Научная статья на тему 'HOZIRGI MAISHIY TURMUSHDA O’Z O’RNIGA TO’LA EGA BO’LGAN MAROSIMLAR (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA)'

HOZIRGI MAISHIY TURMUSHDA O’Z O’RNIGA TO’LA EGA BO’LGAN MAROSIMLAR (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
583
56
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
epos / doston / baxshi / Alpomish / marosim / marosim folklori / syujet / poetik struktura / ertak morfologiyasi / an'ana. / epos / bakhshi / alpomish / rite / ritual folklore / plot / poetic structure / morphology of a fairy tale / tradition.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Maxbuba Baxshilloyevna Sharipova, Sabinabonu Zokir Qizi Jalolova

Maqolada “Alpomish” dostonida aks etgan turli-tuman o’zbek urf-odatlari va oilaviy-maishiy marosimlari muayyan badiiy ifodasi hamda doston syujetida aks ettirilgan hozirgacha maishiy hayotda o’z o’rniga ega bo’lgan marosimlar haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RITUALS WHICH HAVE A FULL PLACE IN MODERN LIFE (ON THE EXAMPLE OF THE EPIC "ALPOMISH")

The article examines various Uzbek customs and family rituals in the epic "Alpomish", as well as rituals that are still reflected in the plot of the epic.

Текст научной работы на тему «HOZIRGI MAISHIY TURMUSHDA O’Z O’RNIGA TO’LA EGA BO’LGAN MAROSIMLAR (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA)»

HOZIRGI MAISHIY TURMUSHDA O'Z O'RNIGA TO'LA EGA BO'LGAN MAROSIMLAR ("ALPOMISH" DOSTONI MISOLIDA)

Maxbuba Baxshilloyevna Sharipova Sabinabonu Zokir qizi Jalolova

Buxoro davlat universiteti

ANNOTASIYA

Maqolada "Alpomish" dostonida aks etgan turli-tuman o'zbek urf-odatlari va oilaviy-maishiy marosimlari muayyan badiiy ifodasi hamda doston syujetida aks ettirilgan hozirgacha maishiy hayotda o'z o'rniga ega bo'lgan marosimlar haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: epos, doston, baxshi, Alpomish, marosim, marosim folklori, syujet, poetik struktura, ertak morfologiyasi, an'ana.

RITUALS WHICH HAVE A FULL PLACE IN MODERN LIFE (ON THE EXAMPLE OF THE EPIC "ALPOMISH")

ABSTRACT

The article examines various Uzbek customs and family rituals in the epic "Alpomish", as well as rituals that are still reflected in the plot of the epic.

Keywords: epos, bakhshi, alpomish, rite, ritual folklore, plot, poetic structure, morphology of a fairy tale, tradition.

"Alpomish" dostonida turli-tuman o'zbek urf-odatlari va oilaviy-maishiy marosimlari muayyan badiiy ifoda etilgan. Ushbu doston o'zbek qahramonlik eposining eng yorqin va badiiy barkamol namunasi bo'lib, uning syujeti, asosan, o'zbek xalq marosimlari tasviridan tashkil topganligi bilan alohida e'tiborni tortadi. Jumladan, unda oilada farzand tugxilishi, tug'uruq jarayonida momo doyalarning xizmat ko'rsatishi, farzandga ism qo'yish, uni etakka solmoq, beshik to'yi qilish, to'ydan oldin maslahat uyushtirish, to'yga jarchi qo'yish, sunnat to'yi, to'yda to'ychiga to'yona berish, o'g'il-qiz chaqaloqlarni bir-biriga atashtirib beshikkirti qilish yoki ro'mol o'rab atashtirish, bolaga ikkinchi ism berish, sovchilik, sovchilarni kutish va kutish, ularga rozilik berish alomatlari, nikoh to'yidan oldin qalliqqa bormoq (qalliq o'yini qilish), kuyovga shart qo'yish, kuyov uchun to'qqiz tovoq, kuyov tovoq qilish, kelin-kuyovni olovdan aylantirish, qiz yashirdi, chimildiq ildi, kuyov navkar va vakil otalarni belgilash, it irillar, oyna ko'rsatar, soch siypatar, qo'l ushlatar, kuyov uloq, yuz ochdi, baqan (tayoq) tashlamoq, solim bermoq, o'lan aytmoq, to'yga dasturxon qilib borish kabi turli-tuman o'zbek urf-odatlari va oilaviy-maishiy marosimlari muayyan badiiy ifoda etilgan.

