Научная статья на тему 'FOLKLOR SAN’ATINI ILMIY OʻRGANISH MASALALARI'

FOLKLOR SAN’ATINI ILMIY OʻRGANISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
810
318
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
folklor / san’at / xalq / ogʻzaki ijod / doston

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Gulbahar Amangeldievna Bekniyazova, Liza Taspolatovna Urazmbetova

Bu maqolada folklor san’atining paydo boʻlishi va uni ilmiy oʻrganish masalalarida uchraydigan muammolar haqida soʻz boradi. Bundan tashqari, oʻzbek xalq ogʻzaki ijodini oʻqitish, qayta tadqiq qilish, dostonlarni ilmiy oʻrganish boʻyicha kerakli tavsiyalar atroflicha muhokama qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FOLKLOR SAN’ATINI ILMIY OʻRGANISH MASALALARI»

FOLKLOR SAN'ATINI ILMIY O'RGANISH MASALALARI

Gulbahar Amangeldievna Bekniyazova Liza Taspolatovna Urazmbetova O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Nukus filiali

Annotatsiya: Bu maqolada folklor san'atining paydo bo'lishi va uni ilmiy o'rganish masalalarida uchraydigan muammolar haqida so'z boradi. Bundan tashqari, o'zbek xalq og'zaki ijodini o'qitish, qayta tadqiq qilish, dostonlarni ilmiy o'rganish bo'yicha kerakli tavsiyalar atroflicha muhokama qilinadi.

Kalit so'zlar: folklor, san'at, xalq, og'zaki ijod, doston.

ISSUES OF SCIENTIFIC STUDY OF FOLKLORE ART

Gulbahar Amangeldievna Bekniyazova Liza Taspolatovna Urazimbetova Nukus branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article talks about the emergence of folk art and the problems encountered in its scientific study. In addition, the necessary recommendations on teaching, research of Uzbek folk oral creativity, scientific study of Epic will be discussed in detail.

Keywords: folklore, art, people, oral creativity, epic.

O'zbek xalqi boy va rang-barang badiiy og'zaki ijodiy merosga egaligi bilan boshqa xalqlardan ajralib turadi. Markaziy Osiyoda muqim yashab kelayotgan o'zbek xalqalari o'z tarixiy taraqqiyot yo'li davomida qo'shni xalqlar bilan madaniy aloqada bo'lgan. Shu sababdan, folklor san'atini ilmiy jihatdan o'rganish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.

Xalq og'zaki ijodi mehnatkash xalq ijodi. Xalq badiiy faoliyatining tarkibiy qismi bo'lmish folklor xalq san'atining boshqa turlaridan (musiqa, teatr, raqs, tasviriy san'at va amaliy san'at hamda boshqalardan) og'zaki so'z san'ati ekanligidan ajralib turadi. U og'izdan-og'izga, avloddan-avlodga, davrdan-davrga o'tib, xalqning iste'dodli vakillari ijrosida sayqal topadi.

Folklor - bu muayyan guruh tomonidan birgalikda ishlatiladigan madaniyatning ifodali tanasi; u o'sha madaniyat, subkultura yoki guruh uchun umumiy bo'lgan urf-odatlarni o'z ichiga oladi. Ular orasida ertaklar, maqollar va hazil kabi og'zaki an'analar mavjud. Ularning boshqa san'atdan farqli jhati, folklor og'zaki shaklda avloddan-avlodga yetkaziladi. Folklor janrlari jihatidan ham, shakli jihatidan kattan

dostonlardan boshlanib kichik-kichik maqollargacha bo'lgan asarlarni o'z ichiga oladi.

Keyingi paytlarda folklor san'atini ilmiy jihatdan ovrganish bo'yicha ko'p ishlar amalga oshirilmoqda. Xalq dostonlarini jirovlardan yozib olingan varianlarini qayta nashrdan chiqarish, qo'shni xalqlar folklori bilan solishtirib o'rganish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Og'zaki so'z san'ati "folklor" yoki "xalq og'zaki poetik ijodi" terminlari bilan ifodalanadi. Folklor termini birinchi marta XIX asr tadqiqotchisi Vilyam Toms tomonidan 1846-yili qo'llanilgan bo'lib, u ikki so'zdan iborat - "folk" xalq, "lore" bilim, donolik donishmandlik, ya'ni "xalq donishmandligi" demakdir [1: 1-b].

Professor B.Sarimsoqovning fikricha, adabiyotdagi uch turni folklor asarlariga ham qo'llash mumkin, lekin bu uch adabiy tur doirasiga sig'maydigan, faqat folklorga xos maqol, topishmoq, turli xildagi aytimlar, olqish va qarg'ishlar alohida tur sifatida ajiratib o'rganilmog'i lozim [2: 64-66-b].

