"ALPOMISH" DOSTONIDA "KAMPIR O'LDI" MAROSIMI TASVIRI
Maxbuba Baxshilloyevna Sharipova Kamola Ravshan qizi Salimova
Buxoro davlat universiteti
ANNOTASIYA
Maqolada epos va marosim munosabati "Alpomish" dostoni misolida yoritilgan. Dostonda badiiy ifoda etilgan marosimlar tasviri va talqiniga xos xususiyatlar "Kampir o'ldi" marosimi ifodasida yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: epos, doston, baxshi, Alpomish, marosim, marosim folklori, syujet, poetik struktura, ertak morfologiyasi, an'ana.
DESCRIPTION OF THE CEREMONY "THE GRANDMOTHER DIED"
IN THE EPIC "ALPOMISH"
ABSTRACT
The article reveals the relationship between the epic and the rite on the example of the epic "Alpomish". The description and interpretation of the artistically expressed rituals in the epic are illustrated by the expression «KaMnnp yngn »("The old woman is dead.")
Keywords: epos, bakhshi, alpomish, rite, ritual folklore, plot, poetic structure, morphology of a fairy tale, tradition.
Xalq dostonlarning syujetida marosim syujet voqealarini tashkil qilishda alohida o'rin tutishi bilan e'tiborni tortadi. Bu esa doston va marosimning o'zaro bog'liqligidan darak beradi. Lekin ularning orasidagi bog'liqlik sababi hali aniq va yetarli ochilmagan. Bu haqida rus olimi B.N. Putilov ham "Epos va marosim" asarida alohida qayd etib o'tgan. "
«Alpomish» dostonida bir oila taqdiri tasviri misolida, taqdir taqozosi bilan bo'linib ketgan qadimiy bir o'zbek urug'ining qayta birlashishini badiiy aks ettirish orqali millat birligi g'oyalari, uning qahramonona shon-shuhrati, el-yurt farovonligi va oila baxti, vatan ravnaqi uchun kurash baralla kuylangan. Shu ma'noda ushbu doston xalqimizning uyg'oq xotirasidir. Shuning uchun ham u hozirgi mustaqil rivojlanish davrida millat birligi va ma'naviy uyg'onishi, milliy g'urur va o'z-o'zini anglash ramzida aylangan doston sifatida baho topdi.
"Alpomish" dostoni syujetida aks ettirilgan qaysidir bir marosim hozirgacha maishiy hayotda o'z o'rniga ega bo'lsa, qaysinisidir hozirgi maishiy turmushda mavjud
emas, ya'ni o'tkazilmaydi. Shu jihatdan, dostonda o'z ifodasini topgan marosimlarni uch tipga bo'lib o'rganish mumkin:
1) hozirgi maishiy turmushda o'z o'rniga to'la ega bo'lgan marosimlar (bunga sovchi qo'ymoq, oyna ko'rsatar, to'qqiz tovoq, olovdan aylanmoq kabi va h.k.);
2) hozirgi maishiy turmushda o'z o'rnini qisman saqlab qolgan marosimlar (bunga beshikkirti qilmoq, it irillatar, kampir o'ldi, kuyovga kelin tomonidan shartlar qo'yilishi kabi va h.k.
3) hozirgi maishiy turmushda o'z o'rnini batamom yo'qotgan marosimlar (bunga farzand tug'ilishidan oldin otaning ovga jo'nab ketishi, tushni ta'birlash marosimi va h.k.).
"Alpomish" dostonida badiiy aks ettirilgan marosim va urf-odatlarni bunday tasniflab o'rganish hozirgi kunda xalqimiz hayotida saqlanib qolgan va qolmagan marosimlar haqida bilib olish imkonini yaratadi.
O'zbek nikoh to'yi marosimida nikohdan so'nggi bosqich, asosan, turli-tuman urf-odat va irim-sirimlarga boyligi bilan ajralib turadi. Bu bosqichda kelin va kuyov sha'niga qaratilgan alqovchi aytimlar, oyna ko'rsatar, soch siypatar, it irillar, kampir o'ldi va hokazo singari qator urf-odatlar amalga oshirilganki, ulardan aksariyati "Alpomish" dostonida ham badiiy tasvirlangan.
Umuman aytganda, xalqimiz orasida chimildiq bilan bogliq qator urf-odatlar, e'tiqodiy qarashlar va irimlar shakllangan. Chimildiqqa, odatda, birinchi bo'lib kuyov, keyin kelin kiritilgan. Ammo bunda kuyovnavkarlar kuyovni chimildiqqa kirgizmoqchi bo'lib turganlarida, bir necha xotinlar "kampir o'ldi" rasmini qilishgan. "Kampir o'ldi" marosimi nikoh to'yining bir qismi hisoblanadi. Bu marosim ba'zi joylarda kelinning uyida, ayrim hududlarda kelin kuyovnikiga olib kelingandan keyin amalga oshirilgan.
