Научная статья на тему 'ODAMLARNING OG'ZAKI IJODIDA VA MUMTOZ ADABIYOTIDA TO'Y MAROSIMINING TALQINI'

ODAMLARNING OG'ZAKI IJODIDA VA MUMTOZ ADABIYOTIDA TO'Y MAROSIMINING TALQINI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
510
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
FOLK / WEDDING / CLASSICAL LITERATURE / FOLKLORE / CEREMONY

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Niyozmetova Sh.A.

This article provides information on folklore and the interpretation of the wedding ceremony in Uzbek classical literature.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTERPRETATION OF WEDDING CEREMONY IN PEOPLE'S ORAL CREATION AND CLASSICAL LITERATURE

This article provides information on folklore and the interpretation of the wedding ceremony in Uzbek classical literature.

Текст научной работы на тему «ODAMLARNING OG'ZAKI IJODIDA VA MUMTOZ ADABIYOTIDA TO'Y MAROSIMINING TALQINI»

INTERPRETATION OF WEDDING CEREMONY IN PEOPLE'S ORAL CREATION AND CLASSICAL LITERATURE

Sh.A. Niyazmetova1

Abstract

This article provides information on folklore and the interpretation of the wedding ceremony in Uzbek classical literature.

Key words: folk, wedding, classical literature, folklore, ceremony.

Adabiyot - xalq ma'naviyati, ruhiyati ko'zgusi. Adabiyot - xalq tarixining badiiy ifodasi. Adabiyot xalq ruhiyatidan kelib chiqadi va uning o'zini tarbiyalash bilan shug'ullanadi. Ha, xalqning orzu - umidlarini, dard - hasratini, o'y - fikrlarini, tash-vishi-yu quvonchlarini ifodalamaydigan adabiy asarni tasavvur qilib bo'lmaydi.

Adabiyot xalq hayotini aks ettirar ekan, u, albatta, ijtomoiy turmushdagi milliy, umuminsoniy jihatlarni badiiy ifodalashi tabiiy bir holdir. Milliylik va umuminsoniylik adabiyotning ruhida chuqur iz qoldiradi.

Nemis mumtoz shoiri I. R. Bexer aytganidek, "adabiyotning milliy mazmuni de-ganda, shubhasiz, adabiyotning millat oldida turgan tarixiy vazifalar bilan, xalqning milliy manfaatlari bilan bog'liqligi... tushuniladi".

Umuman aytganda, adabiyot xalqning hayoti, kasb - kori, ijtimoiy ongini aks ettirish yo'li bilan uning milliy xarakterini ifodalaydi. Adabiyotning milliy xususiyatlari: millatlar hamda xalqlarning o'ziga xos alomatlari; ijtimoiy - siyosiy, tabiiy - geografik, ruhiy xususiyatlari; qahramonlarning tili, tashqi ko'rinishi, kiyim -kechagi, urf - odati; xalqning ijtimoiy va siyosiy hayoti, uning ijtimoiy - iqtisodiy tajri-basi, milliy manfaatlarini nechog'li aks ettirganligi bilan aniqlanadi.

Millat yoki xalqning milliy xususiyatlari abstrakt holdagina emas, balki konkret tarixiy davrning, ijtimoiy - iqtisodiy tuzumning mahsuli. Binobarin, san'at asaridagi milliy xarakter konkret ijtimoiy - iqtisodiy davr kishilari xarakterining badiiy in'ikosi bo'ladi va, shunga ko'ra, konkret ijtimoiy - badiiy hodisadir. U yoki bu badiiy asar qaysi xalq yoki millat hayoti haqida hikoya qilsa, shu xalq yoki millatning ruhini, an'ana-larini, milliy belgilarini ifodalashi tabiiydir.

"Daftar hoshiyasidagi bitiklar" kitobida "Badiiy ijod shunday daraxtki, shoxida umuminsoniy mevalar yetiladi, ildizi esa milliy zaminda yotadi" [1] deb yozganida O'tkir Hoshimov tamomila haq edi. Tashqi jihatlari bilan umuminsoniy fazilatlar aks ettirilgan badiiy asarni chuqur tahlil qilsak, unda ma'lum bir millatga xos xususiyatlarning ham qandaydir darajada aks ettirilganligini kuzatamiz.