Mustaqillik davridan oldin folklor asarlari o'rganilganmi, nashr etilmaganmi, degan haqli savol tug'ilishi tabiiy. O'rganilgan, tadqiq va nashr ham etilgan. Biroq bu nashrlar mukammal ham emasdi. Ularda ko'plab qisqartirishlar, buzib talqin qilinishlarga yo'l qo'yilgandi. Birgina misol: "Rustamxon" dostonining folklor arxivida saqlanayotgan qo'lyozmasida Sultonxonning farzandli bo'lishi oldidan tush ko'rgani shunday tasvirlanadi: "Sultonxon" ul kecha yotib tush ko'rdi. U tushida shunday ayon bo'ldi. Bu xudoy bergan farzandning, Qurudum mamlakatiga safar qilsang, o'n to'rt jil deganda borib kelsang shu bolang turadi, bo'lmasa nobud bo'ladi" (Hodi Zarifov nomidagi folklor arxivi. Qo'lyozma, inv. №112, 6-7-b).

Folklor asarlari so'z san'ati sifatida o'ziga yaqin yozma adabiyot namunalari va san'atning boshqa turlaridan bir qator xususiyatlariga ko'ra alohida ajralib turadi. Folklorga xos bu xususiyatlar avvalo uning jamoaviy (kollektiv) ijod ekanligida, shu sababli ham Folklor namunalarining muallifi xalq ommasi hisoblanadi, ularning aniq ijodkori noma'lum - anonimlik ularga xos va xalq orasida avloddan-avlodga og'zaki tarzda o'tib tarqaladi, og'zaki ijod etilib, ijro qilinadi, ijro va ijodda an'anala rga rioya etilib, ommaviylik tusini oladi, ijro jarayonida variatlarga va davrlar o'tib versiyalarga ega bo'ladi. Ushbu asosga ko'ra Folklorga xos xususiyatlar sifatida jamoaviylik, anonimlik, og'zakilik, an'anaviylik, variatlilik va versiyaviylik ko'rsatiladi.

Jamoaviylik - o'zbek xalq og'zaki poetik ijodi xalq tomonidan yaratiladi. Ammo, jamoaviylik shaxsiy ijodkorlik imkoniyatini inkor qilmaydi, aksincha, uni zaruriy dastlabki shart sifatida qamrab oladi. Tabiatda tomchilardan jilg'alar, jilg'alardan daryolar paydo bo'lishini ko'ramiz, biroq daryodan bir hovuch yoki bir ariq suvni ajratib, bu falon jilg'aning suvi deyish mumkin bo'lmaganidek, an'anaviy xalq ko'shig'i, dostoni yoki ertagidan bir band yoki qismni ajratib biror indiviual

ijodkorga nisbat berish qiyin. Ammo bu ijodkor, albatta, bo'lgan. Xalq ijodi namunalari ana shunday kollektiv ijod mahsuli bo'lganligi uchun asarlarning bosh qahramoni yoki «men»i ham o'z xarakteri jihatidan yozma va og'zaki adabiyotda sezilarli farqlanadi. Folklorning qahramoni tipik holatga kelgan umumiy "men" ga tom ma'noda xalq ommasiga tengdir.

Xalq turmushining, ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning takomillasha borishi, inson tafakkurining mifologik tafakkurdan mifopoetik va badiiy-estetik tafakkurga o'tish jarayonida alohida ijrochilar - qo'shiqchilar, ertakchilar, baxshilar, qiziqchilar va boshqa ijodkorlar, ijro maktablari, ustoz va shogirdik munosabatlari paydo bo'ldi. Xalq orasida o'z iqtidori ijro san'ati bilan ajralib turuvchi: Tilla kampir, Sulton kampir, Jalmon baxshi, Bo'ron shoir, Jumanbulbul, Jassoq shoir, Xonimjon xalfa, Bibi shoira, Suyav baxshi, Amin shoir, Yo'ldoshbulbul, Sultonmurod, Qurbonbek, Xidir shoir, Yo'ldosh shoir, Suyar shoir, Sherna yuzboshi, Mulla Xolnazar, Haybat soqi, Qunduz soqi, Ergash Jumanbulbul o'g'li, Fozil Yo'ldosh o'g'li, Po'lkan Jonmurod o'g'li, Islom Nazar o'g'li, Nurmon Abdivoy o'g'li, Saidmurod Panoh o'g'li, Abdulla shoir, Umir shoir, Xolyor Abdukarim o'g'li, Bola baxshi, Rahmatulla Yusuf o'g'li, Qodir Rahim o'g'li va boshqa namayondalar yetishib chiqdi. Bu xil ijodkorlarning talanti, iqtidori, mehnatlari tufayli kollektiv dahosi bilan yaratilgan asarlar avloddan avlodga o'tdi, sayqallandi, yuksak badiiy darajaga yetdi, Folklorning mumtoz namunalari bizga meros bo'ldi.

