Научная статья на тему 'TOSHKENT VILOYAT OHANGARON TUMANI YOR YOR QO’SHIQLARINING O’ZIGA XOS POETIKASI'

TOSHKENT VILOYAT OHANGARON TUMANI YOR YOR QO’SHIQLARINING O’ZIGA XOS POETIKASI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
560
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
xalq og’zaki ijodi / folklor / o’zbek marosim folklori / urf odat / marosimlar / musiqiy an’analar / yo-yor qo’shiqlari

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mamura Erkinovna Avazova, Oygul Maxamatalievna Axmedova

Mazkur maqolada o’zbek folklori hamda Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi yor yor marosim qo’shiqlarining avloddan avlodga o’tib kelayotgan o’ziga xos poetikasi, ijro etilish usullari, hamda o’sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida folklor namunalarining o’rni va ahamiyati xususida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TOSHKENT VILOYAT OHANGARON TUMANI YOR YOR QO’SHIQLARINING O’ZIGA XOS POETIKASI»

TOSHKENT VILOYAT OHANGARON TUMANI YOR - YOR QO'SHIQLARINING O'ZIGA XOS POETIKASI

Mamura Erkinovna Avazova Oygul Maxamatalievna Axmedova Yunus Rajabiy nomidagi milliy musiqa san'ati instituti

Annotatsiya: Mazkur maqolada o'zbek folklori hamda Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi yor - yor marosim qo'shiqlarining avloddan - avlodga o'tib kelayotgan o'ziga xos poetikasi, ijro etilish usullari, hamda o'sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida folklor namunalarining o'rni va ahamiyati xususida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: xalq og'zaki ijodi, folklor, o'zbek marosim folklori, urf - odat, marosimlar, musiqiy an'analar, yo-yor qo'shiqlari

POETICS OF YOR-YOR SONGS OF AHANGARAN DISTRICT,

TASHKENT REGION

Mamura Erkinovna Avazova Oygul Maxamatalievna Akhmedova National Institute of National Musical Arts named after Yunus Rajabi

Abstract: This article deals with the unique poetics of Uzbek folklore and ceremonial songs from Ahangaron district of Tashkent region, their methods of performance, as well as the role of folklore in the education of the younger generation. and its importance.

Keywords: folklore, folklore, Uzbek ceremonial folklore, customs, rituals, musical traditions, yo-yor songs

Ajdodlarimizning asrlar mobaynida yaratgan buyuk asarlari, ijod namunalari, san'at va madaniyat borasida qoldirgan bebaho meroslari hozirgi kunga qadar asrab-avaylab yosh avlodga yetkazib kelinmoqda. Har bir jamiyat madaniyatsiz, san'atsiz, musiqasiz, qadriyatlarsiz yashamagan va yashay olmaydi ham.

Xalqimizning ma'naviy-ruhiy dunyosini, urf-odatlari va turmush tarzining asosiy tamoyillarini o'ziga singdirib olgan xalq qo'shiqlari ta'sirchanligi bilan ma'naviy jihatdan barkamol yosh avlodni tarbiyalab voyaga etkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ular inson hissiyotlariga ma'naviy ta'sir ko'rsatish qudratiga ega. Xalq qo'shiqlari insonning insonga mehr-muhabbatini, samimiy munosabatini o'zida badiiy ifoda etadi. Shuning uchun ularni maxsus o'rganish zarur

masalalardan biri hisoblanadi. Zero, ularni o'rganish orqali e'tiqodiy qarashlarning folklor namunalaridagi badiiy talqinlarini tadqiq etish imkoni paydo bo'ladi.

Xalq qo'shiqlarini yozib olish tajribasi shuni ko'rsatadiki, folklor namunalaridan biri hisoblangan yor-yorlar xalq orasida boshqa mazmunda qo'shiqlardan kengroq ommalashgan. Ma'lumki mamlakatimizning turli viloyatlarida yor-yor marosim qo'shiqlari o'zining mungli, jozibali, o'ynoqi, mazmuni lirik, hajv, madhiya kabi kuylari bilan farq qiladi.

Ayni paytda musiqiy folklorlarning xalq ma'naviy hayoti va turmush tarzidagi tabiiy ko'rinishi ham davom etmoqda. Bu o'rinda turli viloyatlarga uyushtirilgan ilmiy-amaliy safarlar va folklor ekspeditsiyalari ham ahamiyati katta ega.

Shu bilan birga Respublikamiz musiqa madaniyatida tavsif etilgan to'rtta asosiy mahalliy uslub - Farg'ona-Toshkent, Buxoro-Samarqand, Surxondaryo-Qashqadaryo va Xorazm musiqiy an'analarining o'ziga xosligi, o'xshashligi, farqli jihatlari va o'zaro yaqinlashib borish xususiyatlari bugungi kunda umummusiqiy madaniyatimizni keng diapozoni va janr rang-barangligini belgilaydi.