V G. Belinskiyning ta'kidlashicha, san'atkor o'z asarida insonni aks ettirar ekan, o'sha inson ko'lanka emas, balki jonli odamning o'zi bo'lishi kerak; u jismoniy tuzilishga, xarakterga, axloqqa, o'z odatiga, xullas, uni hayotdagi boshqa odamlardan ajratib turuvchi barcha individual xossalarga ega bo'lishi lozim. Shuningdek, u muay-yan millatga va ma'lum tarixiy davrga mansub bo'lmog'i darkor. Negaki, biror millat yoki xalqqa tobe bo'lmagan inson haqiqiy inson emas. Demak, badiiy asarda aks etgan milliylik san'atkorning xizmatigina bo'lib qolmasdan san'atning bevosita zarur sharti hamdir. Shu sababli, milliylik qanchalik aniq va chuqur aks ettirilgan bo'lsa, san'at asari badiiy jihatdan shu qadar yetuk bo'ladi.

O'zbek xalqining o'ziga xos urf - odatlaridan biri bo'lmish to'y marosimi hamisha shod-u xurramlik, yoshlik, go'zallik, kelajakka yaxshi umid va ezgu orzular ramzi sifatida o'tkaziladigan ajoyib bayramdir. G'oyat go'zal bo'lgan bu marosim barcha xildagi xalq san'ati, ashula, raqs bilan o'tkaziladi. U aslida asrlar osha sinovdan o'tgan, milliy asosda nishonlanadigan marosim hisoblansa - da, har bir davrda takomillashib, muttasil boyib kelgan. Bugungi kundagi to'y marosimlari bir necha asrlar oldingi marosimlardan ancha farq qiladi. Ayrim udumlar bugungacha saqlangan bo'lsa, ba'zilari rivojlanish natijasida umuman yo'qolib ketgan. "To'y" so'zi "to'ymoq",

1Niyazmetova Shahlo Adamboyevna - lecturer, Urgench State University, Uzbekistan.

"el-yurtga ziyofat bermoq", "yor-do'stlar diydoriga to'yinmoq" ma'nolarini anglatib, ot so'z turkumi ko'rinishida keng qo'llaniladi. Bu so'zning izohli lug'atda uch xil ma'no qirralari keltirilgan:

- uylanish, turmushga chiqish, xatna qilish va b. munosabatlar bilan ziyofat berib, bazm - tomoshalar bilan o'tkaziladigan xalq marosimlarining umumiy nomi;

- qudalar o'rtasidagi kelishuvga muvofiq, kuyov tomondan qiz tomonga beriladigan pul, masalliq va sh.k. majmui;

- shu narsalar yuborilishi munosabati bilan kuyov xonadonida, kelishi munosabati bilan qiz xonadonida o'tkaziladigan marosim [2].

O'zbek to'ylari shaklan rang - barang bo'lib, ular bir - birlaridan o'tkazilish tarzi, ishtirokchilar tarkibi, vazifalari hamda ijro etiluvchi aytim va qo'shiqlari jihatidan keskin farqlanadi. Bular: beshik to'ylari, xatna (sunnat) va nikoh to'ylari.

Beshik to'ylari oiladagi to'ng'ich farzandga bag'ishlab tantanali o'tkaziladi. Oilaning moddiy turmush darajasi bilan bog'liq holda beshik to'yi keyingi farzandlarga ham o'tkazilishi mumkin.

Beshik to'yi chaqaloqning chillasi chiqqandan keyin o'tkaziladi. Bolaning ona tomonidan bobosi va buvisi bosh - oyoq sarpo, yangi beshik va unga kerakli narsalarni hozirlab, to'y belgilangan kuni ularni bolaga jo'natadi. Narsalarni olib kelganlarga chaqaloqning ota tomondan buvisi va bobosi ziyofat beradilar.

Chaqaloqni yangi beshikga belab, onasi ixtiyoriga topshirilgach, barchaga osh tortiladi. Osh yeyilgach esa fotiha o'qiladi. Shu bilan beshik to'yi ham yakunlanadi.

