Научная статья на тему 'XALQ DOSTONLARINI O’RGATISHNING AMALIY AHAMIYATI HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA)'

XALQ DOSTONLARINI O’RGATISHNING AMALIY AHAMIYATI HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
14222
261
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
epos / doston / baxshi / Alpomish / marosim / marosim folklori / syujet / poetik struktura / ertak morfologiyasi / an’ana. / epos / bakhshi / alpomish / rite / ritual folklore / plot / poetic structure / morphology of a fairy tale / tradition.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Maxbuba Baxshilloyevna Sharipova, Laylo Mirzo Qizi Muslimova

Maqolada xalqimizning o’lmas buyuk eposi “Alpomish” dostonini chuqur o’rganish va yosh avlodga o’rgatish dolzarbligi, u orqali yoshlarga xalq dostonlarining janriy tabiati hamda badiiy-kompozistion xususiyatlari, tarbiyaviy ahamiyati , tarbiyalanuvchilarni milliy qadriyatlarga hurmat-e’tibor, sadoqat ruhida tarbiyalash, ajdodlarimizdan meros bo’lib kelayotgan urf-odat va an’analarni anglatish, asrab-avaylash, to’plab-o’rganishga da’vat etish haqida fikr bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PRACTICAL IMPORTANCE AND DURABILITY OF TEACHING FOLK FRIENDS (ON THE EXAMPLE OF THE EPIC "ALPOMISH")

The article examines the importance of in-depth study of the great immortal epic of our people "Alpomish" and teaching it to the younger generation, through which the genre nature and artistic and compositional features of folk epics, educational value, respect for the national heritage are revealed. values, dedication, the idea of education, the expression of traditions and customs inherited from our ancestors, preservation, encouragement to collect and learn.

Текст научной работы на тему «XALQ DOSTONLARINI O’RGATISHNING AMALIY AHAMIYATI HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA)»

XALQ DOSTONLARINI O'RGATISHNING AMALIY AHAMIYATI HAMDA DOLZARBLIGI ("ALPOMISH" DOSTONI MISOLIDA)

Maxbuba Baxshilloyevna Sharipova Laylo Mirzo qizi Muslimova

BuxDU Maktabgacha ta'lim kafedrasi BuxDU Maktabgacha ta'lim yo'nalishi o'qituvchisi talabasi

ANNOTASIYA

Maqolada xalqimizning o'lmas buyuk eposi "Alpomish" dostonini chuqur o'rganish va yosh avlodga o'rgatish dolzarbligi, u orqali yoshlarga xalq dostonlarining janriy tabiati hamda badiiy-kompozistion xususiyatlari, tarbiyaviy ahamiyati , tarbiyalanuvchilarni milliy qadriyatlarga hurmat-e'tibor, sadoqat ruhida tarbiyalash, ajdodlarimizdan meros bo'lib kelayotgan urf-odat va an'analarni anglatish, asrab-avaylash, to'plab-o'rganishga da'vat etish haqida fikr bayon etilgan.

Kalit so'zlar: epos, doston, baxshi, Alpomish, marosim, marosim folklori, syujet, poetik struktura, ertak morfologiyasi, an'ana.

THE PRACTICAL IMPORTANCE AND DURABILITY OF TEACHING FOLK FRIENDS (ON THE EXAMPLE OF THE EPIC "ALPOMISH")

ABSTRACT

The article examines the importance of in-depth study of the great immortal epic of our people "Alpomish" and teaching it to the younger generation, through which the genre nature and artistic and compositional features of folk epics, educational value, respect for the national heritage are revealed. values, dedication, the idea of education, the expression of traditions and customs inherited from our ancestors, preservation, encouragement to collect and learn.

Key words: epos, bakhshi, alpomish, rite, ritual folklore, plot, poetic structure, morphology of a fairy tale, tradition.

Dostonlar xalq ozaki ijodining eng yirik, salmoqdor, badiiy barkamol janridir. Ular ma'naviyatimiz va badiiy so'z san'atimizning tarixiy asoslari va zamini bo'lishi bilan birga uning bugungi holatini yanada boyituvchi, rivojlantiruvchi cheksiz imkoniyatlar manbai hamdir. Dostonlar ajdodlar va avlodlar jonli aloqasini, vorisligini o'zida mujassamlashtiradi. Ular xalq ijtimoiy-maishiy hayoti bilan bevosita boglanganligi tufayli har bir kishiga o'z xalqi, uning tarixi va kelajagi, istiqboldagi orzu-umidlari bilan vobastalikni his etishga, amaliy faoliyatda esa yuksak axloqiy g'oyalarni asos qilib olishga yordam beradi. Shuning uchun ham dostonlarni to 'plash, o'rganish va nashr etish hamisha dolzarb vazifa bo'lib kelgan. Bu ulkan boylikning

asosiy tarkibiy qismlaridan birini xalq dostonlari, jumladan, "Alpomish" dostoni tashkil etadi. "Alpomish" dostoni ajdodlarimiz ijodiy dahosining bebaho badiiy yodgorligi. U bugungi kunda o'zbek xalqining milliy birligi va ma'naviy uyg'onish, o'z-o'zini anglashining ramziga aylangan dostondir.