Bizga ma'lumki, xalq og'zaki ijodi namunalari orasida Toshkent - Farg'ona vohasi folklori o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi safarlarimizdagi izlanishlarimiz natijasida shunga amin bo'ldikki, ushbu tumandagi yor-yor marosim qo'shiqlari avlodda - avlodga o'tib kelayotgan ijro etilish uslubi, so'zlardagi rang-baranglik, o'ziga xos shevasi hamda mungli ohangi bilan boshqa vohalar qo'shiqlaridan ajralib turadi. Bundan tashqari hududdagi to'y marosimlari va ushbu marosimlar jarayonida ijro etiladigan folklor namunalari o'zbek xalqining boy va yuksak ma'naviyati, ma'rifati, estetik dunyoqarashini namoyon etuvchi qadriyatlarimizdir. Marosimlar ichida yor-yor qo'shiqlari nafaqat mazmuni balki badiiy jihatdan mukammalligi bilan alohida ahamiyatga ega.

"O'zbek folklor janrining turli qo'shiqlari menga buvim Buvisora va onam Ergasheva Xoliya aya tomonidan meros bo'lib qolgan.Ular ijro etgan xalq qo'shiqlari hali hanuz biz avlodlar tomonidan asl holicha kuylanib kelinmoqda"-deydi "Ohanrabo" folklor etnografik jamoasi rahbari Malika Ergasheva.

"Ohangrabo" folklor - etnografik jamoasi rahbari Malika Ergasheva va jamoaning ijodkor vakillari bilan suhbatimiz davomida bizga Ohangaron tumanida o'rganilmagan urf-odatlar, marosimlar ko'pligi ma'lum bo'ldi. Jumladan, nikoh to'yi marosimidan oldin "Un osh otar " an'anasi mavjud bo'lib, unda xalq qo'shiqlari, mahalliy qo'shiqlar ijro etilgan. Ushbu an'ana faqatgina Ohangaron tumanida bo'lib, hech bir vohada uchramasligi bilan alohida ahamiyatga ega. "Un osh otar" marosimida ikki quda tomon ayollari kurash tushgan, turli bellashuvlar o'tkazilgan. Ushbu marosim hozirda eskirgan an'ana hisoblanib, faqatgina turli festvallarda namoyish etiladi.

O'zbek xalqining urf-odatlari ko'p yillik tarixga ega.Shu bilan birga Ohangaron tumanidagi an'analar ham zamon chig'irig'idan o'tib, muhim ma'naviy qadriyat sifatida ravnaq topib kelmoqda. Jumladan, nikoh to'yi marosimi o'zbeklarning hayotida nihoyatda muhim ahamiyatga ega bolib, umumiy xususiyatlari bolsa-da, turli viloyatlarda o'zgacha tusda nishonlangan.Ohangaron tumani nikoh marosimining asosiy payti kelinni ota-onasi uyidan kuyovning uyiga o'tish payti bo'lgan. Kuyovning uyiga yuborishdan avval kelinnikida ota-ona bilan xayrlashish marosimi o'tkazilgan.. Bu marosim yor-yor qo'shiqlari bo'lib, momolar tomonidan yig'i tarzida boshlanadi.Bo'lajak kelinning butun yig'isi shu uyda qolsin, yangi oilada doim quvonib, kulib yursin ma'nosida ijro etilgan. Kuyovning uyiga ketar chog'da kelinning qaynonasi va onasi qilgan liboslarni ko'rsatish uchun yangalari kelinning kiyimlarini kuyovning uyigacha kiyib borishgan. Ustidan lungisolar ya'ni qizil rangli, turli naqshlar urilgan yopinchiq yopib olishgan. Kelin bu yopinchiqni 40 kun davomida yopinib yurgan.Bu urf-odatlar hozirda yo'qolib ketgan bo'lsa-da, hozirda nikoh to'yi maromsimlarida kelin sarpolarini kiyib, namoyish etishi bilan moziy an'analarini o'zgacharoq uslubda namoyon etgan.