Xalq o'rtasida "xatna to'yi", "sunnat to'yi", "chukron", "qo'lini halollash" kabi at-amalar bilan yuritiladigan to'y marosimi o'g'il bolalarga bag'ishlab o'tkaziladi. Xatna to'yi odatda bolaning toq yoshlarida o'tkaziladi. Tasavvurlarga ko'ra, xatna bolaning juft yoshlarida o'tkazilsa, baxtsizlik keltirar emish.

Bu o'ziga xos milliy marosim haqida Hoji Muin shunday yozadi: "Bizning turkis-tonlilar xatna to'yig'a ko'b ahamiyat berib, bir kundan 5-6 kungacha to'y qilalar. «Bazm», «ko'bkari»lar beralar va bu yo'lda minglarcha so'mni isrof va barbod etalar. Holbuki, bu odat bizning Turkistondan boshqa o'lkalardagi musulmonlarda yo'qdir. Arabiston, Misr, Istanbul, Kafkaz, Tatariston va Eron musulmonlari bolalarining xatnasi uchun to'y bermaylar, loaqal bir necha kishini chaqirib ziyofat ham qilmaylar. Faqat payg'ambar sunnatini bajo keturmak ila iktifo etalar. Bizlarning ham bu to'g'rida alarning yo'llari ila borishimiz kerakdir. Xatna uchun qancha aqchalar isrof etib, to'y va ko'bkari bermak hojat emasdir. Hatto xatna munosabati ila bola uchun yangi ko'rpa-yostuklar yoki turli rangda necha qabat yangi kiyimlar hozirlamak ortiqchadir. Mundan boshqa mumkin qadar bolalarni kichiklik vaqtinda yangi usul ila xatna qilmoq keraqdir" [3].

Xatna to'yining ildizlari qadim an'analarga, ya'ni bolaning go'dak yoshidan bo-lalik yoki o'smirlik yoshiga o'tishini nishonlash marosimiga borib bog'lanadi. Bugunga kelib, xatna to'ylarida bolaning otasi xalqni o'z dargohiga chaqirib, osh tortadi. Xatna to'yi bola maktabga borgunga qadar o'tkaziladi.

Nikoh to'yi yigit va qizlar balog'at yoshiga yetganlaridan keyin ularning xohish va istaklari bilan o'tkaziladigan marosimdir. Avvalo kelin tanlab, kelinning ota -onasi rozi qilinadi va non sindiriladi. Undan keyin fotiha to'yining vaqti belgilanib o'tkaziladi. Keyin nikoh to'yi bo'lib o'tadi.

Qadimdan nikoh to'yida kelin milliy libosda ustiga paranji kiygan holda o'tir-gan. Kuyov esa to'n kiygan.

To'y kuni kuyov jo'ralari bilan kelinning uyiga kelgach, kelin va kuyov nikoh qilinadi. Kuyov ziyofatdan so'ng kelinni yuklari, yanga va dugonalari hamrohligida olib ketadi. Yo'l bo'yi yor - yor aytib kuyov xonadoniga ketishadi. O'zbek yor - yorlarida sevgisiga vafo qilmagan bevafo qizlarning oh-u zorlari kuylangan.

Kuyovning hovlisiga yaqinlashganda darvoza oldida katta gulxan yoqiladi. Kelin tushgan arava yoki mashina gulxandan o'tgach, kuyov o'rtoqlari bilan kelib, kelinni ko'tarib tushirib qo'yadi. Yor - yor aytib kelinni gulxan atrofida uch marta aylantiradi-lar. Keyin "kelin salom" qilinadi. Unda kelin kuyovning qarindosh - urug'lariga egilib salom beradi. Nihoyat kelinni unga ajratilgan xonaga olib kiradilar. Kuyovni jo'ralari kelin yoniga kuzatib qo'yadi. Shu bilan nikoh to'yi ham yakunlanadi.

Ayrim udumlar haqida tanqidiy fikrlar bildirgan Hoji Muin nikoh to'ylarining

ham ba'zi kamchiliklarini o'zining "To'y va aza marosimi haqinda" deb nomlangan maqolasida sanab o'tgan: "Nikoh to'yinda ikki turli yomon odatimiz borkim, alardan bir qismining axloqiy jihatdan, ikkinchi qismining moliy jihatdan ko'b zarari bordir. Mana shul urfu rusumlarning ba'zisini butun barham bermak va ba'zisini isloh etmak lozimdir. Nikoh to'yi zohiran bizning ko'zimizga bir to'y kabi ko'runsa ham, lekin haqiqatda o'zi besh to'ydir. Chunki, "Non shikanon" (sindirish), "Fotiha", "Nikoh", "Ro'yi binon" (yuz ochdi) va "Domod talabon" (kuyov chaqirdi)ning har qayusi bir to'ydirkim, bularg'a minglarcha so'm isrof bo'ladir. Bu to'ylardan «nikoh» va «ro'y bi-non»dan boshqalari ortuqdir"[3].