Asosiysi shundaki, ana shularning tasviri doston syujetidagi voqealarni, uning motivlar strukturasini vujudga keltirgan.

"Alpomish" dostoni syujetida aks ettirilgan qaysidir bir marosim hozirgacha maishiy hayotda o'z o'rniga ega bo'lsa, qaysinisidir hozirgi maishiy turmushda mavjud emas, ya'ni o'tkazilmaydi. hozirgi maishiy turmushda o'z o'rniga to'la ega bo'lgan marosimlar (bunga sovchi qo'ymoq, oyna ko'rsatar, to'qqiz tovoq, olovdan aylanmoq kabi va h.k.);

O'zbek nikoh to'ylari uch bosqichda o'tkaziladi. Bular: 1) nikoh to'yigacha bo'ladigan urf-odatlar; 2) nikoh to'yi vaqtida o'tkaziladigan marosimlar; 3) nikoh to'yidan keyin o'tkaziladigan marosimlar.

O'zbek nikoh to'yining birinchi bosqichida "qiz tanlash" yoki "qiz ko'rish" va "sovchilik" udumlari muhim o'rin tutadi. "Qiz tanlash"da, odatda, ayollar faollik ko'rsatishgan. Sovchilikda esa erkaklar qatnashgan.

An'anaga ko'ra, tanlangan qiz xonadoniga ayollar borib "og'iz iskash" qilishgan. Xalq orasida bunday sovchilik "makiyon sovchi" nomi bilan yuritilgan.1

"Ogiz iskash" jarayonida qizning "boshi bo'shmi" yoki "boshi bog'liqmi" ekanligi surishtirilgan. Shundan so'ng rasmiy holda sovchi bo'lib kelishgan.

"Ogiz iskash" nomi bilan yuritiluvchi sovchilikning dastlabki bosqichi "Alpomish" dostonida ham tasvirlangan. Unda yetti qalmoq bahodirlarning onasi Surxayil Qorajon uchun Barchin yashaydigan xonadonga "og'iz iskash" maqsadida tashrif buyuradi. Bu jarayon dostonda Surxayil tilidan keltirilgan quyidagi she'riy parchada o'z ifodasini topgan:

O'zbaklarning yaxshi qizi bor bo'lsa, Atashtirib ro'mol berib kelaman. O'zbaklarning yaxshi qizi bor bo'lsa, Boshi bo'shmi deyin, avval so'rayin.

To'y oxir bo'lib, ko'pchilik uyiga tarqab ketgach, yigitlar kuyovning atrofini o'rab, kuyov navkar bo'lib turgan. Shunda:

O'zbakning rasimi shunday buladi: Qizu juvon - bari yigilib keladi, Ayollari to'qqiz tovoq qiladi, Kuyovning oldiga shunday boradi, Opborgan taomin nukarlari eb, Tovog'iga tanga-tilla soladi. Ne bir xotinlar vaqti xush bo'p boradi, Ancha tanga bunda unum qiladi.

1 Худойцулова Л. Сурхон вох,аси совчилик кушицлари ва айтимлари. / Узбек фольклоршунослиги масалалари. Таницли фольклоршунос олим, профессор О.Сафаров таваллудининг 70 йиллигига ба€ишланган илмий мацолалар туплами. 2-китоб. - Т.: Фан, 2010. - Б.157.

Kuyov navkarlar qurshovida kelinnikiga tashrif buyurgan kuyov yoqilgan gulxan atrofidan uch marta aylanib, yig'ilganlarga salom qiladi va so'ngra ichkariga kiradi. Bunda olov poklash vazifasini o'taydi. Ana shu jarayon "Alpomish" dostonida quyidagicha tasvirlangan:

O'rtaga o't yoqib qizlar turadi, Salom solib bekni boshlab boradi. Shu zamonda uyga yaqin bo'ladi, Uy ichinda katta odamlar turadi, Sanam qizlar bari yig ilib qoladi, Barchinoyni bul o'rtaga oladi, Qadimgi rasimi shunday bo'ladi, Barchinoyni qiz opqochdi qiladi.