Anonimlik - Folklor asarlari mualifming noaniqligi - anonimligi (grek. Anonymis - noma'lum) bilan ajralib turadi. Folklorda biror bir muallif yo'q. Xalq dostonimi, ertakmi yoki marosim qo'shig'imi ularni ibtidoda kim va qachon yaratgani aniq emas. Har bir asar avloddan avlodga o'tar ekan vaqt va zamon talablariga ko'ra ma'lum o'zgartishlarga uchrashi mumkin, lekin uning asosi, an'analari o'zgarishsiz kelaveradi. Folklorda biror bir asarni kimdir daslab yaratgan bo'lishi mumkin, lekin bu asar syujeti, tasvir vositalari, ohang yo'llari xalq og'zaki ijodi an'analariga tayanilib ijod etilsa, u Folklor asari bo'lib qoladi. Vaqtlar o'tishi davomida xalq ijrochilari tamonidan yanada ishlov berilib, chinakkam Folklor namunasiga aylanadi.

Og'zakilik - xalq ijodiyotining yashash va yaratilish tarzi. Folklor xalqning xotira manbaidan, xotiraning og'zaki avloddan avlodga, og'izdan og'izga ko'chishidan paydo bo'ladi. Bu o'rinda umum Folkloriy bilim va Folklor an'analari asos vazifasini o'taydi. Xotira manbaiy va Folkloriy bilim bir yoki bir necha shaxslargagina tegishli bo'lmay, butun bir xalqning bilim va an'analaridan iborat bo'ladi. Bu bilim va an'analar ustozdan shogirdga, avloddan avlodga, urug'dan urug'ga o'tib, yangi davr ruhida, yangi ijrochilar va ijodkorlar salohiyatidan sayqal topib yashaydi. Bu xil sayqallanish u yoki bu Folklor asarining shakli va mazmuniga qandaydir o'zgarish kiritishi - nimaningdir qo'shilishi yoki tushirib qoldirilishida

bo'y ko'rsatadi. Aytaylik biror bir tarixiy faktning unitilishi sababli asardan tushib qolishi mumkin. Yoki dostondagi qo'shiq qismining unitilishi uning ertak shaklida yashashini ta'in etsa, aksincha biror bir talantli ijodkor ijrosi sababli ertak syujeti asosida yangi doston paydo bo'lib an'ana ko'rinishini olishi mumkin. Bu holatlar og'zakilikning jonli harakatdagi jarayoni sifatida Folklorning yashash tarziga xos belgilari hisoblanadi. Zotan Folklor og'izdan og'izga o'tib o'tib yashasa, adabiyot yozuv vositasida yashaydi.Folklor asari og'zaki ijro etilib kuylansa, adabiyot esa faqat o'qiladi.

An'anaviylik - Folklorning o'ziga xos yashash tarzini, uslubini, ifoda vositalarini ta'min etuvchi yetakchi belgilaridan hisoblanadi. Folklor tom ma'noda an'analar san'atidir. Ana'anaviylik xalq ijodida u yoki bu asar matnining, ijro usullarining og'izdan og'izga o'tish jarayonida nisbatan barqarorliginigina anglatib qolmaydi, balki o'sha asarning avloddan avlodga o'tish jarayonida dastlabki ijroga xos xususiyatlarini nisbatan o'zgarmagan holda saqlab qolganini ham anglatadi. An'anaviylik - jamoaviy ijod mahsuli va yashash tarzi, shu bilan birga Folklorning Folklor asarini jamoaviy holda saqlab qolishning ham o'ziga xos shakli, omili hisoblanadi. Og'zakilik Folklorning ijro usuli va yashash tarzi bo'lib, o'z navbatida, xotirada ijrochidan ulkan xotirani, yoddan aytishni, eslamoqni, vaziyatga mos tayyor shakl va ifoda vositalarini badiha qilishni taqozo etadi. Bu o'rinda Folklordagi an'anaviylik eng qulay va ishonchli quvvat zahirasi hisoblanadi. O'zbek baxshi-shoirlari orasvida ko'plab an'anaviy dostonlarni, qanchadan-qancha termalarni bilgan, kuylagan, yana o'zi to'quvchi - badihago'ylarning borligi - shu an'anaviy ehtiyoj ehtiyojning hosilasidir. An'anaviylik xalq musiqasi, raqsi va amaliy san'atining ham o'ziga xos belgisi sanaladi.