Shu bilan birga, to'y marosimlari hudud jihatidan ham bir - biridan farq qiladi. O'zbekistonning barcha viloyatlarida o'ziga xos bo'lgan to'y marosimlarini o'tkazish qonun-qoidalari, udumlari, aytim va qo'shiqlari, yor- yorlari mavjud.

Xalqimizning xursandchilik bilan o'tadigan bunday milliy marosimlari, jumladan, xatna to'yi, nikoh to'yi kabilar badiiy adabiyotda ham o'z aksini topgan bo'lib, adabiy janrlarning deyarli barchasida biz to'y marosimi tasvirini kuzatishimiz mumkin. Ayniqsa, nasriy asarlarda bu narsa ko'proq namoyon bo'ladi. Masalan, Ab-dulla Qahhorning satirik hikoyalaridan biri bo'lgan "To'y" hikoyasida, Tog'ay Murodning "Ot kishnagan oqshom", "Yulduzlar mangu yonadi", Tohir Malikning "Shay-tanat" qissalarida, Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar", Jo'rjiy Zaydonning "Farg'ona kelini" romanlari va boshqalarda.

Bundan tashqari, mustaqillik davri o'zbek dramaturgiyasi va teatrida katta shuhrat qozongan va eng repertuarbop dramaturg sifatida tanilgan Erkin Xushvaqtov-ning "Chimildiq", "Qalliq o'yin" kabi pyesalarida ham xalqimizda mavjud to'y bilan bog'liq urf - odatlarning juda qiziqarli tasvirlanganini kuzatamiz.

Asarlarda to'y marosimi ikki xil usulda tasvirlanadi:

a)to'liq tasvirlash ("Alpomish", "Oltin yoruq", "Qo'rqut ota kitobi" dostonlari, "O'tkan kunlar" romani, "Yulduzlar mangu yonadi", "Shaytanat" qissalari va b.)

b)qisman tasvirlash ("O'tkan kunlar", "Farg'ona kelini" romanlari, "Ot kishna-gan oqshom" qissasi va b.)

Ota - bobolarimizning o'tkir zehni mahsuli bo'lgan maqollarda ham to'y bilan bog'liq holatlarni kuzatishimiz mumkin. Masalan: Kerilganning uyiga bor, Maqtangan-ning to'yiga bor [4].

Ushbu maqolda o'zbek xalqining kamtarligi, mehmondo'stligi kabi xislatlari o'z aksini topgan. "Mehmon otangday ulug'", deydi xalqimiz. Har qancha mag'rur va sar-baland kishi bo'lmasin, o'zbek uyiga kelgan mehmon oldida o'zini kamtarona va ser-takalluf tutishi kerak. Bu ota - bobolarimizdan qolgan, qon - qonimizga singib ketgan xususiyatdir. Boshqacha bo'lishi mumkin emas. Maqtanganning to'yiga bor. To'y xalq bilan o'tadi. To'yga izzat - ikrom qilib kelgan barcha mehmonlarga e'tibor berib, ko'nglini toppish oson ish emas. Ko'pchilikning ko'nglini topish bir kishining ko'nglini topishdan ko'ra qiyinroq.

Har kim to'ygan to'yini maqtar [4].

Bu maqolda "to'yish" ma'nosi keng ma'noda qo'llangan, ya'ni to'yga kelib do'stlar diydoriga to'yish, yaxshi suhbat va xush kayfiyatlar bilan dasturxonga qo'yil-gan noz- ne'matlarga to'yish, xush ovoz san'atkorlarning xonishlari-yu raqqosalarning go'zal xiromlariga to'yish uchun boriladi. Mabodo dasturxondagi noz - ne'matlar bekam-u ko'st bo'lib, yoningizda yaxshi suhbatdosh bo'lmasa ham to'yda o'tirgandek bo'lmaydi kishi. Aksi bo'lsa ham to'y kamchilik bilan o'tgandek tuyuladi. Har taraflama yaxshi o'tgan to'yni, albatta, barcha maqtaydi. Bu esa to'y egalariga ham xush yoqadi.