"Qiz opqochdi" yoki "qiz yashirdi" o'zbeklar orasida nikohdan oldin o'tkaziladigan qadimiy udumlardan biridir. Respublikamizning ba'zi qishloqlaridagi odatga ko'ra, qishloq qizlari va kelinlari turmushga chiqayotgan qizni opqochib, biror-bir xonadonga yashirishadi. Kelin yangalar qizni rosa izlaydi. "Alpomish" dostonida tasvirlanganidek:

Ne kelinlar yurib qizni so'radi, Bir erdan bularni topib oladi.

Bunda yangalar kelinni yashirganlarning talabini qondirib, ularga ziyofat uchun pul yoki sarpo-sidra bermagungacha, kelin yashirilib qo'yilgan xonadon aytilmaydi. Berilsagina, ular kelinni olib kelib beradilar.

O'tmishda, nikoh to'yi kuni nikohlanayotgan yigit-qiz uchun ikki kishi vakil qilib belgilangan. Bu udum "vakil otalarni belgilash" deb yuritilgan. "Alpomish" dostonida ana shu azaliy udum ham alohida tasvirlangan. Bu udumga ko'ra, vakillar kelib qizning nikohga ixtiyorini so'rab, bilib ketadilar:

Ikki vakil u mulladan keladi, Kelib qizning ixtiyorin so'radi.

Odatda, bunda qizlarning ovoz chiqarib o'z roziligini bildirishi uyat hisoblangan. Ular osonlikcha o'z roziligini ovoz chiqargan holda izhor etishmagan. Buni qizning uyalganligiga yo'yib, maxsus "qiz so'ylatar" degan rasm amalga oshirilgan. Bu rasmga ko'ra, agar kim qizni gapirtirib, uning roziligini olsa, unga kuyov tomonidagilar ancha-muncha pul, sovg'a-salomlar hadya etishgan. Albatta, bunda qizni gapirtirish oson kechmagan. Hatto bu udum xalq ertaklarida gapirmay yoki kulmay qo'ygan malika qizni kim gapirtira olsa, unga uylanishi mumkinligi tasvirlangan motivlar orqali ifoda etilgan. Bu xalqona udum haqida "Alpomish" dostonida shunday deyiladi:

Uyalgandan qabul qilmay turadi, Qiz so'ylatar degan rasm bo'ladi, Qiz gapirtirgan ancha pulni oladi.

Shundan so'ng qiz vakiliga javobini bildirgach, yig'ilgan jamoa orasida mulla kelin-kuyovga nikoh o'qigan. Nikoh vaqtida kelin-kuyovlar nomidan vakillar ularning roziligini bildirib turishgan:

Barchin vakilini endi beradi, Hakimbekni bunda qabul qiladi. Guvohlar yig'inga yana boradi, Peshin qaytarib mulla so'radi, Bu guvohlar turib javob beradi. "Alpomish" dostonida badiiy aks ettirilgan marosim va urf-odatlarni bunday tasniflab o'rganish hozirgi kunda xalqimiz hayotida saqlanib qolgan va qolmagan marosimlar haqida bilib olish imkonini yaratadi.

Shuni alohida ta'kidlash ham kerakki, dostonda marosimlar tasviri berilar ekan, hech qachon ular to'liq va batafsil bayon etilmaydi. Faqat unga xos eng muhim qirralar u yoki bu obraz faoliyatiga bog4ab, u yoki bu badiiy detal vositasida ifoda etiladi, xolos.

REFERENCES

1. Uraeva, D. S., Sharipova, M. B., Zaripova, R. I., & Nizomova, S. S. (2020). THE EXPRESSION OF THE NATIONAL TRADITIONS AND BELIEFS IN UZBEK PHRASEOLOGICAL UNITS. Theoretical & Applied Science, (6), 469-472.

2. Рахимов Ф. Б., Шарипова М. Б. МЕСТО ИННОВАЦИЙ В РЕШЕНИИ СОВРЕМЕННЫХ ПРОБЛЕМ НЕПРЕРЫВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ //Academy. -2020. - №. 5 (56).

3. Шарипова М. Б., Садуллоева М. Б. К. ПРОФЕССИЯ «УЧИТЕЛЬ» И ЕЁ РОЛЬ В ОБЩЕСТВЕ //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 1 (46)

4. Шарипова М. Б., Мустакимова Г. А. Наследие мыслителей в эстетическом воспитании учащихся начальной школы //Вестник магистратуры. - 2019. - №. 105. - с. 48-49.

