shug'ullanadi.
O'zbek folklori asarlarini to'planishi va yozib olinishi Shayx Sulaymon Buxoriy o'zbek folklore asarlarini ilk to'plovchilaridan edilar.
20 asrning 20-30 yillarida V.A.Uspenskiy, N.N.Mironov, E.E. Pomanovskiy, Yunus Rajabiy o'zbek musiqa folklori asarlarini yozib olgan.
20 asrning 90 yillarida o'zbek folklorshunosligiga olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar mohiyatan yangi bosqichga ko'tarildi. O'zbek folklori asarlarini
barcha hududlar bo'yicha izchil to'plashva tizimga solish borasidagi ishlar jadallashtirilib yuborildi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin folklor asarlarini nashr etish borasidagi ishlar ham sifat ham miqdor ham qamrov sifatida o'sdi.
Madaniy meros - bu o'tmishdan qolgan qadriyatlar, g'oyalar, tajriba bilimlar ularni o'zgartirish yo'llari ya'ni kishilarning ijodiy faoliyatusullari va uni tashkil qilish hamda uning natijalaridir. O'zlashtirish yoki aniqrog'I madaniy meros jarayoni o'ta muhim bo'lib madaniyatning harakatdagi asosiy qonunlaridan biri hisoblanadi. Bu jarayon insoniyatning o'tmishi, bugungi va kelajakni bir butun holda birlasgtirib, odatiy tarzda tayyor yutuqlarga aylanadi.
Bor narsani izlash, ma'lum narsani ochish, qilingan kashfiyotni kashf etish kerak bo'lmaganidek o'tmish ajdodlar qilgan ishni takrorlash shart emas.
Erishilgan yutuqlardan kelib chiqib jamiyat o'z maqsadini amalga oshirishning qisqa yo'llarina tanlaydi.
Bundan tashqari madaniy meros kishilarni saviyasini behad kengaytiradi. Ular hayotini aqliy va hissiy jihatdan boyitadi.Madaniy -ma'rifiy bilimni tuganmas manbai bo'lib xizmat qiladi.
Insoniyat tarixida mutlaq yangi madaniyat yaratish bo'lgan ammobu urunishlar xunuk natijalarga olib kelgan.
Madaniyatning folklor janrlarini rivojlantirish uni asrabkelgusi avlodlarga meros qilib qoldirishni bildiradi. Keyingi avlodlarga meros qoldirish uchun madanuyatda belgilangan usul mexanizm mavjud. Ularning ba'zilari qadimdan amal qiladi, bu og'zaki ijodidan qadimdan qo'shiq kuylash folklor san'atidan iboratdir.
O'zbek xalqining madaniy og'zaki ijodi folklor ham merosi ming yillar davomida yaratilib, shu boylikni asrab avaylab kelmoqda.
Milliy an'analarni tiklash bo'yicha ham Navro'z bayramlari, Xayit bayramlar va boshqa bayramlar rasman hayotga qaytdi.
O'zbekiston xalqaro kino, teatr, Sharq taronalari, Maqom va boshqa festivallar, xalq baxshiylik san'ati aynan shu folklor janr san'atiga kata e'tibor kuchayib bormoqda. Bu albatta bizning kata yutuqlarimizdandir.
Foydalangan adabiyotlar:
1. T. Mirzoyev»O'zbek folklor janrlari «Toshkent 1998
2. N. Qosimov «O'zbek folklori ijrochiligi «Toshkent 1999
3. T.Mirzoyev»O'zbek folklore ocherklari «Toshkent 1996
4. X. Razziqov «O'zbek xalq og'zaki ijodi «O'qituvchi 1998