To'yga borsang, to'yib bor, Yomonliging qo'yib bor [4].

Ushbu maqolni o'ziga xos to'yga boorish yo'riqnomasi deb qabul qilsa bo'ladi. Chunki to'yga kishi faqat qornini to'ydirish, tansiq taomlar yeyish uchun emas, balki vaqtini xush kayfiyatda o'tkazish va madaniy hordiq olish, yor-u do'stlar bilan diydor ko'rishish uchun boradi. Axir to'y xursandchilik, bayram, shodiyona kundir. To'yga borayotgan kishi, albatta, qalbida ezgu tilaklar bilan to'yxonaga tashrif buyurishi lo-zim. Birovning xursandchiligiga sherik bo'lish ham bir san'atdir.

To'yga - qo'shiq,

Azaga - yig'i [4].

Kuy - qo'shiq, raqs, yaxshi kayfiyat, shodlik - xurramlik to'yning ajralmas qismi hisoblanadi. Aynan mana shular bilan kelgan mehmonlarning ham, mezbonlarning ham ko'ngli ko'tariladi. Bularsiz to'yni tasavvur qilib bo'lmaydi. O'z o'rnida, azada yig'i

- sig'i bo'ladi. Chunki yaqin insonidan ayrilganlar yig'i bilan o'zini ovutadi, ko'ngli bo'shaydi.

To'yganga - to'y, to'ymaganga - tomosha [4].

To'y insonning eng baxtli, quvonchga to'la kuni bo'lganidan keyin unda, albatta, turli - tuman o'yin - kulgular, tomoshalar o'tkaziladi. To'yga kelgan mehmonlar dasturxondagi noz - ne'matlardan tashqari uyushtirilgan sahna ko'rinishlarini ham tomosha qilib, kayfiyatlari ko'tarilishi tabiiy bir holdir. Maqolda ana shu holatlar naz-arda tutilmoqda.

O'g'ilning to'yi - o'yin,

Qizning to'yi - qiyin [4].

Bu maqol zamirida o'z farzandini begona joyga berishning qiyinligi, qizini uzatgan ota - onaning to'ydan keyin farzandini o'ylab qayg'urishi kabilar nazarda tutilgan. Bir kun ichida farzandi uyidan ketganiga ota - onaning ko'nikishi qiyin bo'ladi. O'g'ilni uylantirgandan keyin ham u ota - onasining yonida bo'ladi, kelin ham ular bilan birga yashaydi. Shuning uchun ham ota - onalar o'g'lining to'yida bitta farzandi ikkita bo'lganiga quvonib o'ynaydi. Qizining to'yida esa bolasining o'zidan uzoqlashayotganiga xafa bo'ladi. Lekin qizining baxtini topganidan xursand ham bo'ladi.

To'yning bo'ldi - bo'ldisi qiziq [4].

To'yning o'ziga yarasha katta tashvishlari bo'ladi. To'y qiluvchi kishilar ana shu marosim ishlari bilan ovora bo'lib vaqt o'tganini ham bilmay qolishadi. To'ydan bir necha kun oldin tayyorgarlik, to'y o'tgandan keyin yig'ishtirish ishlari bilan bo'lishadi. To'y arafasida yaqin qarindoshlar bir necha kun davomida to'yxonada xizmatda bo'li-shadi. Yaqinlar bir - birining diydoriga to'yishadi. Bu kunlarda qiziq voqea - hodisalar ham bo'ladi. Maqolda "bo'ldi - bo'ldi" deya to'y tayyorgarliklari nazarda tutilmoqda.

To'yga borsang, burun bor, Burun borsang, o'rin bor [4].

To'y ko'pchilik bilan bo'ladi. Unga qarindosh - urug'lar, qo'ni - qo'shnilar keli-shadi. Maqolda "burun" so'zi ko'p ma'noli so'z sifatida qo'llangan bo'lib, "ertaroq", "oldinroq" degan ma'noni bildirmoqda. Demak, to'yga ertaroq borgan kishi yaxshi joyda, ko'ngliga xush yoqqan joyda o'tirish imkoniga ega bo'ladi. Kech qolgan esa bun-dan bebahra qolishi mumkin.