«Alpomish» dostoni xalqimiz orasida juda keng tarqalgan. U hozir ham ayrim baxshilar tomonidan kuylanib kelinmoqda. Maktabgacha ta'lim tizimida bolalar adabiyoti, pedagogika, bolalar nutqini o'stirish, bolalarni sahnalshtirish va ijodiy faoliyatga o'rgatish sohalari bo'yicha ko'rsatilgan yo'nalishlarda «Tarbiyalanuvchilarning umummadaniy va axloqiy ko'nikmalari, savodxonlik malakalarini shakllantirish bilan birga bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyatini, aqliy rivojlanishini, dunyoqarashini, kammunikativ savodxonligini oshirishga, jismonan sog'lom bo'lishga, moddiy borliq go'zalliklarini his etishga, go'zallik va nafosatdan zavqlana olishga, milliy urf - odatlarni iziga singdirishga va ardoqlashga, ularga rioya qilishga» alohida ahamiyat berilgan. Shunday ekan xalqimizning urf - odatlaridan chuqur o'rin olgan maktabgacha ta'lim tarbiyalanuvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash milliy istiqlol g'oyasining asosiy negizini tashkil etadi. Chunki, xalqimizning qadim-qadimdan avloddan avlodga o'tib kelayotgan insonparvarligi bugungi kunda jamiyatimiz ma'naviyatini yuksaltirishda, mustaqil O'zbekistonda demokratik, insonparvar davlatni barpo etishda muhim o'rin tutadi.

Tarbiyalanuvchilarga xalq dostoni personajlarining xarakterini ochib berish, shu maqsadni ifodalovchi ibora va jumlalarning mazmunini, ya'ni asl va ko'chma ma'nolarini ham tushuntirish matnning puxta tushunib olinishiga yordam beradi.

Maktabgacha ta'lim guruhlarda xalq og'zaki ijod materiallari mashg'ulot jarayonida o'rganilganda tarbiyalanuvchilarning ma'naviy shakllanishiga ta'siri tarbiyachi tomonidan maxsus e'tiborga olinishi talab etiladi. Har bir fanining bilimlari, bilimlar tarkibidagi alohida mavzular o'quvchi ongini ilmiy-nazariy bilimlar bilan boyitibgina qolmasdan, uning ma'naviyatiga ta'siri ham mualliflar tomonidan mo'ljallangan bo'ladi. Buni o'qituvchi mashg'ulot jarayonida hisobga olganda, tarbiyaviy maqsadga erishishga harakat qilganda o'quvchining ma'naviy dunyosi boyib boshlaydi. Turli markazlar tarbiyachi ma'naviyatining o'ziga mos bo'lgan tomonlarini rivojlantiradi. Maktabgacha ta'lim guruhlarda nutq o'stirish, bolalar adabiyoti, bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o'rgatish nazariyasi va metodikasi tarkibiga xalq og'zaki ijod namunalari kiritilganligini bayon etgan edik. Ushbu materiallar tarbiyalanuvchilarning dunyoqarashiga kuchli ta'sir etib, ongi va axloqini takomillashtiradi:

1.Ilk yosh: 1-3 yosh davrlarni o'z ichiga oladi. Ilk yoshdagi ijtimoiy rivojlanish vaziyati va uning genetik vazifasi. Bola hayotining birinchi yili oxiriga kelib erishgan natijalari yangi ijtimoiy rivojlanish vaziyatini qurishni talab qiladi. "Alpomish"

dostonida qahramonlar tasviriga mos nomini taniy oladi. Bu yoshdagi bolalarda tasvir orqali nutqiy muloqotga erishish mumkin.