"Alpomish" dostonida u kelin, ya'ni Barchinning uyida amalga oshiriladi. Bu udumga ko'ra, bir kampir o'zini o'lganga solib, kuyovning yo'liga yotib oladi. Kuyov unga biror narsa hadya qilgach, kampir "tirilib", uzoq vaqt uxlaganini va uyqusida tush ko'rganini, tushida quyosh va oyni, yulduzlarni ko'rganini aytadi. Bu tush ramziy ma'noda kelin-kuyovni va ularning bo'lajak farzandlarini anglatadi.
"Alpomish" dostonida "Kampir o'ldi" marosimi quyidagicha tasvirlangan: "Baxmal o'tovda chimildiq tutib, kuyov no'karlari bilan kuyovni kirgizmoqchi bo'lib, bir necha xotinlar «kampir o'ldi» bo'lib, o'lganiga bir nima olib, «it irillar» degan rasmini qilib, bunga ham bir nima berib, har zamon salom solib, uydan ichkari kirib, chimildiqda o'tirib, oldiga dasturxon solib, qo'ylarning to'shini pishirib olib kelib, bularning oldiga qo'yib, xo'p yeb to'yib, kuyov no'karlarga to'ppi, ro'mol, sarpoylar berib, hammasi o'z rasmi-qa'dasini qilib, kuyov no'karlar chiqib, mazgiliga - joy-joyiga qarab ketdi. Barchinni bekning qoshiga olib kelmoqchi bo'lib, ko'p qizlar o'rtaga olib, baxmal qoplagan oq kigizga solib, «qadimgi rasmimizni qilamiz», - deb qizlar
ko'tarib, ko'targani quvvati kelmay halak bo'lib, uytib-buytib olib kelib, Hakimbekning qoshiga olib kirib, xotinlar rasmini qilib, "choch siypatar", "qo'l ushlatar"ini qilib, bir necha yangalar sho'xlik qilib turib: «nima qilsangiz, ixtiyor o'zingizda», deb sho'xlik bilan bir nechasi javob berib, har qaysisi o'z mazgiliga ketdi. Bu o'tov ikkoviga tanho tegib qoldi.
"Kampir o'ldi" marosimi nikoh to'yining bir qismi hisoblanadi. Bu marosim ba'zi joylarda kelinning uyida, ayrim hududlarda kelin kuyovnikiga olib kelingandan keyin amalga oshirilgan.
"Alpomish" dostonida u kelin, ya'ni Barchinning uyida amalga oshiriladi: "Baxmal o'tovda chimildiq tutib, kuyov navkarlari bilan kuyovni kirgizmoqchi bo'lib, bir necha xotinlar "kampir o'ldi" bo'lib, o'lganiga bir nima olib, "it irillar" degan rasmini qilib, bunga ham bir narsa berib, har zamon salom solib, uydan ichkari kirib, chimildiqqa o'tirib, oldiga dasturxon solib, qo'ylarning to'shini pishirib olib kelib, bularning oldiga qo'yib, xo'p yeb to'yib, kuyov navkarlarga to'ppi, ro'mol, sarmoy berib, hammasi o'z rasmi-qa'dasini qilib, kuyov navkarlar chiqib ketdi, bular ham mazgiligi, joy-joyiga qarab ketdi".
N. P. Lobacheva bu marosim o'tgan asrning o'rtalarida O'rta Osiyoda yashovchi turkiy xalqlarning barchasida uchrashini ta'kidlaydi. Bu marosim bugungi kunda ham saqlanib qolgan. Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida xuddi dostonda aynan keltirilgani kabi kelin tomonda amalga oshiriladi. Chimildiq tutilgan uyga kirmoqchi bo'layotgan kuyov navkarlarining yo'li to'silib, ostonada turgan bir kampir it bo'lib "irillaydi" Odatda, it bo'lib irillaydigan kampir kayvoni, uvali-juvali va obro'-e'tiborli, eng muhimi, kelin tomonning eng yaqinlaridan biri bo'lishi kerak.
Xulosa qilib aytganda, marosim - real hayot haqiqati bilan bog'liq hodisa. Shuning uchun marosim aks ettirilgan asarlar hayot haqiqatiga mos keladi. Mana shu ma'noda syujet tarkibiga marosim motivlari kiritilgan dostonlarda epik haqiqat bo'rtib turadi. Marosim motivlari bevosita epik haqiqatning muhim elementi sifatida namoyon bo'ladi.
Alpomish" dostoni xalq qahramonlik eposining yorqin namunasi bo'lib, o'zida o'zbek xalqining avvallari turkiy qavmlar qatorida shakllanganini, keyinchalik alohida xalq sifatida rivoj topganini ifodalashi bilan qimmatlidir. Hech ikkilanmay aytish mumkinki, dostonda o'zbekning tarixi haqiqiy ma'noda o'zining badiiy aksini topgan.
REFERENCES
1. Uraeva, D. S., Sharipova, M. B., Zaripova, R. I., & Nizomova, S. S. (2020). THE EXPRESSION OF THE NATIONAL TRADITIONS AND BELIEFS IN UZBEK PHRASEOLOGICAL UNITS. Theoretical & Applied Science, (6), 469-472.