Ohangaron tumanida yor- yor qo'shiqlarining boshqa vohalarda uchramagan an'anasiga guvoh bo'ldik. Jumladan, Ohangaron tumani Qoraxitoy qishlog'ida aytiladigan yor - yor qoshig'i ijro etilishidan oldin kelinni yangalari bug'doy tuyiladigan keliga o'tqizib, bo'lajak kelinga maslahat tarzida dalda berishgan.Uning sifatlarini maqtashgan. Keli ya'ni shevada o'g'ir ustiga o'tirishining sababi, bo'lajak kelinning og'ir, vazmin bo'lishi, rizqli, ko'p farzandli bo'lishini anglatgan. O'zbek xalqida azaldan bug'doy rizq-ro'z, mo'l- ko'lchilikni, qut - baraka ma'nolarini bildirgani uchun kelinni yangalari keliga o'tirg'izishgan. Yor- yor marosimidagi bu an'ana necha ming asrlik tarixga ega bo'lib, doirasiz ijro etilishi va Ohangaron tumanidan boshqa vohalarda uchramasligi bilan ajralib turadi.[1]

Yor-yor qo'shiqlari kelinni kuyovnikiga uzatib borish jarayonida ayollar tomonidan ijro etilgan. Uni aytish vaziyati esa qizning ota uyi, yaqin qarindosh -urug'lari, oila azolari bilan xayrlashuvidan boshlanib, to kuyov xonadoniga yetguncha qadar davom etgan.

"Yor- yor" marosim qo'shiqlari matni bilan tanishar ekanmiz, Ohangaron tumani yor-yorlari mungli kuyi bilan o'ziga xos ahamiyatga ega. Bu kuyni boshqa hech qaysi vohada uchratmaymiz. Ayniqsa, kelinning boshi ustida 4 ayol chimildiqni ohista silkitib, mungli ohang bilan armonli satrlarni kuylagani o'ziga xoslikka ega: Bor bolam-o, bor bolam, Bardamda bo'l yor-yor. Ota- onam qoldi deb: Armonda bo'l yor- yor. Bor bolam-o, bor bolam,

Boy seniki yor - yor. Ostonasi tillodan Uy seniki yor - yor.

Yor-yorlar matai bilan qorishib ketgan mungli ohang qizning o'z ota uyini tark etishidagi qayg'usini, hamda qizga sabr-toqat, bardamlik tilayotganligi ifoda etilgan.

Shuni ta'kidlash joizki, Navoiy zamonasida yor-yorlar chinkalar deb atalgan, biroq o'sha davrda ham «yor-yor» ularda faol radif vazifasini bajarib kelgan. Qolaversa, folklorshunos M.Alaviya guvohligicha, hozir ham Ohangaron shahri va uning atroflarida xalq tilida uni «chinka» yoki «changi» shakllarida qo'llash davom etmoqda. Shunga qaramay, "yor-yor" lafzi radif (A.Navoiy)ligining hamma zamonlar uchun qonuniy an'anaga aylanib borishi tufayli davrlar o 'tishi bilan «chink» yoki «changi» istilohlarining janrni ifodalovchi ma'nosi zaiflasha boshladi, pirovard-oqibatda ilmiy atama sifatida barqarorlasha olmadi. Natijada «yor-yor» lafzi radifgina emas, balki qo'shiq shakli-janrni ifodalovchi ilmiy istiloh darajasida mohiyat kasb etdi va folklorshunoslikda o'zlashdi. [1]

"Yor-yor" qo'shiqlari keng xalq ommasi tomonidan ijro etilishidan tashqari, alohida malakali ijroji, ya'ni so'zga chechan ayollar tomonidan ham aytilgan.Bu qo'shiqlarda bo'lajak kelinga har ishda sabrli, xushmumola, bo'lish kabi fazilatlarni uqtirish bilan birga, qizning o'z tug'ilib o'sgan joyi, ota-onasi va qarindoshlaridan ajralib, yangi notanish xonadon sharoitiga ketayotganini o'ylab, yig'layotgan qizni yupatish maqsadlari ko'zda tutiladi. Tog'da toychoq kishnaydi, Ot bo'ldim deb yor-yor. Uyda kelin yig'laydi, Yot bo'ldim deb yor-yor.

Marosim qoshiqlaridan yor-yorlar badiiy jihatdan mukammalligi bilan ajralib turadi. Xususan, bu qo'shiqlarda parallelizm tasvir san'atini ko'proq uchratishimiz mumkin. Parallelizm deganda, tasvirlanayotgan bir voqea-hodisani ikkinchi bir voqea-hodisaga qiyoslash nmmazarda tutiladi. Tokchadagi qaychini Zang bosibdi yor-yor. Yangi tushgan kelinni, G'am bosibdi yor-yor.

Ushbu misralar orqali tokchadagi zang bosgan qaychi bilan kelinni g'am bosishi qiyoslangan. Ammo bevosita to'yning o'tkazilish sharoitini ko'z oldimizga keltirsak, yon-atrofda o'yin kulgularning kuchliligiga e'tiborni qaratsak, yuqoridagi qo'shiqlarda keltirilgan qayg'u alamlar to'y ishtirokchilariga u qadar ta'sir ko'rsatmaganligi o'z - o'zidan ma'lum bo'ladi.

