Научная статья на тему 'RESPUBLIKAMIZNING VODIY XUDUDLARIDA BAXSHICHILIK SAN’ATINI RIVOJLANTIRISH BOSQICHLARI'

RESPUBLIKAMIZNING VODIY XUDUDLARIDA BAXSHICHILIK SAN’ATINI RIVOJLANTIRISH BOSQICHLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
93
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
baxshi / doston / baxshichilik maktablari / qadriyat / ustoz-shogird an’anasi

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — G’ofurjon Yusipovich Yunusov

Ushbu maqola Respublikamiz vodiylarida baxshichilik san’atini targ’ib qilish va rivojlantirish bosqichlari va xalq og’zaki ijodining qadimiy an’analarini tiklash va milliy qadriyatlarimizni izchil rivojlantirish haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RESPUBLIKAMIZNING VODIY XUDUDLARIDA BAXSHICHILIK SAN’ATINI RIVOJLANTIRISH BOSQICHLARI»

RESPUBLIKAMIZNING VODIY XUDUDLARIDA BAXSHICHILIK SAN'ATINI RIVOJLANTIRISH BOSQICHLARI

G'ofurjon Yusipovich Yunusov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqola Respublikamiz vodiylarida baxshichilik san'atini targ'ib qilish va rivojlantirish bosqichlari va xalq og'zaki ijodining qadimiy an'analarini tiklash va milliy qadriyatlarimizni izchil rivojlantirish haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: baxshi, doston, baxshichilik maktablari, qadriyat, ustoz-shogird an'anasi

STAGES OF DEVELOPMENT OF THE ART OF GIVING IN THE VALLEY

AREAS OF OUR REPUBLIC

Gafurjon Yusipovich Yunusov Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article is about the stages of promotion and development of the art of baksheek in the valleys of our Republic, restoration of the ancient traditions of folklore and consistent development of our national values.

Keywords: bakshi, epic, schools of bakshi, value, master-disciple tradition

O'zbekistonda mustaqillik yillarida xalqimizning yuksak badiiy ijodiyoti asosida yaratilgan nomoddiy-madaniy meros durdonalarini asrab-avaylash, xalq og'zaki ijodining qadimiy an'analarini tiklash va milliy qadriyatlarni izchil rivojlantirish, ijodiy uyushmalar hamkorligida baxshi va dostonchilar ijodining eng yaxshi namunalarini targ'ib qilish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi.

Ayni paytda baxshichilik va dostonchilik san'atining tarixi, baxshilar va dostonchilar ijodini mukammal o'rganish, bu borada fundamental tadqiqotlar olib borish, xalq og'zaki ijodi yodgorliklarini to'plash, nashr etish yuzasidan yana ko'pgina chora-tadbirlarni amalga oshirishga ehtiyoj sezilmoqda.

Baxshichilik va dostonchilik san'atini rivojlantirish, baxshi-shoirlar ijodining o'zbek madaniyati va san'atidagi o'rni hamda ahamiyatini yanada oshirish, shuningdek, o'quv-uslubiy adabiyotlar yaratish, baxshichilik va dostonchilik san'atini ommaviy axborot vositalari, internet tarmog'i orqali mamlakatimizda hamda chet ellarda targ'ib etish, ustoz baxshilar va dostonchilar, soha olimlari va mutaxassislari, iqtidorli yosh baxshilar hamda doston ijrochilari faoliyatini moddiy va ma'naviy jihatdan qo'llab-quvvatlash, yosh avlodni mardlik, halollik, milliy va umuminsoniy

I ibiSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

qadriyatlar, ona yurtga va ajdodlar merosiga yuksak sadoqat ruñida tarbiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori barcha ijodkorlarni quvontirdi deb barilla ayta olamiz.

