Raxmatova D. mutaxassisligi 1-bosqich magistranti
TDPU
O'ZBEK XALQ POETIK IJODIDA MILLIY QADRIYATLARIMIZ VA XALQ QO'SHIQLARIMIZNING TUTGAN O'RNI
Annotatsiya: "O'zbek folklori" talabalarga xalq og'zaki ijodi haqida bilim berish, ulardafolklor asarlarini tahlil va talqin qilish ko'nikmalarini shakllantirish, milliy an'analarga nisbatan hurmat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Yosh avlodni tarbiyalash g'oyasini ifodalashda folklor asarlari va an'analarining ahamiyatini belgilash, adabiyotshunoslik va xalq og'zaki ijodining chambarchas bog'liq ekanligini anglash hamda folklor asarlarini ilmiy jihatdan o'rganish ko'nikmalarini shakllantirish. Istе'dodli ijodkorlar folklor namunalarini saqlab qolishi va keng ommalashtirish bilan birga og'zaki an'analari doirasida uni yanada mukammallashtirgan holda, yangilarini yaratilishi.
Kalit so'z: "O'zbek poetik ijodi", folklorshunoslik, folklor, xalq poeziyazi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Sharq taronalari " o'n ikkinchi xalqaro musiqa festivali ochilishiga bag'ishlangan tantanali marosimidagi nurqida
Rakhmatova D. master's degree TDPU
THE PLACE OF OUR NATIONAL VALUES AND FOLK SONGS IN UZBEK PEOPLE'S POETIC WORK
Annotation: "Uzbek folklore" to teach students about folklore, to develop skills in the analysis and interpretation of folklore, to educate them in the spirit of respect and patriotism for national traditions. To emphasize the importance of folklore works and traditions in expressing the idea of educating the younger generation, to understand the close connection between literature and folklore, and to develop skills in the scientific study offolklore. Talented artists should preserve and popularize folklore samples and create new ones by perfecting them within the framework of their oral traditions.
Keywords: "Uzbek poetic creativity", folklore, folklore, folk poetry.
"Barchangiz guvohsiz, shu kunlarda generativ musiqa, sun'iy intellekt haqidagi bahslar qizg'in tus olmoqda. Kelajak musiqasini endi faqat texnika yaratadi, degan bashoratlar ilgari surilmoqda. Lekin hammamiz yaxshi bilamizki, har qanday mukammal texnika vositasi ham tirik inson nafasini, uning yurak nolalarini, jonli ovoz jozibasini, chinakam san'at o'rnini hech qachon bosolmaydi.
Haqiqiy san'atni, sof va boqiy musiqani faqat Parvardigori olamning marhamati bilan hazrati Inson yaratadi.
Sayyoramizda turli kelishmovchilik va qarama-qarshiliklar, urush va nizolar avj olgan tahlikali zamonda, odamzot tobora o'z dunyosiga o'ralib borayotgan bir sharoitda musiqa insonga insonligini eslatib, uning qalbida kelajakka umid va ishonch uyg'otadi.
Musiqa san'ati madaniy fenomen sifatida yangi avlodni tarbiyalash va kamolga yetkazish borasida cheksiz imkoniyatlarga egadir. San'at bilan oshno bo'lgan yoshlarning hayotga munosabati, milliy urf-odat va umumbashariy qadriyatlarga hurmati baland bo'ladi.
Va men ishonaman, ular dunyoni ma'naviy tanazzuldan qutqarishga qodir bo'lgan, o'zaro ahillik va birdamlikni ulug'lovchi avlod bo'lib maydonga chiqadi. Shu ma'noda, musiqa - hech narsa bilan o'lchab, solishtirib bo'lmaydigan beqiyos ilohiy ta'sir kuchiga ega desak, ayni haqiqatni aytgan bo'lamiz".
Shavkat Mirziyoyev.
Dunyo xalqlari qatori mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan milliy qadriyatlarni tiklash, unutilgan an'analarni keng ommalashtirish va ularni chuqur o'rganish uchun zarur sharoitlar yaratildi. Zero, O'zbekiston xalqining qadimgi urf-odat, an'ana va marosimlarga alohida e'tibor berishi ma'naviy tiklanish jarayoni jadal kechayotgan hozirgi kunda muhim ahamiyatga ega. Chunki, kishilarni yangicha ruhda tarbiyalash, ularning ongiga milliy mustaqillik g'oyalarini chuqurroq singdirish, ajdodlarimiz yaratgan qadriyatlar mohiyatini keng targ'ib qilishda, an'ana va marosimlar mohiyatini anglash, ularni ayniqsa, yoshlarga chuqurroq tushuntirish, milliy istiqlol mafkurasini keng omma orasiga yoyishning ta'sirchan vositalaridan biri hisoblanadi. Jamiyat rivoji davomida kishilarning o'zaro munosabatlari va ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyot qonuniyatlari asosida muayyan urf-odat va marosimlar tizimi shakllanadi. Asrlar davomidagi rivojlanish jarayonida xalqona, milliy xususiyatlarni aks ettirgan marosim va an'analargina saqlanib, takomillashib kelaveradi. Xalqning milliy ruhiyati va mentaliteti ham uning marosimlari hamda og'zaki badiiy ijodiyotida o'z ifodasini topadi.