Xalq og'zaki ijodi janrlaridan ertaklarning, asosan, oxirida qahramonlar murod

- maqsadiga yetadi va ertak to'y - tomoshalar bilan yakunlanadi. Chunki ertak yaxshilik bilan tugashi kerak. Masalan, "Kenja botir", "Qorasochxon", "Guliqahqah", "Erkenja", "Oltin qiz", "Ozodachehra", "Sunbul bilan Gul" va boshqalar. Bu ertaklarda to'y marosimi ikki xil holatda bo'lib o'tadi. Birinchisi, yosh kelin - kuyovning oila qurishiga bag'ishlab o'tkazilgan nikoh to'yi bo'lsa, ikkinchisi esa bosh qahramonlarn-ing ezgu niyatlariga yetganligi munosabati bilan o'tkaziladigan to'ydir. Har ikkala holatda ham qirq kecha-yu qirq kunduz to'y- tomosha bo'ladi va xalqga osh beriladi.

Ertaklardagi to'y marosimlarining ko'pchiligi qisman tasvirlanadi, ya'ni to'y barcha ikir - chikirlarigacha bayon qilinmaydi. Faqatgina qirq kecha - kunduz xalqga osh berilganligi, qahramonlarning murod - maqsadlariga yetishganligi aytiladi, xolos.

Qadimiyatning buyuk bir ehsoni bo'lgan, ajdodlardan avlodlarga og'zaki rav-ishda yetib kelgan adabiy yodgorliklardan hisoblanadigan dostonlarning esa, voqealar rivojiga qarab, boshida ham, o'rtasida ham, oxirida ham to'y marosimi tasviri keltiri-lishi mumkin. Bunga misol qilib "Alpomish" dostonini keltirishimiz mumkin.

Dostonlar gultoji hisoblanmish "Alpomish" dostonida bir oila taqdiri tasviri mi-solida, taqdir taqozosi bilan bo'linib ketgan qadimiy bir o'zbek urug'ining qayta birlashishini badiiy aks ettirish orqali millat birligi g'oyalari, uning qahramonona shon

- shuhrati, el - yurt farovonligi va oila baxti, Vatan ravnaqi uchun kurash baralla kuylangan.

Aslida, xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas bir doston bo'lsa, "Alpomish" ana shu dostonning shohbaytidir. Bu mumtoz asarda tarix to'fonlaridan, hayot - mamot sinovlaridan omon chiqib, o'zligini yo'qotmagan xalqimizning

bag'rikenglik, matonat, oliyjanoblik kabi ezgu fazilatlari o'z ifodasini topgan".

Doston ikki qismdan iborat bo'lib, jami dostonning to'rt o'rnida to'y marosimi tasvirlangan. Asar boshida Boybo'ri va Boysari obrazlarining kelib chiqishi haqidagi ma'lumotlar berilgandan so'ng, "o'n olti urug' Qo'ng'irot elida bir chufuron", ya'ni xatna to'y tasviri beriladi.

Bundan tashqari, nikoh marosimlarida kelin - kuyovni "yomon ko'z"dan, nazar

- nafasdan saqlash uchun eskicha irimlardan ularga isiriq tutatish, badavlat va shirin yashashni tilab, ustidan sochqi (pul va shirinliklar) sochish, uvali - juvali bo'lishi uchun kelin - kuyov tizzasiga bola o'tqazish, ko'p bolalilarning xizmat qilishi va far-zandsizlarni kelin - kuyovga yaqinlashtirmaslik kabi amal qilinadigan odatlar hozir ham o'z mohiyatini butunlay yo'qotgan emas. Bu holatlar, o'z o'rnida, qator badiiy as-arlarda ham aks ettirilgan.

"Alpomish" dostonidagi ikkinchi to'y Boybo'ri bilan Boysarining farzand ko'rishiga bag'ishlanadi. Bu to'y ham, o'sha davr taomiliga ko'ra, qirq kecha - yu qirq kunduz bo'lib o'tadi. To'y tasviri orqali xalqning jipsligi, bir - biriga oqibatliligi, mehr

- muhabbati ko'rsatilgan. Dono xalqimiz "To'yganga - to'y, to'ymaganga - tomosha" deganidek, to'yga kelgan xaloyiq doshqozonlarda damlangan oshlardan yeb, turli -tuman uyushtirilgan tomoshalarni ko'rib ketishadi.