Har bir kishi farzandim mard, halol, o'qimishli, el koriga yaraydigan komil inson bo'lsin, deb niyat qiladi._Komillikka yetish uchun, avvalo, odamning ruhiyati tetik, ongi va tafakkuri sog'lom, qalbi esa shijoatga limmolim bo'lmog'i darkor. Tetik ruhiyat va shijoatkor qalb sohibining shakllanishida ta'lim tarbiya, ma'naviyat va ma'rifat bilan birgalikda san'atning ham o'rni beqiyos. Qadimiy san'at turlaridan bo'lmish baxshichilik uzoq o'tmishda ham qadr topgan.

"Baxshi" so'zining ma'nosi mo'g'ulcha va buryatcha baxsha, bag'sha ustod, ma'rifatchi, sanskritcha bikshu qalandar, darvesh degan ma'noni beradi deb izohlanadi. O'zbekistonda qo'shiq va dostonlarni yoddan kuylovchi, aytuvchi, avloddan avlodga yetkazuvchi san'atkor. Baxshi so'zi ba'zan shaman ma'nosida ham qo'llanadi, umuman, dostonchilar, doston aytuvchilarni esa yuzboshi, soqi, sannovchi, jirov deb ataydilar. Baxshilar, asosan, ikki toifaga; ijrochi va ijodkor baxshilarga bo'linadi. Ijrochi baxshilar, asosan, ustozdan o'rgangan dostonlarni juz'iy o'zgarishlar bilan aynan kuylasalar, ijodkor baxshilar og'zaki epik an'ana asosida yangi dostonlar xam yaratadilar. Bunday baxshilar shoir baxshilar deb xam yuritiladi. Jumladan, Ergash shoir, Fozil shoir, Po'lkan shoir, Abdulla shoir, Xidir shoirlar misol tariqasida e'tirof etish mumkin. Baxshilar doston va qo'shiqlarni qo'biz, do'mbira, dutor kabi sozlar jo'rligida kuylaydi. Chunki, baxshichilik so'zi va ohang uyg'unligida yoshlarning mard, jasur va vatanparvar inson bo'lib ulg'ayishida katta o'rin tutgan. Og'zaki ma'lumotlarga ko'ra, sarkardalar urush safarlarida askarlarning shijoati va jasoratini, Vatanga sadoqatini yuqori darajadaga ko'tarish maqsadida o'zlari bilan baxshilarni olib yurgan.

O'zbekistonda baxshichilik maktablari xalqimizning turmush tarzini yuksalishida xalq og'zaki ijodining ahamiyati katta bo'lib, asrlar davomida boy ma'naviy e'tiqodga ega meros to'planib, yosh avlod tarbiyasiga munosib hissa qo'shib kelmoqda. Xalq og'zaki ijodining muhim yo'nalishi bo'lgan dostonlar juda chuqur tarixiy ildizlarga ega bo'lib, uzoq asrlar davomida yaratilib kelingan va turli ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda kuylangan. Ilk dostonlar Yunonistonda paydo bo'lgan, ularda afsonaviy qaxramonlarning jasorati, xudolarning karomati haqida kuylangan. Gomerning "Iliada", "Odisseya", Abulqosim Firdavsiyning "Shoxnoma" Aligeri Dantening "Ilohiy komediya" asarlari doston janrining qadimgi namunalaridir. Dostonlar, o'z mohiyatiga ko'ra, qaxramonlik masalan, "Alpomish", "Farhod va Shirin", sarguzasht detektiv "Sabb'ai sayyor», ishqiy romantik "Toxir va Zuxra", "Layli va Majnun", jangnoma "Yusuf va Axmad", "Saddi Iskandariy", tarixiy-memuar "Shayboniynoma", "Jizzax qo'zg'oloni", falsafiy "Xayrat ul-abror", fantastik allegorik "Lison ut-tayr", didaktik "Qutadg'u bilig" turga bo'linadi.