2.Kichik guruh: 3-4 yoshni o'z ichiga oladi. Bolaning imkon doirasidagi va undan tashqaridagi nutq vositalari bilan faol muloqotga kirishish, kattalarning savollariga va takliflariga javob berish, o'z istak-xohishlarini, hissiyotlarini, fikrlarini ifoda qilgan holda tashabbus ko'rsatib fikr bildirishga intilishini qo'llab-quvvatlash; tengdoshlari ishlariga qiziqishini, o'z taassurotlarini ular bilan o'rtoqlashishni istashini, o'yin harakatlarini, ro'y berayotgan hodisaga munosabatini nutq bilan ifodalashga qiziqishini rag'batlantirish; shaxsiy tajribadan kelib chiqqan holda bolaning o'ziga yaqin mavzular bo'yicha, yoki "Alpomish" dostoni qahramonlari sifatlarini o'rgatish mumkin. Qahramonlik va mardlik, yurt tinchligi, millat birligi g 'oyalari, uning qahramonona shon-shuhrati, el-yurt farovonligi va oila baxti, vatan ravnaqi uchun kurash tuyg'ulari shakllantiriladi.

3. O'rta guruh: 4-5 yoshni o'z ichiga oladi. "Alpomish" dostoni obrazlarining tahlilini bu yoshda bemalol kuzatish mumkin. Masalan, qahramonlikda Alpomishdan, ibo-hayo va Sharq qizlariga xos fazilatlarni Barchinoydan, do'stlar bilan kengashib ahil bo'lishni Alpomish va Qorajondan, vaziyatdan tashqari muloqot qilishga undash xususiyatlari o'rgatiladi. Dushmanlarning «qirq mingini bir deb sanab qirishga» tayyor turgan jasur Barchin obrazida qahramonlik eposlariga xos botir qiz («alp qiz») haqidagi an'anaviy tushuncha ham o'z ifodasini topgan. Qahramonlik va mardlikni tarannum etuvchi Barchinning shartlari dostonda nihoyatda badiiy tasvirlangan.

4.Katta guruh: 5-6 yoshni o'z ichiga oladi. "Alpomish" dostonida o'yin faoliyati orqali odamlar bilan muloqotda bo'lish, kattalarga hurmatda bo'lish, kichiklarda izzatda bo'lish fazilatlari shakllantiriladi. Jumladan, dostonda "ot o'yini" tasvirining alohida berilishi shunchaki emas. Chunki xalqimiz orasida "ot o'yinini ko'rgan kishi baxtli bo'ladi" degan ishonch bor. Shuning uchun hozirgacha to'ylarda "ot o'yini" namoyish etiladi. Buning uchun ot niqobini kiyib olgan kishi to'y davrasini aylanib, o'yin ko'rsatadi. Dostonda ot o'yini shunday tasvirlanadi: "Boybo'rining Qultoy degan yilqichi quli bor edi. Alpomishga enchi bir tarlon biyasi bor edi. Bir yag'roq qulun tugMi, bu tulpor, deb Boybo'riga olib kelib bergan edi. Necha yildan beri tablada boquvli turgan edi. Choparlar kelib ketgandan keyin tabladagi ot sag'risi toshib, yoli qulog'idan oshib, yulduzni ko'zlab, paraqqos boylab o'ynay berdi. Ammo dostonda Boybo'ri yakka-yu yolg'iz o'gTi Alpomishning begona yurtga tanho ketishini xohlamagani uchun, bu holat yaxshiligini bilsa-da, uni yomonlikka yo'yib: "Shu yomonlagurning o'ynagani xam yaxshilik emas», - deydi va otning sag'risiga uch-to'rt tayoq tushirib, tabladan chiqarib, Qultoyning qoshiga olib borib, yilqilarga qo 'shib qaytadi. Bu o'yin bir qaraganda oddiy otni minib, choptirishdek tuyulsa-da, u birinchi navbatda, otlarning sarasini ajratgan, boshqa tomondan yosh yigitlarni ot minishga, ot bilan muomala qila olishga, otning ustida o'zini tuta bilishga, epchil, chaqqon, pishiq va

baquvvat bo'lishga, uzoq masofaga otda chopishning yo'l-yo'riqlarini puxta egallab borishga o'rgatgan.

5.Tayyorlov guruh: 6-7 yoshni o'z ichiga oladi. Kattalar bilan muloqot qilish,oilada munosabatlarni shakllantirishda o'z "men"ini hurmat qilish fazilatlarini doston orqali o'rganish mumkin. Qahramonlarning o'zaro munosabatlari: ota - o'g'il; ota - qiz; ona - o'g'il; ona - qiz; aka - uka; er - xotin; yurtni boshqaruvchi - el; oilaviy burch - farzand burchi - el oldidagi burch - vatan oldidagi burch va mas'uliyat yorqin ifodasini topgan. Natijada, doston shunchaki tinglovchining vaqtini o 'tkazish uchun yaratilgan ermak emas, xalq qahramonlik eposiga yuklatiladigan vazifa sanaladi.