5. Sharipova M. B., Nizomova S. S. THE ARTISTIC IMAGE OF THE IMAGE OF" WATER" IN THE POEM //УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА. - 2018. - №. 11. - С. 75.

6. Шарипова М. Б., Муродова Ш. Ш. ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В ЭПОСЕ «АЛПОМИШ» //Научный журнал. - 2020. - №. 9. - С. 3234.

7. Шарипова М. Б. и др. ПРОФЕССИЯ «УЧИТЕЛЬ» И ЕЁ РОЛЬ В ОБЩЕСТВЕ //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 1. - С. 24-25.

8. Baxshilloyevna M. S., Shuhratovna M. S. Description and interpretation of wedding customs in the epic" Alpomish" //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 11.

9. Sharipova M. " Alpomish" dostoni-o'zbek xalqi tarixi badiiy ifodasi //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

10. Sharipova M. O'quvchi yoshlar tarbiyasida o'lmas an'ana va marosimlarning ahamiyati //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

11. Sharipova M. Qahramonlik eposi-milliy madaniyatimizning nodir xazinasi (" Alpomish" dostoni misolida) //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). -2020. - Т. 1. - №. 1.

12. Sharipova M. O'lmas an'ana va marosimlar-ma'naviyatimizning nodir xazinasi //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

13. Ахмедова М. Ш., Шарипова М. Б. ВОСПИТАНИЕ РЕБЕНКА НА ОСНОВЕ НАРОДНЫХ ТРАДИЦИЙ //Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы междунар. науч. - 2016. - С. 118.

14. Шарипова М. Б., Истамова З. Особенности этического воспитания детей дошкольного возраста //Вестник магистратуры. - 2020. - №. 1-5. - С. 39.

15. Шарипова М. Б., Саьдуллаева М. Б. К. РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 6 (51).

16. Шарипова М. Б., Ашурова Ф. А. Межличностные отношения в дошкольном возрасте //Вестник магистратуры. - 2020. - №. 1-5. - С. 35.

17. КА.-2018. - 2018. - Т. 11. - С. 75.

18. Nizomova S. S. SHARIA'S DESCRIPTION OF THE CEREMONIAL ATTITUDE TO WATER //Archive of Conferences. - 2020. - Т. 4. - №. 4. - С. 65-67.

19. Uraeva D. S. et al. THE EXPRESSION OF THE NATIONAL TRADITIONS AND BELIEFS IN UZBEK PHRASEOLOGICAL UNITS //Theoretical & Applied Science. - 2020. - №. 6. - С. 469-472.

20. Хамроева Н. Н., Низомова Ш. Ш. Важные стороны уроков чтения в повышении культуры книгочтения //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 1 (46).

21. Avezov S. НАВОИЙ ИЖОДИДА ФОЛЬКЛОР АНЪАНАЛАРИ //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

22. Avezov S. O'qituvchi nutq madaniyati kompetentligi //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 5. - №. 5.

23. Avezov S. "ALPOMISH" DOSTONI-O'ZBEK XALQI TARIXINING BADIIY IFODASI //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

24. Хамроева Н. Н. Комплимент как одна из форм фатического общения KOMPLEMENT AS ONE OF FATIC COMMUNICATION FORMS //М1ЖНАРОДНИЙ НАУКОВИЙ ЖУРНАЛ «ШТЕРНАУКА. - 2020. - С. 107.

25. Nizomiddinovna K. N. Compliment as one of the forms of Phatic Communication //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 10. - №. 1.

26. Hamroyeva N. ИЛТИФОТНИНГ ПРАГМАЛИНГВИСТИК ХУСУСИЯТЛАРИ //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

27. Ражабова И. Х., Эшова Д. Ш. Методы и средство внедрения инновационной педагогической технологии в систему ДО. Aсademy,№ 3 (54) 2020.

28. Eshova S. D., Rajabova K. I. Organization of didactic games for preschoolers.

29. Makhmudovna N. M. et al. Language is a Means of Cognition and Communication for Teaching in Education //International Journal of Psychosocial Rehabilitation. - 2020. - Т. 24. - №. 1. - С. 247-256.

30. Эшова Д. Ш. Методы развития творческих способностей у детей дошкольного возраста //Academy. - 2020. - №. 12 (63).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.