To'yning oxirgi kunida Shohimardon pir darvesh kiyimida keladi. Boybo'ri bilan Boysari uni tanib izzat - ikrom bilan ichkariga taklif qilishadi. Shohimardon pir Boybo'rining o'g'liga Hakimbek, qiziga esa Qaldirg'ochoyim, Boysarining qiziga Barchin deb ism qo'yadi. Hakimbekning o'ng kiftiga besh qo'lini uradi. Besh qo'lining o'rni dog bo'lib, besh panjaning o'rni bilinib qoladi. Shohimardon pir: "Bu ikkovi er - xotin bo'lsin, Hakimbek bilan hech bir kishi barobar bo'lolmasin, omin ollohu akbar" [6], - deb jo'nab ketadi. Shundan keyin to'y tarqab, hamma o'z manziliga ravona bo'ladi.

Dostondagi uchinchi to'y Alpomish bilan Barchinning nikoh to'yi hisoblanadi. Marosim Chilbir cho'lida bo'lib o'tadi. Alpomish va Barchinoyning baxt sari ancha mashaqqatli yo'llari nihoyat nikoh to'yiga yetib keldi. Ushbu to'y juda jozibali, milliy chizgilar yorqin ifodalangan holda batafsil tasvirlangan:

Xabar bordi shunday otlar choptirib, Namoyishga oq o'tovlar yoptirib.

Eli - xalqi - barcha yig'ilib keladi, Bekni siylab, yaxshi xizmat qiladi, Barchinoyga to'y qilmoqchi bo'ladi. Obgardonin ortib oshpaz keladi, Chilbir cho'lda to'yni boshlab qoladi, Beshta - o'nta uloq tashlab turadi, Bir chetida ko'pkari ham qiladi.

Oq rang har doim poklik, ezgulik va yaxshilik timsoli bo'lgani uchun qadimda ota - bobolarimiz to'y kunlari oq o'tovlar yopishgan. Bugungi kunda kelinlarning oq libos kiyishi ham ana shu odatlarga borib taqalsa ajab emas.

O'zbek xalqi tantiligi bilan azaldan mashhur. Bu to'y tasvirini o'qir ekanmiz, bunga yana bir bor amin bo'lamiz. Darhaqiqat, qirq kecha-yu qirq kunduz davom etgan to'yda "behad qo'y-u so'qimlar" so'yib hammani oshga to'ydirish, yana shuncha kun davomida "katta sarka (ya'ni echki) olapocha" tashlab uloq o'tkazish, bunday tantilik faqat o'zbek xalqiga xos desak mubolag a bo'lmaydi.

To'yda to'qqiz tovoq marosimi ham tasvirlangan bo'lib, unda kuyov oldiga to'qqizta tovoqda taom kelin yangalari tomonidan beriladi. Kuyov ovqatlarni yeb, tovoqlarni tillalar bilan to'ldirib qaytarishi kerak bo'ladi: O'zbakning rasimi shunday bo'ladi: Qiz-u juvon bari yig'ilib keladi, Ayollar to'qqiz tovoq qiladi, Kuyovning oldiga shunday boradi, Op borgan taomni no'karlari yeb, Tovog'iga tanga-tilla soladi. Ne bir xotinlar vaqti xush bo'p boradi, Ancha tanga bunda unum qiladi.

Shuningdek, "Qiz opqochdi" marosimi ham bo'lib o'tadi. Bunda kelinning du-gonalari Barchinoyni yashiradilar. Kelinlar qizlardan Barchinni so'raydilar. Shu pay-tda mullaning ikki vakili kelib qizning ixtiyorini so'raydi. Barchin o'zbek qizlariga xos