Qisqa muddatli guruhlar-7 yoshni qamrab oladi.Maktabgacha ta'limga bormagan bolalarni qamrab oladi. Bolalar uchun milliy qahramon, milliy xarakter obrazlarga havas uyg'otish maqsadida «Alpomish» (1999yil)multfilmi, milliy kino agentligi tomonidan «Alpomish» (2018yil ) kinolar ishlandi.

Xulosa qilib aytganda, o'zbek xalqining bag'ri kengligi, iymon-e'tiqodining mustahkamligi, yosh avlodning munosib vorislar bilib ulg'ayayotgani, shu haqsevar yurtining yanada gullab-yashnashi yo'lida "Alpomish" dostoni misolida qator ishlar amalga oshirilayotgani, yurtimizda umumiy jismoniy tayyorgarlikni belgilovchi sport me'yorlarini o'z ichiga olgan "Alpomish" va "Barchinoy" testlari o'tkazilishi, musobaqa tarzida tashkil etilgan, 6 yoshdan boshlab barcha insonlar qatnashadigan "Alpomish" va "Barchinoy" maxsus testlari turli shartlar asosida 12 ta yosh toifasi bo'yicha har yili 2 marotaba o'tkazilayotgani ham fikrimiz dalilidir.

REFERENCES

1. Uraeva, D. S., Sharipova, M. B., Zaripova, R. I., & Nizomova, S. S. (2020). THE EXPRESSION OF THE NATIONAL TRADITIONS AND BELIEFS IN UZBEK PHRASEOLOGICAL UNITS. Theoretical & Applied Science, (6), 469-472.

2. Рахимов Ф. Б., Шарипова М. Б. МЕСТО ИННОВАЦИЙ В РЕШЕНИИ СОВРЕМЕННЫХ ПРОБЛЕМ НЕПРЕРЫВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ //Academy. -2020. - №. 5 (56).

3. Шарипова М. Б., Садуллоева М. Б. К. ПРОФЕССИЯ «УЧИТЕЛЬ» И ЕЁ РОЛЬ В ОБЩЕСТВЕ //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 1 (46)

4. Шарипова М. Б., Мустакимова Г. А. Наследие мыслителей в эстетическом воспитании учащихся начальной школы //Вестник магистратуры. - 2019. - №. 105. - с. 48-49.

5. Sharipova M. B., Nizomova S. S. THE ARTISTIC IMAGE OF THE IMAGE OF" WATER" IN THE POEM //УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА. - 2018. - №. 11. - С. 75.

6. Шарипова М. Б., Муродова Ш. Ш. ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В ЭПОСЕ «АЛПОМИШ» //Научный журнал. - 2020. - №. 9. - С. 3234.

7. Шарипова М. Б. и др. ПРОФЕССИЯ «УЧИТЕЛЬ» И ЕЁ РОЛЬ В ОБЩЕСТВЕ //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 1. - С. 24-25.

8. Baxshilloyevna M. S., Shuhratovna M. S. Description and interpretation of wedding customs in the epic" Alpomish" //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 11.

9. Sharipova M. " Alpomish" dostoni-o'zbek xalqi tarixi badiiy ifodasi //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

10. Sharipova M. O'quvchi yoshlar tarbiyasida o'lmas an'ana va marosimlarning ahamiyati //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

11. Sharipova M. Qahramonlik eposi-milliy madaniyatimizning nodir xazinasi (" Alpomish" dostoni misolida) //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). -2020. - Т. 1. - №. 1.

12. Sharipova M. O'lmas an'ana va marosimlar-ma'naviyatimizning nodir xazinasi //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

13. Ахмедова М. Ш., Шарипова М. Б. ВОСПИТАНИЕ РЕБЕНКА НА ОСНОВЕ НАРОДНЫХ ТРАДИЦИЙ //Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы междунар. науч. - 2016. - С. 118.

14. Шарипова М. Б., Истамова З. Особенности этического воспитания детей дошкольного возраста //Вестник магистратуры. - 2020. - №. 1-5. - С. 39.

15. Шарипова М. Б., Саьдуллаева М. Б. К. РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 6 (51).

16. Шарипова М. Б., Ашурова Ф. А. Межличностные отношения в дошкольном возрасте //Вестник магистратуры. - 2020. - №. 1-5. - С. 35.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.