Ma'kumki, an'ana va marosimlar xalqning ulug'vorligini, uning milliy qadr -qimmatini va mehnatsevarlik, erksevarlik, do'stlikka sadoqatni, boshqa xalqlarga hurmat, Vatanga muhabbati-yu, dushmanga nafrat kabi xususiyatlarini o'zida aks ettiradi. Xalqning eng yaxshi an'analari - insonparvarlikni, jamoa bo'lib ishlash va kamtarlikni, mehmondo'stlikni va kattalarga hurmatni, asrlar davomida mehnatkash xalq orasida rasm-rusumga aylangan boshqa ijobiy xislatlarni o'zida gavdalantiradi.
Folklor haqida imumiiy tushuncha. «Folklor» atamasi aslida «folk» — xalq va «lore» — donolik so'zlaridan yasalgan bo'lib, «xalq donoligi, xalq donishmandligi» ma'nolarini anglatadi. Uni birinchi marta 1846- yilda Vilyam Toms ilmiy istiloh sifatida qo'lladi. Shundan boshlab bu is tiloh xalqaro miqiyosda ilmiy taomilda o'zlashib ketdi. Shunga qaramay, Angliya, AQSh va boshqa ingliz tilida so'zlashuvchi mamlakatlarda bu mavhum keng ma'noda xalq ijodining barcha
sohalarini — xalq poeziyasi, xalq nasri, musiqasi, raqsi, rassomlik, o'ymakorlik, diniy e'tiqodi va odatlarini ifodalasa, boshqa tillarda so'zlashuvchi xalqlarda, asosan, so'z san'atini — xalq og'zaki poetik ijodi tushunchasini ifoda etadi.
Xalq musiqasi tushunchasini ifodalashda «musiqa folklori», xalq san'atining boshqa turlarini, chunonchi, o'ymakorlik, zargarlik, zardo'zlik, kashtachilik (patdo'zlik) singarilar «xalq amaliy san'ati» termini ostida tushuniladi. O'zbek folklorshunosligi tarixida «folklor» istilohi nisbatan keyinroq ilmiy iste'molga kirdi. U dastlab «el adabiyoti», «og'zaki adabiyot», «og'zaki ijod» tarzida qo'llanildi. O'zbek folklori xilma-xil janrlardan tarkib topgan og'zaki so'z san'ati bo'lib, xalqimizning dunyoqarashi, badiiy zavqi, ijodiy salohiyati, simpatiya va antipatiyasini, orzu va intilishlarini aks ettiradi.
Folklor — so'z san'atiming boshlang'ich namunasi bo'lib, u behad qadimiy so'z san'ati sanaladi, unda uzoq o'tmishda yashagan ibtidoiy ajdodlarimiz ning hali yozuvni bilmagan zamonlardagi turish-turmushi, dunyoqarashi va e'tiqodi, kurash va mag'lubiyatlari ifodalangan. Folklorda tasvirlangan voqelik vaqt (zamon) e'tiboriga ko'ra o'tmishga daxldor, undagi u yoki bu janr tabiatida, til xususiyatlarida buning izlarini ko'rish mumkin. «Xalq poeziyasining qaysi bir yodgorligi xususida o 'ylab ko'rmang, uning zamirida diniy-hayotiy yoki diniy marosim, uy-xo'jaIik yoki «xalqaro siyosiy g'oya» yarqirab turishini ta'kidlar ekan, E.V.Anichkov folklorda ifodalangan poetik obrazlar genetik asosi o'sha qadimiy e'tiqodlardan suv ichishini nazarda tutgan. V.M.Miller esa xalq ijodiyotiga «xalqshunoslikning tarkibiy qismi» sifatida qarab, uning xalq rasm - rusumlarini ifodalagan etnografik mohiyatini ta'kidlaydi. Folklor asarlari jonli ijro jarayonidagina yashaydi. Uning ayrim janrlarida so'z va kuy omuxtaligi yetakchi bo'lsa, ayrimlarida sahna san'ati unsurlari ustun turadi. Bu hol folklor asarlariga sinkretiklik xususiyatini baxsh etgan. Uning talay namunalari so'z va kuy uyg'unligida ijro etiladi. Chunonchi, doston va termalarni do'mbira jo'rligida kuylash an'anaviy bo'lsa, qo'shiq dutor, childirma jo'rligida kuylanadi. Aksariyat folklor asarlarida so'z yetakchi o'rinni egallaydi. Ertak, afsona, naql, rivoyat, latifa, maqol va topishmoq janrlari shunday xarakterga ega. Xalq ertaklarida, xalq dramasida harakat va mimika muhim qimmat kasb etadi. Biroq ko'pgina asarlar ijrosida kuy g'oyaviy-badiiy mazmunni ifodalashda bir qadar qiymat kasb etsa-da, baribir so'z mazmunini ochuvchi asosiy vosita bo'lib qolaveradi. Bu folkloming so'z san'ati sifatidagi mohiyatini to 'la-to'kis tasdiqlaydi.