I [ccñ^^BI http://oac.dsmi-qf.uz

Qaxramonlik dostonlarida xalq, jamiyat taqdiri tasvirlansa, ishqiy romantik dostonlarda oshiq ma'shuqlarning sarguzashti bosh o'rinda turadi. Tarixiy memuar yoxud tarixiy-biografik dostonlarda biror tarixiy shaxslar ramziylashtirilib, bo'rttirib tasvirlanadi. Umuman, dostonlarda ideallashtirish, mubolag'ali tasvir ustun bo'ladi, ularda turli afsonalar, asotirlar, xikoyatlar, dev, pari, xizr, ajdar, ajabtovur otlar, sehr-jodu ko'p ishtirok etadi. Xalq dostonlari baxshi, dostonchi va xalq shoirlari tomonidan dutor, dumbira va boshqa xalq cholg'u asboblari jo'rligida ijro etiladi. Folklordagi dostonlar bilan yozma adabiyotdagi dostonlar shakl-shamoyili jihatidan bir xil ko'rinishda bo'lsada, yozma adabiyotdagi dostonlar yozuvchining dunyoni o'ziga xos tarzda idrok etishi, baholashi va o'z fikr-g'oyalari, orzu-armonlarini ifodalash tarzi, usuli, uslubida farqlanadi. Garchand, Navoiyning aksar dostonlari, jumladan, "Layli va Majnun", "Saddi Iskandariy" asarlari asosida folklor mavzui turgan bo'lsada, shoir ularni o'z estetik qarashlari va badiiy niyatidan kelib chiqib, tubdan qayta yaratgan. Dostonlar mazmunan qaxramonlik, jangnoma, tarixiy, romantik, maishiy turmush yo'nalishlarida bo'lgan. Dostonlarni ijro etishda baxshi shoirlar muhim o'rin tutgan. Mamlaktimizda doston kuylash an'anasi qadimda uch yo'nalishda rivojlangan.

Birinchi yo'nalishi - Bulung'ur, Qo'rg'on, Shaxrisabz, Qamay, Narpay, Sherobod, Janubiy Tojikistonda yashovchi o'zbek laqay. Dostonchilik maktablarida do'mbira chertib, yakka holda, bo'g'iz ovoz bilan ijro etilgan.

Ikkinchi yo'nalish - Xorazmda tor, dutor, g'ijjak, bulamon, qo'shnay, doira jo'rligida ba'zan yakka, ba'zan juft holda, ochiq ovoz bilan kuylangan.

Uchinchi yo'nalish - Farg'ona vodiysiga xos bo'lib, unda dutor jo'rligida ochiq ovozda aytilgan.

Dostonchilik Surxondaryo va Qashqadaryo vohalarida, Xorazmda hamda Samarqand viloyatida keng rivojlangan. Bu davrda doston kuylovchi baxshilar repertuarida 150 dan ortiq xalq dostonlari bo'lgan. Xalq orasida Yo'ldosh bulbul, Ergash Jumanbulbul o'g'li, Fozil Yo'ldosh o'g'li, Po'lkan, Islom shoir, Berdi baxshi, Bola baxshi, Ahmad baxshi kabi doston kuylovchilar mashhur edi. Favqulodda xotira qudratiga ega bo'lgan Po'lkan shoir yetmishdan ortiq dostonni yoddan bilgan. Har bir doston ikki uch ming satrdan tortib, o'n-o'n besh, xatto yigirma ming misragacha she'rni o'z ichiga olganligi xalq baxshilarining katta salohiyatga, kuchli xotiraga, yod olish va esda saqlash qobiliyatiga, ijod qilish qudratiga ega bo'lganligidan dalolat berar edi. Fozil Yo'ldosh o'g'li oltmishta, Ergash Jumanbulbul o'g'li ellikta dostonni yoddan ayta olganlar, baxshilarning ba'zilari faqat doston aytsa, ba'zilari o'zlari ham dostonlar to'qiganlar.

Doston eshitish uchun maxsus kechalar uyushtirilgan, to'y hashamlar ham baxshilarsiz o'tmagan, tinglovchilar baxshini to'rga o'tkazib, uni diqqat bilan tinglaganlar. Iqtidorli dostonchilar ikki uch kecha mobaynida doston kuylay olganlar, chunki dostonlarning hajmi ham ikki uch kecha muttasil ijro etishni taqozo etgan.

I îhSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

Baxshilardan Shernazar Berdinazar o'g'li yetti kecha davomida doston ayta olgan. Dostonchilik kechalariga tashrif buyurgan baxshilar o'z iqtidorlari, so'zga chechanligi, soz chalishdagi mahorati bilan o'zaro bellashganlar. Mintaqada o'ziga xos an'analarga ega bo'lgan dostonchilik maktablari shakllangan. Ayniqsa Bulung'ur, Narpay, Qo'rg'on, Xorazm, Shaxrisabz, Sherobod kabi yirik dostonchilik maktablari mashhur bo'lgan. Ular repertuarlari, uslubi, ma'lum ijod tamoyili va ijro usullariga ko'ra bir-biridan ajralib turgan. Bulung'ur dostonchilik maktabi "Alpomish" dostonini kuylash mahorati bilan ajralib turgan, bu yerga boshqa baxshilar kelib o'z mahoratlarini oshirganlar. Uning vakili Amin baxshi "Alpomish" dostonini uch oygacha kuylay olgan. Qashqadaryo vohasidagi Qamay qishlog'ida shakllangan Qamay dostonchilik markazi Dehqonobod va G'uzor tumanlari atrofida yashovchi oltmishga yaqin baxshilarni birlashtirgan.

Farg'ona vodiysida ham qadimdan baxshichilik rivojlangan. 1935-yilda vodiy baxshichilik maktabi namoyondalari, Bo'ri baxshi Sodiq o'g'li, Usmon baxshi Mamatqul o'g'li, Umrzoq baxshi, Xasan baxshi Xudoyberdi o'g'li, Xasanboy baxshi Rasul o'g'li kabilarning ijodiy faoliyati o'rganilgan. Ular o'zbek xalq dostonlaridan bir nechtasini kelajak avlodga meros qilib qoldirgan. "Alpomish", "Go'ro'g'li", "Oshiq G'arib va Shoxsanam", "Xolbeka" nomli ko'plab dostonlar shular jumlasidandir. Hozirda vodiyda bugungi kunga kelib, doston kuylovchi baxshilarni uchratish mushkul. Lekin bugungi kunda doston kuylovchi yoshlar yetishib chiqayotganligi bizni quvontiradi. Vodiyda yagona ayol baxshi nomi bilan tanilib kelayotgan yosh ijodkor Guliruxsor Jo'rayeva O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali "Folklor va etnografiya" yo'nalishi magistratura bosqichida tahsil olish bilan birga ilmiy-ijodiy izlanib, bilimini oshirib kelmoqda.

Har qaysi xalqning azaliy tarixi va madaniyati, eng avvolo, uning og'zaki ijodi folklor san'atida, doston va eposlarida mujassam bo'lib, ular millatning o'zligini anglash, uning o'ziga xos milliy qariyatlari va an'-analarini saqlash va rivojlantirishda bebaho manbaa hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan qabul qilingan "Xalqaro baxshichilik san'ati festivalini o'tkazish to'g'risida"gi qarori o'zbek milliy baxshichilik va dostonchilik san'atining noyob namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirishda asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. Dostonlar xalqimizning uzoq o'tmishidan habar beruvchi noyob manbalar hamdir. Yoshlarni ma'naviy ruhda tarbiyalashda va ularni keng o'rganishda, targ'ib qilishda imkon beradi. Shuning uchun ham mustaqillik yillarida xalq dostonlarini izlab topish va tadqiq etishga e'tibor kuchaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Madayev O. Sobitova T. Xalq og'zaki poetik ijodi. - T.: «Sharq» NMAKBT,