2. Рахимов Ф. Б., Шарипова М. Б. МЕСТО ИННОВАЦИЙ В РЕШЕНИИ СОВРЕМЕННЫХ ПРОБЛЕМ НЕПРЕРЫВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ //Academy. -2020. - №. 5 (56).
3. Шарипова М. Б., Садуллоева М. Б. К. ПРОФЕССИЯ «УЧИТЕЛЬ» И ЕЁ РОЛЬ В ОБЩЕСТВЕ //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 1 (46)
4. Шарипова М. Б., Мустакимова Г. А. Наследие мыслителей в эстетическом воспитании учащихся начальной школы //Вестник магистратуры. - 2019. - №. 105. - с. 48-49.
5. Sharipova M. B., Nizomova S. S. THE ARTISTIC IMAGE OF THE IMAGE OF" WATER" IN THE POEM //УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА. - 2018. - №. 11. - С. 75.
6. Шарипова М. Б., Муродова Ш. Ш. ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В ЭПОСЕ «АЛПОМИШ» //Научный журнал. - 2020. - №. 9. - С. 3234.
7. Шарипова М. Б. и др. ПРОФЕССИЯ «УЧИТЕЛЬ» И ЕЁ РОЛЬ В ОБЩЕСТВЕ //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 1. - С. 24-25.
8. Baxshilloyevna M. S., Shuhratovna M. S. Description and interpretation of wedding customs in the epic" Alpomish" //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 11.
9. Sharipova M. " Alpomish" dostoni-o'zbek xalqi tarixi badiiy ifodasi //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.
10. Sharipova M. O'quvchi yoshlar tarbiyasida o'lmas an'ana va marosimlarning ahamiyati //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.
11. Sharipova M. Qahramonlik eposi-milliy madaniyatimizning nodir xazinasi (" Alpomish" dostoni misolida) //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). -2020. - Т. 1. - №. 1.
12. Sharipova M. O'lmas an'ana va marosimlar-ma'naviyatimizning nodir xazinasi //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.
13. Ахмедова М. Ш., Шарипова М. Б. ВОСПИТАНИЕ РЕБЕНКА НА ОСНОВЕ НАРОДНЫХ ТРАДИЦИЙ //Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы междунар. науч. - 2016. - С. 118.
14. Шарипова М. Б., Истамова З. Особенности этического воспитания детей дошкольного возраста //Вестник магистратуры. - 2020. - №. 1-5. - С. 39.
15. Шарипова М. Б., Саьдуллаева М. Б. К. РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 6 (51).
16. Шарипова М. Б., Ашурова Ф. А. Межличностные отношения в дошкольном возрасте //Вестник магистратуры. - 2020. - №. 1-5. - С. 35.
17. Avezov S. НАВОИЙ ИЖОДИДА ФОЛЬКЛОР АНЪАНАЛАРИ //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.
18. Avezov S. O'qituvchi nutq madaniyati kompetentligi //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 5. - №. 5.
19. Avezov S. "ALPOMISH" DOSTONI-O'ZBEK XALQI TARIXINING BADIIY IFODASI //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.
20. Toirova G., Hamroeva N. THE IMPORTANCE OF LINGUISTIC MODELS IN THE DEVELOPMENT OF LANGUAGE BASES //Sciences of Europe. - 2020. - №. 59-2 (59).
21. Хамроева Н. Н., Низомова Ш. Ш. Важные стороны уроков чтения в повышении культуры книгочтения //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 1 (46).
22. Рахмонова Г. Ш. ЗНАЧЕНИЕ ДУХОВНО-НРАВСТВЕННОГО ВОСПИТАНИЯ В ВОСПИТАНИИ УЧАЩИХСЯ И МЕТОДЫ ЕГО РАЗВИТИЯ //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 3.
23. Очилова М. О., Эргашева Г. Б. Основы организации самостоятельной работы учащихся //Молодой ученый. - 2014. - №. 8. - С. 852-854.
24. Эргашева Г. Б., Рахматова Г. Б. К. Некоторые вопросы обеспечения взаимосвязи методов и средств обучения в учебном процессе //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 1 (46).
25. Ismatova N. B. et al. Innovative techniques and their importance in the learning process //The Second International Conference on Eurasian scientific development. -2014. - С. 101-104.
26. Эргашева Г. Development of teachears innovative activities //Ученый XXI века. -2018. - №. 4-3.
27. Эргашева Г. The effectiveness of theuseof interactive learning on the lessons //Ученый XXI века. - 2018. - №. 4-3.
28. Эргашева Г. The effectiveness of theuseof interactive learning on the lessons //Ученый XXI века. - 2018. - №. 4-3.
29. Алимов А. Т., Очилова М. О., Эргашева Г. Б. Особенности применения метода" изучение случаев" в обучении //Молодой ученый. - 2016. - №. 10. - С. 1163-1165.
30. Эргашева Г. Б., Хожиева М. У. Одаренность детей дошкольного возраста //Вестник магистратуры. - 2020. - №. 1-5. - С. 31.