Insoniyat ongining rivojlanib borishi natijasida yaratilgan folklor namunalarining aksari marosim folklorining bir bo'lagidir desak mubolag'a bo'lmaydi. Biz o'rganayotgan mavzu, ya'ni o'zbek marosim folklori avvallari M.Alaviya, B.Sarimsoqov, M.Jo'rayev, A.Musoqulov, O.Qayumov, M.Murodova singari folklorshunos olimlar tomonidan ma'lum darajada o'rganilgan bo'lsada, o'zbek marosim folklorining ayrim janrlari hududiy tomondan olib qaraydigan bo'lsak, hali chuqur o'rganilmagan, yoki umuman tadqiq etilmagan mavzular borligiga ham guvoh bo'lamiz. Marosim qo'shiqlari nuqtai nazaridan olib qarasak, har bir viloyatning, qolaversa har bir tumanning o'ziga xos yor-yor marosimi bilan bog'liq qarashlari mavjud. O'zbek xalqi marosimlarga boy xalq hisoblanadi. Shuning uchun ham bo'lsa kerak har bir viloyatlarda o'tkaziladigan yor-yor marosimlari mazmunan bir-biriga o'xshasada, ayrimlarining verbal qismida, ohangi, so'zlari va shevasida farqli jihatlari borligi e'tiborlidir. Ana shunday farqli jihatlarni aniqlash, qiyosiy darajada taqqoslab o'rganish soha vakillarining oldida turgan muhim vazifalardan biridir.

Xalq og'zaki ijodi, xususan folklor qo'shiqlaridan bahra olib, ezgu niyatlar sari intilib yashagan ajdodlarimizning asrlar davomida to'plagan boy ma'naviy merosining bizga yetib kelishida muhim vosita bo'lganidek, ular hozirgi kunda ham o'zining badiiy qimmatini yo'qotmasdan kelayotganligining boisi ularda yuksak insoniy g'oyalarning o'z ifodasini topganligidir. Shuning uchun ham xozirga qadar xalqning bu boy xazinasi pedagog, psixolog, folklorshunos, san'ashunoslar tomonidan to'planib, notaga olinib nashr etilgan, tarbiyaviy imkoniyatlari tadqiq qilib kelinmoqda.

Folklorni to'plashning boshqa bir ko'rinishi ham mavjudki, uning mohiyatini H.Zarif shunday ta'riflagan edi: «Folklorni o'rganish tarixi unga nisbatan faqat ilmiy maqsadlar bilan yondashilganlikni kuzatish bilangina cheklanmaydi. shu bilan birga o'zlari mansub bo'lgan sinf dunyoqarashi nuqtayi nazaridan folklorni turlicha tushungan va o'z asarlarida u yoki bu sinf manfaati doirasida undan foydalangan yozma adabiyot namoyandalarining ham xalq ijodiga qiziqishlarini hisobga olmoq va ularni diqqat bilan o'rganmoq juda ham zarurdir. [2]

Mustaqilllik yillarida xalq og'zaki ijodi merosini tiklash, unutilib ketgan namunalarni yuzaga chiqarish, ularni xalq madaniy hayotiga olib kirish maqsadida respublika miqyosida ko'plab ko'rik-tanlovlar, musiqiy-etnografik ilmiy ekspedisiyalar tashkil etildi. Dastlaki yillardan Mustaqillik va Navro'z bayrami tantanalari xalq musiqa ijodiyoti bo'yicha jamoalar, ijrochilar chiqishlariga ustuvor o'rin ajratildi. Folklor dastalari, oilaviy ansambllar, katta shula, askiya, xalq qiziqchiligi, o'zbek mumtoz va maqom san'atiga oid tanlovlar, maxsus tadbirlarni muntazam o'tkazilishi yo'lga qo'yildi.

Xulosa qilib aytganda, O'zbek folklorida yor-yor marosimlari o'z mazmunida xalq hayotining turli ko'rinishlarini, inson manaviy dunyosining olamni go'zallik qonounlari asosida ko'rish orzusidagi fikr-o'ylari, hissiyotlari, kechinmalari, ma'lum bir hayotiy voqealarni badiiy ifoda etishi bilan inson shaxsining kamolotida, jamiyatni manaviy - ma'rifiy saloxiyatini mustahkamlashda muxim o'rin tutadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ohangaron tumani "Ohangrabo" folklor - etnografik jamoasi ma'lumotlari. 2021.23.11

2. O.Safarov "O'zbek xalq og'zaki ijodi" Toshkent 2010-y

3. So'z san'ati" jurnali 2020- yil 3- jild 4-son

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.