2. Masharipova Z. O'zbek xalq og'zaki ijodi. - T.:2008, 24-40-betlar.

I ícclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz

3. O'zbek folklori ocherklari. 1-jild. - T.: «Fan», 1988. 25-35-betlar

4. Boychechak. Qo'shiqlar. - T.: G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va sanat nashriyoti, 1984.

5. Avezov S. Sanama janri tabiati va badiyati.- Toshkent.: Fan, 2008, -104

6. G'.Yu .Yunusov . Folklor jamoa ijrochiligi - Toshkent 2021 .

7. U.Boltaboyeva. Sahna nutqi. Toshkent .2019.

8. G'.Yu .Yunusov . Folklor asarlarini sahnalashtirish - Q'oqon 2023 .

9. Shodiyeva, G., and O. Sobirova. "UZBEK NATIONAL INSTRUMENTS OF THE LATE XIX AND EARLY XX CENTURIES." International Journal of Early Childhood Special Education 14.7 (2022).

10. Eminjanovna, Shodiyeva Gavhar. "IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF THE USE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE FORMATION OF HEARING ABILITIES OF NATIONAL MUSIC IN STUDENTS." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.12 (2022): 47-50.

11.Eminjanovna, Shodiyeva Gavkhar. "The role of national music in education of youth." ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 11.2 (2021): 1285-1288.

12. Shodiyeva, G., and O. Sobirova. "UZBEK NATIONAL INSTRUMENTS OF THE LATE XIX AND EARLY XX CENTURIES." International Journal of Early Childhood Special Education 14.7 (2022).

13. Shodiyeva, G. "The Importance of Harmony of Music and Physical Movement in Students' Comprehensive Development." CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ARTS AND DESIGN 3.6 (2022): 1-4.

14. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Development Methods of Teaching Disciplines Orchestric Specializations!!." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 38-41.

15. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Advanced in Improving the Effectiveness of the Music Culture Lesson Role and Importance of Pedagogical Technologies." INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION 1.5 (2022): 76-78.

16. Tursunovich, Nosirov Dilmurod. "A BRIEF ANALYSIS OF THE LIFE AND CREATIVITY OF CONDUCTOR ARTURO TOSKANI." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 90-95.

17. TURSINOVICH, NOSIROV DILMURODJON. "Uzbek National Musical Instrument Performance." JournalNX 7.1 (2021): 315-318.

611

http://oac.dsmi-qf.uz

18. Nosirov, Dilmurod Tursunovich. "The role of music in the development of our national spirituality." ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARA RESEARCH JOURNAL 11.1 (2021): 679-684.

19. Sabirovna, Rasulova Saida. "Analysis Of The General State Of Music Education In A Secondary School." Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching 1.1 (2021): 112-116.

20. KHOLJURAYEVICH, MADAMINOV NASIMJON, and FOZILOV KAXRAMON MADAMINOVICH. "The Role of Folklore in the Emergence of the Art of Singing." JournalNX 7.1: 128-130.

21. Kholjurayevich, Madaminov Nasimjon, and Fozilov Kahramon Madaminovich. "The role of music culture in inculcating the idea of national independence in the minds of the younger generation." ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 11.5 (2021): 71-74.

22. Irgasheva, Nilufar, and Kahramon Fozilov Nasimjon Madaminov. "DEVELOPING STUDENTS'MUSICAL CULTURE AND UNDERSTANDING BY LISTENING TO MUSIC." European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol 8.7 (2020).

23.Axmedovich, Turdiev SHavkat. "Problems of student preparation for work with children's choir collective." World Bulletin of Social Sciences 3.10 (2021): 133135.

24. Akhmedovich, Turdiev Shavkat. "Features Of Pedagogical Traditions In Uzbek Folk Music." Journal of Positive School Psychology 6.9 (2022): 2263-2266.

25. Ahmedovich, Turdiyev Shavkat. "FROM THE HISTORY OF PRESERVATION AND RECORDING OF SAMPLES OF NATIONAL UZBEK MUSICAL FOLKLORE." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.12 (2022): 5961.

612

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.