An'anaviylik o'zining ijtimoiy-tarixiy manbalariga ega. Folklorning ilk namunalari ibtidoiy jamiyatda yaratilgan, ularda o'sha davrga xos dunyoqarashlar, urf-odatlar izlari aniq seziladi. Bu hol Folklor asarlari shakli, syujeti, obrazlari va motivlarining muayyan barqarorlik kasb etishining mahsuli hisoblanadi. Masalan: badik, kinna, buray-buray janrlari shuningdek "Sust xotin", "Choy momo", "Barot keldi" marosimlari aytimlarida bu holatni kuzatishimiz mumkin.

Ommaviylik. Folklor asari xalq orasida ommaviy yashaydi. Folklor asarining ijro etilishi, omma tamonidan qabul qlinishida umumiy Folkloriy, epik bilimning o'rni katta. Folkloriy bilimning, xususan epik bilimning unitilishi xalq og'zaki ijodi namunalarining anglanishida ma'lum qiyinchiliklarni tug'diradi. Ayniqsa Folklorga xos timsollar, ramzlarning omma xotirasidan ko'tarilishi bu namunalarning mazmunini jo'n qabul etilishiga sabab bo'ladi. An'analar omma tafakkurida uzoq davrlar davomida yashaydi, omma Folklor asarlari "loyi"ni pishitib beruvchi, ijodkorlar esa bu loydan "imorat"ni har ijroda "qayta" yaratuvchilar sanaladi.

Variatlilik va versiyaviylik - Folklor namunalarining har bir ijrosi o'ziga xos

variant hisoblanadi. Folklor asari ijro jarayoni davomida qaytadan yaratiladi, yangi yashash holatiga kiradi va bu holat o'ziga xos variantni paydo etadi. Ya'ni Folklor ijro jarayonida xilma-xil variantlarda yashaydi. Variantlilik Folklorning yashash tarzi. Variantlilik Folklor tabiati, uning yaratilishi va jonli og'zaki ijodda yashash qonuniyatlaridan kelib chiqqan xususiyat bo'lib, u Folklor asarlarining syujeti, obrazliligi, poetikasi, janr xususiyatlarini to'la qamraydi. Variant - ma'lum bir asarning jonli og'zaki epik an'ana zaminida vujudga kelgan, bir-birini inkor etmasdan yonma-yon yashay oladigan va o'zaro farqlanuvchiturli tuman nusxalaridir. Varianda asar syujeti, motivlar tartibi, qahramonlar harakatida umumiylik bo'lib faqat ularni talqin etishda, tasvirlashda, ifoda shakllarida ma'lum bir farqlar bo'lishi mumkin. Ijodkor vaziyatga ko'ra uyoki bu motiv tasvirini cho'zishi yoki qisqa shaklda kuylashi yoki tushirib qoldirishi mumkin.

Variant Folklor asarlarining ommaviyligini aniqlashda, tarqalish chegaralarini belilashda, Folklorda kechayotgan o'zgarishlarnining sabablarini o'rganishda va ijro jarayoni bilan bog'lik qonuniyatlarni tadqiq etishda boy materiallar berishi bilan ham ahamiyatlidir.

Variantlilikning muhim bir xususiyati ma'lum bir versiya ichida mavjud bo'lishidir. Versiya mohiyatan birmuncha keng hodisa bo'lib, biror bir asarning turli talqinlarda, kompozitsion qurilishda, ba'zan qahramonlarning o'zgacha nomlanishida keluvchi yagona syujet va janr doirasidagi namunalarini o'z ichiga oladi. Versiyalar ma'lum bir urug' va qabilalarning turli joylarga tarqalib, turli ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot yo'lini bosib o'tishi u yoki bu asarning o'zaro yonma-yon, qo'shni yashayotgan turli xalqlar orasiga yoyilishi sababli paydo bo'ladi. Masalan "Alpomish" va "Go'ro'g'li " dostonlarining qarindosh va qo'shni xalqlar orasida mavjud versiyalarini keltirib o'tish mumkin [3: 13-bet].

Variantlilik nuqatayi nazaridan, folklor hali to'liq o'rganilmagan hisoblanadi. Shuning uchun uni ilmiy o'rganishda alohida ishlarni olib borish va folklorning nusxalarini topib, unga ilmiy baho berish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Khurshid Jamolkhonovich Sayfullaev. Ingliz va o'zbek folklori janrlari orasidagi umumiylik xususiyatlari. Jizzax Davlat Pedagogika Instituti.

2. Sarimsoqov B. O'zbek folklorining janrlar sostavi. O'zbek folklori ocherklari. 3 tomlik, 1-tom. T.: "Fan", 1998. - B.64-85

3. Т.Мирзаев, Ш.Турдимов, М.Жураев, Ж.Эшонкулов, А.Тилавов. Узбек фольлори. Дарслик. Тошкент - 2017. 13-бет.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.