Xalq —folkloming ijodkori. Folklor qabila, urug', elat, xalq yoki millatning mafkurasi va psixologiyasini aks ettiradi. Uning paydo bo'lishida hal qiluvchi rol o'ynaydi. Boshda ijod g'ayrishuuriy holda bo'Igan. Ijodkor g'ayriixtiyoriy tarzda mohiyatni tushunmagan holda ijod etar edi.
Folklorshunoslik sotsiologiya, etnologiya, til, tarix, arxeologiya, san'atshunoslik, musiqashunoslik va boshqa fanlar bilan aloqadorlikda ish ko'radi. Chunki folklor sinkretik so'z san'ati sifatida san'atning barcha turiari bilan chambarchas bog'langan .
O'zbek xalq og'zaki ijodining eng qadimiy va barqaror janrlaridan biri marosim folkloridir. Bu janr o'zining hayotiy yo'nalishi va maqsadi jihatidan ikki
katta turkumga - mavsumiy hamda oilaviy-maishiy marosimlar folkloriga bo'linadi. O'z navbatida bu ikki turkum vazifasi, tuzilishi va poetik tabiati bilan har xil janrlarni qamrab oladi.
Oilaviy - maishiy marosim folklori etnografik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Bunga kiradigan marosimlar vazifasi va mazmuni bo'yicha bir necha xilga bo'linadi: a) so'zning sehrgarlik qudratiga asoslangan kinna, badik( gulafsho), burey-burey, avrosh, olqish va qarg'ish kabi qadimiy urf-odatlar; b) bolalarning beshikdagi davri bilan bog'liq- beshikka solish, chilar qochirish kabi udumlar folklori; v) to'y marosimlari faolliklari ifodalovchi yor-yor, o'lan, lapar, kelin salom, to'y olqishlari, oyna ko'rsatar qo'shiqlari kabilar; e) motam marosimi folkloriga mansub yig'i-yo'qlovlar.
Mustaqillik sharofati tufayli ajoyib milliy an'analar urf-odatlar va marosimlarni tiklash boyitish va hayotga keng joriy etish uchun barcha imkoniyatlar yaratildi. Ayni vaqtda bir tizimdan boshqa tizimga o'tish davrida xalq an'analari, urf-odat hamda marosimlarini tiklash, rivojlantirish va ommalashtirish nihoyatda murakkab va mas'uliyatlidir. Buni chuqur anglagan holda xalqimizning azaldan ma'lum bo'lgan ahillik, mehr-oqibat, xayr-saxovat, hamdardlik, kamtarlik, shirinsuxanlik kabi fazilatlarni yoshlar ongiga singdirish rivojlantirish muhim vazifa hisoblanadi.
Yoshlarning kelajakda vatanimizning barkamol farzandlari bo'lib yetishlari uchun hamma shart-sharoitlar yaratilgan zero buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan betakror ma'naviy merosini yosh avlodga o'qib-o'rganishi hayotiy zarurat bulmogi kerak shu bilan birga go'zal fazilatlarga ega bo'lgan asrlar osha saqlanib kelayotgan marosimlardan qurib foydalanishga katta kelajak vorislari bo'lgan yoshlar qonunlarni o'rganish ularni hurmat qilishi asosiy burchlaridan biri hisoblanadi zero urf-odatlarimiz qadriyatlarimiz marosimlarimizning mohiyatini yoshlar ongiga yetkazish milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizning bu borligini saqlagan holda yoshlar shuuriga singdirish ular ma'naviyatini shakllantirishning muhim omilidir.
Adabiyotlar:
1. I. Jabborov. O'zbek xalqi etnografiyasi. - T. "O'qituvchi", 1994
2. S. Yo'ldosheva. Xalq urf - odatlari va an'analari. T. "Ijod Dunyosi", 2003
3. www.literature.uz.
4. www.ziyonet.uz.