hayo bilan indamay turadi. Buni "Qiz so'ylatar" marosimi deydilar. Qizni gapirishga ko'ndirgan kuyovdan ancha pul olar ekan. Shundan so'ng guvohlar yig'inga keladi va nikoh xutbasi o'qiladi. Hakimbekni baxmal o'tovga - chimildiqqa kirgizmoqchi bo'lganlarida xotinlar "kampir o'ldi", "it irillar" kabi rasmlarni o'tkazadilar. Bunda kuy-ovning "oldiga dastarxon solib, qo'ylarning to'shini pishirib olib kelib, bularning oldiga qo'yib, xo'p yeb, to'yib, kuyov no'karlarga to'ppi, ro'mol, sarpoylar berib, hammasi o'z rasmi - qa'dasini qilib, kuyov no'karlar chiqib ketdi". Keyin xotinlar "choch siypatar", "qo'l ushlatar" kabi rasm - rusumlarini qiladilar. Barcha rasmlarni o'tkazib bo'lgach yangalar ham chiqib ketadilar. Shunday qilib ikki yosh bir - biriga yetishadi:

Eshitingiz, beklar, oh-u zorini, O'lib ketgan necha dushmanlarini, Nikoh qilib oldi Barchin yorini, Ko'ngildan chiqarib g'uborini, O'ynab -kulib tarqatgandir cherini, Olgandir shundayin zulfakdorini,

Ko'ngil xushlab bunda bul beklarini.

Yuqoridagi to'y tasvirlarida xatna to'y, nikoh to'y kabi marosimlarni tahlil qildik. Ikkinchi qismning oxirida ham to'y marosimi keltirilgan bo'lib, bu to'y oldingi to'ylardan farqli o'laroq, Alpomishning qaytishiga bag'ishlanadi. Tanti o'zbek xalqi har qanday shodiyonani katta tantanaga aylantirib butun xalq bilan baham ko'radi.

Katta shodiyona - to'y-bazmlarni o'tkazish sharq xalqlariga xos xususiyatdir. Biz yuqorida o'zbek xalq og'zaki ijodi mahsuli bo'lmish "Alpomish" dostonida tas-virlangan to'y marosimlarini tahlil qildik.

Bundan tashqari, turkiy xalqlar og'zaki ijodining nodir namunasi bo'lmish "Qo'rqut Ota kitobi" eposida ham to'y marosimi tasviri keltirilgan. Hozirgi ozarbayjon, turkman, turk xalqlarining ajdodlari bo'lmish O'rta asrlardagi o'g'uzlar hayoti, tarixi badiiy aks ettirilgan bu asarda O'rta Osiyoning boshqa turkiy xalqlari hayotiga mush-tarak bo'lgan manzaralar, elementlar ham mavjud.

IX - XIV asrlar mobaynida yaratilib, XV asrda tartib berilgan, o'n ikki hikoyadan tashkil topgan mazkur asarda bu davrdan avvalgi bosqichlarga, xususan, islomgacha bo'lgan tarixga oid turkiy xalqlarning hayoti, etnik hodisalar ham o'z ifodasini topgan.

Qadimdan turkiy xalqlarda to'y kuni oq, qizil, qora kabi turli ranglardagi o'tovlar yopilgan. Har bir o'tov o'z vazifasiga ega bo'lib, o'g'li borlar oq o'tovga, qizi borlar esa qizil o'tovga joylashtirilgan. Befarzandlar qora o'tovga olib kirilib, ularga hurmat va ehtirom ko'rsatilmagan. Shu udumning "Qo'rqut ota kitobi" eposida ham o'z aksini topganligini kuzatishimiz mumkin.

Xullas, dostonda qadim ota - bobolarimizning rasm - rusumlari bilan bog'liq ko'plab holatlarni kuzatishimiz mumkin.

Фойдаланилган адабиётлар:

1. Hoshimov O'. Daftar hoshiyasidagi bitiklar. - Toshkent: Sharq, 2009. 109 - bet.

2. Узбек тилининг изошли лугати. 5 жилдли. 4 жилд. - Тошкент: Узбекистан мил-лий энциклопедияси. 2008. 229 бет.

3. Hoji Muin. To'y va aza marosimi haqinda // Mehnatkash tovushi, 1919. 22 - mart.

4. O'zbek xalq maqollari. - Toshkent: Sharq, 2005. 461 - betlar.

5. Karimov I. Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz. - Toshkent: O'zbekiston, 2000.

6. Alpomish. - Toshkent: Sharq, 2010. 14 - bet.

© Sh.A. Niyazmetova, 2020.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.